XVI—XIX asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari tarixshunosligi
XVI—XIX asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari tarixshunosligi Reja: 1. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik tadqiqotlar. 2.Asosiy manbalar: “Shayboniynoma”, “Tavorixi Guzida”, “Tarixi Muqimxoniy”. 3. Qo’qon xonligi tarixshunosligi.
Tayanch tushunchalar: Saj,bug'lot,Shajarai turk, Shajarai tarokkima. Mamlakat tarixshunosligi O'rta Osiyoning O'rta asr tarixini o'rganish bo'yicha oz ish qilgani yo'q. Lenin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar Urta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o'rganish bo'yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to'g'risida esa gapirmasa ham bo'ladi»,— deb yozadi tarixshunos B. Ahmedov o'zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII asrlarda Urta Osiyoning tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida. Urta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to'la o'rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo'qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo'lganda ham Urta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan hayoti tariximizning eng nam o'rganilgan davrlaridir. 1917-yilgacha bo'lgan davrda bu masalaga juda kam e'tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e'tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o'rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi Urta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B.A.Ahmedov, B.G'. G'afurov, YE.A.Davidovich, X.S.Ziyoyev, R.B.Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin. Urta Osiyo xalqlari tarixini o'rganuvchilar uchun «Uzbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko'makchi bo'la oladi. Ulardan birinchisi -- Urta Osiyo qadimgi tarixiga doyr ma'lumotlar to'plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «Uzbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan Urta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to'plagan, XVI—XIX: asrlarning sayohatchilari jo'g'rofiyun olimlari aytgan ma'lumotlar o'rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barcha asrlarda dunyoga ma'lum va mashhur bo'lganini ta'kidlaydi. Qadimda aynan shu Urta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo'llari o'tgan edi. Biroq dengizda
suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovr.ulodan Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochganlari bois, Urta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi. Xullas, nima bo'lganda ham XVI—XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,— deb yozadi B. V. Lunin,— G'arbiy Ovrupo va Rossiyadagi Urta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, Urta Osiyoda esa G'arbiy Ovrupo va Rossiya to'g'risidagi bilimlar chala edi. Biraq bir-biri to'g'risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi.» A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi -- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og'ir, mas'uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, Urta Osiyo XVI—XIX asr tarixini o'rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti — qiyoslash va bor ma'lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasyga amal qilgan. Buning uchun B.Ahmedov o'z tahliliga muayyan bir davr bo'yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoye' ul-vaqoye» dir. Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham- kiritish qilgan. «Tavorixi guzida»,— «Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir. O'zbek xalqi etnogenezi, XV—XVI asrlardagi Urta Osiyo aholteyning etnik tarkibi bilan shug'ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qizdqarli ma'lumotlar olishlari mumkin) barcha turk va mo'g'ullarning afsonavii bobosi hisoblangan Ug'izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa Chingizxon va uning avlodlari tarixini, Shayboniyxonning tug'ilishidan, to Samarkand taxtiga o'tirgunicha o'tgan davrni o'z ichiga ola-di. Uning 909 (1503—
1504) yilgacha butun Movarounnahr hudu-dini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan. Kirish qismidan ko'rinadiki, kitob 1502—1505 yillar orasida yozilgan. U eski uzbek tilida bo'lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko'p tadqiqotchilarning bahsiga sabab bo'lgai! Masalan, P.I.Lerx Jaloliddin Rumiyning o'g'li Sulton Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. P. Yuding taxminicha muallif Shayboniyxonning o'zi. Tanqidiy matn tuzgan, so'zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A.M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir3. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi. «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada topilgan. Birinchi qo'lyozma mamlakatimiz FA Sharqshunoslik ilmgohining Leningrad bo'limida (V — 745: 147 1) va ikkinchi qo'lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226; 148 1.) saqlan-adoqda. Qo'lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz ahvolda — mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o'z asarida bu kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba'zi vdraqlar o'rni chalkashgan, ba'zi voqealarning qaytarilishi uchraydi. Shayboniylar sulolasidan, Xiva xoni (1645-1663) va yirik tarixchi. olim, tabib. Habash sulton va Ilbors sultonlar otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal'iga kamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan Isfandiyor Eronga Abulg'ozi sulton esa Buxoroga Imomqulixon (1611-1642) huzurida qochdi. 1623 yilda Isfandiyorxon bilan o'rtalarida nizo qichib, 1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochib bordi, so'ng ikki yil Toshkent hokimn Tursuvxon huzurida bo'ldi. Ko'p o'tmay, xivalik turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Isfandiyor uni Xiva hoknmi etib tayinlashga majbur bo'ldi. 1629 yilda Xiva turkmanlari Eronga tobe bo'lgan Niso va Durunta bosqin qildilar. Isfayadiyorxon Xivaning Eron bilan munosabatlarining buzilib ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi.
Abulg'ozi sulton shu tariqa o'n yil Eronda, Isfahon yaqinida joylashgan Taborak qal'asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat qildi. 1643 yilda orollik o'zbeklar uni xon qilib ko'tardilar. Oradan ikki yil o'tgach, Abulg'ozi sulton Xiva taxtiga o'tirdi. U Xivada feodal tarqoqlikni tugatish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, mamlakatning mustaqilligini ta'minlash uchun kurash olib bordi. Abulg'ozi-xon 1663 yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshirdi va oradan ko'p o'tmay, o'sha yilning 12 yavgustida yorug' jahondan ko'z yumdi. Abulg'ozi Bahodirxon yetuk tarixchi olim sifatida e'tiborga sazovordir. Uning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari Urta Osiyo xalqlari tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. «Shajarayi tarokima»da turklar-ning afsonaviy podshosi Ug'uzxon, uning avlodi va ularning zamonida yuz bergan voqealar qisqacha bayon etilib, turkman urug'lari haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Ikkinchi asar asosan Chingizxon va uning avlodlari, xususai Xorazmda 1512 yildan hukmronlik qilgan shayboniylar haqidadir. Abul-g'ozixonning bu asarlari rus, fransuz, nemis tillariga tar-jima qilinib chop etilgan. Abulg'ozi tibb ilmiga oid «Mano-fi' ul-inson» («Inson uchun foydali tadbirlar») degan kitob ham yozgan. Asar to'rt qismdan iborat: birinchi qismda — turli oddiy dorilar, ikkinchisida - murakkab dorilar, uchinchi qism-da —umumiy davolash usullari haqida, to'rtinchi qismda esa olim o'zidan- oldin o'tgan tabiblarning bemorlarni davolash xususidagi fikr-mulohazalari va ayni paytda o'zining fikr-mulohazalarini ham keltiradi. Asarning ahamiyati shundaki, unda muallif xalq tabobatida qo'llanilgan dorilar haqida qimmatli ma'lumotlar keltirgan. O'rta Osiyo, Qozog'iston va ular bilan qo'shni bo'lgan xorijiy mamlakatlarning XVI asrdagi tarixi bo'yicha asosiy manbalardan biri «Sharafnomayi shohiy» dir. U ko'pincha «Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar Shayboniy Abdullaxon II ning topshirig'i bilan 1584—1590 yillar orasida yozilgan. Asar muallifi buxorolik mashhur shoir va muarrix Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad al- Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma'lumotlar kam. Ayrim,