logo

YAKKA TARTIBDAGI MEHNATGA OID HUQUQ LAYOQATI VA MUOMALA LAYOQATI

Загружено в:

27.11.2024

Скачано:

0

Размер:

22.369140625 KB
YAKKA TARTIBDAGI MEHNATGA OID HUQUQ
LAYOQATI VA MUOMALA LAYOQATI
REJA:
1. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning 
yuzaga kelishi asoslari
2. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning 
subyektlari
3. Ish beruvchi  va x odimning huquqlari Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga
kelishi
Xodim   va   ish   beruvchi   o‘rtasidagi   yakka   tartibdagi
mehnatga oid munosabatlar ushbu Kodeksga muvofiq ular
tomonidan   tuziladigan   mehnat   shartnomasi   asosida
yuzaga keladi.
Qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy
hujjatlarda  yoxud tashkilot   ustavida  (nizomida)  belgilangan
hollarda   va   tartibda   yakka   tartibdagi   mehnatga   oid
munosabatlar   mehnat   shartnomasiga   asosan   quyidagilar
natijasida yuzaga keladi:
lavozimga   saylanish   yoki   tegishli   lavozimni   egallash
uchun tanlovdan o‘tish;
lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash;
vakolatli davlat organlari tomonidan ishga yuborish;
O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   mehnat
faoliyatiga bo‘lgan huquqqa doir tasdiqnoma berish;
ota-onaning   har   ikkisining   yoki   ota-onadan   birining
(ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi;
ish   beruvchining   zimmasiga   mehnat   shartnomasini
tuzish   majburiyatini   yuklatish   to‘g‘risidagi   sud   qarorini
qabul qilish;
shaxsiy   mehnatdan   foydalanish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
va   fuqarolik-huquqiy   xususiyatga   ega   shartnoma   asosida
yuzaga   kelgan   munosabatlarni   sud   tomonidan   yakka
tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish.
Mehnat   shartnomasi   tegishli   tarzda
rasmiylashtirilmagan   taqdirda,   xodim   va   ish   beruvchi
o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish
beruvchining yoki uning shunga vakolatli bo‘lgan vakilining
ijozati   bilan   yoki   topshirig‘iga   ko‘ra   xodimga   haqiqatda
ishlashga ruxsat etilganligi asosida ham yuzaga keladi. Lav ozimga say lanish y ok i t egishli lav ozimni egallash
uchun t anlov dan o‘t ish nat ijasida mehnat  shart nomasi asosida
y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar
Agar   lavozimga   saylanish   xodimdan   muayyan   mehnat
vazifasini   bajarishni   talab   etsa,   lavozimga   saylanish   natijasida
mehnat   shartnomasi   asosidagi   yakka   tartibdagi   mehnatga   oid
munosabatlar yuzaga keladi.
Agar   mehnat   to‘g‘risidagi   qonunchilikda   yoki   mehnat
haqidagi   boshqa   huquqiy   hujjatlarda   yoxud   tashkilot   ustavida
(nizomida)   tanlov   bo‘yicha   egallanishi   lozim   bo‘lgan   lavozimlar
ro‘yxati   va   ushbu   lavozimlarga   tanlov   o‘tkazish   tartibi
belgilangan   bo‘lsa,   tegishli   lavozimni   egallash   uchun   tanlovdan
o‘tish   natijasida   shartnoma   asosidagi   yakka   tartibdagi
mehnatga oid munosabatlar yuzaga keladi.
Lav ozimga t ay inlash y ok i lav ozimga t asdiqlash nat ijasida
mehnat  shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi
mehnat ga oid munosabat lar
Yakka   tartibdagi   mehnatga   oid   munosabatlar
qonunchilikda  va   mehnat   haqidagi   boshqa  huquqiy   hujjatlarda
yoki   tashkilot   ustavida   (nizomida)   nazarda   tutilgan   hollarda
lavozimga   tayinlash   yoki   lavozimga   tasdiqlash   natijasida
mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
Vak olat li dav lat  organlari t omonidan ishga y uborish
munosabat i bilan mehnat  shart nomasi asosida y uzaga
k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar
Aholining   ijtimoiy   ehtiyojmand   toifalaridan   bo‘lgan
shaxslarning   yakka   tartibdagi   mehnatga   oid   munosabatlari
mehnat   shartnomasi   asosida   ularni   mahalliy   mehnat
organining   yo‘llanmasi   bo‘yicha   “ Aholi   bandligi   to‘g‘risida” gi
O‘zbekiston   Respublikasi   Qonunida   belgilangan   tartibda   ishga
joylashtirish natijasida yuzaga keladi.
Davlat   grantlari   bo‘yicha   ta’lim   olgan   oliy   ta’lim
tashkilotlarining   bitiruvchilari   bilan   yakka   tartibdagi   mehnatga
oid munosabatlar oliy  ta’lim tashkilotining taqsimot  komissiyasi
tomonidan   berilgan   mehnat   shartnomasi   asosida   ularni   ishga
yuborish natijasida yuzaga keladi.
Muqobil   xizmatga   chaqirilgan   fuqarolarning   yakka
tartibdagi   mehnatga   oid  munosabatlari   tuman   mudofaa   ishlari bo‘limi   tomonidan   muqobil   xizmatni   o‘tash   joyini   tayinlash
haqida   berilgan   ko‘rsatma   bo‘yicha   mehnat   shartnomasi
asosida ularni tashkilotlarga yuborish natijasida yuzaga keladi.
O‘zbek ist on Respublik asi hududida mehnat  faoliy at i
huquqiga doir t asdiqnoma mav jud bo‘lganda mehnat
shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi
mehnat ga oid munosabat lar
Mehnat   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   qonuniy
ravishda   O‘zbekiston   Respublikasiga   kelgan   chet   davlatlar
fuqarolari   va   doimiy   ravishda   boshqa   davlatlar   hududida
yashayotgan   fuqaroligi   bo‘lmagan   shaxslar   bilan   yakka
tartibdagi   mehnatga   oid   munosabatlar   vakolatli   davlat   organi
bergan   O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   mehnat   faoliyati
huquqiga   doir   tasdiqnoma   olinganidan,   shuningdek
qonunchilikda   nazarda   tutilgan   boshqa   talablar   bajarilganidan
keyin tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
Ot a-onadan birining (ot a-onaning o‘rnini bosuv chi
shaxsning) y ozma roziligi mav jud bo‘lganda mehnat
shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi
mehnat ga oid munosabat lar
O‘n   beshdan   o‘n   olti   yoshgacha   shaxslar   bilan   yakka
tartibdagi   mehnatga   oid   munosabatlar   ularni   mazkur   yoshga
to‘lguniga  qadar  ishga  qabul  qilishga  ushbu Kodeksga  muvofiq
yo‘l   qo‘yiladigan   hollarda   ota-onadan   birining   (ota-onaning
o‘rnini   bosuvchi   shaxsning)   dastlabki   yozma   roziligi   mavjud
bo‘lganda mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
Ish beruv chining zimmasiga mehnat  shart nomasini t uzish
majburiy at ini y uk lat ish t o‘g‘risidagi sud qarori qabul qilinishi
nat ijasida mehnat  shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a
t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar
Ish   beruvchi   tomonidan   ishga   qabul   qilish   qonunga   xilof
ravishda   rad   etilgan   shaxslar   bilan   yakka   tartibdagi   mehnatga
oid   munosabatlar   ish   beruvchining   zimmasiga   mehnat
shartnomasini   tuzish   majburiyatini   yuklatish   to‘g‘risidagi   sud
qarori   qabul   qilinishi   natijasida   tuzilgan   mehnat   shartnomasi
asosida yuzaga keladi. Shaxsiy  mehnat dan foy dalanish bilan bog‘liq bo‘lgan v a
fuqarolik -huquqiy  xususiy at ga ega shart noma asosida y uzaga
k elgan munosabat larni y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid
munosabat lar deb e’t irof et ish
Jismoniy   shaxs   bilan   ushbu   Kodeks   11-
moddasining   ikkinchi   qismida   nazarda   tutilgan   munosabatlarni
haqiqatdan tartibga soluvchi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega
shartnomani   tuzish   ushbu   munosabatlarning   sud   tomonidan
yakka   tartibdagi   mehnatga   oid   munosabatlar   deb   e’tirof
etilishiga   sabab   bo‘ladi.   Bunday   holda   mehnat   shartnomasi
fuqarolik-huquqiy   xususiyatga   ega   shartnoma   tuzilgan   kundan
e’tiboran   tuzilgan   deb   hisoblanadi,   taraflarning   munosabatlari
esa shartnomada shartlashilgan ishni jismoniy shaxs tomonidan
bajarish   boshlangan   kundan   e’tiboran   yakka   tartibdagi
mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etiladi.
Shaxsiy   mehnatdan   foydalanish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   va
fuqarolik-huquqiy   xususiyatga   ega   shartnoma   asosida   yuzaga
kelgan   munosabatlar   tugatilgan   taqdirda,   ushbu
munosabatlarni   yakka   tartibdagi   mehnatga   oid   munosabatlar
deb   e’tirof   etish   sud   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Mazkur
shartnoma   bo‘yicha   ijrochi   bo‘lgan   jismoniy   shaxs   ushbu
munosabatlarni   yakka   tartibdagi   mehnatga   oid   munosabatlar
deb e’tirof etish uchun yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib
chiqish   uchun   nazarda   tutilgan   tartibda   va   muddatlarda   sudga
murojaat qilishga haqlidir.
Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid
munosabatlarning subyektlari sifatida
Xodim   va   ish   beruvchi   yakka   tartibdagi   mehnatga   oid
munosabatlarning subyektlaridir.
Mehnatga   oid   huquq   layoqatiga   va   muomala   layoqatiga
ega   bo‘lgan,   ushbu   Kodeksda   belgilangan   yoshga   yetgan
hamda   ish   beruvchi   bilan   mehnat   shartnomasi   tuzgan
O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarolari,   shuningdek   chet   el
fuqarolari   va   fuqaroligi   bo‘lmagan   shaxslar   xodimlar   bo‘lishi
mumkin.
Quyidagilar ish beruvchilar sifatida ish yuritishi mumkin: mulkchilik   shaklidan   va   idoraviy   mansubligidan   qat’i
nazar, tashkilotlar;
tashkilotlarning   filiallari,   vakolatxonalari   yoki   boshqa
alohida   tarkibiy   bo‘linmalari   (bundan   buyon   matnda
tashkilotlarning alohida bo‘linmalari deb yuritiladi);
jismoniy shaxslar.
Jismoniy shaxslar quyidagi hollarda ish beruvchilar bo‘lishi
mumkin:
agar   ular   yuridik   shaxs   tashkil   etmasdan   tadbirkorlik
faoliyatini   amalga   oshiruvchi   yakka   tartibdagi   tadbirkorlar
sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa;
agar   ular   o‘ziga   xizmat   ko‘rsatilishi   va   uy   xo‘jaligini
yuritishda   yordamlashish   maqsadida   uy   xizmatchilarini
yollashni amalga oshirsa;
agar   qonunchilikda   nazarda   tutilgan   hollarda   ularning
kasbiy   faoliyati   ro‘yxatdan   o‘tkazilishi   va   (yoki)   litsenziyalanishi
lozim   bo‘lsa   hamda   ular   mazkur   faoliyatni   amalga   oshirish
maqsadida   xodimlar   bilan   mehnatga   oid   munosabatlarga
kirishgan bo‘lsa.
X odimning huquqlari
Xodim quyidagi huquqlarga ega:
ushbu   Kodeksda   va   boshqa   qonunlarda   belgilangan
tartibda   hamda   shartlarda   mehnat   shartnomasini   tuzish,
o‘zgartirish va bekor qilish;
mehnat   shartnomasida   shartlashilgan   ish   bilan   ish
beruvchi tomonidan ta’minlanish;
mehnatni   muhofaza   qilish   talablariga   mos   keladigan   ish
joyiga ega bo‘lish;
o‘z   malakasiga,   mehnatning   murakkabligiga,   bajarilgan
ishning   miqdori   va   sifatiga   muvofiq   o‘z   vaqtida   hamda   to‘liq
hajmda ish haqi olish;
ish   vaqti   davomiyligining   chegarasini,   ayrim   kasblardagi
va   toifalardagi   xodimlar   uchun   qisqartirilgan   ish   vaqtini
belgilash,   har   haftalik   dam   olish   kunlari,   ishlanmaydigan
bayram   kunlari,   shuningdek   yillik   mehnat   ta’tillari   berish   orqali
ta’minlanadigan dam olish; xavfsizlik  va  gigiyena   talablariga   javob  beradigan   mehnat
sharoitlariga   ega   bo‘lish,   shuningdek   ish   joyidagi   mehnat
sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish talablari to‘g‘risida to‘liq
va ishonchli axborot olish;
mehnat   to‘g‘risidagi   qonunchilikka,   mehnat   haqidagi
boshqa   huquqiy   hujjatlarga,   mehnat   shartnomasiga   muvofiq
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o‘z   mehnat   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy
manfaatlarini   ifodalash   hamda   himoya   qilish   uchun   kasaba
uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish;
jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi, shuningdek ular
shartlarining   bajarilishi   to‘g‘risida   axborot   olish,   shu   jumladan
o‘z vakillari orqali olish;
mehnat   to‘g‘risidagi   qonunchilikda   belgilangan   tartibda
xodimga   mehnat   vazifalarini   bajarishi   munosabati   bilan
yetkazilgan   moddiy   zararning   o‘rnini   qoplash   va   ma’naviy
ziyonni kompensatsiya qilish;
o‘z   mehnat   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy
manfaatlarini   qonun   bilan   taqiqlanmagan   barcha   usullar   bilan
himoya qilish;
mehnat   nizolarini   ushbu   Kodeksda,   boshqa   qonunlarda
belgilangan tartibda hal qilish.
Xodim   mehnat   to‘g‘risidagi   qonunchilikka,   mehnat
to‘g‘risidagi   boshqa   huquqiy   hujjatlarga   va   mehnat
shartnomasiga   muvofiq   boshqa   huquqlarga   ham   ega   bo‘lishi
mumkin.
Ish beruv chining huquqlari
Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
ushbu   Kodeksda,   boshqa   qonunlarda   nazarda   tutilgan
tartibda   va   shartlar   asosida   xodimlar   bilan   mehnat
shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish;
jamoa   muzokaralari   tashabbusi   bilan   chiqish   va   jamoa
shartnomalarini tuzish;
xodimlarni halol samarali mehnati uchun rag‘batlantirish;
xodimlardan o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishini va ish
beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning
ish   beruvchida   bo‘lgan   mol-mulkiga,   agar   ish   beruvchi   ushbu
mol-mulkning   but   saqlanishi   uchun   javobgar   bo‘lsa) ehtiyotkorona   munosabatda   bo‘lishini,   ichki   mehnat   tartibiga
rioya etishini talab qilish;
xodimlarni   ushbu   Kodeksda   belgilangan   tartibda
intizomiy javobgarlikka tortish;
xodimlarni   ular   tomonidan   ham   ish   beruvchiga   bevosita
yetkazilgan,   ham   boshqa   shaxslarga   yetkazilgan   zararning
o‘rnini   qoplash   natijasida   ish   beruvchida   yuzaga   kelgan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   haqiqiy   zarar   uchun   moddiy   javobgarlikka
tortish;
ichki   hujjatlarni   qabul   qilish   (bundan   yakka   tartibdagi
tadbirkor   bo‘lmagan,   jismoniy   shaxs   bo‘lgan   ish   beruvchilar
mustasno);
o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ish
beruvchilar   birlashmalarini   tashkil   etish   hamda   ularga   a’zo
bo‘lish.
Ish   beruvchi   mehnat   to‘g‘risidagi   qonunchilikka,   mehnat
to‘g‘risidagi   boshqa   huquqiy   hujjatlarga   va   mehnat
shartnomasiga   muvofiq   boshqa   huquqlarga   ham   ega   bo‘lishi
mumkin.

YAKKA TARTIBDAGI MEHNATGA OID HUQUQ LAYOQATI VA MUOMALA LAYOQATI REJA: 1. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi asoslari 2. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlari 3. Ish beruvchi va x odimning huquqlari

Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ushbu Kodeksga muvofiq ular tomonidan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud tashkilot ustavida (nizomida) belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasiga asosan quyidagilar natijasida yuzaga keladi: lavozimga saylanish yoki tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish; lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash; vakolatli davlat organlari tomonidan ishga yuborish; O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqqa doir tasdiqnoma berish; ota-onaning har ikkisining yoki ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi; ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarorini qabul qilish; shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlarni sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish. Mehnat shartnomasi tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan taqdirda, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining yoki uning shunga vakolatli bo‘lgan vakilining ijozati bilan yoki topshirig‘iga ko‘ra xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilganligi asosida ham yuzaga keladi.

Lav ozimga say lanish y ok i t egishli lav ozimni egallash uchun t anlov dan o‘t ish nat ijasida mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Agar lavozimga saylanish xodimdan muayyan mehnat vazifasini bajarishni talab etsa, lavozimga saylanish natijasida mehnat shartnomasi asosidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga keladi. Agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud tashkilot ustavida (nizomida) tanlov bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati va ushbu lavozimlarga tanlov o‘tkazish tartibi belgilangan bo‘lsa, tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish natijasida shartnoma asosidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga keladi. Lav ozimga t ay inlash y ok i lav ozimga t asdiqlash nat ijasida mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoki tashkilot ustavida (nizomida) nazarda tutilgan hollarda lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash natijasida mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Vak olat li dav lat organlari t omonidan ishga y uborish munosabat i bilan mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarning yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlari mehnat shartnomasi asosida ularni mahalliy mehnat organining yo‘llanmasi bo‘yicha “ Aholi bandligi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi   Qonunida   belgilangan tartibda ishga joylashtirish natijasida yuzaga keladi. Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar oliy ta’lim tashkilotining taqsimot komissiyasi tomonidan berilgan mehnat shartnomasi asosida ularni ishga yuborish natijasida yuzaga keladi. Muqobil xizmatga chaqirilgan fuqarolarning yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlari tuman mudofaa ishlari

bo‘limi tomonidan muqobil xizmatni o‘tash joyini tayinlash haqida berilgan ko‘rsatma bo‘yicha mehnat shartnomasi asosida ularni tashkilotlarga yuborish natijasida yuzaga keladi. O‘zbek ist on Respublik asi hududida mehnat faoliy at i huquqiga doir t asdiqnoma mav jud bo‘lganda mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet davlatlar fuqarolari va doimiy ravishda boshqa davlatlar hududida yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar vakolatli davlat organi bergan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma olinganidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilganidan keyin tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Ot a-onadan birining (ot a-onaning o‘rnini bosuv chi shaxsning) y ozma roziligi mav jud bo‘lganda mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar O‘n beshdan o‘n olti yoshgacha shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ularni mazkur yoshga to‘lguniga qadar ishga qabul qilishga ushbu Kodeksga muvofiq yo‘l qo‘yiladigan hollarda ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) dastlabki yozma roziligi mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Ish beruv chining zimmasiga mehnat shart nomasini t uzish majburiy at ini y uk lat ish t o‘g‘risidagi sud qarori qabul qilinishi nat ijasida mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarori qabul qilinishi natijasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.

Shaxsiy mehnat dan foy dalanish bilan bog‘liq bo‘lgan v a fuqarolik -huquqiy xususiy at ga ega shart noma asosida y uzaga k elgan munosabat larni y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar deb e’t irof et ish Jismoniy shaxs bilan ushbu Kodeks 11- moddasining   ikkinchi qismida   nazarda tutilgan munosabatlarni haqiqatdan tartibga soluvchi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomani tuzish ushbu munosabatlarning sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi. Bunday holda mehnat shartnomasi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi, taraflarning munosabatlari esa shartnomada shartlashilgan ishni jismoniy shaxs tomonidan bajarish boshlangan kundan e’tiboran yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etiladi. Shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlar tugatilgan taqdirda, ushbu munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish sud tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur shartnoma bo‘yicha ijrochi bo‘lgan jismoniy shaxs ushbu munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish uchun yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda sudga murojaat qilishga haqlidir. Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlari sifatida Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlaridir. Mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, ushbu Kodeksda belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xodimlar bo‘lishi mumkin. Quyidagilar ish beruvchilar sifatida ish yuritishi mumkin: