logo

XARAKTER TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

85 KB
XARAKTER TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Xarakter haqida tushuncha.
2. Xarakterning fiziologik asoslari.
3. Xarakterning tuzilishi.
4. Xarakterning tarkib topishi.
5. Xarakter tipologiyasi.
6. Xarakter aktsentuatsiyasi.
7. Xarakter tarkibi.
8. Xarakterning shakllanishi Xarakter haqida tushuncha.
Ma`lumki   har   bir   odam   har   qanday   boshqa   odamdan   o`zining   individual
xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan
bog`liq   deb   tushuntiriladi.   «Xarakter»   -   grekcha   so`zdan   olingan   bo`lib,   aynan
tarjima qilganda "bosilgan tamg`a", "muhr" ma`nosini anglatadi. 
Psixologiyada   xarakter   deganda   mazkur   shaxs   uchun   tipik   hisoblangan
faoliyat   usullarida   nomoyon   bo`ladigan,   tipik   sharoitlarda   yuzaga   chiqadigan   va
shaxsning   bu   sharoitlarga   munosabati   bilan   belgilanadigan   individual   psixik
xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. 
Boshqacha   qilib   aytganda,   xarakterning   har   bir   xislati   tegishli   tipik
sharoitlardagina   nomoyon   bo`ladi.   Buni   shuning   bilan   tushuntirish   mumkinki,
xarakterning har bir xislatida odamning ma`lum sharoitlarga, voqealarning ma`lum
tomonlariga   bo`lgan   munosabati   ifodalanadi.   Shu   sababli   bir   o`quvchining   o`zi
o`zini   turli   sharoitlarda   turlicha   tutishi   mumkin.   Maktabda   qurqoq,   ikkilanuvchi,
uyda chaqqon, dilkash, g`ayratli, mehmonda vazmin, o`ychan va h.k. 
Xarakter   tug`ma   bo`lmaydi.   Faqat   layoqat   nishonalari   tug`ma   bo`lishi
mumkin,   ular   nerv   tizimining   xususiyatlariga   bog`liq   bo`ladi.   Xarakter   esa
muayyan   jamiyat   a`zosi   bo`lgan   kishining   hayoti   va   faoliyati   jarayonida   tarkib
topadi. 
Xarakter   shaxsning   individual   xususiyatidir.   Xarakterlari   mutlaqo   bir   xil
bo`lgan   ikki   kishini   topib   bo`lmaydi,   lekin   ayrim   kishining   xarakteridagi   ko`p
narsalar   bir   guruh   kishilar   uchun   yoki   hatto   butun   jamiyat   uchun   tipik   bo`lishi
mumkin. 
Jamiyat a`zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga
keladigan va uning xulq-atvori hamda hatti-harakatida ta`sir qoldiradigan muhim,
barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter deyiladi. 
Odam   harakatlarining   sifati   va   usullari   faqat   shaxsning
munosabatlarigagina   bog`liq   bo`lmay,   balki   iroda,   hissiyot,   diqqat,   aqliy
xususiyatlarga,   ya`ni   psixik   xususiyatlarning   individual   xususiyatlariga   ham
bog`liq.   Shuning   uchun   ham   kishi   faoliyatida   qanday   psixik   jarayonlar   ustun turishiga   qarab   xarakter   xususiyatlarini   intellektual,   emosional   va   iroda
xususiyatlariga ajratish mumkin. 
Xarakterning   ko`p   xislatlari   odamning   hatti-harakatini   belgilab   beruvchi
chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma`lumki turli kishilarning xarakteri turlicha.
Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi kishilar shu
maqsadga   erishish   uchun   zarur   bo`lgan   harakatning   turli   usullariga   moyil
bo`ladilar.   Bu  erda   xarakter   xislatlari   undovchi   kuch   sifatida  nomoyon   bulayapti.
Odam   xarakter   xislatlarining   undovchilik   kuchi   sifatida   yuzaga   chiqishi   ta`siri
ostida ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid va maqsadga nomuvofiq harakat usullarini
qo`llaydi. Odam ba`zida o`z xarakteridan o`zi xafa bo`lib ketadi, ammo boshqacha
harakat qila olmaydi. 
Maqsadga   nomuvofiq,   lekin   odam   uchun   xarakterli   bo`lgan   harakat
usullarini   tanlashga   moyillik   katta   irodaviy   zo`r   berishlar   sharoitida,   jiddiylik
(stress)   vaziyatlarida   xususan   aniq   nomoyon   bo`ladi.   Shuning   bilan   birga,   agar
odam   uchun   xarakterli   bo`lgan   harakatlar   usuli   mazkur   sharoitda   maqsadga
muvofiq bo`lsa, unda u o`z xarakteriga mos kelmaydigan, bir  qolipdagi, stereotip
harakat   usullaridan   majburiy   foydalanish   hollariga   qaraganda   ancha   ko`p   kuch-
quvvat, qait`iylik va mehnatga qobiliyatlilik talab qiladi. 
Shunday   qilib,   agar   xarakter   xislatlari   ob`ektiv   sharoitlar   talabiga   qarshi
harakat   qilishga   undaydigan   bo`lsa,   odamning   xarakter   xislatlari   o`ziga   xalaqit
berishi   mumkin.   Aksincha   bo`lsa   kishi   ijodiy   ish   qila   oladi,   o`z   kuchlaridan
samarli foydalana oladi. 
Xarakterning fiziologik asoslari
Xarakterning   nomoyon   bo`lishi   va   uning   tarkib   topishiga   juda   ko`plab
omillar   ta`sir   qiladi.   Shu   sababli   xarkterning   fiziologik   asoslari   haqida   taxminan
xulosa   chiqarish   mumkin.   Pavlov   maktabi   fiziologlarining   o`tkazgan   tajribalari
shuni   ko`rsatdiki,  turli   qo`zg`atuvchilar  ta`siri  ostida  turlicha  shartli  bog`lanishlar
hosil bo`ladi. Shunday nisbatan turg`un shartli bog`lanishlar majmuasi DINAMIK STEREOTIPNI   tashkil   qiladi.   Xarakter   xislatlarining   shakllanishi   mexanizmi
ko`proq ana shu dinamik stereotipnining hosil bo`lishi bilan tushuntiriladi. 
Ikkinchi   tomondan   xarakter   xususiyatlarining   yuzaga   chiqishi   nerv
tizimining   umumiy   tipiga,   uning   xususiyatlariga   bog`liq.   Chunonchi,   sust   nerv
tizimiga   ega   o`quvchilarning   yaxshi   tanigan   o`rtoqlari   doirasi   tor,   kam   sonli
bo`ladi.   Ular   kam   tashabbus   ko`rsatadilar.   Qiyinchilik   bilan   tanish   orttiradilar.
Aksincha,   harakatchan   nerv   tizimiga   ega   bo`lgan   o`quvchilar   odamlar   bilan
munosabatda faol, kirishuvchan bo`ladilar. 
O`qish, sport, mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari
ham   shu   xil   ta`sir   ostida   paydo   bo`lishi   aniqlangan   (B.M.Teplov,   V.S.Merlin,
E.A.Klimov). 
Sizga   ma`lumki,   nerv   tizimining   umumiy   xususiyatlari   temperamentning
ham   asosidir.  Demak,   TEMPERAMENT   TIPI  xarakterning  individual   o`ziga  xos
xususiyatlarining paydo bo`lishidagi muhim psixologik sharoitlardan biridir. 
Xarakterning tuzilishi
Odam   xarakteri   turli   xususiyatlarning   tasodifiy   yig`indisidan   iborat   emas.
Xarakterning   xususiyatlari   bir-biri   bilan   bog`liq,   bir-biriga   tobe   yaxlit   tizimni
tashkil   qiladi.   Mana   shunday   yaxlit   tizim   xarakter   tuzilishi   (strukturasi)   deyiladi.
Shu sababli kishining xarakterning bir qanchasini bilgan holda uning xarakterining
hali   bizga   ma`lum   bo`lmagan   (nomoyon   bo`lmagan)   boshqa   xususityalari   haqida
ham  fikr  yurita  olamiz.  Turli  odamlarda turlicha xarakter  xususiyatlarining tizimi
(simptomokomplekslar). 
Psixologiya   fanida   kishining   atrofdagi   voqelikka   munosabati   nuqtai-
nazaridan xarakter xususiyatlarining quyidagi tizimi guruhlari farqlanadi; 
1.Shaxsning   umumiy   psixik   tuzilishini   (uning   maslagini)   ifodalaydigan
xususiyatlar:   g`oyaviylik,   maqsadga   intiluvchanlik,   halollik,   vatanparvarlik,
mardlik, adolatga ishonish, faollik, intizomlilik. 
2.Shaxsning   boshqa   odamlarga   munosabatini   ifodalovchi   xususiyatlar-
jamoalilik, insonparvarlik, sezgirlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom. Bularga qarshi:   pismiqlik,   beparvolik,   toshbag`irlik,   ichidan   pishganlik,   dag`allik,
kishilarga nafrat bilan qarash. 
3.Kishining   o`z-o`ziga   qanday   munosabatda   bo`lishi   haqida   guvohlik
beradigan   xususiyatlar   -   kamtarlik,   mag`rurlik,   uyatchanlik,   jizzakilik,   xudbinlik,
egotsentrizm (o`z shaxsi, o`zining kechinmalari bilan band bo`lish, o`zini hamisha
o`z diqqat markazida tutish). 
4.Shaxsning mehnatga, o`z ishiga munosabatini ko`rsatuvchi xususiyatlar -
qat`iyatlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ijodga ishtiyoq, ishdagi halollik. 
5.Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususiyatlar - puxtalik-
beparvolik, qimmatli narsalarni behuda sarf qilish yoki tejash (kimniki bo`lishidan
qat`iy nazar). 
Xarakterning ayrim xususiyatlari shaxsning ijobiy xususiyatlari, boshqalari
esa salbiy xususiyatlari bo`ladi. Shu narsani esda tutish kerakki, kishilarga bo`lgan
mehr-muhabbatni   yaxshi,   nafratni   yomon   deb   bo`lmaydi.   Hamma   narsa   kimni
yaxshi   ko`rish   va   kimdan   nafratlanishga   bog`liq.   Xarakterning   xususiyatlari
orasidagi   bog`liqdan   kelib   chiqqan   holda   muhim   pedagogik   xulosa   chiqarish
mumkin.   Xarakterning   ayrim   xususiyatlarini   alohida,   ajralgan   holda   tarbiyalab
bo`lmaydi.   Xarakter   xususiyatlarining   butun   tizimini   tarbiyalash   lozim.   Ammo
xarakterning   bir   butunligi   mutlaq   emas.   Shaxsda   xarakterning   markaziy,   asosiy
munosabatlarni belgilab beruvchi xususiyatlar mavjud. Tarbiya jarayonida ana ana
shu asosiy xususiyatlarini shakllantirishga e`tibor berish lozim. 
Xarakterning   ijobiy   xususiyatlari   orasida   axloqiy   xususiyatlar,   hamda
irodaviy xususiyatlar muhim o`rin egallaydi. 
Kishi   xarakterining   barcha   xususiyatlari   bir-biri   bilan   bog`langandir,
shuning uchun ham xarakter muayyan darajada barqarorligi bilan ajralib turadi. 
O`z xarakterini o`zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo`lish va o`zida
ijobiy   xususiyatlarni   tarbiyalash   -   murakkab   vazifa   bo`lsa   ham,   lekin   amalga
oshirib bo`ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o`z ustida ishlashni, xarakterni
tarbiyalash  (agar  lozim  bo`lsa)  qayta  tarbiyalash  ustida ishlashni  qat`iy va keskin maqsad   qilib   quyish   kerak.   Kishida   xarakterning   irodaviy   xususiyatlarini   tarkib
toptirishning eng muhim shartlaridan biri mehnat hisoblanadi. 
Xarakterning tarkib topishi
Xarakterning   xususiyatlari   qanday   shakllanadi.   Aynan   ikkita   bir   xil
xarakterli   ikki   kishi   uchramasligini   qanday   tushunish   mumkin.   Ba`zi   olimlar
xarakterning   shakllanishi,   uning   hamma   xususiyatlari   nasliy   deb   hisoblaydilar.
Buning   ikkita   sababi   mavjud.   Birinchidan   ko`pchilik   chet   ellik   olimlar   biologik
omillarning   rolini   oshirib   baholaydilar.   Ikkinchi   tomondan   ko`pchilik   chet   el
psixologik   nazariyalarida   temperament   xususiyatlari   alohida   ajratilib
o`rganilmaydi.   Bizga   ma`lumki   temperamentning   xususiyatlari   asosan   biologik
xususiyatlarga,   shu   jumladan   nerv   tizimining   xususiyatlariga   bog`liq.   Bu
yo`nalishdagi   psixologlar   temperament   xususiyatlarini   ham   xarakter   xususiyatlari
sifatida   qaraydilar.   Aslida   organizmning   nasliy   xususiyatlari   xarakter
xususiyatlarining paydo bo`lishining shartlaridan biri, xolos. Xarakter xususiyatlari
irsiyatning biologik qonuniyatlaribilan emas, balki IJTIMOIY QONUNIYATLAR
bilan belgilanadi. 
Yuqorida   keltirilgan   fikrning   isboti   sifatida   gomozigot   (bir   tuxum
hujayradan   paydo   bo`lgan)   egizaklarni   kuzatishlar   natijalarini   keltirish   mumkin.
Ularning  nasliy  xususiyatlari  butunlay  bir   xil.  Agar  ular  turli  xil   oilalarda  tarbiya
qilinsalar   ularning   xarakterlari   turlicha   bo`ladi.   Hatto   bir   oilada   tarbiya   topgan
gomozigat   egizaklarning  ham   xarakterlari  turlicha   bo`ladi.  Ularning  temperament
xususiyatlari bir xil bo`ladi. 
Xarakter   qanday   shakllanadi?   Xarakterning   shakllanishi   ijtimoiy
munosabatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar oiladagi, o`quv jamoasidagi
muhit   xayrihohlik,   zolimlik,   badjahllik,   ichi   qoralik,   kamtarinlik,   raqobat,   o`zaro
yordam   va   boshqalarni   o`z   ichiga   oladi.   Shu   sababli   kishining   g`oyaviy
yo`nalganligi,   o`ziga,   boshqalarga,   mehnatga   munosabati,   dunyoqarashining
shakllanganli   darajasi   jamiyatda,   oilada,   o`quv   yurtida   tarbiya   jarayoni   qanday
tashkil qilinganiga bog`liq. Ammo xarakterni umumiy nazariyalar, nasihatlar bilan shakllantirib bo`lmaydi. Bular  shaxsning  bilimlarigagina aylanib qolishi  mumkin,
xolos.   Xarakterning   shakllanishi,   tarkib   topishi   odamning   faqat   faol   faoliyati
jarayonida   ro`y   beradi.   Faol   harakatlar   jarayonida   ma`lum   harakatlar   tizimi,
harakatlar   usullari   shakllantiriladi   va   mustahkamlanadi.   Bunday   harakatlar   tizimi
ODATLARNI   tashkil   qiladi.   Shaxsda   shakllangan   odatlarning   majmui   xarakterni
belgilab beradi. Bolalarda foydali odatlarni shakllantirish uchun ular bilan ishlash,
bir qancha vaqt davomida takrorlash, hosil bo`lgan odatlarni mustahkamlash kerak.
Xarakter  xislatlarining shakllanishida  maqsadga yo`nalgan holda odatlarni
shakllantirishdan   tashqari   TAQLID   ham   o`ziga   xos   o`ringa   ega.   Bu   borada   ota-
onalar,   pedagoglar   yoshlarga   namuna   bo`lishi   kerak,   ular   o`zlarida   yaxshi
xislatlarni nomoyon qilishlari kerak. Shu holdagina bola ularga taqlid qiladi, ijobiy
insoniy xususiyatlarni o`zida shakllantiradi. 
Xarakterning   shakllanishida   yuqorida   ko`rsatilgan   omillar   hayotning
barcha   bosqichlarida   ta`sir   qilib   boradi.   Ayniqsa   ularning   ta`siri   maktabgacha   va
kichik   maktab   yoshida   juda   katta.   Katta   maktab   yoshida   bola   o`zligini   anglay
boshlaydi,   unda   o`ziga   nisbatan   fikr,   o`zini   baholash   o`zgacha   o`ringa   ega   bo`lib
boradi.   Bu   yoshlarda   tarbiya   jarayoni   ko`proq   o`z-o`zini   tarbiyalashga   suyanishi
lozim. Avvolmbor o`quvchida o`zini tarbiyalash motivi - yaxshi bo`lishga intilish
istagi   bo`lishi   kerak.   Tarbiyaning   asosiy   maqsadi   bolada,   o`smirda   "yaxshi
bo`lishga intilish"ni shakllantirishdir. Odam o`zining butun umri davomida o`z ish-
harakatlari bilan o`z xarakterini yaratadi. 
Xarakter tipologiyasi
      Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib
ko`rilgan. Nemis   psixologi  va  psixiatri  e.Krechmer   tomonidan  XX  asr   boshlarida
tavsiya   etilgan   tipologiya   eng   mashhur   va   dastlabki   urinishlardan   biri   edi.
Keyinchalik   uning   hamkasblari   U.SHeldon,   e.Fromm,   K.   Leongard   va
A.E.Lichkolar   tomonidan   ham   shunday   tipologiyalar   tavsiya   etildi.   Inson
xarakterining   barcha   tipologiyalari   quyidagi   asosiy   g`oyalarga   muvofiq   tarzda
tashqil etilgan: 1.   Inson   xarakteri   uning   ontogenetik   taraqqiyoti   mobaynida   juda   erta   namoyon
bo`la boshlaydi va butun hayoti davomida barqaror bo`lib boradi.
2.   Xarakter   tarkibiga   kirgan   xususiyatlar   tasodifiy   uyushma   emas.   Ular   xarakter
tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir - biridan farq qiluvchi tiplardan iborat.
3. Mazkur tipologiyaga ko`ra, ko`pchilik kishilarni ma`lum guruhlarga birlashtirish
mumkin.
E.   Krechmer   odam   tanasining   tuzilishi   va   konstitutsiyasiga   ko`ra,   eng   ko`p
uchraydigan   uchta   tipni   ajratib   ko`rsatgan   (astenik,   atletik,   piknik).Ularning   har
birini  shaxsning  ma`lum   xarakter  tiplari   bilan  bog`langan   bo`lsa   ham   aslida  hech
qanday ilmiy asoslar bo`lmagan.
1. Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo`lmagan gavda tuzilishi urtacha
yoki   undan   balandroq   bo`yli,   oriq   kishilardir.   Asteniklarning   tana   va     yuz   terisi
noziq, elkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
2. Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o`rtachadan yuqori, baland
bo`yli, keng elkali, kuchli ko`krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir.
3.   Piknik   tip   -   bosh,   ko`krak   qafasi   va   qorin   bo`shligi   yaxshi   rivojlangan,
semirishga moyil, tayanch - harakat a`zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir.
E. Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruxiy kasalliklar o`rtasida muvofiqlik bor,
degan   fikrni   ilgari   suradi.   Masalan,   atletik   va   astenik   tiplar   shizofreniyaga
moyilroq deb hisoblaydi.
E.   Krechmer   tipologiyasi   hayotiy   kuzatishlar   asosida   xulosalar   chiqarish   orqali
tuzilgan   bo`lsa   ham   kamchiliklarga   ega.   Ba`zi   ilmiy   tadqiqotlar   ma`lum   tana
tuzilishiga   ega   kishilar   ruxiy   kasalliklarga   moyil   ekanligini   aniqladi   va   xarakter
aktsentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi.
Xarakter aktsentuatsiyasi
            Nemis   psixiatri   K.   Leongard   fikricha,   20   -   50   %   kishilarda   ba`zi   xarakter
xususiyatlari   shu   darajada   kuchliki,   ba`zan   bir   xil   tipdagi   ziddiyat   va   hissiy
portlashlarga olib kelishi mumkin. Xarakter aktsentuatsiyasi  - biror xususiyatning
boshqalari   zarariga   kuchli   rivojlanishi   va   atrofdagilar   bilan   munosabatlarining yomonlashuviga   olib   kelishidir.   Xarakter   aktsentuatsiyasi   turli   darajada   engil   va
hatto   psixopatiya   darajasigacha   bo`lishi   mumkin.   O`smirlar   orasida   xarakter
aktsentuatsiyasi   ko`p   (50-80%)   uchraydi.   Uni   turli   psixodiagnostik   testlar,
masalan, Shmishek testi orqali aniqlash mumkin.
     K. Leongard tomonidan xarakter aktsentuatsiyasi quyidagicha tasniflanadi:
1. Gipertim tip. Haddan tashqari aloqaga kirishuvchan, ko`p gapiradi, imo - ishora,
mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko`pincha xizmatga doir
va ommaviy majburiyatlarni unutib qo`yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.
2. Distim tip. Kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan
o`zini olib qochadi, uyda yolg`iz qolishni yoqtiradi.
3. TSikloid tip. Kayfiyati tez o`zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim,
yomon paytda distim tipga o`xshab qoladi.
4.   Qo`zg`aluvchan   tip.   Muloqotda   passiv,   verbal   va   noverbal   reaktsiyalari   sust,
qaysar, ba`zan urushqoq, ko`pincha turli mojarolarning tashabbuskori.
5.   Kuchaytiruvchi   tip.   Kamgap,   aql   o`rgatishni   yoqtiradi,   yuqori   natijalarga
erishishni   xohlaydi,   tez   xafa   bo`ladi,   shubhalanuvchan,   qasoskor.   Kichik-kichik
muammolarni kattalashtirishga, bo`rttirishga moyil.
6.   Pedant   tip.   Ziddiyatlarga   kam   qo`shiladi,   ko`pincha   passiv   holatda   bo`ladi,
atrofdagilarga ko`plab rasmiy talablar qo`yadi, tartibli, jiddiy, ishonchli xodim.
7.   Xavotirli   tip.   Kamgap,   odamovi,   o`ziga   ishonmaydi,   ziddiyatlardan   o`zini   olib
qochadi, tinchliksevar, o`z - o`zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
8.   Eemotiv   tip.   Tor   doiradagi   kishilar   bilan   muloqotga   kirishishni   yoqtiradi,   xafa
bo`lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g`amxo`r, mas`uliyatni
his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi.
9.   Namoyishkorona   (demonstrativ)   tip.   Muloqotga   tez   kirishadi,   etakchilikka
intiladi, hoqimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o`ziga jalb qila oladi, noyob
tafakkurga, xulq - atvorga ega.
10.   Ekzaltirovanlashgan   tip.   O`ta   muloqotga   kirishuvchan,   ko`p   gapiradi,
qiziquvchan,   do`stlari   va   yakinlariga   e`tiborli,   boshqalarga   yordam   beradi,   did-
farosatli, samimiy. 11.   Ekstrovertirovanlashgan   tip.   Muloqotga   kirishuvchan,   do`stlari   ko`p,
ziddiyatlardan   o`zini   olib   qochadi,   boshqalarni   diqqat   bilan   eshitishi   mumkin.
Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
12. Introvertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishishga qiynaladi, “ichimdagini top”,
falsafiy   fikr   yuritishni   yoqtiradi,   qat`iyatli,   e`tiqodi   mustahkam,   qaysar,   tafakkuri
qotib qolgan.
To`g`ri   tashqil   etilgan   ta`lim   -   tarbiya   jarayonida   xarakter   aktsentuatsiyasini
tarbiyalash va tuzatish mumkin.
Xarakter tarkibi
          Odam   xarakterining   tarkibi   turli   xususiyatlari   tasodifiy   yig`indisidan   iborat
emas. Xarakterning ayrim xususiyatlari bir - biriga bog`liq, biri - biriga tobe yaxlit
organizmni   hosil   qiladi.   Mana   shunday   yaxlit   organizm   xarakter   tarkibi   deb
ataladi. Masalan, odamning takabbur va shuhratparastligini bilsak, uning ichi qora,
qorako`ngilli deb, kamtarligini bilsak, ko`ngilchan deb aytamiz.
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan
xarakter xususiyatlarining to`rtta tizimi farqlanadi.
1.   Jamoa   va   ayrim   odamlarga   bo`lgan   munosabatlarini   ifodalovchi   xususiyatlar
(yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va shu kabilar).
2.   Mehnatga   bo`lgan   munosabatni   ifodalovchi   xususiyatlar:   (mehnatsevarlik,
yalqovlik,   vijdonlilik,   mehnatga   mas`uliyat   yoki   mas`uliyatsizlik   bilan
munosabatda bo`lish kabilar).
3. Narsalarga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik,
narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo`lish kabilar).
4.   Odamning   o`z   -   o`ziga   bo`lgan   munosabatini   ifodalovchi   xususiyatlar   (izzat   -
nafslilik, shuhratparastlik, mag`rurlik, o`zini katta olish, kamtarlik kabilar).
Bundan   tashqari,   kamroq   ahamiyatga   ega   bo`lgan   boshqa   juda   ko`p   xususiyatlar
ham mavjud: o`ziga ishonish, o`zbilarmonlik, o`ziga bino qo`yish, maktanchoqlik
kabilar.   Xarakterning   hamma   xususiyatlari   bir   -   biri   bilan   bog`liq,   kishining
xarakteri nisbatan bir butundir. Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining
o`zaro bog`liqligi  bilan emas,  balki  bir butun xarakterga xos bo`lgan xususiyatlar bilan   belgilanadi.   Xarakterning   xususiyatlari   jumlasiga   birinchidan,   ularning
chuqurlik   darajasi   kiradi.   Shaxsning   markaziy   asosiy   munosabatlari   bilan
belgilanadigan   xususiyatlarini   biz   xarakterni   birmuncha   chuqurroq   xususiyatlari
deb ataymiz. Masalan, barkamol shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan
vijdonan   munosabatda   bo`lish   bilan   belgilanadigan   xususiyatlar   chuqurroq
xususiyatlar   hisoblanadi.   Ikkinchidan,   xarakter   kuchi   yoki   faolligi   .   Xarakter
faolligi   xarakter   xususiyatlarining  kishini   biror  narsaga  undash  kuchi   bilan tashqi
sharoitlarga qarshilik ko`rsatish darajasi bilan belgilanadi.
Uchinchidan,   xarakterning   tarkibiy   xususiyatlariga   -   uning   barqarorlik   va
o`zgaruvchanlik   darajasi   kiradi.   Xarakter   barqarorligi   va   o`zgaruvchanligi   ham
moslashish   faoliyatining   zarur   shartlaridandir.   Agar   tashqi   sharoitning   o`zgarishi
bilan   har   gal   xarakter   boshqacha   bo`lib,   o`zgarib   qoladigan   bo`lsa,   unday   paytda
odamning   xatti   -harakatlari   tashqi   sharoit   ta`siriga   nisbatan   passiv   javob
reaktsiyasiga aylanib qolgan xatti -harakat batamom passiv moslashishga aylangan
bo`lar   edi.   Odamning   xarakter   xususiyatlari   juda   xilma   -   xil   hayot   sharoitlarida
ham   qarshilik   qiluvchi   sharoit   bo`lishiga   qaramay   uning   xatti   -harakatlarini
boshqaradi.
Xarakter ma`lum darajada plastikdir (egiluvchandir). Xarakterning plastikligi ikki
xil ma`noga ega, birinchidan, xarakterning plastikligi (egiluvchanligi) xarakterning
barqarorligi   singari   muhim   faol   ta`sir   qilishidir.   Ikkinchidan,   xarakter   ma`lum
darajada plastik bo`lganligi uchungina istalgan odamning xarakterini tarbiyalay va
qayta tarbiyalay olamiz.
Kishiga mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda sifatlari
xarakterning   iroda   bilan   bog`liq   bo`lgan   xislatlaridir,   bu   sifatlar   alohida   ko`rinib
emas, balki shaxsning fazilatiga aylanib qoladi, qat`iyat, sabr – toqat, chidamlilik,
dadillik,   o`zini   tuta   bilish,   mustaqillik,   intizomlilik,   mas`uliyatni   his   qilish,   o`z   -
o`zini tanqid axloqiy xislatlardir. Xarakterning shakllanishi
            Organizmning   nasliy   xususiyatlari   xarakter   xususiyatlarining   paydo
bo`lishidagi   shartlardan   biridir.   Xarakter   xususiyatlari   irsiyatning   biologik
qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. (egizaklar).
egizaklar   temperament   xususiyatlari   jihatidan   o`xshasalar   ham   xarakter   xislatlari
bir   -   biridan   farq   qiladi.   Xarakterning     xususiyati   shaxs   munosabatlari   bilan
bog`liqdir.   Lekin   shaxs   munosabatlari   o`z   navbatida   ijtimoiy   munosabatlar   bilan
belgilanadi.   Kishining   xarakteri   tug`ma,   doimiy   va   o`zgarmaydigan   narsa   emas.
Hech bir  bola mehnatsevar  yoki  dangasa,  rostgo`y yoki  yolg`onchi, qo`rqoq yoki
jasur   bo`lib   tug`ilmaydi.   Har   bir   odamning   xarakteri   temperamenti   asosida,
ijtimoiy   muhit   ta`siri   bilan   tarbiya,   amaliy   faoliyat   jarayonida   va   kishining   o`z   -
o`zini   tarbiyalashi   bilan   taraqqiy   qilib,   o`zgarib   boradi.   Xarakterning   taraqqiyoti
kishining   irodasi,   aql   -   idroki   va   hissiyotlarining   taraqqiy   qilib   borishi   bilan
mustahkam   bog`liqdir.   Kishining   butun   hayoti   davomida   uning   xarakterining
tarkib   topishiga   ijtimoiy   muhit,   avvalo   shu   kishi   bilan   birga   yashab   turgan   va
ishlab   kelgan   jamoa   katta   ta`sir   ko`rsatadi.   Kichik   bolalarda   xarakterning   tarkib
topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota - onasiga, yaqin kishilarga va kattalarga
o`xshashlikka   harakat   qiladi.   Ular   kattalarning   yurish   -   turishlari,   dasturxon
atrofida o`zini  to`tishi  va  boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklarga va  jonivorlarga
munosabatlarini   kuzatadilar.   Ota   -   onalar   va   o`qituvchilar,   umuman   katta
yoshdagilar   hammasi   o`zlariga   ham   e`tibor   bilan   qarashlari,   o`zlarida   ijobiy
xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim. Bolalarda ijobiy, irodaviy
va axloqiy sifatlarini tarbiyalab etkazmoq uchun ota -  onalar  va tarbiyachilarning
o`zlari bunday sifatlarga ega bo`lishlari lozim.
         Xarakterning o`sishida tarbiya va o`z - o`zini tarbiyalashning roli katta. O`sib
kelayotgan   yosh   avlodning   xarakteri,   avvalo   oilada   va   maktabda   tarbiyalanadi.
Bolalarning   xarakterini   tarbiyalashda   katta   mas`uliyatli   vazifa   ota   -   onalar,
o`qituvchilar   va   bolalar   bog`chasi   tarbiyachilari   zimmasiga   to`shadi.   Xarakterni
tarbiyalashda pedagog bolaning temperamentni ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi
bilishi   lozim.   Xarakterni   tarbiyalash,   jumladan,   temperamentning   ijobiy tomonlarini   o`stirishdan,   uning   salbiy   tomonlarini   yo`qotishdan   va   bu   salbiy
tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning
salbiy   tomonlarini   yo`qotmoq,   ijobiy   tomonlarini   tarbiyalab   etkazmoq   uchun
tarbiyalanuvchining o`z temperamentini o`zi idora qilishiga o`rgatmoq lozim. O`z
temperamentini   idora   qila   bilish   xarakterning   ijobiy   xislatidir.   Bola   xarakterining
tarkib   topishida   jamoaning   tarbiyalovchi   roli   nihoyatda   katta.   Inson   yakka   bir   -
biridan   ajralgan   tarika   hayot   kechirmaydi,   muayyan   jamoada,   ya`ni   muayyan
oilada,   maktabda,   tsexda   va   hokazolarda   hayot   kechiradi.   Jamoa   shaxs   bilan
jamiyat   o`rtasidagi   bog`lovchi   bo`g`indir.   Har   bir   o`qituvchi   va   tarbiyachi   bola
xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta`sir qilib, ijobiy
natijalarga erishmoqi mumkin.
Xarakterning   tashabbuskorlik,   qat`iyatlilik,   dadillik,   sabotlilik   singari   ijobiy
xislatlari   bolalar   bog`chasida   o`yin   faoliyatida   tarkib   topa   boshlaydi.   To`g`ri
uyushtirilgan   maktab   jamoasi   sharoitida   o`quvchilarda   uyushqoqlik,   intizom,
saranjom   -   sarishtalik,   o`z   -   o`zini   tuta   bilish,   o`zini   idora   qilish,   o`ziga   nisbatan
talabchan bo`lish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib etishadi. Kishi jamoada bir -
biri bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o`zining xarakter xususiyatlarini
bilib oladi. Xarakterini bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi.
Bunday   sharoit   kishini   o`z   xarakterini   o`zi   tarbiyalash,   jumladan,   o`z   xarakterini
qaytadan   tarbiyalashni   yo`lga   soladi.   Har   bir   kishi   ma`lum   yoshdan   boshlab   o`z
xarakteri   va   uning   sifatlari   uchun   o`zi   javobgardir.   O`z   xarakterini   tarbiyalashda
kishi  avvalo yaxshi  fazilatlarini  ko`zda tutmog`i  lozim. O`z kamchiliklariga iqror
bo`lish kamchiliklarini yo`qotishga boshlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. G`oziev E. Psixologiya. T. 1994.
2. Gamezo M. V., Domashenko I. A. Atlas po psixologii. - M.,1986
3. Gippenreyter Yu. B. Vvedenie v obshuyu psixologiyu.  Kurs leksiy. - M., 
1996
4. Granovskaya R. M. Elementi prakticheskoy psixologii.  SPb, 1997
5. Grimak L. P. Rezervi chelovecheskoy psixiki. - M., 1990
6. Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002
7. Klimov E. A. Osnovi psixologii. - M., 1998
8. Merlin V. S. Struktura lichnosti.  Xarakter, sposobnosti, samosoznanie. - 
Perm, 1990
9. Nemov R. S. Psixologiya. V 3-x kn. - Kn.1. - M., 1998
10. Olshanskiy B. B. Prakticheskaya psixologiya dlya uchiteley.  M. 1994.
11. Prakticheskaya psixodiagnostika. Metodiki i testi. - M., 1999
12. www.ziyonet.uz

XARAKTER TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI Reja: 1. Xarakter haqida tushuncha. 2. Xarakterning fiziologik asoslari. 3. Xarakterning tuzilishi. 4. Xarakterning tarkib topishi. 5. Xarakter tipologiyasi. 6. Xarakter aktsentuatsiyasi. 7. Xarakter tarkibi. 8. Xarakterning shakllanishi

Xarakter haqida tushuncha. Ma`lumki har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan bog`liq deb tushuntiriladi. «Xarakter» - grekcha so`zdan olingan bo`lib, aynan tarjima qilganda "bosilgan tamg`a", "muhr" ma`nosini anglatadi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chiqadigan va shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, xarakterning har bir xislati tegishli tipik sharoitlardagina nomoyon bo`ladi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, xarakterning har bir xislatida odamning ma`lum sharoitlarga, voqealarning ma`lum tomonlariga bo`lgan munosabati ifodalanadi. Shu sababli bir o`quvchining o`zi o`zini turli sharoitlarda turlicha tutishi mumkin. Maktabda qurqoq, ikkilanuvchi, uyda chaqqon, dilkash, g`ayratli, mehmonda vazmin, o`ychan va h.k. Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonalari tug`ma bo`lishi mumkin, ular nerv tizimining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Xarakter esa muayyan jamiyat a`zosi bo`lgan kishining hayoti va faoliyati jarayonida tarkib topadi. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil bo`lgan ikki kishini topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishining xarakteridagi ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin. Jamiyat a`zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda hatti-harakatida ta`sir qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter deyiladi. Odam harakatlarining sifati va usullari faqat shaxsning munosabatlarigagina bog`liq bo`lmay, balki iroda, hissiyot, diqqat, aqliy xususiyatlarga, ya`ni psixik xususiyatlarning individual xususiyatlariga ham bog`liq. Shuning uchun ham kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun

turishiga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emosional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin. Xarakterning ko`p xislatlari odamning hatti-harakatini belgilab beruvchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma`lumki turli kishilarning xarakteri turlicha. Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi kishilar shu maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan harakatning turli usullariga moyil bo`ladilar. Bu erda xarakter xislatlari undovchi kuch sifatida nomoyon bulayapti. Odam xarakter xislatlarining undovchilik kuchi sifatida yuzaga chiqishi ta`siri ostida ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid va maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Odam ba`zida o`z xarakteridan o`zi xafa bo`lib ketadi, ammo boshqacha harakat qila olmaydi. Maqsadga nomuvofiq, lekin odam uchun xarakterli bo`lgan harakat usullarini tanlashga moyillik katta irodaviy zo`r berishlar sharoitida, jiddiylik (stress) vaziyatlarida xususan aniq nomoyon bo`ladi. Shuning bilan birga, agar odam uchun xarakterli bo`lgan harakatlar usuli mazkur sharoitda maqsadga muvofiq bo`lsa, unda u o`z xarakteriga mos kelmaydigan, bir qolipdagi, stereotip harakat usullaridan majburiy foydalanish hollariga qaraganda ancha ko`p kuch- quvvat, qait`iylik va mehnatga qobiliyatlilik talab qiladi. Shunday qilib, agar xarakter xislatlari ob`ektiv sharoitlar talabiga qarshi harakat qilishga undaydigan bo`lsa, odamning xarakter xislatlari o`ziga xalaqit berishi mumkin. Aksincha bo`lsa kishi ijodiy ish qila oladi, o`z kuchlaridan samarli foydalana oladi. Xarakterning fiziologik asoslari Xarakterning nomoyon bo`lishi va uning tarkib topishiga juda ko`plab omillar ta`sir qiladi. Shu sababli xarkterning fiziologik asoslari haqida taxminan xulosa chiqarish mumkin. Pavlov maktabi fiziologlarining o`tkazgan tajribalari shuni ko`rsatdiki, turli qo`zg`atuvchilar ta`siri ostida turlicha shartli bog`lanishlar hosil bo`ladi. Shunday nisbatan turg`un shartli bog`lanishlar majmuasi DINAMIK

STEREOTIPNI tashkil qiladi. Xarakter xislatlarining shakllanishi mexanizmi ko`proq ana shu dinamik stereotipnining hosil bo`lishi bilan tushuntiriladi. Ikkinchi tomondan xarakter xususiyatlarining yuzaga chiqishi nerv tizimining umumiy tipiga, uning xususiyatlariga bog`liq. Chunonchi, sust nerv tizimiga ega o`quvchilarning yaxshi tanigan o`rtoqlari doirasi tor, kam sonli bo`ladi. Ular kam tashabbus ko`rsatadilar. Qiyinchilik bilan tanish orttiradilar. Aksincha, harakatchan nerv tizimiga ega bo`lgan o`quvchilar odamlar bilan munosabatda faol, kirishuvchan bo`ladilar. O`qish, sport, mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari ham shu xil ta`sir ostida paydo bo`lishi aniqlangan (B.M.Teplov, V.S.Merlin, E.A.Klimov). Sizga ma`lumki, nerv tizimining umumiy xususiyatlari temperamentning ham asosidir. Demak, TEMPERAMENT TIPI xarakterning individual o`ziga xos xususiyatlarining paydo bo`lishidagi muhim psixologik sharoitlardan biridir. Xarakterning tuzilishi Odam xarakteri turli xususiyatlarning tasodifiy yig`indisidan iborat emas. Xarakterning xususiyatlari bir-biri bilan bog`liq, bir-biriga tobe yaxlit tizimni tashkil qiladi. Mana shunday yaxlit tizim xarakter tuzilishi (strukturasi) deyiladi. Shu sababli kishining xarakterning bir qanchasini bilgan holda uning xarakterining hali bizga ma`lum bo`lmagan (nomoyon bo`lmagan) boshqa xususityalari haqida ham fikr yurita olamiz. Turli odamlarda turlicha xarakter xususiyatlarining tizimi (simptomokomplekslar). Psixologiya fanida kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtai- nazaridan xarakter xususiyatlarining quyidagi tizimi guruhlari farqlanadi; 1.Shaxsning umumiy psixik tuzilishini (uning maslagini) ifodalaydigan xususiyatlar: g`oyaviylik, maqsadga intiluvchanlik, halollik, vatanparvarlik, mardlik, adolatga ishonish, faollik, intizomlilik. 2.Shaxsning boshqa odamlarga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar- jamoalilik, insonparvarlik, sezgirlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom. Bularga

qarshi: pismiqlik, beparvolik, toshbag`irlik, ichidan pishganlik, dag`allik, kishilarga nafrat bilan qarash. 3.Kishining o`z-o`ziga qanday munosabatda bo`lishi haqida guvohlik beradigan xususiyatlar - kamtarlik, mag`rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm (o`z shaxsi, o`zining kechinmalari bilan band bo`lish, o`zini hamisha o`z diqqat markazida tutish). 4.Shaxsning mehnatga, o`z ishiga munosabatini ko`rsatuvchi xususiyatlar - qat`iyatlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ijodga ishtiyoq, ishdagi halollik. 5.Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususiyatlar - puxtalik- beparvolik, qimmatli narsalarni behuda sarf qilish yoki tejash (kimniki bo`lishidan qat`iy nazar). Xarakterning ayrim xususiyatlari shaxsning ijobiy xususiyatlari, boshqalari esa salbiy xususiyatlari bo`ladi. Shu narsani esda tutish kerakki, kishilarga bo`lgan mehr-muhabbatni yaxshi, nafratni yomon deb bo`lmaydi. Hamma narsa kimni yaxshi ko`rish va kimdan nafratlanishga bog`liq. Xarakterning xususiyatlari orasidagi bog`liqdan kelib chiqqan holda muhim pedagogik xulosa chiqarish mumkin. Xarakterning ayrim xususiyatlarini alohida, ajralgan holda tarbiyalab bo`lmaydi. Xarakter xususiyatlarining butun tizimini tarbiyalash lozim. Ammo xarakterning bir butunligi mutlaq emas. Shaxsda xarakterning markaziy, asosiy munosabatlarni belgilab beruvchi xususiyatlar mavjud. Tarbiya jarayonida ana ana shu asosiy xususiyatlarini shakllantirishga e`tibor berish lozim. Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar, hamda irodaviy xususiyatlar muhim o`rin egallaydi. Kishi xarakterining barcha xususiyatlari bir-biri bilan bog`langandir, shuning uchun ham xarakter muayyan darajada barqarorligi bilan ajralib turadi. O`z xarakterini o`zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo`lish va o`zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash - murakkab vazifa bo`lsa ham, lekin amalga oshirib bo`ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o`z ustida ishlashni, xarakterni tarbiyalash (agar lozim bo`lsa) qayta tarbiyalash ustida ishlashni qat`iy va keskin