logo

TUPROQNING HAVO REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

43.1728515625 KB
MAVZU.  T U P R O Q N I N G   H A V O   R E J I M I   V A   U N I   B O S H Q A R I S H
U S U L L A R I
Reja:
1. Tuproq havosining tarkibi.
2.   O‘simliklar   va   foydali   mikroorganizmlar   hayotida   tuproq   havosining
ahamiyati. 
3 .   Tuproq havo rejimini yaxshilash tadbirlari.
  1. Tuproq havosining tarkibi.
Tuproqning   muhim   qismi   hisoblangan   havo   tuproqlarda   ma’lum   miqdorda
bo‘ladi.   Tuproqning   suv   siz   kovaklariga   havo   kirib   turadi.   Tuproq   havosining
tarkibi esa atmosfyera havosinikiga nisbatan boshqacha va o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Tuproq   havosi   tarkibidagi   SO
2   miqdorining   ortishi   bilan   O
2   miqdori   kamayadi.
Tuproqdagi   kislorod   va   karbonat   angidridni   asosan   o‘simliklar   va
mikroorganizmlar   o‘zlashtiradi.   Tuproqdagi   gazsimon   havo   o‘simliklar   hayoti
uchun zarur omillardan bo‘lib, o‘simliklar ildizi nafas olishida va tuproqdan har
xil   mikroorganizimlarni   kislorod   bilan   ta’minlaydigan   manba   hisoblanadi.
O‘simliklar   me’yorda   o‘sishi   uchun   tuproqda   etarli   miqdorda   suv,   havo   bo‘lishi
shart. Biroq birisini miqdori ortishi ikkinchisini kamayishiga sabab bo‘ladi . 1
Ma’lum   vaqt   ichida   tuproqqa   havo   kirishi   va   uning   miqdori   hamda
tarkibining   o‘zgarishi   havo   rejimi   deyiladi.   Tuproq   havosi   uning   muhim   tarkibiy
qismi   hisoblanadi,   har   qanday   tuproqda   ham   ma’lum   miqdorda   havo   bo‘ladi.   U
tuproqning namlikdan holi bo‘lgan g‘ovak va bo‘sh joylarini egallaydi. Tuproqda
atmosfyeradan kirgan havo va tuproqdagi har xil biokimyoviy jarayonlar natijasida
hosil bo‘lgan gazlar uchraydi.
Tuproq   havosi   unda   yashaydigan   ayrim   mikroorganizmlar   uchun   zarur,
chunki tuproqda havo etishmasa, ayrim mikroorganizmlar hayot kechira olmaydi.
Natijada   organik   qoldiqlar   yaxshi   chirimasdan,   o‘simliklar   o‘zlashtira   oladigan
oziq moddalar hosil bo‘lishi uchun sharoit bo‘lmaydi.
Tuproq   havosi   tarkibidagi   kislorod   tuproqdagi   har   xil   minyeral   va   organik
moddalirni   oksidlaydi.   Natijada   oksidlangan   ba’zi   elementlar   yeruvchan   holatga
o‘tsa, ayrimlari aksincha, havo etarli bo‘lmagan tuproqda o‘simliklar hayoti uchun
zararli bo‘lgan har xil kimyoviy birikmalar hosil qiladi. O‘simliklarning o‘sishi va
rivojlanishi   uchun   zarur   hisoblangan   azot   anayerob   sharoitda   gaz   holdagi
birikmalarga   o‘tib,   tuproqdan   atmosfyeraga   yerkin   holda   chiqib   ketadi.   Demak,
tuproqning   unumdorligida   suv   kabi   tuproqdagi   havoning   ahamiyati   xam   muhim
hisoblanadi.
1
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 82-84
бетлар. Tuproq   havosi   rejimini   o‘rganish   ayrim   agronomik   masalalarni   hal   etishda
hamda   o‘simliklarning   me’yorda   o‘sishi   va   rivojlanishini   boshqarishda,
shuningdek,   yuqori   hosil   olishda   katta   axamiyatga   ega
(1.16- jadval).
Jadval   ma’lumotlaridan   ko‘rinib   turibdiki,   tuproq   havosining   tarkibi
atmosfyera   havosining   tarkibidan   keskin   farq   qilar   ekan.   Tuproqda   hayot
kechiradigan   mavjudotlar   va   o‘simliklar   ildiz   tizimining   nafas   olishi   natijasida
hamda   organik   moddalarning   chirishi   tufayli   tuproq   havosida   karbonat   angidrid
miqdori   ko‘payib,   shunga   muvofiq   holda   kislorod   miqdori   kamayadi.   Tuproq
havosida   karbonat   angidrid   ko‘p   bulishi   bilan   bir   qatorda,   juda   oz   miqdorda
ammiak, vodorod, vodorod sulьfid, metan, argon, geliy kabi gazlar uchraydi.
Yerga   yaqinroq   havo   qatlamlarida   karbonat   angidrid   ko‘proq   1%   gacha
uchraydi.   Bunga   tuproqdagi   chirindi   va   turli   mikroorganizmlardan   chiqqan
karbonat   angidrid   sababchi   bo‘ladi.   Natijada   o‘simliklarning   hayot   faoliyati
jadallashadi va hosildorlik oshadi.
1 . 1 6 - j a d v a l
Tuproq va atmosfyera havosining tarkibi 
(hajmga nisbatan %, N.P.Remedov ma’lumoti)
Havo  N O
2 CO
2
Atmosfyera havosi
Tuproq havosi 78,09
78,80 20,95
5-20 0,03
0,1-15,0
Tuproq   havosi   tarkibidagi   SO
2   miqdorining   ortishi   bilan   O
2   mikdori
kamayadi.   Kislorod   tuproq   tipiga   qarab,   2-3%   gacha   kamayadi,   SO
2   miqdori   esa
10% gacha ortadi.
Tuproq   havosining   tarkibi   va   miqdori   ekinlar   turiga,   haroratga,   namlikka   va
uning ayeratsiyasiga bog‘liq.
Atmosfyera   va   tuproq   havosining   almashinish   tezligi   ekinlarni   parvarish
qilish   agrotexnikasiga   bog‘liq.  Binobarin   yerlarni   o‘z   vaqtida   haydash,   sug‘orish,
ekin qator oralarini ishlash tuproqda havo almashinishini tezlashtiradi. Atmosfyera havosining bosimi, shamol va uning tezligi hamda yerning rel’efi, sh o‘ r yuvish va
hokazolar havo almashinishida katta ahamiyatga ega.
Haydaladigan   yerlarda   havo   tuproqning   umumiy   h ajmiga   nisbatan
8 - 36% ni tashkil etadi va uning miqdorining o‘zgarishi nokapillyar bo‘shliqlarning
hajmiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Haydalma   qatlam   tuproqning   havosida   18-20%   kislorod
va   0,15-2,0   %   karbonat   angidrid   bo‘ladi.   Zichlashgan   va   ortiqcha   namlangan
tuproq   havosida   kislorod   miqdori   kamayadi,   karbonat   angidrid   esa   ko‘payadi.
Botqoq, syernam tuproqlar havosida metan va vodorod sul ь fid miqdorining oshishi
tajribalarda   kuzatilgan.   Bunday   gazlar   organik   moddalarning   anayerob   sharoitda
parchalanishidan   ham   hosil   bo‘lib,   o‘simliklar   ildiziga   zaharli   ta’sir   qiladi   va
o‘simliklarning o‘sishiga hamda rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
Tuproq   havosidagi   gazlar   orasida   karbonat   angidrid   va   kislorod   eng
harakatchan   (miqdor   jihatdan)   xususiyatga   ega   bo‘lib,   o‘z   navbatida,   tuproqdagi
turli organizmlar ha yo tida ham muhim rol ь   o‘ynaydi. Masalan, tuproq havosidagi
karbonat   angidrid   bahor   va   yoz   fasllarida   ko‘payib,   kuz   va   qishda   kamayadi.
Kislorod   miqdori   ham   shunga   muvofiq   o‘ zgaradi.   Bu   o‘zgarish   o‘simliklarning
karbonat   angidridga   bo‘lgan   talabining   ortishi   va   haroratning   ko‘tarilishi   bilan
tuproqning   biologik   faolligi   kuchayishi   natijasida   mikroblar   hamda   o‘simliklar
tomonidan kislorod ajralishi va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq.
Karbonat angidrid miqdori tuproqdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati,
tuproq tipi, tarkibi, iqlim sharoiti va boshqa   omil larga ko‘ra o‘zgarib turadi. V. N.
Makarov   ma’lumotiga   k o‘ ra,   bir   gektar   yerdan   s u tkasiga   400   -   600   kg   karbonat
angidrid gazi ajralib chiqar ekan.
Tuproqdagi   kislorod   va   karbonat   angidridni   asosan   o‘simliklar   va
mikroorganizmlar   o‘zlashtiradi.   K islor o dning   singdirilishi   va   o‘simliklarning
k a rbonat angidrid ajratishi ularning rivojlanishi intensivligiga, tuproq namligiga va
haroratga bog‘liq.
Syernam   tuproqda   karbonat   angidrid   ajralib   chiqishi   sarflanishiga   karbonat
angidrid to‘planishi 5-6% ga, kislorod tuplanishi 15-16% gacha kamayishiga sabab
bo‘ladi. Quyi qatlamlarda esa SO
2  ko‘p, kislorod esa kam bo‘ladi. Masalan, ayrim vaqtlarda 1,5-2,0 metr chuqurlikda 10-12% gacha karbonat angidrid gazi uchrashi
mumkin.
Tuproqda   uning   agregatlari   orasidagi   yerkin   havodan   tashqari,   tuproq
kolloidlari   singdirgan   havo   h a m   b o ‘ l a d i .   U n d a   a s o san   karbonat   angidrid   va
azot bo‘lib, kislorod bo‘lmasligi ham  mumkin.
Tuproqda   gazlarning   adsorbsiyalanishi   bir   qancha   sharoitga,   masalan,
kolloidlar miqdoriga, tuproqning namlik darajasiga, bosim, harorat va boshqalarga
bog‘liq.
Tuproqda   kolloidlar   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   havoning   singish   darajasi   shuncha
yuqori   bo‘lishi   ilmiy   kuzatishlarda   aniqlangan.   Tuproqqa   kislorod   va   azotga
qaraganda SO
2   intensivroq singadi. Bosim  kamayishi  va harorat ko‘tarilishi bilan
gazlarning   singishi   kamayadi.   Syernam   tuproqda   adsorbsiyalanish   bo‘lmaydi,
ya’ni   suv   tuproqdagi   havoni   siqib   chiqaradi.   Yerga   suv   qo‘yilganda,   tuproqdagi
singdirilgan holatdagi havo uning agregatlarini emiradi.
2. O‘simliklar va foydali mikroorganizmlar hayotida tuproq 
havosining ahamiyati
O‘simliklar hayotida havo boshqa omillar bilan teng ahamiyatga ega. CHunki
o‘simliklar   karbonat   angidridni   o‘zlashtirganda,   nafas   olish   jarayoni   sodir   bo‘lib,
bunda   kislorodni   ham   singdiradi   va   674   katta   kaloriya   issiqlik   ajraladi.   Bu
enyergiyadan o‘simliklar o‘z hayot faoliyatida foydalanadi. O‘simliklar ildizi nafas
olganda ajralib chiqadigan SO
2  bir qancha minyeral moddalarning yeruvchanligini
oshiradi.   Bu   o‘simliklarning   yaxshiroq   oziqlanishiga   yordam   byeradi.   Ammo
karbonat angidrid ko‘p bo‘lsa, tuproq havosi  tarkibidagi kislorodni siqib chiqarib,
ildizlarning   nafas   olishi   qiyinlashib   ildizmeva,   tugunak-mevalarning   hosilini
kamaytirishi   mumkin.   Tuproqda   karbonat   angidrid   to‘planib   qolishining   oldini
7 olish va tuproq ayeratsiyasini yaxshilash uchun ekin qator oralari sifatli ishlanishi
kyerak.   O‘simliklarning   nafas   olish   jarayoni   fotosintez   jarayoniga   qarama-qarshi,
chunki unda organik moddalarning karbonat angidrid va suvgacha oksidlanishi va
parchalanishi bilan bog‘liq. Lekin o‘simliklarda nafas olishga qaraganda fotosintez jarayoni   bir   necha   bor   faolroq   o‘tadi.   SHuning   uchun   ham   o‘simliklarda   organik
moddalar to‘planadi.
Fotosintez   tabiatda   uglyerodning   aylanishiga   ham   yordam   byeradi.   YOnish
va nafas olish jarayonlarida, birinchidan, uglyerod oksidlanib, karbonat angidridga
aylansa,   ikkinchidan,   karbonat   angidrid   (va   suv)   parchalanib,   o‘simliklar
uglyerodni   o‘zlashtiradi.   A.   A   Nichiporovich   ma’lumotiga   qaraganda,   bir   gektar
yerdagi   o‘simliklar   fotosintez   natijasida   yiliga   o‘rtacha   1200   kg   uglyerodni
birikmalarga   bog‘laydi,   uning   5%   nafas   olishga   sarflanadi.   Umuman,   quruklikda
yil davomida 20 mlrd, okeanlarda 155 mlrd, jami 175 mlrd t uglyerod birikmalarga
bog‘lanadi.
Fotosintez   jarayonida   o‘simliklar   atmosfyeradan   1   t   uglyerod   o‘zlashtirsa,
ayni   vaqtda   2   t   yerkin   kislorod   ajralib   chiqadi.   Binobarin,   har   yili   175   mlrd   t
uglyerod   birikmalarga   bog‘langanda,   atmosfyeraga   460   mlrd   t   kislorod   ajralib
chikadi.
Urug‘ning   unishi,   o‘simlik   ildizining   nafas   olishida   va   mikroorganizmlar
faoliyatida tuproq havosidagi kislorod nihoyatda zarur.
M.Mednis   ma’lumotiga   ko‘ra,   paxtazorda   yer   yuzasidan   30   sm   balandlikda
SO
2   mikdori eng ko‘p bo‘lishi kuzatilgan, chunki bu yerda g‘o‘zaning asosiy barg
massasi   joylashgan.   Yerga   yaqin   qatlam   havosi   tarkibida   esa   SO
2   ning   miqdori
birmuncha ortiq va yer yuzasidan 2 m balandlikda esa kam ekanligi aniqlangan.
G‘o‘za   bilan   tuproq   o‘rtasida   gazlar   almashinishi   natijasida   paxta   dalasida
atmosfyera   havosida   SO
2   miqdori   doim   o‘zgarib   turadi.   Kunduzi   fotosintez
jarayoni   faol   borayotganda   SO
2   miqdori   kamayadi,   kechga   tomon   fotosintez
jarayoni   sustlashishi   bilan   uning   miqdori   ko‘payadi.   Karbonat   angidrid
miqdorining   kechasi   yuqori   bo‘lishi   o‘simlik   va   tuproqda   hayot   kechira-yotgan
mikroorganizmlar   faoliyati   bilan   bog‘liq.   G‘o‘za   gullash   va   meva   tugish   davrida
sutkasiga bir gektar yerdan 450 kg SO
2  assimilyasiyalaydi.
O‘simliklarning   asosiy   massasi   joylashgan   qatlamni   karbonat   angidrid   bilan
atmosfyeraning   yukori   qatlamlari   havo   almashinishi   hisobiga   to‘ldirib   turiladi. Agar   almashinish   bo‘lmasa,   o‘simliklarga   salbiy   ta’sir   etishi   mumkin   (1.17-
jadval).
Atmosfyera   havosida   karbonat   angidrid   mikdori   o‘rtacha   0,03%   yoki
0,57 mg/litrni tashkil etadi.
Tuproq   havosida   karbonat   angidrid   ko‘paysa,   undagi   barcha   fiziologik
jarayonlarning faolligi sustlashadi, o‘simliklar ildizining nafas olishi qiyinlashadi,
urug‘larning unishi sekinlashadi, mikrobiologik faoliyat to‘xtaydi.
1.17-jadval
G‘o‘zaning gullash va meva tugish davrida karbonat angidrid balansi
(YU.S. Nosirov ma’lumoti)
Ko‘rsatkich SO
2
ga/kg %
Gektarida 100 ming tup ko‘chat bo‘lganda 
g‘o‘zaning bir kunda SO
2  assimilyasiyalashi 450 100,0
Qator orasidan 30 sm balandlikda SO
2  miqdori 150 33,4
G‘o‘za nafas olishida ajralib chiqqan SO
2  miqdori 90 20,0
G‘o‘za o‘sayotgan qatlamdagi farq (etishmovchilik) 210 46,0
Tuproq   havosidagi   karbonat   angidrid   miqdori   1%   ga   etganda,   o‘simliklar
ildiziga   zararli   ta’sir   etishi,   ammo   atmosfyera   havosida   SO
2   miqdori   1-3%   gacha
ortishi   bilan   o‘simliklarda   fotosintez   jarayonini   intensivla-nishi   tajribalarda
aniqlangan.   Atmosfyera   havosida   karbonat   angidrid   miqdori   ko‘payganda
o‘simliklarning assimilyasion faoliyati yaxshilanadi, natijada hosildorlik ortadi.
Tadqiqotchilarning   fikriga   qaraganda,   tuproq   umumiy   hajmining
25-40%   havo   va   75-60%   suv   bilan   band   bo‘lganda,   madaniy   o‘simliklar   yaxshi
o‘sadi.   O‘simliklarning   me’yorda   o‘sishiga   va   rivojlanishiga   tuproq   havosi-ning
tarkibi   ham   ta’sir   etadi.   Masalan,   tuproq   havosida   kislorod   etishmay,   karbonat
angidrid miqdori ortiqroq bo‘lsa, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi sustlashadi,
ayrim vaqtda esa quriydi.
Tuproq havosi tarkibidagi kislorod foydali mikroorganizmlar faoliyatida katta
ahamiyatga   ega.   Ayerob   sharoitda   foydali   mikroorganizmlarning   faqat   sonigina emas,   balki   hayot  faoliyatining   mahsuloti   ham   oshadi,   ularning   ko‘pchiligi
o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur.
Tajriba   ma’lumotlariga   qaraganda,   tuproqqa   kislorod   bemalol   kirib
turgandagina   nitrifikatsiya   jarayoni   faol   kechadi   va   azotobaktyeriyalarning
tuproqda azot to‘plashi  uchun sharoit vujudga keladi. Kislorod mikorizalar uchun
ham zarur.
Dukkakdosh o‘simliklar azotni tugunak baktyeriyalar yordamida o‘zlashtiradi
va   tuproqni   boyitadi.   Tuproqdagi   ba’zi   bir   mikroorganizmlar   gaz   holidagi   azotni
ko‘p o‘zlashtiradi va uni o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga keltiradi.
Dukkakli o‘simliklar ildizida yashaydigan tugunak baktyeriyalarning faoliyati
ham tuproqqa kislorod bemalol  kirib turishiga bog‘liq. Bunday sharoitda tugunak
baktyeriyalar faol faoliyat ko‘rsatib, tuproqda ko‘plab biologik azot to‘plab, uning
unumdorligini oshiradi.
Tuproq havosida juda ko‘p miqdorda (78-80%) yerkin azot bor, ammo u faqat
biologik yoki sun’iy usulda bog‘langandagina o‘simliklar o‘zlashtiradigan holatda
bo‘ladi.
Havo   rejimini   tuproqning   tuzilishiga,   donadorligiga   va   ishlanishiga
bog‘likligi.   Tuproqdagi   havo   miqdori   uning   umumiy   g‘ovakligiga   va   tuproqdagi
oraliq hamda bo‘shliqlar suv bilan qay darajada to‘lganligiga bog‘liq. Tuproqning
havo o‘tkazish qobiliyati uning   havo   o‘tkazuvchanligi   deyiladi.   Tuproqning havo
o‘tkazuvchanligi   uning   mexanik   tarkibiga   va   donadorligiga   bog‘ liq.   Qumli,
qumoq va struk-turali tuproqlarning suv o‘tkazuvchan ligi mexanik tarkibi og‘ir va
strukturasiz tuproqlarnikiga qa raganda yuqori bo‘ladi.
Tuproqning   o‘zida   ma’lum   miqdorda   havo   ushlab   turish   qobiliyati   uning
havo   sig‘imi   deyiladi.   U   asosan   tuproqning   g‘ovakligiga   va   namlanish
darajasiga   bog‘liq.   Havo   sig‘imi   tuproqning   umumiy   g‘ovakligi   bilan   namligi
orasidagi farqni tuproqning xajmiga nisbatan ifodalash bilan aniqlanadi.
Mexanik   tarkibi   engil   qumoq   tuproqlarning   havo   sig‘imi   og‘ir
tuproqlarnikiga   nisbatan   yuqori   bo‘ladi.   Tuproqning   havo   rejimiga   mexanik
ishlovlar   katta   ta’sir   etadi.   Haydalma   katlamga   mexanik   ta’sir   havo egallaydigan   tuproqning   umumiy   g‘ovakligini   va   undagi   oraliq-larning
hajmini ko‘paytiradi.
Ishlanmagan   yerga   nisbatan   ishlangan   yerda   o‘simliklar   vegetatsiyasi
davomida   tuproqning   umumiy   g‘ovakligi   yuqori   bo‘ladi.   Ammo   tuproqning
umumiy   g‘ovakligi   ekin   qator   oralarini   ishlash   vaqtida   eng   ko‘p   bo‘lib,
vegetatsiya   davrining   oxirida   esa   kamayib   boradi.   CHunki   umumiy
g‘ovaklikka   tuproqinng   «o‘tirishi»,   ya’ni   zichlashishi,   yerta   ko‘klamdan   to
hosilni   yig‘ib   olishgacha   bo‘lgan   davrda   o‘simliklarni   parvarish   qilish   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   agrotexnika   tadbirlarini   o‘tkazish   salbiy   ta’sir   etadi.
Ma’lumki,   havo   sig‘imining   o‘zgarishi   g‘ovaklik   va   namga   bog‘lik.   SHuning
uchun   u   ko‘klamda   va   kuzda   kam   bo‘ladi,   chunki   ko‘klamda   tuproq   syernam,
kuzda esa zichlashgan bo‘ladi.
Strukturali   tuproqlarning   havo   rejimi   eng   yaxshi,   bunday   tuproqlarda
havo va suvning qulay nisbati uzoq vaqt turadi. Tuproq agregatlari ichida suv,
agregatlar   orasida   esa   havo   bo‘ladi.   Tuproq   agregatlari   diametrining   oshishi
bilan   tuproqning   havo   o‘tkazuvchanligi   ham   oshadi.   Tuproq   agregatlarining
diametri 2 mm va undan katta bo‘lganda, havo o‘tkazuvchanlik yaxshi bo‘lishi
aniqlangan.
Tuproq   va   atmosfyera   havosi   almashinishining   ahamiyati.   Tuproq,   va
atmosfyera   (yer   usti)   havosi   orasida   doimo   gazlar   almashinib   turadi.   Bu
almashinish   bir   qancha   omillarga,   jumladan,   gazlar   diffuziyasiga,   atmosfyera
bosimiga,   haroratga,   shamolga,   tuproq   namligiga   va   boshqalarga   bog‘liq.
Gazlar   almashinishi   natijasida   tuproq   havosida   karbonat   a n g i d r i d   m i k d o r i
k a m a y a d i ,   kislorod esa ko‘payadi.
Ma’lumki, o‘simliklar va mikroorganizmlar hayotida fakat tuproqda havo
miqdori   emas,   balki   uning   atmosfyera   havosi   bilan   almashinishi   xam   katta
ahamiyatga   ega.   Tuproq   va   atmosfyera   havosi   qanchalik   tez   va   to‘la
almashinsa,  tuproqda o‘simliklar  hayoti  xamda unda kechadigan bioximiyaviy
jarayonlar uchun shunchalik qulay sharoit vujudga keladi. O‘simliklar   organik   massasining   ancha   qismini   havodagi   karbonat
angidrid   gazini   assimiliyasiyalash   hisobiga   hosil   qiladi.   Ammo   o‘simliklar
intensiv   rivojlanishi   uchun   havoda   SO
2   miqdori   ko‘pincha   etarli   bo‘lmaydi.
Atmosfyera   havosida   karbonat   angidrid   gazi   konsentratsiyasining   ortishi
o‘simliklar hosildorligini ta’minlaydi.
Karbonat   angidrid   gazi   havodagiga   nisbatan   tuproqda   ko‘p   bo‘ladi.
SHuning   uchun   o‘simliklarning   SO
2   bilan   oziklani-shida   u   cheksiz   manba
xisoblanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, tuproqdan karbo-nat
angidridni kelib turishi hisobiga yer usti havo qatlamida uning miqdori 10% va
undan   ortiq   bo‘lishi   ham   mumkin.   SHuning   uchun   gazlar   almashinishi
qanchalik   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilsa,   yer   usti   atmosfyera   havosi   shunchalik   SO
2
bilan   tuyinadi,   natijada   o‘simliklarning   o‘sishi,   rivojlanishi   va   mo‘l   xosil
etishtirish uchun qulay sharoit yaratiladi.
Tuproq havosi bilan atmosfyera havosi o‘rtasidagi haroratning sutkalik va
mavsumiy   o‘zgarib   turishi,   shamol   ta’siri,   yog‘in,   diffuziya   va   boshqa
sabablarga   ko‘ra   doimiy   gazlar   almashinishi   sodir   bo‘ladi.   Natijada   tuproq
havosi   yangilanib,   undagi   karbonat   angidrid   miqdori   kamayib,   kislorod
ko‘payadi.
Gazlar almashinishiga bosim va yog‘in-sochin, ekinlarni sug‘orish xamda
sho‘r yuvishdagi suvlar katta ta’sir etadi. Atmosfyera bosimining oshishi bilan
tuproqqa   tashqaridan   havoning   kirishi   kuchayadi,   ammo   bosimning   pasayishi
bilan esa havo tuproqdan atmosfyeraga chiqa boshlaydi.
Y o g‘in-sochinda,   y yerlar   sug‘orilganda   tuproq   havosi   bevosita   siqib
chiqariladi.   Suv   yerning   quyi   qatlamlariga   singib   tuproq   oraliqlari
bo‘shagandan so‘ng yana bo‘shliqlarni atmosfyera havosi egallaydi va hokazo.
Gazlar   almashinishiga   haroratning   o‘zgarib   turishi   xam   ta’sir   etadi.
Haroratning   ko‘tarilishi   bilan   yerning   ustki   qatlam   havosi   qiziydi,   natijada
tuproq   havosining   bir   qismi   atmosfyeraga   chiqadi.   Harorat   pasayganda   esa
tuproq   havosi   siqilib,   atmosfyera   havosining   kirishi   uchun   qulay   sharoit
vujudga   keladi.   SHamol,   ayniqsa,   o‘simliklar   bilan   band   bo‘lmagan   yerlarda gazlar   almashinishini   tezlashtiradi.   Yerning   haydalma   (20-30   sm)   katlamida
havo almashinishi ayniqsa tez sodir bo‘ladi.
Ma’lumki,   faqat   tuproq   quriganda   kapillyar   g‘ovaklarni   havo   eg‘allaydi,
boshqacha   qilib   aytganda,   kapillyar   namlikdan   o‘simliklar   foydalangandan
keyingina   tuproq   ayeratsiyasi   asosan   nokapillyar   g‘ovaklar   orqali   sodir
bo‘ladi.   Mabodo,   nokapillyar   g‘ovaklik   kamaysa   yoki   tuproq   syernam   bo‘lsa,
ayeratsiya sustlashadi va tuproqda anayerob jarayonlar kuchayadi.
Strukturasiz,   to‘zg‘oq   va   qatqaloq   bo‘lishga   moyil   tuproqlarda   gazlar
birmuncha   qiyin   almashinadi.   Tuproqning   zichligi   unda   havo   almashinishiga
ta’sir etadi, masalan, tuproq kancha yumshoq bo‘lsa, unda havo shuncha ko‘p
bo‘ladi   va   diffuziya   jarayoni   shuncha   tez   amalga   oshadi,   aksincha,   tuproq
zich,   qattiq   bo‘lsa,   ayeratsiya   jarayoni   shuncha   sekin   va   qiyinchilik   bilan
amalga oshadi.
Tuproq   va   atmosfyera   havosida   to‘xtovsiz   gazlar   almashinib   turishi
kyerak.   Rommel   ma’lumotiga   ko‘ra,   haydalma   qatlamda   gazlar   almashinishi
1,5   soat   to‘xtaganda   SO
2   miqdori   2   marta,   14   soatdan   keyin   esa   10   marta
ortgan.  Haydalma  qatlamning havosi  soat   sayin  almashinib,  yangilanib tursa,
konsentratsiyasi ortmaydi.
Tuproq   havosida   SO
2   konsentratsiyasining   ortishi   o‘simliklar   ildiz
tizimining   rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   etadi.   Lekin   bu   o‘simliklar   yer   usti
qismining   assimilyasiyasi   uchun   zarurdir.   Yyer ga   yaqin   havo   qatlamida   SO
2
konsentratsiyasi   0,03   dan   0,28%   gacha   oshirilganda,   o‘simliklarning
assimiliyasiyalashi   intensivlashib,   3   marta   ko‘payganligi   tajribalarda
kuzatilgan.
Yyer ga   ko‘plab   go‘ng   solinganda   ekinlar   hosilining   ortishi   tuproq   tabiiy
xossalarining   yaxshilanishiga,   o‘simliklar   asosiy   oziq   elementlari   bilan
ta’minlanishiga xamda tuproqdan atmosfyeraga karbonat angidrid gazi  chiqib
turishiga   bog‘liq.   Demak,   yerga   organik   o‘g‘itlar   solish   ekinlarning   faqat
ildizdan   oziqlanishini   yaxshilamay,   balki   havodan   oziqlanishiga   ham   ijobiy
ta’sir etadi.  Ko‘pchilik   tadqiqotchilar   atmosfyera   havosiga   nisbatan   tuproq   havosi
o‘simliklarga   kuchliroq   ta’sir   etishiga   radiofaollikning   yuqoriligi   sabab
bo‘ladi   deb   tushuntiradilar.   Radiofaollik   tuproq   havosidan   radiofaol
nurlanishda   atmosfyera   havosiga   ayrim   elementlar   (uran,   radiy,   aktiniy,
rubidiy   va   boshqalar)   ning   ajralib   chiqishini   ta’minlaydi.   Radiofaol
elementlar   o‘simliklarning   o‘sishi   va   rivojlanishini   jadallashtirib,   vegetatsiya
davrini   qisqartiradi,   hamda   ular   azotobaktyer,   ayniqsa,   tugunak
baktyeriyalarning faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
3. Tuproq havo rejimini yaxshilash tadbirlari
Qishloq   xo‘jalik   ekinlaridan   yuqori   va   sifatli   hosil   olishda   tuproqda
qulay   va   o‘simliklar   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   havo   rejimini
yaratish   eng   zarur   agrotexnik   tadbirlardan   biri   bo‘lib   hisoblanadi.   SHunday
yuqori   ko‘rsatgichga   yerishish   uchun   qishloq   xo‘jalik   ekinlari   hosili
yig‘ishtirib   olingandan   keyin   yerlarni   chuqur   va   sifatli   shudgorlash,
chizellash, boronalash, kulьtivatsiyalash kabi agrotexnika tadbirlarini bajarish
zarur.
Yyer ni   chuqur   va   sifatli   shudgorlash   tuproqniig   haydalma   katlami
tuzilishini   tubdan   o‘zgartiradi,   umumiy   va   nokapillyar   g‘ovakligini   oshirib,
kapillyar   g‘ovakligini   kamaytiradi.   Yerning   haydalma   katlami   qancha   qalin
va   mada-niylashgan   bo‘lsa,   tuproqning   havo   rejimi   uchun   shuncha   qulay
sharoit vujudga keladi.
O‘simliklar   vegetatsiyasi   davrida   tuproqning   havo   rejimini   yaxshilash
uchun   yer   qatqaloq   bo‘lsa,   ekin   qator   oralarini,   vaqti-vaqti   bilan   ayniqsa,
sug‘orilgandan   keyin   yumshatish   zarur.   Bu   yerning   tabiiy   xossa-lari
yaxshilanishiga,   tuproqda   nam   ko‘proq   saqlanishiga,   havo,   oziq   rejimi   va
boshqalar   yaxshilanishiga   imkon   yaratadi.   Natijada   foydali
mikroorganizmlarning faoliyati faollashadi.
Tuproq   havo   rejimining   bir   me’yorda   bo‘lishida   ekinzorlarda   ko‘chatlar
me’yoriy   qalinlikda   bo‘lishining   ham   ahamiyati   bor.   Masalan,   ko‘chatlar siyrak   yoki   ekin   zkilmagan   bo‘lsa,   bu   joylarda   shamolning   ta’siri   kuchli
bo‘lganligidan   gazlar   almashinishi   shiddatliroq   boradi.   Lekin   bunga   tuproq
harorati   ham   ijobiy   ta’sir   etadi,   chunki   ekin   ekilgan   yerga   nisbatan   ochiq
dalaning   tuprog‘i   qattiq   qiziydi,   bu   esa   o‘z   navbatida   gazlar   almashinishini
jadallashtiradi
Ekinlarni egatlab, tuproq ostidan sug‘orishning yomg‘irlatib yoki bostirib
sug‘orishga   nisbatan   tuproqning   havo   rejimiga   salbiy   ta’siri   kamroq   bo‘ladi.
Almashlab   ekish   dalalariga   ekinlarni   to‘g‘ri   navbatlab   ekish   ham   yerni
organik   moddalar   bilan   boyitish,   dalalarga   vaqt-vaqtida   qator   oralari
ishlanadigan   ko‘p   yillik,   bir   yillik   dukkakdosh   ekinlar   ekish,   ulardan   ko‘kat
o‘g‘it   sifatida   foydalanish   tuproq   havo   rejimini   yaxshilashda   asosiy
omillardan hisoblanadi.
Mavsumiy   syernam   va   botqoq   yerlarda   tuproqning   havo   rejimini
yaxshilash maqsadida melioratsiya tadbirlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU. T U P R O Q N I N G H A V O R E J I M I V A U N I B O S H Q A R I S H U S U L L A R I Reja: 1. Tuproq havosining tarkibi. 2. O‘simliklar va foydali mikroorganizmlar hayotida tuproq havosining ahamiyati. 3 . Tuproq havo rejimini yaxshilash tadbirlari.

1. Tuproq havosining tarkibi. Tuproqning muhim qismi hisoblangan havo tuproqlarda ma’lum miqdorda bo‘ladi. Tuproqning suv siz kovaklariga havo kirib turadi. Tuproq havosining tarkibi esa atmosfyera havosinikiga nisbatan boshqacha va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Tuproq havosi tarkibidagi SO 2 miqdorining ortishi bilan O 2 miqdori kamayadi. Tuproqdagi kislorod va karbonat angidridni asosan o‘simliklar va mikroorganizmlar o‘zlashtiradi. Tuproqdagi gazsimon havo o‘simliklar hayoti uchun zarur omillardan bo‘lib, o‘simliklar ildizi nafas olishida va tuproqdan har xil mikroorganizimlarni kislorod bilan ta’minlaydigan manba hisoblanadi. O‘simliklar me’yorda o‘sishi uchun tuproqda etarli miqdorda suv, havo bo‘lishi shart. Biroq birisini miqdori ortishi ikkinchisini kamayishiga sabab bo‘ladi . 1 Ma’lum vaqt ichida tuproqqa havo kirishi va uning miqdori hamda tarkibining o‘zgarishi havo rejimi deyiladi. Tuproq havosi uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, har qanday tuproqda ham ma’lum miqdorda havo bo‘ladi. U tuproqning namlikdan holi bo‘lgan g‘ovak va bo‘sh joylarini egallaydi. Tuproqda atmosfyeradan kirgan havo va tuproqdagi har xil biokimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan gazlar uchraydi. Tuproq havosi unda yashaydigan ayrim mikroorganizmlar uchun zarur, chunki tuproqda havo etishmasa, ayrim mikroorganizmlar hayot kechira olmaydi. Natijada organik qoldiqlar yaxshi chirimasdan, o‘simliklar o‘zlashtira oladigan oziq moddalar hosil bo‘lishi uchun sharoit bo‘lmaydi. Tuproq havosi tarkibidagi kislorod tuproqdagi har xil minyeral va organik moddalirni oksidlaydi. Natijada oksidlangan ba’zi elementlar yeruvchan holatga o‘tsa, ayrimlari aksincha, havo etarli bo‘lmagan tuproqda o‘simliklar hayoti uchun zararli bo‘lgan har xil kimyoviy birikmalar hosil qiladi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur hisoblangan azot anayerob sharoitda gaz holdagi birikmalarga o‘tib, tuproqdan atmosfyeraga yerkin holda chiqib ketadi. Demak, tuproqning unumdorligida suv kabi tuproqdagi havoning ahamiyati xam muhim hisoblanadi. 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 82-84 бетлар.

Tuproq havosi rejimini o‘rganish ayrim agronomik masalalarni hal etishda hamda o‘simliklarning me’yorda o‘sishi va rivojlanishini boshqarishda, shuningdek, yuqori hosil olishda katta axamiyatga ega (1.16- jadval). Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tuproq havosining tarkibi atmosfyera havosining tarkibidan keskin farq qilar ekan. Tuproqda hayot kechiradigan mavjudotlar va o‘simliklar ildiz tizimining nafas olishi natijasida hamda organik moddalarning chirishi tufayli tuproq havosida karbonat angidrid miqdori ko‘payib, shunga muvofiq holda kislorod miqdori kamayadi. Tuproq havosida karbonat angidrid ko‘p bulishi bilan bir qatorda, juda oz miqdorda ammiak, vodorod, vodorod sulьfid, metan, argon, geliy kabi gazlar uchraydi. Yerga yaqinroq havo qatlamlarida karbonat angidrid ko‘proq 1% gacha uchraydi. Bunga tuproqdagi chirindi va turli mikroorganizmlardan chiqqan karbonat angidrid sababchi bo‘ladi. Natijada o‘simliklarning hayot faoliyati jadallashadi va hosildorlik oshadi. 1 . 1 6 - j a d v a l Tuproq va atmosfyera havosining tarkibi (hajmga nisbatan %, N.P.Remedov ma’lumoti) Havo N O 2 CO 2 Atmosfyera havosi Tuproq havosi 78,09 78,80 20,95 5-20 0,03 0,1-15,0 Tuproq havosi tarkibidagi SO 2 miqdorining ortishi bilan O 2 mikdori kamayadi. Kislorod tuproq tipiga qarab, 2-3% gacha kamayadi, SO 2 miqdori esa 10% gacha ortadi. Tuproq havosining tarkibi va miqdori ekinlar turiga, haroratga, namlikka va uning ayeratsiyasiga bog‘liq. Atmosfyera va tuproq havosining almashinish tezligi ekinlarni parvarish qilish agrotexnikasiga bog‘liq. Binobarin yerlarni o‘z vaqtida haydash, sug‘orish, ekin qator oralarini ishlash tuproqda havo almashinishini tezlashtiradi. Atmosfyera

havosining bosimi, shamol va uning tezligi hamda yerning rel’efi, sh o‘ r yuvish va hokazolar havo almashinishida katta ahamiyatga ega. Haydaladigan yerlarda havo tuproqning umumiy h ajmiga nisbatan 8 - 36% ni tashkil etadi va uning miqdorining o‘zgarishi nokapillyar bo‘shliqlarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Haydalma qatlam tuproqning havosida 18-20% kislorod va 0,15-2,0 % karbonat angidrid bo‘ladi. Zichlashgan va ortiqcha namlangan tuproq havosida kislorod miqdori kamayadi, karbonat angidrid esa ko‘payadi. Botqoq, syernam tuproqlar havosida metan va vodorod sul ь fid miqdorining oshishi tajribalarda kuzatilgan. Bunday gazlar organik moddalarning anayerob sharoitda parchalanishidan ham hosil bo‘lib, o‘simliklar ildiziga zaharli ta’sir qiladi va o‘simliklarning o‘sishiga hamda rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Tuproq havosidagi gazlar orasida karbonat angidrid va kislorod eng harakatchan (miqdor jihatdan) xususiyatga ega bo‘lib, o‘z navbatida, tuproqdagi turli organizmlar ha yo tida ham muhim rol ь o‘ynaydi. Masalan, tuproq havosidagi karbonat angidrid bahor va yoz fasllarida ko‘payib, kuz va qishda kamayadi. Kislorod miqdori ham shunga muvofiq o‘ zgaradi. Bu o‘zgarish o‘simliklarning karbonat angidridga bo‘lgan talabining ortishi va haroratning ko‘tarilishi bilan tuproqning biologik faolligi kuchayishi natijasida mikroblar hamda o‘simliklar tomonidan kislorod ajralishi va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq. Karbonat angidrid miqdori tuproqdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati, tuproq tipi, tarkibi, iqlim sharoiti va boshqa omil larga ko‘ra o‘zgarib turadi. V. N. Makarov ma’lumotiga k o‘ ra, bir gektar yerdan s u tkasiga 400 - 600 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqar ekan. Tuproqdagi kislorod va karbonat angidridni asosan o‘simliklar va mikroorganizmlar o‘zlashtiradi. K islor o dning singdirilishi va o‘simliklarning k a rbonat angidrid ajratishi ularning rivojlanishi intensivligiga, tuproq namligiga va haroratga bog‘liq. Syernam tuproqda karbonat angidrid ajralib chiqishi sarflanishiga karbonat angidrid to‘planishi 5-6% ga, kislorod tuplanishi 15-16% gacha kamayishiga sabab bo‘ladi. Quyi qatlamlarda esa SO 2 ko‘p, kislorod esa kam bo‘ladi. Masalan, ayrim

vaqtlarda 1,5-2,0 metr chuqurlikda 10-12% gacha karbonat angidrid gazi uchrashi mumkin. Tuproqda uning agregatlari orasidagi yerkin havodan tashqari, tuproq kolloidlari singdirgan havo h a m b o ‘ l a d i . U n d a a s o san karbonat angidrid va azot bo‘lib, kislorod bo‘lmasligi ham mumkin. Tuproqda gazlarning adsorbsiyalanishi bir qancha sharoitga, masalan, kolloidlar miqdoriga, tuproqning namlik darajasiga, bosim, harorat va boshqalarga bog‘liq. Tuproqda kolloidlar qancha ko‘p bo‘lsa, havoning singish darajasi shuncha yuqori bo‘lishi ilmiy kuzatishlarda aniqlangan. Tuproqqa kislorod va azotga qaraganda SO 2 intensivroq singadi. Bosim kamayishi va harorat ko‘tarilishi bilan gazlarning singishi kamayadi. Syernam tuproqda adsorbsiyalanish bo‘lmaydi, ya’ni suv tuproqdagi havoni siqib chiqaradi. Yerga suv qo‘yilganda, tuproqdagi singdirilgan holatdagi havo uning agregatlarini emiradi. 2. O‘simliklar va foydali mikroorganizmlar hayotida tuproq havosining ahamiyati O‘simliklar hayotida havo boshqa omillar bilan teng ahamiyatga ega. CHunki o‘simliklar karbonat angidridni o‘zlashtirganda, nafas olish jarayoni sodir bo‘lib, bunda kislorodni ham singdiradi va 674 katta kaloriya issiqlik ajraladi. Bu enyergiyadan o‘simliklar o‘z hayot faoliyatida foydalanadi. O‘simliklar ildizi nafas olganda ajralib chiqadigan SO 2 bir qancha minyeral moddalarning yeruvchanligini oshiradi. Bu o‘simliklarning yaxshiroq oziqlanishiga yordam byeradi. Ammo karbonat angidrid ko‘p bo‘lsa, tuproq havosi tarkibidagi kislorodni siqib chiqarib, ildizlarning nafas olishi qiyinlashib ildizmeva, tugunak-mevalarning hosilini kamaytirishi mumkin. Tuproqda karbonat angidrid to‘planib qolishining oldini 7 olish va tuproq ayeratsiyasini yaxshilash uchun ekin qator oralari sifatli ishlanishi kyerak. O‘simliklarning nafas olish jarayoni fotosintez jarayoniga qarama-qarshi, chunki unda organik moddalarning karbonat angidrid va suvgacha oksidlanishi va parchalanishi bilan bog‘liq. Lekin o‘simliklarda nafas olishga qaraganda fotosintez