XVIII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Mavzu: XVIII asr birinchi yarmida xalqaro munosabatlar va diplomatiya Reja: I. KIRISH II. ASOSIY QISM 1.Ispanya merosi uchun urush (1701-1714). Utrext va Rashtadt sulh shartnomalari va Fransiyada Lyudovik XV diplomatiyasi 2.Polsha merosi uchun urush (1733-1738) va Vena tinchlik shartnomasi (1738),va XVIII asr 1-yarmida Angliya diplomatiyasi. 3. Avstrya merosi uchun urush (1740-1748) va Rossiyada Pyotr I (1682-1725) diplomatiyasi. 4.Xulosa 5.Adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi shundaki, XVIII asr har tomonlama ziddiyatli voqealarga boy o`tgan. Bir tomondan Yevropa davlatlarining mintaqada gegemonlik uchun kurashi bo`lsa, ikkinchi tomondan burjua inqiloblari ichki
siyosiy muvozanatni o`zgarishiga va keskinlikning yanada ortishiga olib keldi. Ayniqsa Fransiyada bo`lib o`tgan Burjua inqilobidan keyin inqilob targ`ib qilgan ``Ozodlik, Tenglik, Birodarlik`` kabi iboralar demokratik davlat qurilishi yo`lidagi davlatlar uchun harakatchan kuchga aylangan shior bo`ldi. G`arbiy Yevropa davlatlari biri ikkinchisidan ulush olishi uchun bo`lib o`tgan kurashlar xalqaro munosabatlar va diplomatik san`atlar rivojida yana bir pog`ona o`sish bo`ldi. Ispan merosi uchun kurash bilan bosshlangan XVIII asr biri ikkinchisiga ulanib ketgan voqeliklarni keltirib chiqardi. Avstriyada Mariya Terezaning faoliyati ham asrning birinchi yarmida bo`lib o`tgan voqeliklarning xarakterli belgilaridan biridir. Angliya va Fransiyadan farqli ravishda bu davr Gollandiyaning ham faol xalqaro maydondagi harakatlari kuzatildi. Bir-biriga qarama-qarshi tuzilgan ittifoqlar va ikkilamchi omillar sabab ittifoqlar tarkibining almashinib turishi ham , ushbu davrning o`ziga xos bir belgisi hisoblanadi. Ispany a merosi uchun urush (1701-1714). Ut rext v a Rasht adt sulh shart nomalari v a Fransiy ada Ly udov ik X IV diplomat iy asi
Lyudovik XIV ning hukmronliginig ikkinchi dacriga kelib, Yevropa diplomatiyasi tarixida Angliya o’z obro’sini oshirish va Fransiyani mustamlakalarini egallash uchun kurash davri bo’ldi. Bu jarayon ayniqsa Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushlar davrida (1701-1714) o’zaro urush davrining muhim davri bo’ldi. U amalda ilk bor Fransiya va Angliyaning dengizda va mustamlakalar ustidan hukmronlik qilishi uchun olib borilgan urushlari edi. Fransiyaning Angliyaga qarshi kaolitsiyalarni shakllantirishga urinishi teskari ta’sir etgan. XVII asrning 80 yillarida Fransiyaga qarshi deyarli butun Yevropa maydonga chiqdi. 1701 yil bahorda urush boshlanganda urush Fransiya uchun omadsiz kechdi. Fransiya bir vaqtning o’zida to’rtta teatrda o’ynashga majbur bo’ldi. Bular Italiya, Ispaniya, Niderlandiya va Reyn bo’yi Germaniyasida urush harakatlarini olib borishga majbur bo’ldi. Urushning birinchi davrida (1702-1704) Fransiya bir qancha og;ir ahvolga tushib qoldi. Urushning ikkinchi darida (1704-1710) esa Fransiya urushning hal qiluvchi yillari bo’ldi. Seveniyadagi kamizar-protistantlar harakatini tiklashga urinildi. So’nggi bosqichda (1710-1714) bir qancha harbiy yo’qotishlarga uchraydi va ko’proq endi tinchlik kelishuvlari haqida o’ylay boshlaydi. Fransiya qiroli urush oxiriga kelib har qanday usulda bo’lmasin urushdan chiqish yo’llarini o’ylay boshlaydi. Uning bu fikrlariga esa raqiblari, yirik diplomat va generallar: Velgil III Oraniskiy, Malbaro, Avstriya sarkardasi Yevgeniy Svoniskiy qarshi edi. Ispaniya qiroli Filipp XIV 1665 yilda vafot etdi, Fransiya o’z merosini janubiy Niderlandiyadan berilishini talab qildk. Ispaniya uni rad qildi. Natijada 1667 yilda Fransiya Ispaniya urushi boshlandi. Bu urush "Devolyusiya urushi yoki vorislik urush" deyildi. Lyudovik XIV Brabatan va Flandriyani armiyasi yo’qligi tufayli ximoyasiz deb o’yladi, Ispaniya ularga qo’shin yetkazib berolmas edi. Fransuzlarning 1667 yilgi boji og’ir bo’lib, Gollandlarning savdo ishlariga putur yetkazgandi. Bundan g’azablangan Gollandlar tajovuzkor Fransiya bilan qo’shni bo’lishdan qo’rqib, janubiy Niderlandiyaning ular tomonidan bosib olinishiga yo’l qo’ymaslikka axd qildilar.
Ular ashaddiy dushmanlari Ispaniya qirollari bilan ittifoq tuzishni afzal ko’rib, ular talablariga rozi bo’ldilar. 1665-1667 yillarda Angliya Gollandiyaga qarshi ikkinchi muvaffaqiyatsiz urush olib borayotgan edi, lekin Angliya parlamenti 1668 yil Karl II ni o’z yo’lini o’zgartirishga va Fransiyaga qarshi Gollandiya bilan ittifoq tuzishga majburladi. Bungacha qirol Fransiyaga Angliya bilan ittifoq tuzishni taklif qildi, lekin Lyudovik XIV uni qabul qilmadi, chunki unga ko’ra Ispaniyaning hamma mustamlakalari Angliyaga o’tishi kerak edi. Shunday qilib, Gabsburglarga qarshi kurashda kechagina ittifoqchi bo’lgan Gollandiya, Shvesiya, Angliya, Ispaniya bilan birlashib Fransiyaning dushmaniga aylandi. Fransiya urushga diplomatik jihatdan yaxshi tayyor emasdi. Shu sababli Gollandiya va Ispaniya Germaniya ustiga qilgan yurishlar keskin bo’lsa-da, Lyudovik V bir yildan so’ng 1668 yidayoq urushni shoshilinch sur’atda to’xtatishga majbur bo’ldi. Axen sulhiga ko’ra Fransiya Finlyandiyaning bir qismini ya’ni Liml shahrini o’zida saqlab qola oldi. 1672 yili eng yaxshi lashkarboshilari Tyurek va Konde rahbarligidagi fransuz armiyasi janubiy Niderlandiyaga va Gollandiyaga xujum qildi. Olib bo’lmaydigan mustahkam deb hisoblangan va bir vaqtlar ispanlarga qarshi qurilgan golland qal’alari olindi. Fransuz qo’shinlari Gollandiyaning ichiga bostirib kirdi. Amsterdam Oranskiy juda keskin harbiy choralar ko’rdi, to’g’onlar buzdirildi, katta bir territoriyani suv bosdi, Fransuz qo’shinlari chekinishga majbur bo’ldi. Lekin Vilgelmning choralari muvaffaqiyatliroq edi. Uning choralari Fransiyani bir qism qo’shinlarini Germaniyaga yuborishga majbur qildi, bu qo’shinlar Germaniyada hamma yoqni xarob qildi. Shunday qilib xalqaro vaziyat Fransiya uchun yana noqulay tus ola boshladi. Lyudovik XIV 1679 yilda Nimvegon sulhini tuzdi. Ispaniya unga janubiy Niderlandiyadagi yana bir qancha shaharlarni berdi. Bu shartnoma birinchi Fransuz tilida yozilgan shartnoma bo’ldi. Lyudovik XIV ning ishtahasi osha bordi, u shimoliy Italiyani, butun g’arbiy Germaniyani, uning toj-taxtini da’vo qila boshladi. Imperator Leopold I ning ahvoli mushkul edi, u ikki tomonlama savdoda - Fransiya va Turkiya xavfi ostida edi. 1686 yili asosan
Gollandiya shatatgalteri Vilgelm III Oranskiyning diplomatik aktivligi tufayli Augsburg ligasi vujudga keldi. Fransiyaga qarshi mamlakatlar va papa Innokentiy XI homiyligida Fransiyaning keyingi vaqtlarda qiladigan har qanday territorial da’volarga qarshi mudofaa ittifoqi tuzdilar. Lyudovik XIV Risvik sulhini tuzib, Ispaniya merosidan katta ulush olishni mo’ljallangan ed. Ispaniya qiroli Karl II ning erkak zuriyodi yo’q edi. Merosxo’rlar: Mariya-Tereza bilan Lyudovik XIV ning o’g’li, Margarita- Terezaning eri Leopold I va Bavariyaning go’dak shahzodasi Leopold II edi. Lyudovik XIV Augsburg ittifoqi bilan yarashishdan foydalanib, Ispaniya o’lkalarini uchta merosxo’r o’rtasida do’stona taqsimlash haqida, Ispaniyani aralashtirmay Ausburg ittifoqi a’zolari bilan 1698 yildayoq yashirincha kelishib olgan edi. Biroq 1696 yilda yuqoridagi til biriktirishga muvofiq Ispaniya taxtiga chiqishi lozim bo’lgan Bavariya shaxzodasi to’satdan vafot etdi. Imperator Leopold II o’zining Ispaniya merosiga doir huquqlarini o’z o’g’li gersog Karlga berishni e’lon qildi. Shu orada Ispaniya qiroli Karl II saroyida ikki guruh kishilar: Avstriya va Fransiya tarafdorlari o’rtasida kurash borayotgandi. Fransiya tarafdorlarining Karl II ga ta’siri katta edi. Ular Ispan hukmdorlarini pora berib sotib olish yo’li bilan g’alaba qozondi. Karl II Ispan va Fransuz saltanatini birlashtirmaslik sharti bilan o’z qo’li ostida hamma o’lkalarni Fransiyadagi merosxo’riga Lyudovik XIX ning ikkinchi nabirasi Filipp Anjuyskiyga berishni vasiyat qildi. Sal o’tmay Lyudovik XIV siyosati Yevropada yangi urush bo’lishini muqarrar kilib qo’ydi. Filipp Anjuyskiy 1701 yil boshlarida Ispaniyaga kelishi va Filipp V nomi bilan Ispaniya qiroli deb e’lon qilingani bilan cheklanmay, Lyudovik Ispan va Fransuz yerlarini birlashtirmasligi to’g’risidagi shartga mutlaqo rioya qilmoqchi emas edi. U endi "General yo’q" deb da’vo kilib, Filipp II ning Fransuz taxtiga merosxo’rligini rasmiy hujjat bilan tasdiqladi. U Ispaniya o’lkalarini Filipp V nomi bilan idora qila boshladi. Inglizlar bil a n gollandlarning Ispaniyada " s avdo- sotiq imtiyozlari berilishi haqidagi talablari Lyudovik XIV tomonidan rad qilindi.