ERKAK HAYVONLAR JINSIY A’ZOLARINING MORFO-FIZIOLOGIYASI
ERKAK HAYVONLAR JINSIY A’ZOLARINING MORFO- FIZIOLOGIYAS I. Reja: 1. Har xil turdagi Erkak hayvonlar jinsiy a’zolarining anatomiyasi. 2. Urug’donlar va qo’shimcha jinsiy bezlar.
Urug ’ don xaltasi - urug ’ donlardagi haroratni ma ’ lum darajada saqlab turish va urug ’ donlarni mexanik ta ’ sirotlardan saqlash vazifasini bajaradi . Urug’don xaltasi ichidagi harorat tana haroratidan 2-3 0 S past bo’ladi va bunday haroratda spermatozoidlar anabioz holatda saqlanib turadi. Kriptorxizm kasalligida urug’donlar qorin bo’shlig’ida qolib ketadi va haroratning yuqori bo’lishi tufayli spermatozoidlar tez o’lib ketadi. Urug’donlar - asosiy Erkaklik jinsiy a’zosi hisoblanib, asosan 2 vazifani bajaradi: 1. Urug’donlarda spermiylar rivojlanadi. 2. urug’donlarning gormonal funksiyasi. Urug’donlardan ishlab chiqarilgan testesteron gormoni jinsiy reflekslarni chaqiradi, ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlantiradi va modda almashinuvlarini stimullaydi. Urug’donlar ustidan zardob parda bilan o’ralgan bo’lib, shu pardaning ostidagi har bir bezni o’rab turuvchi va zich biriktiruvchi to’qimadan iborat oqsil parda mavjud. Urug’don - buqa, qo’chqor va takalarda yellips shaklida, ayg’irlarda tuxumsimon va cho’chqalarda loviya shaklida bo’ladi. Og’irligi buqalarda - 250-500, qo’chqor va takalarda - 200-300; ayg’irlarda - 200-400 g. Ayg’irlarda urug’don ortig’i kanalining uzunligi - 26 m, Erkak cho’chqalarda - 40- 68 m, buqalarda - 40-50 m gacha yetadi. Urug’donlar buqa va qo’chqorlarda urug’ xaltasida perpendikulyar joylashadi. Urug’don xaltasi ko’pchilik hayvonlarda (buqa, qo’chqor, taka va ayg’irlarda) ikkala sonning o’rtasida, cho’chqa, it, mushuk va tuyalarda orqa chiqaruv teshigining pastida joylashgan bo’ladi. Urug’don ortig’ida - spermiylar yetiladi va to’planib turadi. Urug’ xujayrasi boshi, tanasi va dum qismlaridan iborat bo’lib, manfiy zaryadga ega bo’ladi va lipoproteid parda bilan qoplanadi va urug’don ortig’ining dum qismida saqlanib turadi. Urug’don ortig’ida anabioz holatda saqlanib turgan spermiylar harakatchanligi 3 oygacha, otalantirish xususiyati 1 oygacha saqlanib qoladi. Hayvonlarda vaqti-vaqti bilan «kalyusiya» refleksi kuzatilib, sperma tashqariga chiqarilib turiladi.
Urug’don ortig’ida spermatozoidlar uchun bir qator shart-sharoitlar mavjud: a) kislotali muhit; b) lipoproteid parda bilan uraladi; v) qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan. Urug’ yo’llari - urug’ni tashish vazifasini bajaradi, Ereksiya paytida spermiylar urug’ yo’lining ampulasimon kengaygan joyida to’planib turadi va jinsiy aloqa paytida urg’ochi hayvon qiniga chiqariladi. Urug’ yo’llari juft bo’lib (ung va chap urug’ yo’llari) urug’don ortig’i kanalining davomi xisoblanadi va chov bo’shlig’idan qorin bo’shlig’iga qovuq ustidan uta turib, siydik-tanosil kanaliga tutashish oldidan bir oz kengayadi. Bu kengaygan joyga urug’ yo’llarining ampulasi deyiladi. Ampulaning devorida maxsus bezlar joylashgan bo’lib, ular ishlab chiqargan sekret hayvon juftlashgan (jinsiy akt) paytda spermatozoidlar bilan aralashadi. Ayg’ir va Erkak cho’chqalarda urug’ yo’llarining ampulasi bo’lmaydi. Jinsiy-siydik kanali - bu kanalga uchta qo’shimcha jinsiy bezlar: 1. Pufaksimon; 2. Prostata va 3. Piyozsimon bezlarining yo’llari ochiladi. Qo’shimcha jinsiy bezlar ajratgan sekretlar jinsiy-siydik kanalini tozalaydi, spermani suyultiradi va harakatini stimullaydi. Birinchi navbatda piyozsimon bez sekret ajratib, kanalni tozalaydi, keyin kanalga spermiylar chiqadi, prostata bezi sekreti chiqarilib, spermani suyultiradi va jinsiy aloqadan keyin pufaksimon bez sekret ajratib, jinsiy-siydik kanalini tozalaydi. Demak sperma jinsiy aloqa paytida jinsiy-siydik kanalida hosil bo’ladi. Jinsiy a’zo - ildizi, tanasi va boshi farqlanadi. Uning boshi quchqor va buqalarda uchburchak shaklida bo’lib, teshigi uning pastiga ochiladi. Jinsiy a’zoning bosh q ismi nerv tolalariga boy xisoblanadi. Jinsiy a’zo - qo’ymich d o’ ngligidan 2 ildizi bilan boshlanadi, bu qo’ymich g’ovak muskuli bilan q oplangan. Sekchalar birlashib jinsiy a’zoning ildizini tashkil qiladi. Jinsiy a’zo tanasi boshlanishida o’ rta t o’ siq bilan o’ ng va chap b o’la klarga b o’ linadi. Q alin oqsilli parda - jinsiy a’zo tanasi ventrtal qismida bukilgan va uzun siydik jinsiy kanalini hosil qiladi. Shu pardadan ichkariga trabekulalar ketadi, bu
trabekulalar oralig’ida kuchli rivojlangan g’ovak tana joylashadi va jinsiy a’zoning Ereksiyaga keltirish uchun xizmat qiladi. Prepusiya - jinsiy a’zo boshini mexanik ta’sirotlardan va shilliq pardasini qurib qolishdan saqlaydi. Prepusiyada mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun yaxshi sharoit tug’iladi. Erkak hayvonlarning jinsiy reflekslari va ularning boshqarilishi . 1. Lokamotor refleks - kuyga kelgan urg’ochi hayvonga yaqinlashish; 2. E reksiya refleksi - jinsiy a’zoga arterial qonning ko’p oqib kelishi, g’ovaksimon tanasining qonga to’lishi tufayli yo’g’onlashishi, kattalashib, sezuvchanligi va haroratining oshishi hamda prepusiyadan chiqarilishi bilan xarakterlanadi. Ereksiya paytida siydik-tanosil kanali kengayib, spermaning o’tishi uchun qo’lay sharoit tug’iladi. Urg’ochi hayvonlardan kelayotgan ta’sirotlar (ularning ko’rinishi, hidi va x.k.) bilan Erkak hayvonlarning tegishli sezgi a’zolari (ko’rish, yeshitish, hid bilish va b.) ta’sirlanishi Ereksiyaning reflektor mexanizmini qo’zg’atadi. Odatda ayg’ir, buqa va qo’chqorlarni urg’ochi hayvonlar urug’lantiriladigan joyga keltirishning o’ziyoq Ereksiyaga sabab bo’ladi. Demak, bu jarayon shartli reflekslar tarzida ham yuzaga kelishi mumkin. 2. Quchoqlash refleksi - e rkak hayvon urg’ochi hayvonning ustiga sakrab, oldingi oyoqlari bilan quchoqlab oladi. Bu refleks ayg’ir va e rkak cho’chqalarda yaxshi kuzatiladi. Quchoqlash bilan bir vaqtda jinsiy aloqa refleksi ham yuzaga keladi. Jinsiy aloqa paytida jinsiy a’zo urg’ochi hayvonning qiniga kiritiladi. Bu vaqtda Erkak hayvonning harakati bilan jinsiy a’zo qinning shilliq pardasiga ishqalanib, reseptorlarini ta’sirlaydi va jinsiy aloqa oxiriga kelib Eyakulyasiya kuzatiladi. Jinsiy aloqa sigir va qo’ylarda qisqa, ayg’ir va Erkak cho’chqalarda nisbatan uzoq vaqt davom yetadi. 3. Eyakulyasiya - siydik tanosil kanalidan sperma chiqarilishi bilan xarakterlanadi. Eyakulyasiya bo’lishi uchun jinsiy a’zo Ereksiya holatiga kelib, qinga ishqalanishi va unga ma’lum darajada bosim va harorat ta’sir yetishi lozim.
Bu vaqtda jinsiy a’zoning bosh qismidagi nerv yelementlari qo’zg’alib, tegishli nerv tolasi orqali orqa miyaning bel-dumg’aza Eyakulyasiya markaziga uzatiladi. Markazning qo’zg’alishi natijasida hosil bo’lgan javob reaksiyasi jinsiy bezlar va jinsiy a’zoning muskullariga uzatiladi va oqibatida urug’don ortig’i, urug’ yo’llari, qo’shimcha jinsiy bezlar va siydik-tanosil kanalining muskullari qisqarib, urug’don ortig’idagi spermatozoidlar massasi qo’shimcha jinsiy bezlarning suyuqligi bilan birga siydik-tanosil kanaliga chiqariladi va uning ritmik qisqarishi natijasida sperma tashqariga (qinga) tukiladi. 3-rasm. Buqalarda jinsiy a’zolar sxemasi 1. Buyraklar. 2. Siydik yo’li. 3. Siydik xaltasi. 4.Urug’donlar. 5.Urug’don ortig’i. 6. Yarg’oq. 7.Urug’ yo’li. 8. Jinsiy-siydik kanali. 9. Pufaksimon bez. 10. Prostata bezi. 11. Jinsiy-siydik kanalining tos qismi . 12. Piyozsimon bez . 13. Jinsiy a’zoni S-simon buralishi . 14. Jinsiy a’zo boshi. 15. Prepusiya xaltasi. 16.To’g’ri ichak. 4-rasm. Urug’donning tuzilishi. 1.Trabekulalar. 2. Yegri kanalchalar. 3.To’g’ri kanalchalar. 4.Urug’ saqlovchi kanalchalar. 5.Urug’don ortig’i kanali . 6.Urug’don ortig’i dumining kanali . 7.Urug’ yo’li.