Gipofiz bezi tuzilishi, endokrinologik xususiyatlari
Gipofiz bezi tuzilishi, endokrinologik xususiyatlari REJA 1. Gipofiz bezi xaqida umumiy ma’lumot 2. Gipofizdan ajraluvchi gormonlar 3. Gipotalamo - gipofizar tizim 4. Gipofizning patofiziologiyasi
Gipofiz 0,4-0,6 g keladigan oval shaklli kichkina bez bo‘lib, u oraliq miyada joylashgan va bosh skeletidagi turk egari chuqurchasida yotadi. 2-rasm. Gipofiz, gipotalamus Gipofiz oldingi, oraliq va orqa bo‘laklardan tuzilgan murakkab ichki sekresiya bezidir. Uning oldingi bo‘lagi ( a d e n o g i p o f i z) asosiy (bosh) yoki xromofob hujayralardan (hamma hujayralarning 55-60%) va xromofil (40-45%) hujayralardan iborat. Xromofil hujayralarning aksariyati atsidofil, oz qismi esa bazofil. Gormonlar xromofil hujayralarda sintezlanadi. B a z o f i l hujayralar adrenokortikotrop (AKTG), tireotrop, gonadotrop gormonlar ishlab chiqaradi. A s i d o f i l hujayralar o‘sish gormoni - somatotropin va prolaktin ishlab chiqaradi. Adenogipofiz gormonlari oqsil va glikoproteinlar bo‘lib, ikki guruhga bo‘linadi. 1.E f f e k t o r g o r m o n l a r: o‘sish gormoni, prolaktin va melanotsitlarni rag‘batlantiruvchi gormon (MSG). MSG ko‘pchilik hayvonlarda gipofizning yaxshi rivojlangan oraliq bo‘lagidan ajraladi. Odam gipofizida bu bo‘lak deyarli yuqolib ketgan. Shuning uchun MSG oldingi bo‘lak gormonlari bilan qo‘shib o‘rganiladi. 2. G l a n d o t r o p g o r m o n l a r: follikullarni rag‘batlantiruvchi, lyuteinlovchi, tireotrop, adrenokortikeotrop gormonlar . Adenogipofizning effektor gormonlaridan bo‘lgan o‘ s i sh g o r m o n i - somatotropin o‘zining turga oid spesifikligi bilan boshqa gormonlardan farq
qiladi. Qoramol va cho‘chqa gipofizidan ajratib olingan gormonni o‘sishdan qolgan odam bolasini davolashda qo‘llab bo‘lmaydi. Odamning o‘sish gormoni organizmda tez parchalanadi. O‘sish gormonining asosiy ta’siri suyaklarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlashdir. Bu gormon hujayralarda oqsil sintezini tezlashtiradi, ammo buning uchun yetarli miqdorda insulin, oqsil va karbonsuvlar kerak. Oqsil yetishmovchiligi natijasida jigarda s o m a t o m e d i n nomli peptidning sintezlanishi kamayib ketadi. Bu peptid sulfat kislota angidridining tog‘ay to‘qimasiga o‘tishini, DNK, RNK va oqsil sintezlanishini tezlashtirish yo‘li bilan yosh organizmning o‘sishini ta’minlaydi.O‘sish gormoni hujayralar membranasida aminokislotalar tashilishini tezlashtiradi va lipolizni kuchaytiradi.U qonda glyukoza miqdorini oshiradi, glyukozaning boshqa moddalardan sintezlanishini tezlashtiradi (kontrinsulyar ta’sir). Somatotropin me’da osti bezi hujayralariga bevosita ta’sir etish va giperglikemiya orqali insulin sekresiyasini oshiradi. Shu bilan bir vaqtda insulinni parchalovchi ferment - jigar insulinazasini faollashtiradi. Insulin fiziologik samarasini keskin pasaytiruvchi bu ta’sir oqibatida qandli diabet kasalligi rivojlanishi mumkin, bunday diabet kelib chiqishi bo‘yicha gipofizar diabet deyiladi. Bola organizmida o‘sish gormoni ko‘p ishlab chiqarilsa b o‘ y d o r l i k (g i g a n t i z m) kuzatiladi. Bunda erkaklarning bo‘yi 200 sm, ayollarniki 190 sm dan oshadi. Gipofizar gigantizmda odamning boshi, tanasi va oyoq-qo‘llari nisbati buzilmagan holda kattalashadi. Skelet mushaklari va ichki a’zolar ham ko‘pincha yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Organizmning o‘sish davri 30 yoshgacha boradi. Voyaga yetgan kishida o‘sish gormoni ko‘p miqdorda ishlansa a k r o m ye g a l i ya hodisasi ro‘y beradi. Bunda suyaklar va yumshoq to‘qimalar kalinlashadi, odamning burni, lablari, jag‘i, oyoq-qo‘llari kattalashadi.
Gipofizar novchalarda va akromegamiya bilan og‘rigan odamlarda boshqa ichki sekresiya bezlari faoliyati ham shikastlanadi: jinsiy bezlar faoliyati pasayadi, insulin kam miqdorda ishlab chiqarilganidan diabet alomatlari paydo bo‘ladi. Organizmning o‘sishi ko‘pgina omillarga bog‘liq jarayon. Unga irsiyat, iqlim, ovqatlanish omillari va bir qancha gormonlar ta’sir etadi. O‘sish gormonidan tashqari, o‘sishga qalqonsimon bezning, buyrak usti beziining gormonlari va jinsiy gormonlar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bolalarda o‘sish gormoni va gipofizning boshqa glandotrop gormonlari keragidan kam ishlansa g i p o f i z a r n a n i z m ( m i t t i l i k yoki p a k a n a l i k) kuzatiladi. Bunday odamning bo‘yi past bo‘lsa ham, gavda qismlari nisbati saqlanib qoladi, ammo qo‘l va oyoq panjalari kichik, barmoqlar ingichka, suyakka aylanish jarayonlari sekinlashgan, jinsiy a’zolar rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy belgilar yetarli takomillashmagan, sochlar bolalarnikiday yumshok va ipakday bo‘ladi. Bunday odamlar yuqumli va boshqa kasalliklarga beriluvchan va chidamsiz bo‘ladilar va farzand kurolmaydilar. Ba’zi pakanalar qonida somatotropin miqdori odatdagidan ko‘p bo‘ladi, ularning yaxshi o‘smasligiga sabab somatomedinlar yetishmovchiligidir. Jigarda sintezlanadigan somatomedin tog‘ay va suyaklar o‘sishi bilan birga barcha hujayralarning mitotik bo‘linishini tezlashtiradi. Gipofizar pakanalikni faqat odamning o‘sish gormoni bilan davolash mumkin. Davolash qanchalik erta boshlansa, natijasi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bo‘y erkaklarda 130 sm dan, ayollarda 120 sm dan past bo‘lsa, mittilik tug‘risida gap yuritish mumkin. O‘sish gormonining qondagi miqdori fiziologik sharoitda ham 10-20 baravar o‘zgarishi mumkin, unga sirkda (kecha-kunduzgi) ritm ham ta’sir etadi. Kechasi, odam qattiq uxlaganda gormon konsentratsiyasi eng yuqori darajaga ko‘tariladi. O‘sish gormoni sekresiyasini gipotalamusning rilizing
gormoni s o m a t o l i b ye r i n tezlashtiradi. S o m a t o s t a t i n esa susaytiradi. O‘sish gormoni sekresiyasiga qonning kimyoviy tarkibi, ayniqsa aminokislotalar, yog‘ kislotasi va glyukozaning qondagi miqdori ta’sir qiladi. Qonda glyukoza miqdori kamaysa, o‘sish gormoni sekresiyasi kuchayadi. Gormonning qonga o‘tishi stress holatlarda ham tezlashadi. P r o l a k t i n ham oqsil gormon, u 198 aminokislota qoldiqlaridan iborat. Gormonning qondagi miqdori homiladorlik vaqtida 100-150 marotaba oshib, 300mkg\l ga yetadi. Prolaktin odamda sut bezlari o‘sishini va sut ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Uning ta’sirida sut oqsillari va boshqa tarkibiy qismlarining sintezlanishi tezlashadi. Balog‘atga yetmagan, yosh urg‘ochi hayvonlarga prolaktin yuborilsa, ularda onalik instinkti paydo bo‘ladi. Prolaktin sekresiyasini gipotalamik markazlar bilan kuchaytiradi. Refleks bola sut emgan vaqtda sut bezi so‘rg‘ichlaridagi retseptorlar qo‘zg‘alishi natijasida ro‘yobga chiqadi. Sut sog‘ish ham qonda gormon miqdorini oshiradi. Prolaktin suv-tuz va yog‘ almashinuviga ham ta’sir qiladi, bola tug‘ilgandan keyin onaning semirishiga sabab bo‘ladi. Terining yangilanishi va undagi yog bezlari faoliyatini tezlashtiradi, ichki a’zolar o‘sishi va eritropoezni qo‘zg‘atadi. Gormonning qonga o‘tishi reflektor yo‘l bilan jadallashsa, gipotalamusning ingibitorlovchi omili bu jarayonni sekinlashtiradi. Prolaktin sekresiyasi qondagi estrogenlar, glyukokortiqoidlar va tireoid gormonlar miqdoriga bog‘liq. Gipofizning g l a n d o t r o p g o r m o n l a r i d a n bo‘lgan tireotropin -t i r e o t r o p go r m o n (TTG) glikoproteid gormonlarga kiradi. Bu gormon qalqonsimon bezning o‘sishini tezlashtiradi, ba’zi tireoid gormonlarning hosil bo‘lishini va qonga o‘tishini boshqaradi. TTG plazmada 1-2mkg\l miqdorida bo‘lib, gamma- globulin bilan bog‘langan. Organizga TTG yuborilishi qalqonsimon bezning kattalashuviga olib keladi. TTG seresiyasini gipotalamus tireotropin - rilizing gormon ( t i r o l i