logo

AYIRUV FIZIOLOGIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

103.3388671875 KB
AYIRUV FIZIOLOGIYASI
Reja:
1. Ayiruv organlarining morfo-funksional tuzilishi;
2. Buyraklar funksiyasi;
3. Nefronning tuzilishi va funksiyasi;
4. Siydikning hosil bo‘lish va ajratilish mexanizmi;
5. Ter bezlarining ajratish funksiyasi;
6. Muskul ishining ajratish organlari funksiyasiga ta’siri. 1. Ayiruv organlarining morfo-funksional tuzilishi
Ayiruv   a’zolariga:   bir   juft   buyrak,   siydik   yo’li,   siydik   pufagi   va   siydik
chiqarish   kanali   kiradi.   Bu   a’zolar   embrionning   rivojlanishida   uch   marta
almashinadi. 
Embrionning   2-2,5   haftalarida   bosh   buyrak   yoki   oldingi   buyrak   rivojlanadi.
Birinchisi   juda   oddiy   tuzilgan   bo’lib,   embrionda   hyech   qanday   funksiya
bajarmaydi,   bir   necha   kun   davomida   u   yo’qolib   ketadi.   Keyin   oldingi   buyrak
o’rniga   birlamchi   buyrak   hosil   bo’ladi.   Birlamchi   buyrak   embrionning   to’rtinchi
haftaligidan rivojlana boshlaydi. U ancha murakkab bo’lib, unda aylanma kanallar,
Shumlyanskiy-Bouman kapsulasi, Malpigi tugunchalari bo’ladi. Birlamchi buyrak
embrion   rivojlanishining     birinchi   yarim   davridan   ishlay   boshlaydi.   Birlamchi
buyrak rivojlanishining 4-oyidan boshlab jinsiy a’zolarning rivojlanishida ishtirok
etadi.
Doimiy   (so’nggi)   buyraklar   embrionning   2   oyligidan   boshlab   birlamchi
buyrakdan   pastroqda   rivojlana   boshlaydi.   U   murakkablashib,   haqiqiy   buyrakka
aylanadi.   Haqiqiy   buyrak   embrion   rivojlanishining   ikkinchi   yarmidan   ishlay
boshlaydi, butun umr ishlashda davom etadi.
2. Buyraklar funksiyasi
Buyraklar   organizmda   moddalar   almashinuvi   (metabolizmi)   natijasida   hosil
bo’ladigan   turli   moddalarni,   tashqi   muhitdan   kirgan   yot   va   zaharli   moddalarni
organizmdan chiqarib yuboradi, shu bilan bir qatorda yana quyidagi funksiyalarni
bajarishda ishtirok etadi: 
1. qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm barqarorligini saqlashda;
2. bu suyuqliklarning osmotik bosimi barqarorligini saqlashda (izoosmiya).
3. bu suyuqliklarning ionlar barqarorligini ta’minlashda (izoioniya).
4. kislota – asos muvozantini saqlashda;  5.   qonda   miqdori   ortib   ketgan   organik   moddalarning   ortiqchasini   chiqarib
tashlashda;
6. oqsil, yog’ va karbonsular almashinuvida; 
7. qon bosimi, eritrositlarning hosil bo’lishi, qonning ivishini boshqarishda; 
8.   fermentlar   va   boshqa   fiziologik   faol   moddalarni   sintezlab,   qonga
ajralishida.
Bu funksiyalar buyraklar tomonidan filtrlanish, reabsorbsiya (qayta so’rilish),
sekresiya moddalarni sintezlash jarayonlari asosida amalga oshadi.
3. Nefronning tuzilishi va funksiyasi
Buyrakning   asosiy   tuzilma   birligi   nefron   deyiladi.   U   po‘stloq   qavatda
joylashgan   va   har   bir   nefron   qo‘sh   devorli   tovoqcha   shaklidagi   kichik   kapsula
(SHumlyanskiy   –   Boumen   kapsulasi)dan   boshlanadi.   (7.3.1.   va   7.3.2.   -   rasmlar).
Bu  kapsula  ichida  kapillyarlar  kalavasi   (Malpish  koptokchasi)   bor   (7.3.3  -  rasm).
Malpigiy   koptokchasi   kapillyarlarining   endotliy   hujayralirida   diametri   0.1   mk
keladigan teshiklar mavjud.
Shumlyanskiy   kapsulasi   bo’shlig’idan   avvalgi   buralgan   siydik   kanalchasi-
birinchi tartibdagi burma kanalcha  boshlanadi. Bu qanalcha po’stloq va mag’iz
qavatlari orasidagi chegaraga yetgach torayadi va to’g’rilanadi.
Kanalcha   buyrakning   mag’iz   qavatida   Genle   qovuzlog’ini   hg’osil   qiladi   va
buyrakning po’stloq qavatiga  qaytadi. Shunday qilib Genle qovuzlog’i  tushuvchi,
yoki  proksimal  qism bilan ko’tariluvchi, yoki  distal  qismdan iborat.
Buyraklar bur juft bo’lib, bel sohasida qorin bo’shlig’i pardasidan tashqarida
bel   umurtqalarining   ikki   yonida   12-qovurg’alar   oldida   joylashgan.   O’ng   buyrak
chap buyrakka nisbatan 1-1,5 sm pastda joylashgan bo’lib, uning ustida jigar bor.
Buyraklar   loviya   shaklda   bo’lib,   sirti   pishiq   biriktiruvchi   to’qima   bilan   o’ralgan.
Ular   atrofida   yog’   bo’lib,   buyrakni   silkinishdan,   turtkilardan   saqlaydi.   Har   bir
buyrakning   vazni   o’rta   hisobda   150   g,   bo’yi   12   sm,   eni   6   sm,   qalinligi   -   3-4   sm keladi.   Oldingi   yuzasi   orqa   yuzasiga   nisbatan   biroz   qovariq,   orqasi   tekis,   ichki
qirrasi botiq bo’lib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyraklarga
buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi chiqadi (7.3.1-rasm).
7.3.1-rasm. Ajratuv tizimining umumiy ko’rinishi (I) buyrakning ichki ko’rinishi (II).
1-buyrak; 2-siydik yo’li; 3-qovuq (siydik pufagi); 4-buyrak arteriyasi; 5-buyrak venasi; 6-buyrakning
po’stloq qismi; 7-buyrakning mag’iz qismi; 8-buyrak jomi; 9-kichik; kosachalar; 10-katta kosachalar;
11-piramidalar.
Buyraklarning   frontal   kesishda   u   2   qavatdan:   po’stloq   va   mag’iz   qavatdan
tuzilgan.   Po’stloq   qavati   qizil-qo’ng’ir   rangda,   5-7   mm   qalinlikda   bo’lib,   ichki
oqish   qismi   mag’iz   moddasidan   tuzilgan.   Po’stloq   qavat   ustunchalar   shaklida
mag’iz qavatdagi 15-20 ta piramidachalar orasida joylashgan.
7.3.2- rasm .  Nefronning   tuzilish   sxemasi . 1- koptokcha ; 2- birinchi   tartibdagi   burama   kanalcha ; 3- Genle   qovuzlog ’ ining   tushuvchi
( proksimal )  bo ’ limi ; 4- Genle   qovuzlog ’ ining   ko ’ tariluvchi  ( distal )  bo ’ limi ; 5- ikkinchi   tartibdagi   burma
kanalcha ; 6- yig ’ uvchi   naychalar ;  Nefronning   turli   qismlaridagi   epiteliyning   tuzilishi   tugaraklar
ichida   ko ’ rsatilgan .
4. Siydikning hosil bo‘lish va ajratilish mexanizmi
1844   yildayoq   K.Lyudvig   o’z   tadqiqotlariga   asoslanib,   siydik   hosil   bo’lish
jarayoni   koptokchalarning   kapillyarlari   devori   orqali   ro’y   beradigan   filtrasiyadan
va kanalchalarda ro’y beradigan reabsorbsiya (ya’ni qayta so’rilish)dan iborat deb
faraz   qilgan.   Keyinchalik   A.Keshich   bu   taxminni   rivojlantirib,   siydik   hosil
bo’lishining   filtrasiya-reabsorbsiya   nazariyasini   ta’riflab   bergan.   Bu   nazariya
hozirgi tasavvurlarga asos bo’ldi va ko’p eksperimentlarda tasdiqlandi.
Hozirgi nazariyalarga ko’ra, odam buyraklari qon tomirlari orqali bir daqiqada
1200   ml   qon,   ya’ni   yurakning   aortaga   tashlaydigan   qonning   20-25%   i   o’tadi.
Odam buyraklarining umumiy massasi  0·43%  ni tashkil  etib, buyraklar po’stlog’i
qavati orqali 91-93% qon o’tib, qolgan qismi esa uning mag’iz qavatidan o’tadi. 
Qon plazmasidan Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan
barcha   moddalar   (yuqori   molekulali   birikmalardan   tashqari)   filtrlanib   o’tadi.
Koptokchalardagi   filtrasiya   endoteliydagi   teshiklar,   membrana   va   kapsulaning
ichki   devoridagi   epiteliy   hujayralar   orasidagi   yoriqlar   orqali   ruyobga   chiqadi.   Bu
filtr diametri taxminan 100 A0 (angstrema) gacha bo’lgan molekulalarni o’tkazadi.
Molekulyar   og’irligi   70   000   dan   ortiq   bo’lgan   kattagina   molekulalar   bu   filtrdan
o’tmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekulyar og’irligi 160   000 dan ortiq) kabi
oqsillar   filtrdan   o’tmaydi.   Molekulyar   og’irligi   uncha   kata   bo’lmagan   ba’zi   yot
oqsillar   (tuxum   oqsili,   jelatina   va   boshqalar)   buyrak   filtridan   o’tib,   siydik   bilan
chiqib ketadi. Qon plazmasining albuminlari (molekulyar og’irligi 70 000) filtratga
juda oz o’tadi. 
Tomirlari ichida gemoliz bo’lgan eritrositlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda
uning   5%   li   filtratga   o’tadi.   Anorganik   tuzlar   va   kichik   molekulali   organik birikmalar   (siydikchil,   siydik   kislotasi,   glyukoza,   aminokislotalar)   koptokcha
filtridan   bemalol   o’tib,   Shumlyanskiy-Boumen   kapsulasiga   kiradi.   Natijada
koptokcha filtrat, ya’ni birlamchi siydikda hosil bo’ladi.  
Bu   siydikning   miqdori   bir   kecha-kunduzda   1-1,5   l   gacha   yetadi.   Filtrasiya
hajmining   kattaligi   buyraklarning   qon   bilan   yaxshi   ta’minlanishi,   koptokcha
kapillyarlarining   maxsus   tuzilganligi,   filtrasion   yuzasining   kata   ekanligi   va
ulardagi qon bosimi yuqori ekanligidan bog’liq. 
Organizmdan   chiqarib   tashlanadigan   siydik   kapsulalarda   hosil   bo’ladigan
birlamchi  siydikka  qarama-qarshi  o’laroq oxirgi  siydik  deb ataladi. Bu siydik  o’z
tarkibiga   ko’ra   birlamchi   siydikdan   katta   farq   qiladi.   Oxirgi   siydikda   qand,
aminokislotalar   va   ba’zi   bir   tuzlar   bo’lmaydi,   ammo   siydikchil   konsentrasiyasi
juda ortiq bo’ladi (7.4.1-jadval).
4.1-jadval
Qon plazmasi va siydikdagi ba’zi moddalarning miqdori .
Qon   plazmasi   va
siydikdagi
moddalarning nomi Miqdori (% hisobida) Siydikda   shu   modda
qondagiga   qaraganda
necha marta ortiqQon
plazmasida Siydikda
1. Siydikchil 0,03 2,0 67
2. Siydik kislotasi 0,002-0,004 0,05 25-12
3. Kaliy 0,02 0,15 7
4. Natriy 0,32 0,35 1
5. Fosfatlar 0,009 0,27-0,15 30-16
6. Sulfatlar 0,002 0,18 90
7. Qand 0,1-0,15 yo’q -
8. Oqsil 7,8-8,6 yo’q - Siydik   birlamchi   va   ikkilamchi   burama   kanalchalardan   o ’ tar   ekan ,   shu
kanalchalar   devorini   qoplovchi   hujayralar   suv ,  qand ,  aminokislotalarni   va   ba ’ zi   bir
tuzlarni   qaytadan   zo ’ r   berib   so ’ rib   oladi .   Birlamchi   siydikdan   so ’ rilgan   barcha
moddalar   kanalchalar   atrofidagi   kapillyarlarning   venoz   qismiga   o ’ tadi .  Siydikchil ,
kreatinin   va   sulfatlar   qaytadan   so ’ rilmaydi .   Suv ,  qand ,  aminokislotalar   va   ba ’ zi
bir   tuzlar   burama   kanalchalardagina   emas ,   Genle   qovuzlog ’ ida   ham   qaytadan
so ’ riladi .   Suv   va   unga   erigan   bir   qancha   moddalar   kanalchalarida   qaytadan
so ’ rilish   jarayoni   reabsorbsiya   deyiladi .
Oxirgi   siydik   buyrak   jomidan   siydik   yo’llari   orqali   qovuqqa   tushadi   va
so’ngra   organizmdan   chiqarib   yuboriladi.   Bir   kecha-kunduzda   hosil   bo’lgan   170
litr   koptokcha   filtratidan   faqat   1-1,5   litri   oxiri   (definitiv)   siydik   shaklida   ajralib
chiqadi.   Suyuqlikning   qolgan   qismi   va   unda   erimgan   moddalarning   anchaginasi
kanalchalarda so’rilib, buyrakning to’qima suyuqligiga va qonga o’tadi.
Bir   qancha   moddalarning   qaytadan   so’rilishi   ularning   qondagi
konsentrasiyasiga   bog’liq.   Masalan,   qon   plazmasidagi   glyukoza   konsentrasiyasi
150-180   mg%dan   oshmasa,   bu   modda   to’la   reabsorbsiyalanadi.   Plazmadagi
glyukoza konsentrasiyasi 150-180 mg% ortib ketsa, to’la reabsorbsiyalanmaydi va
bir qismi siydikka o’tadi (glikozuriya).
Turli   moddalarning   qayta   so’rilish   (reabsorbsiya)   mexanizmi   turlicha.
Masalan,   natriy,   glyukoza,   aminokislotalar   va   boshqa   ba’zi   moddalar   faol   hayot
jarayonlari natijasida so’riladi. Suv, xloridlar esa passiv yo’l bilan, ya’ni diffuziya
va osmos qonunlari asosida so’riladi. 
Kanalchalarda suv juda ko’p so’riladi. Bu jarayon passiv yo’l bilan o’tadi. 
Birlamchi   siydikdan   buyraklarning   to’qima   suyuqligiga   va   qonga   glyukoza,
natriy,   kaliy,   kalsiy   va   boshqa   moddalarning     so’rilishi   to’qima   suyuqligining
osmotik   bosimini   kamaytiradi.   Kanalchalardagi   siydik   to’qima   suyuqligiga
nisbatan  gipotonik  bo’lib qoladi. Osmotik bosimlar farq qilganidan, suv birlamchi
siydikdan   to’qima   suyuqligiga   va   qonga   o’tadi.   Bu   passiv   jarayon   organik   va
anorganik birikmalarning faol o’tishiga parallel ravishda boradi. Suv   o’tishi   birinchi   tartibdagi   burama   kanalchalarda   mavjud   siydikning
osmotik   bosimini   to’qima   suyuqligi   bilan   qonning   osmotik   bosimiga
baravarlashtiradi.   Shunday   qilib,   tuzlar   ko’p   so’rilishiga   qaramay,   burama
kanalchalardagi   siydik   qonga   izotonik   bo’lib   qolaveradi.   Genle   qovuzlog’ida
maxsus   mexanizm   burib   teskari   oqizadigan   tizim   ishlab   turganidan   siydikning
izotonikligi buziladi.
5. Buyrak faoliyatini boshqarilishi
Zamonaviy   kuzatishlar   shuni   ko’rsatib   turibdiki,   buyraklar   faoliyatining
boshqarilishida ikkita tizim: asab va gumoral ishtirok etadi. Vegetativ asab tizimi
nafaqat   koptokchalar   filtrasiyasini   balki   kanalchalardagi   reabsarbsiyani   ham
boshqarib turadi.
Simpatik   asablar   buyrakni   innervasiya   qilib,   asosan   tomirtorayuvchi   natija
beradi.   Ularning   qitiqlanishi   oqibatida   siydik   bilan   chiqadigan   suvning   miqdori
kamayib, natriy miqdori esa oshadi. Simpatik asab qirqilgan (buyrakni innervasiya
qiladigan   asab)   siydikning   miqdori   ortadi.   Biroq,   simpatik   asab   tizimi
qo’zg’alganda koptokchalar arteriolalari torayib, siydik filtrasiyasi kuchayadi. 
Og’riq   ta’sirida   diurez   (siydik   hosil   bo’lishi   va   chiqishi)   refleks   yo’li   bilan
kamayadi,   hatto   to’xtatiladi.   bunday   vaqtda   simpatik   asab   tizimining   qo’zg’alishi
va   vazopressin   gormoni   miqdorining   oshishi   natijasida   buyrak   qon   tomirlari
toraydi.
Buyraklar faoliyatida parasimpatik asab tizimining ta’siri haligacha oxirgacha 
o’rganib chiqilgan emas. Faqat shuni aytib o’tish zarurki, bu asabning qo’zg’alishi 
natijasida siydik bilan (qayta so’rilishining pasayishi sababli) ko’p miqdorda 
xloridlar ajralib chiqadi.
Yu.V.Natochin   laboratoriyalarida   (Rossiya)   buyraklar   faoliyatida   oliy   asab
faoliyatining   ishtirokini   aniqlab   bergan.   Masalan,   markaziy   asab   tizimining   eng
oliy  tuzilmasi   -   miya   po’stlog’i   sut   emizuvchilarning   buyrak   faoliyatini   vegetativ
asablar yoki gipotalamus orqali keskin o’zgartiradi.  Gipotalamus   yadrolarining   o’zida   (neyrosekretor   hujayralarda)   antidiuretik
gormon-vazopressin   hosil   bo’lib,   gipofizning   orqa   bo’limida   (neyrogipofizda)
zahira   bo’lib   turadi.   Organizmning   ichki   muhiti   holatiga   qarab   vazopressin
gipofizdan   qonga   o’tib   diurezni   boshqaradi.   Buyraklar   faoliyatining   bunday   yo’l
bilan boshqarilishi  asab-gormonal  boshqarilish deyiladi.
Gumoral boshqarilishi   ham gormonlar –   vazopressin   va   aldosteron   tufayli
amalga oshadi. Vazopressin qonga o’tib, siydikning qayta so’rilishini kuchaytiradi
va   shu   bilan   diurezni   kamaytiradi.   Qonda   bu   gormon   miqdorining   oshib   ketishi
natijasida   siydik   hosil   bo’lish   jarayoni   butunlay   to’xtatiladi.   Vazopressining
yetishmasligi   oqibatida   o’tkir   kasallik   -   qandsiz   diabet   paydo   bo’ladi.   Uning
tarkibida qand umuman bo’lmaydi.
Gumoral boshqarilishida yana bir gormon -   aldosteron   muhim rol o’ynaydi.
U   natriy   ionlarining   qayta   so’rilishi   (reabsorbsiya)   ga   ishtirok   etadi.   Bu   gormon
buyrak   usti   bezlarning   po’stlog’   qavatida   hosil   bo’lib,   nefron   kanalchalarning
distal   (ko’tarilovchi)   bo’limidan   kaliy   ionlarining   chiqishida   ishtirok   etadi.
Aldosteron   nefronning   proksimal   (tushuvchi)   bo’limida   kalsiy   va   magniyning
qayta so’rilishiga salbiy, tormozlovchi omil sifatida ta’sir etadi.
Gialuronidaza   fermenti   ta’sirida   yig’uvchi   naylar   o’tkazuvchanligi   ortadi.
Yig’uvchi   naylar   devoridagi   hujayraaro   modda   tarkibiga   kiruvchi   gialuron
kislotasini   gialuronidaza   fermenti   depolimerlaydi.   Gialuron   kislotasi
depolimerlanganda   yig’uvchi   naylarning   devori   g’ovak   bo’lib   suvni   o’tkazib
yuboradi. Gialuronidaza antidiuretik gormonlar ta’sirida faollashadi yoki yig’uvchi
naylar epiteliyida hosil bo’ladi, natijada suv so’rilishi kuchayadi.
6. Siydikning tarkibi
Siydik tarkibida suv, oqsilning parchalanish mahsulotlari, ya’ni azotli 
moddalar, tuzlar (70-rasm) va ba’zi kislotalar bor. O’rta hisob bilan olganda bir 
kecha-kunduzda siydik bilan 60 g tuz chiqadi. Sog’lom   odam   zo’r   jismoniy   ish   bilan   shug’ullanganda   siydigi   bilan   bir
necha   vaqt   oqsil   chiqib   turishi   mumkin.   Yugurishda   qatnashadigan   sportchilarda
siydik   bilan   oqsil   chiqishi   ayniqsa   xarakterlidir.   Siydikda   oqsil   paydo   bo’lishi
buyrak   tomirlari   o’tkazuvchanligining   vaqtincha   o’zgarishidan   kelib   chiqadi.
Buyraklar tez orada yana normal ishlaydigan bo’lib qoladi va bunday kishilarning
siydigi bilan oqsil chiqishi to’xtaydi.
Siydikda   oqsil   paydo   bo’lishi   albuminuriya   deb   ataladi.   Kasallarning
siydigida   ham,   sog’lom   kishilarning   siydigida   ham   qand   paydo   bo’lishi   mumkin.
Diabet   bilan   og’irgan   kishilarning   siydigi   bilan   qand   chiqib   turadi.   Sog’lom
kishilar   esa   qandni   yoki   shiralikni   (murabbo,   shokolad   va   boshqalarni)   ko’p
yegandan   keyin   siydigida   qand   paydo   bo’ladi.   Siydik   bilan   qand   chiqishi
glyukozuriya  deb ataladi.
Siydikda qon paydo bo’lishi  gematuriya buyraklarga yoki siydik chiqaruvchi
a’zolarga  qon quyilganda  ko’riladi. Siydikka  xarakterli  tus beradigan   urobilin   va
uroxrom   degan   pigmentlar   normal   siydikning   tarkibiy   qismidir.   Siydik
pigmentlari ichak va buyraklarda o’t pigmentlaridan hosil bo’ladi. O’t pigmentlari
esa, gemoglobinning parchalanish mahsulotlaridan hosil bo’ladi.
7. Ter bezlarining ajratish funksiyasi
Ter bezlari teri ostidagi kletchatkada joylashgan bo’lib, tana ustida nobaravar
taqsimlangan. 
Ter   bezlari   ter   chiqaradi.   Ular:   1)   moddalar   almashinuvi   natijasida   hosil
bo’lgan   parchalanish   mahsulotlarini   chiqarib   tashlaydi;   2)   termoregulyasiyada
ahamiyati   bor,   chunki   badandan   ter   bug’lanishi   issiqlik   chiqarish   omili
hisoblanadi;   3)   osmoregulyasiyada,   ya’ni   suv   va   tuzlarni   chiqarib   tashlash   yo’li
bilan osmotik bosimni doim bir xil saqlashda ahamiyati katta.
Ter   bezlari   teri   ostidagi   qo’shuvchi   to’qima   kletchatkasida   joylashgan,   ular
badanga   bir   tekis   tarqalmagan.   Ular   qo’l-oyoq   kaftida,   qo’ltiqda   ko’p   bo’ladi,
umumiy miqdori 2 mln ga teng. 1 sm2 terida 400-500 ter bezi bor. Terda 98% suv va 2% qattiq modda bor; shundan 0,4-1% anorganik va 0,31%
organik   birikmalardir,   terda   siydikchil,   siydik   kislota,   ammiak,   gippur   kislotasi,
indikan   bo’ladi.   Bulardan   tashqari,   terda   azotsiz   organik   birikmalar   ham   bor.
Masalan, qandli diabet bo’lgan bemorlarda ter bilan glyukoza ham chiqadi.
Terning   reaksiyasi   salgina   ishqoriy;   badanda   ter   parchalanadi   va   undagi
yog’lardan   uchuvchan   yog’   kislotalari   hosil   bo’ladi,   shu   bois   ter   nordon   bo’lib
qoladi.   Terda   qattiq   moddalar   siydikdagiga   nisbatan   kam;   terning   solishtirma
og’irligi 1,005-1,010.
Harorat qulay bo’lgan sharoitda bir kecha-kunduzga o’rta hisob bilan 0,5-0,6 l
ter   chiqib   turadi.   Shuncha   ter   bilan   2   g   osh   tuzi   va   1   g   azot   chiqib   ketadi.   Ter
to’xtovsiz chiqib turadi, lekin badandan chiqishi bilan bug’lanib ketadi.
Tashqi muhit harorati yuqori bo’lgan sharoitida ter ajarilishi kuchayadi. Jadal
jismoniy ish vaqtida moddalar almashinuvi kuchayganidan, issiqlik juda ko’p hosil
bo’ladi.   Organizmga   ko’p   miqdorda   suyuqlik   kirganidan   keyin   ham   ter   ko’p
ajaraladi.
Ruxiy   qo’zg’alish   va   emosional   holatlar   natijasida   (jahl   chiqish,   qo’rquv,
og’riqda)   tanadan   ter   chiqadi.   «Qo’rqqanidan   sovuq   ter   bosdi»   degan   ibora   shu
bilan izohlanadi («sovuq ter» deyilishiga sabab shuki, ter chiqishi bilan bir vaqtda
tomirlar   torayadi,   natijada   teri   qonni   kam   olib,   soviydi).   Bosh   miya   katta   yarim
sharlari po’stlog’i ter ajratilishiga ta’sir ko’rsata olishi shundan ko’rinib turibdi.
Ter   bezlarining   sekretor   asablari   simpatik   asablardir.   Badaning   har   bir
qismidagi  ter  bezlari  orqa miyaning muayyan  segmentidan innervasiya  oladi. Ter
bezlarining asablari anatomik jihatdan simpatik asab tizimiga mansub bo’lsa ham,
ularning ter bezlaridagi oxirlari parasimpatik asab oxirlari kabi xolinergik bo’ladi,
ya’ni qo’zg’alganda asetilxolin chiqaradi.
Ter   bezlariga   innervasiya   beradigan   simpatik   tugunlar   olib   tashlangandan
so’ng  ham   odam  emosional   holatlarda  terlayveradi.  Ter  ajralishining  spinal   (orqa
miyadagi)   markazlaridan   tashqari,   uzunchoq   miyada   asosiy   markazi   bor.   Bu
markaz   esa   o’z   navbatida   moddalar   almashinuvining   gipotalamusdagi   oliy vegetativ   markazlari   bilan   bog’langan.   Yuqorida   ko’rsatilgandek,   ter   ajralishiga
bosh miya po’stlog’i ham ta’sir ko’rsatib turadi.
Ter   refleks   yo’li   bilan   ajraladi.   Atrofdagi   muhitning   yuqori   harorati   ta’sir
etganda   teridagi   issiq   sezuvchi   reseptorlarining   qo’zg’alishi   tufayli   ter   ajralish
refleksi paydo bo’ladi.
8. Mushak ishining ajratishga ta’siri
Jismoniy   mehnat   va   jismoniy   mashqlar   moddalar   almashinuvi   jarayonlariga
ta’sir   etib,   ularni   kuchaytiradi.   Jismoniy   ish   vaqtida   tana   haroratining   fiziologik
me’yorida   saqlanishi   uchun   ortiqcha   issiqlikni   organizmdan   chiqarish   asosan
terlash   orqali   bo’ladi.   Bundan   tashqari   mushak   faoliyatida   moddalar
almashinuvining   qator   mahsulotlari:   sut   kislotasi,   karbonat   angidridi,   fosfor
kislota, kreatinin va boshqalar qonga o’tadi. 
Ularning ba’zilari buyraklar va ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi.
Jismoniy   mehnat   natijasida   organizmdagi   umumiy   qonning   bir   qismi
mushaklarga   oqishi   sababli   ichki   a’zolarga,   shu   jumladan   buyraklarga   ham   qon
kelishi   kamayadi.   Bu   siydik   ajralishining   kamayishiga.   undagi   turli   moddalar
konsentrasiyasining   ortishiga   olib   keladi.   Siydikning   solishtirma   og’irligi   ortadi,
reaksiyasi   o’zgaradi.   Ayniqsa   bajaraladigan   mushak   ishining   shiddati,   muddati,
og’ir-yengilligi va boshqa omillar siydik tarkibi va reaksiyasining o’zgarishiga har
xil   ta’sir   ko’rsatadi.   Masalan,   adrenalin   gormoni   ta’sirida   glikogen
parchalanishining kuchayishi billan qonda glyukoza miqdori me’yoridan ortganida
siydik tarkibida glyukoza paydo bo’ladi.
Jismoniy mehnat  bajarishda  siydik tarkibida sut  kislotasining  miqdori  ortadi.
Ayniqsa   suv   muhitda   yuqori   tezlikdagi   og’ir   ishlarni   bajarishda   malpigiy
koptokchalari   epiteliysining   o’tkazuvchanligi   ortishi   natijasida   siydik   tarkibida
oqsil, ba’zida esa hatto eritrositlar kuzatiladi.
Quruqlikda, ayniqsa tashqi muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy
ishlarni   bajarish   ter   bezlari   funksiyasining   kuchayishi   bilan   kuzatiladi.   Buyrak orqali   ajratiladigan   moddalarning   ko’pchiligi   ter   bezlari   orqali   organizmdan
chiqariladi.   Ter   tarkibida   kreatinin,   siydikchil,   ammiak,   sut   kislotasi,   tuzlar
konsentrasiyasi ortadi.
Jismoniy   ishda   nafas   a’zolari   ishining   tezlashishi   kuzatiladi.   Bu   moddalar
almashinuvining   oxirgi   mahsulotlaridan   karbonat   angidridning   organizmdan
chiqarilishini tezlashtiradi. Ter bezlari yaxshi rivojlanmagan hayvonlarda, masalan
itlarda   organizmdan   ortiqcha   suv   ajratilishi   va   tana   haroratining   me’yorida
ushlanish ko’p jihatdan so’lak ajralishi va nafas a’zosi ishiga bog’liq bo’ladi. 
Adabiyot
1.  Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 5 0 5 b.
2.  Tkachenko B.I. Osnov ы  fiziologii cheloveka. S . P . 1994.
3.   Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   M.:   Fizkultura,   obrazovanie   i
nauka. 2001 , 490 b .
4. Almatov K.T., Allamurodov SH. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
5. Qodirov U.Z. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
6.  Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
7.  Shmidt R., Tevs M. Fiziologiya cheloveka (per s angl v 3 x tomax), 1996.
8. Vander A. Fiziologiya pochek. – Spb., 2000 (per s ang).
9. Shmidt R., Tevs M. Fiziologiya cheloveka (per s angl v 3 x tomax), 1996?
843 c.

AYIRUV FIZIOLOGIYASI Reja: 1. Ayiruv organlarining morfo-funksional tuzilishi; 2. Buyraklar funksiyasi; 3. Nefronning tuzilishi va funksiyasi; 4. Siydikning hosil bo‘lish va ajratilish mexanizmi; 5. Ter bezlarining ajratish funksiyasi; 6. Muskul ishining ajratish organlari funksiyasiga ta’siri.

1. Ayiruv organlarining morfo-funksional tuzilishi Ayiruv a’zolariga: bir juft buyrak, siydik yo’li, siydik pufagi va siydik chiqarish kanali kiradi. Bu a’zolar embrionning rivojlanishida uch marta almashinadi. Embrionning 2-2,5 haftalarida bosh buyrak yoki oldingi buyrak rivojlanadi. Birinchisi juda oddiy tuzilgan bo’lib, embrionda hyech qanday funksiya bajarmaydi, bir necha kun davomida u yo’qolib ketadi. Keyin oldingi buyrak o’rniga birlamchi buyrak hosil bo’ladi. Birlamchi buyrak embrionning to’rtinchi haftaligidan rivojlana boshlaydi. U ancha murakkab bo’lib, unda aylanma kanallar, Shumlyanskiy-Bouman kapsulasi, Malpigi tugunchalari bo’ladi. Birlamchi buyrak embrion rivojlanishining birinchi yarim davridan ishlay boshlaydi. Birlamchi buyrak rivojlanishining 4-oyidan boshlab jinsiy a’zolarning rivojlanishida ishtirok etadi. Doimiy (so’nggi) buyraklar embrionning 2 oyligidan boshlab birlamchi buyrakdan pastroqda rivojlana boshlaydi. U murakkablashib, haqiqiy buyrakka aylanadi. Haqiqiy buyrak embrion rivojlanishining ikkinchi yarmidan ishlay boshlaydi, butun umr ishlashda davom etadi. 2. Buyraklar funksiyasi Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi (metabolizmi) natijasida hosil bo’ladigan turli moddalarni, tashqi muhitdan kirgan yot va zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuboradi, shu bilan bir qatorda yana quyidagi funksiyalarni bajarishda ishtirok etadi: 1. qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm barqarorligini saqlashda; 2. bu suyuqliklarning osmotik bosimi barqarorligini saqlashda (izoosmiya). 3. bu suyuqliklarning ionlar barqarorligini ta’minlashda (izoioniya). 4. kislota – asos muvozantini saqlashda;

5. qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda; 6. oqsil, yog’ va karbonsular almashinuvida; 7. qon bosimi, eritrositlarning hosil bo’lishi, qonning ivishini boshqarishda; 8. fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalarni sintezlab, qonga ajralishida. Bu funksiyalar buyraklar tomonidan filtrlanish, reabsorbsiya (qayta so’rilish), sekresiya moddalarni sintezlash jarayonlari asosida amalga oshadi. 3. Nefronning tuzilishi va funksiyasi Buyrakning asosiy tuzilma birligi nefron deyiladi. U po‘stloq qavatda joylashgan va har bir nefron qo‘sh devorli tovoqcha shaklidagi kichik kapsula (SHumlyanskiy – Boumen kapsulasi)dan boshlanadi. (7.3.1. va 7.3.2. - rasmlar). Bu kapsula ichida kapillyarlar kalavasi (Malpish koptokchasi) bor (7.3.3 - rasm). Malpigiy koptokchasi kapillyarlarining endotliy hujayralirida diametri 0.1 mk keladigan teshiklar mavjud. Shumlyanskiy kapsulasi bo’shlig’idan avvalgi buralgan siydik kanalchasi- birinchi tartibdagi burma kanalcha boshlanadi. Bu qanalcha po’stloq va mag’iz qavatlari orasidagi chegaraga yetgach torayadi va to’g’rilanadi. Kanalcha buyrakning mag’iz qavatida Genle qovuzlog’ini hg’osil qiladi va buyrakning po’stloq qavatiga qaytadi. Shunday qilib Genle qovuzlog’i tushuvchi, yoki proksimal qism bilan ko’tariluvchi, yoki distal qismdan iborat. Buyraklar bur juft bo’lib, bel sohasida qorin bo’shlig’i pardasidan tashqarida bel umurtqalarining ikki yonida 12-qovurg’alar oldida joylashgan. O’ng buyrak chap buyrakka nisbatan 1-1,5 sm pastda joylashgan bo’lib, uning ustida jigar bor. Buyraklar loviya shaklda bo’lib, sirti pishiq biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Ular atrofida yog’ bo’lib, buyrakni silkinishdan, turtkilardan saqlaydi. Har bir buyrakning vazni o’rta hisobda 150 g, bo’yi 12 sm, eni 6 sm, qalinligi - 3-4 sm

keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan biroz qovariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq bo’lib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyraklarga buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi chiqadi (7.3.1-rasm). 7.3.1-rasm. Ajratuv tizimining umumiy ko’rinishi (I) buyrakning ichki ko’rinishi (II). 1-buyrak; 2-siydik yo’li; 3-qovuq (siydik pufagi); 4-buyrak arteriyasi; 5-buyrak venasi; 6-buyrakning po’stloq qismi; 7-buyrakning mag’iz qismi; 8-buyrak jomi; 9-kichik; kosachalar; 10-katta kosachalar; 11-piramidalar. Buyraklarning frontal kesishda u 2 qavatdan: po’stloq va mag’iz qavatdan tuzilgan. Po’stloq qavati qizil-qo’ng’ir rangda, 5-7 mm qalinlikda bo’lib, ichki oqish qismi mag’iz moddasidan tuzilgan. Po’stloq qavat ustunchalar shaklida mag’iz qavatdagi 15-20 ta piramidachalar orasida joylashgan. 7.3.2- rasm . Nefronning tuzilish sxemasi .

1- koptokcha ; 2- birinchi tartibdagi burama kanalcha ; 3- Genle qovuzlog ’ ining tushuvchi ( proksimal ) bo ’ limi ; 4- Genle qovuzlog ’ ining ko ’ tariluvchi ( distal ) bo ’ limi ; 5- ikkinchi tartibdagi burma kanalcha ; 6- yig ’ uvchi naychalar ; Nefronning turli qismlaridagi epiteliyning tuzilishi tugaraklar ichida ko ’ rsatilgan . 4. Siydikning hosil bo‘lish va ajratilish mexanizmi 1844 yildayoq K.Lyudvig o’z tadqiqotlariga asoslanib, siydik hosil bo’lish jarayoni koptokchalarning kapillyarlari devori orqali ro’y beradigan filtrasiyadan va kanalchalarda ro’y beradigan reabsorbsiya (ya’ni qayta so’rilish)dan iborat deb faraz qilgan. Keyinchalik A.Keshich bu taxminni rivojlantirib, siydik hosil bo’lishining filtrasiya-reabsorbsiya nazariyasini ta’riflab bergan. Bu nazariya hozirgi tasavvurlarga asos bo’ldi va ko’p eksperimentlarda tasdiqlandi. Hozirgi nazariyalarga ko’ra, odam buyraklari qon tomirlari orqali bir daqiqada 1200 ml qon, ya’ni yurakning aortaga tashlaydigan qonning 20-25% i o’tadi. Odam buyraklarining umumiy massasi 0·43% ni tashkil etib, buyraklar po’stlog’i qavati orqali 91-93% qon o’tib, qolgan qismi esa uning mag’iz qavatidan o’tadi. Qon plazmasidan Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha moddalar (yuqori molekulali birikmalardan tashqari) filtrlanib o’tadi. Koptokchalardagi filtrasiya endoteliydagi teshiklar, membrana va kapsulaning ichki devoridagi epiteliy hujayralar orasidagi yoriqlar orqali ruyobga chiqadi. Bu filtr diametri taxminan 100 A0 (angstrema) gacha bo’lgan molekulalarni o’tkazadi. Molekulyar og’irligi 70 000 dan ortiq bo’lgan kattagina molekulalar bu filtrdan o’tmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekulyar og’irligi 160 000 dan ortiq) kabi oqsillar filtrdan o’tmaydi. Molekulyar og’irligi uncha kata bo’lmagan ba’zi yot oqsillar (tuxum oqsili, jelatina va boshqalar) buyrak filtridan o’tib, siydik bilan chiqib ketadi. Qon plazmasining albuminlari (molekulyar og’irligi 70 000) filtratga juda oz o’tadi. Tomirlari ichida gemoliz bo’lgan eritrositlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda uning 5% li filtratga o’tadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik