XIX ASR OXIRI - XX ASR TARIX FALSAFASI


XIX ASR OXIRI - XX ASR TARIX FALSAFASI REJA: 1. O. Shpengler – Yevropaning so‘nishi. 2. A.Toynbi kontseptsiyasi 3. Jahon rivojining zamonaviy kontseptsiyasi 4. “Tarixning intihosi (nihoyasi)” kontseptsiyasi 5. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi kontseptsiyasi.
O. Shpengler – Yevropaning so‘nishi. Osvald Shpengler 1880 yilning 29 mayida Gori yaqinidagi mo‘jazgina Blankerburg shahrid a tug‘iladi. 1887 yilda Shpingler oilasi Zost shahriga ko‘chib o‘tishadi. Shpengler bu erda gimnaziyaga o‘qishga kiradi. U yillar o‘tgach yana Goriga ko‘chib o‘tishadi. Shpengler Latinadagi o‘quv bilim yurtida o‘qiydi. Bu o‘quv bilim yurti o‘z asoschisi ilohiyotchi, pedagog Avgust German Farnke nomida edi. Bu erda qadimiy tillar chuqur o‘rgatilar edi. O.Shpengler nemis faylasufi va XX asr tarix falsafasi kontseptsiyasining namoyandasi hisoblanadi. 1904 yilda Shpengler Garida “Geraklit falsafasining metafizik g‘oyasi” mavzusida imtihon topshirib, gimnaziyada tabbiy fanlardan, matematika, tarix va nemis tilidan dars berish huquqiga ega bo‘ldi. 1908 yildan 1911 yilgacha Gamburgdagi Genrix Gerts gimnaziyasida dars beradi keyinchalik u bu ishni tashlab yozuvchilik bilan shug‘illanadi. Shpengler keyinchalik Myunxenga ko‘chib borib, u erda hech kim bilan muloqotga kirishmay “Evrpoaning so‘nishi nomli mashhur asarining qoralama variantini yozadi. Nihoyat bu kitobning birinchi jildi 1918 yilda nashr qilindi va u muallifga shon–shuhrat keltiradi. 1919 yilda “Prusschilikva sotsializm” nomli uncha katta bo‘lmagan asarini yozadi. 1922 yilda esa, “Yevropaning so‘nishi asarining ikkinchi jildi nashrdan chiqadi. 1925 yilda Shpengler siyosatdan qatiy ravishda uzoqlashadi. U o‘z diqqatini ilmiy faoliyatga qaratadi. Shpengler falsafaning metafizik masalalari to‘g‘risida yakunlanmagan qisqa asarlar yozadi. Shu bilan bir qatorda Shpengler etnologiya, masalalari bilan ham shug‘illandi. Bu faoliyat uni dunyoning yangi tarixini ishlab chiqishga olib keladi. Uning bu g‘oyasi bir necha maqolalarida o‘z aksini topadi: “Amerika madaniyati”, “Falak gardishi va uning dunyo tarixidagi ahamiyati”, “Xristianlikning ikkinchi ming yilligida dunyo tarixi masalalariga oid lavhalarda bu maqolalar birlamchi savollarda nomli to‘plamda nashr qilinadi. Shpengler falsafasining markaziy mavzusi – tarix lekin tarix madaniyat orqali tushuntiriladi. Har bir madaniyat aylanma harakatga ega, yani tug‘iladi, ravnaq topadi va halokatga yuz tutadi. Yevropa madaniyati ham oxirgi uchinchi bosqichni
o‘z boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga o‘xshamaydi. Har bir madaniyat o‘z qobig‘iga joylashgan boshqa madaniyatga o‘z yutuqlarini bera olmaydi. Shpengler o‘zining tarixiy kontseptsiyasini yaratganda ko‘pgina falsafiy masalalrni ko‘taradi. Jumladan, ijtimoiy – siyosiy muammolar ham o‘ziga xos ravishda madaniyat tushunchasi orqali o‘z echimini topgan. “Yevropaning so‘nishi” asari nashr etilishi nafaqat Germaniyaning turli qatlamlari orasida, balki rus ziyolilari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Tarix falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayandi. Xuddi ana shu uslub unga katta muvaffaqiyat olib keldi. “Yevropani so‘nishi” asrida Shpengler etiborini Yevropa madaniyati taqdirini ochib berishga qaratilgan. Asarning boshlanishi u ” hali hech kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan”, - deydi, u o‘zining tarixiy ta’limotini o‘zi bilgan ta’limotlarga qarshi qo‘ydi. Lekin ayrim g‘oyalarni Nitsshe va Gyotedan olganligini tan oladi. Shpengler tabiat haqidagi fanlarga ruh haqidagi fanlarni qarshi qo‘yadi. Tabiat va tarix faqatgina sube’ktning ongidagina kechinmalaridagina o‘z voqeligini oladi. Mustaqil reallik sifatida ular mumkin emas, faqat ruhdagina mavjud, yani subektsiz obekt mumkin emas” subekt “umuman ongdir”, dunyo asosida “men” yotadi, ana shu “men”orqali u o‘zini nomayon qildi. “Men” – yakka ong emas, balki xalq, madaniyat, insoniyat va turli kechinmalar Shpenglerning asosiy g‘oyasi tarix, alohida yashirin madaniyatlarning almashinuvidir. U tarixni uzluksiz jarayon sifatida inkor qiladi va tarixiy taraqqiyotni ham inkor qiladi. Shpengler fikricha, G‘arb odami uchun tarix butunlay o‘zgacha ko‘rinishga ega. Tarixning markazi “dunyo tarixining” bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qildi. Shu manzara, Shpengler takidiga mohiyatan, bizning uyg‘oq ongimiz mahsulidir. Shu asosda G‘arb ruhi o‘zini anglaydi, shu zaruriy shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi. Tarixni faqat his etish kerak, tarixda faqat yashash kerak. Shpengler uchun tarixni bilish uslubi o‘xshashliklardir (anologya) shunday qilib qarixiy voqealarni tahlil qilganda, ularning ichki qonuniyatlari, mantiqiy bog‘liqliklarini qidirmasdan balki, o‘xshashlikni paralellarini topishga harakat qilish ana shu asosda tarixni yaratish kerak.
Shpenglerning fikricha uni “Hayot falsafasi” namoyandalariga yaqinlashtiradi, lekin shu bilan bir qatorda farqi ham bordir, yani tabiat bilan tarix ziddiyati ularning obektlarida emas, balki bilish uslublarida farqlanadi. “Tabiat va tarix – deb yozadi Shpengler – mana shu ikki qarama– qarshi uslub, o‘ziga borliqni tartibga solishga urinadi. Agar har bir vujudga kelayotgan jarayonni mavjudlik nuqtai nazaridan ko‘radigan bo‘lsak, borliq tabiatga aylanadi, imkoniy vujudni zaruriy vujudga (jarayonga) bo‘ysundirsak tarix bo‘ladi, deydi Shpengler. Jumladan tafakkur ishga solinsa, uning o‘lik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni tushuntirishga harakat qiladi. Ichki ishlarimizga, hissiyotimizga, intuitsiyamizga murojaat qilsak ko‘z o‘ngimizda tarix namayon bo‘ladi. Tabiat tafakkur faoliyati natijasidir, bilish oqibatidir. Tarix esa mushohada, intuitsiya natijasidir. Har bir madaniyatning hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni Shpengler fikricha his qilish kerak. Agar kim uni his qilmasa, tarix bilan shug‘illanmaslik, tabiatni bilishga o‘rganish mumkin lekin tarixchi bo‘lib tug‘ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi. Tarixning mazmuni uning ruhida namoyon bo‘ladi. Madaniyat ruhiyatning tashqi ko‘rinishidir. Shpengler sakkizta madaniyatni sanab o‘tadi. Bular Xitoy, Bobil, Misr, Hind, antik, arab, g‘arb va maya xalqining madaniyatidir. Rus madaniyati haqida alohida etibor bilan gapiradi. Har bir madaniyat qaytarilmas, o‘ziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida o‘ziga xos ruhiyat yotadi. Masalan antik madaniyatda – Apollon ruhiyati arab madaniyatida mistik (afsungarlik) ruhiyati g‘arb madaniyatida – Faust ruhiyati yotadi. Shpengler tarixchi va faylasuflarni butun dunyo tarixini “Qadimgi va yangi davr” tarixiga ajratishlarni tanqid qiladi. Bu ajratish faqat g‘arb mamlakatlariga xosligini Shpengler yozadi va shu erda G‘arb tarixchilarining Yevropa markazchiligi tamoyilini tanqid qiladi. Shpenglerning “Yevropaning so‘nishi” asari nafaqat tarix falsafasiga bag‘ishlangan, unda siyosiy masalalar ham ko‘tarilgandir. U so‘z boshida shunday