logo

USTAV KAPITALINI SHAKLLANTIRISH HISOBI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.208984375 KB
USTAV KAPITALINI SHAKLLANTIRISH  H ISOBI
Reja:
1.Ustav kapitali hisobi . 
2.Qo’shilgan kapital hisobi .  
3.Rezerv (zaxira) kapitali hisobi . 1.Ustav kapitali hisobi .
Fondlar,   kapital   va   rezervlarni   hisobga   olish   buxgalteriya   hisobining   ikki
yoklamali yozuv usulida yuritish qoidasiga mos keladi. Chunki fondlar, kapital va
rezervlar korxona aktivlarining manbalarini, ya’ni o’z mablag’larining manbalarini
ifodalaydi.
Fond   so’zi   lotin   tilidagi   «fondus»   so’zidan   olingan   bo’lib,   o’zbek   tilida
«asos»   degan   ma’noni   bildiradi.   Buxgalteriya   hisobida   fondlar   ma’lum   bir
aktivlarning manbalarini, ya’ni  asosini  bildiradi. Bundan  tashqari  fondlar  ma’lum
maqsadlar uchun tashkil etiladi va faqat shu maqsadlar uchun ishlatiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to’g’risida qonunning 1 9 -moddasiga binoan
korxona kapitali quyidagi tarkibga ega:
1. Ustav kapitali
 Qo’shilgan kapital
3. Zaxira kapitali
4. Taqsimlanmagan foyda
Ustav   kapitali   –   ta’sis   hujjatlarida   belgilangan   hissa   shaklida   qo’shiladigan   moddiy   va
nomoddiy  aktivlar   ta’sischilar  kelishuviga   yoki  yuridik   shaxs  ijroiya  organining  qaroriga  ko’ra
baholanadi va hisobga olinadi.
  Xususiy kapital maqsadli moliyalashtirishlar, grantlar va subsidiyalar hamda
kelgusi   davr   xarajatlari   va   to’lovlari   rezervi   bilan   birga   korxona   o’z
mablag’larining manbaini tashkil etadi.
Hisobning vazifalari:
1.Fondlar va rezervlarni belgilangan tartibda tashkil etilishini nazorat qilish.
Fondlar,   kapital   va   rezervlar   harakatini   o’z   vaqtida   va   to’g’ri   hisobga   olib
borish.
3.Rezervlarni   maqsadga   muvofiq   ishlatilishini   (hisobdan   chiqarilishini)
ta’minlash.
4.Fondlar, kapital va rezervlar holati va harakati to’g’risidagi axborotlar bilan
foydalanuvchilarni o’z vaqtida ta’minlash.
Ustav   kapitali   –   ta’sis   hujjatlarida   belgilangan   hissalarning   (pul   ifodasida)
yig’indisidir .   («Buxgalteriya   hisobi   to’g’risida»   qonun,   1 9 -modda).   Shuningdek, ustav   kapitalini   tashkil   bo’lish   tartibi   O’zbekiston   Respublikasining   qonunlari   va
ta’sis   hujjatlari   asosida,   tashkiliy-huquqiy   shaklga   mos   holda   tartibga   solinadi.
Ustav   kapitaliga   hissa   shaklida   qo’shiladigan   moddiy   va   nomoddiy   aktivlar
ta’sischilar   kelishuviga   yoki   yuridik   shaxs   boshqaruv   organining   qaroriga   ko’ra
baholanadi va hisobga olinadi.
Korxonada   ustav   kapitali   (fondi)ning   holati   va   harakati   to’g’risidagi
ma’lumotlar   passiv   schyot   bo’lgan   8300-«Ustav   kapitalini   hisobga   oluvchi
schyotlar»tarkibidagi quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8310-“Oddiy aksiyalar”
8320-“Imtiyozli aksiyalar”
8330-“Pay va ulushlar”.
8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti oddiy aksiyalarni  o’zida mujassamlashtirgan  aksiyadorlik
kapitalining holati va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Aksiyadorlik   jamiyati   davlat   ro’yxatidan   o’tkazilgandan   keyin   uning   ustav
kapitali emissiya prospektida ro’yxatga olingan summada 8310 “Oddiy aksiyalar”
schyotining   krediti   va   4610   “Ustav   kapitaliga   ulushlar   bo’yicha   ta’sischilarning
qarzlari” schyotining debetida aks ettiriladi.
8320   “Imtiyozli   aksiyalar”   schyoti   imtiyozli   aksiya   ko’rinishida   chiqarilgan   aksiyadorlik
kapitalining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Aksiyalar   8310   “Oddiy   aksiyalar”   va   8320   “Imtiyozli   aksiyalar”   schyotlarda   nominal
qiymatlari bo’yicha hisobga olinadi.
8330   “Pay   va   ulushlar”   schyoti   korxonaning   tashkiliy-huquqiy   shakllariga   asosan
qatnashuvchilarning  ulushlarini  o’zida  mujassamlashtirgan  ustav kapitalining  holati  va harakati
to’g’risidagi   ma’lumotlarni   umumlashtirish   uchun   mo’ljallangan.   Passiv   schyot   bo’lgan
8330-«Pay va ulushlar» schyoti korxonada ustav kapitali (fondi) hajmini bildiradi.
Davlat korxona s ida – ustav fondi shu korxonaga davlat tomonidan ajratilgan
asosiy va aylanma mablag’lar summasini yig’indisidan iborat bo’ladi.
Ulush kapitali – xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun, korxonani tashkil
etishda qatnashayotganlar qo’shgan ulushining summasidan iborat.
Pay   fondi   –   tadbirkorlik   faoliyatini   bir   martalikda   amalga   oshirish   uchun
ishlab chiqarish kooperativ (shirkat) a’zolarining pay badallari yig’indisidan iborat. Korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida
belgilangan   pay   va   ulushlaridan   tashkil   topadi   va   8330   “Pay   va   ulushlar”   schyotining   krediti,
hamda   4610   “Ustav   kapitaliga   ulushlar   bo’yicha   ta’sischilarning   qarzlari”   schyotining   debet
tomonida aks ettiriladi.
Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)ning bog’lanishi
  T/
r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi
Debet Kredit
1 Ta’sis hujjatlari asosida ustav kapitali shakllantirildi 4610 8310-8330
2 Foydaning   bir   qismi   ustav   kapitalini   ko’paytirishga
yo’naltirildi 8710 8310-8330
3 Foydalanilmagan   dividend   summalari   ustav   kapitalini
ko’paytirish uchun qo’shildi 6610 8310-8330
4 Korxona ta’sischilariga ulushlari qaytarildi 8330 6620
5 Aksiyalar sotib olinganda 8310 ,  83 2 0 8610, 8620
2. Qo’shilgan kapital hisobi .  
Oddiy   va   imtiyozli   aksiyalarni   sotishdan   olingan   summalarning   aksiyalar   nominal
qiymatidan   oshgan   miqdori   ko’rinishidagi   qo’shilgan   kapital   naqdligi   va   harakati   to’g’risidagi
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8410 “Emissiya daromadi”;
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi”.
8410   “Emissiya   daromadi”   schyoti   aksiyalarni   dastlabki   sotishda   nominal   qiymatidan
yuqori   bahoda   olingan   mablag’lar   to’g’risidagi   axborotlarni   umumlashtirish   uchun
mo’ljallangan. Ushbu mablag’lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib,
xususiy   aksiyalarni   bekor   qilishda   sotib   olish   qiymati   va   nominal   qiymati   o’rtasidagi   farq
qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi.
8410 “Emissiya daromadi” schyoti bo’yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan
olingan daromadlar bo’yicha alohida yuritiladi.
8420   “Ustav   kapitalini   shakllantirishda   kurs   farqi”   schyoti   ustav   kapitalini   shakllantirish
jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Ustav kapitalini
shakllantirish uchun berilgan valyuta va valyuta qiymatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish
sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha baholanadi. Valyuta va valyuta   qiymatliklarini   va   boshqa   mulklarni   baholash   ro’yxatdan   o’tkazish   sanasidagi   ta’sis
hujjatlarida   belgilangan   baholardan   farq   qilishi   mumkin.   Bunda   vujudga   kelgan   kurs   farqlari
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy
kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotining kreditida, salbiy kurs
farqlari   esa   mazkur   schyotning   debetida   aks   ettiriladi.   Kurs   farqlarini   bu   tartibda   hisobdan
chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi ta’sischilarning ulushining
o’zgarmasligiga imkon beradi.
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti bo’yicha analitik  hisob har bir
ta’sischi bo’yicha alohida yuritiladi.
Qo’shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar (8400) bog’lanishi
  T/
r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi
Debet Kredit
1 Aksiyalarning   nominal   va   sotish   baholari
o’rtasidagi   farq   sifatida   kelib   tushgan   pul
mablag’lari summasiga 5010-5530 8410
2 Qo’shilgan kapital mablag’lari xususiy aksiyalarni
bekor   qilishda   sotib   olish   va   nominal   qiymatlari
o’rtasidagi farqni qoplashga ishlatildi 8410 8610, 8620
3 Ustav   kapitalini   shakllanish   jarayonida   vujudga
kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olindi Mol-mulkni hisobga
oluvchi schyotlar 8420
3. Rezerv (zaxira) kapitali hisobi .
Rezervlar   korxonada   belgilangan   tartibda   ishlab   chiqarish   va   operasion
xarajatlarga   xarajatlarni   teng   miqdorlarda   qo’shish   uchun   tashkil   etilgan
summasini bildiradi. Rezervlarni tashkil etish tartibi «Xarajatlar tarkibi to’g’risida
Nizom»ga   asosan   amalga   oshiriladi,   ya’ni   korxona   xarajatlari   hisobidan   tashkil
etadi.
Korxona   ta’sis   hujjatlariga   asosan   foyda   hisobidan   shakllantiriladigan   rezerv   kapitali,
mulkni   qayta   baholashdan   yuzaga   keladigan   inflyasiya   rezervlari,   pul   mablag’laridan   tashqari
tekinga   olingan   mulklar   to’g’risidagi   axborotlarni   umumlashtirish   8500-Rezerv   kapitalini
hisobga oluvchi schyotlar tarkibidagi quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510-“Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”
8520-“Rezerv kapitali”
8530-“Tekinga olingan mulk”. 8510   “Mulkni   qayta   baholash   bo’yicha   tuzatishlar”   schyotida   mulklarni   qayta   baholash
natijasida   vujudga   kelgan   o’zgarishlar   hisobga   olinadi.   Mulklarni   qayta   baholash   natijasida
rezerv   kapitalining   shakllanishi   va   to’ldirilishi   8510   “Mulkni   qayta   baholash   bo’yicha
tuzatishlar”   schyotining   kreditida   qayta   baholash   natijasida   qiymati   oshgan   mulklarni   hisobga
oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Agar   qayta   baholash   natijasida   mulklarning   qiymati   kamaysa,   kamaygan   summa   o’sha
mulkning   navbatdagi   qiymati   oshishi   hisobiga   to’ldiriladi   va   u   8510   “Mulkni   qayta   baholash
bo’yicha   tuzatishlar”   schyotining   debetida   aks   ettiriladi.   Shu   mulkning   avvalgi   qayta
baholashdagi   qiymatidan   oshgan   arzonlashtirilgan   summa   xarajat   sifatida   tan   olinadi   va   9430
“Boshqa operasion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.
Mulkni qayta baholash bo’yicha jamlangan summaning ta’sischilar o’rtasida taqsimlanishi
8510   “Mulkni   qayta   baholash   bo’yicha   tuzatishlar”   schyotning   debetida   6620   “Chiqib
ketayotgan   ta’sischilarga   ulushlari   bo’yicha   qarzlar”   schyoti   bilan   bog’langan   holda   aks
ettiriladi.
8520   “Rezerv   kapitali”   schyoti   korxona   tomonidan   ta’sis   hujjatlari   va   O’zbekiston
Respublikasi   qonunlariga   muvofiq   tashkil   etilgan   rezerv   kapitalining   holati   va   xarakati
to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Rezerv   kapitali   mablag’lari   korxona   zararlarini   qoplash   va   boshqa   qoplash   manbalari
bo’lmagan boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.
Rezerv   kapitalining   shakllanishi   8520   “Rezerv   kapitali”   schyotining   kreditida   8710
“Hisobot   davrining   taqsimlanmagan   foydasi   (qoplanmagan   zarari)”   schyoti   bilan   bog’langan
holda aks ettiriladi.
8530   “Tekinga   olingan   mulklar”   schyoti   korxona   tomonidan   tekinga   olingan   mulkni
hisobga olish uchun mo’ljallangan.
Tekinga   olingan   mulklar   8530   “Tekinga   olingan   mulklar”   schyotining   kreditida   korxona
mulklarini   hisobga   oluvchi   schyotlar   bilan   bog’langan   holda   aks   ettiriladi.   Tekinga   olingan
mulklar   qiymati   soliqqa   tortish   maqsadida   umumiy   korxona   umumiy   daromadiga   qo’shiladi.
Tekinga   olingan   mulklarni   soliqqa   tortish   tartibi   O’zbekiston   Respublikasi   soliq   qonunchiligi
bilan tartibga solinadi.
Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8500)ning boshqa schetlar bilan bog’lanishi
  T/
r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi
Debet Kredit
1 Rezerv   kapitali   hajmining   mulk   qiymatini   qayta
baholash natijasida ko’payishi 01 00,  07 0 0
0810 ,  06 0 0 8510
2 Mulkning   qiymatining   o’tgan   qayta   baholash 8510 01 00,  07 0 0 qiymatining   oshirilgan   miqdorigacha   kamaytirilishi
natijasida rezerv kapitalining kamayishi 0810 ,  06 0 0
3 Asosiy vositalar eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilganda
b) qiymati kamaytirilganda 8510
0211-0290 0211-0299
8510
4 Taqsimlanmagan   foyda   summasi   rezerv   kapitaliga
yo’naltirildi 8710 8520
5 Korxonani   tugatish   natijasida   rezerv   kapitali
hisobidan   ta’sischilarga   daromad   (dividend)lar
hisoblandi 8530 6610, 6620
6 Rezerv   kapitali   summasi   joriy   hisobot   yilida   foyda
olinmaganligi   yoki   foyda   summasi   yetarli
bo’lmaganligi sababli imtiyozli aksiyalarga daromad
(dividend)lar hisoblash uchun yo’naltirildi 8520 6610
7 Tekinga olingan qimmatli qog’ozlar hisobga olindi 0610, 5810 8530
8 Tekinga olingan asosiy vositalar hisobga olindi 0110-0190 8530 Adabiyotlar :
1.  А. Kаrimov vа boshqаlаr. «Buхgаlteriya hisobi».  T .: « Sh а rq »  NM А K , 2004  yil . 591  bet . 
2.  O .  Bobojonov  « Moliyaviy   hisob ». –  T .: « Sh а rq »  NM А K , 2000  yil . 476  bet . 
3. А. А bdull а ev  « Moliyaviy   hisob ».–  T .: « F а n   v а  te х n а logiya », 2005  yil . 286  bet . 4.  I. Ochilov 
«Moliyaviy hisob». – T.: «Iqtisod v а  moliya», 2006 yil. 396 bet.
5. M а hsulot (ish,  х izm а tl а r) ni ishl а b chiq а rish v а  sotish  ха r а j а tl а ri t а rkibi h а md а  moliyaviy 
n а tij а l а rini sh а kll а nish t а rtibi to’g’risid а gi Nizomini t а sdiql а sh to’g’risid а gi O’zbekiston 
respublik а si V а zirl а r M а hk а m а sining 1999 yil 5 fevr а ld а gi 54-sonli Q а rori. 
6. Bu х g а lteriya hisobining milliy st а nd а rtl а ri. №0-23. T.: - 1998- 2002 yil.
7. O’zbekiston Respublik а si Konstitutsiyasi. T.: «O’zbekiston», 2002 yil. 71 
8. O’zbekiston Respublik а si «Bu х g а lteriya hisobi to’g’risid а » gi Qonuni. 1996 yil 30  а prel. 
9. O’zbekiston Respublik а si Prezidentining “Qishloq  х o’j а ligid а  islohotl а rni 
chuqurl а shtirishning eng muhim yo’n а lishl а ri to’g’risid а ”gi F а rmoni. – T. “ Ха lq so’zi” g а zet а si. 
2003 yil, 25 m а rt;

USTAV KAPITALINI SHAKLLANTIRISH H ISOBI Reja: 1.Ustav kapitali hisobi . 2.Qo’shilgan kapital hisobi . 3.Rezerv (zaxira) kapitali hisobi .

1.Ustav kapitali hisobi . Fondlar, kapital va rezervlarni hisobga olish buxgalteriya hisobining ikki yoklamali yozuv usulida yuritish qoidasiga mos keladi. Chunki fondlar, kapital va rezervlar korxona aktivlarining manbalarini, ya’ni o’z mablag’larining manbalarini ifodalaydi. Fond so’zi lotin tilidagi «fondus» so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida «asos» degan ma’noni bildiradi. Buxgalteriya hisobida fondlar ma’lum bir aktivlarning manbalarini, ya’ni asosini bildiradi. Bundan tashqari fondlar ma’lum maqsadlar uchun tashkil etiladi va faqat shu maqsadlar uchun ishlatiladi. O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to’g’risida qonunning 1 9 -moddasiga binoan korxona kapitali quyidagi tarkibga ega: 1. Ustav kapitali Qo’shilgan kapital 3. Zaxira kapitali 4. Taqsimlanmagan foyda Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi. Xususiy kapital maqsadli moliyalashtirishlar, grantlar va subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi bilan birga korxona o’z mablag’larining manbaini tashkil etadi. Hisobning vazifalari: 1.Fondlar va rezervlarni belgilangan tartibda tashkil etilishini nazorat qilish. Fondlar, kapital va rezervlar harakatini o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olib borish. 3.Rezervlarni maqsadga muvofiq ishlatilishini (hisobdan chiqarilishini) ta’minlash. 4.Fondlar, kapital va rezervlar holati va harakati to’g’risidagi axborotlar bilan foydalanuvchilarni o’z vaqtida ta’minlash. Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasida) yig’indisidir . («Buxgalteriya hisobi to’g’risida» qonun, 1 9 -modda). Shuningdek,

ustav kapitalini tashkil bo’lish tartibi O’zbekiston Respublikasining qonunlari va ta’sis hujjatlari asosida, tashkiliy-huquqiy shaklga mos holda tartibga solinadi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs boshqaruv organining qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi. Korxonada ustav kapitali (fondi)ning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar passiv schyot bo’lgan 8300-«Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar»tarkibidagi quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8310-“Oddiy aksiyalar” 8320-“Imtiyozli aksiyalar” 8330-“Pay va ulushlar”. 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti oddiy aksiyalarni o’zida mujassamlashtirgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida ro’yxatga olingan summada 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotining krediti va 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari” schyotining debetida aks ettiriladi. 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyoti imtiyozli aksiya ko’rinishida chiqarilgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Aksiyalar 8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyotlarda nominal qiymatlari bo’yicha hisobga olinadi. 8330 “Pay va ulushlar” schyoti korxonaning tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini o’zida mujassamlashtirgan ustav kapitalining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Passiv schyot bo’lgan 8330-«Pay va ulushlar» schyoti korxonada ustav kapitali (fondi) hajmini bildiradi. Davlat korxona s ida – ustav fondi shu korxonaga davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma mablag’lar summasini yig’indisidan iborat bo’ladi. Ulush kapitali – xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun, korxonani tashkil etishda qatnashayotganlar qo’shgan ulushining summasidan iborat. Pay fondi – tadbirkorlik faoliyatini bir martalikda amalga oshirish uchun ishlab chiqarish kooperativ (shirkat) a’zolarining pay badallari yig’indisidan iborat.

Korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi va 8330 “Pay va ulushlar” schyotining krediti, hamda 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari” schyotining debet tomonida aks ettiriladi. Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)ning bog’lanishi T/ r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi Debet Kredit 1 Ta’sis hujjatlari asosida ustav kapitali shakllantirildi 4610 8310-8330 2 Foydaning bir qismi ustav kapitalini ko’paytirishga yo’naltirildi 8710 8310-8330 3 Foydalanilmagan dividend summalari ustav kapitalini ko’paytirish uchun qo’shildi 6610 8310-8330 4 Korxona ta’sischilariga ulushlari qaytarildi 8330 6620 5 Aksiyalar sotib olinganda 8310 , 83 2 0 8610, 8620 2. Qo’shilgan kapital hisobi . Oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning aksiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori ko’rinishidagi qo’shilgan kapital naqdligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8410 “Emissiya daromadi”; 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi”. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag’lar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu mablag’lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o’rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti bo’yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar bo’yicha alohida yuritiladi. 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valyuta va valyuta qiymatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha baholanadi. Valyuta va

valyuta qiymatliklarini va boshqa mulklarni baholash ro’yxatdan o’tkazish sanasidagi ta’sis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Bunda vujudga kelgan kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy kurs farqlari 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyotining kreditida, salbiy kurs farqlari esa mazkur schyotning debetida aks ettiriladi. Kurs farqlarini bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi ta’sischilarning ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi. 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti bo’yicha analitik hisob har bir ta’sischi bo’yicha alohida yuritiladi. Qo’shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar (8400) bog’lanishi T/ r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi Debet Kredit 1 Aksiyalarning nominal va sotish baholari o’rtasidagi farq sifatida kelib tushgan pul mablag’lari summasiga 5010-5530 8410 2 Qo’shilgan kapital mablag’lari xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni qoplashga ishlatildi 8410 8610, 8620 3 Ustav kapitalini shakllanish jarayonida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olindi Mol-mulkni hisobga oluvchi schyotlar 8420 3. Rezerv (zaxira) kapitali hisobi . Rezervlar korxonada belgilangan tartibda ishlab chiqarish va operasion xarajatlarga xarajatlarni teng miqdorlarda qo’shish uchun tashkil etilgan summasini bildiradi. Rezervlarni tashkil etish tartibi «Xarajatlar tarkibi to’g’risida Nizom»ga asosan amalga oshiriladi, ya’ni korxona xarajatlari hisobidan tashkil etadi. Korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyasiya rezervlari, pul mablag’laridan tashqari tekinga olingan mulklar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 8500-Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar tarkibidagi quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8510-“Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” 8520-“Rezerv kapitali” 8530-“Tekinga olingan mulk”.