QON FIZIOLOGIYASI
QON FIZIOLOGIYASI . Reja: 1. Qon tizimi haqida tushuncha; 2. Odamda qon miqdori va tarkibi; 3. Qonning hosil bo‘lishi; 4. Qonnin g funksiyalari; 5. Qonning shaklli elementlari va ularning tuzilishi, soni va funksiyasi; 6. Qonning fizik kimyoviy xossalari; 7. Qon guruhlari; 8. Qonning ivishi; 9. Mushak faoliyatida qondagi o‘zgarishlar: miogen leykotsitoz, eritrotsitoz, trombotsitoz.
1. Qon tizimi haqida tushuncha Qon, limfa va to’qima suyuqligi tanani barcha hujayra va to’qimalarni yuvib turuvchi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqlik kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o’z navbatida hujayralararo va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklarga bo’linadi. Odam tanasi massasining o’rtacha 60% ni suv tashkil qiladi. Shundan 35% hujayra ichidagi va 25 % hujayra tashqarisidagi suyuqlikdir. Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo’lib, uning miqdori tana massasining o’rtacha 6,5-7% ni tashkil qiladi. Shundan qon zardobi tana massasining 4,5-5% ni tashkil etadi. Odam organizmi qancha yosh bo’lsa, tana massasining ko’proq qismini - 65-70 % ni suyuqlik tashkil qiladi. Bu yosh organizmda moddalar almashinuvi jarayoni keksalardagiga nisbatan ancha faol o’tishini ta’minlaydi. Organizmning ichki muhiti, ya’ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimimylik xususiyati gomeostaz deyilib, u hujayralar va to’qimalarning mu’tadil ish faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ichki muhitning nisbiy doimiyligi organizmning ko’pchilik a’zolari tizimi (asab-endokrin, ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayirish kabilar) ning birgalikdagi faoliyati orqali ta’minlanadi. Shuning uchun ham organizmning barcha hujayralari, to’qimalari, a’zolari va tizilmalari yaxlit bir butun bo’lib, ular ish faoliyatida bir-biri bilan mustahkam bog’langan. 2. Odamda qon miqdori va tarkibi Qon – qizil rangli yopishqoq, ta’mi tursh tabiiy bo‘lib, ikki qismdan tashkil topgan: qon zardabi (plazmasi) va shaklli elementlar : eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar (2.2.1 – 2.2.2 - rasmlar).
2.1.- rasm . Odam qonining tarkibi . Odamda qonning miqdori tana og’irligining o’rtacha 7% ni (5-9% gacha o’zgarib turadi) tashkil qiladi. Qonning miqdori va uning tarkibi to’xtovsiz doimiy o’zgaradi, lekin nisbiy doimiyligi bilan ajralib turadi. Mu’tadil sharoitda, odam tinch turganda hamma qon ikki qismga ajraladi. Bir qismi tana bo’ylab aylanib turadigan qon bo’lib, umumiy hajmining 40-45% ni tashkil etadi. Uni aylanib turuvchi qon deb ataladi. Qolgan qismi a’zolarda (depoda) saqlanadi, uni zaxiraviy qon deb ataladi. Zaxiraviy qon taloq kapilyarlarida, jigarda va teri osti kletchatkalarida zaxira bo’lib deyarli aylanishdagi qonga qo’shilmaydi. Tana haroratining ko’tarilishi, mushak ishi, bug’ilish, zaharli gaz bilan nafas olganda kuchli hayajonlanganda (emosiyada), buyrak usti bezining po’stloq qavati gormoni –adrenalin yuborilganda, zaxiraviy qon hisobidan aylanishdagi qon miqdori oshadi. Organizmga suyuqlikning kirishi bilan qisqa muddat ichida umumiy qon miqdori oshadi, chunki ichak yo’llaridan so’rilgan suv qonga o’tadi. Organizmda
suv yuqotilishi yoki qon yuqotish natijasida qonning miqdori vaqtincha kamayadi. Aylanishdagi qonning tez suratda yuqotilishi shaklli elementlarning yuqotilishiga nisbatan xavfli hisoblanadi, chunki bunday tezlik bilan yuqotilgan qon umumiy qon bosimiga ham ta’sir etkazadi. 2.2.-rasm. Qonning shaklli elementlari. 1-eritrositlar; 2-8 leykositlarning har xil turlari Sekin hatto ko’p yo’qotilgan qon tez va kam yuqotilgan qonga nisbatan unchalik xavfli emas. Sekin yuqotilgan hamma eritrositlar 3/4 nisbati yo’qotilganda ham o’lim xavfi tug’ilmaydi. Arteriya qon tomirlaridan tez yuqotilgan umumiy qonning 1/3 – 1/2 nisbati o’limga olib keladi. Qon quyidagi muhim funlcsiyalarni bajaradi: 1. Qonning tashuvchilik funksiyasi Me’da-ichaklarda hazm bo’lgan oziq moddalar (oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar, mineral tuzlar, vitaminlar, suv) qon va limfa tomirlariga so’rilib, qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Shuningdek, qon o’pkadan kislorod qabul qilib, hujayralarga olib boradi. U yerda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq moddalar va karbonat kislota qonga o’tadi. Ular qon orqali ayiruv va nafas olish a’zolariga yetkazilib tashqariga chiqarib yuboriladi.
2. Qon to’qimalar va a’zolar funksiyasini gumoral yo‘l qon orqali bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Ichki sekretsiya (endokrin) bezlarida sintez qilingan gormonlar- biologik faol moddalar qonga o’tib, u orqali to’qima va a’zolarga yetkaziladi va ular asab tizimi bilan birga asab- gumoral boshqarilishni ta’minlaydi. 3. Qon organizmni himoya qilish immunitet funksiyasini bajaradi. Qon tarkibidagi leykositlari (oq qon tanachalari) organizmga kirgan mikroblarni yutish, parchalash va eritib yuborish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, qon zardobida maxsus oqsil zarrachalari (antitelalar) bo’lib, ular mikroblarni bir-biriga yopishtiradi va eritib uuboradi. Shunday qilib, qonning immunitetik funksiyasi organizmning har xil yuqumli kasalliklardan saqlanishiga yordam beradi. 4. Qon tana haroratining nisbiy doimimyligini saqlashda ishtirok etadi. Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiyasi tananing barcha qismlariga tarqalib, ulardagi harorat doimiyligini ta’minlaydi. .3. Qonning fizik – kimyoviy xossalari Qonning solishtirma og’irligi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq-1,050-1,060 ga teng. Qon zardobining solishtirma og’irligi 1,025-1,034, shaklli elementlarining solishtirma og’irligi 1,090 ga, ayollarda-1,053 ga teng. Qonning solishtirma og’irligi asosan eritrositlarga yoki gemoglobinga va qisman qon tarkibidagi suyuqlikka bog’liq. Masalan, organizm suv yuqotganda, ter ajralganda qonning solishtirma og’irligi oshadi, qon yo’qotganda esa solishtirma og’irligi tushadi. Suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan, qonning yopishqoqligi esa 5.0 ga teng. Qonning yopishqoqligi suvnikiga nisbatan yuqori bo’lishi tarkibidagi oqsil moddalar va shaklli elementlar, ayniqsa, eritrositlar miqdoriga bog’liq. Terlash, qusish va ich ketish natijasida odam organizmi ko’p suv yo’qotsa, qon