Tuproq kartogrammalari haqida tushincha. Tuproq xaritalariga va kartogrammalarga tushintirish xatini yozish, qabul qilish va topshirish
Tuproq kartogrammalari haqida tushincha. Tuproq xaritalariga va kartogrammalarga tushintirish xatini yozish, qabul qilish va topshirish Reja: 1. Tuproq kartogrammalarining tuzilishi. 2. Tuproq xaritalariga yozilgan tushuntirish xati mazmuni 3. Tuproq xaritasi va kartogrammalardan qishloq xo’jaligida foydalanish
Tuproq kartogrammmasi qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarining tuproq xaritasi masshtabida chizilgan sxema tarzidagi ta’siridir. Kartagrammalar tuproqning ayrim xossalari tarifini (gumusning qalinligi, mexanik tarkibi, erroziyalanganlik, sho‘rlanish darajasi kabilarni tasvirlash) hamda tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalari aniqlashtirish uchun mo‘ljallangan. Tuproq kartagrammalaridan tashqari tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliy harakatchan shaklini ko‘rsatuvchi, mikroelementlar miqdorini aks ettiruvchi agrokimyoviy kartagrammalardir. Tuproq va agrokimyoviy kartagrammalar yozilgan tushuntirish xatida tuproq zonasi va regionlarda geografik tarqalishida, tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari tuproq qoplami xo‘jalikning ixtisosiga beriladi. Shu bilan birga tuproqning agronomik ishlab chiqarish guruhlari va tarmoqlaridan foydalanishga oid tavsiyalar ularning unumdorligini oshirish yuzasidan qo‘llaniladigan chora tadbirlar ko‘satiladi. Tuproqlarning agronomik ishlab chiqarish guruhlari deganda genezisi, xossalari, foydalanishi va tavsiya etiladigan chora tadbirlar bo‘yicha bir- biriga yaqin bo‘lgan bir necha xil tuproq ayirmalarini birlashtirilganligi bildiriladi . Kartogrammalardan tuproqning eroziyalanganlik, kislotalik, sho‘rlanganlik darajasi ko‘rsatgichlari oziqa elementlarining har-xil miqdoriga ko‘ra belgilanadi. Tuproqlarni guruhlarga ajratishda maxsus melioratsiya tadbirlarni qo‘llashni talab etilmaydigan zo‘naga xos ekinlarni ekish zarur, yerlar va ekin ekish uchun melioratsiya tadbirlarini qo‘llash zarur (sho‘rlangan, botqoqlangan, toshloq) yerlar ajratiladi. Muayyan guruhga kiritilgan yerlarda o‘ziga xos agrotexnika tadbirlari qo‘llash va shu sharoitga mos ekin turlari beriladi. Tuproq xaritasi va kartogrammalar qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi. Bunda tuproqning xususiyati, relyefi, gidrogeologik sharoitlariga ko‘ra, yerlar ekish dalalari va bo‘limlarga ajratish yerlarni sifatiga ko‘ra turli qurilish maqsaqdlari uchun ajratiladi. Yer tuzish ishlarda tuproq agronomik ishlab chiqarish guruhi xaritalaridan foydalanish. Tuproq kartalari tuproq xossalaridan tashqari har bir tuproq maydoni
(konturi), relyefi, gidrogeologik sharoitlardan foydalaniladi. Yerga o‘g‘it qo‘lllash va kimyoviy melioratsiyadan foydalanish. Tuproq xaritasi va kartagrammasi shu jumladan agrokimyoviy kartagrammalar har-bir uchastkada almashlab ekish dalasi tuproqning xossalari va ekiladigan o‘simliklarning xususiyatini hisobga olgan holda o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalaniladi. Tuproq strukturasi va mexanik tarkibini e’tiborga olinadi. Bundan tashqari tuproqlarning erroziyalanish darajasi va o‘simliklarning turi ham e’tiborga olinadi. Tuproqqa ishlov berish, mexanik tarkibi, gumus qatlamlarining, tuproqning fizik xossalari, haydov osti qatlamlarining zichligi, yerning relyefi va eroziyalanish darajasini hisobga olinadi. Texnikaviy loyihalar tuzatayotgan tuproq qatlamining qalinligi va relyef sharoitlari, jumladan qiyalik (nishablik) darajasi hisobga olinadi, mevali daraxtlarni ekish uchun yer tanlashda tuproq xaritasi va kartogrammalardan foydalaniladi. Daraxt va buta navlarini tuproq xususiyatlariga qarab tanlanadi. Tuproqning zichligiga, serchirindiligiga, zararli tuzlar bo‘lmasligiga ahamiyat beriladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosil miqdorini oshirishda, yerlardan samarali foydalanishda ko‘proq karta va kartagrammalarning ro‘li katta ahamiyatga ega. Kartog’rammalar tuproqning ayrim xossalari ta’rifini (gumusli qalinligi, mexanik tarkibi, eroziyalanganlik, sho’rlanish darajasi kabilarni tasvirlash) xamda tuproqdardan foydalanishga doir tavsiyalarni aniqlashtirish, konkretlashtirish uchun muljallangan. Tuqroq kartogrammalaridan tashqari tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning harakatchan formasini ko’rsatuvchi, mikroelementlar miqdorini aks ettiruvchi agrokimyoviy kartogrammalardir. Tuproq va agrokimyoviy kartogrammalar umumiy va regional xillarga ajratiladi. Umumiy kartogarmmalar barcha zona va regionlarda tuzilishi shart. Regional kartogrammalar tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlariga, tuproq qoplamiga, xo’jalikning ixtisosiga qarab bir yoki bir necha tabiiy zonalarda yohud alohida xo’jaliklarda tuziladi.
Umumiy kartogrammalar jumlasiga tuproqlarni agronomik ishlab chiqarish gruppalariga birlashtirish va ulardan foydalanishga doir tavsiyalar beruvchi kartogrammalar, harakatchan fosfor va kaliyning miqdorini ko’rsatuvchi kartogarmmalar hamda tuproqlar bonitirovkasiga doir kartogarammalar kiradi. Regional kartogrmmalar tuproqning eroziyalanganlik, kislotalilik, sho’rlanganlik darajasi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha tuziladi. Markaziy Osiyoning sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitida tuproqlarning sho’rlanish darajasi bo’yicha tuziladigan regional kartogrammalari muhim ahamiyatga ega. Tuproq kartalariga albatta ocherk, kartogrammalarga esa tushuntirish xati ilova qilinadi. Tuproq ocherki yoki kartogrammadagi uqtirish xatida barcha o’tkazilgan ishlarning natijalari yozib qo’yiladi. Ularda xo’jalikning tabiiy sharoiti, tuproqning morfologik tuzilishi va xosssalarining analitik tahlili, tuproqlarning agronomik ishlab chiqarish gruppalari va tuproqlardan foydalanishga oid tavsiyalar, ularning unumdorligini oshirish yuzasidan qo’llaniladigan chora- tadbirlar ko’rsatiladi. Tuproqlarning agronomik ishlab chiqarish g r u p p a l a r i deganda genezisi, xossalari, foydalanishi va tavsiya etiladigan chora-tadbirlar bo’yicha ayirmalarini birlashtirish tushuniladi. Tuproqning agroishlab chiqarish gruppasi 2 tipga bo’linadi. 1.Tuproqning alohida agroishlab chiqarish gruppasini tuzishda shu yerga ekiladigan asosiy yoki bir qancha turdagi o’simliklarning tuproqqa bo’lgan talabi e’tiborga olinadi. Masalan g’o’za o’stirilayotganda, uning tuproqqa bo’lgan talabini nazarda tutib, jumladan tuproq strukturasi, sho’rlanish darajasi, tuzli qatlamining joylashishi, tuzlar tarkibi, eroziyalanishi, tuproqning mexanik tarkibi singari xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Mevali daraxtlar uchun tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlarining satqi va umuman tuproqning suv va havo xossalari hamda rejimlari asosiy rol o’ynaydi.. 2. Umumiy agronomik ishlab chiqarish gruppasini tuzishda faqat tuproqning xususiyatlari nazarda tutiladi. Shu maqsadda tuproqning agronomik xususiyatlariga ko’ra bir-biriga yaqin bo’lgan tur va turchalar aniqlab chiqiladi. Ikkinchi tipdagi
agroishlab chiqarish gruppalarini ajratishda tuproqning quyidagi xususiyatlarini hisobga olish kerak: a) mexanik tarkibi, tuzilishi, gumusli gorizontning qalinligi hamda geomorfologik va gidrogeologik sharoitiga ko’ra suv, havo, issiqlik rejimi bir-biriga yaqin bo’lgan tuproqlar alohida gruppaga ajratiladi: b) oziq rejimiga (gumus miqdor, azot, fosfor, kaliyning harakatchan formalari va umumiy miqdori, tuproq reaksiyasi, mikroelementlar miqdoriga ko’ra) bir-biriga yaqin bo’lgan tuproqlar alohida gruppaga ajratiladi; v) yerga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan fizik-mexanikaviy xossalari yopishqoqligi, plastikligi, qatqaloqqa moyilligi, tuproqning yetilish muddati, haydalma qatlamning chuqurligi kabilar jihatdan bir-biriga yaqin tuproqlar alohida gurppaga birlashtiriladi; g) meliorasiya tadbirlariga bo’lgan ehtiyoj (botqoqlanish, sho’rlanganligi, gumusli gorizont qalinligi, karbonatli va gipsli qatlamining joylashishi, sizot suvlar sathi va tarkibi) hamda relyef sharoitlariga ko’ra bir- biriga yaqin tuproqlar alohida gruppaga kiritiladi. d) tuproqning sho’rlanish tuzlar miqdori, tarkibi va tuzli qatlamning joylashishi, gleyli (berch) qatlamining mavjudligi singarilar nazarda tutiladi; ye) eroziyaga uchragan tuproqlarning yemirilish xarakteri va intensivligi ( eroziya turlari va ularning tez yoki sekin kechish xarakteri) ga qarab alohida gruppaga bo’linadi. Tuproqlarni grupppalarga ajratishda maxsus meliorasiya tadbirlarni qo’llashni talab etmaydigan, zonaga xos ekinlarni ekish zarur yerlar va ekin ekish uchun maxsus melorasiya tadbirlarni qo’llash zarur (sho’rlangan, botqoqlangan, toshloq) yerlar ajratiladi. Muayyan gruppaga kiritilgan yerlarda o’ziga xos agrotexnika tadbirlari qo’llaniladi va zonallik prinspi asosida shu sharoitga mos keladigan ekinlar ekiladi. Shunday qilib, tuproq kartalari va kartogrammalari yerga ishlov berish va o’g’itlash sistemalarini, tuproqlarni meliorasiyalash hamda bonitirovkalash turlarini aniqlashda foydalaniladi.