logo

XVIII asr 2-yarmi va XIX asrning boshlarida Xalqaro munosabatlar.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.2177734375 KB
XVIII asr 2-yarmi va XIX asrning boshlarida Xalqaro munosabatlar.
Reja.
1. “Yetti yillik urush” (1757-1763) va uning umumiy natijalari.
2. Prussiya qiroli Fridrix II (1740-1786) diplomatiyasi.
3. Rossiyada Yekatirina II (1762-1796) diplomatiyasi
4. Fransuz burjua inqilobi (1789-1899) davri diplomatiyasi.
5. Napalyon Bonapart diplomatiyasi 
6.  Vena kongressi va undagi diplomatik ziddiyatlar, imzolangan shartnomalar. 1789-1794-yillardagi  fransuz  revolyutsiyasi  fransuz  monarxiyasining  dvoryan-
dinastiyasi   diplomatiyasiga     qattiq   zarba   beradi. Fransuz   absolyutizmi   diplomatiyasi
va    uning     barcha    ichki    siyosati    fransuz      burjuaziyasiga      1789-yildan    ancha    oldin
ham   chuqur     norozilik     bilan     qarar     edi.     Mustahkamlangan     burjuaziya     endi
absoyutizmga     ehtiyoj     sezmasdi:     ular     endi     tashqi     va     ichki     siyosat     masalalarida
dvoryanlik  hamda  dinastiya  hukmronligini  hohlamas  edi.
Yevropa   qit’asining   boshqa   mamlakatlarida   1789-yilgi   revolyutsiya   ostonasida
absolyut    monarxiya    diplomatiyasi    dvoryanlar    va    ularni    boshqaruvchi      dinastiyalar
qiziqishlariga       bo’ysunardi.     Avstriya,     Prussiya     va     ayniqsa     Rossiyada     Fransiyadan
farqli     tarzda     siyosiy     hokimiyat     uchun     kurashga     qodir     bo’lgan     kuchli     burjuaziya
yaralmagan     edi.     Yevropa     qit’asidagi     davlatlar     orasida     faqatgina     Angliyada     hali
XVII  asrdayoq  sodir  bo’lgan  ingliz  burjua  inqilobi  tufayligina  parlamentning  qirol
hokimiyati  ustidagi   nazorati  ichki  siyosatda  burjuaziya  manfatlari  hisobga  olinadi.
XVII asr  ikkinchi  yarmida  fransuz  diplomatiyasining  bosh  asosi  1756-yildagi
Fransiya-Avstriya     ittifoqi     bo’lib,     unga     ko’ra     taxt     vorisi     bo’lajak     Lyudovik   XVI
Avvstriya     qirolichasi     bilan     nikohdan     o’tadi.     Bu     ittifoq     Fransiyani     Prussiya
hujumidan     saqlashi     va     barcha     fransuz     kuchlarini       Angliya     bilan     kaloniyalar
masalasidagi     kurashga     tashlashga     imkon       yaratish     uchun     kerak     edi.     1756-1763-
yillardagi  yeti yillik  urushda  Avstriya  bilan  oilaviy  aloqada  bo’lganligi  bois  fransuz
saroyi       unga   ko’p   miqdorda   askar   va   mablag’   kiritadi,   shu   bilan   birga   aksincha
o’z  mamlakatini  zaiflashtirib  qo’yadi.  Avstriya  Fransiyani  o’z  siyosatining  quroliga
aylantiradi.   Yuqorida     aytib     o’tilganidek     Lyudovik   XV   ning     dinastiya
diplomatiyasidagi  xatosi  Angliyaning  yetti  yillik  urushda  g’alaba  qozonishiga  imkon
beradi.    Fransiya    buning    oqibatida    Kanada    va    boshqa    mustamlakalaridan    ajraladi.
Avstriya     bilan     ittifoq     fransuz     burjuaziyasi     qiziqishlari     uchun     qarshiliklar     keltirib
chiqardi,     Fransiya     uchun     omadsizlik     keltirdi.   Fransuz     tashqi     siyosatining     ikkinchi
asosi     uning     Ispaniya     bilan     ittifoqi       edi:     bu     ittifoq     Angliyaning     kalonial
hukmronligiga   qarshi   qaratilgan   edi.   Bu   ittifoq   Avstriya   bilan   tuzilgan   ittifoqdan
ancha     mashxur     edi.     O’z     ko’rinishiga     ko’ra     bu     ittifoq       ispan     va     fransuzlar
o’rtasidagi   Burbonlar  avlodiga  oid  “oilaviy  kelishuv”edi.
Fransiya     monarxiyasining     zaiflashuviga     qaramay,     Angliya     va     Fransiya
o’rtasidagi     savdo     va     kaloniyalarga     egalik     qilish     borasidagi     kurashlar     G’arbiy Yevropa   xalqaro   siyosatidagi   asosiy   muammo   edi. Amerika   Qo’shma   Shtatlarining
mustaqillik     uchun     kurashida     qatnashgan     Fransiya     uchun   bu     jarayon   biroz     omadli
kechdi,     lekin     bu     Angliyaning     ohirgi     vaqtlarda     Fransiyaga     qarshi     yangi     choralar
ko’rishiga  to’sqinlik  qila  olmadi.  Bu  choralardan  eng  ahamiyatlisi   1786-yilgi  savdo
shartnomasi     hisoblanadi.     Bu     savdo     shartnomasiga     binoan         Fransiyaga     britan
manafaktura  maxsulotlari  kiritila  boshlandi,  natijada  fransuz  ishlab  chiqaruvi  sindi,
lekin     bundan     dvoryanlar     va     yirik     yer     egalari     katta     foyda     olishdi.     Xuddi     shu
yillarda     Angliya     bilan     urushga     juda     zaif     bo’lib     qolgan     Fransiya     Rossiya     bilan
yaqinlashadi.  
           U   endi   Turkiyani Rossiyaga   qarshi   qo’llab-quvvatlashni   bas   qilib,   1787-yilda
Rossiya     bilan     savdo     shartnomasi     tuzadi     va     Fransiya     yangi     rus     qora   dengiz
portlaridan     tushadigan     daromadga     ega     bo’ladi.     1787-yilgi     Rossiya     bilan     tuzilgan
ushbu     savdo     shartnomasi     burjuaziya     qiziqishlari     asosida     shakllangan     bo’lib,
revolyutsiya     ostonasida     fransuz     diplomatiyasi     erishgan     yagona     yirik     omad     edi.
Nihoyat   Fransiya   savdogarlari   Turkiyadan   Qora   dengizga   foydalanish   imkoniyatini
qo’lga     kiritadi     va     Misr     hamda     Hindiston     yo’llariga     operatsiyalar     uyushtirishga
muvaffaq     bo’lishdi.     Shunday     sharoitda     Yaqin     Sharqda     Fransiya     o’zining     savdo
gegemoniyasini   hali   ham   saqlab   qolishga   erishadi,   biroq   Angliya   bu   borada   uni
zaiflashtirishga  urinadi.
1787-1788-yillarda   xalqaro   bosim   tufayli   Fransiya   yana   bir   zarbani   boshidan
kechirdi:     fransuz     monarxiyasi     o’zining     moliyaviy     va     siyosiy     jihatdan     kuchsizligi
bois     Gollandiya     bilan     munosabatda     ittifochilik     majburiyatlarini     bajarishdan     bosh
tortadi.    Hali    1785-yilda    Fransiya   Gollandiya    bilan    Angliya   va   Prussiyaga   qarshi
ittifoq     tuzadi.     O’sha     vaqtda     Gollandiya     hukumatini     Angliyaga     dushmanona
munosabatda   bo’lgan   “patriotlar”   burjuaziya   partiyasi   egallagan   edi.   Lekin   1787-
yilda    pruss  askarlari  Gollandiyaga  kiritiladi  va  u  yerda  dvoryan  hamda  saroy  ahli
partiyalarining   reaksion   boshqaruvini   tiklaydi.    Ular   esa   Angliya   va   Prussiya   bilan
ittifoq     tuzish     istagida     edilar.     Bundan     tashqari     german     davlati     bilan     savdo
munosabatlari     orqali     bog’liq     golland     burjuaziyasining     bir     qismining     qo’llab-
quvvatlashiga  erishadi.  Bu  vaqtda  Fransiyaning  Gollandiyaga  pruss  intervensiyasiga
qarshi     yordam   so’rashiga     rad     javobini     aytishi     fransuz     diplomatiyasining     tanazzuli hamda     Yevropada     kuchsizligini     anglatar     edi.     Pruss     intervensiyasining     omadi
Gollandiyani  Angliya  va  Prussiya  ta’siri  ostiga  tushirib  qo’yadi.
1788-yildayoq  Angliya,  Prussiya  va  Gollandiya  o’rtasida  uchlik  ligasi  tuzilib,
u   Rossiya,   Fransiya   va    Avstriyaga    qarshi    qaratilgan   edi.   1789-yilgi    revolyutsiya
ostonasida  bu  ingliz-pruss-golland  ittifoqi  Tukiya  va  Shvetsiyani  qo’llab-quvvatlaydi
va     G’arbiy     Yevropa     derjaviyalaridagi     eng     kuchli     guruhga     aylanadi.     Unga
parchalangan     holdagi     Avstriyaning     Rossiya     bilan     va     Fransiyaning     Avstriya     va
Ispaniya  bilan  ittifoqligi  qarshi  turayotgan  edi
Absolyut     monarxiya     davrida         tashqi     ishlar     ministrligi     va     elchilik,     absolyut
monarxiya     siyosatining     bo’ysunuvchan     quroli     sifatida     tashkil     etilgan     edi.     Tashqi
ishlar   ministri   monarx   tominidan   tayinlangan   bo’lib,   faqat   uning   oldida   javobgar
bo’lgan.
Elchilar  hamda  ministrlar  odatda  saroy  bilan  bog’liq  aristokrat  familiyalardan
tayinlangan.     Ministrlikning     kam     sonli     amaldorlarigina     shuningdek     saroy     bilan
bog’liq   burjuaziyadan   tayinlangan.   Ministrlik   lavozimiga   tayinlangach   to   umrining
ohirigacha  o’z  lavozimida  faoliyat  yuritgan.
Ministrlik  hududiy  belgilar  bilan  ajralgan  ikki  “siyosiy  boshqaruvdan”  tashkil
etilgan.     Ulardan     biri     G’arbiy     va     Markaziy     Yevropa     davlatlari     hamda         Amerika
bilan,     ikkinchisi     Sharqiy     va     Janubiy     Yevropa     mamlakatlari     hamda     Skandinaviya
davlatlari  bilan  munosabatlar  olib  borgan. Bu  ikki  boshqaruvdan  tashqari  yordamchi
bo’linmalar  ham  mavjud  bo’lgan.  
Bastiliya  egallanganidan  so’ng  Milliy  majlis  xalq  hokimiyatidan  kelib  chiqqan
holda     qirollik     ministrligi     diplomatiyasiga     aralasha     boshladi     hamda     uni     o’z
maqsadlariga  bo’yin  egdirishga  harakat  qiladi.  1790-yil   mayda  Milliy  majlis  tashqi
siyosat     masalasida     qirollik     hukumati     bilan     to’qnash     kelib     qoladi.     Bu     vaqtda
Ispaniya   va   Angliya   o’rtasida   Tinch   okeani   qirg’og’ining       Shimoliy   Amerikadagi
qismiga     davogarlik     qilish     masalasida     urush     xavfi     paydo     bo’lgan     edi.     1790-yil
bahorida     har     ikki     mamlakat     urushga     tayyorgarlik     ko’ra     boshlaydi.     1761-yilgi
“oilaviy   kelishuv”   ittifoq    kuchiga   ko’ra    ispan   saroyi    Lyudovik   XVI dan   yordam
talab   qiladi.   Tashqi   ishlar   vaziri    Milliy   majlisga   tezlik    bilan   ispan   qiroli   flotini
Angliyaga  qarshi  qurollantirish  xaqida  habar  beradi.  Uning  axboroti  Milliy  majlisda
bo’ron  ko’tarilishiga  sabab  bo’ladi.   Ko’pchilik   qirolning  Angliyaga   qarshi  harakati aslida     fransuz     revolyutsiyasi     kuchini     zaiflashtirish     hamda     Milliy     majlisini     yo’q
qilish   uchun    olib    borilmoqchi    bo’lgan   harakat    deya  tushunishadi.    Shuning    uchun
ham     Milliy     majlisning     so’l     qismi     qiroldan     urush     e’lon     qilish     hamda     kelishuv
imzolash  huquqlarini  tortib  olishga  kelishadi.  Milliy  majlis  diplomatik  kelishuvlarni
o’zi   olib   borish   hamda   kelishuvlarni    o’zi   tasdiqlashi   haqida   bayonot   qiladi.   Iliq
muzokaralardan   so’ng   graf   Mirabo   deputatlarning   ko’pchiligini   o’ziga   jalb   qiladi.
Aslida  esa  u  ayni   shu   vaqtdan  boshlab  qiroldan  maxfiy  tarzda  subsidiyalar  qabul
qila  boshlagan  edi.  24-mayda  Mirabo  Milliy  majlisda  urush   qilish  va  tinchlik  sulhi
olib     borish     masalalari     bo’yicha     qarorlar     qabul     qilish     huquqiga     ega     bo’ladi.
Deputatlar  muzokaralari  chog’ida  dinastiyaning  maxfiy  diplomatiyalari    va  ittifoqlari
haqida     keskin     mulohazalar     qilinib,     Fransiya     uchun     faqatgina     “haqqoniy     xalqlar”
bilan    “milliy   kelishuvlar”  zarur  deb  e’lon  qiladi.  Ispaniyaning  “oilaviy  kelishuv”
sulhini     bajarish     talabiga     binoan     Milliy     majlis     diplomatiyaga     doir     ishlarni     ko’rib
chiqish   uchun   doimiy   komitet   chaqiradi.   “Diplomatik   komitet” ning   boshlig’i   etib
Mirabo  tayinlanadi.  Milliy  majlis  hamda  diplomatik  komitet  qirol  va  vazirliklarning
rasmiy   diplomatiyasini   o’ziga   to’liq   bo’ysundirishdi   va   nihoyat   oxir-oqibatda   yirik
burjuaziya     Fransiya     siyosat       ishlari     ijrochisiga     aylandi.     Diplomatik       komitetning
taklifi  bilan  Milliy  majlis  Ispaniya  bilan  ittifoqni  saqlab  qolishni  ma’qul  topdi,  bu
Angliyaga   qarshi     zarur   deb   hisoblanadi.   Faqatgina   kelishuvdagi   barcha   bandlarni
olib   tashlaydi    va   faqat    tashqi   ishlar    va    savdo    masalasiga   doir   bandlarni    saqlab
qoladi.  1791-yil    dekabr    oyida    muhim    dekret    qabul    qilinadi,   unga    ko’ra    “fransuz
millati     bosqinchilik     doirasidagi     har     qanday     urushlardan     voz     kechadi     va     hech
qachon  o’z  kuchini  qaysidir  xalqning  ozodligiga  qarshi  ishlatmaydi”.
1791-yil    yozda    qirol    Fransiyadan    omadsiz    tarzda    qochishga    urinadi.    Tashqi
ishlar  vazirligi  bu  ishga  daxldor  deb  ayblanadi.  Varenndagi  qochqindan  so’ng  qirol
vaqtinchalik  hokimiyatdan  chetlashtiriladi.  Buning  oqibatida  barcha  chet  el  saroylari
norozilik     tufayli       Fransiya     bilan     o’z     elchilik     aloqalarini     uzib     qo’yadi.     Bundan
vahimaga     tushgan     Milliy     majlis     yana     qirol     hukumatini     qayta     tiklaydi.
Fransiyada     revolyutsiya     boshlangan     vaqtda     Yeyropa     diplomatlari     o’z
e’tiborlarini  Sharqiy  Yevropadagi  voqealarga  qaratishgan  edi.  1787-yilda  boshlangan
Rossiyaning     Turkiya     bilan     urushi     bu     vaqtda     eng     qizigan     pallasiga     yetgan     edi.
Avstriya   1788-yilda   Rossiyaga   qo’shilgan   edi,   biroq   Avstriya   armiyasi   tez   orada tor-mor     etiladi.     Faqatgina     rus     armiyasi     uzoq     vaqt     davomidagi     qamali     natijasida
katta     galabaga     erishadi.     Lekin     jang     natijasi     hali     bu     bilan     yakunlanmagan     edi.
Rossiya  ayni  vaqtda  Shvetsiyaga  qarshi  ham  urush  olib  borayotgan  edi.  Angliya  va
Prussiya   Turkiya   hamda   Shvetsiyaga   har   qanday   diplomatik   ko’mak   berib   turadi.
Shu  qatorda  fransuz  revolyutsiyasi  barcha  xalqaro  siyosatga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatdi.
Bu     revolyutsiya     yirik     derjaviyalar     o’z     e’tiborlarini     sharqdan       g’arbiy   Yevropaga
qaratishlariga majbur  qilgan edi.  Bu  vaqtga  kelib  eski  Yevropa  odatlari  parchalangan
edi.   Fransuz   revolyutsiyasi   xalqaro   munosabatlar   rivojlanishining   yangi   bosqichini
ochib  bergan  edi.  Tez  orada  Fransiyadagi  burjua-revolyutsion  kurash  barcha  xalqaro
munosabatlar  va  diplomatic  kelishuvlar  markaziga  chiqib  oladi.
O’sha  vaqtda  Yevropa  siyosatida  muhim  rolni  ikki  yirik  derjaviyalar – Rossiya
va     Angliya     egallab     turishgan     edi.   1783-yil     dekabr     oyidan     Angliya     tashqi     ishlar
vaziri  lavozimiga  lord  Chatamning  o’g’li  Uilyam Pitt  kichik    tayinlangan  edi.  Lord
Chatam  yeti  yillik  urush  davrida  vigllar  partiyasining  mashhur  ministri  edi.  Uilyam
Pitt     ministrlar     boshlig’i     lavozimida     1783-yilning     ohiridan     to     1801-yilgacha
egallaydi,  so’ng  yana  bu  lavozimni  1801-yildan  1806-yilgacha,  umrining  oxirigacha
boshqaradi.     Uilyam     Pitt     o’zining     qobiliyati,     shuningdek     Pittlar     oilasining     keng
aloqalari   va   ta’siri   tufayli   balog’atga   yetgan   chog’dayoq   parlament   a’zosi   sifatida
tanlanadi  va  taxminan  24  yoshida  hukumat  tepasiga  keladi. 
 Ko’rib  o’tilayotgan  yillarda  Pitt  o’zini  yirik  siyosiy  inson  sifatida  namoyon
qiladi.   U   Angliya   o’zining   Amerikadagi     muhim   kaloniyalaridan   ayrilgach,   uning
holatini  mustahkamlash  va  buyuk  qudratini  kuchaytirish  uchun  ko’p  ishlar  amalga
oshiradi.  Pitt    amerikaliklar  bilan  urushda  mag’lubiyatga  uchraganidan  so’ng  kelib
chiqqan     inqirozli     holatdan     Angliyani     olib     chiqib     ketish     vazifasini     o’z     oldiga
maqsad     qilib     qo’ydi.     U     birinchi     navbatda     o’ziga     ittifoqchi     topish     masalasiga
yuzlandi.     Pitt     Fransiyani     o’ziga       dushman     deb     bilar     va     unga     qarshi     Yevropa
qit’asidagi     biror     kuchli     derjaviya     bilan     ittifoq     tuzishni     rejalashtiradi.     Birinchi
o’rinda     u     ittifoqlik     masalasida     Yekaterina     II   ga     murojat     qiladi.     Uning     maqsadi
aslida  Fransiya  Rossiya  ittifoqligiga  yo’l  qo’ymaslik  edi.  Shu  bilan  birga  u  Rossiya
bilan   yaqinlashgan   holda   uning   Turkiyaga   qarshi   urushiga   halaqit   ham   bermoqchi
edi.     Lekin     bu     ittifoqlik     amalga   oshmadi.     Chunki     Yekatirina   II     Turkiyaga     qarshi
ittifoqchi  izlayotgan  edi. Peterburgdagi   omadsizlikdan   so’ng    Pitt   Prussiya   bilan   ittifoq    tuzishga   qaror
qiladi  va  bu  amalga  oshadi.  1786-yil  Angliya  Prussiya  bilan  Fransiya  va  Rossiyaga
qarshi   kelishuv  tuzadi. Aabiyotlar 
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. –  Т ., 2014. 
3. Богатуров А.Д., Аверков В.В. История международных отношений. 1945- 
2008. М., 2010. 
4. История международных отношений. Основные этапы с древности до 
наших дней. – М., Логос, 2007. / под ред. Г.В.Каменской, О.А.Колобова, 
Э.Г.Соловьева. 
5. Системная история международных отношений. 1918-2003. В четырех 
томах. Отв. Ред. А.Д.Богатуров. М.,2003. Qo’shimcha adabiyotlar: 
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. 
7. Бажанов Е.П., Бажанова Н.Е. Многополюсный мир. М., 2010. 
8. Бережков В.М. Страницы дипломатической истории. 4-ое издание. М., 
1987. 
9. Буданова В.П. Готы в эпоху великого переселения народов. М., 1990. 
10.Дулина Н.А. Османская империя в международных отношениях (30-40- 
годы XIX века). М.,1980. 
11.3агорский А.В. Хельсинский процесс: Переговоры в рамках Совещания по
безопасности и сотрудничеству в Европе 1972-1991 гг. М., 2005. 
12.Ивонин Ю.Е. У истоков Европейской дипломатии нового времени. 
Минск,1984. 
13.История дипломатии. М.,1959-1963 гг. T.I; II. 14.Лебедева М.М. Мировая 
политика М., 2003.

XVIII asr 2-yarmi va XIX asrning boshlarida Xalqaro munosabatlar. Reja. 1. “Yetti yillik urush” (1757-1763) va uning umumiy natijalari. 2. Prussiya qiroli Fridrix II (1740-1786) diplomatiyasi. 3. Rossiyada Yekatirina II (1762-1796) diplomatiyasi 4. Fransuz burjua inqilobi (1789-1899) davri diplomatiyasi. 5. Napalyon Bonapart diplomatiyasi 6. Vena kongressi va undagi diplomatik ziddiyatlar, imzolangan shartnomalar.

1789-1794-yillardagi fransuz revolyutsiyasi fransuz monarxiyasining dvoryan- dinastiyasi diplomatiyasiga qattiq zarba beradi. Fransuz absolyutizmi diplomatiyasi va uning barcha ichki siyosati fransuz burjuaziyasiga 1789-yildan ancha oldin ham chuqur norozilik bilan qarar edi. Mustahkamlangan burjuaziya endi absoyutizmga ehtiyoj sezmasdi: ular endi tashqi va ichki siyosat masalalarida dvoryanlik hamda dinastiya hukmronligini hohlamas edi. Yevropa qit’asining boshqa mamlakatlarida 1789-yilgi revolyutsiya ostonasida absolyut monarxiya diplomatiyasi dvoryanlar va ularni boshqaruvchi dinastiyalar qiziqishlariga bo’ysunardi. Avstriya, Prussiya va ayniqsa Rossiyada Fransiyadan farqli tarzda siyosiy hokimiyat uchun kurashga qodir bo’lgan kuchli burjuaziya yaralmagan edi. Yevropa qit’asidagi davlatlar orasida faqatgina Angliyada hali XVII asrdayoq sodir bo’lgan ingliz burjua inqilobi tufayligina parlamentning qirol hokimiyati ustidagi nazorati ichki siyosatda burjuaziya manfatlari hisobga olinadi. XVII asr ikkinchi yarmida fransuz diplomatiyasining bosh asosi 1756-yildagi Fransiya-Avstriya ittifoqi bo’lib, unga ko’ra taxt vorisi bo’lajak Lyudovik XVI Avvstriya qirolichasi bilan nikohdan o’tadi. Bu ittifoq Fransiyani Prussiya hujumidan saqlashi va barcha fransuz kuchlarini Angliya bilan kaloniyalar masalasidagi kurashga tashlashga imkon yaratish uchun kerak edi. 1756-1763- yillardagi yeti yillik urushda Avstriya bilan oilaviy aloqada bo’lganligi bois fransuz saroyi unga ko’p miqdorda askar va mablag’ kiritadi, shu bilan birga aksincha o’z mamlakatini zaiflashtirib qo’yadi. Avstriya Fransiyani o’z siyosatining quroliga aylantiradi. Yuqorida aytib o’tilganidek Lyudovik XV ning dinastiya diplomatiyasidagi xatosi Angliyaning yetti yillik urushda g’alaba qozonishiga imkon beradi. Fransiya buning oqibatida Kanada va boshqa mustamlakalaridan ajraladi. Avstriya bilan ittifoq fransuz burjuaziyasi qiziqishlari uchun qarshiliklar keltirib chiqardi, Fransiya uchun omadsizlik keltirdi. Fransuz tashqi siyosatining ikkinchi asosi uning Ispaniya bilan ittifoqi edi: bu ittifoq Angliyaning kalonial hukmronligiga qarshi qaratilgan edi. Bu ittifoq Avstriya bilan tuzilgan ittifoqdan ancha mashxur edi. O’z ko’rinishiga ko’ra bu ittifoq ispan va fransuzlar o’rtasidagi Burbonlar avlodiga oid “oilaviy kelishuv”edi. Fransiya monarxiyasining zaiflashuviga qaramay, Angliya va Fransiya o’rtasidagi savdo va kaloniyalarga egalik qilish borasidagi kurashlar G’arbiy

Yevropa xalqaro siyosatidagi asosiy muammo edi. Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik uchun kurashida qatnashgan Fransiya uchun bu jarayon biroz omadli kechdi, lekin bu Angliyaning ohirgi vaqtlarda Fransiyaga qarshi yangi choralar ko’rishiga to’sqinlik qila olmadi. Bu choralardan eng ahamiyatlisi 1786-yilgi savdo shartnomasi hisoblanadi. Bu savdo shartnomasiga binoan Fransiyaga britan manafaktura maxsulotlari kiritila boshlandi, natijada fransuz ishlab chiqaruvi sindi, lekin bundan dvoryanlar va yirik yer egalari katta foyda olishdi. Xuddi shu yillarda Angliya bilan urushga juda zaif bo’lib qolgan Fransiya Rossiya bilan yaqinlashadi. U endi Turkiyani Rossiyaga qarshi qo’llab-quvvatlashni bas qilib, 1787-yilda Rossiya bilan savdo shartnomasi tuzadi va Fransiya yangi rus qora dengiz portlaridan tushadigan daromadga ega bo’ladi. 1787-yilgi Rossiya bilan tuzilgan ushbu savdo shartnomasi burjuaziya qiziqishlari asosida shakllangan bo’lib, revolyutsiya ostonasida fransuz diplomatiyasi erishgan yagona yirik omad edi. Nihoyat Fransiya savdogarlari Turkiyadan Qora dengizga foydalanish imkoniyatini qo’lga kiritadi va Misr hamda Hindiston yo’llariga operatsiyalar uyushtirishga muvaffaq bo’lishdi. Shunday sharoitda Yaqin Sharqda Fransiya o’zining savdo gegemoniyasini hali ham saqlab qolishga erishadi, biroq Angliya bu borada uni zaiflashtirishga urinadi. 1787-1788-yillarda xalqaro bosim tufayli Fransiya yana bir zarbani boshidan kechirdi: fransuz monarxiyasi o’zining moliyaviy va siyosiy jihatdan kuchsizligi bois Gollandiya bilan munosabatda ittifochilik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortadi. Hali 1785-yilda Fransiya Gollandiya bilan Angliya va Prussiyaga qarshi ittifoq tuzadi. O’sha vaqtda Gollandiya hukumatini Angliyaga dushmanona munosabatda bo’lgan “patriotlar” burjuaziya partiyasi egallagan edi. Lekin 1787- yilda pruss askarlari Gollandiyaga kiritiladi va u yerda dvoryan hamda saroy ahli partiyalarining reaksion boshqaruvini tiklaydi. Ular esa Angliya va Prussiya bilan ittifoq tuzish istagida edilar. Bundan tashqari german davlati bilan savdo munosabatlari orqali bog’liq golland burjuaziyasining bir qismining qo’llab- quvvatlashiga erishadi. Bu vaqtda Fransiyaning Gollandiyaga pruss intervensiyasiga qarshi yordam so’rashiga rad javobini aytishi fransuz diplomatiyasining tanazzuli

hamda Yevropada kuchsizligini anglatar edi. Pruss intervensiyasining omadi Gollandiyani Angliya va Prussiya ta’siri ostiga tushirib qo’yadi. 1788-yildayoq Angliya, Prussiya va Gollandiya o’rtasida uchlik ligasi tuzilib, u Rossiya, Fransiya va Avstriyaga qarshi qaratilgan edi. 1789-yilgi revolyutsiya ostonasida bu ingliz-pruss-golland ittifoqi Tukiya va Shvetsiyani qo’llab-quvvatlaydi va G’arbiy Yevropa derjaviyalaridagi eng kuchli guruhga aylanadi. Unga parchalangan holdagi Avstriyaning Rossiya bilan va Fransiyaning Avstriya va Ispaniya bilan ittifoqligi qarshi turayotgan edi Absolyut monarxiya davrida tashqi ishlar ministrligi va elchilik, absolyut monarxiya siyosatining bo’ysunuvchan quroli sifatida tashkil etilgan edi. Tashqi ishlar ministri monarx tominidan tayinlangan bo’lib, faqat uning oldida javobgar bo’lgan. Elchilar hamda ministrlar odatda saroy bilan bog’liq aristokrat familiyalardan tayinlangan. Ministrlikning kam sonli amaldorlarigina shuningdek saroy bilan bog’liq burjuaziyadan tayinlangan. Ministrlik lavozimiga tayinlangach to umrining ohirigacha o’z lavozimida faoliyat yuritgan. Ministrlik hududiy belgilar bilan ajralgan ikki “siyosiy boshqaruvdan” tashkil etilgan. Ulardan biri G’arbiy va Markaziy Yevropa davlatlari hamda Amerika bilan, ikkinchisi Sharqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlari hamda Skandinaviya davlatlari bilan munosabatlar olib borgan. Bu ikki boshqaruvdan tashqari yordamchi bo’linmalar ham mavjud bo’lgan. Bastiliya egallanganidan so’ng Milliy majlis xalq hokimiyatidan kelib chiqqan holda qirollik ministrligi diplomatiyasiga aralasha boshladi hamda uni o’z maqsadlariga bo’yin egdirishga harakat qiladi. 1790-yil mayda Milliy majlis tashqi siyosat masalasida qirollik hukumati bilan to’qnash kelib qoladi. Bu vaqtda Ispaniya va Angliya o’rtasida Tinch okeani qirg’og’ining Shimoliy Amerikadagi qismiga davogarlik qilish masalasida urush xavfi paydo bo’lgan edi. 1790-yil bahorida har ikki mamlakat urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. 1761-yilgi “oilaviy kelishuv” ittifoq kuchiga ko’ra ispan saroyi Lyudovik XVI dan yordam talab qiladi. Tashqi ishlar vaziri Milliy majlisga tezlik bilan ispan qiroli flotini Angliyaga qarshi qurollantirish xaqida habar beradi. Uning axboroti Milliy majlisda bo’ron ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Ko’pchilik qirolning Angliyaga qarshi harakati

aslida fransuz revolyutsiyasi kuchini zaiflashtirish hamda Milliy majlisini yo’q qilish uchun olib borilmoqchi bo’lgan harakat deya tushunishadi. Shuning uchun ham Milliy majlisning so’l qismi qiroldan urush e’lon qilish hamda kelishuv imzolash huquqlarini tortib olishga kelishadi. Milliy majlis diplomatik kelishuvlarni o’zi olib borish hamda kelishuvlarni o’zi tasdiqlashi haqida bayonot qiladi. Iliq muzokaralardan so’ng graf Mirabo deputatlarning ko’pchiligini o’ziga jalb qiladi. Aslida esa u ayni shu vaqtdan boshlab qiroldan maxfiy tarzda subsidiyalar qabul qila boshlagan edi. 24-mayda Mirabo Milliy majlisda urush qilish va tinchlik sulhi olib borish masalalari bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo’ladi. Deputatlar muzokaralari chog’ida dinastiyaning maxfiy diplomatiyalari va ittifoqlari haqida keskin mulohazalar qilinib, Fransiya uchun faqatgina “haqqoniy xalqlar” bilan “milliy kelishuvlar” zarur deb e’lon qiladi. Ispaniyaning “oilaviy kelishuv” sulhini bajarish talabiga binoan Milliy majlis diplomatiyaga doir ishlarni ko’rib chiqish uchun doimiy komitet chaqiradi. “Diplomatik komitet” ning boshlig’i etib Mirabo tayinlanadi. Milliy majlis hamda diplomatik komitet qirol va vazirliklarning rasmiy diplomatiyasini o’ziga to’liq bo’ysundirishdi va nihoyat oxir-oqibatda yirik burjuaziya Fransiya siyosat ishlari ijrochisiga aylandi. Diplomatik komitetning taklifi bilan Milliy majlis Ispaniya bilan ittifoqni saqlab qolishni ma’qul topdi, bu Angliyaga qarshi zarur deb hisoblanadi. Faqatgina kelishuvdagi barcha bandlarni olib tashlaydi va faqat tashqi ishlar va savdo masalasiga doir bandlarni saqlab qoladi. 1791-yil dekabr oyida muhim dekret qabul qilinadi, unga ko’ra “fransuz millati bosqinchilik doirasidagi har qanday urushlardan voz kechadi va hech qachon o’z kuchini qaysidir xalqning ozodligiga qarshi ishlatmaydi”. 1791-yil yozda qirol Fransiyadan omadsiz tarzda qochishga urinadi. Tashqi ishlar vazirligi bu ishga daxldor deb ayblanadi. Varenndagi qochqindan so’ng qirol vaqtinchalik hokimiyatdan chetlashtiriladi. Buning oqibatida barcha chet el saroylari norozilik tufayli Fransiya bilan o’z elchilik aloqalarini uzib qo’yadi. Bundan vahimaga tushgan Milliy majlis yana qirol hukumatini qayta tiklaydi. Fransiyada revolyutsiya boshlangan vaqtda Yeyropa diplomatlari o’z e’tiborlarini Sharqiy Yevropadagi voqealarga qaratishgan edi. 1787-yilda boshlangan Rossiyaning Turkiya bilan urushi bu vaqtda eng qizigan pallasiga yetgan edi. Avstriya 1788-yilda Rossiyaga qo’shilgan edi, biroq Avstriya armiyasi tez orada