Xarakter, uning taraqqiysi va fizologik asoslari
![Xarakter, uning taraqqiysi va fizologik asoslari
REJA
1. Xarakter to’g’risida umumiy tushuncha
2. Iroda bilan bog’liq xarakter xislatlari
3. Xarakter kuchi va mustahkamligi
4. Xarakterning ahloqiy xislatlari.
5. Xarakter klassifikasiyasi va tiplari to’g’risida](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_1.png)
![1. Xarakter to’g’risida umumiy tushuncha
«Xarakter» yunoncha «xaraktir» degan so’zdan olingan bo’lib , « q al q i q
chiziq» ma’nosini anglatadi. Bu yerda tanga, cha q a yuziga tushirilgan b o’ rtma
tam g’ a k o’ zda tutiladi.
Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va
uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga,
mehnatga, buyumlarga), o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon
bo’ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Shaxsning xarakteriga tegishli bo’lgan xususiyatlarni xarakter xislatlari deyiladi.
Xarakter – xislatlari – kishida tasodifiy uchraydigan xususiyat bo’lmay, balki
kishining hulkidagi doimiy, barqaror xususiyatlar bo’lib, bu xususiyatlar shaxsning
o’zigagina xos bo’ladi.
Har bir odam ayrim paytlarda mardlik, salobatlilik, rostgo’ylik, sofdillik
ko’rsatishi mumkin. Lekin kishining hayoti va faoliyatida ayrim paytlardagina yuz
beradigan bunday xususiyatlar hali uning barqaror xarakter xususiyatlari bo’la
olmaydi. Biz kishi xarakterini ta’riflamoqchi bo’lganimizda, bu odam mardlik qildi
yoki rostguylik, sofdillik ko’rsatdi demasdan, balki bu odam mard, rostgo’y, sofdil
deb gapiramiz. Bu degan so’z, mardlik, to’g’rilik, sofdillik shu odamga xos fazilat,
uning xarakter xislati degan so’zdirki, tegishli paytda mardlik, rostguylik, sofdillik
ko’rsatishni biz muqarrar ravishda bu odamdan kuta olamiz. Agar biz bir kishining
xarakter xususiyatini bilsak, bu odamning tegishli paytda qanday hatti-harakat
ko’rsatishni oldindan to’g’ri tahmin qila yoki ayta olamiz.
Kishi xarakteri tarkibiga kiradigan ayrim xislatlari ijtimoiy munosabatlarning
taraqqiyotiga bog’liq holda, tarixiy ravishda vujudga kelgan va o’zgargan. Sinfiy
jamiyatda xarakterning ham sinfiy xislatlari tarkib topgan. Kishilar xarakteridagi
ayni bir xislatning o’zi turlicha ijtimoiy muhitda turlicha baholanadi: bir ijtimoiy
sinf, bir tarixiy davr uchun ijobiy hisoblangan xarakter xususiyati ikkinchi bir sinf,
ikkinchi bir ijtimoiy davr uchun salbiy bo’lib qoladi.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_2.png)
![Ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi bilan u ma’lum bir guruhga yohud
sinflarga xos bo’lgan ko’p xarakter xislatlari qaytadan tarbiyalanadi yoki yo’qolib
ketadi, shu bilan birga yangi xarakter xislatlari paydo bo’ladi.
XX asrning yakuniy bosqichi umumbashariyat hayotida buyuk ijtimoiy
o’zgarishlar va burilishlar davri bo’lib tarixga kirayapti. Bu o’zgarishlarning eng
ulug’i SSSR deb atalgan kommunistik imperiyaning barbod bo’lishi va sobiq
ittifoqdosh respublikalarning, jumladan, jumhuriyatimizning mustaqillik, milliy
tiklanish va demokratik yo’liga kirayotganidir. Bu xalqlar insoniyatning hayotida
sinalgan tabiiy – tarixiy taraqqiyot yo’li – bozor iqtisodiyotiga o’tyapti, bevosita
jahon iqtisodiy – ijtimoiy oqimiga qo’shilyapti.
Ushbu o’lkan tarixiy jarayonlar kishilarning ruhiyatiga, xarakteriga, ahlok-
odobiga, o’zaro munosabatlariga chuqur va ziddiyatli ta’sir ko’rsatyapti. Bu
ta’sirlar xalqimizning milliy tiklanishi va milliy qadriyatlarigagina emas, balki
kishilarimizning xarakter xislatlarini ham o’zgartirishga sabab bo’lmoqda.
Xarakter va uning shakllanishi, namoyon bo’lishi uchun kishilarimizni o’rab
olgan muhiti, turli faoliyatlarga turlicha munosabatlar, yashab turgan
jamiyatimizdagi munosabatlar sabab bo’ladi. Bu esa xalqimizda yangicha xarakter
xislatlarining shakllanishiga, asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan
sahiylik, samimiylik, o’zaro hamkorlik, bir-biriga yordam, iffat, sharm-xayo,
kamtarlik, mehmondo’stlik kabi sifatlar barqaror xususiyatlarga aylanib qolmoqda.
Bu xususiyatlar yana avloddan-avlodga o’tadi va mazmun, sifat jihatidan o’zgaradi
va u kishilarni o’z-o’ziga, jamiyatga, mehnatga, narsalar va hodisalarga bo’lgan
munosabatlarda yangicha xarakter xislatlarni shakllantiradi.
Zahmatkash xalqimizning xarakteridagi irodaviy, ahloqiy va fahm-farosatga
bog’liq bo’lgan xislatlar mustaqillikni mustahkamlashda yana ham rivojlandi.
Xarakterning bu sifatlari terorizmga qarshi kurashda, diniy aqidaparastlik,
vahobizm, hyezbi-tahrir, narkomaniya va shu kabi illatlarga qarshi kurashda
yaqqol namoyon bo’ldi. Qancha begunoh kishilarning yastig’i quridi, lekin
xalqimiz o’zining matonati, qat’iyati bilan o’z xarakterini namoyon qildi.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_3.png)
![Hozirgi kunda laganbardorlik, hushomadgo’ylik, takobburlik, egaizm,
tamoyilsizlik kabi salbiy illatlar o’rnini o’zaro muruvvat, hamkorlik, kishilarning
hurmat qilish, ularga qo’llaridan kelguncha yordamlashish, mehr-sahovat, adolat,
savobli ishlar qilish, xalol va haromni, vijdonni his qilish yaxshilik kabi ijobiy
sifatlar shakllanib bormokda.
Bizda yangicha xarakter xislatlari tarkib topmoqda. Bu kishilarning mehnatiga
yangicha munosabat, jamiyat manfaatlariga sodiqlik, mehr-muruvvatli bo’lish,
yordamga muhtoj kishilarga iltifotli bo’lish kabi yuksak fazilatlar shakllanmoqda.
Kishilarimizning xarakter xislatlari ularni dunyoqarashi va e’tiqodlari bilan
belgilanadi va ularning qiziqish, qobiliyatlari bilan mahkam bog’langandir.
Dunyoqarash va e’tiqodlar Vatanimizga fidokorona muhabbat, jasorat,
mehnatsevarlik, mardlik, sabot va rostgo’ylik singari xarakter xislatlarini
shakllantiradi va nohakliklarga nisbatan sezgirlik singari xarakter xislatlarining
vujudga kelishi, ko’proq kishining hissiyotlarida zohir bo’ladi. Kishi xarakterida
markaziy o’rinni ishg’ol etadigan sifat lar mazkur odamning iroda sifatlari va
ma’naviy qiyofa sida ifodalanadigan sifatlardir.
Kishining xarakteri uning o’ziga xos xislatlarining maj muidir. Ana shu xislatlar
orasida shu kishini jamiyat a’zo si sifatida xarakterlab beruvchi xususiyatlar eng
muhim ahamiyatga egadir.
Iroda bilan bog’liq xarakter xislatlari
Kishidagi mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga ay lanib qolgan iroda
sifatlari xarakterning iroda bilan bog’liq bo’lgan xislatlaridir. Shu sababli,
xarakter haqidagi ta’limotda ham o’zini tuta bilish, dadillik, qat’iyat singari
iroda sifatlari ustida yana to’xtalib o’tishga to’g’ri kela di. Lekin bu yerda biz
ularning kishida ahyon-ahyonda ko’rinishi ustida emas, balki bunday sifatlar
kishining shaxsiy fazilatlariga aylanib ketishligi to’g’risida, ularning ayrim
kishi xarakteri xislatlari tariqasida namoyon bo’lishi haqida gapiramiz.
Kishining iroda bilan bog’liq bo’lgan xarakter xislatlari, odatda, undagi
emosional xususiyatlar bilan muayyan nisbat da namoyon bo’ladi. Ba’zi
odamlarning irodasi tuyg’u-hissi yotlarida ustun turadi. Bunday odamlar o’z](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_4.png)
![maqsadiga yetishi ga halal berish mumkin bo’lgan har qanday his-tuyg’ularini
darhol bostira oladi. Odatda bunday odamlarni irodasi kuch li, mustahkam irodali
odam deyiladi.
Shunday odamlar ham bo’ladiki, ularning hatti-harakatida hissiyot ko’proq
o’rin oladi; bunday odamlar o’z hatti-xa rakatlarida ko’pincha tasodifan
tug’iladigan his-tuyg’ulari ta’siri ostida ish ko’radilar. Bunday odamlarning
hissiyoti kuchli bo’lib, tasodifiy kayfiyat va tuyg’u-hissiyotga tez beri luvchan
bo’ladilar, shu sababli ularning xarakteri hissiy xarakter deb ta’riflanadi. Ba’zi
odamlarda esa irodaviy faollik undagi tuyg’u-hissiyotlar bilan birlikda «monand
ravishda» namoyon bo’ladi, Masalan, mehnatsevarlik mana shun day xarakter
xislatiga ega bo’lishdir. Mehnat faoliyati kishidan chidam va irodaviy zo’r
berishni talab qiladi, buni esa unda mehnatga bo’lgan muhabbat hissi
yengillashtiradi, mehnatni serunum qiladi. Iroda bilan tuyg’u-hissiyotlarning mana
shunday nisbati bequsur, uyg’un xarakter alomatidir.
Xarakter kuchi va mustahkamligi
Odamlarning o’zaro, kundalik munosabatlarida ham, ish sharoitida ham kishi
xarakteri to’g’risida gapirilganda, odatda, uning xarakter kuchi va
mustahkamligi qay daraja namoyon bo’lishiga qarab hukm chiqariladi. Kishi
xarakteri dagi bunday xislat avvalo uning o’z mehnat faoliyatlari va hatti-
harakatlarida ko’zlaydigan maqsadning aniqlik dara jasidan iborat bo’ladi.
Kishidagi irodaviy faollik intilishdan boshlanishi, intilishlar esa qanchalik
anglab olinganligiga qarab bir-biridan farq qilishi sababli, odamlar xarakteri ham,
ular da qanday intilish ustun bo’lishiga qarab, bir-birlaridan farq qiladilar.
Ba’zi odamlarning qiladigan harakatlarida hali yaxshi anglab olinmagan
intilish, ya’ni moyillik ustunlikni egallaydi. Bunday kishilarning intilishi,
ko’pincha, noaniq, bemazmun bo’ladi. Bunday kishilar hamma vaqt nimanidir
qid iradilar, nimanidir qumsaydilar, doimo ularga nimadir yetishmaydi, nimadir
istaydilar, ammo uning nima ekanligi ni o’zlari ham bilmaydilar. Bunday
odamlarni hyech narsa qanoatlantirmaydi. Ularda hamma vaqt zerikish,](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_5.png)
![homushlik, «nolish», «tajribasizlik»ni ko’ramiz. Bunday odamlarda, ko’p incha,
ko’ngli notinchlik, bezovtalik va hovliqish bo’ladi. Bunday odamlarning hatti-
harakatlarida rejasizlik, tanglik ko’p bo’ladi.
Ba’zi odamlar nimaga intilayotganliklarini anglaydi lar, lekin uni amalga
oshirish uchun faoliyat ko’rsatmaydilar. Ular hamisha nimanidir qumsaydilar,
noliydilar, o’zlarini va atrofdagi kishilarni tanqid qiladilar. Bunday odamlar
orzu-xayollar (ko’pincha, «yaxshi» niyatlar) ga beriladilar, goho-goho
g’ayratlari jo’sh uradi, ammo aslida ular faoliyat siz, sustkash bo’ladilar.
Bunday xislatlar, asosan, tarixiy o’tmish kishilari xa rakteri alomatlari bo’lib,
zamonamiz kishilari xarakteri dan uzoqlashib bormoqda.
Kishi xarakterining muhim ijobiy xislati maqsadga in tilishdir, kishida muayyan
hohish tariqasidagi batamom ang lab olingan intilishning ustun turishidir.
Bunday kishi lar istaklari nima ekanligini, maqsadlari nimadaligini va unga
erishish uchun nimalar qilmoqligi va qanday qilmoq lo zimligini hamisha
biladilar. Bunday kishilar aniq maqsad ga ega bo’lib, shu maqsadga muvofiq
harakat qiladilar. Iro da bilan bog’liq bo’lgan xarakter xislati ayni vaqtda aql-
farosat bilan bog’liq iroda xislati hamdir.
Xarakterning iroda bilan bog’liq bo’lgan xislati qat’i yatlilik va barqarorlikdir.
Ba’zi odamlarni biz qat’iyatli, barqaror deymiz, ba’zilarini esa qat’iyatsiz,
mujmal, beqaror deb atay miz.
Qat’iyatli, barqaror odam deb ortiqcha ikkilanmasdan, tez bir qarorga
keladigan kishilarni aytamiz. Qat’iyat kishining shu o’rinda qay daraja aql-farosat
bilan ish ko’rishiga qarab turli tus oladi.
Qat’iyatning o’zi, albatta, kishi yuksak g’oyaviy va ahlokiy tamoyillarga
asoslangandagina ijobiy xislat bo’la oladi. Har doim muhokama qilib, asosli
ravishda, kerak bo’lib qolganda shoshilmasdan, donolik bilan ish ko’radigan
odamni aqlli, dono, vazmin odam deb aytamiz.
Lekin xarakteri e’tiborli bilan qat’iyatli bo’lgan kishilar ichida ayrim tuyg’ularga
berilib, kayfiyatiga qarab tez, shoshqaloqlik bilan qarorga keluvchi kishilar ham
bo’ladi. Bunday odamlar emosional, impulsiv tabiatli bo’lib, ular odatda,](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_6.png)
![o’zlarining shoshmashosharliklari, yengiltakliklari va betayin bo’lishliklari
bilan ajralib turadilar.
Qat’iyat ortiqcha ikkilanmasdan o’ylab, to’g’ri qaror chiqara olganda va
ularni dadillik bilan amalga oshira bilgandagina kishi xarakterining ijobiy xislat i
bo’la oladi.
Kishi xarakteridagi bu xislat bir qancha narsa yoki imko niyatlardan bittasini
darrov, tezlik bilan ajratib olib hal etishni talab etiladigan va ba’zan tavakkal
bilan jur’ at qilishni talab etadigan murakkab bir vaziyatda ayniqsa yaqqol
ko’rinadi.
Qat’iyatsizlik, jur’atsizlik salbiy xarakter xislatla ridandir.
Qat’iyatsiz, jur’atsiz kishi juda sekinlik bilan qaror chiqaradi, o’zining
chiqargan bunday qarorlarinn ham, ko’pin cha, vaqtida bajarmaydi. Bunday odam
har xil imkoniyatli, ehtimolli va ayniqsa tavakkal bilan jur’at qilish talab etadigan
ishlarni bajarishda o’z qarorining to’g’riligiga i shonmay, shubhalanadigan
bo’ladi.
Barqarorlik qat’iyat bilan yaqindan bog’langan bo’lib, ijobiy xarakter
xislatidir. Bunday xarakter xislatiga ega bo’lgan odamlar, odatda, bergan.
qarorlarini o’zgartirmaydi lar, bekor qilishmaydilar va bajarmay qo’ymaydilar.
Bunday odamlar o’z so’zida, va’dasida turadigan, sahovatli bo’ladilar; ularning
so’zi bilan ishi bir biriga mos bo’ladi. Bunday odamlar o’z so’zida mustahkam,
ularga ishonsa, suyansa bo’ladi.
Beqaror odamlar deb, o’z qarorlarini tez tez o’zgartirib turadigan yoki aynib
turadigan odamlarni aytamiz. Bunday odamlar o’z so’zida, vadasida turmaydilar,
subutsiz bo’ladilar Bunday odamlarning so’ziga ishonib va umid qilib
bo’lmaydi .
Xarakterning iroda bilan bog’liq bo’lgan eng yaqqol xislat i kishi irodasining
kuchi va mustahkamligida ifodalana di. Bunday xislatlar har kimning xarakterida
ham ma’lum darajada namoyon bo’laveradi, Xuddi shunday kuchli iroda va
mustahkam xarakterga ega bo’lgan kishilarni bizda yuksak qadrlanadi.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_7.png)
![Xarakterning kuchi va mustahkamligi o’zini tuta bilish lik, dadillik, chidam
va matonatda ko’rinadi.
O’zini tuta bilish tariqasida namoyon bo’ladigan xarakter xislati kishining o’z
hatti-harakatini nazorat qila bilish da, o’zini tuta bilishida, tasodifiy yuz beradigan
ixtiyorsiz harakatlarini idora qila olishda, tilini tiya bilishda, mu ayyan sharoitda
nojo’ya yoki zararli deb isbotlangan harakat lardan o’zini tiya bilishda ko’rinadi.
Bunday kishilar vazmin, o’zi ni tuta biladigan bo’ladilar. Bunday odamlar
saranjom sarishta bo’ladilar.
Xarakter kuchi dadillikda ham ko’rinadi. Dadil odamlar har qanday mashaqqat
va to’siqlarga qaramay, ko’zlangan maqsadiga erishadigan bo’ladilar. Bunday
kishilar boshlagan bir ishni o’z tinchligining buzilishiga, hatto o’zining hayoti uchun
havfli bo’lishiga qaramay, oxiriga yetkazadigan, sabotli bo’ladi lar. Bunday
odamlar jur’atli, botir va jasur kishi lardir.
Matonat shunday xarakter xislatidirki, bu xislatlarga ega bo’lgan odam sobit
qadam, chidamli, ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda duch kelgan hamma
qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan va ularni yenga oladigan bo’ladi.
Xarakter xislati tariqasida namoyon bo’ladigan matonat, sabotlilik ba’zi
odamlarning barcha faoliyatlarida yuz bersa, ba’zilari esa o’zlari qiziqadigan
ayrim faoliyatlari soha sidagina yuz beradi.
Matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamma vaqt oxi riga yetkaza oladigan
bo’ladilar.
Matonatli odam muvaffaqiyatsizlikka duch kelib qolgan da ruhi tushmaydi,
aksincha, ko’zlagan maqsadga yetish yo’lida yanada qat’iyat bilan kirishib, yangi
yo’l va vositalar izlay di va maqsadiga erishadi.
Matonatli odamlar o’ziga va boshqalarga nisbatan talab chan bo’lish bilan
ajralib turadilar. Bunday kishilar o’z kuchiga ishonadigan bo’ladilar. Bular
mo’ljallangan narsani amalga oshirishda duch kelgan har qanday to’siqlarga
qarshilik ko’rsata oladigan, sabotli bo’ladilar.
B unday kishilar chidamli, o’z maqsadlariga erishish yo’li da uchragan
to’siqlarga qarshi kurashlarda jismoniy va ruhiy azob va musibatlarga bardosh](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_8.png)
![beradigan bo’ladilar. Bu lar sabr toqatli, har qanday sharoitda ham o’zini tuta ola -
digan, dadillik, jasorat, matonat ko’rsatishga qodir odam lardir. Xarakter xislati
bunday odamlar zo’r qahramonliklar ko’rsatishga qodir bo’ladilar. Ular o’z
hayotini bir asosiy maqsadga bo’ysundirdi va har qanday mashaqqat va to’siqlardan
qaytmay, asosiy maqsadi yo’lida kurashadi.
Bunday xarakterli odamlarga optimistik kayfiyat xos bo’lib , hayotga doimo
shavq-zavq bilan qaraydilar, porloq is tiqbolga zo’r umid bog’laydilar. Ular
odamlarga, ulardagi bo’lgan imkoniyatlarga va o’z kuchlariga, mehnat
imkoniyatla riga ishonadigan bo’ladilar.
Xarakterning salbiy xislatlaridan biri kishi irodasi ning bo’shlig’idir.
Iroda bo’sh yoki xarakteri zaif deb, hatto arzimaydigan to’siq va qiyinchiliklarni
ham yenga olmaydigan odamlarni aytiladi, Bunday odamlar qo’rqoq, jur’atsiz
bo’lib, ozgina qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizlikka duch kelsalar, o’zlari ning
qilayotgan ishlarini to’xtatishlari, o’z qarorlarini o’zgar tirishlari, ko’zlangan
maqsaddan voz kechishlari mumkin. Ular sharoit talab qilgan darajada sabot,
sabr toqat, ma tonat va chidam ko’rsata olmaydilar. Bunday odamlar yurak siz,
landovur, dangasa, ko’ngli bo’sh bo’ladilar. Bunday odamlarning hatti-
harakatlarini, odatda, o’zlaridan ko’ra ko’proq tashqi sharoit idora qiladi.
Bunday xarakterli odamlar umidsizlikka moyil bo’lib, hayotga, turmushga
noshukurlik bilan qaraydilar. Ular hamma vaqt hamma yerda, hamma odamlarda
faqat salbiy, yomon to moninigina ko’radilar. Ularning fikricha, o’zlaridagi barcha
shaxsiy kamchilik va yetishmovchiliklarga boshqalar aybdor. Bunday tipdagi
ba’zi odamlar beparvo, ko’ngilchanlikka mo yil bo’ladilar.
Bunday xarakter xislatlari bizdan yo’qolib bormoqda .
Xarakterning mustaqilligi
Kishida muayyan darajada namoyon bo’ladigan mustaqillik shaxsning iroda
bilan bog’liq bo’lgan individual xususiyat lariga kiradi.
Bunday xarakter xislatlari: tashabbuskorlik, tanqidiy qarash va mas’uliyat his
qilishdan iboratdir.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_9.png)
![Tashabbuskorlik – xarakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat ko’pchilik
kishilarida ommaviy tus olgandir.
Tashabbuskor odam o’zining shaxsiy hayotida ham, ijtimo iy faoliyatlarida ham
sharoitni, qo’yilgan talablarni usta lik bilan hisobga olib, o’rtaga yangi vazifalar
qo’yadi, qo’yilgan vazifalarni hal etish yo’llarini, vositalarini to padi va bu
vazifalarni bajarishda o’zi ham aktiv ishtirok qiladi , Tashabbuskor odam jamoa
mehnatda davlat reja va topshiriqlarini amalga oshirishning eng samarali vosita
va yo’llarini qidirib topadi, musobaqalar tashkil etadi, orqada qoluvchilarga
yordam beradi. Tashabbuskor ki shilar – faol kishilardir, ular novatorlardir.
Kishidagi tanqidiy ko’z bilan qarash xislati boshqalar ning aytgan fikr va
mulohazalarini diqqat-e’tibor bilan tekshirib ko’ra bilish qobiliyatida namoyon
bo’ladi. Shunday xislatga ega bo’lgan odam boshqa kishilarning fikrlariga,
qarashlariga, bergan maslahatlariga e’tibor bilan quloq solib
ularning hamamasini u, muayyan tamoyillar nuqtai na zaridan, yaxshilab o’ylab
ko’radi, ijobiylarini qabul qiladi va foydalanadi, noma’qul, salbiy, foydasi
bo’lmaganlarini asosli ravishda rad qiladi. Shunday xislatga ega bo’lgan kishi,
boshqa odamlar aytadigan fikr va mulohazalar ning hammasini dunyoqarash va
ahloq tamoyillariga tayanib tekshirib chiqadi va maqulla rini tanlab oladi.
Mas’uliyat his qilish shu odamning mustaqilligini ko’rsatuvchi tipik xarakter
xislatidir. Mustaqil odam topshiriq yoki o’z tashabbusi bilan qilinayotgan ish
uchun mas’uliyatni dadillik bilan ustiga oladi va boshlagan ishni oxiriga
yet kazadi. U hamma vaqt adolatli tanqidni qabul qilishga, o’z xatosini bo’yniga
olishga va uni tuzatishga tayyor turadi.
O’z-o’ziga tanqidiy qaraydigan kishi doimo o’zida mas’u liyatni his qiladi va
unga beparvolik yotdir. U erishgan narsasi to’g’risida emas, balki erishmagan
narsasi haqida ko’proq o’ ylaydi, u uchun muvaffaqiyat kelgusidagi ishga rag’bat
sti muliginadir.
Tashabbuskorlikning, tanqidiy qarashning bo’lmasligi, o’z hatti-harakatlarida
mas’uliyat sezmaslik kishidagi mustaqilsizlikning alomati, undagi xarakterning
bo’shlig’ini ko’rsatadi.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_10.png)
![Mustaqil bo’lmagan odam hamisha sustkash bo’lib, hamma dan orqada qolib
yuradi, o’zining to’mtoqligi bilan ajralib turadi. Bunday odamlar, odatda, o’z
ishidagi muvaffaqiyat sizlikning sababini o’zidan qidirmay, obyektiv sharoitga
to’nkaydilar. Ular boshqalar tomonidan qilinadigan tanqid ni qabul qilmaydilar
va o’z xato va muvaffaqiyatsizlik larining gunohkori deb boshqalarni
hisoblaydilar.
Kishining intizomlilik tariqasida namoyon bo’ladigan xa rakter xislati jamiyat
talablariga ongli va ixtiyoriy ra vishda bo’ysunishda ifodalanadi. Jumladan,
intizomlilik belgilangan tartib-intizomlarga aniq rioya qilishda, o’z burchiga
sadoqatli bo’lish bilan birga bergan va’dalarini vijdonan bajarishda ifodalanadi.
Intizomli odamga mustaqillik, tashabbuskorlik, ishchan lik va shu bilan bir
vaqtda jamiyat manfaatiga va ahloq tamoyillariga bo’ysuna bilishlik xosdir.
Belgilangan qoida va ahloqiy tamoyillarga bo’ysunmaydigan mustaqillik esa
shaxsning o’zboshimchalik, o’zbilarmonlik, adabsizlik va ba’zan ahloqiy jihatdan
chetga chiqib ketish singari salbiy sifatlarida namoyon bo’ladi.
Xarakterning ahloqiy xislatlari.
Xarakter kuchi va mustahkamligini ifodalaydigan barcha xislatlar ularda shaxsning
ahloqiy maslagi, ma’naviy qiyo fasi namoyon bo’lgani uchun ijobiy qimmatga ega
bo’ladi.
Ahloqiy yoki ma’naviy xarakter xislatlari deb kishining ahloqiy e’tiqodlarini aks
ettiradigan xislatlariga ayti ladi. Ma’naviy xarakter xislatlari, jumladan kishini
boshqa odamlarga jamiyatga, mehnatga va shuningdek, o’z-o’zi ga munosabatida
namoyon bo’ladi.
Kishining e’tiqodlarini ifodalaydigan xarakter xislatlari
Kishining ma’naviy qiyofasi haqida avvalo, uning hat ti-harakati va hulqiga qarab
hukm qilamiz. Kishining ma’ naviy qiyofasi avvalo uning hatti-harakatlari va hulqida
namoyon bo’ladi.
Ahloqli odam deb o’zlarining intilishlarida, qarorlarida va harakatlarida har doim
gumanistik ahloq prinsp lariga amal qiluvchi kishilarni aytamiz.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_11.png)
![Qat’iyat, sabot, dadillik, matonat, tashabbuskorlik, mas’ uliyat hissi intizomlilik va
shu kabi iroda xislatlari kishining ahloqiy qiyofasini, uning mustahkam e’tiqod va
barqaror ahloqiy hissini ifodalaganligi sababli, biz bu xislatlarni yuksak sifatlar
deb taqdirlaymiz.
Ular qaysi kishi xarakterining ma’naviy darajasi, av valo o’z faoliyatlarida yoki
o’zining ayrim hatti-harakatla rida, tamoyillarida asoslanadigan motivlarida namoyon
bo’ladiki, kishi o’z intilish, qarorlarini va o’z harakatla rini shuningdek, boshqalar
tomonidan chiqariladigan qaror va harakatlarini shu nuqtai nazaridan baholaydi.
Xalqimizning azal-azaldan, masalan, To’maris, Shiroq, Farhod va bugungi
kunning boshqa ko’pgina qahramon yigit va qizlari xarakterining mustahkam
matonatli bo’lganligi ulardagi e’tiqod, ularning vatanparvarlik, o’z xalqiga, davla tiga
fidokorona sadoqat ruhida tarbiyalanganliklari samarasidir. Kishilarning ma’naviy
fazilati–rostgo’y lik, to’g’rilik, xalq manfaatlariga, Vatan manfaatlariga
sadoqat liliklaridadir. Ahloqli kishilar davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan
yuqori qo’yadigan kishilardir.
Milliy xarakterni olijanob ahloqiy fazilati – Vatan va o’z xalqining baxtu-saodati
uchun, jamiyat ideallarini amalga oshirish uchun kurashlarda o’z hayotini qurbon
qilishga tayyor turishdir.
Kishining boshqa odamlarga va mehnatga bo’lgan munosabatlarida
ifodalanadigan xarakter xislatlari.
Kishining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatlarida ifo dalanadigan xarakter
xislatlari odamning hatti-harakat lari va nutqida yaqqol namoyon bo’ladi.
Kishining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatlarida ifo dalanadigan ijobiy
xarakter xislatlari, avvalo, kishining boshqa odamlar bilan nechog’li el bo’lib
ketishidadir. Bu xa rakter xislati kishining hamisha boshqa odamlar bilan birgalikda
bo’lishga, jamoaning umumiy manfaatlari bilan nafas olishga, birgalikda qilinadigan
ishlarda qatnashish ga intiluvida namoyon bo’ladi. Kishilarga el bo’lib ketadigan
odamlar hatto oz bir muddatga bo’lsa ham yakka qolgan payt larida ich-ichlaridan
eziladilar.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_12.png)
![Xarakter xislati bo’lgan el bo’lib ketishning, o’z navbati da, har bir kishida ba’zi bir
xususiyatlari ham bo’ladi. Chu nonchi, kishi naqadar el bo’lib ketaveradigan
bo’lmasin, shunga qaramay har bir kishining boshqa odamlarga ijobiy munosabati
bir xil bo’lavermaydi har bir odamning boshqa larga qaraganda o’ziga eng yaqin
ko’rgan, ko’ngliga yoqqan oshno-og’aynisi bo’ladi. Har bir odamning o’z o’rtoqlari,
do’stlari bo’ladi. Buni boshqacha qilib aytganda, kimgadir mehr-muh abbat qo’yishi
(sadoqat) deyiladi.
Odamlar bilan munosabat, el bo’lib ketish doirasi har bir kishida turlicha
namoyon bo’ladi. Bir xil odamlarning o’rtoqlari, do’stlari ko’p bo’ladi boshqa
birovlarining oshno- og’aynilari, do’stlari kamroq bo’ladi. Odamlar do’stlik
muno sabatlari va mehr-muhabbatlarining barqarorligi yoki beqa rorligi jihatidan ham
bir-birlaridan farq qiladilar. Bir xil odamlar o’z do’stlik munosabatlarida sobit
qadam, vafo dor, mehr-muhabbatlaridan hyech qachon aynimaydigan bo’ladi lar. Bu–
xarakterning ijobiy xislatidir, albatta.
Ammo odamlar bilan munosabatida yoki birodarligida beqaror, subutsiz, aynama
kishilar ham bo’ladi, bunday ki shilarning do’stlik va mehr-muhabbatida tutiriq
bo’lmaydi. Ulardagi yor birodarlik hissi ba’zan juda ham jo’sh urib ketishi,
shuningdek, darrov so’nib, yo’qolib ketmog’i ham mum kin. Bunday odamlar hali
boshqa bir kishi bilan do’stlashib ketaveradi, bunisidan aynib, unisi bilan
do’stlashadi.
Odamlar bilan munosabatdagi bunday tuturiqsizlik ham xarakter
xislatidir, lekin u salbiy xislat.
Odamlar bilan keng doirada va barqaror el bo’lish xislat i, odatda,
optimizmdan iborat ijobiy xarakter xislati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Bu
xislat olam va hayotga beg’ubor hamda quvnoq nazariya bilan qarashda
ifodalana di. Xarakteri e’tibori bilan optimist odam hatto hayot ida ba’zi bir
qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan paytlarda ham ertangi
kunining beg’ubor bo’lishligiga qattiq ishonadi.
Xarakterning e’tibori bilan odamga el bo’lmaydigan, yakkalanib yuruvchi
kishilar bo’ladi. Ular shaxsiyatpa rast, xudbin bo’ladilar, butun hayotida fikru-](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_13.png)
![zikri va hatti-harakat i faqat o’zining shaxsiy manfaatini qondirishga qaratilgan
bo’ladi. Bunday odamlar faqat o’z rohat farog’ ati, o’z foydasinigina o’ylaydi
xolos. Bunday shaxsiyatparast va xudbin kishilar orasida odamlar bilan chiqisha
olmaydigan, jizzaki, odamlarni yoqtirmaydigan, odamlar ham ularni
yoqtirmaydigan shaxslar bo’ladi. Bunday kishi lar, ko’pincha, o’taketgan
xudbin bo’ladi ular hyech bir nar sada biror yaxshi tomon ko’rmaydilar va
ko’rishni ista maydilar. Odamlarga ishonmaydilar, o’z kuchlariga ishon maydilar.
Kishining odamlar bilan el bo’lib ketish darajasi bir odamning barcha hatti-
harakatida ayrim hulq atvor larida va so’zlarida namoyon bo’ladi.
Kishining hatti-harakatlari va so’zlarida uning boshqa odamlarga bo’lgan
sifatlari chunonchi, samimiylik haqqoni ylik kabi sifatlari namoyon bo’ladi.
Samimiy va haqqoniy odam deb hatti-harakati va nutq ida har doim to’ppa
to’g’risini, haqiqatni aytuvchi kishilar ni aytamiz. Bunday odamlar qalbi pok,
hamma vaqt to’ppa-to’g’ri sini odamning betiga dangal aytuvchi kishi bo’ladilar.
O’z so’zi va hatti-harakatlarida samimiy bo’lmagan odam larni, boshqacha
«ikkiyuzlamachi» «munofiq» deb aytadilar. So’z boshqa-yu, ishi boshqa bo’lib
qolsa, bu juda ham yomon bir holdir. Bu hol munofiqlikka olib boradi.
Kishi xarakterining bunday salbiy xislatlari uning ko’z bo’yamachilik,
aldamchilik, qalloblik, firibgarlik singari hatti-harakatlarida namoyon bo’ladi.
Hayot shuni ko’rsatdiki bunday hatti-harakatlarni faqat ayrim kishilarga
nisba tangina qo’llanib qolmaydi, hattoki o’z jamoasiga va o’z dav latiga nisbatan
ham qo’llaydigan odamlar uchraydi.
Samimiyat va haqqoniylik kishi xarakterining eng muhim xislatlaridan biridir.
Bu xislatlarni o’stirish tarbiyaning muhim vazifasidir.
Kishi xarakterining yana bir ijobiy xislati gumanizm « insonparvarlik»dir ya’ni
har bir mehnatkash kishi bilan munosabatda uning qadr-qimmatini zo’r e’tibor va
sergaklik bilan saqlashdir. Xarakterning bu xislati kishilar to’g’ri sida
g’amxo’rlik ko’rsatishda, har bir kishida uning yaxshi, ijobiy, qimmatli tomonini
topa bilishda ifodalanadi. Gu manizm mehribonlikda, ziyraklikda, kishilarning
ruhiy holatni, dilidagi tuyg’ularini tushuna bilishda ularning ehtiyojlarini avaylay](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_14.png)
![bilish va yordam ko’rsatishga tayyor tura bilishda ifodalanadi. Mehribon bo’lish
– hushmuomala bo’lish demakdir.
Kishiga e’tibor, mehribonlik va hushmuomalalik ham har bir kishining
hatti-harakatida va so’zida namoyon bo’ladi. Kishining so’zi naqadar kuchli
ta’sir ko’rsatishini biz bundan oldin ham so’zlab o’tgan edik. Kishilarga
mehri bon, e’tibor bilan qaraydigan odamning shirin so’zi ular iing ruhini
ko’taradi, ularga madad beradi, g’am-g’ussala rini yengillashtiradi, ularga
umid bag’ishlaydi dillarini shod qiladi.
Insonparvarlik bilan birga qo’shilgan haqqoniylik yuksak ijobiy xarakter
xislatidir.
Afsuski, xarakterida salbiy xislatga, ya’ni insonparvarlikka zid bo’lgan dag’allik
ancha o’rin olgan kishilar hali ham uchrab turadi. Bunday salbiy xarakter xislati
ham shunday odamlarning xudbinligi natijasidirki, u odamlar faqat o’zingni bil,
o’zgani qo’y «mislida» ish ko’radilar va boshqa kishilarga, hatto o’z yaqin
odamlariga ham har qadamda faqat yomonlik sog’inishga tayyor turadilar. Bunday
odamlar ning hatti-harakatida ham, gap so’zida odatda har doim za harxandalik,
mensimaslik, dag’allik va beparvolik sezilib turadi, ularning boshqa odamlar bilan
munosabatdagi hatti- harakati kishining dilini vayron qiladi, kayfiyatini buza di,
kishida o’z kuchiga ishonmaslik, ma’yuslik, umidsizlik tuyg’ularini uyg’otadi. X udbin
to’ng odam boshqa kishilar bilan munosabatlarida ko’pincha so’zda ham, ishda ham
berahm va adolatsiz bo’ladi. Bunday odamlar o’zlarining salbiy xususiyatlarini,
odat da, boshqalarga to’nkaydilar. Har qanday, hatto chittakkina
muvaffaqiyatsizliklari sababini o’zlaridan emas, balki boshqa kishilardan
ko’radilar.
Bunday salbiy xarakter xislatlari o’tmish qoldig’i bo’lib hozirgi vaqtda barham topib
bormoqda. Xarakterning bunday salbiy xislatlari batamom barham topib ketmog’i
uchun biz da hamma sharoitlar yaratilgandir. Xudbin to’ng kishining har qanday
noloyiq hatti-harakati har bir jamoada darhol amaliy zarbaga uchraydi, keng
jamoatchilik bunday noloyiq hatti-harakatni qattiq tanqid ostiga oladi. Ma’ lumki,
jamoatchilik tanqidiy tarbiyalash va qayta tarbiya lashning eng samarali vositasidir.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_15.png)
![Kishi xarakterining mehnatga bo’lgan munosabatida ifo dalanadigan xislat ayni
vaqtda uning iroda kuchini ko’rsa tadigan, shuningdek, kishining boshqa odamlarga,
eng avvalo, o’z jamoasiga bo’lgan munosabatini ifodalaydigan xislat hamdir. Axir,
har bir kishi boshqa odamlar bilan, o’z jamoasi bilan faqat kimlargadir ijobiy va
kimlargadir salbiy m unosabatda bo’lishi orqaligina bog’liq bo’lib qolmasdan, balki,
asosan, mehnat faoliyatidagi real ishtiroki orqali bog’liqdir.
Kishi xarakterining ijobiy xislati mehnatni sevish, ya’ni mehnatsevarlikdir .
Bunday xarakter xislati kishining biror ishni shunchaki bajarish ehtiyoji bilan bog’liq
bo’lmay , balki uni yaxshilab bajarish ehtiyoji bilan bog’liqdir. Bunday xislat kishining
mehnat faoliyatidagi halolligi, saranjom-sarishtaligi va intizomliligi bilan bog’liqdir.
Kishida bunday xarakter xislatining mavjudligi, mehnat ning bu kishida ehtiyojga
aylanib qolganligidan dalo lat beradi. Mehnatni sevish, tejash–ehtiyot qilish
xislat i bilan yaqindan bog’liqdir.
Tejab, ehtiyot qilib xo’jalik yuritadigan davr kishisi jamiyatning muqaddas va
dahlsiz asosi bo’lgan mulkni mustahkam saqlaydi va qo’riqlaydi. Ehtiyotkor odam
mol-mulkning buzilib, yorilib ketmasligi uchun, shuningdek, o’z buyumlariniig
butunligi uchun ham qayg’uradi. B u uniig o’z zarur ehtiyojlarini buzish hisobiga
dunyo orttirish emas, albatta.
Kishi xarakterining salbiy xislati dangasalik, ehtiyot q ilmaslik mehnatga
beparvolik bilan qarash, topshiriqlar ni yuzaki bajarishlikdir. Bunga ayrim kishilar
ongida bo’ladi gan mehnatga boyvachchalarcha mensimay munosabatda bo’lish
singari eskilik qoldiqlari ham kiradi.
Kishi xarakterining bunday salbiy xislatlari ko’pincha ma’naviy javobgarlikni
sezmaslik bilan bog’liq bo’ladi. H alol mehnat qilish, jamiyat baxti-saodati, uchun
kurashish bizning asosiy tamoyillarimizdan biridir.
Kishining o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadigan xarakter
xislatlari
Kishining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatlarida va hatti-harakatlarida uning
o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlari ni ifodalovchi xarakter xislatlari ham namoyon
bo’ladi. Bu o’z-o’ziga baho berish deb ataladigan xarakter xislatidir.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_16.png)
![Jamiyat o’rtasidagi xilma-xil munosabatlarida odam ix tiyoriy yoki ixtiyorsiz
ravishda o’zini boshqalar bilan taqqos laydi va o’zida boshqalarga o’xshash yoki farq
qiladigan xislat lar topadi. Odamda o’zi haqida, uning o’zligi haqida ma’lum bir fikr
paydo bo’ladi.
O’z-o’ziga yuksak baho berish odamning o’zligini anglash ning muhim bir
tomonini tashkil etadi. Kishining o’z-o’ziga beradigan bahosi uning haqiqiy
sifatlariga mos bo’lishi yoki mos bo’lmasligi ham mumkin. Odam o’zidagi sifatlarga
ortiq cha baho berib yuborish yoki ularga yetarli baho bermas ligi ham mumkin.
Shunday odamlar ham bo’ladiki, ular ko’p chilik tomonidan e’tirof etilgan ma’lum
bir fazilatlarga ega bo’lib, bu fazilatlariga o’zi ham yuksak baho beradi. O’z-o’zi ga
baho berish kishining o’z q adr-qimmatini, o’z sharafini bilish, yuksak singari
xarakter xislatlarida ifodalanadi.
O’z-o’ziga yuksak baho berish ba’zi odamlarda iftixor tariqasida ifodalanadi
bunday odamlar o’zidagi mavjud bir fazilatni doim qayd qilibgina qolmay, balki o’zini
boshqa lardan afzal tomonlari borligini ham qayd etadi. O’z qadr-qimmat ini, izzat-
nafsini bilish,faxr salbiy xislat emas, albatta. Bu yerda ayrim kishida bo’ladigan
guruhlanishni ko’zda tutilmay, balki bu odamning nima bilanfaxrlanishi ni, o’zi
uchunfaxr deb nimani tushunishini ko’zda tutishga to’g’ri keladi.
Fahr, izzat-nafs, o’z qadr va martabasini bilish, faqat xudbinlikdan,
egoistlikdan iborat bo’lib qolsa, u vaqt da bunday xarakter xislati salbiy deb
hisoblanadi. Bunday xususiyat, ko’pincha, takabburlik, manmanlik, dimog’dorlik,
kibrlanish, g’ururlanish tariqasida ifodalanadi,
Shunday odamlar borki, olijanob xislatlarga ega bo’ladi , ammo hyech vaqt bu
xislatini odamlarga pesh qilmaydi, hyech bir holda bu xislati bilan kerilmaydi.
Bunday odamlar kamtar, oddiy kishilar bo’ladilar; bunday odamlarning hatti-
harakatida, gap so’zida takabburlik, dimog’dorlik, man manlik bo’lmaydi.
Kamtarlik va soddadillik kishi xarakteri ning ijobiy sifatidir.
Kamtar odam umum orasidan o’zini ajratib ko’rsatishga, haqiqatdagi yoki
ayniqsa, o’rni-tagi yo’q xizmatlarini bo’rt tirib pesh qilishga urinmaydi. U o’zining](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_17.png)
![boshqalardan af zallik tomonlarini agar shunday tomonlari bo’lsa ko’z- ko’z
qilishiga intilmaydi, hammaning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qilmaydi.
Kamtar kishi odamlarga o’zini savlat qilmaydi, uning odamlarga bo’lgan
muomalasi, kiyimi, yurish turishi, nutqi, o’zi ni tutishi va odatlari har doim tabiiy
va samimiy bo’ladi .
Ijtimoiy va shaxsiy hayotda oddiylik va kamtarlik alohida ahamiyatga egadir.
Kamtarlik o’z-o’zini tanqid va o’ziga nisbatan qat’iy talabchanlik bilan o’z
ishiga to’g’ri baho bera bilish, ishidagi kamchiliklarni ko’ra bilish, o’z hatti-
harakati va faoliyati ni tahlil qila bilish ham baho berish bilan o’z kamchilik larini
dadil ochib tashlash va ularga iqror etish hamda ularga halollik hamda
vijdonan bartaraf qilish choralarini ko’rish bilan chambarchas bog’liqdir.
Kishidagi kamtarlik ba’zan tortinchoqlik, uyatchanlik tarzida namoyon
bo’ladi. Yana shunday odamlar ham uchrab qoladiki, biron g’araz ni, o’z
shaxsiy manfaatini ko’zlab va bunga yetishmoq uchun boshqa odamlar oldida
o’z insonlik qadr qimmatini yerga urishga tayyor turadi. Bunday odamlarning
hatti-harakatla rida hushomadgo’ylik, tilyog’lamalik, laganbardorlik singari
nihoyat past qiliqlari ko’rinib turadi. Odamlardagi laganbardorlik, tilyog’lamalik,
hushomadgo’ylik salbiy xarakter xislatidir.
Ba’zi odamlar borki ular haqiqatda o’zlarida bo’lmagan fazilatlarni o’zlarida
bor deb ko’rsatmoqchi bo’ladilar. Bunday odamlar o’ziga bino qo’ygan
maqtanchoq, manman ko’zbo’yamachi bo’ladi, o’zini katta tutib, gerdayib
yuradi. Bun day kishilar, ko’pincha, juda katta ketib gapiraveradi lar-u lekin
amalda, haqaqatdan tuturiqsiz, noshud, puch odam bo’ladilar.
Kishining o’zida yo’q sifatni bor degani bilan bu gap h ali uning
xarakteridagi haqiqiy ijobiy xislat bo’la ol maydi. Balki, aksincha, kishining o’zida
yo’q sifatni bor deb ko’rsatishga urinishi, kishining o’zini ma’lum bir fazilat
egasi deb o’ylab yurishi uning xarakteridagi xislat bo’lib qo ladi. Shunday qilib,
kishining chinakam olijanob xislat lari uning o’zida bor deb hisoblangan, lekin
aslida yo’q xislatlar bo’lmay, balki shu kishi to’g’risida uning ishiga qarab](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_18.png)
![jamoatchilik o’rtasida tug’ilgan fikr tasdiqlagan xislatdir. Ta’lim-tarbiya
jarayonida oldini olish bizning asosiy vazifamizdir.
Xarakter klassifikasiyasi va tiplari to’g’risida
Biz kishida xilma-xil ko’rinishda va turlicha namoyon bo’ladi gan bir qancha
xarakter xislatlari bilan tanishib chiqdik.
Har qaysi xarakter xislati bir biridan ajralgan bo’lmay , balki ular bir-birlari
bilan bog’liq holda namoyon bo’ladilar. Shuning uchun bir xarakter xislatining
o’zi ham turlicha odamlarda turlicha namoyon bo’lmog’i mumkin. Chunon chi,
dadillik bilan qilinadigan bir hatti-harakatning o’zi ma’qul yoki noma’qul, ahloqda
muvofiq yoki nomuvofiq bo’lmog’i mumkin. Kishidagi mardlik singari xarakter
xislati faqatgina undagi iroda bilan bog’liq bo’lmay, balki aql- idrok va tuyg’u
hissiyotlar bilan bog’liqdir. Mardlik ayni vaqtda ahloqiy xislat hamdir. Har bir
kishining xarakter i kishi shaxsida mujassamlanadigan turlicha xislatlar ning
alohida bir tarzda birlashuvidir.
Kishilar xarakterini klassifikasiya qilishga yoki xa rakter tiplarini aniqlashga
urinish hollari psixologiya tarixida ko’p martaba uchragan. Shunga qaramay,
hanuzgacha bir xarakter klassifikasiyasi va tipologiyasi yaratilgani yo’q.
Shu sababli ayri m kishi larni xar akter lashda odat da shu kishiga xarakterli
bo’lgan bir-ikkita muhim belgisi ko’rsatiladi. Chunonchi, ba’zi kishilarni
mustahkam, kuchli xarakterli desak, ba’zilarini kamtar, mehnatsevar, yana
boshqalarini esa hushmuomala, dilkash va hokazolar deb ataymiz.
Kishining o’z faoliyatlarida, tuyg’u-hissiyot va nutqlarida, uning
boshqalarga va o’z-o’ziga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xarakter
xislatlari bu kishining o’z hayotida qanday maqsadlarga amal qilishga qarab,
o’z hayotini va qiladigan ishlarini qanday tushunishga qarab, ijobiy yoki salbiy
bo’lmog’i mumkin.
Shuning uchun ham uning barcha xarakter xislatlari yuqori ahloqiy sifat
kasb etadi. Ekspluatator sinflar sharoitida qat’iyat, matonat, mustaqillik singari
xarakter xislatlari, ekspluatatorlik maqsadiga qaratilganligi tufayli ahloqqa zid,
yaramas, xarakter xislatlari deb hisoblanadi.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_19.png)
![Shunday kishilar ham uchraydiki, ularning xarakterini aniqlash qiyin
bo’ladi. Bunday odamlar haqida xalqimiz juda o’rinli ravishda: «na rahmonga
chiroq va na shaytonga kasov, shunchaki bir odam» deb ataydilar.
Xarakterning fiziologik asoslari
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, kishi temperamenti uning xarakteri
tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi nerv
sistemasining tipidan iborat.
Ijtimoiy muhitning ta’siri, tarbiya va mehnat faoliyati jarayonida kishi
xarakterini tarkib topishida, shubhasiz uning nerv sistemasida ham o’zgarishlar
yuz beradi. Bunday o’zgarishlar nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi
xususiyatiga ko’ra yuzaga keladi.
Xarakter xislatlari shaxsning keyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib
qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham
individual hayot jarayonida nerv sistemasining o’zgargan xususiyatlaridan
iborat.
Hayvon nerv faoliyati tiplarini analiz qilib I.P. Pavlov bunday deb yozadi:
«Tip hayvon nerv faoliyatining tug’ma konstitusion turi - genotipdir. Lekin
hayvon tug’ilganidan boshlab tashqi sha roitning g’oyat xilma-xil ta’sirlariga duch
keladi va bunga muayyan faoliyatlari orqali u muqarrar javob berishi lo zim
bo’ladiki, ko’pincha, bu faoliyatlar mustahkamlanib, nihoyat butun hayoti
oxirigacha saqlanib qoladi, shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan
nerv faoliyati tip ga oid belgilar bilan tashqi muhit ta’siri ostida hosil bo’lgan
o’zgarishlarning qotishmasidir – fenotip, xarak terdir».
I.P.Pavlov o’zgaruvchan nerv sistemasi tipini katta miya yarim sharlari
po’stining sistemalilik ishi bilan va nerv jarayonlarining tarkib topgan,
muvozanatli sistema sidan iborat bo’lgan dinamik stereotip bilan bog’laydi.
Stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo’lib qolgan xususiyat larning, jumladan,
xarakter xislatlarining ham nerv- fiziologik asosidir.
Xarakterning nerv fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning
ikkinchi signal sistemasidagi ta’li moti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_20.png)
![sistemasi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo’lishi bilan birga kishi hulqini
ham idora qiladi.
«Normal o’sgan odamda deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkin chi signal sistemasi
odam hulqining oliy boshqaruvchisidir». Xarakterning fiziologik asosi
to’g’risida gapirgan da barcha xarakter xislatlari go’yo faqat nerv sistema tipi
xususiyatlari bilangina belgilanadi deb tushunish yaramay di albatta.
Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan
sifatlarni, chunonchi, ijtimoiy mas lak, mardlik, o’z burchiga sadoqatli
bo’lishlarni o’z ichiga olmaydi va ololmaydi ham albatta. Xarakter
psixologiyasining mazmuni o’zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy
kategoriyadir; psixologiya xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini
yoritishligi tufayli, u ijtimoiy fan lar qatoriga kiradi,
Xarakterning taraqqiysi
Kishi xarakteri tabiiy, tug’ma bo’lmay, balki keyin hosil bo’ladi va
tarbiyalanib yetishadi. «Xarakter tarkib to padi, xarakter hosil bo’ladi» degan
iboralar shuni ko’rsatadiki, odamlar kishi xarakterining tarbiya ta’siri bilan
o’zgarishi xususiyatiga ega ekanligini o’zlarining kundalik oddiy kuzatib
borishlaridan bilib olganlar.
Burjua olimlaridan bir qanchasining Krechmer va uning izidan boruvchilar,
odam xarakteri va uning taraqqiysi tamomila kishining tana tuzilishi bilan, faqat
shu bilan belgilanadi, deb isbotlashga urinishlari fanga xilof reaksion urinishdir.
Bunday olimlar xarakterning tarkib topi shida shuningdek shaxsning psixik
hayotining taraqqiy etishida ijtimoiy sharoit ham, insonning faoliyati ham,
tarbiya ham hyech qanday rol o’ynamaydi deb da’vo qiladi lar.
Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan nar sa emas. Hyech bir
bola mehnatsevar, yoki dangasa, rostgo’y yoki munofiq, botir yoki qo’rqoq,
intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi.
Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ij timoiy muhit ta’siri bilan,
tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o’z-o’zini tarbiyalash bilan taraqqiy
qilib, o’zgar ib boradi.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_21.png)
![Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining
taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bog’liqdir. Shu sababli, kishining irodasi,
aql-idroki va tuyg’u-hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi
haqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xarakterining taraqqiysiga ham
tegishlidir.
Xarakterning taraqqiyotida ijtimoiy muhitning roli
Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tar kib topishga
ijtimoiy muhit avvalo shu kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta
ta’sir ko’rsatadi.
Xarakterning taraqqiysida muhitning roli kishining bo lalik chog’laridan
boshlaboq nihoyat kattadir. Ma’lumki, bola kichik yoshdan boshlaboq
taqlidchan bo’ladi. Bolalar ota- onasiga va atrofdagi boshqa yaqin kishilariga
o’xshashlikka moyil bo’ladilar. Ular kattalarning yurish turishlari, hulq- atvori,
imo-ishoralari, dasturxon ustida o’zlarini qanday tutishlari va kichkina bolalarga
mu nosabatda bo’lishlariga va ularning gap-so’zlariga hattoki ularning gap
ohanglarigacha hamma mayda narsalarigacha taqlid qilishga urinadilar. Shuning
uchun ham ijtimoiy muhitning ta’siri ostida boladagi ayrim xarakter xislatlari
juda yoshlikdan boshlaboq, go’yo o’z o’zicha hosil bo’lgan xususiyat tariqasida
mustahkamlana boshlaydi. Kattalarga taqlid qilish xususiyati bolalarning o’sib
borish davrida ham saqlanadi. Shuning uchun ham bola xarakterining
taraqqiyotida kattalarning bolaga juda yoshlikdan boshlab ibrat bo’lishlari katta
rol o’ynaydi.
«Bolani faqat u bilan gaplashganda nasihat qilganda yoki unga biror narsa
buyurgandagina tarbiyalayman deb o’yla mang» - deydi A. S. Makarenko. «Siz
bolani turmushingiz ning har bir momentida, hattoki o’zingiz uyda yo’qligingizda
ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz, boshqalar bilan va boshqalar
haqida qanday gaplashishingiz, xursand bo’lishingiz yoki tashvishlanishingiz,
do’st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz kulishingiz gazeta
o’qishinggiz bular hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega. Ga pingiz ohangi sal
o’zgarsa ham, bola buni darrov payqab ola di yoki sezadi, bola fikringizdagi](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_22.png)
![hamma o’zgarishlarni har x il yo’llar bilan bilib oladi, lekin o’zingiz bundan
behabar bo’lasiz. Agar siz uyda qo’pollik yoki maqtanchoqlik qilsangiz yoki
ichkilik ichsangiz, undan ham yomoni – onani haqorat qilsangiz – siz
bolangizga nihoyat katta zarar yetkazgan bo’lasiz, ularga yomon tarbiya
bergan bo’lasiz».
Bolalar xarakterining tarkib topishida taqlidning roli katta ekanligini hisobga
olib, ota-onalar va katta yoshdagi kishilar faqat o’z bolalarigagina e’tibor bilan
qarab qolmay, balki o’zlariga ham har doim e’tibor bilan qarash lari lozim
o’zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim.
Bolalarda, ayniqsa juda yoshlikdan boshlab, ijobiy, iro daviy va ahloqiy sifatlar
tarbiyalab yetkazmoq uchun ota- onalar va tarbiyachilarning o’zlari bunday
sifatlarni o’zlari da tarbiyalashlari va ko’rsatishlari lozim. Ota-onalar o’z
farzandlarida qanday sifatlarni tarbiyalab yetkazmoqchi bo’lsa lar, ular o’zaro bir-
birlari va boshqa odamlar bilan mu nosabatlarida ham xuddi shunday sifatlarni aks
ettirishla ri lozim.
Xarakterning o’sishida tarbiyaning roli
Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash asosiy rol o’ynaydi.
O’sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda
tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterni tarbiya lashda katta mas’uliyatli vazifa ota-
onalar, o’qituvchilar, bolalar boqchalari, kasb-xunar kollejlari va internat-maktablar
tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterni tarbiyalash shundan iboratki, tarbiyachi maktab o’quvchisiga namuna
bo’lishi mumkin bo’lgan kishilarni bolaga, o’quvchiga ataylab ibrat qilib ko’rsatadi;
shu kishining qilayotgan ishlari, xatti-harakatlariga tarbiyalanuvchi e’tibo rini jalb
etadi va bu ish xatti-harakatlarning qaysi biri yaxshi, ijobiy, qaysi biri salbiy, yomon
ekanligini aytadi. Tarbiyachi bolaning xatti-harakatlaridagi yaramas qiliqlar ni
yo’qotish va yaxshi, foydali odatlarni mustahkamlashga yordam beradigan
vositalarni izlab topadi va ularni tatbiq etadi. Tarbiyaviy ish yana shundan iboratki,
pedagog tarbiya lanuvchida muayyan ijobiy sifatlarni o’z xarakterida o’z-o’zi
paydo qilish zaruriyati ongini uyg’otishi va bu ongni o’stirishi lozim.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_23.png)
![Pedagog bolalarda xarakterni tarbiyalayotganida ularda tarbiyalanadigan
temperamentni bilishi, har bir temperame ntning ijobiy va salbiy tomonlarini bilishi
zarur.
Agar temperament va uning tug’ma hususiyatlari o’z xolicha qolaversa, odamda
yomon xarakter xislatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, xolerik temperament
odamni cho’rtkesar, q o’pol, o’zini tuta olmaydigan qilishi mumkin. Sangvinik
temperament sabotsizlikka, diqqatni bir joyga qo’ya bilmas likka sababchi bo’lmog’i
mumkin bo’lganidek, flegmatik tem perament sustkashlikka, loqaydlikka olib borishi
mumkin. Melanxolik temperamentli kishida o’z kechinmalariga ortiqcha berilishlik,
pismiqlik paydo bilishi mumkin.
Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijo biy tomonlarini
o’stirishdan, uning salbiy tomonlarini va bu salbiy tomonlarni xarakterning
ijobiy xislatlari bilan «almashtirishdan» iboratdir. Masalan, xolerik temperamentli
bolalarni tarbiyalashda ularni o’ylab ish qilish, o’zini tuta bilish, atrofdagi odam lar
bilan yaxshi muomalada bo’lishga odatlantirish va ularda shu sifatlarni o’stirishga
alohida e’tibor berish lozim. Sangvinik temperamentli bolalarni sabotli bo’lishga,
diqqat ini bir joyga qo’ya bilishga, ishga qunt qo’ya olishga, boshlagan ishni oxiriga
yetkazishga odatlantirmoq kerak. Melan xolik temperamentli bolalarni odamga
ko’proq aralashishga, jamoachilikka, ildam harakat qilishga odatlantirmoq, ularda
shu sifatlarni tarbiyalamoq kerak. Flegmatik tem peramentli bolalarni
tashabbuskorlikka, faollikka, kishi larga el bo’lishga, quvnoqlikka odatlantirmoq
lozim.
Xarakterning salbiy tomonlarini yo’qotmoq uchun, ijobiy tomonlarini tarbiyalab
yetkazmoq uchun tarbiyalanuvchini o’z temperamentini o’zi idora qila bilishga
o’rgatish lozim, uni shunday tarbiyalash kerakki, u temperamentini o’zi idora qilish
zaruriyatini o’zi anglasin va haqiqatan uni idora qila olsin, temperamentiga
bo’ysunmaydigan bo’lsin. O’z tempera mentini idora qila bilish xarakterning muhim
ijobiy xislatidir.
Xarakter tarbiyasini faqat temperamentning salbiy to monlarini ayrim ijobiy sifatlari
bilan almashtirishdan iborat deb tushunish yaramaydi. Xarakterni tarbiyalashda pe -](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_24.png)
![dagog, avvalo muayyan idealni yoki davrimizning olijanob kishilari obrazini asos
qilib olmog’i lozim. Bu ma’naviy boylikni, ahloqiy soflikni va jismoniy kamolotni
o’zida garmonik holda mujassamlashtirgan yangi odamlardir. Bunday yangi odam
xarakterining xislati ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, ahloqiy
poklik, oddiylik va kamtarlikdir. Bizga yuksak ma’naviy fazilatiga ega bo’lgan,
halol vij donli kishilar, tetik va xushchaqchaq kishilar, qiyinchiliklardan
qo’rqmaydigan, mustaqil jamiyat qurish yo’lida har qanday qiyinchiliklarga bardosh
bera oladigan, ularni bar taraf qilishga tayyor turgan kishilar kerak.
Xarakterning taraqqiysida jamoaning roli
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tar biyaviy roli nihoyat kattadir.
Inson yakka, bir-biridan aj ralgan tanho hayot kechirmaydi, muayyan bir jamoada,
chunonchi, muayyan oilada, maktabda, sexda, kolxozda hayot kech iradi. Jamoa
shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi zvenodir. Odamning faoliyati o’yin,
o’qish va mehnati xuddi mana shu jamoada voqye bo’ladi. Jamoa shaxs ning eng
yaqin konkret muhiti bo’libgina qolmay, balki shaxs ni tarbiyalaydi ham. Kishi
xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoadagina tarbiyalanmog’i mumkin
va haqiqatan ham jamoada tarbiyalanadi.
Har bir o’qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini
tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta’sir etgandagina, ijobiy natijalarga erishmog’i
mumkin.
Xarakterning tashabbuskorlik, qat’iylik, dadillik, sa botlilik singari ijobiy
xislatlari bolalar boqchasidayoq bola o’yinlarida tarkib topa boshlaydi.
Bolada maktabgacha tarbiya yoshida tarkib topa boshlagan xislatlar maktab
jamoasida o’sadi va yanada yaxshiroq mus tahkamlanadi. To’g’ri uyushtirilgan
maktab jamoasi sha roitida o’quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom-sarish talik,
o’z-o’zini tuta bilish, o’zini idora qilish, o’ziga nisba tan talabchan bo’lish kabi
xarakter xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Xarakter maktab ta’lim-tarbiyaviy
ishlari va o’qituvchining har tomonlama ta’sirida, o’qituvchi boshchilik qilgan
o’quvchilar jamoasi, kamolot yoshlar tashkilot lari ta’sirida, ijtimoiy foydali
mehnatda tarkib topadi.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_25.png)
![O’rtoqlari bilan yaqindan aloqada bo’lishda bolalarda o’z shaxsiy intilishlarini
jamoa irodasiga bo’ysundirish ko’nikma va malakalarini o’stiradi, jamoachilik –
o’rtoq lik va do’stlik hislariii taraqqiy ettiradi.
Keyinroq –maktabni (yoki oliy o’quv yurtini) bitirgan dan keyin egallangan
ixtisos va mehnat jamoasi inson xarakterining tarkib topishiga o’zini tarbiyalovchi
ta’sirini ko’rsatadi.
Maktab va mehnat jamoasi sharoitida jamoa oldida qabul qilingan qarorni
( berilgan va’dani) yoki majbo’riyat ni bajarish yuzasidan olingan o’zaro va
shaxsiy majbo’riyatni
xarakterni, jumladan, xarakterning irodaviy belgilarini
tarannum ettirishning muhim vositasi deb hisoblamoq lozim. Buning samaraliligi
shundaki, kishi o’zi uchun shaxsan qaror qabul qilganida u hyech bir qiynalmasdan
o’z qarorini ba jarilishini kechiktirishi yoki uni bajarishdan voz kechishi mumkin.
Bordi-yu, u shu qarorni boshqalarga, bu ishni falon vaqtgacha sifatini yaxshilab
bajaraman, deb va’da (majbo’ri yat) tarzida ma’lum qilgan bo’lsa, o’zining bergan
bu va’da sini bajarmasdan qo’ymaydi. Bunday hatti-harakat (bergan va’dani
bajarmaslik) kishiga «nomunosib» hatti-harakat dek tuyuladi. Bu esa uning
nomusiga tabiiy izzat-nafsiga tegadi. Bunday hollarda kishi o’rtoqlari oldida
uyalib va juda noqulay ahvolga tushib yurishi mumknn. Kishi majbo’riyatni
bajarmasa, noqulay ahvolga tushib qolish mumkinligini oldindan bilib, shunday
hol yuz bermasligi uchun o’zining irodaviy faolligini ishga soladi va va’dasi ni
o’z vaqtida bajaradi. Jamoa a’zolari oldida huddi shu tarzda ixtiyoriy ravishda
berilgan va’dalar va olingan majbo’riyatlar o’z-o’zidan tirishqoqlik, matonatlilik,
mas’ uliyatni his etish va intizomlilik kabi iroda sifatlari tarbiyalash vositasiga
aylanadi.
Jamoa sur’atda bajariladigan ma’lum bir mehnat faoliyati kishida ijobiy
xarakter xislatlarini tarbiyalash ga yordam beradi. Har bir kasb o’zining
spesifikasiga ko’ra, kishidan alohida xarakter xislatlari bo’lishini talab eta di va
bu xislatlarning o’sishiga yordam qiladi.
Kishi jamoa a’zosi sifatida boshqa odamlarga, mehnat ga va o’z-o’ziga
munosabatida o’z xarakterining har xil xususiyatlarini namoyon qiladi. Kishi](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_26.png)
![jamoada muomala qilish jarayonida boshqalarning va o’zining xarakter
xususiyat larini bilib oladi. Xarakterning bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy
ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini o’z xarakterni o’zi tarbiyalash,
jumladan, o’z xarakterini qaytadan tarbiyalash yo’liga soladi.
O’z xarakterini o’zi tarbiyalash.
Kishi xarakteri faqat pedagoglar tomonidan olib bori ladigan tarbiyaviy ta’sir
etishning samarasi bo’libgina qolmay , balki o’z-o’zini tarbiyalashining ham
mahsulidir. Shu sababli har bir kishi ma’lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va
uning ayrim sifatlari uchun o’zi javobgardir. O’z xarak terini tarbiyalashda u
kishi avvalo yaxshi fazilatlarni, shaxs idealini o’zida tarbiyalab yetkazishni
ko’zda tutmog’i lozim. Shu bilan bir vaqtda kishi o’z xarakteridagi salbiy
tomon larni o’zi tan olishi kamchiliklariga o’zi iqror bo’lishi kerak.
O’z kamchiliklariga o’zi iqror bo’lish kishi xarakterining i jobiy, progressiv
xislatidir. O’z kamchiliklariga iqror bo’lish kishini o’z-o’zini tarbiyalash yo’liga
boshlaydi. O’z kam chiliklariga iqror bo’lmaslik, ularni ko’rmaslik kishi
xarakterining eng yomon xususiyatidir. O’z kamchiliklarini ko’ra bilmagan
odam oldinga qarab harakat qilishga, o’sish va kamolotga yetishga layoqatsiz
odamdir.
Yomon xislatlarni yo’qotishga faollik bilan kirishmas dan, o’zida ularning
borligiga iqror bo’lishning o’zigina ki foya qilmaydi. Iqror bo’lish zaif iroda va
xarakterning mavjudligidan dalolat beradi, xolos. Bunda tashabbuskor lik va
iroda kuchini ham ishga solish kerak.
Maktab o’quvchisi xarakterining tarkib topishida o’z-o’zini t arbiyalash katta
o’rin egallaydi. O’z-o’zini tarbiyalashga harakat qilish ko’p jihatdan atrofdagi
odamlarning ta’siri va avvalo pedagogning ta’siri ostida tug’iladi va taraqqiy
etadi. Tarbiyaviy ish o’sib kelayotgan yosh avlodda, jumladan o’z xarakterida
muayyan ijobiy xislatlarni o’zi tarbiyalash zaruriyatini paydo qilish va
o’stirish hamdir.
Ota-onalar, o’qituvchi va tarbiyachilar boshqa tarbiyaviy ishlar bilan bir
qatorda bolalarga o’z kamchiliklarini bilib olish va bu kamchiliklarni](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_27.png)
![yo’qotish uchun harakat qilish hamda o’zlarida ijobiy iroda va ahloqiy
sifatlarni paydo qilish ustida mashq qilish zarurligini o’qtirishlari lozim.
O’z-o’zini tarbiyalashga intilishni paydo qilishda jamoaning roli katta.
Ta’lim-tarbiya ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilgan taqdirda o’rta yoshdagi maktab
davrining birinchi yillaridayok o’quvchilarda o’z xarakterini o’zi
tarbiyalashga intilish istagi sezilarli ravishda ko’rina boshlaydi.
O’smirlarda o’z-o’zini anglashning tarkib topishi asosida kishi shaxsiga
xos bo’lgan yaxshi fazilatlarni o’zlarida paydo qilish masalasi tug’iladi.
O’smirlar ko’pincha o’z harakatlarida faqat katta yoshdagi kishilarga yoki
o’rtoqlariga taqlid qilibgina qolmay, balki har bir ishni o’z hohlaganlaricha
qilishga, mustaqillikka, boshqalarga o’xshamaslikka intiladilar.
Albatta, bu davrda ham bolalarda mustaqillikni uyg’otish va uni qo’llab-
quvvatlash bilan birga pedagoglar bola shaxsining tarkib topishi jarayonida
ularni doim yo’lga solib turishlari kerak bo’ladi. Lekin tarbiyachilik bunda
o’smirlarning o’z ijodiy faoliyatlarini, tashabbuslarini ustalik bilan yo’lga
sola bilishlari va ularning o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishishda
ko’rsatayotgan o’rinli qat’iyatliklarini bo’g’ib qo’ymasliklari lozim.
O’smirlardagi faollik va mustaqillikka bo’lgan intilishini tegishli izga solmoq
kerak.
Kishi shaxsiga xos bo’lgan yaxshi fazilatlarni o’zida paydo qilishga intilish
yuqori sinf bolalarida yana ham kuchliroq bo’ladi. Bunday intilish o’z-o’zini
anglashning yana ham o’sib borishi, ulardagi dunyoqarashning tarkib topishi
va bu yoshdagi bola shaxsida g’oyaviy yo’nalishning shakllanishi munosabati
bilan ayniqsa yaqqol ko’rinadi.
Katta yoshdagi maktab bolalari ahloq va xarakterning ijobiy xislatlari
to’g’risidagi masalalar bilan juda ham qiziqadilar. Yigit va qizlarimiz kuchli
va mustahkam irodaga ega bo’lishni istaydilar va shuning uchun ham ular,
odatda, o’z iroda va xarakterlarini tarbiyalash hamda o’zlarida iroda va
xarakter tarbiyalab yetkazish masalalari bilan juda ham qiziqadilar. Ular
iroda, xarakterni o’stirish masalalariga oid leksiyalar tinglashni va suhbatlar](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_28.png)
![o’tkazishni, shu masalalarga oid adabiyotlar o’qish va munozaralar
o’tkazishni sevadilar.
Yigit va qizlarimiz, qat’iyat, sabot-matonat va qiyinchiliklarni bartaraf
qilish, tamoyiliallik, dovyuraklik singari xarakter xislatlarini o’zlarida
tarbiyalab yetkazishga harakat qiladilar.
Xarakterning irodaviy sifatlari tarkib topishida maktab o’quvchilari
qiziqishlarining o’sishi katta ahamiyat kasb etadi. Ko’pchilik yigit va
qizlarda yuqori sinflarida o’qiyotgan davrlarida muayyan hayot ideallari
bunyodga keladi, ular o’zlarining bo’lg’usi kasblarini tanlab oladilar. Bu
qiziqish va idealar sabot-matonatning o’sishiga, jasurlik, tashabbuskorlik,
subutlilik kabi irodaviy sifatlarning taraqqiy etishiga imkon beradi.
O’quvchilarda xarakterning ijobiy irodaviy va ahloqiy sifatlari tarkib
topishiga ularning dunyoqarashlari, jumladan ahloq tamoyillarini puxta
egallab olishlari katta ta’sir ko’rsatadi. Agar odam o’zining kundalik
kayfiyatlari va hatti-harakatlarini ana shu tamoyillar asosida baholab borsa,
unda o’z faoliyatini o’zi baholash tufayli xarakterning tegishli belgilari ham
tarkib topadi.
Xarakterning o’sishida namunaning ahamiyati
Yuksak irodaviy va ahloqiy sifatlari bilan hammaga manzur bo’lgan
kishilar namunasi o’z-o’zida xarakter tarbiyalashning (umuman o’z-o’zini
tarbiyalashning) juda muhim vositasidir. Odamlar o’z intilishlari va hatti-
harakatlarida o’sha hammaga manzur bo’lgan kishilarga taqlid qilishlari
kerak.
«Zoya Kosmodemyanskaya obrazi, - deb yozadi bir o’quvchi qiz, - hamma
vaqt menga to’g’ri yo’l ko’rsatib turadi. Men hamma vaqt o’z hatti-
harakatlarim yoki o’rtoqlarimning hatti-harakatlariga baho berayotganimda,
zoya bizning o’rnimizda bo’lganida nima qilgan bo’lar edi, deb o’ylayman.
Agar u bizning yo’limizni tutsa, demak, biz yaxshi qilganmiz, bordi-yu
boshqacha yo’l tutsa, binobarin, biz xato qilgan bo’lamiz. Shu tamoyilga
amal qilib ish tutish o’z xarakterimni tarbiyalashga yoram bermokda».](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_29.png)
![Uchuvchi Serov o’z do’sti va ustozi Chkalovga murojaat qilib shunday
degan edi: «Men ko’p narsani sendan o’rgandim, bir vaqtlar men sening
yurish – turishingga, qiliqlaringga, hamma narsangga taqlid qilar edim. Sen
men uchun har doim ideal bo’lgansan va shunday bo’lib qolasan. Men sening
- Chkalovning ta’siringda o’sdim, voyaga yetdim. Sen mening qalbimdan
shunqor qalb egasi, ilmli inson ideali sifatida joy olding».
O’z-o’zini tarbiyalash bilan shug’ullanuvchi ko’pchilik yoshlarimiz N.
Ostrovskiyning «Po’lat qanday toblanadi» romanining Pavel Korchaginni,
B.Polevoyning «Chin inson qissasi»dagi Meressevni, A.Fadeyevning «Yosh
gvardiya» romanidagi qahramonlarni va shuning singari kishilarni taqlid
uchun hammaga namuna qilib oladilar.
Ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, bolalarga taqlid uchun misol bo’la
oladilar, albatta. Shuning uchun ota-onalar ham, o’qituvchilar ham,
tarbiyachilar ham o’z hatti-harakatlarida o’zbek kishisining ijobiy sifatlarini
namoyish qilishlari lozim. Bunday sifatlarni namoyish qilish uchun esa
kishining o’zi ularni egallagan bo’lishi kerak. So’zlar vositasida har bir narsa
o’rgatilsa, namuna yordamida taqlidchanlikka qiziqish uyg’otiladi, deydilar.
Xarakterni tarbiyalash va o’z-o’zini tarbiyalashda faqat qanday xislatlarni
o’stirish kerakligini anglab yetishning o’zigagina kifoya qilmaydi, ijobiy
xarakter namunalarini bilishning o’zigina kifoya qilmaydi, ayrim xarakter
hislarining qimmatli ekanligini tushunishgina ham kifoya qilmaydi, balki
yana shu xislatlarga muvofiq ish qilish, bu xislatlarga ega bo’lish uchun ko’p
mashq qilish ham kerak bo’ladi. Kishi xarakteri kishining faoliyatlarida,
uning boshqalar bilan qiladigan munosabatlarida namoyon bo’ladi va ayni
shu faoliyat va munosabatlarda tarkib topadi.
Insonning yaxshi xarakter fazilatlari Vatanimiz gullab-yashnashida faol
ishtirok etish jarayonida tarkib topadi.](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_30.png)
![Foydalaniladigan adabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T. O’zbekiston. 2014 .
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1- 2 2 jildlar. T. O’zbekiston. 1996-2014.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.-Ma’naviyat. 2008.
4. Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat
qilish — eng oliy saodatdir”. T.: O’zbekiston. 2015.
Asosi y adabiyotlar
1. G’oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 2010.
2. Leontyev A.N. Leksii po obщyey psixologii: ucheb.posobiye dlya
stud.vыssh.ucheb.zavedeniy. – 5-ye izd., ster. – M.: Smыsl; Izdatelskiy sentr
«Akademiya», 2010. – 511 s.
3. Luriya A.R. Leksii po ob щ yey psixologii. – SPb.: Piter, 2006. – 320 s.
4. Yaroshevskiy M. G. Istoriya psixologii. – M., 2012.
5. Marsinkovskaya T.V. Istoriya psixologii. M., 2002
6. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p.
7. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5 th
Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608 p.
8. A History of Modern Psychology / Duane P. Schultz , Sydney Ellen Schultz .
Series: PSY 310 History and Systems of Psychology. Hardcover: 432 pages.
Publisher: Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011). Language: English.
ISBN-10: 1133316247. ISBN-13: 978-1133316244](/data/documents/06ca4475-8d67-4130-abe6-74fe12a36d62/page_31.png)
Xarakter, uning taraqqiysi va fizologik asoslari REJA 1. Xarakter to’g’risida umumiy tushuncha 2. Iroda bilan bog’liq xarakter xislatlari 3. Xarakter kuchi va mustahkamligi 4. Xarakterning ahloqiy xislatlari. 5. Xarakter klassifikasiyasi va tiplari to’g’risida
1. Xarakter to’g’risida umumiy tushuncha «Xarakter» yunoncha «xaraktir» degan so’zdan olingan bo’lib , « q al q i q chiziq» ma’nosini anglatadi. Bu yerda tanga, cha q a yuziga tushirilgan b o’ rtma tam g’ a k o’ zda tutiladi. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga), o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz. Shaxsning xarakteriga tegishli bo’lgan xususiyatlarni xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter – xislatlari – kishida tasodifiy uchraydigan xususiyat bo’lmay, balki kishining hulkidagi doimiy, barqaror xususiyatlar bo’lib, bu xususiyatlar shaxsning o’zigagina xos bo’ladi. Har bir odam ayrim paytlarda mardlik, salobatlilik, rostgo’ylik, sofdillik ko’rsatishi mumkin. Lekin kishining hayoti va faoliyatida ayrim paytlardagina yuz beradigan bunday xususiyatlar hali uning barqaror xarakter xususiyatlari bo’la olmaydi. Biz kishi xarakterini ta’riflamoqchi bo’lganimizda, bu odam mardlik qildi yoki rostguylik, sofdillik ko’rsatdi demasdan, balki bu odam mard, rostgo’y, sofdil deb gapiramiz. Bu degan so’z, mardlik, to’g’rilik, sofdillik shu odamga xos fazilat, uning xarakter xislati degan so’zdirki, tegishli paytda mardlik, rostguylik, sofdillik ko’rsatishni biz muqarrar ravishda bu odamdan kuta olamiz. Agar biz bir kishining xarakter xususiyatini bilsak, bu odamning tegishli paytda qanday hatti-harakat ko’rsatishni oldindan to’g’ri tahmin qila yoki ayta olamiz. Kishi xarakteri tarkibiga kiradigan ayrim xislatlari ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotiga bog’liq holda, tarixiy ravishda vujudga kelgan va o’zgargan. Sinfiy jamiyatda xarakterning ham sinfiy xislatlari tarkib topgan. Kishilar xarakteridagi ayni bir xislatning o’zi turlicha ijtimoiy muhitda turlicha baholanadi: bir ijtimoiy sinf, bir tarixiy davr uchun ijobiy hisoblangan xarakter xususiyati ikkinchi bir sinf, ikkinchi bir ijtimoiy davr uchun salbiy bo’lib qoladi.
Ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi bilan u ma’lum bir guruhga yohud sinflarga xos bo’lgan ko’p xarakter xislatlari qaytadan tarbiyalanadi yoki yo’qolib ketadi, shu bilan birga yangi xarakter xislatlari paydo bo’ladi. XX asrning yakuniy bosqichi umumbashariyat hayotida buyuk ijtimoiy o’zgarishlar va burilishlar davri bo’lib tarixga kirayapti. Bu o’zgarishlarning eng ulug’i SSSR deb atalgan kommunistik imperiyaning barbod bo’lishi va sobiq ittifoqdosh respublikalarning, jumladan, jumhuriyatimizning mustaqillik, milliy tiklanish va demokratik yo’liga kirayotganidir. Bu xalqlar insoniyatning hayotida sinalgan tabiiy – tarixiy taraqqiyot yo’li – bozor iqtisodiyotiga o’tyapti, bevosita jahon iqtisodiy – ijtimoiy oqimiga qo’shilyapti. Ushbu o’lkan tarixiy jarayonlar kishilarning ruhiyatiga, xarakteriga, ahlok- odobiga, o’zaro munosabatlariga chuqur va ziddiyatli ta’sir ko’rsatyapti. Bu ta’sirlar xalqimizning milliy tiklanishi va milliy qadriyatlarigagina emas, balki kishilarimizning xarakter xislatlarini ham o’zgartirishga sabab bo’lmoqda. Xarakter va uning shakllanishi, namoyon bo’lishi uchun kishilarimizni o’rab olgan muhiti, turli faoliyatlarga turlicha munosabatlar, yashab turgan jamiyatimizdagi munosabatlar sabab bo’ladi. Bu esa xalqimizda yangicha xarakter xislatlarining shakllanishiga, asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan sahiylik, samimiylik, o’zaro hamkorlik, bir-biriga yordam, iffat, sharm-xayo, kamtarlik, mehmondo’stlik kabi sifatlar barqaror xususiyatlarga aylanib qolmoqda. Bu xususiyatlar yana avloddan-avlodga o’tadi va mazmun, sifat jihatidan o’zgaradi va u kishilarni o’z-o’ziga, jamiyatga, mehnatga, narsalar va hodisalarga bo’lgan munosabatlarda yangicha xarakter xislatlarni shakllantiradi. Zahmatkash xalqimizning xarakteridagi irodaviy, ahloqiy va fahm-farosatga bog’liq bo’lgan xislatlar mustaqillikni mustahkamlashda yana ham rivojlandi. Xarakterning bu sifatlari terorizmga qarshi kurashda, diniy aqidaparastlik, vahobizm, hyezbi-tahrir, narkomaniya va shu kabi illatlarga qarshi kurashda yaqqol namoyon bo’ldi. Qancha begunoh kishilarning yastig’i quridi, lekin xalqimiz o’zining matonati, qat’iyati bilan o’z xarakterini namoyon qildi.
Hozirgi kunda laganbardorlik, hushomadgo’ylik, takobburlik, egaizm, tamoyilsizlik kabi salbiy illatlar o’rnini o’zaro muruvvat, hamkorlik, kishilarning hurmat qilish, ularga qo’llaridan kelguncha yordamlashish, mehr-sahovat, adolat, savobli ishlar qilish, xalol va haromni, vijdonni his qilish yaxshilik kabi ijobiy sifatlar shakllanib bormokda. Bizda yangicha xarakter xislatlari tarkib topmoqda. Bu kishilarning mehnatiga yangicha munosabat, jamiyat manfaatlariga sodiqlik, mehr-muruvvatli bo’lish, yordamga muhtoj kishilarga iltifotli bo’lish kabi yuksak fazilatlar shakllanmoqda. Kishilarimizning xarakter xislatlari ularni dunyoqarashi va e’tiqodlari bilan belgilanadi va ularning qiziqish, qobiliyatlari bilan mahkam bog’langandir. Dunyoqarash va e’tiqodlar Vatanimizga fidokorona muhabbat, jasorat, mehnatsevarlik, mardlik, sabot va rostgo’ylik singari xarakter xislatlarini shakllantiradi va nohakliklarga nisbatan sezgirlik singari xarakter xislatlarining vujudga kelishi, ko’proq kishining hissiyotlarida zohir bo’ladi. Kishi xarakterida markaziy o’rinni ishg’ol etadigan sifat lar mazkur odamning iroda sifatlari va ma’naviy qiyofa sida ifodalanadigan sifatlardir. Kishining xarakteri uning o’ziga xos xislatlarining maj muidir. Ana shu xislatlar orasida shu kishini jamiyat a’zo si sifatida xarakterlab beruvchi xususiyatlar eng muhim ahamiyatga egadir. Iroda bilan bog’liq xarakter xislatlari Kishidagi mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga ay lanib qolgan iroda sifatlari xarakterning iroda bilan bog’liq bo’lgan xislatlaridir. Shu sababli, xarakter haqidagi ta’limotda ham o’zini tuta bilish, dadillik, qat’iyat singari iroda sifatlari ustida yana to’xtalib o’tishga to’g’ri kela di. Lekin bu yerda biz ularning kishida ahyon-ahyonda ko’rinishi ustida emas, balki bunday sifatlar kishining shaxsiy fazilatlariga aylanib ketishligi to’g’risida, ularning ayrim kishi xarakteri xislatlari tariqasida namoyon bo’lishi haqida gapiramiz. Kishining iroda bilan bog’liq bo’lgan xarakter xislatlari, odatda, undagi emosional xususiyatlar bilan muayyan nisbat da namoyon bo’ladi. Ba’zi odamlarning irodasi tuyg’u-hissi yotlarida ustun turadi. Bunday odamlar o’z
maqsadiga yetishi ga halal berish mumkin bo’lgan har qanday his-tuyg’ularini darhol bostira oladi. Odatda bunday odamlarni irodasi kuch li, mustahkam irodali odam deyiladi. Shunday odamlar ham bo’ladiki, ularning hatti-harakatida hissiyot ko’proq o’rin oladi; bunday odamlar o’z hatti-xa rakatlarida ko’pincha tasodifan tug’iladigan his-tuyg’ulari ta’siri ostida ish ko’radilar. Bunday odamlarning hissiyoti kuchli bo’lib, tasodifiy kayfiyat va tuyg’u-hissiyotga tez beri luvchan bo’ladilar, shu sababli ularning xarakteri hissiy xarakter deb ta’riflanadi. Ba’zi odamlarda esa irodaviy faollik undagi tuyg’u-hissiyotlar bilan birlikda «monand ravishda» namoyon bo’ladi, Masalan, mehnatsevarlik mana shun day xarakter xislatiga ega bo’lishdir. Mehnat faoliyati kishidan chidam va irodaviy zo’r berishni talab qiladi, buni esa unda mehnatga bo’lgan muhabbat hissi yengillashtiradi, mehnatni serunum qiladi. Iroda bilan tuyg’u-hissiyotlarning mana shunday nisbati bequsur, uyg’un xarakter alomatidir. Xarakter kuchi va mustahkamligi Odamlarning o’zaro, kundalik munosabatlarida ham, ish sharoitida ham kishi xarakteri to’g’risida gapirilganda, odatda, uning xarakter kuchi va mustahkamligi qay daraja namoyon bo’lishiga qarab hukm chiqariladi. Kishi xarakteri dagi bunday xislat avvalo uning o’z mehnat faoliyatlari va hatti- harakatlarida ko’zlaydigan maqsadning aniqlik dara jasidan iborat bo’ladi. Kishidagi irodaviy faollik intilishdan boshlanishi, intilishlar esa qanchalik anglab olinganligiga qarab bir-biridan farq qilishi sababli, odamlar xarakteri ham, ular da qanday intilish ustun bo’lishiga qarab, bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi odamlarning qiladigan harakatlarida hali yaxshi anglab olinmagan intilish, ya’ni moyillik ustunlikni egallaydi. Bunday kishilarning intilishi, ko’pincha, noaniq, bemazmun bo’ladi. Bunday kishilar hamma vaqt nimanidir qid iradilar, nimanidir qumsaydilar, doimo ularga nimadir yetishmaydi, nimadir istaydilar, ammo uning nima ekanligi ni o’zlari ham bilmaydilar. Bunday odamlarni hyech narsa qanoatlantirmaydi. Ularda hamma vaqt zerikish,