logo

Xalq og‘zaki ijodi janrlari tasnifi va tavsifi Qadimgi miflar, afsona va rivoyatlar.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.33203125 KB
Xalq og‘zaki ijodi janrlari tasnifi va tavsifi: Qadimgi miflar, afsona va
rivoyatlar.
REJA:
1. Ibtidoiy tasavvurlar – anemizm va totemizm haqida ma`lumot.
2. Qadimgi afsonalar. Avesto va undagi qahramonlarning badiiy tasnifi. 
3. Kayumars va Jamshid haqidagi afsona. 
4. Qadimgi   qahramonlik   dostonlari   (To’maris,   SHiroq   va   Rustam   haqidagi
afsonalar).  So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga
kela   boshladi.   Uning   tashkil   topishida   o’sha   davr   shart-sharoiti,   odamlarning
mehnat   va   turmush   tajribalari,   dunyoqarash   va   tushunchalari   hal   qiluvchi   rol
o’ynagan.   eng   avval   og’zaki   nasriy   turning   dastlabki   namunalari   vujudga   kelgan.
Ular   nihoyatda   sodda   bo’lib,   turli   xildagi   undov-xitoblar   va   voqealar   bayonidan
iborat   bo’lgan.   Mehnat   jarayoni   hamda   ongning   rivojlanishi   voqea   va   hodisalar
talqinida   oddiy   bayondan   obrazli   tasvirlashga   olib   keldi.   Sodda   va   takroriy
jumlalar   badiiy   til   vositalari   bilan   boyiy   boshlagan.   Oddiy   so’z   o’rnini   ko’chma
ma`noli   so’z,   sifatlash,   mubolag’a   va   o’xshatishning   ilk   namunalari   egallay
borgan.   SHunday   qilib,   dunyoni   badiiy   va  estetik   did   bilan  fahmlay   olish,   badiiy
so’z tajribalarining taraqqiyoti fol’klorning dastlabki janrlarini yuzaga keltirdi. eng
avval kichik-kichik naql va miflar, mehnatni engillashtiruvchi, ruhan tetik qiluvchi,
xayol   og’ushiga   olib   kiruvchi   ertak   va   afsonalar   yaratildi,   mehnat   jarayonini
ifodalovchi qo’shiqlarning namunalari paydo bo’ldi.
Demak,   eng   qadimgi   fol’klor   namunalari   yozuv   yuzaga   kelmasdan   ancha
oldin   paydo   bo’lgan   va   yozma   adabiyotning   tashkil   topishiga   muhim   hissa
qo’shgan.   Qadimiy   fol’klor   namunalari   asl   holida,   to’la   ravishda   bizgacha   etib
kelmagan.   U   og’izdan-og’izga,   avloddan-avlodga   o’tib   ijodiy   ishlangan.   Har   bir
material turli xil ijtimoiy qatlamlar ta`sirida o’zgarib, shakl va mazmunida yangi-
yangi ma`lumotlar yuzaga kelgan. 
Ibtidoiy   tasavvurlar   –   animizm   va   totemizm .   Turkiy   xalqlar   fol’klori
bilan   urf-odatlarida   izlari   saqlanib   qolgan   animistik   va   totemistik   qarashlar
qadimiy   tasavvurlar   sistemasini   tashkil   etadi.   Ma`lumki,   ibtidoiy   inson   o’ziga
noma`lum   bo’lib   ko’ringan   tabiat   kuchlaridan   talvasaga   tushar   ekan,   ayni   paytda
ularni   engishga   harakat   qilgan.   Buning   uddasidan   chiqa   olmay,   ilojsiz   qolish
tabiatga   sig’inish,   notabiiy   ko’ringan   hodisalarga   topinish,   ularni   madaniyat
darajasiga ko’tarishga olib kelgan. Bu hol tabiat va jamiyat hodisalariga qarashda
g’ayri ilmiy (ibtidoiy inson nazarida haqiqiy) animistik va totemistik tasavvurlarni
tug’dirgan. Ibtidoiy   odam   tabiat   haqidagi   tasavvurida   o’zini   tabiat   kuchlari   va
hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi, jonsiz narsalarga jonli deb qaraydi.
Bu xildagi  ibtidoiy tushunchalar  kompleksi  animizm  nomini  olgan. Uning yorqin
namunasi   ertaklarning   qadimiy   motivlarida   o’z   ifodasini   topgan.   «Oq   bilakxon»
ertagida   yigitning   toshga   aylanib   qolishi,   «Ochil,   ochil,   qamishlar»da   qizning
qamish   orasiga   kirib   ketishi,   «YOriltosh»da   toshning   yorilish   mo’`jizasi,   qizni
bag’riga   olib   yana   yopilishi,   «YAlmog’iz   kampir»   ertagida   odamlarning   toshga
aylanib yotishi, «Qilich botir»da esa qahramonning joni qilichida ekanligi kabilar
ana shu animistik tushunchalar natijasidir.
«YOril, yoril, toshlar-ay», «Ochil, ochil, qamishlar», «Sangil sopol tosh, sen
menga   yo’ldosh»,   «Sim-sim,   och   eshigingni»   kabi   iltijo   qilib   yolvorishlar   o’sha
narsada jon bor degan tushunchaning obrazli ifodasidir. YAqin kunlargacha to’y va
boshqa marosimlarda gulxan yoqish, uning atrofida aylanish, quyosh, oy tutilganda
qozon,   chelak,   jom   kabilarni   chalish   hollari   mavjud   ediki,   bu,   o’sha   yo’qolib
borayotgan qadimiy tasavvurlarning izlaridir.
Totemizm   odamning   ko’pincha   bir   hayvon   yoki   o’simlik,   ba`zan   jonsiz
narsa yoki tabiat hodisalari bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch-e`tiqoddan kelib
chiqqan. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek urug’larining ota-bobolari quyosh, suv,
olovga topinganlar, keyinchalik esa ot, ho’kiz, ilon, bo’ri, it va boshqa hayvonlarga
e`tiqod qo’yganlar. Bo’rini balo, ofatlardan saqlovchi, himoya qiluvchi kuch, urug’
kabilarning ajdodlari deb bilganlar. SHu tariqa totemlar yuzaga kelgan. Totem – u
yoki bu urug’ning e`tiqod qo’ygan himoyachisidir. Totemlar bilan bog’liq bo’lgan
bir qancha afsonalar ham mavjudki, ularda ko’proq ot va bo’ri madaniyati hikoya
qilingan.
Bo’ri   qadimgi   o’zbek   urug’lari   orasida   totem   hisoblangan.   Qadimiy
manbalarda   keltirilgan   turk   afsonalarida   bo’ri   turk   urug’ining   ajdodi   sifatida
namoyon   bo’ladi.   Afsonada   tasvirlanishicha,   qadimgi   turklar   ona   bo’ridan   va
dushman   tomonidan   qirilgan   urug’   ichida   tirik   qolgan   o’n   yoshli   o’g’il   boladan
tarqalgan.   Bu   bolani   ona   bo’ri   qo’l-oyoqlari   qirqilgan   holda   topib   olgan   va   uni
go’sht berib boqqan. SHundan so’ng tog’larning biriga kirib ketgan va u erda o’nta bola tuqqan. Ularning har biri turk urug’larining asoschilari bo’lgan. Hatto Ashina
ismli   turk   urug’larining   birida   bo’ri   kallasi   tasvirlangan   bayroq   ham   bo’lgan.
Ibtidoiy kishilar og’ir  va ayanchli  turmushni  yaxshilashga intilganda ham bo’riga
yolvorgan va sig’ingan.
Bo’ri   bilan   bog’liq   bo’lgan   e`tiqod   yangi   tug’ilgan   bolani   salomat   saqlash,
yaxshi   hayot   kechirish,   qo’y   va   qoramol   podalarini   ehtiyotlash,   dehqonchilik
ekinlarini   yovuz   kuch   ta`siridan   saqlab   qolishdan   iborat   bo’lgan.   Bo’ri   totemiga
aloqador ba`zi ertak («CHo’loq bo’ri», «Bo’ri qiz», «Bo’ri») va afsonalar hozirgi
kunga qadar xalq orasida yashab kelgan.
Ot   madaniyati   qadimgi   kishilarning   turmush-tirikchiligi   bilan   bevosita
bog’liq bo’lib, otlarni ish hayvoni sifatida xo’jalikda foydalanish, xonakilashtirish
davomida   yuzaga   kelgan.   Arxeologiya   qazilmalarida   aniqlangan   yarmi   ot,   yarmi
odam   sifat   ishlangan   rasmlar,   hali-haligacha   ekin   maydonlari,   polizlarda   otning
kala   suyagining   qo’riqchi   sifatida   qo’yilishi   va   boshqalar   ibtidoiy   inson   ongida
mavjud   bo’lgan   ot   madaniyati   haqidagi   e`tiqodning   timsoli   hisoblanadi.   Qadimgi
Baktriyadagi   Zariasp,   Xorazmdagi   Hazorasp   singari   geografik   joy   nomlari   aslida
ot   madaniyatiga   aloqador   bo’lgan   urug’   nomlari   bilan   bog’lanadi.   O’zbek   xalq
dostonlarida G’irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko’k kabi epik ot obrazlarining
g’oyat   katta   o’rin   tutishi   ham   bejiz   emas.   Demak,   tabiat   va   hayot   haqida   yuzaga
kelgan ibtidoiy tushuncha va e`tiqodlar animistik va totemistik qarashlarni vujudga
keltirdi. Bu qarashlar o’z navbatida ilk bor to’qilgan ertak va afsonalarning motiv
va syujetlarini tashkil etdi.
                    Afsona  –  o`zbek  xalq  og`zaki   ijodining  eng  qadimgi,  an`anaviy   va  keng
tarqalgan   janrlaridan   biri.   Hayotiy   voqelikni   xayoliy   uydirmalar   orqali   bayon
etadigan,   biror   ma`lumot   haqida   tinglovchiga   xabar   berish   maqsadida   hikoya
qilinadigan og`zaki nasriy asarlar  afsona deyiladi.
          Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o`zi istagan
shaklda aytaveradi. Demak, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janrdir. Afsona sof
axborot   beruvchilik   vazifasini   bajaradi.   U   ko`pincha   biror   –bir   voqea-   hodisaga
kishilarni   ishontirish   maqsadida   aytiladi.   SHuning   uchun   ko`pchilik   afsonada bayon   qilingan   voqelikni   haqiqat   sifatida   qabul   qiladi.   Aristotel`   afsonalarni
«Haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir» deb ko`rsatadi.
         Mifologik afsonalarda,  asosan, er va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar,
avliyolarning   g`ayritabiiy   ishlari,   insonlarga   ko`magi,   mifologik   pahlavonlar,   er
hzida   odamning   paydo   bo`lishi   hakida   hikoya   qilinadi.   Ularning   epizodlarida
islomga   qadar   amal   qilgan   qadimgi   dinlarga   aloqador   talqinlar   uchraydi.   Ibtidoiy
insonlarning   dunyoqarashi,   tasavvur-tushunchalari,   diniy   e`tiqodlari   namoyon
bo`ladi.
Geneologik   afsonalarda   urug`–qabila,   xalq   va   elatlarning   kelib   chiqishi   va
nomlanishi  haqida hikoya qilinadi:  «Laqay», «Do`rmon», «Qirg`iz» urug`larining
kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular  jumlasiga kiradi. 
Tarixiy voqea  va tarixiy shaxslar  haqidagi afsonalarlarda o`tmishda yashab
o`tgan   donno   kishilarning   sarguzashtlari,   mo``jizakor   ishlari,   ajdodlarimizning
bunyodkorlik   faoliyati,   shahar   va   qo`rg`onlarning   barpo   etilishi   haqida   hikoya
qilinadi.   Bunga   Buxoro   Arki,   Xiva   qal`asi,   Minorai   Kalon   qurilishi   haqidagi
afsonalar misol bo`la oladi. 
Kasb-hunarlar haqidagi afsonalarda u yoki bu kasb-hunarning kelib chiqishi,
ularning   piri   haqida   hikoya   qilinadi.   Aytaylik,   bo`yoqchilik   kasbining   kelib
chiqishi   Hazrati   Ayhb,   temirchilik   kasbining   kelib   chiqishi   Dovud   payg`ambar
nomi bilan bog`lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi. 
Kichik hajmli, mazmunan sodda bayon va hikoyalar shaklida tashkil topgan
afsonalar   o’zbek   xalq   og’zaki   ijodining   eng   qadimgi   namunalaridan   hisoblanadi.
Afsonalar   ijtimoiy   hayot   bilan   bog’liq   bo’lgan   voqea   va   hodisalarni   xayoliy
shaklda   hikoya   qiladi.   Ular   insoniyatning   tabiat   va   jamiyat   haqida   bilish   va
tushunishga   bo’lgan   intilishi   jarayonida   vujudga   kelgan.   SHuning   uchun   ham
afsonalar ijtimoiy hayot va madaniyat, dunyoqarash va ruhiy kechinmalar, urf-odat
va tarixiy hodisalardan darak beradi.
Afsona  forscha so’z bo’lib, fantastika,  sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar
asos   bo’lgan   nasriy   hikoyalar   demakdir.   Bu   xildagi   hikoyalar   Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida  caw  so’zi orqali ifodalangan bo’lib,
juda keng ma`noni bildiradi. Bu so’z devonda hikoya hamda qissa deb izohlangan.
Afsonalarni   tematik   jihatdan   uch   xil   turga   bo’lib   o’rganish   maqsadga
muvofiq.   Birinchisi   –   xayoliy   voqea   va   xayoliy   qahramonlar   haqida   hikoya
qiluvchi   afsonalar,   ikkinchisi   –   tarixiy   voqea   va   tarixiy   shaxslar   haqida   hikoya
qiluvchi   afsonalar,   uchinchisi   jangnoma   tipidagi   afsonalar   yoki   qahramonlik
afsonalari.
Xayoliy   voqea   va   xayoliy   qahramonlar   haqida   hikoya   qiluvchi   afsonalar
ibtidoiy   dunyoqarash,   u   yoki   bu   kuchni   muqaddas   bilib,   unga   sig’inish,   e`tiqod
qo’yish   hamda   sevgi-sadoqat   kabi   kechinmalar   ta`sirida   paydo   bo’lgan
«Devqal`a», «SHirin qiz», «Kalta minor», «Ilon buzgan» singari to’qima afsonalar
mazkur turkumga oiddir. Bu afsonalar O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan.
Ular insonlarning beqiyos kuchi va go’zalligini madh etadi. Bu afsonalar fantastik
uydirmalar   zaminida   naql   etilgan   bo’lib,   syujeti   ko’proq   xayoliy   epizodlardan
tashkil   topadi   va   ma`lum   bir   tarixiy   joylar,   tepaliklar,   qal`alar   bilan   bog’liq
ravishda hikoya qilinadi. Qoraqum sahrosida «YOrbakir», «SHirvon», «SHmaxa»,
«Xalaf»   nomi   bilan   mashhur   bo’lgan   qal`alarning   xarobalari   mavjud   bo’lib,   ular
«SHohsanam   va   G’arib»   afsonasi,   «Devqal`a»   esa,   SHarqda   mashhur   bo’lgan
«Farhod va SHirin» afsonasi bilan bog’lanadi.
                  Rivoyatlar   –   voqelikni   hayotiy   uydirmalar   asosida   aks   ettiruvchi,   shjet
tizimida   mifologik   obrazlar   uchramaydigan,   voqelik   talqini   hududiy   –etnografik
lokallik   kasb   etishi   bilan   xarakterlanadigan,   qadimiy   asoslarga   ega   bo`lgan,   xalq
orasida   keng   ommalashgan   fol`klor     janridir.   Ularda   hayot   voqeligi   real   aks
ettiriladi.   SHuning   uchun     o`zbek   xalq   og`zaki   ijodining   qadimiy,   an`anaviy   va
keng   tarqalgan   janrlaridan   biri   bo`lgan   va     hayotiy   voqelikni   hayotiy   uydirmalar
orqali bayon etadigan, biror ma`lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida
hikoya  qilinadigan og`zaki nasriy asarlar  rivoyat  deyiladi.
                  Rivoyatlar   g`oyaviy-mavzuiy   jihatdan   rang–barang   bo`lib,   toponimik   va
tarixiy rivoyat kabi turlarga ajratiladi.                 Toponimik rivoyatlar   yana aholi yashaydigan joylar nomining kelib chiqish
sabablarini   izohlovchi   oykonomik   rivoyatlar;   suv   havzalari   -   daryo,   ko`l,   quduq,
soy,   chashma,   ariq   nomining   kelib   chiqishi   bilan   bog`liq   bo`lgan   gidronomik
rivoyatlar;   tog`u   toshlar,   tepaliklar,   g`orlar,   cho`llar   to`g`risidagi   oronomik
rivoyatlar;   mozor,   qabirston   nomlari,   ziyoratgohlar   va   muqaddas   qadamjolarning
nomi bilan bog`liq  nekronomik  rivoyatlar kabi ichki turkumlarga bo`linadi. 
                     Toponmik rivoyatlarda muayyan jug`rofiy atamaning paydo bo`lishi aniq
faktlar va etnofol`kloriy detallar bilan tushuntiriladi, joy nomining vujudga kelish
sababi izohlanadi.
              Tarixiy rivoyatlar da haqiqatda hayotda bo`lib o`tgan voqealar, yashab o`tgan
shaxslar   to`g`risida   so`z   hritiladi.   Atoqli   va   mashhur   shaxslarning   hayoti   va
faoliyatini   hikoya  qilish   orqali   axloq   va  odobning   ideal   normalari   tashviq   etiladi.
Jumladan,   To`maris,   SHiroq   kabi   vatanparvarlar,   Ibn   Sino     kabi   buhk   tabib,
Ulug`bek,     Alisher   Navoiy   kabi   olim   va   shoirlar,   Mashrab   singari   ilohiy   ishq
yo`liga kirgan oshiq,   Amir Temur kabi jasoratli va   dono hukmdor, Imom Ismoil
Buxoriy, xoja   Ahmad YAssaviy, Abduxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband,
Najmiddin   Kubro,   Xoja   Ahrori   Valiy   singari   din   va   tasavvuf   arboblari   haqida
qator rivoyatlar yaratilganki, ularni xalq hamisha sevib tinglaydi.
Rivoyat   hayotiy   voqealarni   badiiy   uydirmalar   vositasida   hikoya   qiluvchi,
realistik   xarakterdagi   og’zaki   ijod   turlaridan   bo’lib,   g’oyaviy-tematik   jihatdan
rang-barangdir. Rivoyatlar tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog’liq bo’lgan
hodisalarni,   ijtimoiy   hayot   va   turmush,   geografik   joylar   –   sahro,   ko’l,   cho’l,
dengiz,   shahar,   qishloq,   qal`a,   Saroy   va   boshqalarning   barpo   bo’lishi   hamda
vayron   qilinishi   haqida   hikoya   qilishi   mumkin.   Mazkur   hikoyalar   u   yoki   bu
voqelik haqida xabar berish va uni tasdiqlash funktsiyasini  bajaradi. Rivoyatlarda
lutf   va   nazokat,   aql   va   tadbir,   ishq   va   vafo,   yaxshilik   va   odamiylik   kabi   ilg’or
g’oyalar jamiyatda uchragan zulm va zo’rlik, haqsizlik va adovat singari illatlarga
qarshi qo’yiladi. Rivoyatlarni ikki turkumga bo’lish mumkin. Biri muayyan voqea
va tarixiy shaxslar bilan bog’liq bo’lgan rivoyatlar, ikkinchisi toponimik rivoyatlar.
Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni   hikoya   qiladi,   axloq   va   odobning   ideal   normalarini   tashviq   etib,
muayyan   faktlar   haqida   axborot   beradi.   Alisher   Navoiy,   Ulug’bek,   Ibn   Sino,
Beruniy,   Mashrab   kabi   olim   va   shoirlar,   Amir   Temur,   Sulton   Mahmud   singari
tarixiy shaxslar haqida yaratilgan rivoyatlar shular jumlasidandir.
Qadimgi miflar . Porloq kelajakni orzu qilib, unga umid ko’zi bilan boqqan
uzoq o’tmishdagi  avlod-ajdodlarimiz kishilarning qudratli rivojini  oldindan sezib,
ularning   qobiliyatini   ideallashtirgan   mifologik   obrazlarni   yaratgan.   Ana   shu
mifologik   obrazlarning   ilk   bor   namunalari   ko’hna   mif,   afsonalarda   naql   etildi.
Qadimgi  davr  fol’klor  namunalari  ichida mifologik tasavvurlar  asosida  yaratilgan
afsonalar va miflar alohida o’rin tutadi.
Mif grekcha so’z bo’lib, xudolar va pahlavonlar haqidagi to’qima afsonadir.
Mifologiya   ibtidoiy   insonning   tabiatni   bilishga   intilishining   natijasi   hisoblanadi.
Darhaqiqat, insonning tabiatga qarshi kurashdagi ojizligi uni noma`lum ko’ringan
hodisalarga javob topishga, qandaydir tushuncha va tasavvurlar yaratishga majbur
etgan.   Bo’ron,   zilzila,   suv   toshqini,   sel   kabi   g’ayri   tabiiy   ko’ringan   kuchlar
dahshatidan   talvasaga   tushgan   inson   yovuz   kuchlarga   qarshi   kurasha   oluvchi
homiy   izlagan.   Nihoyat,   yaxshilik   va   yomonlik   haqidagi   mifologik   tasavvurlar
paydo bo’lgan.
Olam   haqidagi   ibtidoiy   tasavvurlar   ana   shu   tarzda   yuzaga   kelgan   bo’lib,   u
o’z   navbatida   osmon,   oy,   quyosh   hamda   turli   xil   hayvonlar   haqidagi   xudolarni,
g’ayri tabiiy tasvirlangan pahlavonlar haqidagi miflarni hosil qildi. Mazkur miflar
kishilarga   ruhiy   kuch,   tetiklik   va   osoyishtalik   baxsh   etgan,   nihoyat,   insoniyatni
g’alabaga chorlagan. Qadimgi ertaklar, afsona, miflarning asosiy g’oyasi  qadimgi
davrlardagi   mehnat   kishilarining   yukini   engillashtirishga,   ishning   unumini
oshirishlariga,   to’rt   oyoqli   va   ikki   oyoqli   dushmanlarga   qarshi   qurollanishlariga
hamda   so’z   kuchi   –   «avrash»,   «afsun»   yo’li   bilan   tabiatning   kishilarga   xatarli
bo’lgan   hodisalariga   ta`sir   etishlariga   qaratilgan.   Ko’rinadiki,   mif   zo’r   kuch   va
qudrat,   osoyishta   yashash   hamda   yovuz   kuch   ustidan   g’alaba   qila   olish   haqidagi
orzu-umidning yakunidir. «Avesto» da ikki yaratuvchi kuch – yaxshilik va yomonlik Axuramazda va
Axriman   qiyofasida   namoyon   bo’ladi.   Mazkur   kitob   g’oyasiga   ko’ra,   tabiat   va
jamiyatdagi   hodisalarning   barchasi   yaratuvchining   o’zaro   kurashidan   kelib
chiqqan.
Axuramazda yaxshilik, yorug’lik, obodonlik va ezgu kuchlarning xudosidir.
Unga   qarashli   narsalar   inson   turmushini   yaxshilashga   va   xizmat   qilishga
qaratilgan.   U   o’z   yordamchilari   orqali   olov,   chorva,   metall,   er-suv   va   o’simliklar
dunyosini boshqaradi.
Angra   Man`yu   (Axriman)   barcha   yovuzlik   va   yomonlikni   boshqaradi.   U
Axuramazdaga   qarshi   chiqadi   va   o’ziga   qarashli   devlar   yordamida   odamlarga
azob-uqubat,   mashaqqat,   kulfat   keltiradi.   Axriman   zo’r   kuch   va   qudratga   ega
bo’lsa-da,   biroq   Axuramazda   kabi   har   narsaga   qodir   va   qobil   emas,   shu   sababli
yomonlik   kuchlari   yaxshilik   oldida   doimo   mag’lubiyatga   uchraydi.   YOrug’lik
manbai quyosh deb ko’rsatiladi. Quyosh nuri insonga hayot bag’ishlaydi. Olov esa
quyoshning bir parchasidir. SHuning uchun ham inson olovni muqaddas hisoblab,
otashkadalarda   saqlar   edi.   Bunday   otashkadalar   Xorazmda,   Jonbos   qal`ada
topilgan.   Demak,   o’zbeklar   orasida   quyoshga   –   olovga   e`tiqod   qo’yib,   unga
topinish   juda   qadimdan   davom   etib   kelgan.   Mitra   –   quyosh   va   yorug’lik   xudosi,
Noxit   –   obodonlik   va   farovonlik   xudosi,   Humo   –   baxt,   tole   va   davlat   xudosi,
Anaxita va Xubbi (Farg’onada er Xubbi) – suv xudosi, Mirrix – urush va g’alaba
xudosi,   yaxshilik   va   ezgulik   esa   Kayumars,   Yima   (Jamshid),   Gershasp   kabi
mifologik obrazlarda mujassamlashgan. YOmonlik kuchlari esa ajdar, dev, jin kabi
salbiy miflar orqali tasvirlangan. Ko’ramizki, ilk bor yuzaga kelgan badiiy obrazlar
ibtidoiy   inson   orzularining   naqadar   hayotiy   ekanligidan   dalolat   beradi.   Bu   diniy
personajlarning   har   biri   «Avesto»ga   kirmasdan   oldin   ham   madadkor   ruh   yoki
yovuz kuch sifatida xalq o’rtasida mavjud bo’lgan.
Ardvisura Anaxita haqida mif . «Avesto»da Anaxita zabardast, xushqomat,
kamarini   baland   bog’lagan,   to’g’ri   so’z,   marhamatli   go’zal   qiz   sifatida   namoyon
bo’ladi.   U   kishilarga   kuch-qudrat   baxsh   etuvchi,   suvning   mo’l   bo’lishini
ta`minlovchi   ma`buda.   Xudo   ibtidoiy   kishilar   tasavvurida   mavhum   tushuncha, xayoliy   mavjudot   emas,   balki   u   yoki   bu   mehnat   quroli   bilan   qurollangan   real
siymo edi.
«Avesto»da shuhrat topgan qahramonlarning yovuzlik timsoliga (Aji Dahok,
dev   va   sehrgarlar)   qarshi   qo’yilgan   qismlar   bor.   Ularda   tasvirlanishicha,
yovuzlikka   qarshi   chiqqan   pahlavon   jang   oldidan   g’alaba   qozonishni   so’rab,
muqaddas   homiyga   sig’inadi,   iltijo   qiladi:   «O,   marhamatli,   zabardast   Ardvisura
Anaxita, menga madad ber, uch og’iz va uch boshli, olti ko’z va ming xil kuchlar
sultoni, bahaybat Aji Dahok ustidan g’olib chiqay». SHunday ekan, bu motiv ertak
va   dostonlardagi   qahramonlarning   ajdar   bilan   jang   qilish   epizodini   eslatadi.
Demak, ana shu jang motivi mazkur kitob yaratilmasdan burun ham xalq og’zida
mavjud  bo’lgan.  Kitob  avtori   Zaratushtra  ana   shu  motiv  shuhratidan  foydalangan
va   uni   o’z   g’oyasi   uchun   xizmat   qildirgan.   Anaxita,   asosan   suv   va   hosildorlik
ma`budasi bo’lgan. Anbarona esa Anaxitaning keyingi variantidir.
Kayumars va Jamshid haqida miflar . Kayumars haqida mif qadimgi O’rta
Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Uning turli xil variantlarini qadimiy yozma
manbalardan   «Avesto»,   «Tarixi   Tabariy»   hamda   Abu   Rayhon   Beruniyning
«O’tmish   asrlardan   qolgan   yodgorliklar»   nomli   kitobida,   Firdavsiyning
«SHohnoma»   asarida   ko’rish   mumkin.   Kayumars   «Avesto»da,   asosan   Gaya
Maretan,   ba`zi   o’rinda   esa   Gaya   Martan   deb   yuritildi.   «G’iyosul   lug’at»da   esa
Kayumars   Gavomard   deb   ko’rsatiladi.   Arxeolog   S.P.Tolstovning   fikricha,
Gavomardning   ma`nosi   inson-buqa.   U   Amudaryo   bo’yida   yashagan.   Bo’yi
daryoning   u   beti   bilan   bu   betiga   etgan.   Gavomard   –   Kayumars   Xorazmda
yashagan.
Ushbu   mifning   Beruniy   asaridagi   bayoniga   ko’ra,   Axrimanning   yomon
qilmishlaridan   xudo   hayratda   qoladi.   Uning   peshanasidan   ter   chiqadi.   Terni   artib
tashlaganda, ter donasidan Kayumars tug’iladi. Xudo Kayumarsni Axriman yoniga
jo’natadi. Kayumars Axriman yoniga etib kelib, uning elkasiga minib oladi vash u
holda   dunyoni   aylana   boshlaydi.   Nihoyat,   Axriman   bir   hiyla   bilan   Kayumarsni
elkasidan uloqtirib tashlaydi va uning ustiga minib olib eyajagini aytadi. Seni qaysi
tomoningdan   eyay,   deb   so’raydi   Axriman.   Oyoq   tomonimdan,   deb   javob   beradi Kayumars, toki dunyo go’zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars
Axrimanning u aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni
boshi   tomonidan   eya   boshlaydi.   Beliga   etganda   Kayumarsning   urug’donidan   ikki
dona erga tushadi. Ulardan o’simlik o’sib chiqadi. O’sha o’simliklardan bir o’g’il,
bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo’ladi.
Mifda   Kayumars   erda   paydo   bo’lgan   birinchi   odam   sifatida   ta`riflangan.
Kayumars   yaxshilik   va   ezgulikning   yovuzlik   ustidan   g’alabasi   haqidagi   ibtidoiy
ishonchning obrazli ifodasidir.
Mifning qisqacha mazmuni quyidagicha: O’tgan zamonda Nuh payg’ambar
bo’yi bulutga etadigan bir duradgor ustani chaqirib, kema yasab berishni so’rabdi.
Bu   odamning   nomi   Odami   Od   ekan.   U   nihoyatda   baland   bo’yli,   kuchli   bo’lib,
daryo   va   dengizda   baliqni   ushlab,   quyosh   issig’iga   tutib   pishirib,   eb   keta   berar
ekan. Odami Od Nuh payg’ambarni elkasiga mindirib toqqa olib chiqibdi. Qaerda
baland daraxt bo’lsa, kema uchun kesmoqchi  bo’libdi. Tog’da to’rtta katta chinor
bor ekan. U chinorlarni tomir-pomiri bilan sug’urib olib, o’z elkasiga ortib, ustiga
Nuh payg’ambarni o’tqazib, dengiz bo’yiga ravona bo’libdi. Odami Odning qorni
hech   ovqatga   to’ymas   ekan.   Nonushtasiga   bir   hovuz   suvga   non   to’g’rab   er   ekan.
Odami Od kemani bitiribdi. Hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o’zi
kemani torta ketipti.
Hikoyada   Odami   Od   odamlar   ajdodi   birinchi   odam   sifatida   namoyon
bo’lgan. Mazkur naqlda qadimgi inson dunyoqarashi o’z ifodasini topgan. Od so’zi
tojik   va   fors   tilida   ulkan   odam   ma`nosini   bildiradi.   Binobarin,   mifologik   obraz
qadimiy   urug’lardan   birining   himoyachisi,   homiysi   bo’lgan   bo’lishi   kerak.   Od
naqlda umumxalq manfaatini  ko’zlab  ish tutadi. Nihoyatda ulkan va g’ayri  tabiiy
kuchga ega. 
Demak,   mazkur   mif   didaktik   mazmun   kasb   etgan.   Umuman   olganda,   mif,
afsona,   asotir,   rivoyat   va   boshqa   qadimgi   asarlarda   insoniyatni   yaxshilikka
etaklash,   ezgulik   asosida   tarbiyalash   bosh   mavzu   qilib   tanlanganligini   ko’ramiz.
Bir   so’z   bilan   aytganda,   bu   janrlar   tom   ma`nodagi   didaktik   masalalarni   qamrab
olgan   va   asrlar   davomida   avloddan-avlodga   o’tib   kelgan.   Hozir   ham   bu   noyob asarlar   o’z   qimmati   yo’qotgan   emas.   Bu   manbalar   yozma   adabiyotga   ham   kata
xizmat qilib kelmoqda.     ZARURIY ADABIYOTLAR:
1. O’zbek   xalq   og’zaki   poetik   ijodi   (X.Razzoqov,   T.Mirzaev,   O.Sobirov,
K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
2. SH. Xolmatov. O’zbek xalq og’zaki ijodi. SamDU, 1980 yil. 
3. N.Mallaev.   O’zbek   adabiyoti   tarixi.   Toshkent:   «O’qituvchi»   nashriyoti,
1976 yil.
4. A.Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og’zaki ijodi. Toshkent: «Fan» nashriyoti,
2004 yil.
5. O’zbekiston xalqlar tarixi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1992 yil.
6.   U.Jumanazarov.   Tarix   haqiqati   va   xalq   ijodi   badiiyati   (ilmiy   risola).
Toshkent: «Fan» nashriyoti, 2007 yil.

Xalq og‘zaki ijodi janrlari tasnifi va tavsifi: Qadimgi miflar, afsona va rivoyatlar. REJA: 1. Ibtidoiy tasavvurlar – anemizm va totemizm haqida ma`lumot. 2. Qadimgi afsonalar. Avesto va undagi qahramonlarning badiiy tasnifi. 3. Kayumars va Jamshid haqidagi afsona. 4. Qadimgi qahramonlik dostonlari (To’maris, SHiroq va Rustam haqidagi afsonalar).

So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Uning tashkil topishida o’sha davr shart-sharoiti, odamlarning mehnat va turmush tajribalari, dunyoqarash va tushunchalari hal qiluvchi rol o’ynagan. eng avval og’zaki nasriy turning dastlabki namunalari vujudga kelgan. Ular nihoyatda sodda bo’lib, turli xildagi undov-xitoblar va voqealar bayonidan iborat bo’lgan. Mehnat jarayoni hamda ongning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi. Sodda va takroriy jumlalar badiiy til vositalari bilan boyiy boshlagan. Oddiy so’z o’rnini ko’chma ma`noli so’z, sifatlash, mubolag’a va o’xshatishning ilk namunalari egallay borgan. SHunday qilib, dunyoni badiiy va estetik did bilan fahmlay olish, badiiy so’z tajribalarining taraqqiyoti fol’klorning dastlabki janrlarini yuzaga keltirdi. eng avval kichik-kichik naql va miflar, mehnatni engillashtiruvchi, ruhan tetik qiluvchi, xayol og’ushiga olib kiruvchi ertak va afsonalar yaratildi, mehnat jarayonini ifodalovchi qo’shiqlarning namunalari paydo bo’ldi. Demak, eng qadimgi fol’klor namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha oldin paydo bo’lgan va yozma adabiyotning tashkil topishiga muhim hissa qo’shgan. Qadimiy fol’klor namunalari asl holida, to’la ravishda bizgacha etib kelmagan. U og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib ijodiy ishlangan. Har bir material turli xil ijtimoiy qatlamlar ta`sirida o’zgarib, shakl va mazmunida yangi- yangi ma`lumotlar yuzaga kelgan. Ibtidoiy tasavvurlar – animizm va totemizm . Turkiy xalqlar fol’klori bilan urf-odatlarida izlari saqlanib qolgan animistik va totemistik qarashlar qadimiy tasavvurlar sistemasini tashkil etadi. Ma`lumki, ibtidoiy inson o’ziga noma`lum bo’lib ko’ringan tabiat kuchlaridan talvasaga tushar ekan, ayni paytda ularni engishga harakat qilgan. Buning uddasidan chiqa olmay, ilojsiz qolish tabiatga sig’inish, notabiiy ko’ringan hodisalarga topinish, ularni madaniyat darajasiga ko’tarishga olib kelgan. Bu hol tabiat va jamiyat hodisalariga qarashda g’ayri ilmiy (ibtidoiy inson nazarida haqiqiy) animistik va totemistik tasavvurlarni tug’dirgan.

Ibtidoiy odam tabiat haqidagi tasavvurida o’zini tabiat kuchlari va hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi, jonsiz narsalarga jonli deb qaraydi. Bu xildagi ibtidoiy tushunchalar kompleksi animizm nomini olgan. Uning yorqin namunasi ertaklarning qadimiy motivlarida o’z ifodasini topgan. «Oq bilakxon» ertagida yigitning toshga aylanib qolishi, «Ochil, ochil, qamishlar»da qizning qamish orasiga kirib ketishi, «YOriltosh»da toshning yorilish mo’`jizasi, qizni bag’riga olib yana yopilishi, «YAlmog’iz kampir» ertagida odamlarning toshga aylanib yotishi, «Qilich botir»da esa qahramonning joni qilichida ekanligi kabilar ana shu animistik tushunchalar natijasidir. «YOril, yoril, toshlar-ay», «Ochil, ochil, qamishlar», «Sangil sopol tosh, sen menga yo’ldosh», «Sim-sim, och eshigingni» kabi iltijo qilib yolvorishlar o’sha narsada jon bor degan tushunchaning obrazli ifodasidir. YAqin kunlargacha to’y va boshqa marosimlarda gulxan yoqish, uning atrofida aylanish, quyosh, oy tutilganda qozon, chelak, jom kabilarni chalish hollari mavjud ediki, bu, o’sha yo’qolib borayotgan qadimiy tasavvurlarning izlaridir. Totemizm odamning ko’pincha bir hayvon yoki o’simlik, ba`zan jonsiz narsa yoki tabiat hodisalari bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch-e`tiqoddan kelib chiqqan. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek urug’larining ota-bobolari quyosh, suv, olovga topinganlar, keyinchalik esa ot, ho’kiz, ilon, bo’ri, it va boshqa hayvonlarga e`tiqod qo’yganlar. Bo’rini balo, ofatlardan saqlovchi, himoya qiluvchi kuch, urug’ kabilarning ajdodlari deb bilganlar. SHu tariqa totemlar yuzaga kelgan. Totem – u yoki bu urug’ning e`tiqod qo’ygan himoyachisidir. Totemlar bilan bog’liq bo’lgan bir qancha afsonalar ham mavjudki, ularda ko’proq ot va bo’ri madaniyati hikoya qilingan. Bo’ri qadimgi o’zbek urug’lari orasida totem hisoblangan. Qadimiy manbalarda keltirilgan turk afsonalarida bo’ri turk urug’ining ajdodi sifatida namoyon bo’ladi. Afsonada tasvirlanishicha, qadimgi turklar ona bo’ridan va dushman tomonidan qirilgan urug’ ichida tirik qolgan o’n yoshli o’g’il boladan tarqalgan. Bu bolani ona bo’ri qo’l-oyoqlari qirqilgan holda topib olgan va uni go’sht berib boqqan. SHundan so’ng tog’larning biriga kirib ketgan va u erda o’nta

bola tuqqan. Ularning har biri turk urug’larining asoschilari bo’lgan. Hatto Ashina ismli turk urug’larining birida bo’ri kallasi tasvirlangan bayroq ham bo’lgan. Ibtidoiy kishilar og’ir va ayanchli turmushni yaxshilashga intilganda ham bo’riga yolvorgan va sig’ingan. Bo’ri bilan bog’liq bo’lgan e`tiqod yangi tug’ilgan bolani salomat saqlash, yaxshi hayot kechirish, qo’y va qoramol podalarini ehtiyotlash, dehqonchilik ekinlarini yovuz kuch ta`siridan saqlab qolishdan iborat bo’lgan. Bo’ri totemiga aloqador ba`zi ertak («CHo’loq bo’ri», «Bo’ri qiz», «Bo’ri») va afsonalar hozirgi kunga qadar xalq orasida yashab kelgan. Ot madaniyati qadimgi kishilarning turmush-tirikchiligi bilan bevosita bog’liq bo’lib, otlarni ish hayvoni sifatida xo’jalikda foydalanish, xonakilashtirish davomida yuzaga kelgan. Arxeologiya qazilmalarida aniqlangan yarmi ot, yarmi odam sifat ishlangan rasmlar, hali-haligacha ekin maydonlari, polizlarda otning kala suyagining qo’riqchi sifatida qo’yilishi va boshqalar ibtidoiy inson ongida mavjud bo’lgan ot madaniyati haqidagi e`tiqodning timsoli hisoblanadi. Qadimgi Baktriyadagi Zariasp, Xorazmdagi Hazorasp singari geografik joy nomlari aslida ot madaniyatiga aloqador bo’lgan urug’ nomlari bilan bog’lanadi. O’zbek xalq dostonlarida G’irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko’k kabi epik ot obrazlarining g’oyat katta o’rin tutishi ham bejiz emas. Demak, tabiat va hayot haqida yuzaga kelgan ibtidoiy tushuncha va e`tiqodlar animistik va totemistik qarashlarni vujudga keltirdi. Bu qarashlar o’z navbatida ilk bor to’qilgan ertak va afsonalarning motiv va syujetlarini tashkil etdi. Afsona – o`zbek xalq og`zaki ijodining eng qadimgi, an`anaviy va keng tarqalgan janrlaridan biri. Hayotiy voqelikni xayoliy uydirmalar orqali bayon etadigan, biror ma`lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan og`zaki nasriy asarlar afsona deyiladi. Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o`zi istagan shaklda aytaveradi. Demak, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janrdir. Afsona sof axborot beruvchilik vazifasini bajaradi. U ko`pincha biror –bir voqea- hodisaga kishilarni ishontirish maqsadida aytiladi. SHuning uchun ko`pchilik afsonada

bayon qilingan voqelikni haqiqat sifatida qabul qiladi. Aristotel` afsonalarni «Haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir» deb ko`rsatadi. Mifologik afsonalarda, asosan, er va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar, avliyolarning g`ayritabiiy ishlari, insonlarga ko`magi, mifologik pahlavonlar, er hzida odamning paydo bo`lishi hakida hikoya qilinadi. Ularning epizodlarida islomga qadar amal qilgan qadimgi dinlarga aloqador talqinlar uchraydi. Ibtidoiy insonlarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, diniy e`tiqodlari namoyon bo`ladi. Geneologik afsonalarda urug`–qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va nomlanishi haqida hikoya qilinadi: «Laqay», «Do`rmon», «Qirg`iz» urug`larining kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular jumlasiga kiradi. Tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqidagi afsonalarlarda o`tmishda yashab o`tgan donno kishilarning sarguzashtlari, mo``jizakor ishlari, ajdodlarimizning bunyodkorlik faoliyati, shahar va qo`rg`onlarning barpo etilishi haqida hikoya qilinadi. Bunga Buxoro Arki, Xiva qal`asi, Minorai Kalon qurilishi haqidagi afsonalar misol bo`la oladi. Kasb-hunarlar haqidagi afsonalarda u yoki bu kasb-hunarning kelib chiqishi, ularning piri haqida hikoya qilinadi. Aytaylik, bo`yoqchilik kasbining kelib chiqishi Hazrati Ayhb, temirchilik kasbining kelib chiqishi Dovud payg`ambar nomi bilan bog`lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi. Kichik hajmli, mazmunan sodda bayon va hikoyalar shaklida tashkil topgan afsonalar o’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimgi namunalaridan hisoblanadi. Afsonalar ijtimoiy hayot bilan bog’liq bo’lgan voqea va hodisalarni xayoliy shaklda hikoya qiladi. Ular insoniyatning tabiat va jamiyat haqida bilish va tushunishga bo’lgan intilishi jarayonida vujudga kelgan. SHuning uchun ham afsonalar ijtimoiy hayot va madaniyat, dunyoqarash va ruhiy kechinmalar, urf-odat va tarixiy hodisalardan darak beradi. Afsona forscha so’z bo’lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo’lgan nasriy hikoyalar demakdir. Bu xildagi hikoyalar Mahmud