logo

URG’OCHI HAYVONLAR JINSIY A’ZOLARINING MORFO-FIZIOLOGIYASI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

101.9609375 KB
URG’OCHI HAYVONLAR JINSIY A’ZOLARINING MORFO-
FIZIOLOGIYASI.
Reja:
1. Har xil turdagi urg’ochi hayvonlar ichki va tashqi jinsiy a’zolarining  
tuzilishi, farqlanishi.
2. Tuxumdonlarning anatomo-gistologik tuzilishi.
3. Follikulogenez, ovulyasiya turlari va sariq tananing morfofunksiyasi. Kerakli   asbob-uskuna   va   jihozlar:   kafedradagi   asosiy   va   qo’shimcha
adabiyotlar, stendlar, aslahalar, jihozlar, mulyajlar, preparovka materiallari.
Mashg’ulotning borishi:   Tashqi  jinsiy ( Genitalia yexterna ) a’zolarga   jinsiy
lablar, qin dahlizi va klitor; ichki jinsiy ( Genitalia interna ) a’zolarga qin, bachadon,
tuxum yo’llari, tuxumdonlar va sariq tana kiradi.
Jinsiy   lablar   -   ichki   va   tashqi   yuzalardan   iborat   bo’lib,   tashqi   yuzasi   ter   va
yog’ bezlariga juda boy pigmensiz teridan, ichki yuzasi esa shilliq pardadan iborat
bo’lib,   ko’p   qavatli   yassi   yepiteliy  bilan   qoplangan.   Jinsiy   lablar   yelastik   muskul
tolalari   va   venoz   qon   tomirlar   to’riga   boy     bo’lib,   jinsiy   aloqa   paytida   qonga
to’lishadi.
Klitor   -   g’ovak   tanadan   tuzilgan   bo’lib,   Erkak   hayvonlar   jinsiy   a’zosi
rudimenti hisoblanadi. Klitorda sezuvchi nervlar juda ko’p bo’ladi.
Qin   dahlizi   -   urg’ochi     hayvonlar   jinsiy   a’zolarning   yeng   keyingi   bo’limi
bo’lib,   tashqi   lablar   bilan   tugaydi.   Qin   dahlizining   shilliq   qavati   ko’p   qavatli
yepiteliy   xujayralari   bilan   qoplangan.   Unda   limfa   tugunlari   va   pastki   tomonida
vestibulyar bezlari bo’ladi.
Sigirlarda   qin   dahlizidagi   bezlar   klitorning   yoniga   ochiladi.   Cho’chqalarda
dahlizning   yon   g’ovak   to’qimalari   bo’ladi.   Qin   dahlizining   uzunligi   sigir   va
biyalarda 8-14 sm, qo’y va echkilarda 4-5 sm va cho’chqalarda 5-10 sm bo’ladi.
Qin   -   jinsiy   qo’shilish   a’zosi   va   tug’ish   yo’lining   bir   qismi   hisoblanadi.
Qinning   orqa   qismi   qin   dahliziga   ochiladi.   Qinning   shilliq   pardasi   yassi   ko’p
qavatli   yepiteliy   xujayralari   bilan   qoplangan   bo’lib,   bezlar   bo’lmaydi.   Muskul
qavati   ichki   aylana   va   uzunasiga   joylashgan   tashqi   tolalardan   iborat.   Qinning
uzunligi   sigirlarda   22-28,   biyalar-32,   qo’y   va   echkida   -   8-12   sm,   cho’chqalarda
ularning katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi.
Bachadon   -   bachadon   yembrional   taraqqiyot   davrida   Myuller   kanalidan
yuzaga keladi. Bachadonda yembrion rivojlanadi, shuning uchun ham uning shilliq
pardasi   turli   davrdagi   o’zgarishlarga   mufoviqlashgan,   ya’ni   otalangan   tuxumni
qabul   qilish,   ona   tanasi   bilan   birikishi   uchun   moslashgan   va   qon   tomirlariga   boy
bo’ladi. Bachadon tanasi va buyin qismlaridan iborat bo’ladi. Sigirlarda   bachadon   tanasi   uzunligi   2-6,   qo’ylarda   -   2-4,   biyalarda   -   4-8   va
cho’chqalarda   -   5-6   sm   bo’ladi.   Bachadon   buyinchasi   uzunligi   sigirlarda   -   12,
qo’ylarda -  3-4, biyalarda -  8-15 va  cho’chqalarda  - 8-20 sm, bachadon  shoxlari-
ning uzunligi sigirlarda - 14-30, qo’y va echkilarda - 10-20, biyalarda -  14-30 va
cho’chqalarda - 100-200 sm. gacha bo’ladi.
Bachadon devori 3 qavatdan: tashqi zardob qavati (perimetrium), ichki shilliq
parda (yendometrium) va o’rta muskul qavatidan (miometrium) iborat bo’ladi.
Tashqi zardob parda orqali bachadonga qon tomirlar va nervlar o’tadi. Shilliq
parda   silindirsimon   yepiteliy   xujayralar   bilan   qoplangan,   unda   naysimon   bezlar
bor.   Bachadon   shilliq   pardasida   har   xil   burmalar   hosil   bo’ladi.   Muskul   qavat
bachadon buynida yaxshi  rivojlanib, sfinktor  hosil  qiladi. Bu  sfinktor  faqat  jinsiy
qo’shilish va tug’ish vaqtida ochiladi.
Bachadon   shoxlari   va   tanasining   shilliq   pardasida   yarim   dumaloq,   burtik
shakldagi   to’rt   qator   joylashgan   karunkulalar   bo’lib,   har   bir   qatorda   10-14   tadan
bo’ladi. Karunkulalar soni sigirlarda 88-126 ta, echkilarda 90-100 ta, qo’ylarda 88-
110   tagacha   bo’ladi.   Ch o’ ch q alarda   ko’p     bola   tug’ishi   sababli   bachadon   juda
uzun (2 metrgacha) bo’lib, ichaksimon uralib joylashadi. Uning tanasi kalta, buyni
esa   ancha   uzun   bo’ladi.   Homilaning   atrofida   xorion   pardasi   joylashgan   bo’lib,
uning   so’rg’ichlari   (kriptalar)   bachadon   shilliq   qavatida   joylashgan
karunkulalarning ichiga o’sib kirib homilaning oziqlanishini ta’minlaydi.
Sut yemizuvchi hayvonlar bachadoni tuzilishiga ko’ra, 4 tipiga bo’linadi:
1. Qo’ shalo q  bachadon (quyon, fillarda);
2. Ikkiga bo’lingan (kemiruvchilarda);
3. Ikki shoxli ( q ishlo q  xo’jalik hayvonlarida);
4. Oddiy bachadon (maymun va odamlarda).
Qo’shaloq   bachadon   ung   va   chap   qismi   bachadon   qiniga   ayrim   teshikchalar
bilan ochiladi.
Ikkiga bo’lingan bachadonning qo’shaloq bachadondan farqi shundaki, uning
har ikkala qismi bir-biriga yaqinlashib, bachadon qiniga bitta teshik bilan ochiladi. Ikki shoxli bachadon ikkala qismi birlashib, bachadon tanasini hosil qiladi va
tanasidan ikkita shoxlari chiqib turadi.
Oddiy bachadonning o’ng va chap qismlari qo’shilib ketadi. 
Tuxumdonlar  - oval shaklda bo’lib, sigir, qo’y va echkilarda taz bo’shlig’ida
bachadon   shoxlarining   uchi   bilan   asosi   o’rtasida,   cho’chqalarda   qorin
bo’shlig’ining   orqangi   uchinchi   bulagida   joylashgan.   Tuxumdonlar   jinsiy   bezlari
hisoblanib,   ularda   tuxum   xujayrasi   hosil   bo’ladi,   rivojlanadi   va   voyaga   yetadi.
Shuningdek,   urg’ochilik   jinsiy   gormonlari   -   yetrogenlar   (yestradiol,   yestron,
yestriol) va sariq tana gormoni progesteron ishlab chiqilib, bu gormonlar ta’sirida
urg’ochi  hayvonlarda jinsiy quzg’alish, qo’yikish va jinsiy moyilik yuzaga keladi.
  Tuxumdonlarni   kattiligi   turli   hayvonlarda   turlicha   bo’lib,   sigir   va
cho’chqalarda uzunligi o’rtacha 2-5 sm, qo’ylarda - 0,8-2 sm, biyalarda - 3-12 sm
gacha bo’ladi.
Tuxumdonning   og’irligi   sigirlarda   -   14-19,   qorako’l   qo’ylarida   -   1-2   va
echkilarda   -   2,5   grammgacha   bo’ladi.   Sigir,   qo’y   va   cho’chqalarning   tuxumdoni
ustidan   maxsus   oqish   parda   bilan   qoplangan   bo’lib,   bu   pardadan   tuxumdonning
ichiga tomon nozik biriktiruvchi to’qima tolalari yo’nalgan. Tuxumdon pustloq va
mag’iz   qismlaridan   iborat   bo’lib,   pustloq   (follikulyar   qism)   qavatida   har   xil
rivojlanish   bosqichidagi   yoki   atreziyaga   uchragan   ko’plab   follikulalar   va   mag’iz
(qon   tomir)   qismida   to’rsimon   biriktiruvchi   to’qimadan   iborat   qon   tomirlari   va
nerv tolalari bo’ladi.
Follikulalarda yosh tuxum xujayralari (ovogoniy) va birinchi tartibli ovositlar
joylashgan.   Ovositlar   bir   qavatli   yassi   yepiteliy   xujayralari   bilan   uralgan.
Tuxumdonning pustloq qismida generativ yepiteliy xujayralaridan tuxum xujayrasi
hosil bo’ladi.
Tuxumdonda   bir   vaqtda   bir   necha   follikulalar   hosil   bo’lib,   yetila   boshlashi
mumkin. Hosil bo’lgan follikulalarni ko’pchiligi yetilishning u yoki bu bosqichida
qayta so’rilib ketadi, ya’ni atreziyaga uchraydi.
Biya   va   sigirlarda   odatda   1-1,5   sm   kattalikdagi   bitta,   ayrim   xollarda   2   ta
follikula yetilishi mumkin bo’ladi. Qo’y va echkilarda 1 - 2 ta, ayrim hollarda bir vaqtda   6-7   ta,   cho’chqalarda   15-20   ta   hatto   40   tagacha   follikulalar   yetilishi
mumkin.
Sigirlarning tuxumdonlari biyalar tuxumdoniga nisbatan anchagina kichik va
oval   shaklga   ega.   Katta   yoshdagi   hayvonlarda   o’ng   tuxumdon   chap   tuxumdonga
nisbatan biroz katta bo’ladi.
Qo’y   va   echkilarda   esa   tuxumdonlar   dumaloq   shakliga   ega.   Generativ
xujayralardan   hosil   bo’lgan   tuxum   xujayrasi   dastlab   follikulalar   yepiteliysi   bilan
uralgan   bo’ladi,   follikula   yepiteliy   xujayralari   doimo   bulinib   ko’payib   turadi   va
tuxum   xujayrasining   atrofini   bir   necha   qavat   bo’lib   urab   oladi.   Shunday   qilib,
dastlabki follikula hosil bo’ladi. 
Tuxum   yo’li   -   tuxumdon   bilan   bachadon   shoxi   o’rtasida   joylashib,
tuxumdonda   yetilgan   tuxum   xujayralarini   bachadonga   o’tkazishga   xizmat
qiladi va otlanish joyi hisoblanadi.
Tuxum   yo’li   uzunligi   sigirlarda   20-28,   qo’y   va   echkilarda   14-16,   biyalarda
10-30, cho’chqalarda 15-30, itlarda 4-10 sm gacha bo’ladi.
Sariq   tana   -   ichki   sekresiya   bezi   bo’lib,   progesteron   gormonini   ishlab
chiqaradi, bu gormon bachadon shilliq pardasiga ta’sir qilib, uni yembrionni qabul
qilishga tayyorlaydi.   Haqiqiy va yolg’on sariq tana farqlnadi.
Haqiqiy   sariq   tana   deb   tuxum   xujayrasi   otalangandan   keyin   hosil   bo’lgan
sariq tanaga aytiladi. Yolg’on sariq tana har bir ovulyasiyadan so’ng paydo bo’lib
turadi.   Tuxum   xujayrasi   otalanmaganda   yolg’on   sariq   tana   ko’p   vaqt   o’tmay
atrofiyaga uchraydi.
Sariq tana tomonidan ishlab chiqariladigan progesteron «bo’g’ozlik gormoni»
-   deb   ataladi.   Progesteron   gormoni   bachadonni   bo’g’ozlikka   tayyorlaydi,
bug’ozlikni   saqlab   turadi   va   jinsiy   qo’zg’alishni   ya’ni,   follikulalarning   yetilishini
to’xtatib turadi.   Tuxum xujayrasi otalanib, hayvon bo’g’oz bo’lsa bu holat butun
bo’g’ozlik davrida davom yetadi va hayvon tug’ib, oradan ma’lum vaqt o’tganidan
so’ng yana jinsiy sikl boshlanadi. Agar hayvon otalanmagan bo’lsa sariq tana 13-
14 kundan keyin qayta so’rilib ketadi va yana qo’zg’alish bosqichi boshlanadi. Sariq   tananing   so’rilib   ketishiga   bachadon   shilliq   pardasida   ishlab
chiqariladigan prostoglandin ta’sir qiladi. Ilgari sariq tanani yo’qotish uchun to’g’ri
ichak   orqali   massaj   qilinib   sariq   tana   yezib   yuborilar   yedi.   Bugungi   kunda   sariq
tanani   so’rdirib   yuborish   xususiyatiga   ega   bo’lgan   prostoglandinlar   (progesteron)
keng   qo’llanilmoqda.   Bu   preparatlarni   qo’llash   bilan   sigirlarda   kuyikishni
sinxronlashtirish mumkin.
Ovogenez   -   urg’ochi     hayvonlarni   tuxumdonida   tuxum   xujayralarining
yetilishi bo’lib, ovogenezda 3 ta faza farqlanadi:
1. Ko’payish fazasi.
2. O’ sish fazasi.
3. Yetilish fazasi.
K o’ payish     fazasi   -   urg’ochi     hayvon   tug’ilganiga   qadar   boshlanib,   diploid
jinsiy   xujayralar   -   oogoniylar   soni   bir   necha   marta   ortadi.   Urg’ochi   hayvon
tug’ilganda   uning   tuxumdonlarida   ko’plab   oogoniylar   bo’lib,   kelgusida   ulardan
tuxum   xujayralari   rivojlanadi.   Oogoniylar   soni   sigirning   bir   tuxumdonida   140
ming, cho’chqalarda - 120, tovuqda 60-150 mingtagacha bo’lishi mumkin.  Tuxum
xujayralarida   moddalar   almashinuvi   jarayonlari   boshqa   xujayralardagiga
qaraganda jadal kechadi.
O’ sish fazasi  - tuxum xujayralari bora-bora bulinib ko’payishdan to’xtaydi va
birinchi  tartibli  oositga aylanadi. Oositlar  mayda follikulyar  xujayralar  bilan urab
olinadi.   Sekin   va   jadal   o’sish   fazalari   farqlanadi.   Voyaga   yetgan   follikula   (Graaf
pufakchasi) tuxumdonda burtib turadi. Ko’p bola beradigan hayvonlarda, masalan,
cho’chqalarda   bir   vaqtning   o’zida   18-20   va   undan   ko’p   follikulalar   yetilishi
mumkin. Bevosita ovulyasiyadan oldin   birinchi tartibli oosit   birinchi marta meoz
yo’li bilan bulinadi va  ikkinchi tartibli oositga   aylanadi. 
Yetilish fazasi . Ovulyasiya paytida oosit tuxum yo’li voronkasiga tushadi va
unda   harakatlana   boshlaydi.   Ovogenezning   uchinchi   yetilish   bosqichi   tuxum
yo’lida   amalga   oshadi.   Tuxum   xujayrasiga   spermatozoidlar   kira   boshlashi   bilan
oositni ikkinchi marta meyoz yo’li bilan bulinishi  natijasida voyaga yetgan ya’ni,
otalanish   xususiyatiga   ega   bo’lgan   tuxum   xujayrasi   hosil   bo’ladi.   Ikkinchi   hosil bo’lgan   xujayra   degenerasiyaga   uchraydi.   Yosh   tuxum   xujayralari   birinchi   marta
murakkab va ikkinchi marta reduksion bulinadi.
Ovulyasiya   -   deb   yetilgan   tuxum   xujayrasining   tuxumdondan   chiqishiga
aytiladi. Ovulyasiyani keltirib chiqaradigan sabablar hali to’liq o’rganilmagan. Qin
va   bachadonda   haroratni,   mexanik   va   kimyoviy   ta’sirotlarni   qabul   qiluvchi
reseptorlar   bo’lib,   ularning   ta’sirlanishi     ovulyasiya   refleksini   kelib   chiqishida
asosiy omillar hisoblanadi.
Bundan   tashqari   follikula   ichidagi   suyuqlikni   uning   devoriga   ko’rsatadigan
bosimi va tarkibidagi proteolitik fermentlar ham ovulyasiyaga ta’sir ko’rsatadi.
Sigirlarda   ovulyasiya   jinsiy   moyillik   boshlangandan   so’ng,   taxminan   7-15
soat,  qo’ylarda  -  22-60  soat,  cho’chqalarda 25-40  soat   o’tgandan  keyin  kuzatilsa,
biyalarda qo’yikishdan 3-7 sutka oldin yoki jinsiy moyillik tugashidan 48-24 soat
oldin kuzatiladi.
1-rasm.   Sigirda   jinsiy   a’zolar   sxemasi.   1.
Tuxumdonlar.   2.  Tuxum yo’li.   3-4. Bachadon.   5-
6.   Bachadon   buyni .   7.   Qin.   8.   Siydik   chiqarish
kanali   teshigi .   9.   Qin   dahlizi .   10.   Klitor.   11.
Bachadon tutqichlari.  2-rasm.   Cho’chqada   jinsiy   a’zolar   sxemasi.   1-
tuxumdonlar,   2-tuxum   yo’li,   3-bachadon   shoxi,
4-bachadon   tanasi,   5-bachadon   buyni,   6-qin,   7-
Siydik   chiqarish   kanali   teshigi ,   8-qin   dahlizi,   9-
klitor, 10-jinsiy lablar.
Jinsiy   siklning   neyro-gumoral   boshqarilishida
gipotalamus tomonidan ishlab chiqariladigan 2 ta
neyrogormon   (libirinlar):   folibirin   va   libirin   gipofiz   beziga   ta’sir   qiladi.   Folibirin
ta’sirida   gipofiz   bezida   follikulastimullovchi   (FSG),   libirin   ta’sirida   esa
lyuteinlovchi (LG) gormon ishlab chiqariladi.  Jinsiy siklni me’yorida kechishi ikki
guruh   gormonlarning:   gonadotrop   va   gonodal   gormonlarning   hisobiga   amalga
oshadi.   Gipofiz   bezi   tomonidan   ishlab   chiqariladigan   gonadotrop   gormonlar   uch
guruhga   bulinadi:   follikulastimullovchi   (FSG),   lyuteinlovchi   (LG)   va   lyuteotrop
(LTG)   gormonlar.   FSG   follikulalarning   o’sishi   va   yetilishini   ta’minlaydi.   LG
ta’sirida ovulyasiya va sariq tana hosil bo’lishi, LTG ta’sirida sariq tana funksiyasi
boshqariladi va laktasiya davomida sut bezlari funksiyasini stimullaydi. 
Gonadal   gormonlar   tuxumdonlarda   ishlab   chiqariladi.   Bularga   follikulyar
gormon   (follikulin,   follikulosteron)   va   sariq   tana   gormoni   (progesteron,
lyuteogormon)   misol   bo’ladi.   Voyaga   yetgan   follikulalarda   ishlab   chiqariladigan
follikulyar gormon «yesterogen gormon» deb ataladi va u hayvonlarda kuyikishni
(yestrus) chaqiradi. Yesterogenlarning uch turi: yestron, yestradiol va yetriol fanga
ma’lum.   Ularning   ichida   yestradiol   faol   hisoblanib,   yestron   va   yestriol   uning
hosilalari hisoblanadi. Sariq   tana   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   progesteron   yendometriyaning
sekretor   funksiyasiga   ta’sir   yetadi,   bachadon   shilliq   pardasini   unga   murtakning
birikishi   va   rivojlanishiga   tayyorlaydi.   Bo’g’ozlikni   boshlang’ich   bosqichlarida
saqlaydi. Shuning uchun bu davrda sariq tananing yezib yuborilishi abortga sabab
bo’lishi   mumkin.   Progesteronning   yetishmovchiligida   murtakning   o’lishi
kuzatilishi   mumkin.   Gormonlarning   funksiyalari   bosh   miya   yarim   sharlari
boshqaruvida amalga oshadi.

URG’OCHI HAYVONLAR JINSIY A’ZOLARINING MORFO- FIZIOLOGIYASI. Reja: 1. Har xil turdagi urg’ochi hayvonlar ichki va tashqi jinsiy a’zolarining tuzilishi, farqlanishi. 2. Tuxumdonlarning anatomo-gistologik tuzilishi. 3. Follikulogenez, ovulyasiya turlari va sariq tananing morfofunksiyasi.

Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: kafedradagi asosiy va qo’shimcha adabiyotlar, stendlar, aslahalar, jihozlar, mulyajlar, preparovka materiallari. Mashg’ulotning borishi: Tashqi jinsiy ( Genitalia yexterna ) a’zolarga jinsiy lablar, qin dahlizi va klitor; ichki jinsiy ( Genitalia interna ) a’zolarga qin, bachadon, tuxum yo’llari, tuxumdonlar va sariq tana kiradi. Jinsiy lablar - ichki va tashqi yuzalardan iborat bo’lib, tashqi yuzasi ter va yog’ bezlariga juda boy pigmensiz teridan, ichki yuzasi esa shilliq pardadan iborat bo’lib, ko’p qavatli yassi yepiteliy bilan qoplangan. Jinsiy lablar yelastik muskul tolalari va venoz qon tomirlar to’riga boy bo’lib, jinsiy aloqa paytida qonga to’lishadi. Klitor - g’ovak tanadan tuzilgan bo’lib, Erkak hayvonlar jinsiy a’zosi rudimenti hisoblanadi. Klitorda sezuvchi nervlar juda ko’p bo’ladi. Qin dahlizi - urg’ochi hayvonlar jinsiy a’zolarning yeng keyingi bo’limi bo’lib, tashqi lablar bilan tugaydi. Qin dahlizining shilliq qavati ko’p qavatli yepiteliy xujayralari bilan qoplangan. Unda limfa tugunlari va pastki tomonida vestibulyar bezlari bo’ladi. Sigirlarda qin dahlizidagi bezlar klitorning yoniga ochiladi. Cho’chqalarda dahlizning yon g’ovak to’qimalari bo’ladi. Qin dahlizining uzunligi sigir va biyalarda 8-14 sm, qo’y va echkilarda 4-5 sm va cho’chqalarda 5-10 sm bo’ladi. Qin - jinsiy qo’shilish a’zosi va tug’ish yo’lining bir qismi hisoblanadi. Qinning orqa qismi qin dahliziga ochiladi. Qinning shilliq pardasi yassi ko’p qavatli yepiteliy xujayralari bilan qoplangan bo’lib, bezlar bo’lmaydi. Muskul qavati ichki aylana va uzunasiga joylashgan tashqi tolalardan iborat. Qinning uzunligi sigirlarda 22-28, biyalar-32, qo’y va echkida - 8-12 sm, cho’chqalarda ularning katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi. Bachadon - bachadon yembrional taraqqiyot davrida Myuller kanalidan yuzaga keladi. Bachadonda yembrion rivojlanadi, shuning uchun ham uning shilliq pardasi turli davrdagi o’zgarishlarga mufoviqlashgan, ya’ni otalangan tuxumni qabul qilish, ona tanasi bilan birikishi uchun moslashgan va qon tomirlariga boy bo’ladi. Bachadon tanasi va buyin qismlaridan iborat bo’ladi.

Sigirlarda bachadon tanasi uzunligi 2-6, qo’ylarda - 2-4, biyalarda - 4-8 va cho’chqalarda - 5-6 sm bo’ladi. Bachadon buyinchasi uzunligi sigirlarda - 12, qo’ylarda - 3-4, biyalarda - 8-15 va cho’chqalarda - 8-20 sm, bachadon shoxlari- ning uzunligi sigirlarda - 14-30, qo’y va echkilarda - 10-20, biyalarda - 14-30 va cho’chqalarda - 100-200 sm. gacha bo’ladi. Bachadon devori 3 qavatdan: tashqi zardob qavati (perimetrium), ichki shilliq parda (yendometrium) va o’rta muskul qavatidan (miometrium) iborat bo’ladi. Tashqi zardob parda orqali bachadonga qon tomirlar va nervlar o’tadi. Shilliq parda silindirsimon yepiteliy xujayralar bilan qoplangan, unda naysimon bezlar bor. Bachadon shilliq pardasida har xil burmalar hosil bo’ladi. Muskul qavat bachadon buynida yaxshi rivojlanib, sfinktor hosil qiladi. Bu sfinktor faqat jinsiy qo’shilish va tug’ish vaqtida ochiladi. Bachadon shoxlari va tanasining shilliq pardasida yarim dumaloq, burtik shakldagi to’rt qator joylashgan karunkulalar bo’lib, har bir qatorda 10-14 tadan bo’ladi. Karunkulalar soni sigirlarda 88-126 ta, echkilarda 90-100 ta, qo’ylarda 88- 110 tagacha bo’ladi. Ch o’ ch q alarda ko’p bola tug’ishi sababli bachadon juda uzun (2 metrgacha) bo’lib, ichaksimon uralib joylashadi. Uning tanasi kalta, buyni esa ancha uzun bo’ladi. Homilaning atrofida xorion pardasi joylashgan bo’lib, uning so’rg’ichlari (kriptalar) bachadon shilliq qavatida joylashgan karunkulalarning ichiga o’sib kirib homilaning oziqlanishini ta’minlaydi. Sut yemizuvchi hayvonlar bachadoni tuzilishiga ko’ra, 4 tipiga bo’linadi: 1. Qo’ shalo q bachadon (quyon, fillarda); 2. Ikkiga bo’lingan (kemiruvchilarda); 3. Ikki shoxli ( q ishlo q xo’jalik hayvonlarida); 4. Oddiy bachadon (maymun va odamlarda). Qo’shaloq bachadon ung va chap qismi bachadon qiniga ayrim teshikchalar bilan ochiladi. Ikkiga bo’lingan bachadonning qo’shaloq bachadondan farqi shundaki, uning har ikkala qismi bir-biriga yaqinlashib, bachadon qiniga bitta teshik bilan ochiladi.

Ikki shoxli bachadon ikkala qismi birlashib, bachadon tanasini hosil qiladi va tanasidan ikkita shoxlari chiqib turadi. Oddiy bachadonning o’ng va chap qismlari qo’shilib ketadi. Tuxumdonlar - oval shaklda bo’lib, sigir, qo’y va echkilarda taz bo’shlig’ida bachadon shoxlarining uchi bilan asosi o’rtasida, cho’chqalarda qorin bo’shlig’ining orqangi uchinchi bulagida joylashgan. Tuxumdonlar jinsiy bezlari hisoblanib, ularda tuxum xujayrasi hosil bo’ladi, rivojlanadi va voyaga yetadi. Shuningdek, urg’ochilik jinsiy gormonlari - yetrogenlar (yestradiol, yestron, yestriol) va sariq tana gormoni progesteron ishlab chiqilib, bu gormonlar ta’sirida urg’ochi hayvonlarda jinsiy quzg’alish, qo’yikish va jinsiy moyilik yuzaga keladi. Tuxumdonlarni kattiligi turli hayvonlarda turlicha bo’lib, sigir va cho’chqalarda uzunligi o’rtacha 2-5 sm, qo’ylarda - 0,8-2 sm, biyalarda - 3-12 sm gacha bo’ladi. Tuxumdonning og’irligi sigirlarda - 14-19, qorako’l qo’ylarida - 1-2 va echkilarda - 2,5 grammgacha bo’ladi. Sigir, qo’y va cho’chqalarning tuxumdoni ustidan maxsus oqish parda bilan qoplangan bo’lib, bu pardadan tuxumdonning ichiga tomon nozik biriktiruvchi to’qima tolalari yo’nalgan. Tuxumdon pustloq va mag’iz qismlaridan iborat bo’lib, pustloq (follikulyar qism) qavatida har xil rivojlanish bosqichidagi yoki atreziyaga uchragan ko’plab follikulalar va mag’iz (qon tomir) qismida to’rsimon biriktiruvchi to’qimadan iborat qon tomirlari va nerv tolalari bo’ladi. Follikulalarda yosh tuxum xujayralari (ovogoniy) va birinchi tartibli ovositlar joylashgan. Ovositlar bir qavatli yassi yepiteliy xujayralari bilan uralgan. Tuxumdonning pustloq qismida generativ yepiteliy xujayralaridan tuxum xujayrasi hosil bo’ladi. Tuxumdonda bir vaqtda bir necha follikulalar hosil bo’lib, yetila boshlashi mumkin. Hosil bo’lgan follikulalarni ko’pchiligi yetilishning u yoki bu bosqichida qayta so’rilib ketadi, ya’ni atreziyaga uchraydi. Biya va sigirlarda odatda 1-1,5 sm kattalikdagi bitta, ayrim xollarda 2 ta follikula yetilishi mumkin bo’ladi. Qo’y va echkilarda 1 - 2 ta, ayrim hollarda bir

vaqtda 6-7 ta, cho’chqalarda 15-20 ta hatto 40 tagacha follikulalar yetilishi mumkin. Sigirlarning tuxumdonlari biyalar tuxumdoniga nisbatan anchagina kichik va oval shaklga ega. Katta yoshdagi hayvonlarda o’ng tuxumdon chap tuxumdonga nisbatan biroz katta bo’ladi. Qo’y va echkilarda esa tuxumdonlar dumaloq shakliga ega. Generativ xujayralardan hosil bo’lgan tuxum xujayrasi dastlab follikulalar yepiteliysi bilan uralgan bo’ladi, follikula yepiteliy xujayralari doimo bulinib ko’payib turadi va tuxum xujayrasining atrofini bir necha qavat bo’lib urab oladi. Shunday qilib, dastlabki follikula hosil bo’ladi. Tuxum yo’li - tuxumdon bilan bachadon shoxi o’rtasida joylashib, tuxumdonda yetilgan tuxum xujayralarini bachadonga o’tkazishga xizmat qiladi va otlanish joyi hisoblanadi. Tuxum yo’li uzunligi sigirlarda 20-28, qo’y va echkilarda 14-16, biyalarda 10-30, cho’chqalarda 15-30, itlarda 4-10 sm gacha bo’ladi. Sariq tana - ichki sekresiya bezi bo’lib, progesteron gormonini ishlab chiqaradi, bu gormon bachadon shilliq pardasiga ta’sir qilib, uni yembrionni qabul qilishga tayyorlaydi. Haqiqiy va yolg’on sariq tana farqlnadi. Haqiqiy sariq tana deb tuxum xujayrasi otalangandan keyin hosil bo’lgan sariq tanaga aytiladi. Yolg’on sariq tana har bir ovulyasiyadan so’ng paydo bo’lib turadi. Tuxum xujayrasi otalanmaganda yolg’on sariq tana ko’p vaqt o’tmay atrofiyaga uchraydi. Sariq tana tomonidan ishlab chiqariladigan progesteron «bo’g’ozlik gormoni» - deb ataladi. Progesteron gormoni bachadonni bo’g’ozlikka tayyorlaydi, bug’ozlikni saqlab turadi va jinsiy qo’zg’alishni ya’ni, follikulalarning yetilishini to’xtatib turadi. Tuxum xujayrasi otalanib, hayvon bo’g’oz bo’lsa bu holat butun bo’g’ozlik davrida davom yetadi va hayvon tug’ib, oradan ma’lum vaqt o’tganidan so’ng yana jinsiy sikl boshlanadi. Agar hayvon otalanmagan bo’lsa sariq tana 13- 14 kundan keyin qayta so’rilib ketadi va yana qo’zg’alish bosqichi boshlanadi.