logo

TUPROQNING OZIQ REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

516.251953125 KB
MAVZU.  TUPROQNING OZIQ REJIMI VA  UNI  BOSHQARISH
USULLARI
Reja :
1. Tuproqdagi oziq elementlari va ularni o‘simlik hayotidagi ahamiyati.
2. O‘simliklar tomonidan oziq elementlarini o‘zlashtirilishi.
3. Dehqonchilikda azot, fosfor va kaliy elementlarining dinamikasi
4.Tuproq oziq rejimini boshqarishda organik moddalar, mikroorganizmlar va
tuproq xossalarining ta’siri.
  1. Tuproqdagi oziq elementlari va ularni o‘simlik hayotidagi ahamiyati
Oziq   moddalar   va   suv   tuproq   unumdorligining   asosiy   elementlari
hisoblanadi.   O‘simliklarning   bu   elementlarga   talabchanligi   ekinlarning   turiga,
naviga,   hosildorligiga   bog‘liq.   O‘simliklarning   bu   sohadagi   talabini   qondirish
dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
O‘simliklar   oziq   moddalarni   tuproqdan,   atmosfyeradan,   gidrosfyeradan   va
yorug‘lik, issiqlikni esa fazodan oladi.
O‘simliklar   hayotida   oziqlanish   eng   muhim   omillardan   hisoblanadi.
Oziqlanish -har   qanday   tirik   organizmning,   shu   jumladan,   o‘simliklarning   ham
o‘sish   va   rivojlanish   asosidir.   O‘simliklar   qancha   me’yorda   oziqlansa,   shuncha
yaxshi   o‘sadi   va   rivojlanadi.   Barcha   o‘simliklarning   me’yorda   o‘sishi   va
rivojlanishi   uchun   yorug‘lik,   issiqlik,   suv   va   havo   qancha   zarur   bo‘lsa,   oziq
moddalar ham shuncha zarurdir. Ulardan birining o‘rnini ikkinchisi bosa olmaydi.
Fyermyer   xo‘jaliklari   o‘lchami   almashlab   ekishni   boshqarish   va   qoplama
ekinlarni   boshqarish   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Organik   fyermyerlar   tuproq
unumdorligini saqlash maqsadida qoplama ekinlarni ekishmoqda va tuproq organik
tarkibini   oshirmoqda   va   tuproqning   fizik   xususiyatlarin   yaxshilamoqda.   Qoplama
ekinlar   begona   o‘tlar   kamayishi   va   foydali   xasharotlar   faoliyatini   ta’minlab
byerishi mumkin.
Mutaxasis   fyermyerlar   har   bir   imkoniyatda   o‘zlarining   dalalarida   qoplama
ekinlarni   joriy   etmoqda   ba’zan   bu   imkoniyatlar   qisqa   muddatli   ekinlardan   keyin
yoki   to‘liq   yozgi   o‘simliklar   orasida,   oy   o‘rtalarida   amalga   oshirilmoqda.
Birqancha   mutaxasis   fyermyerlar   to‘liq   yil   davomida   qoplama   ekinlarni
ekishmoqda.   Katta   fyermyer   xo‘jaliklari   tez-tez   almashlab   ekishni   amalga
oshiradi.   Bu   esa   o‘z   tarkibida   ko‘p   yillik   qoplama   ekinlarni   yoki   em-xashak
o‘simliklarni oladi. Kichik o‘lchamdagi fyermyer xo‘jaligi shunga amin bo‘lishdiki
qoplama   ekinlarni   ekish   o‘simliklar   oilalarining   izchilligining   amalga   oshirish
foydali ekanligini ko‘rsatdi . 1
1
  Crop Rotation  on Organic Farms: A Planning  Manual,  NRAES  177 Charles  L. Mohler  and  Sue   Ellen
Johnson, editors Published by NRAES, July 2009 O‘simliklar   tarkibida   azot,   fosfor,   kaliy,   kalьsiy,   magniy,   temir   kabi
elementlar anchagina (0,01 % gacha)  bo‘ladi, ular makroelementlar, oz miqdorda
(0,01   -0,001   %)   bor,   mis,   rux,   marganets,   kobalьt,   molibden   kabi   elementlar
uchraydi,   ular   mikroelementlar   deb   ataladi.   Ba’zi   o‘simliklardagina   oz   miqdorda
stronsiy,sseziy,   rubidiy   kabi   elementlar   bor,   ular   ulьtramikro-elementlar   deyiladi.
O‘simliklar   tarkibida   70   dan   ortiq   kimyoviy   element   topilgan.   O‘simliklarni
kimyoviy analiz qilish tufayli umumiy og‘irligining taxminan 45% uglyerod, 42%
kislorod,   6,5%   vodo-rod,   5%   kul   va   boshqa   elementlarga   to‘g‘ri   kelishi
aniqlangan. 
Tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi etishmasa, o‘simliklar me’yorda
o‘sib rivojlanmaydi.
Oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va
ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq (1.19-jadval).
Jadval   ma’lumotlaridan   deyarli   barcha   ekinlar   azot   elementiga   talabchan
ekanligi ko‘rinib turibdi, chunki u o‘simliklarning o‘sishini ta’minlaydi.
G‘o‘za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o‘simlik.
Masalan, 1 t paxta etishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53
kg   kaliy   talab   qilinadi.   Kungaboqar   azot   va   fosforga   qaraganda   kaliyni   ko‘proq
o‘zlashtiradi. 1 t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 228 kaliy, 50 kg azot va 27 kg
fosfor sarflanadi. Ildizmevalar va tugunakmevalar ham fosfor va azotga qaraganda
kaliyga ko‘proq talabchan. Masalan, 1 t kartoshka etishtirish uchun 8 kg kaliy, 2 kg
fosfor va 6,2 kg azot; 1 t soya hosili uchun 71 kg azot, 16 kg fosfor va 18 kg kaliy
zarur.
Vegetatsiya   davrida   o‘simliklar   tuproqdan   qancha   miqdorda   oziq   moddalar
o‘zlashtirishi   ularning   rivojlanish   fazalariga   va   o‘sish   sharoitiga   qarab   turlicha
bo‘ladi. 
Ekinlarning   hosildorligi   ortib   borishi   bilan   tuproqdan   sarflanadigan   oziq
moddalarning miqdori ham ortib boradi.
Masalan,   gektaridan   14,1ss   hosil   olinganda,   har   gektar   yerdan   o‘rtacha
45,6 kg azot, 14,3 kg fosfor, 40,3ss hosil etishtirilganda esa 182,6 kg azot va 55,4 kg   fosfor   hamda   boshqa   elementlar   chiqib   ketadi.   SHuning   uchun   yerlarga
solinadigan   o‘g‘itlarning   me’yori   belgilanayotganda   etishtirilayotgan   hosil
miqdorini ham nazarda to‘tish tuproq unumdorligini bir me’yorda saqlashda katta
ahamiyatga ega.
1.19-jadval
Ekinlarning turiga qarab 1 t hosil bilan birga chiqib ketadigan minyeral
o‘g‘itlar (kg)
Ekinlar azot fosfor kaliy
G‘o‘za 56 23 53
Kuzgi bug‘doy 37 13 23
Arpa 29 11 20
Bahorgi bug‘doy 47 12 18
Suli 33 14 29
Makkajo‘hori (don uchun) 34 12 37
Javdar 34 14 26
SHoli 21 8 26
Tariq 33 10 34
Ko‘k no‘xat 66 15 40
Zig‘ir 80 40 70
Qand lavlagi 5,9 1,8 7,5
Kartoshka 6,2 2,0 8
Kungaboqar 50 27 228
Tamaki 24 7 51
Soya 71 16 18
Makkajo‘hori (silos uchun) 2,4 0,9 3,6
Poliz ekinlar 5,5 1,6 5
Ildiz mevalar 2,7 1,9 4,8
CHoy bargi (quritilganda) 50 7 23
Odatda,   oziq   elementlarining   umumiy   miqdori   har   gektar   yerda   bir   necha
tonna atrofida bo‘ladi. Masalan, qadimdan (100 yildan ortiq) sug‘orib dehqonchilik qilinayotgan   bir   gektar   tipik   bo‘z   tuproqli   yerning   haydalma
(0-28 sm) qatlamida o‘rtacha 59,1 chirindi, 4 t  azot, 8 t  fosfor va   undan keyingi
(28-100   sm)   qatlamda   esa   yuqoridagilarga   muvofiq   73,5,   4,97   va   16   t   oziq
elementlari bo‘lar ekan.
O‘simliklar rivojlanishi uchun tuproqni yaxshilash tamoyillari quyidagilardan
iborat: 
Azotga boyitadigan o‘simliklar bilan loviyali ekinlar:

Kam azot ajratadigan ekinlar ekish bu loviya ekilgandan keyin 2 yoki 3-
yilda joriy yil uchun yillik ekinlar ekish.
 Bir   biriga   yaqin   bir   xil   o‘simliklar   ekilmasligi   tuproqni   boyitadigan
ekinlar   ekish   uzoq   muddatli   ko‘p   yillik   ekinlardan   foydalanish   qoldig‘i   tuproqda
ko‘p qoladigan ekinlarni ekish . 2
 
Tuproqda   oziq   elementlarining   umumiy   miqdori   qancha   ko‘p   bo‘lmasin,   u
ishlab chiqarish sharoitida o‘simliklarning oziq moddalarga bo‘lgan talabini etarli
darajada qondira olmaydi. SHuning uchun ekinlardan mo‘l hosil etishtirishda yerga
minyeral o‘g‘itlar solinadi (1.20- jadval).
Jadval   ma’lumotlaridan,   tuproqda   oziq   moddalarning   umumiy   miqdori   ko‘p
bo‘lishidan   kat’i   nazar,   gektariga   80   kg   azot   solinganda   paxta   xosili   24,2%,
gektariga 150 kg solinganda esa 32,3 % ko‘payganligi ko‘rinib turibdi.
1.20-jadval
Azotning g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri.
Azotning
yillik
me’yori
(ga/kg) Azot solish muddati
3-4   ta
chinbarg
chiqarganda SHonala-
ganda gullaganda Paxta
hosili (ga) Olingan
ko‘shimcha
hosil (ga/s)
0 - - - 35,5 -
80 - 40 40 44,1 8,6
150 50 50 50 47,0 11,5
2
  Crop  Rotation  on   Organic   Farms:   A  Planning  Manual,   NRAES   177  Charles   L.   Mohler   and   Sue   Ellen   Johnson,
editors Published by NRAES, July 2009. G‘o‘za hosildorligining keskin ortishiga asosiy sabab tuproqdagi barcha oziq
moddalarning   ko‘pchilik   qismi   o‘simliklar   juda   qiyinchilik   bilan   o‘zlashtiradigan
yoki   butunlay   o‘zlashtirolmaydigan   holatda   bo‘lishidir,   chunki   oziq   moddalar
tuproq yeritmasida o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan holatda kam bo‘ladi.
SHu bilan birga ularning miqdori tuproq sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Dehqonchilikdagi   muhim   masalalardan   biri,   tuproq   tarkibidagi   o‘simliklar   qiyin
o‘zlashtiradigan   shakldagi   oziq   moddalarni   oson   o‘zlashtira   oladigan   holatga
o‘tkazishdan iborat.
Madaniy   o‘simliklarning   hayoti   doimo   tashqi   muhit   bilan   o‘zaro   bog‘liq.
CHunki,   o‘simliklar   tashqi   muhitdan   me’yorl   o‘sish   va   rivojlanish   uchun   zarur
moddalarni   oladi.   O‘simliklar   bilan   tashqi   muhit   o‘rtasida   moddalar   almashinadi,
bunda ildizdan oziqlanish ayniqsa muhimdir. Bu jarayonda o‘simliklar ildizi orqali
tuproqdan   har   xil   oziq   moddalarni   suv   bilan   birgalikda   osmotik   bosim   ta’sirida
singdirib   oladi   va   olingan   moddalar   fizik   va   kimyoviy   qonunlar   asosida   qator
murakkab o‘zgarishlardan so‘ng o‘simliklar organlari hamda to‘qimalarining tarkib
topishida, shuningdek, ularning doimo yangilanib turishida sarflanadi.
Tuproqdagi   mikroorganizmlar   hayot   faoliyati   natijasida   hosil   bo‘ladigan
mahsulotlar   ildiz   tizimining   faolligini   kuchaytiradi,   natijada   organik   moddalar
o‘simliklarning yer ustki qismiga, undan esa ildiz tizimiga o‘tadi.
Tuproqdagi   organik   modda   –   o‘simlik   va   hayvonlar   qoldig‘ining   to‘plana
borishi   natijasida   hosil   bo‘ladi.   Organik   qoldiqlar   xar   xil   tuproqlarda   turli
miqdorda to‘planadi. Odatda organik qoldiqlar tuproqning ustki  qatlamlarida 3-
5% gacha uchraydi. Organik moddalar tuproqning oziq rejimini belgilab byeradi.
SHu bilan birga tuproqning suv – havo  rejimini yaxshilaydi.
N 5-6 %, R va S 80 % asosiy ko‘rsatkichni belgilaydi. Bulardan tashqari bir
qancha   mikroelementlarni   o‘zida   ushlaydi.   Bular   bor,   molibden   va   boshqalar.
Bular   moddalar   almashinuvini   yaxshilaydi.   Tuproqni   yeroziyaga   uchrashini
kamaytiradi . 3
3
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 239. 2. O‘simliklar tomonidan oziq elementlarini o‘zlashtirilishi 
O‘simliklarning   ildizi   orqali   oziqlanishi   faqat   yerga   solinayotgan   o‘g‘itlarga
emas,   balki   tuproq   muhitiga,   mikroorganizmlarning   faoliyatiga,   organik
moddalarning   chirishiga   va   tuproqning   suv,   havo   hamda   issiqlik   rejimini
yaxshilashga   qaratilgan   agrotexnika   tadbirlarining   qo‘llanilishiga   ham   ko‘p
jihatdan bog‘liq.
O‘simliklar   3   xil:   avtotrof,   mikrotrof   va   baktyeriotrof   usulda   oziqlanadi.
Avtotrof   oziqlanishda   o‘simliklar   tuproqdan   suvda   yerib   oksidlangan   minyeral
tuzlarni o‘zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli ekinlar uchun asosiy hisoblanadi.
Mikrotrof   oziqlanish   mikoriza   yordamida   sodir   bo‘ladi.   Mikoriza
o‘simliklarning   oziqlanishiga   yordamlashib,   ularning   hayotiga   salbiy   ta’sir
etmaydi.   Ayrim   ma’lumotlarga   qaraganda,   mikoriza   tuproqdagi   zararli
mikroorganizmlarning antagonisti   dushmani hisoblanadi.
Ayrim   mikorizalar   havodagi   yerkin   azotni   o‘zlashtirib   o‘simliklarni
ta’minlaydi. Avtotrof usulda oziqlanadigan ayrim o‘simliklar fakul ь tativ mikrotrof
o‘simliklarga   ham   tegishlidir,   ya’ni   ular   bevosita   va   mikorizalar   yordamida
oziqlanishi mumkin.
O‘simliklarning mikrotrof usulda oziqlanishi hozircha kamrok, lekin o‘simlik
va tuproq baktyeriyalari orasidagi munosabati ancha mukammal o‘rganilgan. 
O‘simliklarni n g baktyeriyalar  yordamida oziqlanishi  baktyeriotrof  oziqlanish
deyiladi.
O‘simliklar va baktyeriyalar orasida oziq moddalar tugunak va ildizlarni bir-
biriga   mustahkam   bog‘lovchi   tomir   tukchalar   orqali   o‘zaro   almashinadi.
Dukkakdosh o‘simliklarning ildizi bir-biridan  k im yo viy tarkibi va boshqa xossalari
jihatidan   farq   qilib,   tugunaklari   har   xil   bo‘ladi.   Masalan,   lyupin   va   syeradella
ildizida   faqat   shu   ekinlarga   mos   baktyeriyalar,   sebarga   va   loviya   ildizida   esa
boshqa   turlari   rivojlanadi.   Beda,   ko‘k   no‘xat,   mosh   va   boshqa   dukkakdosh
o‘simliklarda o‘ziga xos turdagi tugunak baktyeriyalar bor. Keyingi   yillarda   o‘simliklarda   oziqlanishning   biologik   usuli   keng   ko‘lamda
tarqalmoqda,   bunda   o‘simliklar   ildizida,   ya’ni   ildiz   atrofida   (rizosfyerada),   ildiz
ichida   (getyerotrof   va   simbiotrof)   oziqlanadigan   tuproq   mikroorganizmlari
(baktyeriyalar, zamburug‘lar)ga katta ahamiyat byerilmoqda.
Dukkakdosh   o‘simliklar   ildizida   rivojlanadigan   tugunak   baktyeriyalardan
tashqari,   tuproqning   oziq   rejimiga   ildiz   mikroflorasi,   suv   o‘tlar   va   tuproqda
yashaydigai   xar   xil   sodda   hayvonlar   ham   ta’sir   etadi.   Ayrim   tadqiqotchilarning
ma’lumotlariga  qaraganda,  ildiz  mikroflorasi  o‘simlik  bilan  chambarchas   aloqada
bo‘lar ekan, uning oziqlanishi o‘simlikka, o‘simlikniki esa mikrofloraga bog‘liqdir.
Bunday   simbioz   usulda   yashash   ko‘pchilik   o‘simliklar   uchun   xosdir.   Ularning
ildizi   oziqlantirish   organi   sifatida   mikroflora   bilan   bog‘liq.   SHu   faktning   o‘zi
o‘simlik ildizi  joylashgan  mintaqada hamma vaqt  mikroorganizmlar  ko‘p bo‘lishi
zarur   ekanligini   bildiradi.   Mikroorganizmlar   tufayli   bu   hayot   faoliyat   jarayonida
tuproqda o‘simliklar o‘zlashtiradigan shakldagi minyeral moddalar to‘plana boradi.
Mikroorganizmlar   esa   oziqlanishida   o‘simliklar   ildizi   ajratgan   chiqindi   (modda)
lardan foydalanadi.
Yerkin   yashovchi   biologik   azot   to‘plovchilardan   azotobaktyer - Aroto - bactyer
va   klostridium - Clostridium   Pastyerianum   chuqurroq   o‘rganilgan.   Azotobaktyer
ayerob,   klostridium   esa   anayerob   baktyeriyalarga   mansub.   Azotobaktyer   va
klostridium   baktyeriyalar   asosan   dukkakdosh   o‘simliklarning   ildizida,   ildiz
rizosfyerasida   va   simbiotik   usulda   oziqlanib,   atmosfyera   azotini   to‘playdi.
Azotobaktyer   bir   yilda   qulay   sharoitda   gektariga   30 - 50   kg   gacha   biologik   azot
to‘playdi. 
Azotobaktyer   ko‘pchilik   o‘simliklarning   ildizi   atrofida   oziqlanadi,   ammo
beda, tamaki va krestguldoshlar ildiz   tizimi   mintaqasida faolroq namo yo n bo‘ladi.
Ayrim   ma’lumotlarga   qaraganda,   azotobaktyer   bug‘doy   ildizi   atrofida   deyarli
rivojlanmaydi, chunki ildiz ajratib chiqaradigan moddalar mikroblar uchun zaharli
ta’sir etadi.
Havodagi   azotning   to‘planish   yo‘llaridan   yana   biri   dukkakdosh   o‘simliklar
ildizida   yashaydigan   tug a nak   baktyeriyalarning   rivojlanishidir.   Tugunak baktyeriyalar   atmosfyera   havosidagi   azotni   yerkin   yashovchi   baktyeriyalarga
nisbatan   bir   necha   marta   ortiq   tuplaydi.   To‘plangan   biologik   azot   miqdori
o‘simliklar   turiga,   tuproq-iqlim   sharoitiga   va   qo‘llanilayotgan   agrotexnika
tadbirlariga   bog‘liq.   Tugunak   baktyeriyalar   hisobiga   bir   yillik   dukkakdosh-don
ekinlari   gektariga   50-60   kg,   sebarga     150 - 160   kg,   beda   esa   300   kg   gacha   azot
to‘plashi mumkin. 
O‘simliklarning o‘sishi alohida o‘simlikning yoki uning ayrim organlarining
rivojlanishi   hisoblanadi.   O‘simliklarning   o‘sishini   genetik   omillardan   tashqari
qator   omillar   belgilaydiki,   shu   jumladan   ekologik   omillardan   hisoblangan   iqlim
omillari va tuproq omillari ajratib ko‘rsatiladi. 
Ushbu   bobda   o‘simliklarning   minyeral   oziqlanishi   haqida   so‘z   yuritiladi.
O‘simlik organizmini to‘liq tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, u juda ko‘p va xilma xil
moddalardan   tarkib   topgan.   Lekin   ulardan   ayrimlarigina   o‘simlik   hayotida
alohida   ahamiyatga   ega.   Ushbu   elementlar   etarli   bo‘lmasa   o‘simlik   o‘z   hayotini
yakunlay   olmaydi,   yoki   etishmovchilik   oqibatida   turli   kasalliklarga   uchraydi,
ushbu etishmayotgan elementni sun’iy yo‘l bilan ta’minlash lozim bo‘ladi. 
Avvallari faqat 16 ta kimyoviy element - uglyerod, vodorod, kislorod, fosfor,
azot,   kaliy,   kal ь siy,   magniy,   oltingugrut,   temir,   marganets,   rux,   mis,   molibden,
bo‘r   va   xlor   o‘simlik   hayotida   muhim   ahamiyatga   ega   deb   qaralar   edi.   So‘ngi
vaqtlarda   esa   natriy,   kobal ь t,   vannadiy,   kremniy,   selen,   galliy,   alyuminiy   va   yod
ham   ular   qatoriga   qo‘shildi.   U   yoki   boshqa   elementning   u   yoki   bu   o‘simlik   yoki
o‘simliklar   guruhi   uchun   alohida   ahamiyatga   ega   ekanligi   o‘z   tasdig‘ini   topgan.
Havodagi karbonat angidrid gazi, suv va molekula holidagi kisloroddan S,  N  va O
o‘simliklar   tomoni - dan   o‘zlashtiriladi.   Qolgan   oziq   moddalar   asosan   tuproqdan
o‘zlashtiriladi.   O‘zlashtirilgan   oziq   moddalar   donli   ekinlar   quruq   massasining
10% ni, qolgani esa suvdan iboratdir. 4
O‘simliklar   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   kimyoviy   elementlar   va
ularning kimyoviy formulalari quyidagi  jadvalda keltirilgan.
4
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 432. Rekvizitlari   bo‘yicha   tasnifi   o‘simliklarning   o‘sib   rivojlanishi   uchun   zarur
bo‘lgan asosiy kimyoviy elementlar keng ma’noda quyidagicha tasnif-lanadi:
O‘simliklar tarkibida odatda uchraydigan nisbiy miqdori asosida:  
• Makro oziq moddalar (Asosiy  oziq modda /  Birlamchi  oziq modda):  C, H,
O, N, P, K
• Ikkilamchi oziq moddalar: Ca, Mg, S
•   Mikro   oziq   moddalar   (Kam   ahamiyatli   /Uchlamchi   oziq   modda/
Mikroelementlar): Fe, Mn, Zn, Cu, Mo, V, Cl va Na, Se, Co, V, Ga, Al va I
2
Kimyoviy tabiati asosida:
• Metalllar: K, Ca, Mg, Fe, Zn, Mn, Cu, Co va V va b.
• Metallmaslar: C, H, O, N, P, S, B, Mo, C1, Si va shu k.
• Kationlar: NH
4 +
 K +
, Ca 2+
, Fe 2+
, Mg 2+
, Mn 2+
, Cu 2+
, Zn 2+
• Anionlar: NET3-, HPO
4 2-, H
2 PO
4 -
, SO
4 2-
, BO
3 3-
, MoO
4 2-
, S1 -
 va shu k.
Asosiy vazifalari asosida:
• Organik yoki noorganik birikmalar tarkibiy qismi sifatida - N, S, P, Ca, B,
Fe va Mg.
•Fyermentlar   tizimini   aktivatori,   prostetik   guruhining   kofaktori   sifatida   -   K,
Mg, Ca, Fe, Zn, Mn, Cu, Mo, Na va Cl.
•Turli reaksiyalarda  zaryad tashuvchi  sifatida - oksidlovchi-qaytariluvchi  P,
S, Fe, Mn, Cu, Mo 
•osmos   regulyator i   sifatida   va   hujayralarda   elektron   kimyoviy   muvozanat
uchun  -   K, Na  va  Cl.
O‘simliklardagi harakat asosida:
• Y u qori harakatchanlik : N, P, K
• O‘rtacha harakatchanlik : Zn
• Kam harakatchanlik : S, Fe, Cu, Mn, Cl, Mo
• Beharakat : Ca, B .
Biologik   kimyoviy   moddalarning   roli,   etishmovchiligi,   ularni   boshqarish   va
zaharlanish. Biologik kimyoviy moddalarning ahamiyati, etishmovchiligi, etishmovchilik 
nazorati va ularning zaharliligi 4-jadvalda keltirilgan.
Oziq elementlari tanqisligi muammosi.
O‘simliklarda oziq elementlari tanqisligi alomatlarini quyidagicha besh tipga
bo‘lish mumkin:
Xloroz:   o‘simlik   to‘qimalari   yoki   tomirlari   oralig‘ining   xlorofill   shakllanish
jarayonining pasayishi hisobiga sarg‘ayishi.
Nekroz:  o‘simlik to‘qimalarining nobud bo‘lishi, qaysiki  o‘simlikning butkul
nobud bo‘lishini keltirib chiqaradi.
O‘simlikning yangitdan o‘sishining  kuzatilmasligi  yoki  o‘sish tyerminalining
mavjud emasligi “rosetting” ga olib keladi. 5
   
“Anthocyaninand”   ning   to‘planishi   qizil   rang   yuzaga   kelishiga   sababchi
bo‘ladi   va   o‘simliklarni   odatdagi   yoki   to‘q   yashil   rangda   yoxud   sarg‘ayishiga,
pakana bo‘yli yoki o‘sishini sekinlashuviga olib keladi. 
Tuproqning   ishqorsizlanishi,   nurashi   va   suvning   bug‘lanishiga   qo‘shimcha
ravishda undagi oziq moddalar qishloq xo‘jalik ekinlari tomonidan o‘zlashtirilishi
oqibatida   kamayib   boradi.   Ushbu   oziq   moddalar   tuproqniing   mahsuldorligini
oshirish maqsadida tashqi manbalar tomonidan to‘ldirib turiladi.
Oziq   moddalarning   asosiy   organik   manbalari.   Oziq   moddalarning   asosiy
organik   manbalari   bo‘lib   chorvachilik   korxonalarining   go‘ngi,   xo‘jalik-mayishiy
chiqitlar,   qushxonalar   chiqitlari,   baliq   uni,   agrosanoat   chiqindilari   va   b.
hisoblanadi.     Go‘nglar   shakllanish   manbai,   hajmi   va   sharoitiga   ko‘ra   turli
miqdorda oziq moddalar tutadi. 6
Go‘ng   organik   modda   bo‘lib,   chorva,   inson   chiqitlari   va   o‘simlik
qoldiqlaridan shakllanadi. U o‘z tarkibida murakkab organik birikmalar shaklida
o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarini katta miqdorda tutadi.
Butun  jahonda  keng  ikki  turdagi  organik  moddalar –  birinchidan 
5
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy. New Delhi. 2010. р. 433-434.
6
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of Agronomy. New Delhi. 2010. р. 214. tabiatiga   ko‘ra   organik   o‘g‘itlar   va   ikkinchidan   sintetik   yoki   tabiiy   kimyoviy
o‘g‘itlardan   keng   foydalanib   kelinmoqda.   Ulardan   so‘ngisi   soddagina   o‘g‘itlar
deb yuritiladi. 7
Pryanishnikov   Markaziy   Osiyo   Respublikalarining   sug‘oriladigan   yerlarida
bedaning   mohiyati   to‘g‘risida   bunday   degan   edi:   «Sug‘orib   va   supyerfosfat   bilan
o‘g‘itlab   turilganda,   bedapoyalarda   yiliga   gektariga   300   kg   gacha   azot   to‘planadi
yoki 100 ming gektar yaxshi parvarish qilingan bedapoya azot ishlab chiqaradigan
bitta   katta   kombinat   byeradigan   miqdorda   azot   to‘playdi».   Darhaqiqat,   O‘rta
Osiyoning   sug‘oriladigan   yerlarida   yuqori   agrotexnikada   va   qulay   sharoitda   beda
tugunak   baktyeriyalar   yordamida   gektariga   700   kg   va   undan   ortiq   biologik   azot
to‘plashi mumkin.
Barcha   dukkakdosh   o‘simliklarning   o‘ziga   xos   tugunak   baktyeriyalari   bor.
SHuning   uchun   dukkakdosh   ekinlar   ekilgan   yerda   uning   turiga   ko‘ra   har   xil
tugunak   baktyeriyalar   uchraydi.   Tuproqda,   ayniqsa,   yangi   o‘zlashtirilayotgan
yerlarda mazkur dukkakdosh ekinlar uchun zarur bo‘lgan baktyeriyalar bulmasligi
mumkin. Bunday hollarda u yoki  bu xildagi  dukkakdosh  ekinlarni  ekishdan  oldin
urug‘iga   tugunak   baktyeriyalarning   tegishli   turini   yuqtirish   zarur.   Bu   usul
inokulyasiya deyiladi 8
. 
Dukkakdosh o‘simliklar tuproqda tugunak baktyeriyalar bo‘lgandagina yaxshi
o‘sib rivojlanadi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, hosildorlik ham shuncha yuqori bo‘ladi.
SHunga   ko‘ra,   dukkakdosh   ekinlar   birinchi   marta   ekiladigan   yerlarga   o‘simlik
ildizi   atrofida   tugunak   baktyeriyalar   tez   hosil   bo‘lishi   uchun   uning   urug‘iga
nitragin yuqtirish tavsiya etiladi.
O‘tloqi   tuproqli   yerlarida   birinchi   yili   mosh   ekilgan   maydonlarda   o‘simlik
ildizlarida   anchagina   miqdorda   tugunak   baktyeriyalar   borligi   aniqlandi.
CHunonchi,   don   to‘lishish   fazasida   tugunak   baktyeriyalarning   soni   ekish
muddatiga   ko‘ra   har   bir   tup   o‘simlik   ildizida   96   dan   130   tagacha   o‘zgarib   turar
ekan.   May   oyida   ekilgan   moshda   tugunak   baktyeriyalar   ayniqsa   ko‘p   bo‘ladi.
7
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 214
бет
8
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 171 -
173 бетлар. Mosh mart-aprelь, shuningdek, iyunь-iyulda ekilganda, tugunak baktyeriyalar soni
50-60 tagacha etar ekan (M. T. Kogay).
Hozirgi   vaqtda   ekinlarga   minyeral   o‘g‘itlar   solish   hosildorlikni   oshirishda
asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. CHunonchi, dehqonchilikda minyeral o‘g‘itlar
tarkibidagi   azot,   fosfor,   kaliy   kabi   kamchil   elementlar   hisobiga   madaniy
o‘simliklar quyosh enyergiyasndan va tuproq-iqlim omillaridan yaxshi foydalanib,
qo‘shimcha hosil yaratadi. Bu elementlar etishmasa, ularning o‘rnini hech qanday
agrotexnika   tadbiri   qoplay   olmaydi.   Lekin,   shuni   ta’kidlash   kyerakki,   ekinlar
yuqori   agrotexnika   asosida   parvarish   qilinsa,   shu   mintaqa   sharoitiga   moslashgan
navdor   urug‘lar   ekilsa,   suv   bilan   yaxshi   ta’minlansa,   begona   o‘tlar,   kasallik,
zararkunandalar   o‘z   vaktida   yo‘qotilsa   va   barcha   dala   ishlari
mexanizatsiyalashtirilsa   yerga   solingan   minyeral   o‘g‘itlar   eng   yuqori   samara
byeradi.
1.21- jadval.
O‘simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kimyoviy elementlar va
ularning kimyoviy formulalari
T T
r. Kimyoviy
formulasi Nomi O‘simlik o‘zlashtiradigan
birikmalari
1 C Uglyerod CO
2
2 H Vodorod H
2 O dan H
3 O Kislorod O
2  va H
2 O
4 N Azot N, NH
4 +, NO
3  hamda organik
CO(NH
2 )
2
5 P Fosfor HPO
42 - va H
2 PO
4
6 K Kaliy K+
7 Sa Kalьsiy Sa++
8 Mg Magniy Mg++
9 S Oltingugrut SO
32 -, SO
43 -
10 Fe Temir Fe++, Fe+++
11 Zn Rux Zn++
12 Mn Marganets Mn++ 13 Cu Mis Cu
2 ++
14 B Bo‘r BO
33 -
15 Mo Molibden MoO
42 -
16 Cl Xlor Cl-
17 Si Kremniy Si(OH)
4
18 Na Natriy Na+
19 Co Kobalьt C O
2 +
20 V Vannadiy V+
Jahon   dehqonchilik   tajribasi   azot,   fosfor   va   kaliyli   o‘g‘itlar   to‘g‘ri
qo‘llanilganda,   shuningdek,   o‘simliklar   suv   bilan   etarli   ta’minlanib,   yuqori
agrotexnika asosida parvarish qiliiganda har bir kilogramm azotli o‘g‘it hisobiga
10-15 kg qo‘shimcha don olish mumkin ekanligidan dalolat byeradi.
Rasmiy   ma’lumotlarga   qaraganda,   dunyo   bo‘yicha   Nidyerlandiyada   har
gektar yerga eng ko‘p minyeral o‘g‘it solinib, bug‘doy va sulidan eng yuqori hosil
olinar   ekan.   Bu   mamlakat   qand   lavlagi   hosili   bo‘yicha   dunyoda   uchinchi,
kartoshka hosili bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi . 9
5 - rasm.   O‘g‘it solish agregati 6 - rasm.  Ekish
3. Dehqonchilikda azot, fosfor va kaliy elementlarining dinamikasi
Azot.   Azot   tuproqdagi   eng   harakatchan   va   o‘simliklarning   muhim   oziq
elementlaridan   biri   hisoblanadi.   O‘simliklar   ildizi   tuproqdagi   azotni   muhim
9
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 215
бет. oziqlanish   manbalaridan   bo‘lgan   nitratlar   (NO-2,   NO-3)   dan   va   ammoniy   tuzlari
(NH
4 ) dan o‘zlashtiradi. Bunday shakldagi azot tuproqda kam bo‘ladi, chunki ular
suvda   yaxshi   yeriydi,   o‘simliklar   va   mikroorganizmlar   ularni   to‘la   o‘zlashtiradi.
Faqat   dukkakdosh   o‘simliklar   tuproqdagi   azotdan   tashqari,   tugunak   baktyeriyalar
yordamida atmosfyeradagi molekulyar azotdan ham oziqlanadi.
Azot oqsillar tarkibiga kiradi. O‘simliklarda oqsillar sintezi bilan birga uning
ammiakkacha parchalanish jarayonlari ham sodir bo‘ladi. Oqsil hosil bo‘lishiga oid
barcha   murakkab   jarayon   ammiakdan   boshlanib,   ammiak   bilan   tugaydi.
Moddalardagi   azot   almashinish   jarayonlari   o‘simliklarning   butun   hayoti
mobaynida davom etadi. YOsh o‘simliklarda oqsil sintezlanishi ustunlik kiladi.
SHunday   qilib,   o‘simliklar   me’yoriy   o‘sib   rivojlanishi   uchun   tuproqda
harakatchan   azot   miqdori   etarli   bo‘lishi   kyerak.   Tuproqdagi   harakatchan   azot
miqdori   organik   o‘g‘itlar   (go‘ng,   chirindi,   kompost,   ko‘kat   o‘g‘it   va   boshqalar),
shuningdek, minyeral o‘g‘itlar solish yo‘li bilan tartibga solinadi.
O‘simliklar   azotni   har   xil   miqdorda   o‘zlashtiradi.   CHunonchi,
rivojlanishining boshlang‘ich fazalarida o‘simliklar azotga juda talabchan bo‘ladi.
Azot   etishmaganda   o‘simliklarning   o‘sishi   sekinlashadi,   barglarining   rangi   to‘q
yashil   rangdan och  yashil   tusga  kiradi,  kamdan-kam  hollarda  sarg‘ayadi. CHunki
bunday hollarda bargda xlorofill donachalari kamayib ketadi.
Biroq   o‘simliklar   azotni   haddan   tashqari   ko‘p   o‘zlashtirsa,   ular   g‘ovlaydi,
vegetatsiya   davri   cho‘ziladi,   poyasi   yotib   qoladi,   hosili   keskin   kamayadi   va
mahsulot sifati pasayadi. Bunday hollarda o‘simliklar zang va boshqa kasalliklarga
chalinadi.
Tuproqdagi   azotning   umumiy   miqdori   o‘simliklarning   azot   bilan
ta’minlanganligini ifodalovchi belgi bo‘la olmaydi. Azotning umumiy miqdoridan
minyerallanish jarayonida o‘simliklar o‘zlashtira oladigan birikmalar hosil bo‘ladi.
Binobarin,   tuproqdagi   organik   azot   miqdori   o‘simliklarning   oziqlanishi   uchun
katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki,   tuproqdagi   azotning   murakkab   organik   birikmalaridan
mikroorganizmlar   ta’sirida   xilma-xil   aminokislotalar   hosil   bo‘ladi,   ularni   esa mikroorganizmlar   o‘zlashtiradi.   Aminokislotalarning   bir   qismi   tuproq
mikroorganizmlarining   fyermentativ   faoliyati   natijasida   parchala-nib,   ammiak
ajratib chiqaradi.
Organik   moddalarning   parchalanib,   ammiak   hosil   qilish   jarayoni
ammonifikatsiya   deb   ataladi.   Ammonifikatsiya   intensivligi   muhit   reaksiyasiga   va
tuproqning   ayeratsiyasiga   bog‘liq.   Ammiak   ajralib   chiqishi   ayerob   sharoitda
ayniqsa intensiv boradi. Kislorod etishmaganda ammiak ajralib chiqishi susayadi.
Tuproqdagi organik moddalarning parchalanishi natijasida ajralib chi q adigan
ammiak   o‘simliklar   uchun   oziq   bo‘ladi,   bu   ammiakning   boshqa   bir   qismi   nitrat
kislotaga aylanib, tuproqda nitrat kislota tuzlari  -  nitratlar hosil qiladi. Nitratlar esa
o‘simliklarning oziqlanish manbai hisoblanadi.
Ammoniy   tuzlarining   bir   qismida   bio k im yo viy   o‘zgarishlar   yuz   byeradi.
Ammiakning oksidlanib, nitrit va nitrat kislotalarga aylanish  jarayon i nitrifikatsiya
deyiladi. 
Nitrifikatsiya   jarayonida   30-70° S   harorat da   yaxshi   kechadi,   ammo   undan
yuqori   -50-55°   haroratda   ham   sodir   bo‘lishi   mumkin.   Agar   yer   yumshoq,
ayeratsiyasi   yaxshi,   tuproq   namligi   to‘liq   nam   sig‘imiga   nisbatan   55-60%   bo‘lsa,
nitrifikatsiya  jarayon i jadal o‘tib, nitratlar ko‘p to‘planadi.
Nitratlar   qumoq   tuproqli   yerlarda   kam   to‘planadi,   chunki   bunday   tuproqda
organik   moddalar   kam   bo‘ladi   hamda   azotning   kislotali   tuzlari   yerning   chuqur
qatlamlariga   yuvilib   ketadi.   Nitrifikatsiya   tuproqdagi   fosforning   yeruvchanligini
oshiradi va o‘simliklarning azot bilan oziqlanish sharoitini yaxshilaydi.
Tuproqda   nitratlarning   davriy   o‘zgarishi   yerga   solinayotgan   o‘g‘itlarga,
haroratga,   namlikka,   yerga   ishlov   byerish   sifatiga   va   etishtirilayotgan   ekinning
vegetatsiya   davriga   bog‘liq.   Nitratlar   suvda   oson   yeriydi,   shuning   uchun   yog‘in-
sochin   suvi   bilan,   ekinlarni   sug‘orishda,   tuproq   sho‘rini   yuvishda   yuvilib   ketishi
mumkin.   Nitratlarning   bunday   isrof   bo‘lishi,   qumli   tuproqlarda   va   yer   osti   suvi
yuza joylashgan yerlarda ayniqsa ko‘proq seziladi. Ekinlar   vegetatsiya   davrida   belgilangan   me’yorda   sug‘orilsa,   yuqori
qatlamdagi nitratlar  suvda yerib, quyi  qatlamlarga tushadi, yer etila borgan sari  u
yana yuqoriga ko‘tariladi va ulardan o‘simliklar muntazam foydalanadi.
Tuproq   nitratlarni   o‘ziga   singdirmaydi,   chunki   ular   manfiy   zaryadga   ega.
SHuning   uchun   kuchli   yog‘in-sochinda   yoki   yer   (ekinlar)   ni   sug‘orishda   nitratlar
tuproqning yuqori qatlamidan  q uyi  q atlam i ga yuvilib tushadi. Bu jarayon mexanik
tarkibi   engil   tuproqlarda   yana   ham   tez   sodir   bo‘ladi.   NH+4   ioni   esa   aksincha,
tuproqqa singadi  va kam  yuviladi. SHuning uchun ham  azotli  o‘g‘itlarning ta’siri
keyingi   yillarda  juda   kuchsiz  bo‘ladi.  Hozirgi   vaqtda  qishda,  ya’ni  tuproq  namga
to‘yinganda   nam   bug‘lanmayotganda,   dalalar   ekinlardan   xoli   paytlarda   tuproqda
nitrat azotini saqlash muhim muammolardan hisoblanadi.
Nitratlarning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ayniqsa mexanik tarkibi
engil   tuproqli   yerlarda   vegetatsiya   davrida   ekinlarni   qat’iy   me’yorda   sug‘orish,
dala ekinlar bilan band, bo‘lishi, azotli o‘g‘itlarning yillik me’yorini bo‘lib-bo‘lib
solish   juda   muhimdir.   Dala   bo‘sh   paytlarda   yerga   organik   o‘g‘it   solib   nitrat
azotining   yuvilib   ketishi   oldini   olish   kyerak,   chunki   organik   moddalar   tuproqda
minyerallashadi.
Tuproqda   nitratlar   to‘planishi,   ularni   o‘simliklar   o‘zlashtirishi   va   yuvilib
ketishi   bilan   bir   qatorda,   azotli   birikmalarning   parchalanib,   gaz   holatdagi   yerkin
azot   hosil   bo‘lish   jarayon i   ham   sodir   bo‘ladi.   Bu   jarayon   denitrifikatsiya   deb
ataladi. Bunda nitrat va ammiak yerkin azot holatiga kelib tuproqdan chiqib ketadi.
Tuproq   muhiti,   ishqoriy   ayeratsiya   yomon,   yer   haddan   tashqari   syernam,
qattiq   va   dalalar   bo‘sh   bo‘lsa,   azotning   yerdan   gaz   holida   isrof   bo‘lishi   ayniqsa
kuchayadi.
Denitrifikatsiya  jarayon ini susaytirish uchun vegetatsiya davrida ekinlarni har
galgi   sug‘orishdan   keyin   qator   oralarini   sifatli   ishlash,   tuproq   ayeratsiyasini
yaxshilash,   o‘simliklar   nitrat   va   ammiak   azotini   to‘la   o‘zlashtirishini
ta’minlaydigan   darajada   agrotexnika   tadbirlarini   amalga   oshirish   talab   qilinadi.
Kuzgi   shudgorlash   oldidan   yerga   etarli   miqdorda   go‘ng   solish,   yerni   sifatli   qilib
barvaqt va chuqur haydash muhim tadbirlardan xisoblanadi. Fosfor.   Fosforning   tuproqdagi   dinamikasi   azotnikiga   qaraganda   yaxshi
o‘rganilmagan. Tuproqda fosforning miqdori azot kabi bir xil emas, ammo fosfor
azot birikmalari bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroorganizmlar   faoliyati   ta’sirida   tuproq   yeritmasida   fosforlar   miqdori
ko‘payadi.   Ayrim   mikroorganizmlar   o‘z   fyermentlari   bilan   organik   moddalardan
fosfot   kislotalar   ajratadi.   Fosforning   organik   formalari   chimli-podzol   tuproqlarda
25%, qora tuproqlarda 45 - 50%, bo‘z tuproqlarda esa 10% atrofida uchraydi.
Tuproqda   fosfor   kam   harakatchan   bo‘ladi,   tuproqda   singadi,   suvda   yomon
yeriydi,   o‘simliklar   qiyin   o‘zlashtiradi.   Tuproqda   uning   yalpi   miqdori   juda   ko‘p.
Agar ular o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga o‘tkazilsa, yerlarga fosforli o‘g‘it
solinmasdan ham 40 - 50 yil davomida ekinlardan mo‘l hosil olish mumkin bo‘lardi.
Fosforning   ma’lum   qismi   suvda   yerimaydigan   ortofosfat   kislota   tuzlarida
uchraydi.   Bu   birikmalarning   suvda   yeriydigan   va   o‘simliklar   uchun   yaroqli
formalari   o‘simliklar   va   mikroorganizmlar   ta’sirida   hosil   bo‘ladi.   Ko‘pchilik   tur
mikroorganizmlar   organik   moddalarning   parchalanishidan   hosil   bo‘lgan,   suvda
kiyin   yeriydigan   birikmalarni   har   xil   kislotalarda   yeritib,   o‘simliklarga   foydali
holatga keltiradi.
Ayrim   ekinlar   (lyupin,   ko‘k   no‘xat,   grechixa,   rango‘t,   qashqarbeda   va
boshqalar)   ildiz   chiqindilari   yordamida   fosforning   bunday   birikmalaridan
foydalanish   qobiliyatiga   ega.   Fosforning   suvda   yerimaydigan   ko‘p   birikmalari
ildizlar ajratib chiqargan kislota va fyermentlar ta’sirida o‘zlashtiriladi.
YUqori   haroratda   va   tuproq   quruq   bo‘lganda   fosfor   birikmalarining   suvda
yeruvchanligi ortadi. Yerlarni sifatli ishlash, ayeratsiya va mikrobiologi k  faoliyatni
yaxshilash fosfat kislotaning o‘simliklar uchun yaroqli qismini oshiradi.
Fosfor   o‘simlikning   tarkibiy   qismi   bo‘lib,   oqsillar   tarkibiga   kiradi   va
o‘simliklarda   bo‘ladigan   uglevodlar   almashinuvida   muhim   rol ь   o‘ynaydi   hamda
kaliy   bilan   birgalikda   uning   yuqori   va   past   haroratga   chidamliligini   oshiradi.
Masalan,   fosforli   o‘g‘itlar   ta’sirida   kuzgi   bug‘doyning   yer   usti   organlari   hamda
ildiz   to‘qimalari   shirasining   konsentratsiyasi   ortib,   sovuqqa   chidamliligi   oshadi.
SHiraning konsentratsiyasi asosan shakarlar hisobiga ortadi. O‘simliklar   vegetatsiyasining   dastlabki   davrlarida   fosfatlarni   ko‘p
o‘zlashtiradi.   Ular   fosfor   bilan   etarli   darajada   oziqlanmasa,   ekinlarning   keyingi
rivojlanishi susayadi. Dastlabki davrda fosfor etishmasligi oqibatlarini keyinchalik
ekinlarni me’yor da  oziqlantirish bilan tuzatib bo‘lmaydi.
G‘o‘za   vegetatsiya   davrining   boshida   fosfor   bilan   yaxshi   oziqlansa,   u   yerta
shonalaydi, hosili barvaqt etiladi. Agar fosfor etishmasa, g‘o‘za past bo‘yli, nimjon
va hosili kam hamda sifatsiz bo‘lib etiladi.
G‘alla ekinlariga fosfor etishmasa don bilan somonning nisbati oshib, somon
foydasiga   hal   bo‘ladi,   donning   sifati   yomonlashadi,   tarkibida   protein   miqdori
kamayadi va oqsil moddalarni sintezlashda foydalanilmagan amidlar to‘planadi (A.
Demolon, 1961 y).
O‘simliklarning   yer   usti   massasi   tarkibida   fosfor   azotga   nisbatan
3,   kaliyga nisbatan esa 2 - 3 marta kam uchraydi (ildizmevalar bundan mustasno).
O‘simliklarga   fosfor   etishmasa,   bargi   va   tanasida   qizg‘ish   yoki   qo‘ng‘irroq
tusli   dog‘lar   paydo   bo‘ladi,   pastki   barglari   barvaqt   so‘liydi,   to‘q   qo‘ng‘ir   tusga
kiradi va tushib ketadi.
Fosfat   kislota   o‘simliklarning   asosiy   oziq   elementi   bo‘lishi   bilan   birga
tuproqning   tabiiy   va   biologik   xossalariga   ham   ijobiy   ta’sir   etadi.   U   tuproqdagi
k im yo viy kolloid va biologik   jarayon larning oqimini ta’minlaydi va shular tufayli
mustahkam   struktura   hosil   bo‘lishida   va   uni   saqlashda   faol   katnashadi.   Fosfat
ionlari   bilan   to‘yingan   struktura   agregatlari   kolloidlarni   saqlaydi,   natijada   ular
tashqi muhit ta’sirida bo‘kish, shishish va qisqarishga qarshi barqaror bo‘ladi.
Yerga   fosfor   bilan   kaliy   qo‘shib   solinganda   dukkakdosh   o‘simliklarning
azotni assimilyasiyalashi ma’lum darajada oshadi ( 1. 2 2 -jadval). 
Keltirilgan   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   bedaga   fosforli   o‘g‘it   bilan
kaliyli   o‘g‘it   qo‘shib   byerilganda   har   gektar   yerda   103   kg   gacha   qo‘shimcha
biologik   azot   to‘plangan.   Bu   yerda   gap   uning   tugunak   baktyeriyalarga   bilvosita
ta’siri   to‘g‘risida   boradi.   Ko‘p   yillik   dukkakdosh   o‘simliklarning   ildiz   qoldiqlari
azotga   boy   bo‘lganligi   uchun   tuproqning   azot   va   uglyerod   rejimida   katta   rol ь
o‘ynaydi, fosforli o‘g‘it ham tuproqning unumdorligiga foydali ta’sir etadi. 1.22-jadval
Bedani o‘rish vaqtigacha o‘zlashtirgan azot miqdori (K. Raue 1962)
O‘g‘itlar O‘zlashtirilgan azot
miqdori (ga/kg) Fosfor hisobiga
o‘zlashtirilgan azot (ga/kg)
O‘g‘itsiz 222 0,0
Kaliyli o‘g‘it 226 4
Fosforli+kaliyli o‘g‘it 325 103
Kaliy.  Kaliy o‘simliklarda fotosintez jarayonini, uglevodlar hosil bo‘lishini va
xaraktyerini faollashtiradi.  O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va
ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Kaliy   kartoshka   tugunaklarida   kraxmal   va   kand   lavlagi   ildizida   shakar
to‘planishiga   hamda   o‘simlik - lar   organizmida   oksillarning   taqsimlanishiga   ta’sir
etadi.
Zig‘ir,   em-xashak   ekinlari,   kungaboqar   va   boshqa   o‘simliklarning   kaliyga
talabi katta. Kaliy bo‘lishi o‘simliklarda yog‘lar hosil  bo‘lishiga ham  ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.   Masalan,   g‘o‘za   kaliyli   o‘g‘itlar   bilan   o‘g‘itlanganda   chigiti   syeryog‘
bo‘ladi. Kaliy etishmasa,  o‘simliklarda assimilyasiya  kuchsizlanadi,  nafas olishda
uglevodlar   sarfi   kuchayadi   va   ekinlar   zamburug‘   kasalliklari   bilan   ko‘proq
zararlanadi.
Tuproqdagi   kaliy   birikmalari   kam   harakatchan   bo‘ladi.   Barcha   o‘simliklar
kaliyli o‘g‘itlardan yaxshi bahramaad bo‘ladi. Fo‘zaga kaliy etishmasa, rivojlanishi
sustlashadi, hosili kamayadi va tolasining sifati yomonlashadi ( 1. 2 3 -jadval).
Jadval   ma’lumotlariga   qaraganda,   O‘rta   Osiyoning   har   xil   tuproq-iqlim
sharoitida   ko‘p   yillar   davomida   kaliyning   g‘o‘zaga   ta’siri   bo‘yicha   o‘tkazilgan
tajribalarda   hosildorlik   nazoratdagiga   nisbatan   gektariga   o‘rtacha   2-5,5ss   ortiq
bo‘lgan.
Mikroelementlar.   O‘simliklarning   me’yorda   o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun
asosiy oziq elementlari (N, R, K) dan tashqari, mikroelementlardan bor, pyx, mis,
molibden,   marganets   va   kobalьt   kabilar   ham   zarur.   Tarkibida   bunday   elementlar bo‘lgan   o‘g‘itlar   mikroo‘g‘itlar   deyiladi.   Bularni   o‘simliklar   juda   oz   miqdorda
talab qiladi.
Mikroelementlar   nafas   olish,   fotosintez,   moddalar   almashinuvi   va   ularning
harakati   kabi   jarayonlarda   hamda   turli   xil   fiziologik   funksiyalarda   muhim   rolь
o‘ynaydi.   Ular   vitaminlar,   fyermentlar,   oqsillar   hosil   qilishda   va   boshqa
jarayonlarda   faol   ishtirok   etadi.   Mikroelementlar   etishmasa,   o‘simliklarda
moddalar   almashinuvi   me’yorda   bormaydi,   etarli   bo‘lganda   esa   o‘simliklarning
noqulay   sharoitga   chidamliligi   ortadi.   Bor   elementi   bo‘lmasa,   o‘simliklarning
kurtaklari   nobud   bo‘ladi,   g‘o‘zaning   shonalari,   gullari,   tugunchalari,   hosil
elementlari   to‘qilib   ketadi   va   hosildorligi   pasayadi.   U   g‘o‘zaning   changlanishi
uchun   zarur   bo‘lib,   etishmaganda   chigitning   shakllanishi   susayadi   va   uning   sifati
pasayadi,   maysalar   ildiz   chirish   kasalligiga   chalinadi   va   rivojlanishdan   orqada
qoladi.   O‘simliklarning   hayoti   me’yorda   o‘tishi   uchun   tuproq   tarkibida   0,02-0,05
mg/kg harakatchan bor bo‘lishi kyerak.
Tuproqda mis etishmasa, g‘o‘za barglarining uchi, chetlari oqarishib kuriydi,
hosil tugmaydi. Marganets etishmaganda, g‘o‘zaning barglari sarg‘ayadi yoki unda
oq,   jigar   rang   va   qo‘ng‘ir   yo‘lli   dog‘lar   paydo   bo‘ladi.   Marganetsli,   kobalьtli   va
borli mikroo‘g‘itlar g‘o‘zaning rivojlanishini tezlashtiradi va hosil elementlarining
to‘qilishini   kamaytiradi.   O‘simliklar   vegeta-siyasining   kritik   davrlarida   tuproqda
oson o‘zlashtiriladigan holatdagi mikroelementlar bo‘lishi juda muhimdir.
1.23-jadval
Kaliyli o‘g‘itlarning g‘o‘za hosiliga ta’siri (Geost ma’lumoti, 1961-1973 y.)
Respublikalar Tuproqlar tipiTajribalar soni Hosil ga/s
Fon
(N, P) Fon
(N, P, K) Kaliyli o‘g‘it
solinganda olingan
qo‘shimcha hosil
g a/s %
O‘zbekiston Tipik bo‘z tuproq 25 32,2 37,6 5,4 16,4
Och tusli bo‘z 22 32,9 36,3 3,4 10,3 tuproq
Bo‘z tuproq 12 38,5 40,5 2,0 5,2
Tojikiston SHag‘alli sur
qo‘ng‘ir tuproq 18 29,9 31,8 1,9 6,6
Och tusli bo‘z
tuproq 7 34,8 40,3 5,5 15,8
Turkmaniston O‘tloqi tuproq 6 36,4 38,5 2,1 5,8
Taqir 10 33,2 35,6 2,4 7,2
Marganets, rux o‘simliklardagi ba’zi fyermentlar tarkibiga kirib, biokimyoviy
jarayonlarda ishtirok etadi, fotosintez jarayonida faol qatnashadi.
CHigit   va   boshqa   ekinlar   urug‘i   ekishdan   oldin   mikroelementlar   yeritmasi
bilan   ishlanadi   yoki   ularni   vegetatsiya   davrida   yerga   solish   ham   mumkin.   Yerga
o‘g‘it   bilan   birga   har   xil   mikroelementlar   solinganda,   g‘o‘za   vilt   bilan   kam
kasallanadi va hosili ortadi (1.24-jadval).
Har  xil  tuproq-iqlim  sharoitida yerga mikroelementlar  solinganda gektaridan
o‘rtacha   2,5-3,5ss   qo‘shimcha   hosil   olish   mumkinligi   jadvaldan   ko‘rinib   turibdi.
Mikroelementlarning   samaradorligi   asosan,   ularni   ekinlarga   solish   muddatiga
borliq.   Mikroelementlar   mosh,   loviya,   soya   kabi   dukkakdosh   ekinlarning   o‘sishi,
rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir etadi.
1.24-jadval
G‘o‘za hosiliga mikroelementlarning ta’siri (ga/s, O‘zPITI ma’lumoti)
M ikroelementlar O‘tkazilgan tajribalar soni O‘rtacha qo‘shimcha
hosil
Rux 17 3,5
Mis 11 2,7
Marganets 5 2,4
Molibden 7 2,8
Bor 5 2,0
Kobalьt 4 3,1 Tuproqda   marganets   tanqisligi   sezilganda,   o‘simliklarda   xloroz   va   nekroz
kasalligi paydo bo‘ladi. Loviya va mosh ekilgan yerda molibden etishmasa, ekinlar
o‘sishdan   orqada   qoladi,   tugunak   baktyeriyalar   rivojlanmaydi   va   hosil   kamayadi.
Masalan,   har   gektar   yerga   ekiladigan   urug‘lik   loviyaga   50   g   hisobidan   molibden
yeritmasi   purkalganda,   olingan   qo‘shimcha   hosil   17,9%   ni,   100   g   hisobidan
purkalganda 21,1%  ni  va 200 g hisobidan purkalganda 63,1% ni  tashkil  etganligi
tajribalarda kuzatilgan. 
4.   Tuproq oziq rejimini boshqarishda organik moddalar, mikroorganizmlar
va tuproq xossalarining ta’siri
Tuproqning   oziq   rejimini   boshqarishdagi   barcha   tadbirlarni   kuyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin:
a) tuproqni oziq moddalar bilan boyitish;
b) tuproqdagi   o‘simliklar   qiyin   o‘zlashtiradigan   oziq   elementlarini
o‘zlashtiriladigan holatga o‘tkazish;
v) oziq moddalarni o‘simliklar oson o‘zlashtirishi uchun sharoit yaratish;
g) tuproqda oziq moddalar kamayishiga qarshi kurashish.   Ekinlardan mo‘l va
sifatli   hosil   olishda   tuproqning   oziq   rejimini   boshqarish   va   uni   o‘rganish   katta
ahamiyatga ega.
Yerga   yoki   ekinlarga   minyeral   o‘g‘itlarning   qaysi   turi   solinmasin,   bari   bir
organik yoki mahalliy o‘g‘itlar asos hisoblanadi, chunki minyeral o‘g‘itlar organik
o‘g‘itlar   etarli   bo‘lgan   yerlarga   solinganda   yoki   ularning   har   ikkalasi   birgalikda
solinganda   samaradorligi   yuqori   bo‘ladi.   Hech   qanday   minyeral   o‘g‘it   tuproq
«qalbini» organik moddalardek isita olmaydi. CHunonchi, tuproq   o‘ ziga xos tirik
organizmdir,   uning   har   gektarida   30 - 40ss   mavjudotlar,   baktyeriyalar   va
zamburug‘lar   bor.   Tuproqdagi   organik   moddalar   esa   ular   uchun   eng   zarur   hayot
sharoiti   hisoblanadi.   Ularning   hayot   sharoiti   hisoblanadi.   Ularning   faoliyati   va
rivojlanishi tuproqning organik moddalar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. U yoki   bu minyeral  o‘g‘it   tarkibida  bir  yoki   ikki   xil  element   uchrasa,  go‘ng
tarkibida   o‘simliklarning   oziqlanishi   uchun   zarur   bo‘lgan   barcha   elementlar
uchraydi ( 1. 2 5 - jadval).
1. 2 5 -jadval
Yangi go‘ngning  k im yo viy tarkibi %
Go‘ngning
k im yo viy tarkibi Somon to‘shalgan
Mol go‘ngi CHo‘chqa
go‘ngi Qo‘y
go‘ngi Ot go‘ngi Aralash
go‘ngi
Suv 77,3 72,4 64,6 71,3 75,0
Organik
moddalar 20,3 25,0 31,8 25,4 21,0
Umumiy azot 0,45 0,45 0,83 0,58 0,50
Ammoniy azot 0,14 0,20 - 0,19 0,15
Fosfor 0,23 0,19 0,23 0,28 0,25
Kaliy 0,50 0,60 0,67 0,63 0,60
Har gektar yerga 20-30 t hisobidan go‘ng solinganda, taxminan yerga 1 t kul,
0,57   atrofida   kalьsiy   va   magniy   etmentlar   tushadi.   Yerga   go‘ng   solinganda
makroelementlar bilan birga mikroelementlar ham tushadi ( 1. 2 5 -jadval).
Go‘ng   solingan   yerlarda   tuproqning   tabiiy   xossalari   yaxshilanadi,   ya’ni
mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi engil tuproqlarning
esa yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.
Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go‘ng bilan bir qatorda oraliq
eki n lar,   ayniqsa   dukkakdosh   ekinlar,   ko‘kat   o‘g‘it   sifatida   dukkakli-don   ekinlari
ekish ayniqsa yaxshi ta’sir etadi. Tuproqning oziq rejimi va unumdorligi yuqorida
qayd   qilganimizdek,   unda   sodir   bo‘ladigan   mikrobiologik   jarayonlarga   bevosita
bog‘liqdir.   CHunonchi,   ayrim   mikroorganizmlarning   hayot   faoliyati   ta’sirida
tuproqda o‘simliklar  uchun zarur  oziq moddalar  to‘planadi, ya’ni  ular  o‘simliklar
o‘zlashtirolmaydigan   holatdagi   oziq   moddalarni   o‘zlashtira   oladigan   holatga
o‘tkazadi. Tuproqdagi turli  xil  mikroorganizmlar hayot  faoliyati, ularning suv, havo va
issiqlik   rejimiga   bog‘liq.   SHunnng   uchun   dehkonchilikda   foydali
mikroorganizmlarning   faoliyatiga   ijobiy   ta’sir   etadigan   agrotexnika   tadbirlarini
amalga   oshirish   zarur.   Bunda   ayniqsa,   yerlarnn   o‘z   vaqtida   sifatli   ishlash,
organikminyeral o‘g‘itlar solish, almashlab ekishni joriy etish, dukkakdosh ekinlar
ekib ko‘kat o‘g‘it sifatida haydab tashlash katta ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, yerigan oziq moddalarning o‘simliklar ildizi orqali singdirib olishi
tuproq   yeritmasining   fizik- k im yo viy   xossalariga   bog‘liq.   CHunonchi,   yuqori
me’yorda   o‘g‘itlangan   yoki   sho‘rlangan   yerlarda   o‘simliklarning   namni   singdira
olish   olmasligi   hujayra   suyuqligining   shimish   kuchiga   va   tuproq   yeritmasining
osmotik bosimiga bog‘liq.
Masalan,   o‘simliklar   hujayra   plazmasining   osmotik   bosimi   tuproq
yeritmasining   osmotik   bosimidan   past   bo‘lsa,   o‘simliklar   ildiziga   suv   va   oziq
elementlari   o‘tmaydi.   SH o‘ rlangan   yerlarda   tuproq   yeritmasining   osmotik   bosimi
yuqori   b o‘ lishiga   sabab   elektrolitlar   miqdorining   ortiqligidir.   SHuning   uchun
bunday yerlarda oziq rejimini yaxshilash uchun tuzlarni kamaytiradigan tadbirlarni
amalga oshirish zarur.
Ekinlarning   to‘g‘ri   oziqlanishi   va   mikroorganizmlarning   faoliyati   tuproq
muhitiga   bog‘liq.   Binobarin,   o‘simliklarning   o‘sishi   va   rivojlanishi   hamda
mikroorganizmlar   uchun   kuchsiz   ishqoriy   va   kuchsiz   kislotali   muhit   qulay
hisoblanadi.   SHunga   ko‘ra,   kislotali   yerlarni   haydashdan   oldin   ohak   solish,
ishqoriy   yerlarga   gips   solish   va   so‘ngra   haydash   tuproqning   oziq   rejimini
yaxshilaydi   hamda   o‘simliklarning   oziqlanishini   me’yorllashtiradi.   Bu   tadbirlar
dehqonchilikda organik-minyeral o‘g‘itlarning samaradorligini oshiradi.
Ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlarga qaraganda azot, fosfor va kaliy o‘g‘iti barcha
ekinlar xosildorligini keskin oshiradi. O‘g‘itlarning nisbati tuproq tipiga, o‘g‘itlash
usuliga, muddatiga k o‘ ra turlicha bo‘ladi va bunga to‘g‘ri amal qilish o‘g‘itlarning
samaradorligini birmuncha oshiradi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar yillik me’yorining
asosiy   qismini   tuproq   tipiga   qarab   yerlarni   kuzgi   shudgorlashdan   oldin,   azotli
o‘g‘itlarni esa vegetatsiya davrida byerish maqsadga muvofiq keladi.  Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU. TUPROQNING OZIQ REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI Reja : 1. Tuproqdagi oziq elementlari va ularni o‘simlik hayotidagi ahamiyati. 2. O‘simliklar tomonidan oziq elementlarini o‘zlashtirilishi. 3. Dehqonchilikda azot, fosfor va kaliy elementlarining dinamikasi 4.Tuproq oziq rejimini boshqarishda organik moddalar, mikroorganizmlar va tuproq xossalarining ta’siri.

1. Tuproqdagi oziq elementlari va ularni o‘simlik hayotidagi ahamiyati Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning bu elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O‘simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosfyeradan, gidrosfyeradan va yorug‘lik, issiqlikni esa fazodan oladi. O‘simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish -har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. O‘simliklar qancha me’yorda oziqlansa, shuncha yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Barcha o‘simliklarning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun yorug‘lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo‘lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir. Ulardan birining o‘rnini ikkinchisi bosa olmaydi. Fyermyer xo‘jaliklari o‘lchami almashlab ekishni boshqarish va qoplama ekinlarni boshqarish o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Organik fyermyerlar tuproq unumdorligini saqlash maqsadida qoplama ekinlarni ekishmoqda va tuproq organik tarkibini oshirmoqda va tuproqning fizik xususiyatlarin yaxshilamoqda. Qoplama ekinlar begona o‘tlar kamayishi va foydali xasharotlar faoliyatini ta’minlab byerishi mumkin. Mutaxasis fyermyerlar har bir imkoniyatda o‘zlarining dalalarida qoplama ekinlarni joriy etmoqda ba’zan bu imkoniyatlar qisqa muddatli ekinlardan keyin yoki to‘liq yozgi o‘simliklar orasida, oy o‘rtalarida amalga oshirilmoqda. Birqancha mutaxasis fyermyerlar to‘liq yil davomida qoplama ekinlarni ekishmoqda. Katta fyermyer xo‘jaliklari tez-tez almashlab ekishni amalga oshiradi. Bu esa o‘z tarkibida ko‘p yillik qoplama ekinlarni yoki em-xashak o‘simliklarni oladi. Kichik o‘lchamdagi fyermyer xo‘jaligi shunga amin bo‘lishdiki qoplama ekinlarni ekish o‘simliklar oilalarining izchilligining amalga oshirish foydali ekanligini ko‘rsatdi . 1 1 Crop Rotation on Organic Farms: A Planning Manual, NRAES 177 Charles L. Mohler and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009

O‘simliklar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalьsiy, magniy, temir kabi elementlar anchagina (0,01 % gacha) bo‘ladi, ular makroelementlar, oz miqdorda (0,01 -0,001 %) bor, mis, rux, marganets, kobalьt, molibden kabi elementlar uchraydi, ular mikroelementlar deb ataladi. Ba’zi o‘simliklardagina oz miqdorda stronsiy,sseziy, rubidiy kabi elementlar bor, ular ulьtramikro-elementlar deyiladi. O‘simliklar tarkibida 70 dan ortiq kimyoviy element topilgan. O‘simliklarni kimyoviy analiz qilish tufayli umumiy og‘irligining taxminan 45% uglyerod, 42% kislorod, 6,5% vodo-rod, 5% kul va boshqa elementlarga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi etishmasa, o‘simliklar me’yorda o‘sib rivojlanmaydi. Oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq (1.19-jadval). Jadval ma’lumotlaridan deyarli barcha ekinlar azot elementiga talabchan ekanligi ko‘rinib turibdi, chunki u o‘simliklarning o‘sishini ta’minlaydi. G‘o‘za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o‘simlik. Masalan, 1 t paxta etishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi. Kungaboqar azot va fosforga qaraganda kaliyni ko‘proq o‘zlashtiradi. 1 t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 228 kaliy, 50 kg azot va 27 kg fosfor sarflanadi. Ildizmevalar va tugunakmevalar ham fosfor va azotga qaraganda kaliyga ko‘proq talabchan. Masalan, 1 t kartoshka etishtirish uchun 8 kg kaliy, 2 kg fosfor va 6,2 kg azot; 1 t soya hosili uchun 71 kg azot, 16 kg fosfor va 18 kg kaliy zarur. Vegetatsiya davrida o‘simliklar tuproqdan qancha miqdorda oziq moddalar o‘zlashtirishi ularning rivojlanish fazalariga va o‘sish sharoitiga qarab turlicha bo‘ladi. Ekinlarning hosildorligi ortib borishi bilan tuproqdan sarflanadigan oziq moddalarning miqdori ham ortib boradi. Masalan, gektaridan 14,1ss hosil olinganda, har gektar yerdan o‘rtacha 45,6 kg azot, 14,3 kg fosfor, 40,3ss hosil etishtirilganda esa 182,6 kg azot va 55,4

kg fosfor hamda boshqa elementlar chiqib ketadi. SHuning uchun yerlarga solinadigan o‘g‘itlarning me’yori belgilanayotganda etishtirilayotgan hosil miqdorini ham nazarda to‘tish tuproq unumdorligini bir me’yorda saqlashda katta ahamiyatga ega. 1.19-jadval Ekinlarning turiga qarab 1 t hosil bilan birga chiqib ketadigan minyeral o‘g‘itlar (kg) Ekinlar azot fosfor kaliy G‘o‘za 56 23 53 Kuzgi bug‘doy 37 13 23 Arpa 29 11 20 Bahorgi bug‘doy 47 12 18 Suli 33 14 29 Makkajo‘hori (don uchun) 34 12 37 Javdar 34 14 26 SHoli 21 8 26 Tariq 33 10 34 Ko‘k no‘xat 66 15 40 Zig‘ir 80 40 70 Qand lavlagi 5,9 1,8 7,5 Kartoshka 6,2 2,0 8 Kungaboqar 50 27 228 Tamaki 24 7 51 Soya 71 16 18 Makkajo‘hori (silos uchun) 2,4 0,9 3,6 Poliz ekinlar 5,5 1,6 5 Ildiz mevalar 2,7 1,9 4,8 CHoy bargi (quritilganda) 50 7 23 Odatda, oziq elementlarining umumiy miqdori har gektar yerda bir necha tonna atrofida bo‘ladi. Masalan, qadimdan (100 yildan ortiq) sug‘orib dehqonchilik

qilinayotgan bir gektar tipik bo‘z tuproqli yerning haydalma (0-28 sm) qatlamida o‘rtacha 59,1 chirindi, 4 t azot, 8 t fosfor va undan keyingi (28-100 sm) qatlamda esa yuqoridagilarga muvofiq 73,5, 4,97 va 16 t oziq elementlari bo‘lar ekan. O‘simliklar rivojlanishi uchun tuproqni yaxshilash tamoyillari quyidagilardan iborat:  Azotga boyitadigan o‘simliklar bilan loviyali ekinlar:  Kam azot ajratadigan ekinlar ekish bu loviya ekilgandan keyin 2 yoki 3- yilda joriy yil uchun yillik ekinlar ekish.  Bir biriga yaqin bir xil o‘simliklar ekilmasligi tuproqni boyitadigan ekinlar ekish uzoq muddatli ko‘p yillik ekinlardan foydalanish qoldig‘i tuproqda ko‘p qoladigan ekinlarni ekish . 2 Tuproqda oziq elementlarining umumiy miqdori qancha ko‘p bo‘lmasin, u ishlab chiqarish sharoitida o‘simliklarning oziq moddalarga bo‘lgan talabini etarli darajada qondira olmaydi. SHuning uchun ekinlardan mo‘l hosil etishtirishda yerga minyeral o‘g‘itlar solinadi (1.20- jadval). Jadval ma’lumotlaridan, tuproqda oziq moddalarning umumiy miqdori ko‘p bo‘lishidan kat’i nazar, gektariga 80 kg azot solinganda paxta xosili 24,2%, gektariga 150 kg solinganda esa 32,3 % ko‘payganligi ko‘rinib turibdi. 1.20-jadval Azotning g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri. Azotning yillik me’yori (ga/kg) Azot solish muddati 3-4 ta chinbarg chiqarganda SHonala- ganda gullaganda Paxta hosili (ga) Olingan ko‘shimcha hosil (ga/s) 0 - - - 35,5 - 80 - 40 40 44,1 8,6 150 50 50 50 47,0 11,5 2 Crop Rotation on Organic Farms: A Planning Manual, NRAES 177 Charles L. Mohler and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.