logo

TUPROQNING SUV REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

122.1962890625 KB
MAVZU.  TUPROQNING SUV REJIMI VA UNI BOSHQARISH
USULLARI
Reja:
1 .  Tuproqdagi namlikning asosiy manbalari.
2.   O‘simlik hayotidagi suvning ahamiyati
3.Tuproqdagi suvning shakllari va uni o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi.
4.   Tuproqning suv xossalari
5.   Tuproqning suv rejimini yaxshilash tadbirlari
  1. Tuproqdagi namlikning asosiy manbalari
Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan hududlarida asosiy suv manbai daryolar
hisoblanadi.   O‘zbekistonning   CHirchiq,   Angren,   Norin,   Qoradaryo,   Aris   va
boshqa   daryo   irmoqlari   qo‘shiladigan-Sirdaryo   hamda   Zarafshon,   Qashqadaryo,
Surxondaryo,  Kofirnixon,  Panj,  Vaxsh   kabi   daryo   irmoqlaridan  hosil   bo‘ladigan
Amudaryo suv bilan ta’minlaydi.
Asosiy   suv   manbalari   bilan   birga   yog‘in-sochin,   sizot   hamda   sug‘orish
suvlari   va   boshqalar   tuproqdagi   namlik   manbalari   hisoblanadi.   Bu   manbalar
respublika   hududida   bir   xilda   taqsimlanmagan.   SHu   bilan   birga   tuproqdan
namning   bug‘lanish   miqdori   ham   har   xil.   SHunga   ko‘ra,   Respublika
dehkonchiligi sug‘oriladigan va lalmi dehqonchilikka bo‘linadi.
Respublikaning   tekislik   hudidida   asosan   sug‘oriladigan   dehqonchilik
taraqqiy etgan bo‘lsa, adirlik, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida dehqonchilik asosan
kech   kuz,   yerta   bahor   va   qish   oylarida   tushadigan   yog‘ingarchilik   hisobida
amalga   oshiriladi.   Ushbu   hududlarda   deg‘qonchilik   yog‘in   suvlarini   to‘plash,
saqlash va ulardan o‘simlikning vegetatsiya davrida to‘g‘ri foydalanishdan iborat.
Respublika   sharoitida   yog‘ingarchilikning   asosiy   qismi   qishda   va   bahorda
qisman   kuzda   tushadi,   yoz   oylari   deyarlik   yog‘ingarchilik   bo‘lmaydi.
Dehqonchilik  hududlarida   asosan   kech  kuz,   qish   va   bahordagi   yog‘ingarchiliklar
hisobiga tuproqda nam to‘plash imkoniyati bo‘ladi.
SHuning   uchun   agrotexnika   tadbirlari   tuproqda   iloji   boricha   ko‘p   nam
to‘plashga va ekilgan urug‘ni tuproqning tabiiy namiga undirib olishga qaratilishi
kyerak.   Keyinchalik   esa   o‘simliklarni   suvga   bo‘lgan   talabi   sug‘orish   suvlari
hisobiga qondiriladi.
Tuproq   va   o‘simlik   uchun   namlik   juda   muhimdir.   O‘simlik   suv   bilan   etarli
ta’minlangandagina   unda   o‘sish,   rivojlanish   jarayonlari   yaxshi   o‘tadi.   Tuproq
zarralari   atrofida   hosil   bo‘lgan   yupqa   suv   pardasi   kapillyar   g‘ovakliklar   orqali
adgeziya, kogeziya va yuqori bosim chegaralariga ajratiladi.
2. O‘simliklar hayotidagi suvning ahamiyati Suv   o‘simlik   hayotidagi   barcha   jarayonlarda   –   fiziologik,   kimyoviy   va
biokimyoviy   –   bevosita   ishtirok   etadi.   Suv   molekulasidagi   kislo rod   va   vodorod
organik   moddalar   sintezida   «qurilish   matyeriali»   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Suvni
barglar   orqali   bug‘lanishi   –   transpiratsiya   natijasida   o‘simlik   tanasining   harorati
boshqariladi. Bunda o‘simlik to‘qimalarining harorati 5–7   o
S gacha pasayadi. Suv
o‘simliklar  hayotida mexanik vazifani ham  bajaradi: suv bilan to‘yingan o‘simlik
turgor   holatida,   aks   holda   plazmoliz   (so‘ligan)   holatda   bo‘ladi.   Suv   o‘simliklar
hayotida birinchi darajali ahamiyatga ega. Vaholanki, tirik organizmdagi biron-bir
hujayrani suvsiz tasavvur etish qiyin. Masalan, makkajo‘hori, boshoqli don ekinlari
va   pomidor   tarkibida   suv   tegishlicha   70,   87   va   95   foizni   tashkil
etadi.ssitoplazmaning 75–85 foizi suvdan iborat.
Suv   tuproqdagi   oziq   moddalarning   yerishi,   o‘simlik   tanasiga   so‘rilishi   va
harakatlanishida   katta   rolь   o‘ynaydi.   O‘simlik   suv   bilan   etarli   darajada
to‘yingandagina   unda   kechadigan   barcha   hayotiy   jarayonlar   uchun   mo‘‘tadil
sharoit  yaratilgan bo‘ladi, aksincha,  suv  bilan etarlicha  ta’minlanmaslik  oqibatida
ushbu jarayonlar izdan chiqib, o‘simlik organizmini qarishiga sabab bo‘ladi. Suvni
me’yoridan   ortiqcha   bo‘lishi   esa   o‘suv   davrini   uzayishi   va   reproduktiv   fazalarni
o‘tishini   kechikishiga   olib   keladi.   Xullas,   suv   tuproq,   o‘simlik   va   atmosfyera
birligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Adgeziya- Tuproq   zarralariga   molikulyar   tortilish   kuchi   ta’siri   tufayli
hosil bo‘lib, yupqa pardali suvlardan iborat bo‘ladi va tuproq
zarralari yuzasiga singdirilish natijasida kuzatiladi. 
SHimilish- Tuproq   zarralari   molekulyar   kuch   ta’sirida   ma’lum
yuqoridagi   suvni   o‘ziga   yutishi   mumkin.   Bunday   suvni
zarralar kuch bilan tortgandan ular qalin parda holida tuproq
zarrasini qoplab turadi.
YUqoriga tortish- Katta bosim natijasida pastdan yuqoriga tortiladi. Namlanish
chegarasi   metr   yoki   santimetrda   ifoda   etiladi.   Natijada   suv,
havo   nisbati   aniqlanadi.   Suvning   yuqoriga   ko‘tarilish   kuchi va   balandligi   kapillyarlarning   diametriga   bog‘liq.   Kapillyar
diametri   qanchalik   kichik   bo‘lsa   suv   shunchalik   tez   va
yuqori ko‘tariladi. 
Tuproqning   nam
sig‘imi- Tuproqning   nam   sig‘imi   tuproq   zarralari   va   qatlamlari
orasida namni ushlab qolish qobilyatidir.
Bosim   natijasi-da
hosil   bo‘lgan
namlik   darajasi
yoki   shimilish
ko‘rsatkichi
quyidagi
tyerminlarda   ifoda
etiladi 1
.  1 atmosfyera bosimi =1036 sm suv bosimiga yoki 76,39 sm
rutut ko‘rsatkichi
bir bar=10,23 sm suv bosimiga
Suv   tuproq   unumdorligining   eng   muhim   omilidir.   Suv   tuproqda   organik
moddalarning   to‘planishiga,   uning   fizik-kimyoviy   xossalari   yaxshilanishiga   va
dexqonchilikda   qo‘llanilayotgan   agrotexnika   tadbir-larining   sifatiga   jiddiy   ta’sir
etadi. Tuproqda namning me’yorda bo‘lishi, unda sodir bo‘ladigan foidali jarayon
rivojlanishiga   va   tuproq   unumdorligining   ortishi   uchun   qulay   sharoit   yaratishga
imkon byeradi.
Tuproqqa tushgan urug‘ bo‘rtishidan boshlab, hosil pishggacha o‘simliklarga
suv kyerak (1.3-jadval).
O‘simliklar  tarkibida  80-90  %  gacha   suv  bo‘ladi.  O‘suv   davrida  o‘simliklar
bu   suvning   asosiy   qismini   bug‘lantirib   yuboradi.   Kuzatishlarga   qaraganda,
o‘simliklar   butun   vegetatsiya   davomida   o‘zlashtirgan   suvning   atigi   0,01—0,03%
ni o‘z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi.
1.3-jadval
Urug‘larning unib chiqishi uchun zarur suv mikdori (urug‘ vazniga
nisbatan % hisobida)
1
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 253. Ekin turlari Suv miqdori Ekin turlari Suv miqdori
Tariq 25,0 Suli 59,8
Makkajo‘hori 44,0 CHigit 60,0
Bug‘doy 45,0 Zig‘ir 100,0
Arpa 48,2 Ko‘k no‘xat 106,8
Beda 56,3 Qizil sebarga 117,3
Javdar 57.5 Qand lavlagi 120,3
O‘simliklarning   suvga   bo‘lgan   talabi   ularning   rivojlanish   fazalariga   qarab
turlicha   bo‘ladi.   Masalan,   kuzgi   bug‘doy   nay   chiqarish   va   boshoqlash   davrida,
makkajo‘hori   gullash   va   doni   sut   pishiqligi   fazasida,   kartoshka   gullash   va   hosil
tugish   davrida,   kungaboqar   gullash   va   savatcha   hosil   qilish   fazasida,   g‘o‘za
gullash va meva tugish davrida suvni eng ko‘p talab qiladi. Ko‘p yillik ekinlar esa
suvga yanada talabchan bo‘ladi.
G‘o‘za bir sutkada sarflaydigan o‘rtacha suv miqdori 1.4- jadvalda keltirilgan.
G‘o‘za   ayniqsa   gullash   va   hosil   tugish   davrida   eng   ko‘p   suv   sarflashi   jadval
ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdi.
O‘simliklar   ildizi   yordamida   tuproqdagi   namni   o‘zlashtirib,   uni   organizmi
orqali atmosfyeraga bug‘latib turishi   transpirats i y a ,   quruq moddalar hosil qilishi
uchun   sarflagan   suv   miqdori   transpiratsiya   koeffitsienti   deyiladi.   Ba’zan   bu
miqdor   quruq   moddalarning   suv   ekvivalenti   (qiymati)   deb   ham   yuritiladi.
O‘simliklarning   transpiratsiya   koeffitsienti   juda   o‘zgaruvchan   bo‘lib,   uning
mikdori   yog‘in-sochin,   havo   harorati,   uning   nisbiy   namligi,   shamol,   tuproq
namligi,   tuproq   yeritmasi-ning   konsentratsiyasi,   o‘simliklar   navi   va   boshqalarga
bog‘liq.
1.4-jadval
G‘uzaning sutkalik o‘rtacha suv sarfi va quruq moddalar hosil bo‘lishi 
(Rijov ma’lumoti)
Ko‘rsatkichl
ar 5-
15/ 15-
25/ 25/
VI- 5/
VII- 15/
VII- 25/
VII- 4/VIII-
14/VIII 14/
VIII- 27/
VIII- VI VI 5/VII 15/
VII 25/
VII 4/VIII 24/
VIII 3/IX
Sutkalik
o‘rtacha suv
sarfi (m 3
/ga) 8,8 10,
6 19,6 22,6 49,0 77,0 101,4 98,5 29,5
Bir so‘tkada
kuruq
moddalarnin
g o‘rtacha
ko‘payishi 0,2
5 0,3
0 0,60 0,8 1,4 2,2 2,9 2,8 0,9
O‘simlik tuproqdan olgan suvning atigi 0,15–0,20 foizinigina o‘zlashtiradi va
qolgan   qismini   bargi   va   boshqa   yer   ustki   organlari   orqali   bug‘lanish   –
transpiratsiya ga   sarflaydi   (1.5.-jadval).   Transpiratsiya   o‘simlik   hayotida   muhim
ahamiyatga   ega:   u   tufayli   o‘simlik   ildizi   suv   va   unda   yerigan   moddalarni
o‘simlikning   yer   ustki   organlariga   etkazib   byeradi,   minyeral   moddalar
o‘zlashtirilishini   ta’minlaydi,   suvning   bug‘lanishi   o‘simlik   tanasi   haroratini
rostlaydi. 
1.5 - jadval
Sug‘orishni transpiratsiya o‘lchami va soya o‘simligi bargining
haroratiga ta’siri  ( soat 13–14 da )
Variantlar Tuproqning 0–70
sm. li qatlamida
namlik, CHDNS ga
nisbatan % Transpiratsiya
jadalligi,
mg/
min.  sm 2 Barg sathining harorati,  o
S
ustki
tomoni ostki
tomoni
Sug‘orishsiz 58,5 0,192 35,4 36,7
Sug‘orish 72,0 0,616 33,2 33,1
O‘simliklar   turi   va   navlarining   biologik   xususiyatlari,   tuproq-gidrogeologik, iqlim sharoitlari, qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlar ta’sirida transpiratsiya jadal-
ligi   turlicha   bo‘ladi.   1   g   quruq   moddaning   shakllanishi   uchun   sarflanadigan   suv
birligi   transpiratsiya   koeffitsienti   deyiladi.   Makkajo‘hori   va   oq   jo‘xorining
transpiratsiya koeffitsienti nisba - tan kichik, bedada – 446 1068, g‘o‘zada – 280 640,
sholida 250 810 birlikni tashkil etadi ( 1.6 - jadval).  
Tuproqdagi   suvning   o‘simlikka   o‘tish   va   transpiratsiya   jarayonlari   o‘zaro
muqobil bo‘lgandagina o‘simliklar qulay o‘sib rivojlanadi. O‘simliklar hayotidagi
ushbu   qonuniyatlarni   bilgan   holda   tuproqning   suv   rejimini   to‘g‘ri   boshqarish,
ularni   parvarishlash   tadbirlarini   mo‘‘tadillashtirish   suvdan   tejamli   foydalanishga
imkon byeradi.
O‘simliklar   vegetatsiya   davrida   qancha   suv   sarflashini   transpiratsiya
koeffitsientiga qarab aniqlash mumkin (1.6-jadval).
1.6 - jadval
Ayrim ekinlarning transpiratsiya koeffitsientlari
Ekinlar Transpiratsiya
koeffitsienti Ekinlar Transpiratsiya
koeffitsienti
G‘o‘za 280–640 Beda 446–1068
Bug‘doy 231–557 Kanop 450–700
SHoli 250–810 Arpa 258–774
Kartoshka 167–636 Suli 332–766
Makkajo‘hori 233–386 Qovun, tarvuz 600–884
Oq jo‘xori 240–437 Bu t gulli   sabzavot
ekinlari 539–743
Qand lavlagi 262–397
Sug‘orishni   boshqarishda   tuproq   strukturasining   roli.   Tuproq   suv   rejimini
boshqarishda   qo‘llaniladigan   tadbirlardan   eng   muhimi   tuproqni   sifatli   ishlashdir.
Bu   sifatli   ishlanganda   tuproq   tuzilishi   yaxshilanadi,   uning   g‘ovak   kesakli
strukturasi   saqlanadi.   Tuproqning   suv   rejimini   bosh-qarishda   sug‘orishni   to‘g‘ri tashkil   etish   va   va   sug‘organdan   so‘ng   yer   etilishi   bilan   sifatli   ishlab   byerish
muhim ahamiyatga ega. 
Agregatlarning yirik-maydaligiga ko‘ra strukturali tuproqlar yirik g‘ovakli va
mayda   g‘ovakli   bo‘ladi.     Tuproq   zarrachalari   o‘zaro   birikib,   yopilishi   yoki
minyeral  va organik kolloidlar ta’sirida birikishi  natijasida dastlab mikrostruktura
(mikroagregat)   paydo   bo‘ladi.   Tuproqda   paydo   bo‘lgan   bu   mikroagregatlar
keyinchalik   birikib   har   xil   kattalikdagi   makroagregatlar   hosil   qiladi.   Tuproq
strukturasini vujudga kelishida ayniqsa, chirindining ahamiyati katta. YAngi paydo
bo‘lgan   kolloid   holatdagi   chirindi   ta’sirida   eng   yaxshi   sifatli   va   suvga   chidamli
agregatlar hosil bo‘ladi. 
Strukturali   tuproq   qatlamlarida   havo   ham   almashinadi.     Bunday   tuproqlarda
mikroorganizmlar   hayoti   uchun   ham   juda   qulay   sharoit   vujudga   keladi.
Tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga undagi yirik va mayda g‘ovakliklarning nisbati
ta’sir   etadi.   Tuproqning   suv   o‘tkazuvchanlgi   asosan   yirik   g‘ovaklik   orqali   sodir
bo‘ladi.   CHunki   suvni   o‘zida   ushlab   tura   olmaydi.   Biroq   mayda   bo‘shliqlardan
iborat bo‘lgan agregatlarda suv (namlik) uzoq saqlanib turadi. 
Struktura holatidagi agregatlar quyidagi talablarga ega bo‘lishi kyerak:
Ma’lum bir miqdorda nam saqlash;

Tuproq havosi rejimini me’yorl bo‘lishi;

Donadorligi va yumshoqligi bilan farqlanishi;

Suv o‘tkazuvchanligi yaxshi;

Mexanik   zarrachalarining   bir-biriga   mustaxkam   yopishishi,   to‘zg‘oq
bo‘lmasligi. 2
 
Rijov ma’lumotiga ko‘ra, unumdor yerlarda paxtadan mo‘l hosil olish uchun
500-600,   o‘rtacha   unumdor   yerlarda   700-800,  kuchsiz   yerlarda  esa   800-1000   suv
birligi   sarflanadi.   Unumdor   yerlarda   suvdan   foydalanish   samaradorligi   kuchsiz
yerlardagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
G‘o‘zaning   vegetatsiya   davrida   daladagi   umumiy   suv   sarfining   taxminan
2/3   qismi   o‘simliklar   transpiratsiyasiga   ketadi,   qolgani   yer   yuzidan   bug‘lanib
2
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 171 -
173 бетлар ketadi.   G‘o‘za   o‘sish   davrida   juda   ko‘p   suv   sarflaydi.   CHunonchi,   chinbarg
chiqargan davrida bir gektar yerdagi g‘o‘za so‘tkasiga 10-12 m 3
, shonalash davrida
30-50 m 3
, gullash va meva tugish davrida eng ko‘p 80-120 m 3
, ko‘saklar ochilishi
davrida   esa   30-40   m 3
  suv   sarflaydi.   Bir   gektar   paxta   maydonidan   o‘suv   davrida
5000-8000 m 3
  suv sarflanadi. Makkajo‘hori, tariq, oq jo‘xori suvni tejab sarflaydi
va   ularning   o‘rtacha   transpiratsiya   koeffitsienti
200-300 ni tashkil etadi. O‘simliklar suvni bug‘latish xususiyatiga ega bo‘lganligi
tufayli kun issiq vaqtlarda o‘zini sovutib turadi.
O‘simliklar suvga bo‘lgan munosabatiga qarab ksyerofit, mezofit, gigrofit va
gidrofit   guruhlarga   bo‘linadi.   Ksyerofitlarga   yantoq,   shuvoq,   juzg‘in,   oq   va   qora
saksovul   kabi   quruq   dasht   va   cho‘llarda   o‘sadigan   qurg‘oqchilikka   chidamli
o‘simliklar; mezofitlarga g‘o‘za, beda, makkajo‘hori, qovun, tarvuz kabi namsevar
ekinlar   gigrofitlarga   sholi,   qamish,   qiyoq   kabi   tuprog‘i   doim   syernam   bo‘lib
turadigan   yerlarda   o‘sadigan   o‘simliklar;   gidrofit-larga   suv   o‘tlar   va   gulli   suv
o‘sim-liklari kabi suvda o‘sadigan o‘simliklar kiradi.
Tuproqda   nam   etarli   bo‘lmasa,   ekinlarni   begona   o‘tlar   bosib   ketadi,   chunki
ularning   ildiz   tizimi   madaniy   o‘simliklarnikiga   nisbatan   tuproqning   chuqur
qatlamlarida   rivojlangan   bo‘ladi.   Agar   tuproqda   nam   uzoq   vaqtgacha   etarli
bo‘lmasa, o‘simliklarning hayot faoliyati izdan chiqadi va so‘liydi, natijada ularda
gidroliz jarayoni kuchayib, sintezlash esa to‘xtaydi.
Tuproqda   namning   keskin   kamayishi   mikroorganizmlarning   faoliyatiga   ham
salbiy   ta’sir   etadi.   Ma’lumki,   quruq   tuproqda   biologik   jarayonlar   so‘nib,   organik
moddalarning   parchalanishi   to‘xtaydi.   Tuproq   nami   uning   to‘la   nam   sig‘imiga
nisbatan   60%   bo‘lganda,   mikroorganizmlarning   rivojlanishi   uchun   eng   qulay
sharoit vujudga keladi.
Tuproqning  suv   rejimini   o‘rganish   va   boshqarish   yo‘llarini   bilish   ekinlardan
yuqori va sifatli xosil olishda katta ahamiyatga ega.
3. Tuproqdagi suvning shakllari va uni o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi Ma’lumotlarga   qaraganda,   tuproqdagi   suv   har   xil   tabiiy   kuchlar   ta’sirida
bo‘lib, uning mexanik tarkibi, chirindi miqdori, donadorligi va boshqa xossalariga
ko‘ra o‘zgarib turadi.
Tuproqda suvning ikki xil shakli bor. “Fizikaviy birikkan” suv va “kimyoviy
birikkan” suv. Kimyoviy birikkan suv minyeral kolloidlar va minyerallar tarkibida
birikma yoki molekula shaklida uchraydi.
Fizikaviy   shakldagi   suv   quyidagi   xillarga   bo‘linadi:   bug‘simon   suv,
gigroskopik suv, pardasimon suv, kapillyar suv va gravitatsion suv  
Kimyoviy   birikkan  suv   tuproq tarkibidagi minyeral kolloidlar va minyerallar
tarkibida   gidroksil   birikma  yoki   molekula  holida   uchraydi.  By   suv   tuproqqa  juda
katta kuch bilan birikkanligi uchun undan o‘simliklar foydalana olmaydi.
Bug‘simon   suv   -har   qanday   sharoitda   tuproqdagi   suvning   bir   qismi   bug‘
holatiga   o‘tadi.   Tuproq   g‘ovakliklaridagi   bug‘   tuproq   haroratini   o‘zgarib   turishi
natijasida   tomchi   holatiga   o‘tishi   va   o‘simlikning   ildizi   orqali   o‘zlashtirilishi
mumkin
Gigroskopik   suv   tuproq   zarrachalari   yuzasiga   singgan,   ya’ni
adsorbsiyalangan   suv   xisoblanadi.   Uning   mikdori   tuproqning   mexanik,
minyeralogik   tarkibiga   va   organik   moddalar   miqdoriga   bog‘lik.   Syerchirindi   va
mexanik   tarkibi   og‘ir   tuproqlarda   gigroskopik   suv   miqdori   kam   chirindili,
mexanik tarkibi engil tuproqlardagiga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Havoning nisbiy namligi qancha yuqori bo‘lsa, tuproqda gigroskopik namlik
yoki   suv   ham   shuncha   yuqori   bo‘ladi.   Havoning   nisbiy   namligi   100%   ga   yaqin
bo‘lganda,   gigroskopik   nam   miqdori   1,5-2   baravar   ko‘payib,   tuproqda   maksimal
gigroskopik   nam   vujudga   keladi.   Osmotik   bosimi   ancha   kam   bo‘lganligidan   bu
xildagi suvni o‘simliklar ildizi o‘zlashtira olmaydi.
Parda   suv.   Tuproq   zarrachalari   yuzasidagi   maksimal   gigroskopik   namni
sirtidan   yupqa   parda   singari   suv   qatlami   o‘rab   olgan   bo‘ladi.   Maksimal
gigroskopik   namga   nisbatan   uning   miqdori   2-4   marta   ortiqdir.   Parda   suvning
miqdori   havoning   nisbiy   namligiga,   tuproqning   mexanik   tarkibiga,   organik
moddalar miqdoriga qarab turlicha bo‘lib, undan o‘simliklar foydalana olmaydi. Kapillyar   suv   tuproq   qatlamlaridagi   kapillyar   g‘ovakliklar   orqali   quyi
qatlamdan yuqori qatlamga yerkin harakat qila oladigan suvdir. Bu xildagi suvning
qatlamlar   orasidan   yuqoriga   harakatlanish   tezligi   va   ko‘tarilish   balandligi
tuproqning   mexanik   tarkibiga,   donadorligiga,   zichligi   va   boshqa   xususiyatlariga
qarab   turlicha   bo‘ladi   (1.7-   jadval).   Kapillyar   suv   o‘simliklarni   suv   bilan
ta’minlashda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. 
Jadval   ma’lumotiga   qaraganda,   gil   tuproqlarda   kapillyar   suv   ba’zan
400-500 sm. gacha ko‘tarilar ekan, ammo juda sekin ko‘tariladi. Qumli va qumoq
tuproqlarda   50-100   sm.   atrofida   ko‘tarilsada,   lekin   bu   jarayon   tez   bo‘ladi.
Sturukturali   tuproqda   sturukturasiz   tuproqlarga   qaraganda   suv   sekinroq,   nam
tuproqda esa quruq tuproqqa nisbatan yuqoriroq ko‘tariladi.
Ko‘tariluvchi   kapillyar   suv   manbai   sizot   suvlardir.   O‘simliklar   ildizi   orqali
o‘zlashtirgan   va   tuproqdan   bug‘lanish   natijasida   sarf   bo‘lgan   namlik   miqdori
ko‘tariluvchi kapillyar suv hisobiga doimo va to‘xtovsiz to‘ldirilib boradi. Muallaq
kapillyar suv sizot suvlar bilan qo‘shilmagan holda qatlam oralig‘ida hosil bo‘ladi.
Strukturali,   sizot   suvlar   chuqur   joylashgan   yerlarda   kapillyar   suv   yog‘indan   yoki
har   galgi   sug‘orishdan   keyin   vujudga   keladi.   Kapillyar   yo‘llar   orqali   suvning
pastdan   yuqoriga   ko‘tarilishi   tuproqning   kapillyarligi   yoki   suv   ko‘tarish
qobi liyati  deyiladi.
1.7-jadval
Tuproqning mexanik tarkibiga  ko‘ra kapillyar suvnig maksimal
balandlikka ko‘tarilishi, sm (V.M.Legostaev ma’lumoti)
Tuproq turlari Kapillyar ko‘tarilishining maksimal
balandligi
Gil tuproqlar
Og‘ir qumoq tuproq
O‘rtacha qumoq tuproq
Engil qumoq tuproq
Qumloq tuproq 400-500
300-400
200-300
150-200
100-150 Qumli tuproq 50-100
Kapillyar   suvni   o‘simliklar   oson   o‘zlashtiradi   va   yuqorida   aytilganidek,
ularning   suvga   bo‘lgan   ehtiyojini   butun   vegetatsiya   davomida   ta’minlaydigan
asosiy   manba   hisoblanadi.   Ammo   kapillyar   suvning   yuqoriga   ko‘tarilishi   hamma
vaqt   ijobiy   natija   byeravyermaydi.   Masalan,   sizot   suvlar   yuza,   chuchuk   bo‘lsa,   u
kapillyar suv bilan qo‘shilib, tuproqning yuza qatlamlariga ko‘tariladi. Bunda suv
bug‘lanadi   va   tuproq   yuzasida   tuzlar   to‘planadi.   Natijada   u   yerlarning
sho‘rlanishiga   sababchi   bo‘ladi.   Bunda   vegetatsiya   davrida   ekinlarga   katta
me’yorda   suv   byerish   oqibatida   tuproq   qatlamini   namlab,   sizot   suvga   qo‘shilgan
bo‘lishi   kyerak.   Keyinchalik  sho‘rlangan   sizot   suvlar   kapillyarlar   orqali   yuqoriga
ko‘tarilib,   ko‘ngilsiz   hodisalarga   sabab   bo‘lishi   mumkin.   Ayrim   yerlarda
tuproqning pastki (1-1,5 m dan chuqurroqdagi) qatlamlarida har xil tuzlar bo‘ladi.
Sug‘orish   me’yoriga   rioya   qilinmaganda,   suv   tuzli   quyi   qatlamlarni   ham   namlab
tuzlarni yeritadi. Keyinchalik yerigan tuzlar kapillyarlar orqali yuqoriga ko‘tarilib,
tuproqning   yuza   qatlamiga   chiqadi.   Natijada   yerlar   ikkinchi   marta   sho‘rlanadi.
SHuning   uchun   bunday   yerlarda   ekinlarni   sug‘orish   rejimiga   qat’iy   amal   qilish
lozim.
Gravitatsion   suv.   Tuproqning   nokapillyar   g‘ovaklari   orqali   yuqoridan   quyi
qatlamlarga   yerkin   harakatlanadigan   suv   gravitatsion   suv   deyiladi.   Bu   suv
tuproqda   yomg‘ir   yoqqandan   yoki   ekin   sug‘orilgandan   keyin   hosil   bo‘ladi   va
tuproqdagi   hamma   bo‘shliqlarni   to‘ldiradi.   Uni   o‘simliklar   oson   o‘zlashtiradi,
yomg‘ir   tinishi   yoki   egatlar   tepasi   (marzasi)   qorayguncha   qo‘yilgan   suv
to‘xtatilishi bilan gravitatsion suv yuqori qatlamlardan quyi qatlamlarga tomon o‘z
vazniga   ko‘ra   tez   harakatlanib,   boshqa   turdagi   suvga   o‘tganligi   sababli
o‘simliklarning   suvga   bo‘lgan   talabini   uzoq   vaqt   qondira   olmaydi.   Ammo   u
o‘simliklarning   suvga   bo‘lgan   qisqa   muddatli   ehtiyojini   ta’minlay   oladi.
Gravitatsion   suv   tuproqda   havo   almashinishini   qiyinlashtiradi.   Bu   esa   o‘z
navbatida o‘simliklarga salbiy ta’sir etadi.
Tuproq   strukturasini   boshqarish.   Tuproq   strukturasini   tiklashda   inson
faoliyatining   ta’siri   agrotexnika   va   melioratsiya   tadbirlarini   amalga   oshirish   katta ahamiyatga   ega.   Ekinlarni   navbatlab   ekishda   ularni   to‘g‘ri   tanlash   tuproq
tuzilishiga   qaratilgan   yerni   ishlash   tizimi,   yerga   organik   va   minyeral   o‘g‘itlar
solish, mulьchalash,sug‘orish tizimini to‘g‘ri tashkil etish eng muhim tadbirlardan
hisoblanadi. 
Tuproq qatlamlari mayda zarralar va mikroagregatlardan tuzilganligi uchun
har  qancha zich   qovushmali   bo‘lsa  ham,  zarrachalar  va  agregatlar  ichida  ozmi-
ko‘pmi   bo‘shliqlar   bo‘ladi.   Ana   shu   bo‘shliqlar   va   turli   jonivorlar   faoliyati   va
o‘simliklar ildizi hisobiga hosil bo‘lgan bo‘shliqlarning umumiy xajmiy yig‘indisi
tuproqning   g‘ovakligi   deyiladi.   Tuproqning   g‘ovakligi   kapillyar   va   nokapillyar
bo‘ladi.   Kapillyar   g‘ovaklik   tuproqda   mayda   loyqa   zarrachalar   va
mikroagregatlar oralig‘ida nokapillyar g‘ovaklik esa yirik mexanikaviy elementlar
va   makrostrukturalar   oralig‘ida   vujudga   keladi.   Nokapillyar   g‘ovakliklar
ko‘paysa,   namning   tuproqni   ustki   qatlamidan   quyi   qatlamiga   harakat   tezlashadi
va  ayniqsa   bu  ikki   g‘ovaklikni   nisbati   katta  ahamiyatga   ega.   Kapillyar   g‘ovaklik
suvni   botiq   yoki   bo‘rtma   kuch   bilan   o‘zida   ushlab   turish   xususiyatiga   ega,
nokapillyar g‘ovaklik esa suvni o‘zida ushlab tura olmaydi . 3
4. Tuproqning suv xossalari
Tuproqlarning   suvga   bo‘lgan   talabini   ifodolovchi   xususiyatlarining   barchasi
tuproqning suv xossasini tashkil etadi. Tuproqning asosiy suv xossalari nam sig‘imi,
suv o‘tkazuvchanligi, suvni yuqoriga ko‘tara olish xususiyatlari va boshqalardir.
Tuproqning   nam   sig‘imi .   Tuproq   ma’lum   miqdorda   o‘ziga   suv   singdirishi
va   ushlab   turish   qobiliyati   uning   nam   sig‘imi   deyiladi.   Tuproqning   nam   sig‘imi
maksimal gigroskopik, kapillyar, dala va to‘liq nam sig‘imlariga bo‘linadi.
Maksimal   gigroskopik   nam   sig‘imi   deyilganda,   tuproq   zarrachalari
molekulalarining tortish kuchi natijasida uning sirtida ushlanib turgan suv miqdori
tushuniladi. Uning miqdori tuproqning dispyersligiga va boshqa holatlarga bog‘liq
bo‘lib,   bu   namlikni   o‘simliklarning   so‘lish   koeffitsienti   uchun   xam   qabul   qilish
mumkin.
3
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 81 - 83
бетлар Kapillyar   nam   sig‘imi   deyilganda,   tuproqning   kapillyar   g‘ovaklarida
ushlanib   turgan   suv   tushuniladi.   Kapillyar   nam   sig‘imining   miqdori
o‘zgaruvchandir,  chunki  u  tuproq  tarkibiga,  xususan   sizot  suvlar  sathiga   bog‘liq.
Sizot   suvlar   sathi   qancha   yuqori   bo‘lsa,   kapillyar   nam   sig‘imi   shuncha   katta
bo‘ladi.
To‘liq   nam   sig‘imi   ( eng   yuqori   nam   sig‘im)   deb,   tuproqning   kapillyar   va
nokapillyar   g‘ovaklari   va   hamma   bo‘shliqlari   tamomila   suv   bilan   to‘yingan
holdagi namlikka aytiladi. To‘liq nam sig‘imi tuproqning maksimal  suv sig‘imini
ifodalaydi   va   kuchli   yog‘inda   yoki   yer   me’yordan   ortiq   bostirib   sug‘orilganda,
suvning   biror   tomonga   sizib   ketishi   qiyinlashganda   yoki   umuman   suv   chetga
chiqmaganda   vujudga   keladi.   To‘liq   nam   sig‘imining   vujudga   kelishida   sizot
suvlar   sathi   katta   ahamiyatga   ega.   SHuning   uchun   gidromorf   tuproqli   yerlarda
to‘liq   nam   sig‘imi   uzoq   vaqt   davom   etganda,   anayerob   jarayonlar   ro‘y   byerib,
salbiy xaraktyerdagi hodisalar kelib chiqadi.
D a l a   n a m   s i g ‘ i m i   deganda, gravitatsion suv yuqoridan quyi qatlamga oqib
ketgandan   va   bug‘lanish   bartaraf   etilgandan   keyin   tuproqda   maksimal   miqdorda
ushlanib   qolgan   nam   miqdori   tushuniladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   tashqi
omillar   ta’sirisiz  tuproqda  maksimal   miqdorda  ushlanib  qolgan suv  miqdori  dala
nam   sig‘imi   deyiladi.  Dala  nam  sig‘imi   tuproqning  eng  muhim  suv   xossalaridan
biri bo‘lib, sizot suvlar sathiga ko‘ra, kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin (1.8-jadval).
Sug‘oriladigan   dehqonchilik   sharoitida   dala   nam   sig‘imini   bilish   katta
ahamiyatga   ega,   chunki   ekinlarni   sug‘orish   me’yori   ana   shu   nam   sig‘imiga
nisbatan   aniqlanadi.   Umuman   dala   nam   sig‘imi   tuproqning   mexanik   tarkibiga,
organik   moddalar   miqdoriga,   tuproq   strukturasiga   va   boshqa   xossalariga   ko‘ra
turlicha bo‘ladi.
1.8-jadval
Sizot suvlar sathiga ko‘ra bo‘z tuproqning dala nam sig‘imi % 
(N.F.Bespalov ma’lumoti)
Tuproq
qatlami (sm) Sizot suvining chuqurligi (m)
1,6 2,0 2,5 3,0 0,50
0,70
0,100
0,150 23,12
24,95
26,56
27,66 22,74
24,37
26,04
27,66 21,90
23,03
24,50
26,20 21,15
21,65
22,36
23,37
Loy   tuproq   va   mexanik   tarkibi   og‘ir   kumoq   tuproqlarda   dala   nam   sig‘imi
qumlok; tuproqlarnikiga nisbatan doimo yuqori bo‘ladi (1.9-jadval).
Tuproq suvi va tuproq namligi
Tuproq   va   o‘simlik   uchun   namlik   juda   muhimdir.   O‘simlik   suv   bilan   etarli
ta’minlangandagina   unda   o‘sish,   rivojlanish   jarayonlari   yaxshi   o‘tadi.   Tuproq
zarralari   atrofida   hosil   bo‘lgan   yupqa   suv   pardasi   kapillyar   g‘ovakliklar   orqali
adgeziya, kogeziya va yuqori bosim chegaralariga ajratiladi.
SHuni   aytib   o‘tish   kyerakki   tuproq   namlik   darajasini   ifoda   etishda
atmosfyeraning ekvivalent koeffitsienti qo‘llanish mumkin. 4
Tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligi   deganda,   yuqoridan   quyi   katlamlarga   suv
o‘tkazish   qobiliyati   tushuniladi   va   uning   miqdori   tuproqdan   ma’lum   vakt   ichida
o‘tkazilgan   suv-mm/minut,   yoki   m 3
/soat   birligida   ifodalanadi.   Tuproqning   suv
o‘tkazish qobiliyati ekinlarni suv bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. 
Tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligi   ikki   bosqichli   jarayon   bo‘lib,   namga
to‘yinmagan tuproq avval suvni shimib to‘yinadi, keyin suv quyi qatlamga tomon
filьtrlanadi,   demak,   shimilish   va   filьtrlanish   kabi   ikki   bosqichli   jarayon   sodir
bo‘ladi.1. 9- j a dv al
Sug‘oriladigan yerlardagi asosiy tuproq turiga ko‘ra dala nam sig‘imi va
o‘simliklarning so‘lish namligi (quruq og‘irligiga nisbatan %, Rijov
ma’lumot)	
T up r o qni n g  t ur i	N am  s i g‘ i m i	So‘ l i s h
nam l i gi	
Bo ‘ z   t up ro q
4
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 253. L o y  t up r oq
O g‘ i r  qu m o q   tu pr o q
O ‘r t a ch a  qu m o q  t u pr o q
E n gi l  q um oq   tu pr o q
Q um l oq  t up r oq
Q um l i  t up r oq	
25
22
19
16
13
10	
13
10
8
6
4
2	
O ‘t l oq  v a  bo t qoq   t u pr o ql ar	
L o y  t up r oq
O g‘ i r  qu m o q   tu pr o q
O ‘r t a ch a  qu m o q  t u pr o q
E n gi l  q um oq   tu pr o q
Q um l oq  t up r oq
Q um l i  t up r oq	
27
24
21
18
15
12	
14
12
9
7
5
3Tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligi   muhim   xossalardan   hisoblanib,   tuproqda
suv zapasi  vujudga kelishida va mikroorganizmlar faoliyatini boshqarishda asosiy
o‘rin   tutadi.   Suv   o‘tkazuvchanlikni   aniqlash,   sug‘oriladigan   dehqonchilik
sharoitida   juda   muhimdir.   CHunki   vegetatsiya   davomida   qo‘yiladigan   suvning
tuproqqa   singishi,   shimilishi   tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligiga   bog‘liq,   ya’ni
ekinlarni sug‘orish muddati tuproqning shu xossasiga qarab aniqlanadi.
Suv   o‘tkazuvchanlik   tuproq   yuzasiga   kelayotgan   suvning   mikdori   bilan
o‘lchanadi. Suv dastlab tuproqqa ko‘p miqdorda shimiladi, keyinchalik esa kamaya
borib,   filьtrlanishning   boshlanishi   bilan   o‘zgarmas   holatga   o‘tadi.   CHunki   tabiiy
sharoitda tuproqning yuqori (20-50 sm) qismidan ko‘plab suv sarflanishi natijasida
undagi   mavjud   g‘ovaklar   bo‘sh   bo‘ladi.   Bunday   holatda   ekinga   qo‘yilgan   suv
dastlab   bo‘sh   g‘ovaklarni   to‘ldirish   uchun   sarflanadi   va   g‘ovaklar   suv   bilan
to‘lgandan   keyin   suvning   shimilishi   kamayadi.   Filьtrlanish   boshlangandan   keyin
suvning   sarflanishi   ma’lum   vaqt   oralig‘ida   bir   xil   bo‘lib   boradi.   S   V   Astapov
tuproqning suv o‘tkazish tezligiga ko‘ra, tuproqdan soatiga 150 mm va undan ortiq suv o‘tsa, tuproqning suv o‘tkazish qobiliyati yaxshi, 50-100 mm o‘tsa o‘rtacha, 50
mm o‘tsa kuchsiz deb farq qiladi.
Tuproqning  suv  o‘tkazish   qobiliyati  kuchsiz  bulsa,   suvning  ko‘pchilik  kismi
tuproqning   yuza   qismidan   oqishga,   atmosfyeraga   bug‘lanishga   va   hokazolarga
sarflanib,   isrof   bo‘ladi.   Kuchli   yomg‘ir   yoqqanda   yoki   suv   qo‘yilganda   ayrim
paykallarda   suv   halqob   bo‘lib   koladi.   Bu   esa   o‘z   navbatida,   ayniqsa,   kuzgi
ekinlarning   ortiqcha   namdan   zararlanishiga,   foydali   mikroorganizmlarning
faoliyati   susayishiga,   o‘simliklarning   oziq   moddalari,   ayniqsa   nitratlar   kam
to‘planishiga sabab bo‘ladi.
Tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligiga   undagi   kapillyar   va   nokapillyar
g‘ovaklarning   nisbati   ham   ta’sir   etadi.   Kapillyarlik  yuqori   bo‘lsa,   tuproqning   suv
o‘tkazuvchanligi   past   bo‘ladi,   kapillyarlik   buzilsa,   uning   suv   o‘tkazuvchanligi
ortadi va hokazo.
Tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligi   asosan   nokapillyar   g‘ovaklar   orqali   sodir
bo‘ladi.   CHunki nokapillyar g‘ovaklarning diametri katta bo‘lganligi sababli suvni
o‘zida   u s h l a b   t u r o l m a y d i ,   natijada   suv   tuproqni   nam   bilan   to‘yintirib,   quyi
qatlamlarga siljiydi.
Suv   o‘tkazuvchanlik   tuproqning   minyeralogik,   mexanik   tarkibiga,   organik
moddalarning   mikdori,   donadorligi,   uning   tuzilishiga   bog‘liq   holda   o‘zgaradi.
Strukturasiz,   mexanik   tarkibi   og‘ir   va   kam   chirindili   qattiq   tuproqlarning   suv
o‘tkazuvchanligi   yomon,   aksincha,   qumli,   qumoq   va   strukturali   qumok   yumshoq
tuproqlarniki   yaxshi   bo‘ladi.   Suvga   chidamli   strukturali   tuproqlarning   ham   suv
o‘tkazish   qobiliyati   yaxshi   va   aksincha.   Masalan,   taqir   va   takir - simon
tuproqlarning suv o‘tkazish qobiliyati past bo‘ladi.
K u z d a   y e r n i   x a r   x i l   h aydalgandagi variantda 6 soat davomida 164,8 mm,
40   sm   chuqurlikda   yumshatib   bir   yo‘la   30   sm   chuqurlikda   ag‘darib   haydalgan
variantda 220,0 mm va yer  uch yarusli  plugda 55 sm  yumshatib, bir yo‘la 30 sm
chuqurlikda ag‘darib haydalgan variantda esa 265,3 mm suv   o‘tganligi  aniqlandi,
ya’ni   tuproqning   suv   o‘tkazuvchan ligi   nazoratdagiga   nisba tan   100,5   mm   yoki
60,8 % oshgan. Tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligi   o‘zgarib   turadi,   ya’ni   bahordan   kuzgacha
ekinlarni   parvarish   qilish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   tadbirlarning   bir   necha   marta
takrorlanishi   va   yer   tabiiy   holda   zichlanishi   natijasida   suv   o‘tkazuvchanlik
susayadi.
Tuproqning   suv   bug‘latish   xususiyati.   Respublikamizning,   xususan,   Xovos,
Bekobod,   Tyermiz   hamda   Qo‘qon   guruh   tumanlarida   va   boshqa   yerlarda   kuchli
shamol ko‘p esadi. Bu yerlarda har yili o‘rta hisobda 44-61 kun davomida kuchli
shamol   bo‘ladi.   Ma’lumki,   shamol   ta’sirida   ayniqsa   bahorda   yerning   yuza
qatlamidagi   nam   tez   bug‘lanib   ketib,   tuproq   quridi.   Natijada   ekinlarning   urug‘i
tuproqning   tabiiy   namida   unib   chiqmaydi,   unib   chiqqan   maysalarga   namning
optimal   darajada   bo‘lishi   salbiy   ta’sir   etadi.   Oqibatda   maydonlarda   ko‘chatlar
siyrak bo‘lib, o‘simliklar zararlanadi.
Respublikamizning   janubiy   tumanlarida   yoz   oylarida   qisqa   muddatli   quruq
issiq shamol garmsel esadi. Garmsel tuproqdan nam bug‘lanishini, o‘simliklardagi
transpiratsiyani   keskin   kuchaytiradi.   Natijada   o‘simliklarning   suv   rejimi   buzilib,
hosil   kamayishiga   sabab   bo‘ladi.   SHuningdek,   yerning   relьefi,   tuproqning
mexanik tarkibi, strukturasi, qattiq yoki yumshoqligi, chirindi mikdori, tuproqning
tusi ham bug‘lanishga ta’sir etadi.
Qattiq,   kapillyarligi   yaxshi   yirik   fraksiyali   tuproqlar   qumli   tuproqlarga
nisbatan   namni   ko‘p   bug‘latadi.   Donador   tuproqlar,   strukturasiz   tuproqlarga
nisbatan   namni   kam   bug‘latadi,   chunki   har   xil   kesakchalar   orasidagi   kapillyar
bo‘shliqlar   namning   ko‘tarilishini   susaytiradi.   Aksincha,   tuproqda   nokapillyar
g‘ovaklarga   qaraganda   kapillyar   g‘ovaklar   ustunlik   qilsa,   namning   quyi
qatlamlardan   yuqori   qatlamlarga   ko‘tarilishi   tezlashib,   u   ko‘p   bug‘lanadi.
Strukturasiz   tuproqlarda   yomg‘ir   yoqqandan,   ekinlarga   suv   qo‘yilgandan   keyin
sharoitga ko‘ra turli qalinlikda qatqaloq hosil bo‘ladi va nam bug‘lanishini yanada
tezlashtiradi.   SHuning   uchun   bahorda   yomg‘ir   yoqqandan   keyin   hamda   har   galgi
sug‘orishdan keyin yer etilishi bilan tezda ishlash zarur.
Bevaqt   va   sifatsiz   ishlangan   yerdan   nam   ko‘p   bug‘lanib   isrof   bo‘ladi.
Masalan,   O‘zPITI   ma’lumotiga   qaraganda,   yer   sug‘orilgandan   keyin   o‘z   vaqtida sifatli ishlanganda, vaqtida ishlanmaganga qaraganda nam 15-20% kam bug‘lanar
ekan.
Yer   betini   mulьchalash,   ya’ni   chirigan   go‘ng,   qipiq,   g‘o‘zapo‘choq   kabi
narsalar   sepish   ham   nam   bug‘lanishini   ancha   kamaytiradi.   Tuproqdagi   namning
bug‘laiishini   kamaytirish   chora-tadbirlarnin   ko‘rish,   dalalar   atrofida   ihota
daraxtzorlari   barpo   etish,   tuproqda   kapillyarlar   orqali   namning   yuqoriga
ko‘tarilishiga   to‘sqinlik   qilish   (boronalash,   kulьtivatsiyalash)   tuproqning   suv
rejimini boshqarishda, suvdan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega.
5.  Tuproqning suv rejimini yaxshilash tadbirlari
Hindistonda   Inomaganda,   Maxarashtreda   o‘tkazilgan   arxeologik
tekshirishlar.   CHod   daryosining   toshqin   suvlarini   chiqarib   turadigan   kanalning
toshli asosida juda ko‘p miqdorda loyqa yotqiziqlar borligini ko‘rsatadi. Richveda
ekinlarni daryo va quduq suvlari bilan sug‘orish haqida eslatadi. 
Quduqlardan suv g‘ildirak yordamida planka va chelak bilan, yoki arqonning
bir   uchiga   chelak   bog‘lab,   ikkinchi   uchini   uzun   xodaga   bog‘lab   yuqoriga
chiqarilgan. 
SHu   eski   qo‘pol   usul   hozirgi   davrda   ham   SHimoliy   Hindistonning   ba’zi
qismlarida qo‘llanilib kelayapti. Boshqa usulda katta bo‘lma-gan, qayiqda to‘rta
tomonidan – ikki yog‘in ikkitadan arqon bilan bog‘lab, yog‘och platformada ikki
kishi suvni rezyervuardan yuqoriga chiqariladi. Halinchakning har bir tomonidagi
moki oldinga va orqaga harakatlanadi va suv kanalga tushadi. Makdonell va Kit
xuddi   Rigveda   va   Atxarvavede   davrlaridagidek   su’niy   kanallar   suvidan
foydalanish bo‘yicha fikrlarni bildirishgan. 
Naradada   aytiladiki   “Hech   qachon   suvsiz   g‘alla   bo‘lmaydi,   lekin   suvning
ko‘p   bo‘lishi   donning   sifatini   bo‘zadi.   Suv   bosishi   qishloq   xo‘jaligi   ekinlariga
zarar   keltiradi,   shuning   uchun   zovurlarning   ishlashini   ta’minlash   lozim.   Suv
olishning   yerdagi   aniq   manbalari   kanallar,   quduqlar,   ko‘llar,   suv   omborlari
hisoblanadi.   Mavsum   davomida   yomg‘irlarning   bo‘lishi   tasodifiy   yoki   ilohiy
kuchlar ta’sirida bo‘ladi” 5
.
5
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 151-
153 бетлар. Sug‘oriladigan   dehqonchilikda   tuproqning   suv   rejimini   yaxshilash   muhim
tadbirlardan   hisoblanadi.   Tuproqda   maksimal   darajada   nam   to‘plash   va   uning
foydasiz   sarflanishini,   quyi   q atlamlarga   sizib   ketishini,   yog‘in   suvlarining
pastlikka,   shun ingdek,   jarliklarga   oqib   ketishi   va   boshqalarni   iloji   boricha
kamaytirish   zarur.   Ekilgan   urug‘ni   birinchi   navbatda   tuproqning   tabiiy   namida
undirib   olish   va   undagi   mavjud   namni   saqlash   hamda   undan   ratsional
foydalanish   tadbirlarini   ko‘rish   kyerak.   Ma’lumki,   o‘simliklarning   suvga
bo‘lgan talabi  urug‘ ekilgandan to hosil   etilguncha ortib boradi, ammo tuproqdagi
suv zapasi esa aksincha kamayib boradi.
Mexanik tarkibi og‘ir, zich tuproqlarda ko‘plab nam  to‘plash  va uni  saqlash
uchun   tuproqning   suv   o‘tkazuvchanligini   yaxshilash,   yer   betidan   nam
bug‘lanishining oldini olish zarur.
SHunday   qilib,   mexanik   tarkibi   og‘ir,   zich   tuproqlarning   suv
o‘tkazuvchanligini oshirish uchun birinchi navbatda yerga organik o‘g‘itlar solish
va   yerga   ishlov   byerishni   tabaqalashtirish,   uning   fizik-kimyoviy   xossalarini
yaxshilash zarur.
Qumoq   tuproqlarnipg   suv   o‘tkazuvchanligi,   odatda,   yuqori   bo‘ladi.   Bunday
tuproqlarning   suv   rejimini   yaxshilash   uchun   yerga   organik   o‘g‘itlar   solish   bilan
birga tuproqning nam sig‘imini oshirish lozim.
Tuproqdan   nam   bug‘lanishini   kamaytirishda   va   nam   saqlashda   yerlarni
mulьchalash ham yaxshi samara byeradi. Bunda yerning beti xar xil narsalar yoki
polietilen   plyonka   bilan   to‘liq   yoki   qisman   bekitiladi.   Bu   tadbir   begona   o‘tlarga
ham salbiy ta’sir etadi.
Tuproqning   suv   rejimini   yaxshilash   tadbirlari   orasida   ahamiyatga   molik
sug‘orishda   zamon   talabiga   javob   byeradigan   yangi   sug‘orish   texnologiyalarini
kirib kelishi bu muommoning echimini topishga imkon yaratadi. Bunday sug‘orish
texnologiyalardan   yomg‘irlatib   sug‘orish   texnologiyasi,   tomchilatib   sug‘orish
texnologiyasi,   tuproq   ostidan   sug‘orish   texnologiyasi,   g‘o‘zani   qator   orasiga
plyonka   to‘shab   sug‘orish,   g‘o‘zani   tuproq   orasidan   su’niy   quvurlar   yordamida
sug‘orish, egatlarni somon bilan mulьchalab sug‘orish va boshqalaridir. Tajriba  yakunlari   ko‘rsatdiki,  g‘o‘za  mutlaq  nazoratga nisbatan  usullarda
sug‘orilganda,   ayniqsa,   egat   tashlab   sug‘orilganda,   suv   sarfi
40-50   %   ga   kamayadi,   irrigatsiya   yeroziyasi   butunlay   bartaraf   bo‘ladi,
minyeral   o‘g‘itlar   samaradorligi   25-30   foizga   oshadi,   atrof-muhit   toza
saqlanadi,   ikkilamchi   sho‘rlanish   kamayadi,   tuproq   unumdorligi   oshadi,
g‘o‘za   hosili   sezilarli   darajada   ko‘payadi   va   hosil   sifati   yaxshilanadi,
sug‘orishni to‘liq avtomatlashtirish imkoniyati yaratiladi va boshqalar.
Tajribaning   an’anaviy   usulida   bu   ko‘rsatkich   178,6   m 3
  bo‘lgan   bo‘lsa,
diskret  usulida  90,8-112,0  m 3  
ni, tomchilatib  sug‘orilgaida  56.5  m 3
  ni, plyonka
ustidan   sug‘orilganda   44,1-48,1   m 3
  ni,   yomg‘irlatib   sug‘orilganda
97,8 m 3
 ni tashkil etdi.
Mutlaq   nazoratga   nisbatan   suv   iste’moli   koeffitsienti   egat   tashlab
sug‘orilganda   58,0   m 3
,   diskret   usulida   sug‘orilganda   66,0-87,8   m 3
,   tomchilatib
sug‘orilganda   107,9-122,1   m 3
,   plyonka   ustidai   sug‘orilganda   130,5-134,5
yomg‘irlatib sug‘orilganda esa 80,8 m 3
 ga kamaydi. 
Egatlarga  to‘shalgan  plyonkalar  orqali  sug‘orish.   O‘zPITI ning Jizzax  filiali
(Oqbuloq   tajriba   xo‘jaligi)   ning   sizot   suvlari   chuqurda   joylashgan   yerlarida
g‘o‘zaning   S-4727   va   AN-Boyovut-2   navlarini   sug‘orish   bo‘yicha
A.G.Bezborodov   (2001)   rahbarligida   olib   borilgan   tajribalar   quyidagilarni
ko‘rsatdi:   plyonka   to‘shalmagan   odatdagi   usulda   g‘o‘za   4   marta   2850   m 3
/ga
umumiy  me’yorda   sug‘orilganda   gektaridan   36,5ss.   dan   hosil   etishtirilgan   bo‘lsa,
qator oralatib plyonka orqali sug‘orilganda bu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 1600
m 3
/ga va  41,4ss.   ni   tashkil   etgan,  ya’ni   mavsumiy  sug‘orish  me’yori   1250 m 3
/ga.
ga kamaygan, hosildorlik esa 4,9ss/ga. ga ortgan. Sizot suvlar yer yuzasiga yaqin
joylashgan sharoitda esa g‘o‘zani 1 marta sug‘orish kifoya qilgan bo‘lib, odatdagi
usulda   sug‘orilganda   750–840   m 3
/ga   suv   sarflagan   holda   gektaridan   26,4–32,2ss.
dan   paxta   etishtirilgan.   Qator   oralatib   plyonka   orqali   sug‘orilgan   variantda   bu
ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 410–550 m 3
/ga va 31,1–36,0ss. ni tashkil etgan, har
bir   egatdan   plyonka   orqali   sug‘orilganda   esa   410   m 3
/ga   va   53,4ss/ga.   dan   hosil
olingan. Fyermyer   xo‘jaliklarida   qator   oralari   chopiq   qilinadigan   ekinlarni
plyonka   orqali   egatlab   sug‘orish   suvdan   tejamli   foydalanish   imkoniyatini
yaratish   bilan   birgalikda   tuproqning   qulay   suv   rejimini   yaxshilaydi,   ustki
qatlamini g‘ovak bo‘lishini va ekinlar hosildorligini ortishini ta’minlaydi.
Egatlarga   yopiq   tarmoqlar   yordamida   suv   taqsimlashda   qattiq,   yarim
qattiq   quvurlar   va   egiluvchan   shlanglardan   foydalanish   sug‘orishda   ish
unumdorligini,   yerdan   va   suvdan   foydalanish   koeffitsientlarini   oshirishga,
suvchining   mehnat   gigienasini   va   sug‘orish   sifatini   yaxshilashga   olib   keladi.
Tabiiy   xo‘jalik   sharoitlarga   bog‘liq   holda   ko‘chmas,   yarim   ko‘chma   va
ko‘chma suv taqsimlash tizimlari qo‘llaniladi . 6
 
G‘o‘zani   tuproq   orasidan   su’niy   quvurlar   yordamida   sug‘orish .   Suvdan
unumli va tejab-tyergab foydalanish imkonini byeradigan, oziqa moddalar yuvilib
ketishini   kamaytiradigan,   suvni   zarur   paytda   o‘simlik   ildiz   tizimiga   etkazib
byeradigan,   namni   uzoq   saqlaydigan,   egatlarni   boshidan   oxirigacha   tekis
namlaydigan,   fyertigatsiya-o‘g‘itlarni   sug‘orish   suvi   bilan   bevosita   o‘simlik   ildiz
qismiga  byeradigan,  tuproqni  suv  yeroziyasidan  saqlaydigan   usul  g‘o‘zani  tuproq
orasidagi sun’iy quvurlar (krotovinlar) yordamida sug‘orish usulidir.
Olib   borilgan   tadqiqotlar   ko‘rsatadiki,   mavsumiy   sug‘orish   me’yori   nazorat
variantida   4602-5942  m3/ga  ni  tashkil   etgan  bo‘lsa,   sun’iy  quvurlar  hosil   qilinib,
sug‘orilgan   variantlarda   3124-4410   m3/ga   bo‘ldi.   Tejalgan   suv   miqdori   780-822
m 3
/ga yoki 15,7-20,7 foizni tashkil etdi.
G‘o‘za   o‘simligining   vilt   bilan   zararlanishni   kamaytirishda   yerni   har   xil
chuqurlikda   sun’y   quvurlar   bilan   sug‘orish   ijobiy   natija   byerdi.   CHunonchi,
nazorat   variantida   3   yilda   o‘rtacha   28,3   foiz   g‘o‘za   vilt   bilan   zararlangan   bo‘lsa,
o‘g‘itlar traktor bilan byerilib, sun’iy quvurlar hosil qilinib, sug‘orish variantlarda
bu   ko‘rsatkich   9,1-   17,5   foizni   tashkil   etdi.   Bunda   eng   kam   zararlanish   sun’iy
quvurlar chuqurligi 22-25 sm. bo‘lgan variantda (9,1 foiz) kuzatildi. O‘g‘itlar suv
bilan yeritilib byerilgan variantlarda 12,3- 19,5 foiz g‘o‘za vilt bilan zararlangani,
6
  Шамсиев А., Безбародов Г.А., Эсанбеков Ю. “Ғўза ва кузги буғдойни суғоришнинг сув тежовчи
технологияси” ЎзПИТИнинг  халқаро илмий-амалий конференция материаллари Тошкент, 2006 й.
315-317 бет. bunday   eng   kam   zararlanish   sun’iy   quvurlar   chuqurligi   22-25   sm.   bo‘lgan
variantda qayd etildi.
Hosildorlik   nazorat   variantida   o‘rtacha   32,1ss/ga   ni   tashkil   etdi,   sun’iy
quvurlar   chuqurligi   32-35   sm.   bo‘lgan,   o‘g‘itlar   traktorda   byerilgan   variantda
34,4ss/ga  hosil  olinib, o‘g‘itlar   suvda  yeritilib,  fyertigatsiya  yo‘li   bilan byerilgan,
ya’ni sun’iy quvur chuqurligi 32-35 sm. bo‘lgan variantda eng yuqori (36,9ss/ga)
paxta hosili olishga yerishildi.
G‘o‘za egatlarini somon bilan mulьchalab sug‘orishning paxta hosildorligiga
ta’siri.   Toshkent   viloyatining   tipik   bo‘z   tuproqlar   sharoitida   2006-2008   yillarida
g‘o‘zani qabul qilingan oddiy va diskret  usullarni  solishtirib sug‘orish natijasida
egatlab sug‘orish usuli elementlarini takomillashtirish, suvni tejash, qator orasiga
ishlov   byerishni   maromlashtirish,   tuproqning   bir   tekis   namlanishini   ta’minlash,
maqsadida dala tajribasi olib borilgan.
Tajribada   “Namangan   -77”   g‘o‘zani   navi   ekilgan.   Maydoni   1   gektar,   egat
uzunligi   100   m,   qator   orasi   60   sm,   bo‘lgan   8   ta   variantdan   iborat,   uch
qaytariqdan, bir yarusda joylashtirilib olib borilgan.
Bunda   eng   yuqori   paxta   hosili   g‘o‘za   qatori   orasini   kuzgi   bug‘doy   somoni
bilan   mulьchalab   sug‘orilgan   variantlarida   (38-40,4ss/ga)   kuzatilgan.   G‘o‘zani
o‘suv davrida qator orasini somon bilan mulьchalab diskret usulida sug‘orilganda
paxta hosili 40,4ss/ga. ni tashkil etgan, yoki nazorat variantiga nisbatan 6,5ss/ga
qo‘shimcha   hosil   olingan.   G‘o‘za   qator   orasini   somon   bilan   mulьchalab   doimiy
oqim bilan sug‘orilganda ham paxta hosili nazoratga (1-var.) nisbatan 4,1ss/ga ga
yuqori  bo‘lgan. G‘o‘za  diskret  usuli  bilan sug‘orilgan variantlarda,  doimiy oqim
bilan   sug‘orilgan   variantlarga   (4-var)   ko‘ra   qo‘shimcha   2,4ss/ga   hosil   olingan
(1.10-jadval).
G‘o‘za o‘suv davrida doimiy oqim bilan (1, 2, 3- var) va diskret (5, 6, 7-var)
usulida   sug‘orilganda   5   marta   1-3-1   tizimda   sug‘orilgan.   Bunda   birinchi   holda
sug‘orish   me’yori   (1,   2,   3-   variantlarda)   630   dan   960   m 3
/ga.   gacha   bo‘ldi.
Mavsumiy   suv   sarfi   miqdori   3150-4800   m 3
/ga.   ga   teng   bo‘lgan.   Diskret   usul
qo‘llanilgan   (5,   6,   7-)   variantlarda   sug‘orish   me’yori   535   dan   840   m 3
/ga, mavsumiy   esa   2675-4200   m 3
/ga.   ni   tashkil   etgan.   Amal   davrida   g‘o‘za   diskret
texnologiyasi   orqali   sug‘orilganda   aniqlangan   suv   me’yori   3   taktda   (impul’s)
byerilgan,  o‘rtacha   birinchi  taktda  umumiy  suv   me’yori  55-60%   4,9-  6,4  soatda,
ikkinchi   taktda   25-30%   2-3,7   soatda   va   uchinchi   taktda   10-20%   1,1-2,1   soatda
byerilgan. Diskret texnologiyasi orqali sug‘orilganda o‘rtacha 475-600 m 3
/ga suv
tejalgan . 7
G‘o‘za o‘suv davrida doimiy oqim bilan (1, 2,3- var) va diskret (5, 6, 7-var)
usulida   sug‘orilganda   5   marta   1-3-1   tizimda   sug‘orilgan.   Bunda   birinchi   holda
sug‘orish   me’yori   (1,   2,   3-   variantlarda)   630   dan   960   m 3
/ga.   gacha   bo‘ldi.
Mavsumiy   suv   sarfi   miqdori   3150-4800   m 3
/ga.   ga   teng   bo‘ldi.   Diskret   usul
qo‘llanilgan   (5,   6,   7)   variantlarda   sug‘orish   me’yori   535   dan   840   m 3
/ga,
mavsumiy   esa   2675-4200   m 3
/ga.   ni   tashkil   etdi.   Amal   davrida   g‘o‘za   diskret
texnologiyasi   orqali   sug‘orilganda   aniqlangan   suv   me’yori   3   taktda   (impulьs)
byerilgan,  o‘rtacha   birinchi  taktda  umumiy  suv   me’yori  55-60%   4,9-  6,4  soatda,
ikkinchi   taktda   25-30%   2-3,7   soatda   va   uchinchi   taktda   10-20%   1,1-2,1   soatda
byerildi.   Diskret   texnologiyasi   orqali   sug‘orilganda   o‘rtacha   475-600   m 3
/ga   suv
tejalgan.
1.10-jadval
G‘o‘za egatlarini somon bilan mulьchalab sug‘orishning paxta hosildorligiga
ta’siri (G.A. Bezborodov, B.S Kamilov, M.YU Esanbekov, 2011 yil)
Var. Sug‘orish
texnologiyasi CHDNS
ga
nisbatan%
hisobida Hisob
qatlami,
Sm Hosild
orlik,ss
/ga
a) doimiy oqim bilan sug‘orish usuli
1 Traktor g‘ildiragi yurgan egatlardan qator
oralatib sug‘orish. 70-70-60 70-100-70 33,0
2 Traktor g‘ildiragi yurmagan egatlardan 70-70-60 70-100-70 35,4
7
  Шамсиев А., Безбародов Г.А., Эсанбеков Ю. “Ғўза ва кузги буғдойни суғоришнинг сув тежовчи
технологияси” ЎзПИТИнинг  халқаро илмий-амалий конференция материаллари Тошкент, 2006 й.
315-317 бет. qator oralatib sug‘orish
3 Navbatlab qator almashtirib sug‘orish 70-70-60 70-100-70 34,2
4 Somon to‘shalgan egatlardan qator
oralatib sug‘orish 70-70-60 70-100-70 38,0
b) diskret sug‘orish usuli
5 Traktor g‘ildiragi yurgan egatlardan qator
oralatib sug‘orish 70-70-60 70-100-70 34,5
6 Traktor g‘ildiragi yurmagan egatlardan
oralatib sug‘orish 70-70-60 70-100-70 36,8
7 Navbatlab qator almashtirib sug‘orish 70-70-60 70-100-70 36,4
8 Somon to‘shalgan egatlardan qator oralatib
sug‘orish 70-70-60 70-100-70 40,4
G‘o‘zani   o‘suv   davrida   doimiy   oqim   va   diskret   usuli   orqali   kuzgi   bug‘doy
somoni   bilan   mulьchalab   sug‘orilgan   variantlarda   (4   va   8   var)   6   marta
1-3-2   tizimda   sug‘orish   o‘tkazildi.   Doimiy   oqim   bilan   sug‘orilgan   variantlarda
sug‘orish me’yori 540-700 m 3
/ga tashkil etgan bo‘lsa, diskret oqimda esa 535-640
m 3
/ga   ga   teng   bo‘ldi.   Mavsumiy   suv   sarfi   me’yoriy   muntanosib   holda   3720   va
3525 m 3
/ga ni tashkil etgan.
Diskret   usuli   qo‘llanilib   va   egat   orasini   mulьchalab   sug‘orish   (8-var)
natijasida   nazoratga   (4-var)   nisbatan   mavsumiy   suv   195   m3/ga,   boshqa
variantlarga nisbatan esa (1, 2, 3-var) 450 m 3
/ga tejalganligi kuzatilgan.
Yomg‘irlatish   mashinalarida   sug‘orishning   katta   afzalliklaridan   biri
sug‘orish   me’yorlari   deyarli   50%   qisqartirilishi   va   shuningdek   sug‘orishda
mehnat unumdorligini ko‘tarilishidadir . 8
O‘zPITI   ma’lumotlari   shuni   ko‘rsatadiki,   DDA-100M   agregati   bilan
yomg‘irlatib   sug‘orish   usulida   paxta   hosili   2–3ss/ga   oshgan   va   suv   sarfi
50–60 foizga qisqargan, ish unumdorligi 4–5 ga. ni tashkil etgan. Jadvalda g‘o‘zani
egatlab   va   yomg‘irlatib   sug‘orish   bo‘yicha   olib   borilgan   tadqiqot   natijalari
8
  Тўраев   Р.А.   Қарши   чўли   оч   тусли   бўз   тупроқларида   кузги   буғдой   ва   такрорий   анғизга   экилган
ғўза навларининг суғориш тартиби. Автореферати Тошкент 2001 й umumlashtirilgan bo‘lib, unda yomg‘irlatib sug‘orish bir qancha afzalliklarga ega
ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi (1.11- jadval).
1.11-jadval
G‘o‘zani ikki xil usulda sug‘orish natijalari, (To‘raev A. 2001 yil)
Sug‘orish
usuli Sug‘orish
oldi tuproq
namligi, % Umumiy
sug‘orish
me’yori,
m 3
/ga Sug‘orish
me’yori,
m 3
/ga O‘rtacha
hosil,ss/ga Suvdan
foyd alanish
koeffitsenti,
m 3
/ga
Egatlar
orqali
sug‘orish 70-70-70 3317 829,0 26,5 125,7
YOm g‘ irlati
b  sug‘orish 70-70-70 1370 342,0 29,5 58,6
Sug‘orish   usullarini   takomillashtirish   va   ulardan   mos   keladiganlarni   tanlash
sug‘orish   suvlarini   ancha  tejali,  mehnat   sarfini  pasaytirish   o‘stirilayotgan  ekinning
hosildorligini   oshirishni   ta’minlaydi.   Sug‘oriladigan   eski   va   yangi   mintaqalar
sharoitida   suvdan   foydalanishning   ratsional   usullarini   joriy   etish   va   suvni   dalalar
bo‘yicha   taqsimlanadigan   mehnat   sarflarini   kamaytirish,   sug‘oriladigan
dehqonchilikning samarali rivojlantirishning asosiy talabidir.
G‘o‘zani   yopiq   tipda   qurilgan   o‘rtacha   suv   taqsimlagich   shahobchalaridan
egatlar   orqali   sug‘orishni   nishabi,   o‘rtacha   bo‘lgan   maydonlarga   ko‘ndalangiga
olingan   sug‘orish   sxemasi   bo‘yicha   amalga   oshirish   tavsiya   etiladi.   Bunda   yerga
yotqizilgan quvurlar 25-80 m uzunlikda quriladi.
Qarshi dashtidan g‘o‘zani sug‘orishda suvni sug‘orish egatlariga yangi usulda
etkazib   byerish   va   taqsimlash   bo‘yicha   olib   borilgan   kuzatilishlar   suvni   xo‘jalik
shahobchalari va sug‘orish egatlariga taqsimlash bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslanib,
byergan  mexanizatsiyalash  ishlarini  ishlab   chiqarishga  tezroq  joriy  etishni   taqozo
etadi.
Eng   yuqori   72,6;   77.6   %   rentabellikka   sug‘orish   yopiq   tipdagi   quvurlar   va
egiluvchan   shlanggalar   yordamida   o‘tkazilgan   va   egatlarga   suv   sekundiga   1   litr oqimda   byerilgan   maydonda   yerishildi.   Sug‘orish   suvlari   sarfi   etishtirilgan   har
birssentnyer   paxta   hosili   bo‘yicha   hisob   qilinganda   eng   past   ko‘rsatkich   212,8-
226,7 m 3
 yer ostida sug‘orish qo‘llanilgan maydonda kuzatiladi (1.12.-jadval).
Bunda  suvdan  foydalanish  koeffitsienti   ham  oshib,  etishtirilgan  harssentnyer
hosil   uchun   ketgan   suv   miqdori   tuproq   orasidan   sug‘orishdan
61,1-71,8   m 3
  ni   tashkil   qilgan   bo‘lsa,   egatlar   orqali   sug‘orishda   bu   miqdor
taxmincha 164 dan 223 m 3 
gacha boradi (1.13 -jadval).
1.12- jadval
G‘o‘zani yomg‘irlatib va egatlab sug‘orishlarning samaradorligi
(O‘zPITI ma’lumoti)
Sug‘orish usuli Mavsumiy
sug‘orish
me’yori, m 3
/ga S ug‘orish
me’yori,
m 3
/ga Hosil,ss/ga Suvga ehtiyoj
koeffitsienti, m 3
/ga
Egatlab 3317 829 26,5 125,2
YOmg‘irlatib 1370 342 29,5 58,6
1.13-jadval
Paxta hosiliga sug‘orish usulining ta’siri, (1990-1998 yy. Turaev A.)
Variantlar Sug‘orish
me’yori,
m 3
/ga Umumiy
sug‘orish
me’yori,
m 3
/ga Paxta hosildorligi,ss/ga
1-yil 2-yil 3-yil
Egatlar orqali  su g‘ orish (qator
orasi 90 sm) 1000 7210 39,1 39,7 35,1
Tuproq orasidan sug‘orish
(namiqtirish trubkalari 120sm
oraliqda) 500 2858 54,7 40,7 40,4
SANIIRI   olimlari   olib   borayotgan   ilmiy   tadqiqot   ishlari   natijasi   shuni
ko‘rsatadiki,   uzumzorlarni   tomchilatib   sug‘orishdagi   sug‘orish   me’yori   jo‘yaklab
sug‘organdagiga   qaraganda   30-40   %   kam,   kishmish   hosildorligi   gektaridan   129- 147ssentnyerga   etadi.   Bu   jo‘yaklab   sug‘orilgandagidan
40-50 % ko‘p demakdir (1.14-jadval).
Tomchilatib sug‘oriladigan mehnat samaradorligi 30 % ga qisqaradi. Paxtani
tomchilatib   sug‘orish   usulida   egatlab   sug‘orishga   nisbatan
1.9-2.1 barobar  suv tejaladi.  O‘rtacha sug‘orish me’yori  2883 m 3
  ni  tashkil  etadi.
Egatlab   sug‘orish   usulida   o‘ratcha   sug‘orish   me’yori   5600-6100   m.kubga   tashkil
etadi.   Paxtani   hosildorligi   23-26ss.ga   gektar   o‘rniga   38,1ss/ga   ni   tashkil   etib,
tomchilatib   sug‘orilganda   egatlab   sug‘orilganga   nisbatan   1.5   -1.8   barovariga
hosildorlik oshadi. O‘g‘it, yonilg‘i, mexanizm ehtiyot qismlari tejaladi.
1.14-jadval 
G‘o‘zani tomchilatib sug‘orishda suv sarfi va paxta hosildorligi (Jalilova
T. Matkarimov J., NPO SANIIRI Xorazm bo‘limi, 2007-2009 yy.)
Variantlar Su g‘ orish
me’yori, m 3
/ga Suv
tejash, % Hosildorlik,ss/
ga q o‘ shimch
a hosil,ss/ga
1-nazorat
egatlab
su g‘ orish 6100 - 26,0 -
2-
tomchilatib
su g‘ orish 2883 50-55 38,1 12,1
Paxtani   tomchilatib   sug‘orish   usulida   egatlab   sug‘orishga   nisbatan
1,9-2,1   barobar   suv   tejaldi.   O‘rtacha   sug‘orish   me’yori   2883   m 3
/ga   ni   tashkil   etdi.
Egatlab   sugorish   usulida   o‘rtacha   sug‘orish   me’yori   5600-6100   m/ga   tashkil   etdi.
Paxtani   hosildorligi   23-26ss/ga.     o‘rniga   38,1ss/ga   ni   tashkil   etib,   tomchilatib
sug‘organda egatlab sug‘orishga nisbatan 1,5-1,8 barobarga hosildorlik oshdi, o‘g‘it,
nilgi,   mexanizm   ehtiyot   qismlari   tejaldi,   sug‘orish   avtomatlashtirilishi   hisobiga   qo‘l
kuchi sarfi qisqardi.
Albatta   yuqorida   keltirilgan   kamchiliklar   bartaraf   etilsa,   hosildorlik   1,5-2,5
barobarga ko‘payishi va suv 50-55 % ga iqtisod qilinishi mumkin. Surxon-SHyerobod   dashtidagi   taqirli-o‘tloqi   tuproqlarda   B.Jo‘raqulov   va
SH.Mirzaev   (2001)   tomonidan   g‘o‘zani   har   xil   sug‘orish   texnikalari
samaradorligini   oshirish   bo‘yicha   maxsus   ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borilgan
bo‘lib,   bunda   sug‘orish   me’yorlari   egatlab   sug‘orishdagiga   nisbatan
50–60   foizga   kamaygan.   SHuningdek,   egat   uzunligi   bo‘ylab   tuproqning   bir   xil
chuqurlikda   namiqtirishga   yerishilgan,   o‘simlikning   o‘sib   rivojlanishi
yaxshilangan va gektaridan qo‘shimcha 8–12ss. dan hosil olingan (1.15- jadval).
Suvning joylashuv  jadvali:  Suvni topish uchun kalitlar CHakrapani  o‘zining
“Visva   Vallava”   asarida   yerning   turish   qatlamlaridagi   suv   shakllari   haqida
batafsil   ma’lumot   byergan.   Bahorda   suv   tog‘lardan,   daraxtlar   ildizida,   yer   osti
artyeriyalar   (ba’zan)   orqali   pastki   qatlamlarga   tushadi.     Ba’zi   joylarda   hamma
artyeriyalar   ko‘rinarli   bo‘lib   g‘orlarda   tugaydi.   Toshli   joylarni   ham   qazib
ko‘rilsa, tosh plitkalarning tagida ham albatta ko‘p miqdorda suv bo‘ladi.
Agar   rotang   (Vetasa)   daraxti   suv   havzasi   bo‘lmagan   yerda   o‘sib   turgan
bo‘lsa u yerda uch tirsak g‘arbga qarab yurilsa albatta namlik bo‘ladi.  Agar fikus
oppositcfolia har qanday turdagi  suv hovuzi bo‘lmagan joyda o‘sib turgan bo‘lsa
uch   tirsak   harbga   tomon   yo‘nalishdagi   masofada   suv   yo‘li   bo‘ladi,   suv   yer
yuzasidan ikki, ikki yarim odam bo‘yichuqurlikkacha bo‘ladi.
Qasrda Udumbarika daraxti o‘sib turgan bo‘lsa uning tevaragida uch tirsak
(1,0-1,5 m) masofadagi  va ikki yarim odam bo‘yi chuqurlikkacha ko‘rinmaydigan
suv yo‘li bo‘ladi . 9
1.15- jadval
Sug‘orish texnikasiga bog‘liq holda paxta hosildorligi 
(Jo‘raqulov B., Mirzaev SH., 2001)
Sug‘orish texnikasi Hosil,
s/ga Qo‘shimcha hosil
s/ga foiz
Egatlab sug‘orish 32,0 - -
Egat oralatib sug‘orish 33,2 - -
Tomchilatib sug‘orish:
9
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 153
бет. har bir egatdan
egat oralatib 42,2
38,0 10,2
4,8 31,8
14,5
Plyonka to‘shama ustidan sug‘orish:
har bir egatdan
egat oralatib 44,0
41,1 12,0
8,2 37,5
24,7
YOmg‘irlatib sug‘orish 30,5 -1,5 -4,7
Transpiratsiya-bu   jarayon,   suvni   o‘simlik   tanasi   orqali   atmosfyeraga   bug‘
holatda   o‘tishidir.   Transpiratsiya- bu   tirik   o‘simlik   tanasidan,   asosan   bargi   orqali
suvni   atmosfyeraga   bug‘latish   jara-yonidir.   Bunda   uzluksiz   ravishda   tuproqdagi
suvni   o‘simlik   ildizi,   tanasi   va   bargi   orqali   atmosfyeraga   o‘tishi   ro‘y   byeradi.
Transpiratsiya tezligi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
 Suvni bug‘latish uchun kyerakli enyergiya ;
 Atmosfyerada suv bug‘ining konsentratsiya gradienti ;
 Bunga iqlim, tuproq va o‘simlik omillari ta’sir ko‘rsatadi. 
 Iqlim omillari–yorug‘lik intensivligi, harorat va shamol . 
Tuproq   omillari–strukturasi   (tuzilishi) ,   fil ь tratsiya   darajasi,   suv   singdirish
sig‘imi, dala nam sig‘imi, nam singdirish va h. k.
Suv pardasining tobora yo‘g‘onlashish doirasi
Жуда ингичка 
қатламнинг 
таранглашиши – 10000 
атмосфера 4-rasm. Tuproq suvlarining shakllari.
O‘simlik   omillari   –   ildiz   tizimi,   barg   maydoni,   barg   sathi,   barg   tuzilishi,
stomatol xaraktyeri va h. k. lar
Evapotranspiratsiya   yoki   iste’molda   foydalanish - bu   ma’lum   qismdagi
bug‘lanish   va   transpiratsiya   natijasidagi   yuqo-tilgan   suv   miqdorini   ajratish   qiyin
sanaladi.   SHuning   uchun,   bu   ikki   jarayon   birgalikda   evapo-traspiratsiya   (ET)
tyermini bilan nomlanadi. Bu ikki xil yo‘qotish, o‘simlikning o‘sishi uchun sarfla-
nadigan suv miqdori va shuningdek ularni umumiy (yig‘indi) suv iste’moli (SI) deb
atash mumkin. 
Suv   iste’moliga   o‘simlik   iste’mol   qilgan   barcha   suvlar,   va   o‘simlik   ekilgan
maydondagi tuproq va suv yuzasidan bug‘langan suvlar kiradi
Bilvosita yoki oldindan aytish (prognozli) yondoshuv:
(a)   Muhim   bosqich   yoki   fenologik   bosqich   yondoshuvi   –   ekinning   bir   yillik
o‘suv davrini to‘rt bosqichga ajratish mumkin
 Dastlabki bosqich:- ekishdan-10 % maydonni qoplaguncha. 
 ekin rivojlanish bosqichi: 10-70% maydonni qoplaguncha. 
 O‘rta vegetatsiya bosqichi: gullashdan don hosil bo‘lish bosqichi. 
 kech vegetatsiya bosqichi: pishishdan to o‘rim-yig‘imgacha davr bosqichi.Тупроқ эритмаси интерфейс
Тупроқ эритмаси
Сув (гигроскопик сув) Йўғон қатламнинг 
тарнглашиши – 1/3 
атмосфера
Капилляр сув
Гигроскопик коэффициенти 31 
атмосфера атрофида
Айрим энг кичик майда заррачалар 
оралиғидаги бўшлиқлардаги сувлар 
(гравитацион сув)  Qaysi bosqichda suv etishmasligi holatida hosilni  keskin kamayishi kuzatilsa
shu bosqich kritik (muhim) bosqich hisoblanadi. Bu bosqich shuningdek namlikka
taqchilligiga   sezgir   yoki   namlikka   talabchan   davr   deb   ham   ataladi.   Namlikka
talabchan yoki kritik davr davomida namlik etishmaslik holatiga bog‘liq ravishda
hosildorlik kamayib boradi. Boshqa  o‘sish bosqichlarida etarli suv va o‘g‘it bilan
ta’minlash   ham   kritik   davrda   yo‘qotilgan   hosilni   qayta   tiklashga   yordam
byermaydi.   Umuman   olganda   o‘rta   vegetatsiya   bosqichi   nam   taqchilligiga   eng
sezgir   davr   hisoblanadi,   chunki   bu   davrda   qisqa   vaqtdagi   suv   taqchilligi   hosilni
kamayishiga   sabab   bo‘ladi .   Karam,   salat   kabi   ko‘pchilik   sabzavot   ekinlari     unib
chiqishidan   to   yig‘ib   tyerib   olguncha   bo‘lgan   davrda   namga   juda   talabchan
hisoblanadi. 
Fyermyer   xo‘jaligida   urug‘   yoki   ko‘chatlarni   ekishda   va   ularni
joylashtirishda,   ularning   o‘suv   davri   yoki   namga   kritik   davrida   nam   bilan   eng
yaxshi ta’minlaydigan sug‘orishni rejalashtirish lozim, chunki bu davr eng muhim
davr   hisoblanadi.   Turli   xil   ekinlarda   namga   talabchan   yoki   kritik   davr   xar   xil
bo‘ladi, quyida ekinlarning namga kritik davri byerilgan. 10
10
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 155 -
156 бетлар. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU. TUPROQNING SUV REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI Reja: 1 . Tuproqdagi namlikning asosiy manbalari. 2. O‘simlik hayotidagi suvning ahamiyati 3.Tuproqdagi suvning shakllari va uni o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi. 4. Tuproqning suv xossalari 5. Tuproqning suv rejimini yaxshilash tadbirlari

1. Tuproqdagi namlikning asosiy manbalari Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan hududlarida asosiy suv manbai daryolar hisoblanadi. O‘zbekistonning CHirchiq, Angren, Norin, Qoradaryo, Aris va boshqa daryo irmoqlari qo‘shiladigan-Sirdaryo hamda Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Kofirnixon, Panj, Vaxsh kabi daryo irmoqlaridan hosil bo‘ladigan Amudaryo suv bilan ta’minlaydi. Asosiy suv manbalari bilan birga yog‘in-sochin, sizot hamda sug‘orish suvlari va boshqalar tuproqdagi namlik manbalari hisoblanadi. Bu manbalar respublika hududida bir xilda taqsimlanmagan. SHu bilan birga tuproqdan namning bug‘lanish miqdori ham har xil. SHunga ko‘ra, Respublika dehkonchiligi sug‘oriladigan va lalmi dehqonchilikka bo‘linadi. Respublikaning tekislik hudidida asosan sug‘oriladigan dehqonchilik taraqqiy etgan bo‘lsa, adirlik, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida dehqonchilik asosan kech kuz, yerta bahor va qish oylarida tushadigan yog‘ingarchilik hisobida amalga oshiriladi. Ushbu hududlarda deg‘qonchilik yog‘in suvlarini to‘plash, saqlash va ulardan o‘simlikning vegetatsiya davrida to‘g‘ri foydalanishdan iborat. Respublika sharoitida yog‘ingarchilikning asosiy qismi qishda va bahorda qisman kuzda tushadi, yoz oylari deyarlik yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Dehqonchilik hududlarida asosan kech kuz, qish va bahordagi yog‘ingarchiliklar hisobiga tuproqda nam to‘plash imkoniyati bo‘ladi. SHuning uchun agrotexnika tadbirlari tuproqda iloji boricha ko‘p nam to‘plashga va ekilgan urug‘ni tuproqning tabiiy namiga undirib olishga qaratilishi kyerak. Keyinchalik esa o‘simliklarni suvga bo‘lgan talabi sug‘orish suvlari hisobiga qondiriladi. Tuproq va o‘simlik uchun namlik juda muhimdir. O‘simlik suv bilan etarli ta’minlangandagina unda o‘sish, rivojlanish jarayonlari yaxshi o‘tadi. Tuproq zarralari atrofida hosil bo‘lgan yupqa suv pardasi kapillyar g‘ovakliklar orqali adgeziya, kogeziya va yuqori bosim chegaralariga ajratiladi. 2. O‘simliklar hayotidagi suvning ahamiyati

Suv o‘simlik hayotidagi barcha jarayonlarda – fiziologik, kimyoviy va biokimyoviy – bevosita ishtirok etadi. Suv molekulasidagi kislo rod va vodorod organik moddalar sintezida «qurilish matyeriali» bo‘lib xizmat qiladi. Suvni barglar orqali bug‘lanishi – transpiratsiya natijasida o‘simlik tanasining harorati boshqariladi. Bunda o‘simlik to‘qimalarining harorati 5–7 o S gacha pasayadi. Suv o‘simliklar hayotida mexanik vazifani ham bajaradi: suv bilan to‘yingan o‘simlik turgor holatida, aks holda plazmoliz (so‘ligan) holatda bo‘ladi. Suv o‘simliklar hayotida birinchi darajali ahamiyatga ega. Vaholanki, tirik organizmdagi biron-bir hujayrani suvsiz tasavvur etish qiyin. Masalan, makkajo‘hori, boshoqli don ekinlari va pomidor tarkibida suv tegishlicha 70, 87 va 95 foizni tashkil etadi.ssitoplazmaning 75–85 foizi suvdan iborat. Suv tuproqdagi oziq moddalarning yerishi, o‘simlik tanasiga so‘rilishi va harakatlanishida katta rolь o‘ynaydi. O‘simlik suv bilan etarli darajada to‘yingandagina unda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar uchun mo‘‘tadil sharoit yaratilgan bo‘ladi, aksincha, suv bilan etarlicha ta’minlanmaslik oqibatida ushbu jarayonlar izdan chiqib, o‘simlik organizmini qarishiga sabab bo‘ladi. Suvni me’yoridan ortiqcha bo‘lishi esa o‘suv davrini uzayishi va reproduktiv fazalarni o‘tishini kechikishiga olib keladi. Xullas, suv tuproq, o‘simlik va atmosfyera birligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Adgeziya- Tuproq zarralariga molikulyar tortilish kuchi ta’siri tufayli hosil bo‘lib, yupqa pardali suvlardan iborat bo‘ladi va tuproq zarralari yuzasiga singdirilish natijasida kuzatiladi. SHimilish- Tuproq zarralari molekulyar kuch ta’sirida ma’lum yuqoridagi suvni o‘ziga yutishi mumkin. Bunday suvni zarralar kuch bilan tortgandan ular qalin parda holida tuproq zarrasini qoplab turadi. YUqoriga tortish- Katta bosim natijasida pastdan yuqoriga tortiladi. Namlanish chegarasi metr yoki santimetrda ifoda etiladi. Natijada suv, havo nisbati aniqlanadi. Suvning yuqoriga ko‘tarilish kuchi

va balandligi kapillyarlarning diametriga bog‘liq. Kapillyar diametri qanchalik kichik bo‘lsa suv shunchalik tez va yuqori ko‘tariladi. Tuproqning nam sig‘imi- Tuproqning nam sig‘imi tuproq zarralari va qatlamlari orasida namni ushlab qolish qobilyatidir. Bosim natijasi-da hosil bo‘lgan namlik darajasi yoki shimilish ko‘rsatkichi quyidagi tyerminlarda ifoda etiladi 1 . 1 atmosfyera bosimi =1036 sm suv bosimiga yoki 76,39 sm rutut ko‘rsatkichi bir bar=10,23 sm suv bosimiga Suv tuproq unumdorligining eng muhim omilidir. Suv tuproqda organik moddalarning to‘planishiga, uning fizik-kimyoviy xossalari yaxshilanishiga va dexqonchilikda qo‘llanilayotgan agrotexnika tadbir-larining sifatiga jiddiy ta’sir etadi. Tuproqda namning me’yorda bo‘lishi, unda sodir bo‘ladigan foidali jarayon rivojlanishiga va tuproq unumdorligining ortishi uchun qulay sharoit yaratishga imkon byeradi. Tuproqqa tushgan urug‘ bo‘rtishidan boshlab, hosil pishggacha o‘simliklarga suv kyerak (1.3-jadval). O‘simliklar tarkibida 80-90 % gacha suv bo‘ladi. O‘suv davrida o‘simliklar bu suvning asosiy qismini bug‘lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o‘simliklar butun vegetatsiya davomida o‘zlashtirgan suvning atigi 0,01—0,03% ni o‘z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi. 1.3-jadval Urug‘larning unib chiqishi uchun zarur suv mikdori (urug‘ vazniga nisbatan % hisobida) 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy 2010. р. 253.

Ekin turlari Suv miqdori Ekin turlari Suv miqdori Tariq 25,0 Suli 59,8 Makkajo‘hori 44,0 CHigit 60,0 Bug‘doy 45,0 Zig‘ir 100,0 Arpa 48,2 Ko‘k no‘xat 106,8 Beda 56,3 Qizil sebarga 117,3 Javdar 57.5 Qand lavlagi 120,3 O‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi ularning rivojlanish fazalariga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, kuzgi bug‘doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo‘hori gullash va doni sut pishiqligi fazasida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g‘o‘za gullash va meva tugish davrida suvni eng ko‘p talab qiladi. Ko‘p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo‘ladi. G‘o‘za bir sutkada sarflaydigan o‘rtacha suv miqdori 1.4- jadvalda keltirilgan. G‘o‘za ayniqsa gullash va hosil tugish davrida eng ko‘p suv sarflashi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdi. O‘simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o‘zlashtirib, uni organizmi orqali atmosfyeraga bug‘latib turishi transpirats i y a , quruq moddalar hosil qilishi uchun sarflagan suv miqdori transpiratsiya koeffitsienti deyiladi. Ba’zan bu miqdor quruq moddalarning suv ekvivalenti (qiymati) deb ham yuritiladi. O‘simliklarning transpiratsiya koeffitsienti juda o‘zgaruvchan bo‘lib, uning mikdori yog‘in-sochin, havo harorati, uning nisbiy namligi, shamol, tuproq namligi, tuproq yeritmasi-ning konsentratsiyasi, o‘simliklar navi va boshqalarga bog‘liq. 1.4-jadval G‘uzaning sutkalik o‘rtacha suv sarfi va quruq moddalar hosil bo‘lishi (Rijov ma’lumoti) Ko‘rsatkichl ar 5- 15/ 15- 25/ 25/ VI- 5/ VII- 15/ VII- 25/ VII- 4/VIII- 14/VIII 14/ VIII- 27/ VIII-