Tijorat banklari va ularning funksiyalari
Tijorat banklari va ularning funksiyalari Reja: 1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari. 2. Ishlab chiqarishni moliyalashtirishga tijorat banklarining krеditlarini jalb etish tamoyillari, turlari va mехanizmi. 3. O’zbekistonda fond bozorining tashkil etilishi va unda tijorat banklarining tutgan o’rni.
Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda. Chunki tijorat banklarining foydasi bank kapitali to‘planishining va bank rivojlanishining asosiy manbasidir. Bank foydasining o‘sib borishiga ta'sir qiladigan bir necha xil omillar mavjud bo‘lib, bular: bankning rentabelligi, vaqtincha bo‘sh mablag‘larning samarali ishlatilishi, turli xil pullik xizmatlar ko‘rsatish doirasini (faktoring, lizing, trast xizmatlari va h.k.) kengaytirish, foyda keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish va boshqa omillar hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat banklarining asosiy ish tamoyillaridan biri-yuqori darajada foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. Banklarning faoliyati doimo foyda ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, ular faoliyatida zarar ko‘rish ehtimoli ham uchrab turishi mumkin. Banklar faoliyati ijobiy bo‘lgan hollarda, ularning foyda olish va salbiy faoliyat natijasida, banklarning zarar ko‘rish ehtimoli yuqori darajada bo‘ladi. Yuqorida aytilgan foyda keltiruvchi rezervlarni amalda tatbiq qilish jarayonida, bankning ish faoliyati iqtisodiy jihatdan risk (zarar ko‘rish ehtimoli) bilan bog‘liq bo‘ladi. Tijorat (aksiyali, pay asosida va xususiy tartibda tashkil qilingan) banklar huquqiy va xususiy shaxslarga
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish orqali shartnoma asosida kredit, hisob-kitob va boshqa xil bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Tijorat banklari ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni tashkil qilish uslubiga qarab, bajarilayotgan operatsiyalarning turi, faoliyat ko‘rsatish xududi va tarmoq belgilariga qarab bir-biridan farq qiladi. Respublikada, mintaqalarda ko‘zda tutilgan ma'lum dasturlarni bajarish va o‘zga faoliyat turlarini pul mablag‘lari bilan ta'minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda maxsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli lisenziyani olganlaridan keyin chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradilar. Tijorat banklari o‘z ustavlari asosida ish olib boradilar. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Bankning ustavida: - bankning nomi va uning manzili (aloqa manzili); - bank amalga oshiradigan operatsiyalarning ro‘yxati; - bank tashkil etadigan fondlarning ro‘yxati; - ustav fondining miqdori;
- bankning huquqiy shaxs ekanligi va o‘zini-o‘zini moliya resurslari bilan ta'minlashi negizida ishlashi to‘g‘risidagi nizom; - bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzilishi to‘g‘risidagi nizom; - bankga qarashli muassasalarning ro‘yxati va ularning maqomi; - bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi; - faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni matbuotda e'lon qilish majburiyati (tartibi); - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o‘zaro munosabatlari aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aksiyador jamiyatlar va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi lozim. Bank ustavga bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa qoidalar ham kiritilgan bo‘lishi mumkin. Ustavga o‘zgartishlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridagi o‘zgartishlar munosabati bilan kiritiladi. Aksiyador tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari hisobidan yoki aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan vujudga keltiriladi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining hamma bo‘limlari va ularning ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va ixtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari barcha huquqiy va xususiy shaxslar tijorat banklarining muassislari (xissadorlari), aksiyadorlari bo‘lishlari mumkin. Tijorat banklarini tashkil qilishda yoki faoliyat ko‘rsatayotgan banklarda har bir muassis, aksiyadorning ulushi ustav kapital miqdorining 30 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 10-sonli «Tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish qoidalari» nomli Yo‘riqnomasiga asosan tijorat banklarini tashkil qilishda ular quyidagi miqdorda minimal ustav kapitaliga ega bo‘lishlari lozim. 2000 yil 1 yanvardan boshlab aholisi 0,5 mln.dan ortiq bo‘lgan shaxarlarda ochiladigan tijorat banklarning ustav kapitali 2,5 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘ga, aholisi 0,5 mln.dan kam bo‘lgan shaharlarda ochiladigan banklar 1,25 mln. AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi ekvivalent mablag‘ga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarishni moliyalashtirishga tijorat banklarining krеditlarini jalb etish tamoyillari, turlari va mехanizmi Fеrmеr хo`jaligi faoliyatini moliyalashtirishda o`z mablag`lari yеtarli bo`lmagan holatlarda chеtdan qarzga mablag` jalb etishga to`g`ri kеladi. Krеdit bank tizimi va iхtisoslashgan moliya-krеdit muassasalari orqali ssuda jamg`armasining harakatini ifodalaydi. Krеdit (lot. Creditum - qarz, credo - ishonaman) – pul mablag`lari, tovar va хizmatlarni