Texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari.
Texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari. Reja: 1. Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning axamiyati. 2.Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari. 3.O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayyorgarlik darajalari. 4.O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari.
1.Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati . Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo‘lishini fr.olimi A. Puankare ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan u «fanning o‘zida intuitsiya agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini xisobga olinmasa, analiz isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo‘lishga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi. Ijodkorlik siklining ma’lum zvenolar xaqida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z fikrlarini aytdilar. Xususan bu xaqida mashhur fizik M.Born qo‘yidagilarni yozadi: «... men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko‘rmayapman ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz to‘liq xisoblanib unga xarakterli bo‘lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik xayotimizda xisobga olib boramiz. Biroq sintetik jixatdan aytish qisman ma’lum balgan xodisaning real obrazi o‘zining xaqiqiyligidan farq qiladi degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa uning asosida qonuniy xisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsada oldindan aytish yangi bilm beradi. Lekin uning muaffaqiyati intuitsiyaga juda bog‘liqdir...». M.Born o‘z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: Ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi boshqasi esa shu kunga qadar aloqasiz bo‘lgan tajribalarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud ekanligi xaqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi. Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leveryelarning boshqa planetalar xarakatida yuz bergan bir oz o‘zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muofiq, Galeley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M.Bornning aytishicha bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatning ulkan siljish shuningdek natijalarga bo‘lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham bu hol nazariyaning dunyo qarashini kengaytirgani yo‘q; bu ma’lum bo‘lgan Nyuton mexanikasining qo‘llanilishini analitik jixatdan oldindan aytish edi» Ikki tip ixtiyoriga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan quyosh yaqinida yorug‘likning chetlanishi kiradi. Bu inert va gravitatsion massaning
proporsionalligi xaqidagi muxim faktni sezish va M.Bornning ta’bricha «Tajriba natijalarining uzun zanjirdagi gigant sintez» deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi. Dalil va raqamlardan kelib chiqib ilmiy farazlar qurushga yoki topishga o‘tishda shuningdek nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishga ilmiy intuitsiya xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Intuitsiya uning mantiq bilan bog‘liqligi ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida tugan o‘rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo‘lib uning xozirgacha to‘la xal qilinmagan deyish mumkin. «+isqacha psixologik lug‘at» da intuitsiya-«Paydo bo‘lishi yo‘llari va shartlari anglanmagan holda xosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi shunga ko‘ra subyekt unga bevosita yuzaga» kelgan natija sifatida ega bo‘ladi» deb ta’riflanadi. Ushbu va boshka adabiyetlarda keltirilgan tariflar intuitsiya tabiatini uning xosil buluvchi asosini uzida aks ettirmaydi va shu sababli uni to‘liq deb bo‘lmaydi. B izning fikrimizchga ko‘ra intuitsiya-bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi. 2.Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari . Texnik ijodkorligida yangi yechimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo‘lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatga bog‘liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o‘rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko‘rsatgichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o‘tish va nazariy tajriba sinov ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko‘gnikmalarni reproduktiv, reproduktiv- ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo‘lib ko‘rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g‘oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashuviga bog‘liq bo‘lgan 4 ta davrini ajratib oldik (1-shakl). Birinchi davrda Fikrlash qobiliyati produktiv xususiyatiga ega bo‘ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, yechimini topishga extiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv
xarakterga ega bo‘lgan ikkinchi davr - muammo yechimini topishga o‘tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidiralayotgan yechimning izlanuvchi mutaxasisligiga bog‘liq bo‘lib unda qarayolayotgan muammoning yechimi bo‘lib, xizmat qila oladigan xolatlar taxlil qilinadi. Uchinchi produktiv davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va tanlangan yechim o‘zaro bolanadi va texnik yechim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng ma’suyatli davri bo‘lib, uning muvafaqiyatli amalga oshirilishi taklif yetilayotgan g‘oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi tasir ko‘rsatadi. YA’ni, yechim ijobiy natija bersa uning amaliyotga tatbiq qilinishiga asos yaratiladi, yoki aksincha, yechim kutilgan natijani bermasa u inkor qilinadi. To‘rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan yechimni asoslash uchun xisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik yechimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi. 1-shakl. Texnik yechim g‘oyasini amalga oshirish davrlari. Har bir bosqichning natijaligi o‘quvchilarda texnik fikrlash, mehnat ko‘nikma va malakalari rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 3.O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayorgarlik darajalari. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy ilmiy jixatlar asoslangan. Ular qo‘yidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan xujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi. 2. O‘quvchining instruksiyalanishi oxiriga yetkazib va berilgan texnik xujjatga yoki alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi. 3. O‘quvchining buyumni, uni konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib va texnologik sxemaga mustaqil holda o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi. 4. O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda texnologik jixatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni udalay olishi. 5. O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionalizatorlik g‘oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, xujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi. O‘quvchilar texnik ijodkorlikning asosiy tushunchalari va mohiyati; texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari; texnik ijodkorlikning tashkiliy asoslari; kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak: Ilmiy-texnik va patent axboroti. Ijod metodlari, texnik masalalarni yechish; texnik ijodkorlik metodlarini rivojlantirish. “Amal va xato” metodi; “aqliy hujum” metodi. Sinektika va morfologik tahlil. Nazariy savollar metodi. Ixtirochilik masalalarini yechish algoritmini bilish, malaka hosil qilish va amalda qo‘llay olish kerak; Texnik masala yechimlarini topishning boshqa metodlari; buyumning badiiy loyiha konstruksiyasini yaratish. Texnik obyektlarni loyihalash va tayyorlash; oddiy texnik obyektlarni konstruksiyalash va modellashtirish; avto modeli, kema modeli, avia model va qishloq xo‘jaligi mashina va uskunalarini modellashtirish, qo‘llanilishiga ko‘ra o‘quv va ishlab chiqarish texnik obyektlarini konstruksiyalash, o‘quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish; texnik