logo

Ekologiya huquqining tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4459.9873046875 KB
Ek ologiy a huquqining 
t ushunchasi v a o‘ziga 
xos xususiy at lari  2Jamiyat  va  tabiat  o‘rtasidagi  iqtisodiy  munosabat  shakli  fanda  yangi   
ta’limotni  –  «ekologiya»ni  yuzaga  keltirdi.  «Ekologiya»  so‘zi  fanga   
nemis  biolog  olimi  Ernest  Gekkel  (1866–1869-yillarda)  tomonidan  olib 
kirilgan.  E.Gekkel  Ch.Darvinning  tirik  organizmlarning  evolyutsion   
rivojlanish  qonuniyatlarini  keng  tatbiq  etib,  1866-yil  14-sentabr  kuni   
o‘zining  «Umumiy  morfologiya»  nomli  kitobiga  ekologiya  haqidagi   
o‘zining  ilk  fikrlarini  bayon  etadi.  Ekologiya  so‘zini  fanga  olib  kirishga 
XIX asrning ikkinchi yarmida eng rivojlangan va Yevropaning aksariyat  
Davlatlarida  sanoat,  ishlab  chiqarishning  gurkirab  rivojlanishi 
natijasida,  atrof tabiiy muhit holatining keskin yomonlashuvi, ekologik 
inqirozning  yuzaga  kelishi,  kishilar  va  tirik  organizmlar  hayoti  bilan 
shug‘ullanuvchi aynan biologlarni tashvishga solishi asosiy sabab bo‘ldi 
va yangi fanni  olg‘a surishga asos bo‘ldi.  3 4Shunday  qilib,  «ekologiya»  tushunchasini  asosan  ikkiga  bo‘lib 
o‘rganamiz.  Tor  ma’noda  o‘rgansak,  uyimiz  haqidagi  ta’limotga, 
keng  ma’noda  esa,  tirik  organizmlar  yashaydigan  makon  haqidagi 
ta’limotga    ega  bo‘lamiz.  Shuningdek,  bu  tushuncha  fan  sifatida 
tirik  organizmlarning  o‘zaro  va  ular  atrofini  o‘rab  turuvchi  tabiiy 
muhit  bilan    munosabatlar  yoki  aloqadorlik  qonuniyatlarini 
o‘rganadi.  «Ekologiya»  so‘zining  grekcha  lug‘aviy  ma’nosiga  e’tibor 
beradigan    bo‘lsak,  «oikos»  –  «uy»,  «turar  joy»  va  «logos»  – 
«ta’limot»  yoki  kengroq  ma’noda  «tabiatda  qanday  jamiyat 
bo‘lishidan  qat’i  nazar,  tirik    organizmlar  (mavjudotlar) 
yashaydigan  makon  haqidagi  ta’limotdir».  «Ekologiya» 
tushunchasi amaliyotga juda sekinlik bilan kirib keldi . 5 6XIX    asrning  oxiri  –  XX  asrning  boshlarida  ingliz  fiziologi 
I.Berdonsanderson    hamda  amerikalik  olimlar  S.Farbe  va 
K.Shreterlar  ekologiya  to‘g‘risida    o‘zlarining  fikr  va 
ta’limotlarini yozdilar. Ekologiya XX asrning  boshlariga kelib 
fanning  mustaqil  sohasi  sifatida  shakllandi.  Keyinchalik   
ekologiya  xususida  AQShda  1913-yilda  Ch.Edamsning 
«Hayvonlar  ekologiyasini  o‘rganishga  oid  qo‘llanma»si, 
ingliz zoologi Ch.Eltonning  Hayvonlar ekologiya»si, Rossiya 
ekologiya  maktabining  asoschilaridan    zoolog  olim 
D.N.Kashkarevning  «Hayvonot  ekologiyasi  asoslari»  kabi   
kitoblari  chop  etildi.  Umuman  olganda,  ekologiya 
huquqining  fan  sifatida  shakllanishida    huquqshunos 
olimlarning xizmatini alohida ta’kidlash zarur. 7Mazkur  fanning  asoschisi  sifatida  M.V.Lomonosov  nomidagi  Moskva 
davlatuniversitetining  yer  va  kolxoz  huquqi  kafedrasi  mudiri 
N.D.Kazansevning  xizmati  katta  bo‘lgan.  Ekologiya  huquqi  dastlab, 
«Tabiatni  huquqiy    muhofaza  qilish»  nomi  bilan  1960-yilning  sentabr 
oyidan  Qozon    universitetida,  1973-yildan  boshlab  M.V.Lomonosov 
nomidagi  Moskva    davlat  universitetida  alohida  fan  sifatida  o‘qitila 
boshlangan.  Ekologiya  huquqi  O‘zbekiston  Respublikasining  oliy  o‘quv 
yurtlarida  alohida  fan  tarmog‘i  sifatida  1980-yildan  boshlab  o‘qitila 
boshlandi.  Demak,  ekologiya  huquqi  huquq  tizimining  yagona  bir 
tarmog‘i    hisoblanib  u  tabiat,  jamiyat  va  umuman  insoniyat  o‘rtasidagi 
o‘zaro    ekologik  munosabatlarni  tartibga  soladi,  uning  huquqiy-ekologik 
prinsiplarini, normalarini o‘rganuvchi fan sifatida shakllanib boradi. 8Shunday  ekan,  ekologiya  huquqi  tabiat,  jamiyat  va 
inson o‘rtasidagi  mavjud qonuniyatlarni ochib beradi, 
boshqa  ekologiya  huquqi  institutlarini  kengroq 
o‘rganish  uchun  nazariy  asos  hisoblanadi,  ekologik   
siyosatning shakllanishiga  va  rivojlanishiga  keng  ta’sir 
ko‘rsatadi,    ekologik-huquqiy  ong  va  tafakkur  hamda 
ekologik-huquqiy  ma’naviyat    va  madaniyatning 
negizini  yaratadi.  Ekologiya  huquqining  huquq 
tizimida  mustaqil  fan  tarmog‘i  sifatida    tan  olinishi 
uning  predmeti  va  metodiga  oid  maxsus  belgilaridir. 
Ekologiya    huquqi  fanining  predmeti  u  o‘rganadigan 
masalalarning majmui  hisoblanadi. Demak, ekologiya 
huquqi  fanining  predmeti  –  tabiat,  jamiyat    va 
insoniyat  (kishilar)  o‘rtasidagi  o‘zaro  tabiiy 
mutanosiblikni  saqlash    hamda  ekologik  huquqiy 
munosabatlarni mustahkamlashdan iborat. 9Chunki,    inson  tabiatdan  foydalana  borib,  uning 
geografik  muhitini  o‘zgartiradi,  tabiiylikka  putur 
yetkazib,  rivojlanish  muvozanatini  buzadi,  tabiiy 
jarayonga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bunday  ekologik 
salbiy  ta’sirning    oqibati  esa  tabiatdagi  o‘zaro 
mutanosiblikka  zarar  yetkazib,  biosfera  va    inson 
o‘rtasidagi  muvozanatning  buzilishiga  olib  keladi. 
Shuning  uchun    ham  tabiat,  jamiyat  va  inson 
o‘rtasidagi  muvozanat  me’yorini  saqlab    qolish,  ona 
tabiatdan  va  uning  boyliklaridan  oqilona  foydalanish, 
ularni    muhofaza  qilishga  juda  katta  e’tibor  berish 
insoniyat  oldidagi  dolzarb    vazifa  bo‘lib  qoladi.  Zero, 
hozirgi  sharoitda,  tabiatni  muhofaza  qilish,  ekologik   
muammolarni  hal  etish,  ekologik  huquqbuzarliklarga 
qarshi  kurash    insoniyatning  ongli  faoliyati  bo‘lmog‘i 
lozim. 10 11Ekologiya  huquqi  boshqa  huquq 
tarmoqlaridan o‘zining subyekti va  obyektiga 
egaligi,  davlat  ekologik  boshqaruv  tizimi 
mavjudligi,  ekologik    huquqiy  normalarga 
rioya  qilish,  tabiat  boyliklaridan  oqilona 
foydalanish    va  ularni  muhofaza  etish, 
xalqaro  ekologiya  huquqi  normalari  bilan 
bog‘liqligi  nuqtai  nazaridan  farq  qiladi.  Buni 
keng  ma’noda  ekologiyaga    oid  muammolar 
chegara  bilmasligi  va  global  tusga  ega 
ekanligi  bilan    tushuntirish  mumkin.    Hozirgi 
kunda  barcha  fanlar  qatori  ekologiya 
huquqining  bir  qator    vazifalari  mavjud.  Bu 
vazifalar  uning  maqsadlari  bilan 
chambarchas  bog‘liq. 12Shunday qilib, ekologiya huquqi fanining hozirgi kundagi asosiy  
vazifalari quyidagilar hisoblanishi mumkin: 
–  O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosatini mustahkamlash; 
–  mustaqil  respublikamizdagi  mavjud  tabiat  boyliklaridan  oqilona    foydalanish  va 
ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish; 
–  iqtisodiy,  huquqiy,  geografik  va  milliy  xususiyatlarni  inobatga  olib,    ekologiya 
sohasida qabul qilingan qonun ustuvorligini ta’minlash; 
–  xalqimiz,  ayniqsa  yoshlar  o‘rtasida  ekologik-huquqiy  ta’limtarbiyani 
rivojlantirish; 
–  ommaning huquqiy-ekologik ma’naviyati va madaniyatini yanada  yuksaltirish; 
–  ekologik  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  va  ularga  qarshi    kurashish  chora-
tadbirlarini mustahkamlash; 
–  xalqaro  ekologiya  huquqi  prinsiplariga  rioya  etish,  ularni  hayotga    joriy  etish  va 
xalqaro ekologiya huquqi talablari asosida ish olib borish. 13 14Ekologiya  huquqi  fani  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan 
umumiy  va    maxsus  qismlardan  iborat.  Ekologiya  huquqi 
fanining  tizimi  –  ekologik    qonuniyatlarga  asosan,  o‘zaro 
bir-biri  bilan  bog‘liq  ekologiya  huquqi  institutlarining 
mantiqiy  joylashish  majmui  hisoblanadi.  Ekologiya 
huquqi  maxsus  qismining  normalarini  amalda  joriy 
etishda  umumiy  qism    normalarining  qoidalari  tatbiq 
etiladi.  Umumiy  qismning  normalari  faqat    maxsus 
qismning  normalari  asosida  yoki  birgalikda  qo‘llaniladi. 
Maxsus    qism  normalarini  qo‘llashda  umumiy  qism 
normalari  yo‘naltiruvchi  va    tartibga  soluvchi  normalar 
hisoblanadi.  Shunday  ekan,  ekologiya  huquqi    maxsus 
qismining  normalari  umumiy  qism  normalari  qoidalariga 
va  institutlariga asoslangan va unga muvofiqdir. 15Ekologiya  huquqining  umumiy  qismi  –  hamma  qismlarga  va 
institutlarga  tegishli  umumiy  masalalarning  bir  tartibda  ko‘rib 
chiqilishi  va  o‘rganilishi  holatini  namoyon  etadi.  Mazkur 
darslikning  umumiy  qismida:  «ekologiya  huquqi»  tushunchasi, 
predmeti,  metodi,  tizimi,  prinsiplari  va    manbalari,  tabiiy 
resurslarga  nisbatan  mulk  huquqi,  ekologiya  sohasida    davlat 
boshqaruvi  va  nazoratining  huquqiy-ekologik  holati,  ekologik   
huquqbuzarliklar  va  ekologik-huquqiy  javobgarlik  masalalari 
o‘rganiladi.  Ekologiya  huquqining  maxsus  qismida  esa  –  yer, 
suv,  yer  osti    boyliklari,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi,  o‘rmon, 
atmosfera  havosi,    muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning 
ekologik-huquqiy  tartibi  hamda    atrof  tabiiy  muhitni  xalqaro 
ekologik  huquqiy  muhofaza  qilish  masalalari    yoritiladi.  Har 
qanday  o‘quv  fani  muayyan  metodga,  usulga  ya’ni 
o‘rganilayotgan  hodisalarni  anglab  yetish  vositalariga  ega 
bo‘ladi. 16Ekologiya  huquqining  metodini  tabiat,  jamiyat  va  inson 
o‘rtasidagi    o‘zaro  bog‘liqlik,  muvozanatni  aks  ettiruvchi 
ekologik-huquqiy  bilimlar    olishda  qo‘llaniladigan  ilmiy  faoliyat 
prinsiplari, usullari tashkil qiladi. Umuman olganda, metodlarni 
xususiyatiga  ko‘ra  ikki  guruhga    bo‘lish  mumkin.  Birinchisi, 
barcha  o‘quv  fanlariga  xos  bo‘lgan  metodlar  bo‘lib,  ularning 
asosida  tabiat,  jamiyat  va  tafakkurning  umumiy    qonuniyatlari 
yotadi.  Ikkinchisi,  maxsus  metodlar  bo‘lib,  ularga  tarixiy,   
mantiqiy,  sotsiologik,  qiyosiy,  kibernetik  va  sistemali  metodlar 
kiradi.  Ushbu  talabdan  kelib  chiqadigan  bo‘lsak,  ekologiya 
huquqi  fanining    metodlari  tabiat,  jamiyat  va  inson  o‘rtasidagi 
o‘zaro  bog‘liqlik  va    muvozanat,  ularning  rivojlanish 
qonuniyatlari,  tabiatni  hozirgi  va  kelajak    avlod  uchun 
saqlashning  ahvoli  va  mohiyati  haqida  ekologik-huquqiy    bilim 
olishga yordam beruvchi usul va vositalar birligidan iborat. 17Ekologiya  huquqi  kursining  metod  (usul)lari 
o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan    muayyan  tizimini  tashkil 
qiladi.  Bu  tizimga  bir  qancha  metodlarni    kiritish 
mumkin.  Tarixiy-huquqiy  metod  –  ekologiya 
sohasida  tabiat,  jamiyat  va    inson  o‘rtasidagi 
o‘zaro  tabiiy  bog‘liqlikni  tarixiy  asosda 
o‘rganishni    taqozo  etadi.  Mazkur  metodda 
kishilik  jamiyatining  turli  davrlarida  ro‘y    bergan 
ekologik  hodisalar,  tabiat  va  inson  o‘rtasidagi 
muayyan    mutanosibliklar  haqida  tegishli 
ekologik huquqiy bilim olish imkonini  beradigan 
tarixiy-huquqiy  ekologik  manbalar,  qonunlar, 
boshqa huquqiy normalar tarixiy tahlil qilinadi. 18Mantiqiy  metod  –  ekologik-huquqiy  muammolarni 
o‘rganishda,    ekologik  huquqbuzarliklarga  baho 
berishda  har  tomonlama  to‘g‘ri  mantiqiy    xulosa 
chiqarishga  undaydi,  ekologiya  huquqi  fanini 
o‘rganishda,  ekologik    qonun  hujjatlarini  qo‘llashda 
ma’lum  ziddiyatlarni  keltirib  chiqarishning    oldini  oladi. 
Sotsiologik metod – ekologik muammolarni hal qilishda, 
turli    so‘rovlar  orqali  o‘rganishni,  anketalar  yordamida 
ekologiya  sohasida  turli    ma’lumotlar  to‘plashni, 
huquqiy-ekologik  statistik  ma’lumot  va  olingan   
natijalardan  foydalanishni  talab  qiladi. Bu metod  orqali, 
ekologik-huquqiy  talim-tarbiya,  ekologik-huquqiy   
ma’naviyat va madaniyat hamda ekologiya borasida olib 
boriladigan    boshqa  tadbirlarning  samaradorligi 
aniqlanishi mumkin. 19Qiyosiy  metod  –  ekologik  muammolar  va  ularning  oldini 
olish,  ekologik  huquqbuzarliklar  va  ularga  qarshi  kurash 
yoki  ekologiya  sohasi    bilan  bog‘liq  barcha  hodisalar, 
tushunchalar,  nazariya  va  g‘oyalar,    jarayonlarni  o‘zaro 
solishtirish,  taqqoslash  va  shu  asosda  ular  o‘rtasidagi   
mavjud  o‘xshashliklar  hamda  farqlarni  aniqlash  imkonini 
beradi. Ekologik  muammolarni bilish va hal qilishda turli 
mamlakatlarning  ekologikhuquqiy  qonunlari  taqqoslab 
o‘rganilishi  mumkin.  Kibernetik  metod  –  ekologiya 
muammosini  yoki  ekologiya  huquqi    oldiga  qo‘ygan 
barcha  vazifalarni  hal  qilish  borasida,  matematik-
statistik,    axborot-qidiruv  tizimini  yaratishda  ushbu 
metodlarni  qo‘llagan  holda    huquqiy-ekologik  statistik 
axborotni  kompyuterlar  yordamida  bilib  olish,    saqlash, 
qayta  ishlashda  turli  xil  texnika  vositalarini  qo‘llashni 
o‘rganishga  yordam beradi. 20 21Sistemali  metod  –  ekologiya  huquqi  fani  ekologik  muammolarni 
o‘rganish va ularni hal qilish, ushbu global muammoning oldini olishda 
tizimli  yondashuvni  hisobga  olgan  holda  ilmiy  obyektivlik  hamda 
tarixiylik    prinsiplariga  asoslanadi.  Ushbu  metodlar,  deyarli  barcha 
fanlarga  xos  bo‘lib,  bevosita  ekologiya  huquqi  fani  uchun  ham 
qo‘llanishi  mumkin.  Bundan    tashqari,  ekologiya  huquqining  bir  qator 
o‘ziga  xos  metodlari  ham  mavjud.  Tabiatni  muhofaza  qilishning 
huquqiy  metodi  –  bu  tabiat    boyliklaridan  oqilona  foydalanish  va 
muhofaza  qilishda  ekologik    nazoratning  davlat  va  jamoat  usullarini 
qo‘llash,  ekologiya  sohasida    boshqaruvni  tashkil  etishda  taqiqlovchi, 
ruxsat  beruvchi,  tavsiya  beruvchi,    majburlovchi,  kompensatsiyalovchi 
va  boshqa  normalarni  huquqiy  jihatdan  belgilash,  ekologik 
huquqbuzarliklar  uchun  ekologik  iqtisodiy  va  yuridik    javobgarlik 
choralarini  belgilash,  yetkazilgan  ekologik  zararni  qoplash    yoki  to‘lash 
tadbirlarini o‘z ichiga oladi. 22 23Tabiatni  muhofaza  qilishning  ma’muriy 
huquqiy metodi – asosan,  tabiatni muhofaza 
qilish  yoki  ekologiya  sohasida,  tabiat 
resurslaridan    oqilona  foydalanishda  kelib 
chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy  
tartibga  solish  yo‘li  bo‘lib,  taqiqlovchi,  oldini 
oluvchi  hamda  majburlovchi    normalarni 
qo‘llash  orqali  amalga  oshiriladi.  Tabiatni 
muhofaza  qilishning  fuqaroviy-huquqiy 
metodi    jamiyatdagi  munosabatlarni 
huquqiy-ekologik  tartibga  solish  yo‘li  bo‘lib,   
moddiy  (iqtisodiy)  manfaatdorlikni  qo‘llash 
orqali  tabiatni  muhofaza    qilish  va  tabiiy 
resurslardan  oqilona  foydalanishdan  kelib 
chiqadi. 24Foydalanilgan adabiyotlar va resurslar 
ro`yxati
1. https://www.google.com/url?sa=i&url=https%3A%2F%2Fkitobxon.com%2Foz%2Fkitob%2Fekologiya-va-atrof-muhit  
muhofazasi&psig=AOvVaw2dHo1teQiox3oKnqRuryvX&ust=1673987835668000&source=images&cd=vfe&ved=0CBEQjhxqFwo
TCKjem X4zPwCFQAAAAAdAAAAABAE
2. https://www.google.com/url?sa=i&url=https%3A%2F%2Fkitobxon.com%2Foz%2Fkitob%2Fekologik  
huquq&psig=AOvVaw1IhshzguXZ8g34ZpFJvJ02&ust=1673987983087000&source=images&cd=vfe&ved=0CBEQjhxqFwoTCNCl
mqv5zPwCFQAAAAAdAAAAABAE
3. “ Davlat va uning ekalogik funksiyasi” –  Maxmudjon Najimov
4. I I V ak ade miy asi . Ekologiya huquqi. Toshkent 2014
5. B. Musay ev . Ekologiya huquqi. Toshkent 2002.
6. lex.uz
7. huquq. uz
8. advice. uz
9. ziyo. uz 25E` t iboringiz uchun rahmat

Ek ologiy a huquqining t ushunchasi v a o‘ziga xos xususiy at lari

2Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli fanda yangi ta’limotni – «ekologiya»ni yuzaga keltirdi. «Ekologiya» so‘zi fanga nemis biolog olimi Ernest Gekkel (1866–1869-yillarda) tomonidan olib kirilgan. E.Gekkel Ch.Darvinning tirik organizmlarning evolyutsion rivojlanish qonuniyatlarini keng tatbiq etib, 1866-yil 14-sentabr kuni o‘zining «Umumiy morfologiya» nomli kitobiga ekologiya haqidagi o‘zining ilk fikrlarini bayon etadi. Ekologiya so‘zini fanga olib kirishga XIX asrning ikkinchi yarmida eng rivojlangan va Yevropaning aksariyat Davlatlarida sanoat, ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanishi natijasida, atrof tabiiy muhit holatining keskin yomonlashuvi, ekologik inqirozning yuzaga kelishi, kishilar va tirik organizmlar hayoti bilan shug‘ullanuvchi aynan biologlarni tashvishga solishi asosiy sabab bo‘ldi va yangi fanni olg‘a surishga asos bo‘ldi.

3

4Shunday qilib, «ekologiya» tushunchasini asosan ikkiga bo‘lib o‘rganamiz. Tor ma’noda o‘rgansak, uyimiz haqidagi ta’limotga, keng ma’noda esa, tirik organizmlar yashaydigan makon haqidagi ta’limotga ega bo‘lamiz. Shuningdek, bu tushuncha fan sifatida tirik organizmlarning o‘zaro va ular atrofini o‘rab turuvchi tabiiy muhit bilan munosabatlar yoki aloqadorlik qonuniyatlarini o‘rganadi. «Ekologiya» so‘zining grekcha lug‘aviy ma’nosiga e’tibor beradigan bo‘lsak, «oikos» – «uy», «turar joy» va «logos» – «ta’limot» yoki kengroq ma’noda «tabiatda qanday jamiyat bo‘lishidan qat’i nazar, tirik organizmlar (mavjudotlar) yashaydigan makon haqidagi ta’limotdir». «Ekologiya» tushunchasi amaliyotga juda sekinlik bilan kirib keldi .

5