XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi
Mavzu: XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi Reja: 1.O’rta Osiyo xonliklarida tarixiy bilimlarning rivojlanishi. 2.XVII-XYIII asrlarda Buxoro xonligida tarixnavislik. 3.Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi. 4.Kukon xonligida tarixiy bilimlar taraqqiyoti.
Mamlakat tarixshunosligi O’rta Osiyoning o’rta asr tarixini o’rganish bo’yicha oz ish qilgani yo’q. Lekin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar O’rta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o’rganish bo’yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to’g’risida esa gapirmasa ham bo’ladi»,- deb yozadi tarixshunos B. Axmedov o’zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI-XVIII asrlarda O’rta Osiyoning tarixiy-jo’g’rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida. O’rta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to’la o’rga-nilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo’qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo’lganda ham O’rta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan hayoti tariximizning eng kam o’rganilgan davrlaridir. Inqilobgacha bo’lgan davrda bu masalaga juda kam e`tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e`tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o’rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo’ldi. Biroq, XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko’p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B. A. Ahmedov, B. G’. G’afurov, E. A. Davidovich, X. 3. Ziyoev, R. B. Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. CHexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin.O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganuvchilar uchun «O’zbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko’makchi bo’la oladi. Ulardan birinchisi - O’rta Osiyo qadimgi tarixiga doir ma`lumotlar to’plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «O’zbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan O’rta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to’plagan, XVI-XIX asrlarning sayohatchilari jo’g’rofiya olimlari aytgan ma`lumotlar o’rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barchaasrlarda dunyoga ma`lum va mashhur bo’lganini ta`kidlaydi. Qadimda aynan shu O’rta Osiyo orqali Uzoq SHarq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo’llari o’tgan edi. Biroq dengizda suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovrupodan Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochganlari bois, O’rta Osiyo da asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy
aloqalar susaya boshladi. Xullas, nima bo’lganda ham XVI-XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,- deb yozadi B. V. Lunin,- g’arbiy Ovrupo va Rossiyadagi O’rta Osiyo to’g’risidagi bilimlar, O’rta Osiyoda esa g’arbiy Ovrupo va Rossiya to’g’risidagi bilimlar chala edi. Biroq bir-biri to’g’risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi. Bu masala xususidagi o’z fikrlarimizni keyingi bobda keltiramiz. Hozir esa XVI- XIX asrdagi O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy manbalari xususida gaplashsak. Ular juda ko’p va xilma-xil. Ishimizni o’z asarida XVI-XX asrlar orasida yozilgan ellikdan oshiqroq qimmatli tarixiy-jo’g’rofiy, falakiyotga oid, memuar va biografik mazmunli, O’rta Osiyoning XVI- XVIII asrlar orasidagi hayoti xususida boy ma`lumotlar beruvchi SHarq qo’lyozmalarini tahlil etib chiqqan sharqshunos B. A. Ahmedov ancha engillashtirdi. B. A. Ahmedov asarining ikkinchi bo’limida rus va chet el elchilari - Antoniy Jekinson, I. D. Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar, Floriya Beneveni va Novopat-ros mitropoliti Xrisanfning XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo to’g’risidagi, uning o’sha davrdagi Rossiya bilan aloqalari haqidagi ma`lumotlari keltiriladi. Bu ma`lumotlar fors-turk, arab tillaridagi manbalarning ma`lumotlari bilan taqqoslanib, ancha tarixiy faktlar aniqlashtirildi. eng muhimi, B. A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar ishini engillatadigan ish qildi- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og’ir, mas`uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, O’rta Osiyo XVI-XIX asr tarixini o’rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti - qiyoslash va bor ma`lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasiga amal qilgan. Buning uchun B. Ahmedov o’z tahliliga muayyan bir davr bo’yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «SHayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut- tavorix», «Badoe` ul-vaqoe» dir. SHu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham kiritib to’g’ri qilgan. «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir. Bu erda muallif bir voqea to’g’risidagi turli manbalar ma`lumotlarini solishtirmoqchi emas. Bu alohida izlanish,
shug’ullanishni talab etadi. Buning ustiga muallif bu asarida O’rta Osiyoning ko’rilayotgan davriga oid barcha yozma yodgorliklarni qamrab olgan emas. SHuning uchun muallif mumkin qadar to’la, ishonchli va qimmatliroq, O’rta Osiyo xalqlari tarixining yorqin davrlarini tasvirlovchi asarlarga murojaat etgan. «O’rta Osiyo hayotining boshqa davrlari to’g’risida ham shunga o’xshash tadqiqotlar o’tkazish,- deb yozadi B. Ahmedov,- masalan, arablar hukmronligi (VIII-IX asrlar) davri yoki yangi va eng yangi, (XIX-XX asrning boshi) davrni o’rganish fanga katta hissa bo’lib, SSSR va chet ellarda saqlanayotgan qo’lyozmalarning, yozma yodgorliklarning tezroq ilmiy sohaga kiritilishiga yordam bergan bo’lardi». Misol sifatida bu asarlarning keng o’quvchilar ommasiga har holda tanish bo’lgani - «Tavorixi guzida» («Nusratnoma») ni qisqacha tahlil qilamiz. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoqda ko’chmanchi feodal boylar va oliy hokimiyat o’rtasida keskin kurash bordi. Abulxayrxonning (1428-1468) o’limidan so’ng ayniqsa, bu qonli o’zaro urush yanada kuchaydi. Hokimiyat tepasiga uning nabirasi - Abulxayr SHayboniy (1488-1510) kelganidan so’ng uzbek feodallarining nizolari barham topdi. U ko’pchilik o’zbek urug’larini birlashtirib. temuriylarga qarshi chiqdi. XV asr oxiri, XVI asr boshlarida ko’chmanchi o’zbeklarning O’rta Osiyoning madaniy ray-onlariga tomon harakatlanishi avj oldi. Biz «Nusratnoma» da o’sha davr tarixiy sharoitning qanchalik murakkabligi, Movarounnahr xalqining noroziligi kuchayishining, Samarqand, Buxoro, O’sh, Axsi, Andijon, Qarshi, Qorako’l va O’rta Osiyoning boshqa ko’plab shahar va mintaqalaridagi qo’zg’olonlarning sabablarini tushunish uchun ko’plab qiziqarli ma`lumotlar topamiz. Muallif qorako’l qo’zg’oloni to’g’risida ayniqsa muhim ma`lumotlarni keltiradiki, ularni XVI asrning boshqa birorta manbasida uchratmaymiz. O’zbek xalqi etnogenezi, XV-XVI asrlardagi O’rta Osiyo aholisining etnik tarkibi bilan shug’ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qiziqarli ma`lumotlar olishlari mumkin. SHunday qilib, barcha turk va mo’g’ullarning afsonaviy bobosi hisoblangan O’g’izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa CHingizxon va uning avlodlari
tarixini, SHayboniyxonning tug’ilishidan, to Samarqand taxtiga o’tirgunicha o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Uning 909 (1503-1504) yilgacha butun Movarounnahr hududini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan. Kirish qismidan ko’rinadiki, kitob 1502-1505 yillar orasida yozilgan. U eski o’zbek tilida bo’lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko’p tadqiqotchilarning bahsiga sabab bo’lgan. Masalan, P. I. Lerx Jaloliddin Rumiyning o’g’li Sulton Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. P. YUding taxminicha muallif SHayboniyxonning o’zi. Tanqidiy matn tuzgan, so’zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A. M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi. «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada topilgan. Birinchi qo’lyozma mamlakatimiz FA SHarqshunoslik ilmgohining Leningrad bo’limida (V -745: 147 l) va ikkinchi qo’lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226; 148 l.) saqlanmoqda. Qo’lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz ahvolda - mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o’z asarida bu kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba`zi varaqlar o’rni chalkashgan, ba`zi voqealarning qaytarilishi uchraydi. «Nusratnoma» hanuzgacha to’liq tarjima qilinmagan. S. K. Ibrohimov va V. P. YUdin bu asarning ba`zi parchalarini o’zbekchaga o’girishgan. «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» dan tadqiqotchilar B. V. Bartol’d, A. A. Semyonov, S. K. Ibrohimov, R. G. Muqminova, S. A, Azimjonova, K. e. Petrov, B. A. Ahmedov va A. M. Ak-ramovlar o’z ilmiy izlanishlarida ancha keng foydalanishgan. Kelgusida bu asarni keng o’quvchilar ommasiga tushunarli tilda, izohlar bilan nashr etish muhim ishlardan biridir. Bu asar SHayboniyxon tarixiga bag’ishlangan. XVI asrning mashhur shoiri va tarixchisi Kamoliddin Binoiyni uning muallifi deyishadi. Bu qo’lyozmaning qimmatli nusxasi O’zbekiston jumhuriyati FA SHarqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda.