logo

Hujjat turlari va xususiyatlari tavsifnoma, tavsiyanoma ma’lumotnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

710.826171875 KB
Mavzu: Hujjat turlari va xususiyatlari: tavsifnoma, tavsiyanoma 
ma’lumotnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
                          Reja: 
1. Hujjat turlari va xususiyatlari.
2. Tavsifnoma va tavsiyanomalarning  yozilish uslubi, 
o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida 
ishlash.
3.   Ma’lumotnomaning  yozilish uslubi, o‘ziga xos 
xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.   Hujjatlarning maqsadi, yo’nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator 
sifatlari ham turlichadir . Shunday ekan, hujjatlar tiliga qo’yiladigan 
umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga 
qo’yiladigan ko’pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, 
albatta, o’zoga xos xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va 
sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal 
hujjatchilikni yaratish haqida gap bo’lish mumkin emas. Shuning uchcun 
bu o’rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi .Ichki 
hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuzi-ladigan va shu korxona ichida 
foyda-laniladigan hujjatlardir. Bularga xo-dimning shaxsiy vara-qasi, majlis 
bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.Yoki xizmat yozishmalarida 
mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:1) “Sizga . . .ni 
ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni eslatamiz”;2) “. . . 
yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”, “. . . qaroriga muvofiq 
ravishda . . .”3) “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod 
kafolat beradi” va h.k.   O`zbek tilidagi hujjatchilik takomillashaborgani sari, bunday 
qoliplashgan birikmalar ham ko`payib, mukammalashib 
boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va 
rasmiylashtirishishi ham bir qadar yengillashadi. Anashu 
qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko`ra, hujjatchilar 
“hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi” deydilar.Tashqi hujjat – 
korxonaga, boshqa tash-kilot va ayrim shaxslardan 
keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma, ishonchnoma, 
yo‘riqnoma, kafolatxati, tavsiyanoma va boshqalar 
kiradi.TAVSIFNOMATavsifnoma muayyan shaxsning o‘qish, 
mehnat jarayonidagi,  yashash joyidagi ijtimoiy-jamoatchilik 
faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o‘ziga xos xislatlari, 
fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.   Bu hujjat korxona, tashkilot, muassasa, o‘quv yurti rahbariyati 
tomonidan o‘z xodimi, talabasi, o‘quvchisi o‘qishga yoki ishga 
kirayotganda, chet elga o‘qishga, ishga, tajriba almashishga yoki 
sayohatga ketayotganda, yangi lavozim, ish yoki mansabga 
tayinlanayotganda, erishgan muvaffaqiyatlari uchun 
rag‘batlantirilayotganda berilishi mumkin. Hujjatda 
tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish, ish, jamoatchilik faoliyati, 
ishchanligi, ijodkorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, 
oilaviy ahvoli o‘z ifodasini topadi. Tavsifnoma uchinchi shaxs 
nomidan bayon etiladi. Bu hujjatning "Tavsifnoma", "Ishlab 
chiqarish tavsifnomasi", "Xizmat tavsifnomasi" kabi turlari ish 
qog‘ozlari yuritishda qo‘llaniladi. Barcha turdagi tavsifnomalar 
uchun umumiy bo‘lgan zaruriy qismlarga quyidagilarni kiritish 
mumkin:· Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy 
ma’lumotlar:- tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish yoki ish joyi 
nomi;- lavozimi;- tug‘ilgan yili;- millati;- ma’lumoti;- familiyasi, 
ismi, otasining ismi.· Hujjat nomi - tavsifnoma.   Matn (o‘quvchi, talaba yoki xodimning o‘qish, ish faoliyati, muhim sanalari, 
alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, 
g‘amxo‘rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy 
fazilatlari, rag‘batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar).· Tavsifnoma 
yuborilayotgan joy nomi.· Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, 
familiyalari.· Tavsifnoma yozilgan sana va muhr.Tavsifnoma matnini unda 
bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shartli ravishda uch qismga 
bo‘lish mumkin. Dastlabki qismda shaxsning hayoti yoki ish faoliyati haqida 
ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy tavsifi,  lavozimiga 
munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijodkorligi, 
jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, 
taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So‘nggi qismda esa 
bayon etilganlardan xulosa qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko‘zda 
tutilgan maqsad yoritiladi.   TAVSIYANOMATavsiyanoma ham ma’lum bir jihatlari bilan 
tavsifnomaga o‘xshab ketadi. Tavsiyanoma biror shaxsni muayyan 
lavozimga, yangi o‘rin, vazifaga yoki ijtimoiy-siyosiy, ijodiy 
jamoatchilik tashkilotlariga a’zolikka tavsiya etish uchun 
beriladigan rasmiy hujjatdir. Tavsiyanomalar odatda muassasa, 
tashkilot, korxona, o‘quv yurti ma’muriyati, ijodiy uyushmalar yoki 
alohida bir shaxs tomonidan ham berilishi mumkin. Tavsiyanoma 
ham qat’iy bir andozaga ega emas. U ham talab va ehtiyojga 
qarab yoziladi. Tavsiyanomada shaxsning butun hayoti, o‘qish, ish 
yoki jamoatchilik faoliyati qamrab olinmaydi. Balki bu hujjatni 
berayotgan rahbar yoki  boshqa kishi uchun ma’lum bo‘lgan davr 
bayon etiladi, xolos.   Tavsiyanomada ham shaxsning o‘z sohasida erishgan yutuqlari, malakasi, 
ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, 
ijtimoiy foaliyati, oilaviy ahvoliga qisman baho beriladi. Tavsiya etilayotgan 
nomzodning yangi lavozim, o‘rin, vazifaga munosibligi yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 
ijodiy uyushma, jamoatchilik ishiga qanchalik loyiqligi ta’kidlanadi. Tavsiyanoma 
shaxsning taklif etilayotgan lavozim, vazifa, ish yoki a’zolikni bajara olishligiga 
ishonch bildirish va uning nomzodini tavsiya etish bilan 
yakunlanadi.Tavsiyanomaning zaruriy qismlari: Hujjat nomi - tavsiyanoma.
Tavsiyanoma berilayotgan shaxs haqida matn (shu shaxsni qachondan 
bilishi, ish joyi, lavozimi uning o‘z ishini qay darajada bajarishi, erishgan yutuqlari, 
ishchanligi, atrofdagilarga munosabati, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy 
saviyasi, axloqiy sifatlari, obro‘-e’tibori, oilaviy ahvoli, yangi lavozim, vazifa, o‘rin, ish 
yoki a’zolikka qay darajada mos ekanligi va unga bildirilgan ishonch hamda tavsiya). 
Tavsiyanoma beruvchilarning ish joyi lavozimi, imzolari, familiyalari, berilgan sana 
va muhr.               MA’LUMOTNOMA
Biror tashkilot, korxona yoki muassasada bo`lgan voqea, mavjud 
holatlarni aniq dalillar asosida tasdiqlash yoki ular haqida talab etilgan 
joyga ma’lumot berish maqsadida tuziladigan, shuningdek fuqarolarning 
ish joyi, lavozimi, oylik maoshi miqdori, o`qish joyi, mutaxassisligi, kursi, 
yashash joyi, turmush sharoiti, oilaviy ahvoli kabilar to`g`risida ma’lumot 
beruvchi rasmiy hujjat. Ma’lumotnomalar ham mazmuni va vazifasiga 
ko`ra ikki turga bo`linadi: 1. Xizmat ma’lumotnomalari. 2. Shaxsiy 
ma’lumotnomalar. Xizmat ma’lumotnomalari korxona yoki muassasa 
faoliyatiga oid voqea-hodisalar, mavjud holat, ishlab chiqarish va boshqa 
sohalar bo`yicha turli-tuman ma’lumotlarni qamrab oladi. Korxona, 
tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan boqg`iq xizmat 
ma’lumotnomalarini qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa 
faoliyati bilan bog`liq xizmat ma’lumotnomalari talab etilayotgan mavzu 
doirasidagi dalillar, raqamlar, ma’lumotlar asosida tuziladi.   Shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarning ayrim turlari korxona, muassasa, tashkilot, 
qishloq va mahalla kengashlari tomonidan avvaldan tayyorlab qo`yilgan andozalarga 
to`ldirib beriladi. Ularga tegishli ma’lumotlar qayd etilib, imzolanadi va muhr bosiladi. 
Bunday andozalarning qulayligi shundaki, uning o`zida qaysi tashkilot tomonidan 
berilayotganligi yozib qo`yilgan bo`ladi. Shaxsiy ma’lumotnomalarda fuqaro o`qiyotgan 
o`quv yurti, ishlayotgan korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati, yashayotgan joyi 
bo`yicha mutasaddilar tomonidan uning qayerda, qaysi fakultet, bo`lim, kursda o`qishi, 
qayerda va kim bo`lib ishlashi, oylik maoshi, yashash joyi, uy-joy sharoiti, moddiy-maishiy 
ahvoli, oila a’zolari va boshqa shu kabilar to`g`risida ma’lumot berilib, mavjud holat 
tasdiqlanadi. Shuningdek, tibbiy muassasalar ham shaxsning salomatligi yoki betobligi 
haqida shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarni berishlari mumkin.Shaxsiy 
ma’lumotnomalarning zaruriy qismlari:-  ma’lumotnoma beruvchi tashkilot nomi, uning 
manzili; -  ma’lumotnoma berilgan sana va uning tartib raqami;-  hujjat nomi -  
ma’lumotnoma;- ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;- 
matn (unda tasdiqlanayotgan voqea, dalillar, ma’lumotlar, holat qisqa ravishda bayon 
etiladi);- hujjatning qayerga taqdim etilishi haqidagi qayd, ma’lumotnomani tasdiqlovchi 
mutasaddilarning lavozimi, familiyasi, ismi, imzosi va muhr.   O`zbekiston Respublikasi Oliy va  
                 o`rta maxsus ta’lim 
vazirligi           Samarqand davlat 
universiteti           2018-yil  12-
yanvar   N 131                  
Universitet xiyoboni, 15.
MA’LUMOTNOMATo`xtasinov Abduhakim Shomurodovich 
Samarqand Shomurodovich Samarqand davlat 
universitetining fakulteti sirtqibo`lim ikkinchi 
mutaxassislikyo`nalishi to`rtinchi kurs talabasi 
hisoblanadi. U 2018-yil 2-yanvardan 12-yanvargacha qishki 
imtihonlar sissiyasi mashg`ulotlarida ishtirok 
etdi.Ma’lumotnoma Samarqand viloyati Narpay 
tumanidagi ikkinchi g`isht zavodi ma’muriyatiga taqdim 
etish uchun berildi.SamDU talabalar Bo`limi boshligi:           
       imzo                    Hasanov O.U.            Muhr NAMUNA           Samarqand davlat  
universiteti filologiya fakulteti 
o‘zbek,   filologiyasi bo‘limi 
bitiruvchisi Sohibova 
Gulchehra Do‘stmurodovnaga
                                                                   TAVSIYANOMA
Sohibova Gulchehra filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan paytdan (2017-yil) boshlab tirishqoq, 
qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men G.Sohibovani fakultet talabalar 
kasaba uyushmasi byurosi hamda “Kamolot” YIH universitet tashkiloti faollaridan biri sifatida 
2004-yildan beri bilaman. U fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti, murabbiylar kengashi, guruh 
rahbari, fakultet xotin-qizlar kengashi, fakultet ma’muriyati, o‘zi tanlanma fanlar tinglaydigan 
amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, 
ilmiy rahbari tomonidan beriladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib keladi. U har yili 
universitet talabalarining an’anaviy anjumanida iqtidorli talabalar qatorida o‘zbek 
tilshunosligining dolzarb mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilib kelmoqda. Shuningdek, xabar va 
lavhalari bilan shahar, viloyat va respublika vaqtli matbuoti sahifalarida ham qatnashib turadi. 
Hozir u professor I.K.Mirzayev rahbarligida “Alisher Navoiy ijodining o‘rta umumta’lim 
maktablarida o‘rganilishi” mavzusida malakaviy-bitiruv ishi yozmoqda. O‘tgan shu qisqa davr 
ichida u o‘zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko‘rsatdi. Men yuqorida 
bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi G.Sohibovaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘qishini 
muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman hamda   uning nomzodini 
magistraturada o‘qishga tavsiya etaman.                  Fakultet guruh murabbiyi:                          
MARDONOV B.M.                  2018.16.05.

Mavzu: Hujjat turlari va xususiyatlari: tavsifnoma, tavsiyanoma ma’lumotnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja: 1. Hujjat turlari va xususiyatlari. 2. Tavsifnoma va tavsiyanomalarning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash. 3. Ma’lumotnomaning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

Hujjatlarning maqsadi, yo’nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir . Shunday ekan, hujjatlar tiliga qo’yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo’yiladigan ko’pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o’zoga xos xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap bo’lish mumkin emas. Shuning uchcun bu o’rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi .Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuzi-ladigan va shu korxona ichida foyda-laniladigan hujjatlardir. Bularga xo-dimning shaxsiy vara-qasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:1) “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni eslatamiz”;2) “. . . yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”, “. . . qaroriga muvofiq ravishda . . .”3) “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod kafolat beradi” va h.k.

O`zbek tilidagi hujjatchilik takomillashaborgani sari, bunday qoliplashgan birikmalar ham ko`payib, mukammalashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirishishi ham bir qadar yengillashadi. Anashu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko`ra, hujjatchilar “hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi” deydilar.Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tash-kilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma, ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolatxati, tavsiyanoma va boshqalar kiradi.TAVSIFNOMATavsifnoma muayyan shaxsning o‘qish, mehnat jarayonidagi, yashash joyidagi ijtimoiy-jamoatchilik faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o‘ziga xos xislatlari, fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.

Bu hujjat korxona, tashkilot, muassasa, o‘quv yurti rahbariyati tomonidan o‘z xodimi, talabasi, o‘quvchisi o‘qishga yoki ishga kirayotganda, chet elga o‘qishga, ishga, tajriba almashishga yoki sayohatga ketayotganda, yangi lavozim, ish yoki mansabga tayinlanayotganda, erishgan muvaffaqiyatlari uchun rag‘batlantirilayotganda berilishi mumkin. Hujjatda tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish, ish, jamoatchilik faoliyati, ishchanligi, ijodkorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, oilaviy ahvoli o‘z ifodasini topadi. Tavsifnoma uchinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Bu hujjatning "Tavsifnoma", "Ishlab chiqarish tavsifnomasi", "Xizmat tavsifnomasi" kabi turlari ish qog‘ozlari yuritishda qo‘llaniladi. Barcha turdagi tavsifnomalar uchun umumiy bo‘lgan zaruriy qismlarga quyidagilarni kiritish mumkin:· Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar:- tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish yoki ish joyi nomi;- lavozimi;- tug‘ilgan yili;- millati;- ma’lumoti;- familiyasi, ismi, otasining ismi.· Hujjat nomi - tavsifnoma.

Matn (o‘quvchi, talaba yoki xodimning o‘qish, ish faoliyati, muhim sanalari, alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, g‘amxo‘rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari, rag‘batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar).· Tavsifnoma yuborilayotgan joy nomi.· Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, familiyalari.· Tavsifnoma yozilgan sana va muhr.Tavsifnoma matnini unda bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin. Dastlabki qismda shaxsning hayoti yoki ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy tavsifi, lavozimiga munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijodkorligi, jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So‘nggi qismda esa bayon etilganlardan xulosa qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko‘zda tutilgan maqsad yoritiladi.