ENDOKRIN BEZLAR FIZIOLOGIYASI
ENDOKRIN BEZLAR FIZIOLOGIYASI Reja: 1. Ichki sekretsiya bezlarining umumiy ta’rifi. Fiziologik jarayonlarning ichki sekretsiya bezlari orqali boshqarilishi; 2. Gormonlar va ularning biologik ahamiyati; 3. Gipofiz bezi. Uning gormonlari va fiziologik xossalari; 4. Gipotallamo – gipofizar tizim; 5. Epifiz (quddasimon bez); Qalqonsimon bez; 6. Qalqonsimon oldi bezi; Ayrisimon bez; 7. Buyrak usti bezi.
1. Ichki sekretsiya bezlarining umumiy ta’rifi, fiziologik jarayonlarining ichki sekretsiya bezlari orqali boshqarilishi Organizmdagi hamma bezlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhdagi bezlar o’zlarida hosil bo’lgan moddalarni yo tana a’zolari bo’shlig’iga, yoki tashqi muhitga suyuqlik chiqarish yo’llari orqali ajratib chiqaradi. Bunday bezlar tashqi sekresiya (ekzokrin) bezlari deb ataladi (so’lak, me’da-ichak, ter bezlari). Lekin organizmda boshqa turdagi bezlar, ya’ni ikkinchi guruhga mansub bo’lgan bezlar ham mavjud. Ularning suyuqlik chiqarish yo’llari bo’lmaydi va bunday bezlar o’zlarida hosil bo’lgan biologik faol moddalarni-gormonlarni bevosita qonga ajratib chiqaradi, qon esa ularni organizmning kerakli turli qismlariga yetkazib beradi. Bunday bezlar ichki sekresiya (endokrin) bezlari deb ataladi (9.1.1- rasm). Ichki sekresiya (endokrin) bezlarning mahsulotlari gormon deyiladi. Gormon so’zi (lot. «horman» - harakatlantirish, qo’zg’atish, uyg’ontirish so’zlaridan) a’zolar, to’qimalar va hujayralarning o’zaro gumoral bog’lanishida muhim rol o’ynaydi. Bu termin 1905 yilda ingliz fiziologlari Dj.Beylis va E.Starlinglar tomonidan birinchi marta tabiatshunoslik fanlariga kiritilgan edi. Ular o’n ikki barmoqning shilliq qavatidan ajratib olingan sekretin moddasiga gormon deb nom berishdi.
9.1.1-rasm. Odam tanasida ichki cyekresiya bezlarining joylashuvi. 1-epifiz, 2-gipofiz, 3-qalqon oldi bezi, 4-jigar, 5-o’n ikki barmoq ichak, 6-buyrakning po’st qismi, 7- moyak, 8-qalqonsimon bez, 9-ayrisimon bez, 10-me’da, 11-buyrak usti bezi, 12-me’da osti bezi, 13- tuxumdon Gormonlar ikki tipdagi endokrin bezlarda ishlab chiqariladi. Birinchi tipdagi bezlarning to’qimasi ikki qismdan iborat bo’lib, bir qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekresiya bezlaridagiga o’xshab tashqi muhtiga chiqariladi. Ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekresiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Bu bezlar aralash bezlar deb ataladi, ularga me’da osti bezi va jinsiy bezlar kiradi. Ikkinchi tipdagi bezlarga haqiqiy ichki sekresiya bezlari kiradi. Bular odam turli qismlarida joylashgan bo’lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning faqat ichki muhitiga – qonga quyiladi. Bu bezlarga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalg’on oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi. Gormonlar – bu katta molekulali biologik faol moddalar bo’lib, organizmdagi turli oddiy va murakkab jarayonlarida qatnashadi. Gormonlar ferment emas yoki fermentlarni faollantiruvchi modda ham emas, ular hujayrasiz muhitdagi kimyoviy o’zgarishlarga ta’sir etmaydi. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning
tuzilmalarga ro’y beruvchi jarayonlarga ta’sir etadi. Gormonlarni kimyoviy tabiati bo’yicha uch guruhga bo’linishi odat bo’lib qolgan; 1) polipeptidlar va oqsillar; 2) aminokislotalar va ularga yaqin birikmalar; 3) steroidlar. Gormonlar qonda erkin va oqsillar bilan biriktirib harakat qiladi. Ammo gormon bilan oqsil birikmasi hosil bo’lganda, gormon nofaol shakliga o’tadi. A’zo va funksional tizimlarga gormonlarning ta’siri ikki mexanizm orqali amalga oshiriladi: 1) gormonlar o’z ta’sirini bevosita asab tizimini orqali o’tkazadi; 2) qon orqali (gumoral yo’li bilan) a’zolar, to’qima va hujayralarning funksional holatini o’zgartiradi. 2. Gormonlarning fiziologik ahamiyati 1. Gormonlar organizm funksiyalarning boshqarilishida ishtirok etadi . Odam organizmida ikki boshqarish mexanizmlari mavjud-asab va endokrin. Bu mexanizimlar o’zaro bog’langan bo’lib yagona neyroendokrin boshqarilishini tashkil qiladi. 2. Gormonlar organizmni tashqi va ichki muhiti o’zgarishiga qarab moslashtiradi. Masalan, giperglikemiya (qonda glyukoza miqdorining oshib ketishi) me’da osti bezi gormoni – insulin sekresiyasini kuchaytiradi, buning natijasida qondagi glyukoza miqdori me’yorga qaytadi. 3. Gormonlar organizm ichki muhitining doimiyligini saqlab turishga ishtirok etadi . Masalan, qonda glyukoza miqdorining kamayishi (gipoglikemiya) oqibatida buyrak usti bezining mag’iz qavatidan ko’p miqdorida adrenalin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon jigarda glikogenolizni (glikogenni glyukozaga aylanishi)ni kuchaytirib, qonda glyukoza miqdorini me’yorga keltiradi. Shunday qilib, organizmda gormonlar morfogenez (o’sish va rivojlanish) moddalar almashinuvchi va gomeostaz (organizm o’z ichki muhiti tarkibini doimo bir xilda saqlab turishi) jarayonlariga ta’sir etadi.
Gormonlarning qismati. Moddalar amlashinuvi natijasida gormonlarning tuzilishi va vazifasi keskin o’zgaradi. Bundan tashqari gormonlarning bir qismi organizm hujayralari tomonidan to’liq o’zlashtiriladi qolgan qismi esa siydik orqali chiqariladi. Oqsillar va glyukuron kislotasi bilan biriktirib hamda jigar fermentlarning faollanish natijasida gormonlar inaktivasiya (nofaol) bo’ladi. Hozirgi kunda aksari gormonlarning tuzilishi yaxshi o’rganilgan. Kichik va katta molekulali gormonlar kimyoviy yo’l bilan sintezlanib olingan: a) bez faoliyatining kuchayishi – giperfunksiya, bundagormonlar ko’p hosil bo’ladi va qonga ko’p chiqadi; b) bez faoliyatining susayishi-gipofunksiya, bunda gormon kam hosil bo’ladi va qonga kam chiqadi. 3. Gipofiz bezi. Uning gormonlari va fiziologik xossalari Endokrin bezlar tizimida gipofiz maxsus o’rin tutadi. Gipofiz «markaziy bez» degan nom olgan, chunki organizmdagi hamma «periferik» bezlar faoliyati u yoki bu yo’l bilan gipofiz faoliyatiga aloqador ekanligi hyech kim uchun sir emas. Gipofiz miyaning asosiy qismida joylashgan bo’lib, kalla suyagining turk egarining chuqurchasida joylashgan. U no’xatsimon, vazni 0,5-0,6 g ga teng bo’lib, gipofiz oldingi va oraliq bo’laklardan tarkib topgan adenogipofizdan va orqa bo’lakdan tuzilgan neyrogipofizdan iborat. Adenogipofizning kelib chiqishi epitelial, neyrogipofizning kelib chiqishi esa-neyrogen tabiatlidir. Gipofizning oldingi bo’lagi yoki adenogipofiz uch xil: asosiy, yoki xromofob (barcha hujayralarning 55-60%), asidofil, yoki xromofil (30-35%) va bazofil (5- 10%) hujayralardan iborat. Xromofob hujayralar gormon hosil qilmay,xromofil hujayralarni hosil qilsa kerak degan g’oyalar hamon muammoligicha qolayapti. Bazofil hujayralar adrenokortikotropin (AKTG), tireotropin va gonadotropin ishlab chiqaradi.