logo

Xona interyeri hamda jihozlanish dizayni zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.54296875 KB
Xona interyeri hamda jihozlanish dizayni zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari
Reja:
1. Interer va fasadlarni bo‘yash
2. Xona intererini bezatish
3. Xona intereridagi badiiy bezaklar.  
4.Umumta’lim   maktablarida   texnologiya   ta’limi   o‘quv   xonalarini   jihozlash   va
unga qo‘yiladigan talablar.
5.O‘quv ustaxonalarini jihozlash dizayni va zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari. Interer va fasadlarni bo‘yash  
Ta’lim muassasasi   devorlarni bo‘yash da  ranglar turli yoshdagi o‘quvchilarga
turlicha ta’sir etishini  hisobga olib amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda ana shu ta’sirni
bilmaydigan   kishilar   tomonidan   devorlarni   bo‘yashda   ayrim   kamchiliklarga   yo‘l
qo‘yiladi.   Bu   ish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   barcha   tadbirlarda   badiiy   sovet   va   tasviriy
san’at   o‘qituvchilarining   ishtirok   etishi   maqsad   muvofiqdir.   Devorlarni   bo‘yashda
ranglarni   o‘z   o‘rnida   qo‘llash,   ularning   psixologik   ta’siriga   alohida   e’tibor   berish
lozim.   Ranglarni   o‘z   o‘rnida   qo‘llanishi   pirovard   natijada     ta’lim-tarbiya   ishlari
sifatini   oshirishga   qaratilgan   bo‘lsa,   psixologik   ta’sirchanlik   ham   sinfda   o‘quvchi
uchun maishiy va ma’naviy qulaylik yarata olishi kerak.
Sinf   xonalarini   bo‘yash   uchun   ranglar   tayyorlashda   ularning   yorug‘lik
qaytarish xususiyatlarini nazarda tutish lozim.
Sinf   xonasining   shakli,   hajmi,   unga   tabiiy   yorug‘lik   qay   darajada   tushishiga,
sun’iy   yoritish   xarakteriga   qarab   devorlarini   bo‘yash   uchun   u   yoki   bu   rangning
to‘yinganligi aniqlanadi. Ranglarning to‘yinganligini aniqlash uchun turli ranglarga
bo‘yalgan   sirtlarning   yorug‘lik   qaytarish   koeffitsientlarini   hisobga   olish   lozim.
Devorlarni   bo‘yashda   qo‘llanadigan   asosiy   ranglarning   yorug‘lik   qaytarish
xususiyatlari quyidagicha:
  Oq –           85%                 Kulrang  - 55%
 Och sariq-   75%                Yashil-     52%
 Och yashil-    65%              Havorang- 35%
 Och ko‘k-      65%              To‘q qizil-13%
 Sariq-       65%                    To‘q ko‘k-  8%
      Inson   ko‘zi   sirtlardagi   yorqinlik   va   ranglarni   shu   sirtlarga   tushayotgan
yorug‘likning qaytishi natijasida idrok qiladi. 
Sirtlarning yorqinligi, birinchidan, ularni qanday rangli yorug‘lik nurlari bilan
yoritilganiga, ikkinchidan, shu sirt unga tushayotgan nurlarni qanday aks ettirishiga
bo g‘ liq. 
Kunduzgi   yorug‘likda   ranglar   va   ularning   tuslari   yaxshi   ko‘rinsa,   kam
yoritilgan joylarda ranglar to‘qnashadi va bir-biridan farqlanishi qiyinlashadi.  Ranglar spektrida mavjud bo‘lgan barcha ranglarni uch asosiy ko‘rsatkichlari
bo‘yicha xarakterlash qabul qilingan: 
1. Rang qaytarish koeffitsienti o‘lchanadigan yorqinligi  (sirtga   tushayotgan
yorug‘lik bilan sirtdan qaytuvchi  yorug‘lik nisbatlari) bilan. 
2. Rang to‘lqinidagi aynan o‘sha rangning o‘zi bilan; 
3. Rangning to‘yinganligi va tozaligi bilan (bu  rangning ranglar
 spektridagi boshqa ranglarga nisbat  miqdori).
Tadqiqotlardan   ma’lum   bo‘lishicha,   xona   va   intererlarni   jihozlash,   ommaviy
tadbirlar:   munozara,  miting,  tantanali   marosim   va  kechalar  o‘tkaziladigan  joylarni
bezash   uchun   nurni   filtrlaydigan   rangli   yoritkichlar   va   applikatsiyalardan
foydalanish kerakli kayfiyatni vujudga keltirishda katta rol o‘ynaydi. 
Buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, munozaralarda sariq, to‘q sariq,
yashil,   och   jigar   rang   yoritkichlar   yordamida   qo‘shimcha   ishonchlilik,   oshkoralik
vaziyati, kechalarda och tusli qizil, sariq, havo rang yoritkichlar orqali ko‘tarinkilik
kayfiyati,   tantanali   mitinglarda   sariq,   ko‘k,   to‘q   sariq,   yashil   rangli   yoritkichlar
bilan jiddiylik, betartiblik vaziyati vujudga keltiriladi. 
Dam   olish   xonalaridagi   rang   va   yorug‘lik   o‘quvchilar   va   o‘qituvchilarning
ishdan   va   o‘qishdan   bo‘sh   vaqtlarida   yaxshiroq   xordiq   chiqarishlari   uchun   qulay
sharoit yaratadigan bo‘lishi lozim. 
Sinf xonalaridagi ranglar ikki-uch xildan oshmasligi lozim. 
O‘quv   yurtidagi   umumiy   ranglar   uyg‘unligini   saqlash   uchun   bir   xil
ranglarning   to‘yinganlik   va   yorqinlik   darajasi   bir   necha   variantlarda   olinishi
mumkin.
O‘qituvchilar   yoqtiradigan   yorqin,   to‘yingan   ranglarni   o‘quv   mashg‘ulotlari
o‘tkaziladigan xonalarda qo‘llash mumkin. 
Dam olish xonalari, vestibyul, zinopoyalar, oshxona va boshqa joylarda hamda
majlislar   zali   va   boshqa   joylarda   qo‘llaniladigan   ranglarning   yorqinligi   va
gammasiga   qo‘yiladigan   qat’iy   talablarga   javob   beradigan   ranglardan   foydalanish
kerak   Bu joylardagi ranglarning yorqinlik jihatidan kontras bo‘lishi  o‘quvchilarni
binoga kirib kelishida, tanaffus paytlarida ularning kayfiyatini ko‘taradi.  Ammo yorqin to‘yingan ranglar bilan katta sirtlarni bo‘yash tavsiya etilmaydi. 
Chunki   bu   hol   umumiy   yoritilganlikni   pasaytiradi,   o‘quvchilarda   tig‘izlik
taassurotlarini keltirib chiqaradi, ularning ko‘zini charchatadi. 
Rang  hamda   yorug‘likning  kuchli   kontrastlari  o‘quvchilarda  quvnoq  kayfiyat
yaratishga ko‘maklashadi. 
Ammo   bunday   mazkur   xonalarning   devorlari   turli-tuman   to‘q   ranglarga
bo‘yalishi kerak, degan ma’no chiqarmaslik lozim. 
Bunday   ranglar   bolalarning   jig‘iga   tegishi,   estetik   jihatdan   esa   hech   qanday
manfaat keltirmasligi shubhasizdir. 
Bundan   tashqari,   katta   yuzalarning   (pol,   devor)   to‘q   ranglarga   bo‘yalishi
xonaning yorug‘ligiga to‘siq bo‘ladi. 
Bu   moyli   bo‘yoqda   ham,   boshqa   xil   bo‘yoqlarda   ham   salbiy   natijaga   olib
keladi, xonada ko‘rish tiniqligi yo‘qoladi, xonaning o‘zi "torayib ketadi". 
Barcha xonalar katta va yorug‘ xona taassurotini berishi kerak.
O‘rtacha   quyuqlikdagi,   rangi   to‘q   bo‘yoq   bilan   ko‘tilgan   darajada   kuchli   va
quvnoq taassurot beradigan vaziyatni vujudga keltirish mumkin emas. 
Demak, mazkur xonalarning pol va devorlarini, eshik va romlarini ham yorqin
rangga bo‘yash kerak. 
To‘rt   tomondagi   devorning   pastki   qismini   (ya’ni   panelini),   doskani   to‘qroq
qilish kerak
Kamroq   miqdorda   ishlatilgan   to‘q   rang   xonadagi   boshqa   ranglarning
ravshanligini va yorqinligini kuchaytirib ko‘rsatadi. 
Xona intererini bezatish  
Bezak   san’atning   binoni   bezatishga   xizmat   qiladigan   asosiy   yo‘nalishlari   -
o‘quv   xonalarini,   sport   va   majlislar   zallarini,   koridorlarni   bezash,   ko‘rgazmalar
tashkil   etish,   maktab   teatri   uchun   dekoratsiya   ishlash,   dekorativ   –   amaliy   san’at
buyumlari   yasash,   plakatlar   chizish,   turli   axborot   vositalarini   tayyorlash   va
hokazolardan iboratdir.
Har   qanday   metodik   vazifa   singari   badiiy   bezash   ishlari   ham   professional
aniqlikka va ijodiy yondashishga asoslanishi kerak.  Professional o‘quvchining badiiy izlanishini to‘g‘ri va konstruktiv yo‘nalishga
solsa, ijodiy yondashish, etuk badiiy xulosalar chiqarishga olib boradi. 
Intererni   badiiy   bezashda   dekorativ-amaliy   san’atning   yog‘och   va   ganch
o‘ymakorligi,   naqqoshlik,   dekorativ   haykaltaroshlik,   mozaika,   vitraj,   chekanka   va
boshqa turlaridan foydalaniladi. 
Badiiy bezash ishlarida amaliy bezak san’atining ana shu turlarini qo‘llashdan
ko‘zlanadigan maqsad-ta’lim va tarbiya maskani  bo‘lmish o‘quv yurti  intererining
o‘ziga   xos   xususiyatlarini   to‘laroq   yoritishdan,   o‘quvchilarda   bu   san’atga   qiziqish
uyg‘otishdan va amaliy bezak san’at sirlarini o‘quvchilar uchun yanada yaqinroq va
tushunarliroq qilishdan iboratdir.
Tavsviriy   san’atning   barcha   turlari   kabi   badiiy   bezash   ishlari   ham
kompozitsiyaning umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Kompozitsiya   lotincha   "kompositie"   so‘zidan   olinib,   to‘qish,   tuzish,
joylashtirish, alohida qismlarni butun qilib birlashtirishni  anglatadi. 
Badiiy   bezash   san’atida   bajarilayotgan   ishlarning   ta’sirchanligini   oshirish
ba’zan kompozitsiyaning ma’lum qoidalarini bo‘zish ham mumkin. 
Ko‘pincha   badiiy   bezak   ishlarida   qo‘llanayotgan   yangi,   ilgari   ishlatilmagan
materiallardan   foydalanishda   ma’lum   originallikka   erishish   maqsadida   shunday
qilinadi. 
Badiiy   bezak   ishlarida   kompozitsiyaning   asosan   uchta:   tekis,   xajmli,   kenglik
va  chuqurlikka  ega  bo‘lgan  turlari   mavjud.  Bularning  barchasi  u  yoki  bu  G‘oyani
amalga oshirishda, qanadydir bir umumiy sifat va belgilarga ega bo‘ladi. 
Gorizontal   kompozitsiya   –   bunda   kompozitsiya   elementlarini   gorizontal
yuzaga joylashtiriladi, masalan, dala, shahar ponoramasi va boshqalar. 
Vertikal   kompozitsiya   aktiv,   dinamik   kompozitsiya   bo‘lib,   yuqoriga   o‘sish,
parvoz   tasavvurini   hosil   qiladi;   uning   detallari   asosan   tik   chiziq   bo‘yicha
joylashadi. 
Dioganal   kompozitsiya   –   uning   qurilishi   dinamik   va   shiddatli   sxemalarga
asoslanadi.  Uchburchak yoki piramidal kompozitsiya  - bunda turg‘un osoyishta holatga
tayaniladi. Surat yuzasining pastki qismi piramidaning negizi hisoblanadi. 
Agar   kompozitsiya   elementlari   tomonlarida   bir-biriga   nisbatan   bir   xil
joylashsa, ular  kompozitsion muvozanat da bo‘ladi. 
Gullar   va   boshqa   dekorativ   o‘simliklar   intererning   istalgan   joyida:   vestibyul,
rekreatsiya, oshxona, sinf xonalari va hokazolarda bo‘lishi mumkin. 
Ularni   joylashtirish   masalasi   qavatlarning   umumiy   kompozitsiyasida   ham,
intererning   ayrim   joylarida   ham   funksional,   biologik   va   estetik   talablardan   kelib
chiqib hal qilinadi.
O‘quvchilarning   texnik   ijodkorligini   rivojlantirish   maktablarda   o‘quv
ustaxonalari   va   fizika   xonasi,   chevarchilik   ustaxonalarida   amalga   oshiriladi.
Maktablarda   texnik   konstruksiyalash   va   modellashtirish   mashg‘ulotlari   uchun
ko‘pincha   o‘quv   ustaxonalaridan   foydalaniladi.   Bu   ustaxonalarda   mehnat
ta’limining har xil tashkiliy shakl va metodlaridan foydalanish, texnik ma’lumotlar
berish,   tadqiqotchilik   va   mehnat   malakalarini   shakllantirish   ishlarini   amalga
oshirish;   texnik   bilimlarni,   mehnat   usullarini,   bajarilgan   ishlar   sifatini   nazorat
qilish,   estetik   va   mehnat   madaniyati   ko‘nikmalarini,   mustaqil   ishlash   iqtidorini
shakllantirish;  konstruktorlik texnologik xarakterdagi  ijodiy masalalarni  hal  qilish,
yuksak darajadagi mehnat intizomiga va mehnat muxofazasi talablariga rioya etish
uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak.YUqorida aytilgan vazifalardan kelib
chiqib o‘quv ustaxonalari  asosiy sanitariya-gigiena va tashkiliy-metodik talablarga
javob berishi lozim:
1. Ustaxona binosi ta’limiy-pedagogik, sanitariya-gigienik va ishlab chiqarish
texnik talablarini qanoatlantirishi kerak
2.   O‘quv   ustaxonalari   texnikaning   xozirgi   darajasiga,   yuksak   mehnat
madaniyatiga   muvofiq   jixozlanishi   va   ular   faqat   ustaxonada   amaliy   dasturidagi
barcha   mavzularni   emas,   balki   texnik   ijodkorlikni   ham   o‘rganish   uchun   zarur
sharoit bilan ta’minlanishi lozim. 3.   Turli   buyurtmalarini   bajarishda   o‘qituvchining   o‘rganuvchilar   bilan   olib
boradigan   umumiy   jamoa   hamda   gurux   —   zvenoli   va   potokli   ishlari   uchun   xam
sharoit yaratilishi zarur.
4. Xar bir talabaga kerakli asbob uskunalar va moslamalar bilan ta’minlangan
alo h ida ish  o‘ rin ajratilishi lozim.
5.  O‘q ituvchi uchun tegishli jixozlar, asboblar, moslamalar bilan ta’minlangan
va poldan 258-300 mm k o‘ tarilgan namunali ish  o‘ rni tashkil etilishi lozim.
6.   Ustaxonalarda   o‘quvchilar   eng   q ulay   va   xavfsiz   mehnat   q ilish i   uchun
sharoit b o‘ lishi shart.
7.   O‘quv   ustaxonalari   h ajmli   va   tekis   k o‘ rsatmali   qo‘ llanmalar,   shuningdek,
ta’limning texnik vositalari bilan jixozlanishi zarur.
8.   Yordamchi binolar (asbobxona va sklad) o‘quv ustaxonasiga ya q in b o‘ lishi
ker a k.
9.   Tash q aridagi   tovushlar   talabalarning   e’tiborini   ishdan   alaxsit masligi   va
mehnat jarayonini buzadigan shovkin-suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim.
O‘quv ustaxonasining maydoni 80-90 m 2
 b o‘ lishi kerak.  Zamonaviy   o‘quv   ustaxonalari   materiallar,   yarimfabrikatlar,   tayyorlangan
buyumlar   sa q lanadigan   yordamchi   xonalarga   ega   b o‘ ladi.   Bunday   xonalar   q uru q ,
yo g‘ och polli,   tabiiy va majburiy ventilyasiyali, normal tabiiy va sun’iy (ish  o‘ rnida
100-150 lk), yoritilgan ,   xavosining temperaturasi   q ishda 14- 1 6°C b o‘ lishi kerak va
yozda   29°C   dan   oshmasligi   kerak.   Yoritkich   sifatida   kunduzgi   lampadan
foydalanish ma’ q ul.
Ustaxona   devorlari   tekis,   yor q in   rangga,   shifti   o q   rangga   b o‘ yalishi   kerak.
Mana bularning xammasi  xonaning yoru g‘ ligini oshiradi. Ustaxona anjomlari turli
ranglarda b o‘ lishi  kerak. Yor q in, fiziologik ji h atdan t o‘g‘ ri  buyo q lar  anjomlarning
turli   q ismlari   bilan   ustaxonaning   umumiy   foni   o‘ rtasida   t o‘g‘ ri   kontrastlikni
vujudga keltiradi.
Ustaxonada   tovush   va   vibratsiyani,   yutuvchi   moslamalarni   qo‘ llash   h amda
mehnatning   eng   ratsional   usullaridan   foydalanish   or q ali   tebranish   intensivligi
kamaytirib tovush va vibratsiyani pasaytirishga erishish kerak.
Yo g‘ ochga   yoki   metallga   ishlov   beriladigan   h ar   bir   ustaxona   12-15   ta   ish
o‘rniga mo‘ljallanishi, u erda asosiy ji h ozlar duradorlik yoki slesarlik ver s taklaridan
tash q ari   stanok   us k unalarining   boshqa   turlari   (tokarlik,   frezelash,   k o‘ ndalang
randalash,   parmalash,   charxlash,   kichik   gabaritli   elektr   payvandlash   apparatlari)
h am b o‘ lishi kerak.
Duradorlik-mexaniqa   ustaxonasida   duradorlik   verstak l aridan   tash q ari,
yo g‘ ochga ishlov beriladigan 2-3 ta tokarlik stanoklari, sirkulyar elektr arra, elektr
randa,   tirno q   kesadigan   va   zarb   bilan   o‘ yib   ishlaydigan   stanoklar,   NS-12   vertikal
parmalash stanogi,  q kumli x o‘ l charx, moslamalar va  h . k .   lar b o‘ lishi kerak.
O‘quv   ustaxonalariga   uskunalarni   o‘ rnatishda   yon g‘ indan   sa q lanish,   mehnat
muxofazasi va sanoat sanitariyasining  q uyidagicha talablariga rioya etish zarur. Ustaxonada   ortikcha   uskuna   va   inventarlar   k o‘ payib   ketmasligi,   verstaklar,
stanoklar   va   ularning   q atorlari   orasi   belgilangan   normativlar   doirasida   b o‘ lishi,
chekkadagi verstaklar, stanoklar  q atori bilan ustaxona devorlari orali g‘ i 8,5 metrdan
kam   b o‘ lmasligi   kerak.   Jilvirli   charxlar,   parchinlash   stanoklar   kabi   uskunalar
o‘qituvchining   ish   o‘rniga   yaqin   o‘rnatilishi   va   ikkinchi   viklyuchatellarga   ega
bo‘lishi   kerak.   Tokarlik   frezelash   stanoklari   va   jilvirli   charxlar   organiq   oynadan
yasalgan elektr blokirovkali himoya ekrani bilan ta’minlanishi zarur.
Slesarlik verstaklari himoyalagich to‘r, individual o‘rindik va asboblar tuplami
bo‘lgan planshet bilan ta’minlanishi kerak.
Stanoklar   va   boshqa   uskunalarning   ish   vaqtida   o‘quvchilar   uchun   xavfli
barcha qismlari ishonchli ximoyalagich moslamalari bilan o‘rab qo‘yiladi.
Elektromontaj   ishlarini   bajarish   uchun   ustaxonada   5-6   ish   o‘rinli   stol   va
shuncha miqdorda elektr kavsharlagich hamda elektr rozetkasi bo‘lishi zarur.
Ustaxonada   qo‘llarni   yuvish,   kiyimlar   va   korjomalarni   saqlash   uchun   sharoit
yaratish lozim.
Ustaxona   maydonidan   ratsional   foydalanish,   tozalik,   devorlar   va
uskunalarning to‘g‘ri bo‘yalishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali tartib
o‘rnatilishi talabalarda intizomlikni munosabatlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga
ega.   Mavjud   o‘quv   ustaxonalarining   ko‘plari   yuqorida   aytilgan   talablarga   to‘la
javob bera  olmasligini  hisobga   olib,  o‘qituvchi   ana  shu  talablarni   bilishi   va ularni
bajarish uchun hamma imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Xona interyeri hamda jihozlanish dizayni zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari Reja: 1. Interer va fasadlarni bo‘yash 2. Xona intererini bezatish 3. Xona intereridagi badiiy bezaklar. 4.Umumta’lim maktablarida texnologiya ta’limi o‘quv xonalarini jihozlash va unga qo‘yiladigan talablar. 5.O‘quv ustaxonalarini jihozlash dizayni va zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari.

Interer va fasadlarni bo‘yash Ta’lim muassasasi devorlarni bo‘yash da ranglar turli yoshdagi o‘quvchilarga turlicha ta’sir etishini hisobga olib amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda ana shu ta’sirni bilmaydigan kishilar tomonidan devorlarni bo‘yashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bu ish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbirlarda badiiy sovet va tasviriy san’at o‘qituvchilarining ishtirok etishi maqsad muvofiqdir. Devorlarni bo‘yashda ranglarni o‘z o‘rnida qo‘llash, ularning psixologik ta’siriga alohida e’tibor berish lozim. Ranglarni o‘z o‘rnida qo‘llanishi pirovard natijada ta’lim-tarbiya ishlari sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, psixologik ta’sirchanlik ham sinfda o‘quvchi uchun maishiy va ma’naviy qulaylik yarata olishi kerak. Sinf xonalarini bo‘yash uchun ranglar tayyorlashda ularning yorug‘lik qaytarish xususiyatlarini nazarda tutish lozim. Sinf xonasining shakli, hajmi, unga tabiiy yorug‘lik qay darajada tushishiga, sun’iy yoritish xarakteriga qarab devorlarini bo‘yash uchun u yoki bu rangning to‘yinganligi aniqlanadi. Ranglarning to‘yinganligini aniqlash uchun turli ranglarga bo‘yalgan sirtlarning yorug‘lik qaytarish koeffitsientlarini hisobga olish lozim. Devorlarni bo‘yashda qo‘llanadigan asosiy ranglarning yorug‘lik qaytarish xususiyatlari quyidagicha: Oq – 85% Kulrang - 55% Och sariq- 75% Yashil- 52% Och yashil- 65% Havorang- 35% Och ko‘k- 65% To‘q qizil-13% Sariq- 65% To‘q ko‘k- 8% Inson ko‘zi sirtlardagi yorqinlik va ranglarni shu sirtlarga tushayotgan yorug‘likning qaytishi natijasida idrok qiladi. Sirtlarning yorqinligi, birinchidan, ularni qanday rangli yorug‘lik nurlari bilan yoritilganiga, ikkinchidan, shu sirt unga tushayotgan nurlarni qanday aks ettirishiga bo g‘ liq. Kunduzgi yorug‘likda ranglar va ularning tuslari yaxshi ko‘rinsa, kam yoritilgan joylarda ranglar to‘qnashadi va bir-biridan farqlanishi qiyinlashadi.

Ranglar spektrida mavjud bo‘lgan barcha ranglarni uch asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha xarakterlash qabul qilingan: 1. Rang qaytarish koeffitsienti o‘lchanadigan yorqinligi (sirtga tushayotgan yorug‘lik bilan sirtdan qaytuvchi yorug‘lik nisbatlari) bilan. 2. Rang to‘lqinidagi aynan o‘sha rangning o‘zi bilan; 3. Rangning to‘yinganligi va tozaligi bilan (bu rangning ranglar spektridagi boshqa ranglarga nisbat miqdori). Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, xona va intererlarni jihozlash, ommaviy tadbirlar: munozara, miting, tantanali marosim va kechalar o‘tkaziladigan joylarni bezash uchun nurni filtrlaydigan rangli yoritkichlar va applikatsiyalardan foydalanish kerakli kayfiyatni vujudga keltirishda katta rol o‘ynaydi. Buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, munozaralarda sariq, to‘q sariq, yashil, och jigar rang yoritkichlar yordamida qo‘shimcha ishonchlilik, oshkoralik vaziyati, kechalarda och tusli qizil, sariq, havo rang yoritkichlar orqali ko‘tarinkilik kayfiyati, tantanali mitinglarda sariq, ko‘k, to‘q sariq, yashil rangli yoritkichlar bilan jiddiylik, betartiblik vaziyati vujudga keltiriladi. Dam olish xonalaridagi rang va yorug‘lik o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ishdan va o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida yaxshiroq xordiq chiqarishlari uchun qulay sharoit yaratadigan bo‘lishi lozim. Sinf xonalaridagi ranglar ikki-uch xildan oshmasligi lozim. O‘quv yurtidagi umumiy ranglar uyg‘unligini saqlash uchun bir xil ranglarning to‘yinganlik va yorqinlik darajasi bir necha variantlarda olinishi mumkin. O‘qituvchilar yoqtiradigan yorqin, to‘yingan ranglarni o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalarda qo‘llash mumkin. Dam olish xonalari, vestibyul, zinopoyalar, oshxona va boshqa joylarda hamda majlislar zali va boshqa joylarda qo‘llaniladigan ranglarning yorqinligi va gammasiga qo‘yiladigan qat’iy talablarga javob beradigan ranglardan foydalanish kerak Bu joylardagi ranglarning yorqinlik jihatidan kontras bo‘lishi o‘quvchilarni binoga kirib kelishida, tanaffus paytlarida ularning kayfiyatini ko‘taradi.

Ammo yorqin to‘yingan ranglar bilan katta sirtlarni bo‘yash tavsiya etilmaydi. Chunki bu hol umumiy yoritilganlikni pasaytiradi, o‘quvchilarda tig‘izlik taassurotlarini keltirib chiqaradi, ularning ko‘zini charchatadi. Rang hamda yorug‘likning kuchli kontrastlari o‘quvchilarda quvnoq kayfiyat yaratishga ko‘maklashadi. Ammo bunday mazkur xonalarning devorlari turli-tuman to‘q ranglarga bo‘yalishi kerak, degan ma’no chiqarmaslik lozim. Bunday ranglar bolalarning jig‘iga tegishi, estetik jihatdan esa hech qanday manfaat keltirmasligi shubhasizdir. Bundan tashqari, katta yuzalarning (pol, devor) to‘q ranglarga bo‘yalishi xonaning yorug‘ligiga to‘siq bo‘ladi. Bu moyli bo‘yoqda ham, boshqa xil bo‘yoqlarda ham salbiy natijaga olib keladi, xonada ko‘rish tiniqligi yo‘qoladi, xonaning o‘zi "torayib ketadi". Barcha xonalar katta va yorug‘ xona taassurotini berishi kerak. O‘rtacha quyuqlikdagi, rangi to‘q bo‘yoq bilan ko‘tilgan darajada kuchli va quvnoq taassurot beradigan vaziyatni vujudga keltirish mumkin emas. Demak, mazkur xonalarning pol va devorlarini, eshik va romlarini ham yorqin rangga bo‘yash kerak. To‘rt tomondagi devorning pastki qismini (ya’ni panelini), doskani to‘qroq qilish kerak Kamroq miqdorda ishlatilgan to‘q rang xonadagi boshqa ranglarning ravshanligini va yorqinligini kuchaytirib ko‘rsatadi. Xona intererini bezatish Bezak san’atning binoni bezatishga xizmat qiladigan asosiy yo‘nalishlari - o‘quv xonalarini, sport va majlislar zallarini, koridorlarni bezash, ko‘rgazmalar tashkil etish, maktab teatri uchun dekoratsiya ishlash, dekorativ – amaliy san’at buyumlari yasash, plakatlar chizish, turli axborot vositalarini tayyorlash va hokazolardan iboratdir. Har qanday metodik vazifa singari badiiy bezash ishlari ham professional aniqlikka va ijodiy yondashishga asoslanishi kerak.

Professional o‘quvchining badiiy izlanishini to‘g‘ri va konstruktiv yo‘nalishga solsa, ijodiy yondashish, etuk badiiy xulosalar chiqarishga olib boradi. Intererni badiiy bezashda dekorativ-amaliy san’atning yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, dekorativ haykaltaroshlik, mozaika, vitraj, chekanka va boshqa turlaridan foydalaniladi. Badiiy bezash ishlarida amaliy bezak san’atining ana shu turlarini qo‘llashdan ko‘zlanadigan maqsad-ta’lim va tarbiya maskani bo‘lmish o‘quv yurti intererining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘laroq yoritishdan, o‘quvchilarda bu san’atga qiziqish uyg‘otishdan va amaliy bezak san’at sirlarini o‘quvchilar uchun yanada yaqinroq va tushunarliroq qilishdan iboratdir. Tavsviriy san’atning barcha turlari kabi badiiy bezash ishlari ham kompozitsiyaning umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Kompozitsiya lotincha "kompositie" so‘zidan olinib, to‘qish, tuzish, joylashtirish, alohida qismlarni butun qilib birlashtirishni anglatadi. Badiiy bezash san’atida bajarilayotgan ishlarning ta’sirchanligini oshirish ba’zan kompozitsiyaning ma’lum qoidalarini bo‘zish ham mumkin. Ko‘pincha badiiy bezak ishlarida qo‘llanayotgan yangi, ilgari ishlatilmagan materiallardan foydalanishda ma’lum originallikka erishish maqsadida shunday qilinadi. Badiiy bezak ishlarida kompozitsiyaning asosan uchta: tekis, xajmli, kenglik va chuqurlikka ega bo‘lgan turlari mavjud. Bularning barchasi u yoki bu G‘oyani amalga oshirishda, qanadydir bir umumiy sifat va belgilarga ega bo‘ladi. Gorizontal kompozitsiya – bunda kompozitsiya elementlarini gorizontal yuzaga joylashtiriladi, masalan, dala, shahar ponoramasi va boshqalar. Vertikal kompozitsiya aktiv, dinamik kompozitsiya bo‘lib, yuqoriga o‘sish, parvoz tasavvurini hosil qiladi; uning detallari asosan tik chiziq bo‘yicha joylashadi. Dioganal kompozitsiya – uning qurilishi dinamik va shiddatli sxemalarga asoslanadi.