logo

XIX asrning birinchi yarmida Amerika Qo'shma Shtatlari.AQSHda fuqarolar urushi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.6787109375 KB
XIX asrning birinchi yarmida Amerika Qo'shma Shtatlari.AQSHda fuqarolar
urushi.
REJA:
1. Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari.
2. Ijtimoiy-siyosiy harakatlar va siyosiy parliyalar.
3. Qulchilik, unga qarshi kurash va abolitsion harakat.
4. Tashqi siyosatning o'ziga xos xususiyatlari.
5. Fuqarolar urushining shart-sharoitlari va kelib chiqish sabablari.
6. Fuqarolar urushining boshlanishi.
7. Urushning borishi va bosqichlari.
8. Urushning yakuni va oqibatlari Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari
XIX asrning birinchi yarmida AQSHda kapitalizm jadal rivojlandi. 
Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida fabrika sanoati va kapitalistik 
fermerchilik xo'jaligi taraqqiy etdi. AQSHning g'arbida esa mayda fermerchilik,
mustaqil mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishi hukmronlik qildi. Umuman 
olganda mamalakatning Shimoli va G'arbida kapitalistik munosabatlar tez o'sdi. 
Janubda esa AQSH iqtisodining boshqa bir ko'rinishi plantatsiya quldorchilik 
xo'jaligi rivollanib bordi. Shimol va Janubda iqtisodiy taraqqiyotning 
yo'llaridagi turlixillik mamlakat taraqqiyotiga juda katta ta'sir 
o'tkazdi.AQSHning G'arbidagi yangi yerlarni o'zlashtirilishi Yevropadan ko'p 
miqdorda ko'chkinchilar (emigrantlar)  ommasining kelib o'rnashishiga qulay 
sharoit yaratdi. Emigrant aholi orasida yuz minglab malakali hunarmandlar va 
ishchilar mavjud edi. Emmigratsiya shusiz ham tez o'sayotgan mamlakat aholisi
sonini keskin oshirib yubordi. 1800-1820 yillarda mamlakat aholisi 5,3 mln. 
kishidan, 9,6 mln. kishiga ko'paydi. 1850 yilda esa aholi soni 23,2 mln. kishiga 
etdi. Ammo shunga qaramasdan, AQSHda ishchi kuchlariga bo'lgan ehtiyoj 
Yevropaga qaraganda ancha ortiq edi. Bu hol ma'lum bir miqdorda AQSHning 
shimoliy hududlarida mashinalardan foydalanishga ertaroq o'tilishiga ham sabab
bo'ldi. Vaholanki, bu vaqtda mamlakat janubida qullar mehnatidan keng 
foydalanilar edi.Shunday qilib, AQSHda kapitalistik munosabatlarning rivoji 
nihoyatda bir murakkab bo'lib, unda turli ishlab chiqarish usul va shakllari, 
ekspansiya, immigralsiya kabi omillar bilan qorishib ko’gan.AQSH tarixining 
XIX asrning birinchi yarmi uchun xos bo'lgan eng jirkanch xususiyatlaridan 
biri, bu mahalliy aholi hindularni qirg'in qilinishi va Afrikadan tutib keltirilib, 
qulga aylantirilgan negrlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi edi. AQSH 
aholisining keltirilgan har ikkala toifasi ham barcha fuqarolik huquqlaridan 
mahrum qilingan edi. G'arbdagi unumdor yerlarda yashayotgan hindu qabilalari 
bilan ko'pincha amerikalik mustamlakachilar hindularning mazkur yerlarga 
egalik huquqini tan olgan shartnomalarni imzolaganlar, ammo keyinchalik bu 
shartnomalar buzilib, ularning yerlari tortib olingan, o'zlari esa qirilgan yoki 
G'arbga tomon siqib qo'yilgan. Mustamlakachilar hindularning harbiy 
kuchlarini zaiflashtirish maqsadida qabilalar orasida nifoq chiqarish usullaridan,
ya'ni, birini ikkinchisiga qarshi qo'yish kabi hollardan ham 
foydalanganlar.1812-1814 yillardagi Angliya bilan bo'lgan urushdan so'ng 
hindularni G'arbga siqib borish kuchaydi. Hindular majburiy ravishda 
"rezervatsiya" deb ataluvchi tabiati noqulay bo'lgan, maxsus ajratilgan 
tumanlarga ko'chirilgan. Hindularning qarshilik harakatlari maxsus ravishda 
qonli jazo otryadi yoki ekspeditsiyalari tomonidan bostirilgan. Masalan, 
Indianada hindularning krik qabilasi ko'targan qo'zg'olon bostirilib, qabila  boshlig'i Tekumse o'ldiriladi. Amerikalik muslamlakachilar uning terisidan 
kamar yasatadilar.Hindularni asoratga solish jarayoni kopincha boshqa 
davlatlarning  hududlariga boslirib kirish bilan birga davom etgan. AQSH 
qo'shinlari hindularni ta'qib qilib,Ispaniyaga tegishli bo'lgan Sharqiy Floridaga 
bostirib kirganlar. Bungacha ham, AQSHning ko'pgina quldor plantatorlari 
Floridada yashaganlar. Ularning qo'llab-quvvatlashi natijasida AQSH 1819 
yilda Ispaniya hukumatini Sharqiy Floridadan voz kechishga majbur qildi. 
Buning uchun AQSH Ispaniyaga 5 mln. dollar to'ladi. Bu bilan AQSH o'zini 
mazkur hududni bosib olgan emas, balki sotib olgan qilib ko'rsatdi. Sharqiy 
Floridada yashagan hindularning seminola qabilasining bir qismi qirib 
tashlandi.XIX asrning 20-30-yillarida hindular Missisipi daryosi ortiga siqib 
chiqarilgan. Ularning ko'p qismi qirib tashlangan. Jorjiyadan g'arb tomonda 
hindularning chirok qabilasining tinch aholisi istiqomat qilgan. Ular o'zlarining 
maktablari, alfaviti, tipografiya va hatto gazetalariga ega bo'lgan. Chirok 
qabilalari yashayotgah hududda oltin zahiralari kashf etilgach, ularning mazkur 
hududdagi yerlarga egalik huquqini kafolatlovchi sharlnomalar bekor qilinib, u 
yerlar jamiyat mulki deb e'lon qilindi. AQSH qo'shini chiroklarni G'arbdagi 
rezervasiyalarga haydadi. Bunda 4 000 dan ziyod hindular halok bo'idi.1835-
1842 yillarda Floridadagi seminola qabilalari bilan AQSH qo'shini o'rtasida 
ikkinch urushi bo'lib o'tdi. Natijada hindularning qarshiligi bulunhy tugatildi. 
Yuqorida ta'kidlanganidek, AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ikki xil 
xususiyat: kapitalistik va quldorlik ishlab chiqarish munosabatlari mavjud 
bo'lgan.Mamlakat Shimoli va G'arbida kapitalizm tez suratlar bilan o'sgan. XVII
asr oxirlaridan shimoli-sharqiy shtatlarda mexanik ip yigirish, paxta tozalash 
(chigitlash) dastgohlari paydo bo'lgan. 1814 yil Messachusetsda mexanik 
dastgohlardan keng foydalanilgan. 1815 yilda AQSHning yengil sanoatida 130 
mingdan ziyodroq mexanik urchuqlar bo'lgan bo'lsa, 1860 yilda ularning soni 
5236000 ga etgan. Mexanik urchug’lar bo'yicha AQSII dunyoda Angliyadan 
keyin ikkinchi o'rinda turgan. 
     Shunday qilib, XIX asrning 40 yillarida AQSHning to'quvchilik sanoati tez 
o'sdi.1837 yildan AQSH metallurgiyasida toshko'mir yonilg'isidan 
foydalanishga o'tila boshlagan. Buning natijasida temir ishlab chiqarish 
ko'rsatkichlari tez oshib bordi. Og'ir sanoatning eng rivojlangan tumanlaridan 
biri bu Pensilvaniya edi. XIX asrning 40 -yillaridan AQSHda qishloq xo'jalik 
mashinalarning o'rish, ekish kabi mexanizmlarga ixtisoslashtirilgan turlaridan 
foydalana boshlashgan. Shunday qishloq xo'jalik mashinalarining aksariyati 
Angliyadan keltirilgan. Texnika sohasida AQSH hali Angliyadan ortda edi. 
Bug' dvigatellaridan foydalanish AQSH sanoatida XIX asrning 50-yillaridan 
keng foydalana boshlangan.30-40 - yillarda AQSHning transport sohasida  to'ntarish yuz berdi. 1807 yildayoq sinalgan Fultonning bug' kemasidan 20-
yillarga kelib daryolardagi qatnovda keng foydalanildi. 1838 yildan esa 
Atlantika okeani orqali bug' kemalarining doimiy qatnovi yo'lga qo'yilgan. 
AQSHning dengiz savdosi floti yuk ko'tarish ko'rsatkichlari bo'yicha 
Angliyanikiga tenglashgan bo'lsada, u asosan yelkanli kemalardan iboral 
edi.1825 yilda Buyuk Ko' llarni Gudzon daryosi orqali Atlantika okeani bilan 
birlashtirgan Eri deb nomlanuvchi kanal qurildi. 20-yillarning oxirlaridan temir 
yo'llar qurilishi boshlandi. 1850 yilda AQSH temiryo'llarining uzunligi 9 ming 
milga etdi. Temiryo'llar va kanallar mamlakalning Shimoli-G'arbiy hududlarini 
Janubiy shtatlar bilan birlashtirib G'arbni o'zlashtirishda katta ahamiyat kasb 
etdi. Shimolda sanoat to'ntaruvi fabrika ishchilarining sonini oshishi balan birga
bordi.
Ijtimoiy-siyosiy harakatlar va siyosiy partiyalar
     Aholisi zich bo'lgan Shimoli-Sharqiy tumanlarda ishchilarning ahvoli og'ir 
bo'lgan. 20-30 - yillarda o'rtacha 12,5 soat ish kuniga ega bo'lgan ishchilar bir 
kunga bir dollar ish haqi olganlar, ammo bu tirikchilik uchun zarur bo'lgan eng 
oz miqdordagi oziq-ovqat uchun ham yetmas edi.1837-1842 yillarda AQSHda 
dastlabki ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi yuz berdi. Inqiroz ishchilarning 
turmush darajasini keskin tushirib yubordi. AQSHda navbatdagi ortiqcha ishlab 
chiqarish inqirozi 1857 yilda yana sodir bo'ldi.XIX asrning 20-yillari oxirlarida 
AQSHda ishchilarning mehnat sharoitini, huquqiy va iqtisodiy ahvolini 
yaxshilash uchun kurash boshlandi. Ularning eng asosiy talablari 10 soatlik ish 
kunini joriy qilish, ish haqini oshirish, qarzlar uchun hibsga olishni bekor qilish,
jamiyat (davlat) maktablarini ochish, barcha erkaklarga saylov huquqini berish, 
G'arbdagi yerlardan ularga yer uchastkalari berish va boshqalardan iborat edi. 
Ishchilar tez-tez ish tashlashlar uyushtirib turdilar. Sexlarning turlariga qarab 
malakali ishchilarning kasaba uyushmalari tuzildi. 1842 yilda AQSH Oliy sudi 
ishchilarning ish tashlashlari va kasaba uyushmalarini tuzishga ruxsat beruvchi 
qonunni joriy qilishga majbur bo' Idi. 1828 yil Filadelfiyada dastlabki ishchi 
parliyasi tashkil topdi. Shunday partiyalar Nyu-York va boshqa shaharlarda ham
tuzitdi. 1828-1834 yillarda turli nomlar bilan ataluvchi 60 dan ziyod ishchi 
partiyalari tuzildi. Bu partiyalar asosan umumdemokratik talablarni ilgari surib, 
ishchilarning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun harakat qijdilar. 
Shuningdek, ayrim partiyalar yer uchastkalarini bo'lib berilishini, ayollarning 
siyosiy huquqlarga ega bo'lishi va qulchilikni bekor qilinishini ham talab 
qildilar. Xalq ommasining talabi bilan ko'pchilik shtatlarda qarzlar uchun hibsga
olish bekor qilinib, erkaklar uchun umumiy saylovlar huquqi vajamiyat 
maktablari joriy qilindi.XIX asrning birinchi yarmi AQSH Janubida quldorlik 
plantatsiyalarning jadal o'sish davri ham bo'ldi. 1793 yilda E.Uitni tomonidan  paxta tozalash (chigitlash) dastgohini ixtiro qilinishi natijasida XIX asrning 
birinchi yarmida quldorlik plantasiyalarida tamaki o'rniga paxta keng ravishda 
etishtirishga o'tildi. Shuningdek, Janubda shakar qamish ekish ham kengaydi. 
Paxtaning aksariyati Angliyaga eksport qilindi. Paxta yetishtirishga 
ixtisoslashuv AQSH Janubini G'arbiy Yevropa mamlakatlarining agrar xom 
ashyo bazasiga aylantirdi. Keyinchalik Janubda etishtirilayotgan paxtaning bir 
qismi Shimoldagi to'qimachilik sanoatida qayta ishlana boshlandi.Quldorlik 
plantasiyalarida paxta monokulturasi (yakka hokimligi) Janub yerlarining 
unumdorlik darajasini tushirib yubordi. Natijada yangi unumdor  yerlarga 
ehtiyoj orta bordi. Buni paxta xom ashyosiga bo'lgan talabning kuchayishi 
natijasida, ekin maydonlari hajmini kengaylirish zaruriyati ham taqozo etmoqda
edi. Quldorlar mamlakat janubidagi va g'arbidagi yerlarni ekspansiya qilishga 
kirishdilar. Shimoli-G'arbdagi kapitalist-fermerlar han bunday ekspansiyadan 
manfaatdor edilar.Qulchilik, unga qarshi kurash va abolitsion harakat 1809 
yilda AQSHga qullarni keltirishni taqiqlovchi qonun chiqdi. Biroq endi 
kontrabanda yo'li bilan yiliga 15 mingga yaqin qullar keltirilgan. 
   1790 yilda AQSIIda 760 ming negr qul bo'lgan bo'lsa, 1860 yilda ularning 
soni 4 mln.ga etdi.AQSHda fermerlar bilan plantatorlar o'rtasida Missisipidan 
g'arbdagi yerlar uchun keskin kurash davom etdi. Shimol aholisining tez o'slshi 
natijasida shtatlarning vakillik palatasida Shimol deputatlari sonining oshisbi 
tufayli qulchilik bekor qilindi. Ammo Scnatda quldorlik shtatlarining mavqei 
baland edi. Quldorlik va ozod shtatlar soni o'zaro tenglashgach, quldorlar 
quldorlik shtatlarini sonini oshirishga harakat qildilar. 1820 yilda Missuri va 
Men kabi yangi shtatlar tashkil qitindi. Qullik masalasini endi bu shtatlarning 
o'zlari   hal qilishi lozim edi. Shu yili AQSH kongressi 36° 39" dan shimolda 
(Missuridan tashqari) qullikni ta'qiqlovchi qaror chiqardi. Bu AQSH tarixida 
Missuri kelishuvi deb nom oldi.XIX asrning 30-yillaridan AQSHning ijtimoiy 
hayotida qulchilik masalasi muhim o'rin egalladi. Buning asosiy sabablaridan 
biri qullar qarshiligining kuchayishi edi. AQSH tarixida qullarning isyonlari va 
qo'zg'olonlari ko'p bo'lgan. XIX asrning birinchi yarmida ko'tarilgan qullarning 
qo'zg'olonlari orasida eng yirigi 1831 yil avgustida Virginiyada negr qul Nat 
Terner rahbartigida ko'larilgan qo'zg'olon edi. Qo'zg'olonlar bilan birga 30-
yillardan qulchilikni bekor qilish (abolitsion - bckor qilish) uchun oq tanli aholi 
orasida ham harakat bohlandi. Bu "abolitsion harakat" deb nomlandi. Abolitsion
harakat asosida fermerlar, hunarmandlar va qisman o'rta burjuaziya 
vakillarining demokratik huquq va erkinliklar, ayniqsa, g'arbdagi yerlarga borib 
o'rnashishi uchun kurash yotar edi. 1838 yil abolitsionistlar qochoq negr 
qullarga yordam berisb maqsadida "Yer osti temir yo'llari jamiyati" nomli 
maxsus tashkilot tuzdilar. Bu maxfiy jamiyat 10 minglab qochoq va ta'qibdagi  qullarni mamlakat shimoliga o'tkazib yuborib, ularning xavfsizligini ta'minlash 
bilan shug'ullandi.1848 yil Shimol fermerlari, hunarmandlari va 
burjuaziyasining bir qismi Buffalo shahrida yangi partiya - frisoylerlar (free soil
- bo'sh yer) partiyasini tuzdilar. Bu partiyaga ishchilar va negr qullar ham 
kirdilar. Frisoylerlar, asosan, yangi hududlarda quichilikni joriy qilmaslikni, 
g'arbdagi yerlarni skvatterlar (ko'chib borib o'rnashib oluvchilar) ga bepul 
tarqatilishini va u yerlarni yirik yer egalariga sotilmasligini talab qildilar. 
Frisoylerlar partiyasining paydo bo'lishi 40-yillarning oxirlaridan quldorlarga 
qarshi kurashish uchun fermerlar va hunarmandlarning Shimol burjuaziyasi 
bilan siyosiy ittifoqchilik qilganligidan dalolat beradi. Prezident saylovlarida 
nomzodlarni ilgari surish uchun Shimol burjuaziyasi va fermerlari Janub quldor 
plantatorlari bilan turli guruh va oqimlarga birlashishi natijasida AQSHda 
burjua siyosiy partiyalari tashkil topdi. Jumladan, demokratik partiya 
tuzildi.XIX asrning 20-yillarida AQSHning ichki siyosiy hayotida muhim 
o'zgarishlar ro'y berdi. Fermerlar sonining oshishi, hunarmandlar va 
ishchilarning siyosiy huquqlar uchun kurashi ko'pchilik shtatlarda faqat oq tanli 
erkaklar uchun umuniy saylov huquqini joriy qilinishi va mulkiy senzni bekor 
qilinishi natijasida ko'p sonli yangi saylovchilar paydo bo'ldi. Fermerlar, 
hunarmandlar va ishchilarning aksariyati chet el mahsulotlariga bojxona 
tariflarini oshirilishidan, 1816 yilda Filadelfiyada ochilgan AQSH Banki 
tomonidan yirik yer egalari va sanoatchilarini imtiyozli kreditlar bilan 
rag'batlantirilishidan norozi edilar. Chunki, katta kreditlarni olgan mulkdorlar 
g'arbdagi yer mulklarini davlatdan sotib olib qo'yayotgan edilar. 1828 yilgi 
prezident saylovlarida plantatoplar, fermerlar, hunarmandlar va hatto ishchilar 
Endryu Jeksonni prezidentlik lavozimiga saylash uchun birlashdilar.Jekson 
tarafdorlari o'zlarini demokratik partiya a'zolari deb atay boshladilar. Bu partiya 
rasmiy ravishda 1828 yilda tashkil topdi. Jekson prezidentligi davridan boshlab 
AQSHning siyosiy hayotida ilk bor saylovda g'olib kelgan partiya vakillari 
muhim davlat lavozimlarini egallash tartibi odat tusiga kirdi. Keyinchalik 
demokratik partiya, asosan, quldorlarning manfaatini aks ettira 
boshladi.Quldorlik va fermerlik xo'jaliklarining rivoji nafaqat mamlakatning 
ichki siyosatiga, balki uning tashqi siyosatiga ham o'z tasirini o'tkazdi. Bu 
AQSHning g'arbiy va janubiy yo'nalishlarda hududiy- ekspansiya harakatlarini 
olib borishida yaqqol namoyon bo'idi.
Tashqi siyosatning o'ziga xos xususttyatlari
     Mustaqillik urushidan so'ng AQSH tashqi siyosatining xarakterli   
xususiyatlari:l)Yevropa davlatlarining ittifoqlari va urushlarida qatnashmaslik; 
2)ular o'rtasidagi ziddiyatlardan o'zining manfaatlari yo'lida foydalanish va 
3)Amerika savdo kemalarini daxlsizligini ta'minlashdan iborat edi. Shunday  qilib, XIX asrning birinchi yarmida AQSH Amerika qita'sida G'arbiy Yevropa 
mamlakatlarining ta'sirini susaytirish evaziga o'zining mavqesini 
mustahkamlashga intildi, Angliya bilan birgalikda Lotin Amerikasi 
mamlakatlarini siyosiy jihaldan tarqoq, mayda va zaif davlatlarga aylantirishda 
faol ishtirok etdi. AQSHning ekspansiya siyosati 1803 yilda arzimas 1,5 mln 
dollarga Fransiyadan Luizianani olish bilan boshlandi. Fransiya mazkur 
hududni 1800 yilda Ispaniyadan torlib olgan edi. Yevropadagi urush tufayli uni 
himoya qila olmasligi va moliyaviy zaruriyal sababli Napoleon uni sotishga 
majbur bo'ldi. Luizianani olinishi AQSH hududini 888,8 ming kv mildan 1715,9
milga ya'ni, qariyb 2 baravar kengaytirdi.Kontinental blokada tufayli Angliya 
Fransiya bilan savdo aloqalarini olib borayotgan davlallarning savdo kemalari 
qatorida AQSHning ham savdo kemalini tutib ola boshladi, Bunga javoban 
AQSH 1812 yilda Angliyaga urush e'lon qildi. Urush harakatlaru asosan, 
Kanada hududidagi ingliz qo'shiniga qarshi olib borildi. AQSH Yevropadagi 
urushlardan foydalanib Kanadani egallamoqchi edi. Ammo uning maqsadlari 
amalga oshmadi. 1814 yil dekabrida Belgiyaning Gent shahrida anglo-amerika 
sulh shartnomasi imzolandi. Urush AQSH hududini kengaytirmadi, biroq uning 
mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo'idi. Angliya yana bir 
bor AQSH mustaqilligini tan oldi.1810-1818 yillar mobaynida AQSH 
Ispaniyaga tegishli bo'lgan Floridani qismlarga bo'lib bosib oldi. 1819 yilda 
rasmiy ravishda Ispaniya Floridani AQSHga berishga majbur bo'idi.Ispaniya 
mustamlakachilik imperiyasining inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlariga 
mustaqillik olib keldi. 20-yillarning boshlarida "Muqaddas ittifoq" qo'shinlarini 
(Ispaniya mustamlakachiligini tiklash maqsadida) Lotin Amerikasiga kiritish 
haqidagi xabarlarning tarqalishi AQSH hukumatini tashvishga soldi. 1823 yil 2 
dekabrda AQSH prezidenti Monro kongressga murojaatnorna yubordi. Bu 
murojaatnomaga ko'ra, AQSH Yevropamamlakatlarining Amerikadagi mavjud 
mustamlakalarini tan olinishini biroq ularning Amerika qiyofasida yangi 
mustamlakalarga asos solishiga yo'l qo'ymasligini, Yevropamamlakatlarining  
Amerika mamlakatlarining ichki ishlariga aralashmasligini ma'lum qildi. Bu 
harbiy  doktrina "Monro doktrinasi" deb nom oldi.Lotin Amerikasi 
mamlakatlarining mustaqillik uchun kurashini qo'llab-quvvatlagan AQSH 
plantatorlari Texasda ko'chmas yer mulklariga ega bo'lib, 1836 yilda uni 
mustaqil respublika deb e'lon qildilar. Bu 1846-1848 yillardagi AQSH-Meksika 
urushiga olib keldi. Urush natijasida Meksika nafaqat Texasdan balki 
Kaliforniya, Arizona va Yangi Meksikadan iborat ulkan hudud (qariyb Meksika
hududining yarmi) dan mahrum bo'idi. AQSH kompensatsiya tariqasida 
Meksikaga 15 mln. dollar to'lab go'yoki uni sotib olganday qilib ko'rsatdi. 
Bosqinchilik urushlari natijasida XIX asr o'rtalarida AQSH hududi 3027.8 ming
kv.milga etdi.AQSHning hududiy ekspansiya tufayli o'z maydonini  kengaytirishi uchun hindu qabilalarining qoloqligi va tarqoqligi, qo'shni 
Ispaniya mustamlakalari va Meksikaning zaifligi juda qo’l keldi. Yevropa 
davlatlari o'rtasidagi to'qnashuv va urushlar tufayli ular AQSHning bosqinchilik
urushlariga jiddiy e'tibor bermadilar. AQSH esa bundan o'z manfaati yo'lida 
ustalik bilan foydalandi. AQSHning XIX asr boshlarida Yevropada bo'lgan 
urushlarda qatnashmaganligi uni nafaqat katta harbiy xarajatlar va 
yo'qotishlardan saqlab qoldi, balki urushayotgan davlatlar bilan savdo olib 
borishi natijasida urushdan  yaxshigina foyda olishini ta'minladi.AQSHda 
abolitsionchilar va frisoylerlar kuchayishiga qaramasdanshimol burjuaziyasi va 
G'arbdagi fermerlarning Janub quldorlari bilan kompromisslik (kelishuv) 
munosabati XIX asrning 50-yillarigacha AQSh ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
hayolining asosiy xususiyatlarini tashkil etdi. Bu kelishuvchilikning mohiyati 
bir davlat tarkibida kapitalistik va quldorlik munosabatlarning mavjudligidan 
iborat bo'lib, AQShning ko'pgina moliyachilari, savdogarlari va sanoatchilari 
Janubdagi quldorlik xo'jaliklari bilan bog'liq edi. Aksariyat fermerlar va 
quldorlar AQShga kiritilayotgan arzon ingliz mahsulotlariga bojxona soliqlari 
va to'lovlari miqdorini kamaytirish maqsadida prezident saylovlarida birlashar 
edilar. Fermerlar va quldor plantatorlar AQShning hududiy ekspansiyasidan 
o'zaro teng manfaatdor bo'lib, bu ularni kolonizatsiya - yangi yerlar bilan 
ta'minlar edi. Uzoq vaqt davomida AQSh hududini kengayib borishi fermerlar 
bilan quldorlar munosabatini keskinlashuviga yo'l qo'ymadi. Ammo, Janub 
bilan Shimol o'rtasidagi chegara shtatlarda, yangi tashkil topayotgan shtatlarda 
qulchilikni joriy qilish borasida azaldan kurash davom etib kelar edi.50-yillarga 
kelib ahvol o'zgardi. Kapitalizm ravnaqi va G'arbdagi yerlarga fermerlar 
kolonizatsiyasining kuchayishi qulchilik bilan ziddiyatlarni keskinlashtirdi. 
Kuchlar muvozanati qulchilik taqiqlangan Shimol shtatlari foydasiga tez 
o'zgardi. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti qoloq Janubga qaraganda 
shimolda tez o'sdi. 1850-1860-yillarda AQSh aholisi 23 mln dan 31 mln kishiga
yetdi, aholining aksariyat qismi Shimol va G'arbdagi shtatlarda yashardi, 1860- 
yilda Janubda 12,2 mln aholi yashagan, uning 4 mln.ini qullar tashkil 
qilgan.Sanoat ishlab chiqarish, asosan, Shimolda to'plangan bo'lib, AQSh 50- 
yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Angliya, 
Fransiya va Germaniyadan so'ng to'rtinchi o'rinni egalladi AQSh savdo flotining
yuk ko'tarish hajmi Angliyanikiga tenglashib, 5,3 mln tonnani tashkil etdi. 
Biroq AQSh qishloq xo'jaligiga asoslangan agrar mamlakat bo'lib, mashinalar 
va sanoat maxsulotlarining katta qismi Angliyadan keltirilar edi.AQShda ishlab 
chiqarish kuchlarining o'sishi quldoriik ishlab  chiqarish munosabatlari bilan zid
kela boshladi. Quldorlik kapitalizmning  yanada rivojlanishi yo'lida asosiy to'siq
bo'lib qoldi.Janub planlatorlarining  xo'jaliklari paxta yetishtirish va uni 
Angliyaga chiqarishga ixtisoslashib bordi. Hind paxtasining raqobati tufayli  ishlab chiqarish unumdorligini oshirish zaruriyati yangi yerlar hisobidan ekin 
maydonlarini kengaytirishni taqozo qilar edi.Plantatorlar AQShga olib 
kelayotgan arzon ingliz sanoati maxsulotlari uchun bojxona soliqlari miqdorini 
oshirishga yo'l qo'ymayotgan edilar. Janubni Angliya fabrikalari uchun xom-
ashyo bazasiga aylantirilishi mustaqil milliy sanoat, ichki bozorni kengaytirish 
va qullarni yollanma ishchilarga aylantirish uchun harakat qilayotgan AQSh 
burjuaziyasida norozilik tug’dirmoqda edi. Burjuaziya bilan plantatorlar 
o'rtasida temir yo'llar qurilishi borasida ham tortishuvlar mavjud edi. Burjuaziya
o'z manfaatidan kelib chiqib shimoliy-g'arbiy yo'nalishda, quldorlar janubiy 
yo'nalishda temir yo'llar qurilishini jadal olib borilishini talab qildilar. 50-
yillardan quldorlar bilan fermerlar o'rtasida qarama-qarshilik 
kuchaydi.Qashshoqlashgan fermerlar va ishchilar g'arbdagi yerlarni mayda 
uchastkalarga bo'lib berilishini va qulchilikni bekor qilinishini talab qilayotgan 
edilar. Shuninigdek,janubda negr qullarining qulchilikka qarshi kurashi ham 
kuchaydi.Qulchilik masalasida keskinlikning paydo bo'lishiga quldorlarning 
mamlakatda siyosiy hukmronligini saqlab qolish uchun yangi shtatlarda 
qulchilikni joriy qilishga urinishi sabab bo'lmoqda edi.Shimol bilan Janub  
o'rtasidagi qulchilik borasidagi ziddiyatlar AQShda fuqarolar urushi 
ko'rinishidagi inqilobiy portlashga olib keldi.
       Fuqarolar urushining boshlanishi
Quldorlar butun AQSh hududida qulchilikni yoyishga, yangi yerlarni 
plantatsiyalarga aylanlirishga harakat qilib, qullarni Shimol va G'arbga 
qochishlarini oldini olmoqchi edilar.1850- yilda AQSh kongressi Yangi 
Meksika va Yutaning keng viloyatlari aholisiga mazkur hududda qulchilikni 
joriy qilish yoki ma'n qilish masalasini o'zlari hal qilishi huquqini berdi. 1854-
yilda AQSh tarkibida ikkita yangi shtatlar Kanzas va Nebraska shtatlari paydo 
bo'ldi. Kongress bu shtatlarning aholisiga ham qulchilik masalasini o'zlari hal 
qilishi haqida qaror chiqardi. 1850- yil qonuni va 1854-yilgi Konzas -Nebraska 
qonuni Kanzasda fuqarolar urushini boshlanishiga turtki bo'ldi. Quldorlar zudlik
bilan Kanzasda qulchilikni joriy qilish maqsadida, qurolli guruhlarni Kanzasga 
keltira boshladilar. Bunga javoban minglab fermerlar va hunarmandlar bo'sh 
yerlarni egallash va qulchilikni yoyilishiga yo'l qo'ymaslik uchun Kanzasga kela
boshladilar. Kanzas aholisining aksariyati qulchilikka qarshi bo'Iishiga 
qaramasdan, federal hukumat Kanzasni quldorlik shtati deb e'lon qildi.Kanzas 
voqealarining ta'siri ostida quldorlar bilan demokratlar partiyasi tarkibida 
bo'lgan fermerlar bu partiyadan chiqib, qulchilikka qarshi bo'lgan burjuaziya, 
abolitsionistlar va frisoylerlar -1854-yilda respublikachilar partiyasiga asos 
soldilar.1859-yilda Virjiniya shtatida inqilobiy inqirozni yetilishida Jon Braun 
boshchiligidagi qulchilikka qarshi ko'larilgan qo'zg'olon katta ahamiyatga ega  bo'ldi. J. Braun o'zining 32 kishilik harbiy otryadi bilan 1859-yil 17- oktyabrda 
katta qurol-yarog' omborini egallash uchun qurolli hujum uyushtirdi. J.Braun 
ommaviy ravishda ularni qo'llab-quvvatlovchi qullar qo'zg'oloni ko'tariladi, deb 
umid qilgan edi, lekin bunday qo'zg'olon ko'tarilmadi, yakkalanib qolgan Jon 
Braun otryadi quldorlar qo'shini tomonidan tor-mor etildi.1860 yilgi prezident 
saylovlarida respublikachilar partiyasi advokat Avraam Linkoln nomzodini 
ko'tarib chiqdi va saylovda g'alaba qildi.Plantatorlar saylovda boy berganligi va 
prezidentlik hokimiyatidan mahrum bo'lganliklaridan norozi bo'lib, saylovdan 
bir necha hafta o'tgach, ya'ni 1860- yil 20 dekabrda Janubiy Karolina, 1861 yil 
yanvar-fevral oylarida AQShning yana 7 ta shtati-Florida, Jorjiya, Alabama, 
Luiziana, Texas, Tenessi va Missisipi itiifoqlari chiqqanligini elon qildi. Bu 
shtatlar markazi Richmond shahri bo'lgan janubiy konfederasiya tuzildi va D. 
Devisni prezident qilib sayladilar.D.Devis e’lon qilgan deklaratsiya 
konfederatsiyaning asosiy maqsadi, deb alohida shtatlarning erkinliklarini, 
ularni ajralib chiqishi huquqini himoya qilish, erkin savdo uchun, kurashish deb,
belgilandi. Shuningdek, deklaratsiya Shimolni qochoq qullarga homiylik 
qilayotganlikda va yangi yerlarga qullikni yoyishga yo'l qo'ymayotganlikda 
aybladi.Linkoln prezidentlik lavozimini qabul qilgandan keyin (1861 yil 4 
mart), konfediratsiya qo'shini 12-13 aprel kunlari Chariston yaqinidagi Samter 
portini egallab oldi. Bunga javoban Linkoln 15 aprel kuni 75 ming kishilik xalq 
lashkari tuzish uchun safarbarlik e'lon qildi.
Urushning borishi va bosqichlari
Kuchlar nisbatining ustunligi Shimol tomonda edi. Quldorlik shtatlari 
aholisining soni 12,2 mln. kishini tashkil qilgan bo'lsa, ularning 1/3 qismi negr 
qullardan iborat edi, Shimol aholisining soni esa 19,2 mln. kishini tashkil etardi.
Shimol ko'proq qo'shin to'plashimkoniyatiga ega bo'lib, u shuningdek 
metallurgiya, qurolsozlik sanoati taraqqiyoti, temir yo'llar va savdo floti 
bo'yicha   ham katta ustunlikka ega edi.Quldorlar asosan o'zlarining 
vaqtinchalik harbiy ustunliklariga va Angliya, Fransiya va Ispaniya tomonidan 
yordam berilishiga ishonmoqda edilar. Chunki, AQShning nisbatan zaifroq 
bo'lgan ikkita davlatga ajralib ketishidan Garbiy Yevropa davlatlari manfaatdor 
bo'lib, Janubiy G'arbiy Yevropaning to'qimachilik sanoatiga paxta va boshqa 
agrar xom-ashyo yetkazib beruvchi hudud edi. Shuningdek, Angliya, Fransiya 
va Ispaniya hukumatlari AQSh quldorlarining isyonidan mustamlakalar bosib 
olish maqsadida Amerika davlatlarining ichki ishlariga aralashishda ham 
foydalanmoqchi bo'ldilar. Bulardan tashqari ko'pchilik quldorlar Shimol 
sanoatining paxta xom-ashyosiga bo'lgan ehtiyoji katta, shuning uchun ular 
urushni tezroq tugatishga majbur bo'ladi, deb o'yladilar.1861 yil yozida 
janubliklar 120 ming kishilik qo'shin tashkil qildi. Bir zarb bilan Shimol  qo'shinini tor-mor etib, Vashingtonni egallash bilan urushni tugatmoqchi 
bo'lgan quldorlar, 1861 yil 2 iyulda Vashington yaqinidagi 30 ming kishilik 
qo'shini bilan Manossas nomli shahar yaqinida Shimolning 35 ming kishilik 
qo'shinini maglubiyatga uchratdi. Biroq, janub qo'shini sonining cheklanganligi 
Vashingtonga hujumni davom ettirishga yo'l qo'ymadi. Har ikkala tomonning 
tez g'alaba qozonish haqidagi rejalari amalga oshmadi, urush  cho'zilib 
ketdi.Shimol hukumati 500 ming kishilik qo'shin tuzish uchun yangidan 
safarbarlik e'lon qildi. Qo'shin tarkibi janubliklarga xayrixoh bo'lgan zobitlar 
(ofitserlar)dan tozalandi. 1861 yilning oxirlarida Shimol qo'shinining soni 660 
ming kishidan oshib ketdi, ammo, bu qo'shinning harbiy tayyorgarlik darajasi 
past va intizomi juda yomon bo'lib, bu qo'shinning bosh qo'mondoni qilib 
layoqatsiz general Mak-Klellan tayinlangan edi. U harbiy qo'mondondan ko'ra 
xalq ommasining norozilik harakatini ko'tarilib ketishidan ko'proq tashvishga  
tushayotgan yirik kapitalist sifatida ma'lum edi. Mak-Klellanning harbiy 
harakatlari o'zining konservativligi, qat'iyatsizligi va sustligi bilan ajralib 
turardi. Janubliklar ro'paradan hujum qilish taktikasidan foydalanayotgan bir 
vaqtda, Mak-Klellan bunga javoban "bo'g'ib qo'yish rejasi" deb atalgan 
konfederasiya hududiga hamma tomondan hujum qilib, uni qurshovga olish 
haqidagi puch rejasini qarshi qo'ydi. U Richmond yonida Shimol armiyasini 
sharmandali halokatiga sabab bo'lgan. Richmondda maglubiyatga uchragan 
MakKlellan qo'mondonlikdan tushirildi. Shimol burjuaziyasi urushda tez 
g'alaba qilishga shoshilmadi, balki, aksincha, urush davomida davlatning harbiy 
buyurtmalaridan ko'proq foydalanish payida bo'ldi. Urushning birinchi bosqichi 
1861-1862 yillarni o'z ichiga oldi. Urushning birinchi bosqichida Janubning 
kuchi biroz ustun keldi.Yirik burjuaziyaning ta'siri ostida Linkoln hukumati 
G'arbdagi  yerlarni egallash va qulchilikni bekor qilish haqidagi masalalarni 
demokratik  tarzda hal qilishga jur'at eta olmasdan kelmoqda edi. Chunki bunga 
Janub quldorlari bilan uzviy aloqada bo'lgan Shimolning moliyachi-bankirlari 
va savdogarlari qarshilik ko'rsatib, bu chora tadbirlar quldorlarni xonavayron 
qiladi va keyin ular olgan qarzlarni to'lay olmaydilar, deb tashvishlanmoqda 
edi.Xalq ommasining talabi ostida va harbiy zaruriyat tufayli Linkoln hukumati 
1861 yilda mulkdorlarga yangi soliq joriy qildi. Bu qonunga muvofiq isyonchi 
quldorlarning muiklari konfiskatsiya qilindi. Gomstedlar haqidagi ushbu qonun 
10 dollar to'lashga qodir bo'lgan har bir AQSh fuqarosiga G'arbdagi yerlardan 
160 akr hajmida yer uchastkalari olish huquqini berdi. Besh yil davomida agar 
mazkur yer sohibi shu yerda yashasa, ushbu yer uchastkasi to'liq uning mulkiga 
aylangan. 1862 yil 22-sentyabrda hukumat 1863 yilning 1-yanvaridan 
qulchilikni hech qanday  to'lovsiz bekor qilish haqidagi "Ozodlik to'g'risidagi 
proklamatsiya"ni chiqardi.      Linkoln proklamatsiyaga imzo chekar ekan: "Vaqti kelib mening nomim 
tarixga yoziladigan bo'lsa, faqat shu ishim uchun yoziladi, chunki men butun 
qalbimni shu ishga bag’ishlaganman",- degan. Ayni bir vaqtda negrlarni armiya 
safiga jalb etish haqida e'lon ham chiqdi. AQSh hukumatining bu chora -- 
tadbirlari buyuk tarixiy ahamiyatga ega edi. Gomstedlar haqida va qulchilikni 
bekor qilish haqida Linkoln chiqargan qonunlar xaqli ravishda, uni XIX asrning 
ilg'or burjua-demokralik arboblari safiga qo'shdi.Mazkur tadbirlardan so'ng 
ommaviy ravishda 100 minglab aholi armiya safiga kira boshladi. Urush 
davomida 200 mingga yaqin negr Shimol qo'shini tarkibida qatnashdi. Tezda 
Shimol armiyasining soni 1,5 mln. kishidan oshib ketdi. Qulchilikni bekor qilish
haqidagi va Gomsled haqidagi qonunlarni qabul qilinishi Shimol uchun muhim 
harbiystrategik ahamiyatga ega bo'lgan inqilobiy tadbirlar edi.Xalq ommasining
inqilobiy ko'tarilishi Linkoln hukumatining inqilobiy urush olib borish siyosati 
va chora-tadbirlari urush harakatlarini borishini butunlay Shimol foydasiga 
o'zgartirib yubordi. Shu bilan bir vaqtda Janubning xalqaro ahvoli yomonlashdi,
uning Angliya va Fransiyadan yordam olish umidi chippakka chiqdi. Angliya 
o'zining neytralligini e'lon qilishga qaramasdan konfederasiyaga nisbatan 
Linkoln hukumati e'lon qilgan blokada siyosatini buzishdan nariga o’tmadi. 
Fransiya hukumati esa AQShdagi fuqarolar urushidan foydalanib, Fransiya 
hukumronligi ostida "Lotin imperiya"sini tuzish maqsadida 1861-1863 yillarda 
Meksikaga interventsiya uyushtirdi, xolos. Biroq konfederatsiya kutganidek 
Angliya va Fransiya Shimolga qarshi urushda unga ittifoqchilik qilmadi. 
Shimolga qarshi Angliya va Fransiyaning urushga kirmaganligiga Rossiya 
imperiyasining AQSh hukumatiga bo'lgan iliq munosabati ham sabab 
bo'ldi.1863 yil Polsha masalasida Fransiya va Angliyaning Rossiyaga qarshi 
urush xavfi paydo bo'lgach, Rossiya g'arbiy Yevropa davlatlariga qarshi 
turadigan muvozanat kuch sifatida AQSh birligini saqlab qolinishidan 
manfaatdor edi. O'z navbatida, AQSh hukumati ham Rossiya uchun juda tahqirli
va og'ir bo'lgan 1856 yildagi Parij sulhini qayta ko'rib chiqishda Rossiya 
tomonida bo' lish majburiyatini olgan edi.AQShda fuqarolar urushining ikkinchi
bosqichi 1863-1865 yillar davomida bo'lib o'tdi. 1863 yilning yozidan urush 
harakatlarining borishida tub burilish yuz berdi. 1-3 iyulda  Gettisberg 
ostonasidagi janglardan so'ng, konfederasiya qo'shini mag'lubiyatga uchrab 
chekina boshladi. Shimolning general Grant qo'mondonligidagi qo'shini 4-iyul 
kuni konfederasiyaning Missisipidagi bosh istehkomi Viksbergni egalladi. 1864
yil general Grantning umumiy qo'mondonligidagi Shimol qo'shini 
konfederasiya armiyasini butunlay tor-mor etishga kirishdi. May oyida general 
Sherman qo'mondonligidagi Shimol qo'shini Jorjiya orqali "Dengizga reyd" deb
atalgan mashhur yurishni boshlab, sentyabrda Atlantani egalladi. 1864 yil 
oxirida general Sherman qo'shini Savannani olib, Grant qo'mondonligidagi  qo'shinlar bilan qo'shilish uchun harakat qildi. Konfederasiya qo'shini halokatli  
ahvolga tushib qoldi. 1865 yil 3 aprelda general Grant qo'shini Richmondni  
egalladi. General Li qo'mondonligidagi konfederatsiya qo'shinlari Appomattoks 
yaqinida qo'rshovga olinib, 1865 yil 9 aprel kuni taslim bo'ldi. Shundan so'ng 
konfederatsiya qo'shinining qolgan qismlari ham birin-ketin taslim bo'lib, urush 
harakatlari tugadi.
Urushning yakuni va oqibatlari
       Linkoln hukumati isyonchi quldorlar va ularning qo'shinlarini 
qurolsizlantirish va zararsizlanlirish chora-tadbirlarini ko'rmadi. Konfederatsiya 
harbiylarining deyarli  barchasi erkin qo'yib yuborildi. Natijada 14 aprel kuni 
"Ford" teatrida Teylorning "Bizning amerikalik tog'amiz" komediyasini 
tomosha qilayotgan prezidenl A. Linkoln quldorlarga yollangan aktyor Buts, 
Jon Uilks, Sarrou jami 4 kishi tomonidan o'ldirildi. Bu suiqasd quldorlarning 
pinhona ravishda bildirigan hukumatga nisbatan qarshiligi edi. 1865-1877yillar 
davomida Janubiy shtatlarni siyosiy va ijtimoiy jihatdan qayta tiklash 
(rekonstruktsiya) davrida ayniqsa bu hol yaqqol namoyon bo'ldi.1865 yil 
dekabrida kongress AQSh konstitutsiyasiga negrlar qulligini bekor qiluvchi o'n 
uchinchi, 1866 yilda esa negrlarga saylov huquqini beruvchi o'n to'rtinchi 
tuzatishni kiritdi. Konfederasiyaning rahbarlari davlat lavozimlarini egallashdan
mahrum qilindi. Quldor plantatorlar negrlarni qullikdan ozod qilishni e'tirof 
etsalarda, ularga yer va siyosiy huquqlar berishga qarshilik ko'rsatdilar. 
Negrlarni huquqsiz holda saqlab qolish uchun ularai kaltaklab, terror qiluvchi 
qurolli bandalar tuzdilar. 1866 yildan boshlab Janubda "Ku-kluks-klam" deb 
ataluvchi maxfiy irqiy-terroristik tashkilotlar tuzila boshlandi. Bu tashkilot 
a'zolari plantatsiyalarda mehnat qilishdan bosh tortgan negrlarni o'ldirib, ularni 
siyosiy huquqlardan foydalanishga yo'l qo'ymagan. 1865-1866 yillarda Janubda 
joriy qilingan "Qora kodekslar" negrlarni yerga egalik qilishni yoki ijaraga yer 
olishlarini ta'qiqlagan.Negrlarni olomon qilib o'ldirish bilan shug'ullanuvchi 
"Linch sudlari" keng faoliyat yuritdi.Janub plantatorlarini ilgarigi hukumronlik 
holatini to’liq saqlab qolishga urinishi nafaqat negrlarni, balki, butun mamlakat 
ishchilari, fermerlari va hunarmandlarining keng ommasida norozilik uygotdi. 
Shimol burjuaziyasi yangidan inqilobiy ko'tarilish xavfini sezib Janubni qayta 
tiklash dasturini "yuqoridan" amalga oshirishga kirishdi.Janubni qayta tiklash 
burjua demokratik inqilobining davomi bo'lib, u federal qo'shin yordamida 
amalga  oshirildi. Janubni qayta tiklash davomida ijroiya hokimiyat o'sha 
shtatlarni egallab turgan federal qo'shin nazorati ostida bo'ldi.AQSh fuqarolar 
urushi davomida va undan keyin ham tajovuzkor tashqi siyosat yuritdi. 1862-
1864 yillarda Shimol burjuaziyasi kapitalistik mamlakatlar bilan birgalakda 
Xitoyda taypinlar qo'zg'olonini  bostirishda ishtirok etdi. 60-yillarda AQSh  Yaponiyaning ichki ishlariga aralashib, tengsiz shartnomalar imzolashga majbur
qildi. Fuqarolar urushida g'alaba qilgan Shimol burjuaziyasi Xitoy, Yaponiya va
Alyaskaga nisbatan ckspansiya siyosatini davom elUrdi.1867 yilda Tinch 
okeanining shimoliy qirg'oqlarida chor Rossiyasining zaiflashib qolganligidan 
foydalangan AQSh Rossiyadan arzimas 7,2 mln. dollarga Alyaska yarim oroli 
va Aleut orollarini sotib oldi.AQSh fuqarolar urushi juda muhim oqibatlarga 
sabab bo'ldi. Urushda Shimolning g'alaba qilishi natijasida AQShning birligi 
saqlab qolindi. Prezidentlik lavozimi, senat va oliy sud burjuaziya nazoratiga 
o'tdi. Plantatorlar davlatdagi siyosiy hukumronlik mavqeyidan mahrum 
bo'ldilar. Fuqarolar urushining asosiy ijtimoiy muvaffaqiyali-qulchilikni bekor 
qilinishi va gomsted haqidagi qonunlar bo'ldi. Urush natijasida mamlakatda 
fermerlik, ya'ni qishloq xo'jaligida kapitalistik taraqqiyotning "Amerikacha 
yo'li" g'alaba qildi. U ichki bozorni kengayishiga g'ov bo'lib turgan barcha 
to'siqlarni bartaraf etib, sanoat va qishloq xo'jaligini jadal rivojlanishi uchun 
turtki berdi. Mamlakat milliy birligini saqlab qolinishi, AQSh hukumron 
doiralarining bosqinchilik siyosatini yuritishiga qo'l keldi.
     AQSH ning iqtisodiy taraqqiyoti va uning sabablari.
1776 yil 4-iyulda mustaqilikka erishgan AQSH, 1787 yildagi Konstitusiya  
asosida demokratik yo’l bilan taraqqiyot sari odimladi. 1861-1865 yillardagi 
fuqarolar urushi va qulchilikning bekor qilinishi mamlakatni yana ilgari 
rivojlanishi uchun yo’l ochib berdi. Buning ustiga AQSH ning o’z hududlarini 
ancha kengaytirib olgani (1822 yilda Floridani sotib olinishi, 1848 yilda 
Meksikadan Texas, Nyu-Meksika va boshqalarni tortib olinishi, 1867 yil  
Alyaskani qo’lga kiritilishi) natijasida bitmas, tuganmas yer osti va yer usti 
boyliklariga ega bo’ldi.Ishlab chiqarish kuchlarining tez taraqqiy qilish uchun 
yangi sharoit vujudga keldi. Bu davr AQSHda kapitalizm tez suratlar 
bilanrivojlanganligi va sanoat to’ntarishi sodir bo’lganligi bilan xarakterlanadi. 
1894 yilga kelib, AQSH sanoat ishlab chiqarish jihatidan 1 -o’ringa chiqib oldi. 
Ilgari Angliyaning mustamlakasi bo’lgan bu o’lka jahondagi eng rivojlangan 
industrial -agra mamlakatga aylangan.40 yilda, ya'ni 1899 yilga kelib 
korxonalar soni 3 marta, ishchilar soni 4 marta, maxsulot ishlab chiqarish 7 
marta, ishga solingan sarmoyalar 10 marta ko’paydi. XX asr chegarasida AQSH
da sarmoyasi 1 mln. dollardan ortiq bo’lgan 447 korxona bor edi.Shiddatli 
raqobat kurashi 1873, 1884, 1893 yillardagi iqtisodiy inqirozlar natijasida juda 
ko’p mayda korxonalar sinib, ishlab chiqarish yiriklashdi. J.Rokfellerning neft 
maxsulotining 90 % ga ega bo’lgan "Standart oyl" (1870), Julius Spekser 
Morganning "Tamaki" trest (1884) lari keyin "Amerika paxta moyi", "Milliy 
zig’ir moyi", "Qand -shakar trestlari XX asr boshlarida (1901 yil) tuzilgan. 
Yana o’sha Morganning 66 % po’lat nazoratida "Po’lat tresti", Dyuponning  "Kimyo tresti", Fordning 1902 yil "Ford motor" kompaniyasi, u traktor, tenis, 
samolyot va boshqa ishlab chiqargan "Jeniral Motors"dan so’ng 2 o’rinda 
turadi. Uning tarkibida harbiy texnika asosiy o’rinni  tashkil etadi. 
Avtombilsozlik nafaqat AQSHda balki jahonda nufuzi katta edi. Morganiyada 
moliya guruhining ilk banki "Morgan granti tresti" kompaniyasi (1861) bo’lib, u
Nyu Yorkda tashkil etildi. Uning 20,4 milliard $ yuqoridagi bankka tegishli. 
"Jeneral Mortos", "Jeneral elektr", "Yunayted Stats Stil", "Amerika telefon va 
telegraf va boshqa korparatsiyalarni shuningdek ko’mir, to’qimachilik, neft, 
kimyo va boshqa tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Guruh AQSH siyosiy hayotida 
muhim o’rin tutadi.1903 yilda Morgan va Rokfeller kompaniyalari AQSH dagi 
22 milliard dollar kapitali bo’lgan 112 ta bankni nazorat qilib turgan.AQSHda 
kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi sabablari:1. Taraqqiyotga 
g’ovbo’lgan qulchilikka barham berildi.
  2. AQSH da yer -mulk davlat qo’lida edi, xalaqit beradigan qirol ham, 
zamindor zadagon ham, yer mulki bo’lgan ruhoniylar ham yo’q edi. Masalan, 
6.048.111.608 akr yer, ya'ni mamlakat butun yer maydonining yarmidan ko’pi 
hukumat qo’lida bo’lib, u sanoat egalari va bankirlarga suv tekinga berardi; 
fermerlar ham yer osti boyliklarini arzon narxda sotib olish yoki ijaradan 
foydalanish imkoniga ega.
  3. Hindularning yerlari tortib olindi.
 4. AQSH kapitalistlari katta-katta hududlarni bosib olib, yer rentasi 
to’lamadilar va boyib ketdilar.
.5. Tabiiy resurslar ko’mir, temir, o’rmon, neft, mis va boshqa boyliklar ko’p 
edi.        
   6. Yevropa mamlakatidan kapitalidan unumli foydalandi.
7. Immigratsiya natijasida qo’shimcha arzon, ishchi kuchi mavjudligi, shu sabab
aholi sonining oshganligi.
  8. Qishloq xo’jaligida kapitalizm taraqqiyotlarining "Amerika yo’li" g’alabasi.
9. G’arbning tezlik bilan kolonizatsiya qilinishi va temir yo’llar qurilganligi.
10. AQSH mustaqillik va dehqonlar urushidan so’ng urushsiz va katta 
xarajatlarsiz rivojlanish imkoniga ega bo’ldi.               Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Маникин А.С. История двухэтапной системи США (1789-1980). M., 
1981.
2. Новая история стран Европи и Америки.M., 1998.
3. Jahon tarixi. T., "Meros", 2004.
4. Yangi tarix. 11-IIIq. T ., O'qituvchi". 2004

XIX asrning birinchi yarmida Amerika Qo'shma Shtatlari.AQSHda fuqarolar urushi. REJA: 1. Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari. 2. Ijtimoiy-siyosiy harakatlar va siyosiy parliyalar. 3. Qulchilik, unga qarshi kurash va abolitsion harakat. 4. Tashqi siyosatning o'ziga xos xususiyatlari. 5. Fuqarolar urushining shart-sharoitlari va kelib chiqish sabablari. 6. Fuqarolar urushining boshlanishi. 7. Urushning borishi va bosqichlari. 8. Urushning yakuni va oqibatlari

Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari XIX asrning birinchi yarmida AQSHda kapitalizm jadal rivojlandi. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida fabrika sanoati va kapitalistik fermerchilik xo'jaligi taraqqiy etdi. AQSHning g'arbida esa mayda fermerchilik, mustaqil mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishi hukmronlik qildi. Umuman olganda mamalakatning Shimoli va G'arbida kapitalistik munosabatlar tez o'sdi. Janubda esa AQSH iqtisodining boshqa bir ko'rinishi plantatsiya quldorchilik xo'jaligi rivollanib bordi. Shimol va Janubda iqtisodiy taraqqiyotning yo'llaridagi turlixillik mamlakat taraqqiyotiga juda katta ta'sir o'tkazdi.AQSHning G'arbidagi yangi yerlarni o'zlashtirilishi Yevropadan ko'p miqdorda ko'chkinchilar (emigrantlar) ommasining kelib o'rnashishiga qulay sharoit yaratdi. Emigrant aholi orasida yuz minglab malakali hunarmandlar va ishchilar mavjud edi. Emmigratsiya shusiz ham tez o'sayotgan mamlakat aholisi sonini keskin oshirib yubordi. 1800-1820 yillarda mamlakat aholisi 5,3 mln. kishidan, 9,6 mln. kishiga ko'paydi. 1850 yilda esa aholi soni 23,2 mln. kishiga etdi. Ammo shunga qaramasdan, AQSHda ishchi kuchlariga bo'lgan ehtiyoj Yevropaga qaraganda ancha ortiq edi. Bu hol ma'lum bir miqdorda AQSHning shimoliy hududlarida mashinalardan foydalanishga ertaroq o'tilishiga ham sabab bo'ldi. Vaholanki, bu vaqtda mamlakat janubida qullar mehnatidan keng foydalanilar edi.Shunday qilib, AQSHda kapitalistik munosabatlarning rivoji nihoyatda bir murakkab bo'lib, unda turli ishlab chiqarish usul va shakllari, ekspansiya, immigralsiya kabi omillar bilan qorishib ko’gan.AQSH tarixining XIX asrning birinchi yarmi uchun xos bo'lgan eng jirkanch xususiyatlaridan biri, bu mahalliy aholi hindularni qirg'in qilinishi va Afrikadan tutib keltirilib, qulga aylantirilgan negrlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi edi. AQSH aholisining keltirilgan har ikkala toifasi ham barcha fuqarolik huquqlaridan mahrum qilingan edi. G'arbdagi unumdor yerlarda yashayotgan hindu qabilalari bilan ko'pincha amerikalik mustamlakachilar hindularning mazkur yerlarga egalik huquqini tan olgan shartnomalarni imzolaganlar, ammo keyinchalik bu shartnomalar buzilib, ularning yerlari tortib olingan, o'zlari esa qirilgan yoki G'arbga tomon siqib qo'yilgan. Mustamlakachilar hindularning harbiy kuchlarini zaiflashtirish maqsadida qabilalar orasida nifoq chiqarish usullaridan, ya'ni, birini ikkinchisiga qarshi qo'yish kabi hollardan ham foydalanganlar.1812-1814 yillardagi Angliya bilan bo'lgan urushdan so'ng hindularni G'arbga siqib borish kuchaydi. Hindular majburiy ravishda "rezervatsiya" deb ataluvchi tabiati noqulay bo'lgan, maxsus ajratilgan tumanlarga ko'chirilgan. Hindularning qarshilik harakatlari maxsus ravishda qonli jazo otryadi yoki ekspeditsiyalari tomonidan bostirilgan. Masalan, Indianada hindularning krik qabilasi ko'targan qo'zg'olon bostirilib, qabila

boshlig'i Tekumse o'ldiriladi. Amerikalik muslamlakachilar uning terisidan kamar yasatadilar.Hindularni asoratga solish jarayoni kopincha boshqa davlatlarning hududlariga boslirib kirish bilan birga davom etgan. AQSH qo'shinlari hindularni ta'qib qilib,Ispaniyaga tegishli bo'lgan Sharqiy Floridaga bostirib kirganlar. Bungacha ham, AQSHning ko'pgina quldor plantatorlari Floridada yashaganlar. Ularning qo'llab-quvvatlashi natijasida AQSH 1819 yilda Ispaniya hukumatini Sharqiy Floridadan voz kechishga majbur qildi. Buning uchun AQSH Ispaniyaga 5 mln. dollar to'ladi. Bu bilan AQSH o'zini mazkur hududni bosib olgan emas, balki sotib olgan qilib ko'rsatdi. Sharqiy Floridada yashagan hindularning seminola qabilasining bir qismi qirib tashlandi.XIX asrning 20-30-yillarida hindular Missisipi daryosi ortiga siqib chiqarilgan. Ularning ko'p qismi qirib tashlangan. Jorjiyadan g'arb tomonda hindularning chirok qabilasining tinch aholisi istiqomat qilgan. Ular o'zlarining maktablari, alfaviti, tipografiya va hatto gazetalariga ega bo'lgan. Chirok qabilalari yashayotgah hududda oltin zahiralari kashf etilgach, ularning mazkur hududdagi yerlarga egalik huquqini kafolatlovchi sharlnomalar bekor qilinib, u yerlar jamiyat mulki deb e'lon qilindi. AQSH qo'shini chiroklarni G'arbdagi rezervasiyalarga haydadi. Bunda 4 000 dan ziyod hindular halok bo'idi.1835- 1842 yillarda Floridadagi seminola qabilalari bilan AQSH qo'shini o'rtasida ikkinch urushi bo'lib o'tdi. Natijada hindularning qarshiligi bulunhy tugatildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ikki xil xususiyat: kapitalistik va quldorlik ishlab chiqarish munosabatlari mavjud bo'lgan.Mamlakat Shimoli va G'arbida kapitalizm tez suratlar bilan o'sgan. XVII asr oxirlaridan shimoli-sharqiy shtatlarda mexanik ip yigirish, paxta tozalash (chigitlash) dastgohlari paydo bo'lgan. 1814 yil Messachusetsda mexanik dastgohlardan keng foydalanilgan. 1815 yilda AQSHning yengil sanoatida 130 mingdan ziyodroq mexanik urchuqlar bo'lgan bo'lsa, 1860 yilda ularning soni 5236000 ga etgan. Mexanik urchug’lar bo'yicha AQSII dunyoda Angliyadan keyin ikkinchi o'rinda turgan. Shunday qilib, XIX asrning 40 yillarida AQSHning to'quvchilik sanoati tez o'sdi.1837 yildan AQSH metallurgiyasida toshko'mir yonilg'isidan foydalanishga o'tila boshlagan. Buning natijasida temir ishlab chiqarish ko'rsatkichlari tez oshib bordi. Og'ir sanoatning eng rivojlangan tumanlaridan biri bu Pensilvaniya edi. XIX asrning 40 -yillaridan AQSHda qishloq xo'jalik mashinalarning o'rish, ekish kabi mexanizmlarga ixtisoslashtirilgan turlaridan foydalana boshlashgan. Shunday qishloq xo'jalik mashinalarining aksariyati Angliyadan keltirilgan. Texnika sohasida AQSH hali Angliyadan ortda edi. Bug' dvigatellaridan foydalanish AQSH sanoatida XIX asrning 50-yillaridan keng foydalana boshlangan.30-40 - yillarda AQSHning transport sohasida

to'ntarish yuz berdi. 1807 yildayoq sinalgan Fultonning bug' kemasidan 20- yillarga kelib daryolardagi qatnovda keng foydalanildi. 1838 yildan esa Atlantika okeani orqali bug' kemalarining doimiy qatnovi yo'lga qo'yilgan. AQSHning dengiz savdosi floti yuk ko'tarish ko'rsatkichlari bo'yicha Angliyanikiga tenglashgan bo'lsada, u asosan yelkanli kemalardan iboral edi.1825 yilda Buyuk Ko' llarni Gudzon daryosi orqali Atlantika okeani bilan birlashtirgan Eri deb nomlanuvchi kanal qurildi. 20-yillarning oxirlaridan temir yo'llar qurilishi boshlandi. 1850 yilda AQSH temiryo'llarining uzunligi 9 ming milga etdi. Temiryo'llar va kanallar mamlakalning Shimoli-G'arbiy hududlarini Janubiy shtatlar bilan birlashtirib G'arbni o'zlashtirishda katta ahamiyat kasb etdi. Shimolda sanoat to'ntaruvi fabrika ishchilarining sonini oshishi balan birga bordi. Ijtimoiy-siyosiy harakatlar va siyosiy partiyalar Aholisi zich bo'lgan Shimoli-Sharqiy tumanlarda ishchilarning ahvoli og'ir bo'lgan. 20-30 - yillarda o'rtacha 12,5 soat ish kuniga ega bo'lgan ishchilar bir kunga bir dollar ish haqi olganlar, ammo bu tirikchilik uchun zarur bo'lgan eng oz miqdordagi oziq-ovqat uchun ham yetmas edi.1837-1842 yillarda AQSHda dastlabki ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi yuz berdi. Inqiroz ishchilarning turmush darajasini keskin tushirib yubordi. AQSHda navbatdagi ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 1857 yilda yana sodir bo'ldi.XIX asrning 20-yillari oxirlarida AQSHda ishchilarning mehnat sharoitini, huquqiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun kurash boshlandi. Ularning eng asosiy talablari 10 soatlik ish kunini joriy qilish, ish haqini oshirish, qarzlar uchun hibsga olishni bekor qilish, jamiyat (davlat) maktablarini ochish, barcha erkaklarga saylov huquqini berish, G'arbdagi yerlardan ularga yer uchastkalari berish va boshqalardan iborat edi. Ishchilar tez-tez ish tashlashlar uyushtirib turdilar. Sexlarning turlariga qarab malakali ishchilarning kasaba uyushmalari tuzildi. 1842 yilda AQSH Oliy sudi ishchilarning ish tashlashlari va kasaba uyushmalarini tuzishga ruxsat beruvchi qonunni joriy qilishga majbur bo' Idi. 1828 yil Filadelfiyada dastlabki ishchi parliyasi tashkil topdi. Shunday partiyalar Nyu-York va boshqa shaharlarda ham tuzitdi. 1828-1834 yillarda turli nomlar bilan ataluvchi 60 dan ziyod ishchi partiyalari tuzildi. Bu partiyalar asosan umumdemokratik talablarni ilgari surib, ishchilarning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun harakat qijdilar. Shuningdek, ayrim partiyalar yer uchastkalarini bo'lib berilishini, ayollarning siyosiy huquqlarga ega bo'lishi va qulchilikni bekor qilinishini ham talab qildilar. Xalq ommasining talabi bilan ko'pchilik shtatlarda qarzlar uchun hibsga olish bekor qilinib, erkaklar uchun umumiy saylovlar huquqi vajamiyat maktablari joriy qilindi.XIX asrning birinchi yarmi AQSH Janubida quldorlik plantatsiyalarning jadal o'sish davri ham bo'ldi. 1793 yilda E.Uitni tomonidan

paxta tozalash (chigitlash) dastgohini ixtiro qilinishi natijasida XIX asrning birinchi yarmida quldorlik plantasiyalarida tamaki o'rniga paxta keng ravishda etishtirishga o'tildi. Shuningdek, Janubda shakar qamish ekish ham kengaydi. Paxtaning aksariyati Angliyaga eksport qilindi. Paxta yetishtirishga ixtisoslashuv AQSH Janubini G'arbiy Yevropa mamlakatlarining agrar xom ashyo bazasiga aylantirdi. Keyinchalik Janubda etishtirilayotgan paxtaning bir qismi Shimoldagi to'qimachilik sanoatida qayta ishlana boshlandi.Quldorlik plantasiyalarida paxta monokulturasi (yakka hokimligi) Janub yerlarining unumdorlik darajasini tushirib yubordi. Natijada yangi unumdor yerlarga ehtiyoj orta bordi. Buni paxta xom ashyosiga bo'lgan talabning kuchayishi natijasida, ekin maydonlari hajmini kengaylirish zaruriyati ham taqozo etmoqda edi. Quldorlar mamlakat janubidagi va g'arbidagi yerlarni ekspansiya qilishga kirishdilar. Shimoli-G'arbdagi kapitalist-fermerlar han bunday ekspansiyadan manfaatdor edilar.Qulchilik, unga qarshi kurash va abolitsion harakat 1809 yilda AQSHga qullarni keltirishni taqiqlovchi qonun chiqdi. Biroq endi kontrabanda yo'li bilan yiliga 15 mingga yaqin qullar keltirilgan. 1790 yilda AQSIIda 760 ming negr qul bo'lgan bo'lsa, 1860 yilda ularning soni 4 mln.ga etdi.AQSHda fermerlar bilan plantatorlar o'rtasida Missisipidan g'arbdagi yerlar uchun keskin kurash davom etdi. Shimol aholisining tez o'slshi natijasida shtatlarning vakillik palatasida Shimol deputatlari sonining oshisbi tufayli qulchilik bekor qilindi. Ammo Scnatda quldorlik shtatlarining mavqei baland edi. Quldorlik va ozod shtatlar soni o'zaro tenglashgach, quldorlar quldorlik shtatlarini sonini oshirishga harakat qildilar. 1820 yilda Missuri va Men kabi yangi shtatlar tashkil qitindi. Qullik masalasini endi bu shtatlarning o'zlari hal qilishi lozim edi. Shu yili AQSH kongressi 36° 39" dan shimolda (Missuridan tashqari) qullikni ta'qiqlovchi qaror chiqardi. Bu AQSH tarixida Missuri kelishuvi deb nom oldi.XIX asrning 30-yillaridan AQSHning ijtimoiy hayotida qulchilik masalasi muhim o'rin egalladi. Buning asosiy sabablaridan biri qullar qarshiligining kuchayishi edi. AQSH tarixida qullarning isyonlari va qo'zg'olonlari ko'p bo'lgan. XIX asrning birinchi yarmida ko'tarilgan qullarning qo'zg'olonlari orasida eng yirigi 1831 yil avgustida Virginiyada negr qul Nat Terner rahbartigida ko'larilgan qo'zg'olon edi. Qo'zg'olonlar bilan birga 30- yillardan qulchilikni bekor qilish (abolitsion - bckor qilish) uchun oq tanli aholi orasida ham harakat bohlandi. Bu "abolitsion harakat" deb nomlandi. Abolitsion harakat asosida fermerlar, hunarmandlar va qisman o'rta burjuaziya vakillarining demokratik huquq va erkinliklar, ayniqsa, g'arbdagi yerlarga borib o'rnashishi uchun kurash yotar edi. 1838 yil abolitsionistlar qochoq negr qullarga yordam berisb maqsadida "Yer osti temir yo'llari jamiyati" nomli maxsus tashkilot tuzdilar. Bu maxfiy jamiyat 10 minglab qochoq va ta'qibdagi