logo

Yangilangan O'zbekiston milliy qayta qurishdan milliy taraqqiyotgacha

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

80.5 KB
  Yangilangan O'zbekiston: milliy qayta qurishdan milliy
taraqqiyotgacha
Reja:
1. O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi
2. Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi
3. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
4.  Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar
5. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga 
oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari. 1.O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   asarlarining
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to’rtinchi jildi o’zbek
va   rus   tillarida   “O’zbekiston”   nashriyot-matbaa   ijodiy   uyida   nashrdan   chiqdi.
Ushbu   kitob   to’rt   bo’limdan   iborat   bo’lib,   uning   birinchi   bo’limi   “Xalqimizning
hayot  darajasi  va  sifatini  yangi   bosqichga  ko’tarish  –  eng  muhim   vazifamiz” deb
nomlangan.   Unga   davlatimiz   rahbarining   mamlakatimiz   siyosiy-ijtimoiy
hayotidagi  eng  muhim  voqyealar   munosabati   bilan so’zlagan  nutq  va ma’ruzalari
kiritilgan.
“El-yurtimizning   mustahkam   irodasi   va   matonatiga   tayanib,   sinovlardan
munosib   o’tamiz”   deb   nomlangan   ikkinchi   bo’limdan   esa   koronavirusga   qarshi
kurashga bag’ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan.
Kitobning   “Do’stona   amaliy   hamkorlik   –   barqaror   rivojlanish   kafolati”   deb
nomlangan   uchinchi   bo’limini   xorijiy   davlatlar   va   nufuzli   xalqaro   tashkilotlar
rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar tashkil etadi.
Kitobning   to’rtinchi   –   “Tabrik   va   qutlovlar”   bo’limiga   esa   yurtimizda   keng
nishonlanib   kelayotgan   umumxalq   bayramlari,   tarixiy   sanalar,   turli   xalqaro
anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati  bilan yo’llangan tabrik va qutlovlar
kiritilgan.
  Bugun   xalqimiz,   Vatanimiz   intilayotgan   milliy   taraqqiyotning   yangi
bosqichiga xos asosiy xususiyatlar, maqsad va vazifalar O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti   Shavkat   Miromonovich   Mirziyoyev   boshchiligida   ishlab   chiqilgan   va
izchil   amalga   oshirilayotgan   Harakatlar   strategiyasi   va   boshqa   muhim   ijtimoiy-
iqtisodiy,   siyosiy   hujjatlarda   aniq   belgilab   berildi.   Ularda   jahondagi,   Markaziy
Osiyo   mintaqasidagi   vaziyat,   rivojlanish   tendensiyalari,   istiqboldagi   taraqqiyot
yo’llari chuqur tahlil etilgan.
O’zbekistonda   ayni   shu   asosda   inson   huquq   va   erkinliklarini   ta’minlash,
jamiyat   hayotining   barcha   sohalarini   yanada   liberallashtirish   borasida   keng
ko’lamli   islohotlar   amalga   oshirilmoqda.   Xalq   davlat   hokimiyatining   birdan-bir
manbai ekani haqidagi Konstitusiyaviy tamoyil asosida xalq bilan muloqot davlat
siyosati darajasiga ko’tarildi. Mamlakatni innovasion rivojlantirish, odamlarda faol fuqaroliq pozisiyasi  va
tashabbuskorlikni   kuchaytirish,   mustaqil   dunyoqarash   va   fikrlash   ko’nikmasini
shakllantirish,   jamiyatda   adolat   ustuvorligini   ta’minlash,   xuquqiy-demokratik
davlat   asoslarini   mustahkamlash,   korrupsiyaga   qarshi   kurash,   jaholatga   qarshi
ma’rifat bilan kurashish bo’yicha muhim vazifalar amalga oshirildi.
Jamiyat hayotining barcha bo’g’inlarida xalq bilan muloqotning turli shakl va
vositalari,   jumladan,   Xalq   qabulxonalari,   Virtual   qabulxonalar,   Bosh   vazir
qabulxonasi,   mas’ul   va   mutasaddi   rahbarlarning   xalq   deputatlari   mahalliy
kengashlaridagi   hisobotlari,   sayyor   qabullar,   ijtimoiy   muammolarni,   odamlarning
yashash   sharoitlarini   bevosita   joylarga   chiqib   o’rganish   kabi   usullar   keng
qo’llanayotgani   milliy   davlatchilik   asoslarini   mustahkamlash   orqali   milliy   g’oya
tamoyillarini   takomillashtirishga,   pirovard   natijada   aholi   manfaatlari   va
farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   bozor   munosabatlariga   to’liq
o’tish,   xususiy   mulk,   xususiy   tadbirkorlik   erkinligiga   yanada   keng   yo’l   ochish,
barcha sohalarda  davlat-xususiy   sheriklik munosabatlarini   faol   qo’llashga   alohida
e’tibor   berilmoqda.   Yer   osti   va   yer   usti   boyliklaridan,   inson   resurslaridan   to’la
foydalanish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
O’zbekiston   taraqqiyotning   yangi   bosqichida   fuqarolar   qalbi   va   ongidagi
yangi   sifat   o’zgarishlari   hayot   darajasining   yuqsalishi   bilan   uyg’un   holda
kechmoqda.
O’zbekiston   fuqarolarining   xuquq   va   manfaatlarini   ular   dunyoning   qaysi
burchagida bo’lmasin, davlat tomonidan ishonchli himoya qilish reallikka aylanib
borayotgani,   bu   borada   barcha   zarur   mexanizmlar   ishga   solinayotgani   jamiyat
a’zolarining   o’z   xalqi   va   Vatanidan   faxrlanish   tuyg’usini,   davlatning   adolat   va
qonuniy huquqlar kafolati sifatidagi salohiyatiga bo’lgan ishonchini oshirmoqda.
Harakatlar   strategiyasi   asosida   kechayotgan   shiddatli   islohotlar   xalqning
kelajakka   ishonchini   mustahkamlash,   uni   bunyodkorlik   ishlariga   safarbar   qilish,
jamiyatda   uchrayotgan   illatlar,   xususan,   loqaydlik,   boqimandalik   va   korrupsiya
kabi holatlarga qarshi faol kurashishga da’vat etmoqda. “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”.
“Inson manfaatlari xamma narsadan ulug’”, “Xalq boy bo’lsa, davlat  ham boy va
qudratli   bo’ladi”.   “Xalq   bizdan   rozi   bo’lsa,   ishimizda   unum   va   baraka   bo’ladi”,
“Adolat–qonun  ustuvorligida”,  “Ma’naviyat   bo’lmagan  joyda   xech  qachon  adolat
bo’lmaydi!”, “Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash–odamiylikning eng
oliy   mezonidir”   singari   tamoyillar   hayotga   joriy   qilinmoqda.   Bu   esa   milliy
g’oyaning xalq irodasi sifatidagi maqomini oshirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bugun O’zbekistonda amalga oshirilayotgan, jahon hamjamiyati
tomonidan e’tirof  etilayotgan  demokratik islohotlar   ortga  qaytmaydigan  muqarrar
tus olgani xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongida ertangi kunga mustahqam ishonch
uyg’otmoqda.
2.Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi
.Insoniyat tarixida asrlar mobaynida davlat hokimiyatining odamlar manfaati,
jamiyat   ravnaqi   yo’lida   xizmat   qilishiga   harakat   qilindi.   Biroq,   legitimlik   yo’li
bilan   dastlabki   hokimiyat   bo’linishi   kabi   siyosiy-huquqiy,   zamonaviy-nazariy
qarashlar amaliyotga kirib kelmaguncha faoliyat maqsadi insoniyat baxt-saodatiga
qaratilgan   hokimiyat   tizimi   kuzatilmadi.   Hokimiyatni   tartibga   soluvchi   ushbu
nazariya  davlat   hokimiyati   va   boshqaruvini   demokratlashtirish   jarayonida   amalga
oshirilgan   islohotlarning   eng   barqarori   bo’lib,   unda   hokimiyatlar   bo’linishi
tamoyilini   hayotga   izchil   tadbiq   etish,   ular   o’rtasida   o’zaro   va   manfaatlar
muvozanatining   samarali   tizimini   shakllantirish   kabi   dolzarb   chora-tadbirlarni
ko’rishga   qaratilgan   edi.   Hokimiyatlar   bo’linishi   klassik   tamoyilining   mazmun   -
mohiyatini   «bir-birini   tiyib   turish   va   muvozanatda   ushlash»   mexanizmining
mavjudligi   bilan   birga,   uning   real   ishlashi   tashkil   etadi.   O’zbekistonda   davlat
hokimiyatini   tashkil   etishda   hokimiyatni   taqsimlanishi   tamoyilining
konstitusiyaviy asosda qo’lanilishi bizda demokratik tuzumning o’rnatilganligidan
dalolat beradi. Shu jihati bilan konsepsiya davlatning boshqaruvdagi barcha amaliy
harakatlari   va   doirasini   belgilaydi   hamda   mamlakatning   siyosiy   hayotida
barqarorlik, hokimiyat organlari o’rtasida muvozanat mexanizmini yaratadi. Istiqlol   yillarida   amalga   oshirilgan   keng   miqyosli   islohotlar   evaziga   tajriba
to’plandi,   tizim   yangilandi:   totalitar   rejimga   barham   berilib,   davlatchilik   usul   va
uslubida   rasional   yondoshuvlar   shakllandi.   Demokratik   tamoyillarga   keng   yo’l
ochildi.   Shu   nuqtai   nazardan   qat’iy   ishonch   bilan   aytish   mumkinki,   “Buyuk
kelajagimizni   oliyjanob   va   mard   xalqimiz   bilan   birga   quramiz...”.   Darhaqiqat,
bugungi   sharoitlar   butunlay   yangi   davr   davlatchiligiga   asos   solindi   deyishimiz
mumkin.   Albatta,   hozirgi   jadal   taraqqiyot   jarayonining   tayanchi   yurtimiz
O’zbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari
vakolatlarining   qonuniy   me’yorlarini   optimallashtirish,   o’z   xizmat   vazifalarini
bajarish chog’ida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil
qarorlar   qabul   qilishga   yo’l   ochadi.   Bularning   bari   O’zbekiston   jamiyati
amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davrni boshlaganini bildiradi. Gap, davlat
rahbarining   saylov   oldi   dasturi   asosida   ishlab   chiqilgan   va   bugun   hayotga   tadbiq
etilgan   Harakatlar   strategiyasining   mohiyati   borasida   borar   ekan,   shuni   alohida
ta’kidlaymiz,   Strategiyaning   bugungi   kun   uchun   xos   bo’lgan   ma’nosi   hozirgi
murakkab   davrda   O’zbekistonning   erkin   va   farovon   davlat   bo’lishiga   erishish,
odamlar   hayotini   tubdan   yaxshilash,   baxtli   turmushini,   kafolatli   tinchligini
ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo’lgan ishonchini mustahkamlashdan
iborat.   Haqiqatdan   ham,   fuqarolarning   zamonaviy   tafakkuri   davlat   borasida   o’z
tushunchasi,   boshqaruv   xaqida   shaxsiy   fikri,   uning   rivojlanishiga   alohida
yondoshuvi   borligi,   ijtimoiy-siyosiy   jarayonga   munosabati   kardinal   o’zgarganligi
bilan   xarakterlanadi.   Endilikda   ijtimoiy   xayotning   barcha   jabhalarini   isloh   qilish
jarayonlari, fuqarolar ongida fundamental o’zgarishlar, jamiyatni tashkil qilishning
demokratik   shakllari   -   inson   va   jamiyat,   fuqaro   va   davlat   o’rtasidagi
munosabatlarni  soddalashtirilgan   tartibi  sharoitida  ro’y  bermoqda.  Ijtimoiy  adolat
tamoyili   nuqtai   nazaridan   islohotlarning   shu   zayilda   borishi   xalqni,   demokratik
ko’pchilikni   davlatni   xalqchil   boshqarish   jarayonlaridagi   faol   ishitirokini
ta’minlaydi. Bundan davlat hokimiyati organlarining joriy vazifasi – xalqqa xizmat
qilish bilan belgilangan. Bu borada Prezident Sh. Mirziyoyev shunday degan edi:
“Bundan   keyin   vazirlik   va   idoralar,   xo’jalik   birlashmalari   rahbarlari   va hokimlarning   faoliyati   natijasi   ularning   odamlar   bilan   qanday   muloqot   olib
borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal
qilayotganiga   qarab   baholanadi   va   tegishli   xulosalar   chiqariladi”.   Bularning   bari
to’g’ri,   albatta.   Chunki,  istiqlolning   asl   mohiyati,  O’zbekistonning   bosh   maqsadi,
takomillashtirishning ustuvor yo’nalishi ham – xalq davlatning yagona va birdan-
bir   manbai   sifatida   qaratilganligida.   Buning   uchun   boshqaruv   mexanizmidagi
davlat hokimiyati
organlari   faoliyatining   ochiqligini   ta’minlash   muhim   masaladir.   Albatta,
hozirgi   jadal   taraqqiyot   jarayonining   tayanchi   O’zbekistonda,   davlat
boshqaruvning   demokratik   uslubi   sifatida   hokimlik   organlari   vakolatlarining
qonuniy   me’yorlarini   optimallashtirish,   o’z   xizmat   vazifalarini   bajarish   chog’ida
qonun   talablari   hamda   mahalliy   sharoitdan   kelib   chiqib,   mustaqil   qarorlar   qabul
qilishga yo’l ochadi. Bularning bari O’zbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan
mutlaqo   yangi   davr   boshlaganini   bildiradi.   Shu   qatorda   davlat   boshqaruv
organlarini optimallashtirish aholiga sifatli va xolisona xizmat ko’rsatish bo’yicha
ularning   ma’suliyat   hissini   kuchaytirishga   qaratilgan   davlat   boshqaruvini
modernizasiya  qilish zarurligi masalasi  ayniqsa dolzarb bo’lib qolmoqda. Hozirgi
zamonda   inson   omili   hisobga   olingandagina,   umumiy   va   xususiy   maqsadlar,
manfaatlar   bir-biriga   qarama-qarshi   kelib   qolmagan   taqdirdagina   modernizasiya
muvaffaqiyat   qozonishi   mumkin   .   Shu   o’rinda,   albatta,   rivojlantirishning   beshta
yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasida   ham   aynan   adolatli   va   insonparvar
jamiyat qurishning oddiy, sodda, xalqchil tamoyili ilgari surildi, hamda xalq bilan
samarali muloqotni ta’minlash dasturlari ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq ijti-
moiy-siyosiy   hayotni   modernizasiya   qilish,   davlat   hokimiyati   tizimini
demokratlashtirish,   ular   faoliyati   uslubini   xalqchillashtirish   tendensiya   lari
xalqchillik   tamoyili   asosida   barqaror   ishlash   mexanizmini   yaratadi.   Shu   o’rinda,
davlat   rahbarining   “Xalq   davlat   idoralariga   emas,   davlat   idoralari   xalqimizga
xizmat   qilishi   kerak”   degan   talabning   qo’yilishi   jamiyatda   ijtimoiy   adolat
prinsiplarining   barqaror   bo’lishiga,   qonun   ustuvorligiga   erishishga,   qonun   oldida
barchaning tengligi ta’minlanishiga olib keladi. Bu haqqoniy tendensiyaning amaliy ifodasi sifatida tashkil etilgan
xalq bilan muloqot qilish mexanizmlari ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
portali, O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti ning Xalq qabulxonalari, xokimliklar
huzuridagi   dastlab   “yagona   darcha”   va   keyinchalik   “davlat   agentligi   xizmati”ga
takomillashtirildi,  joylarda  sayyor  qabullar  yo’lga  qo’yildi.  Ma’lumki,  yurtimizda
shakllangan   yangi   tarixiy   sharoitlarda   aholidan   kelib   tushgan   ariza   va   takliflarni
chuqur   o’rganilganligi,   umumlashtirilganligi   evazida   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   «O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va aholining
keng   qatlamlari   orasida   qizg’in   muhokamalar   olib   borildi.   Loyihani
joriylashtirilishida,   yuridik   shaxs   maqomiga   ega   bo’lmagan   –   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   Xalq   qabulxonasi   va   O’zbekiston   Respublikasi
Muhimi,   davlat   boshqaruvi   tizimini   isloh   qilishda   davlat   hokimiyati   faoliyatining
mohiyati,   shakli   va   uslubi   jamiyatning   milliy   –   madaniy   va   ijtimoiy   -   siyosiy
rivojlanishining tarixiy sharoitlari, xalq siyosiy va xuquqiy madaniyatining o’ziga
xosligi, hukmron elitaning professionalligi va irodasi, davlatning tuzilish shakli va
siyosiy tartibi bilan belgilanadi. Biroq tashqi muhit ta’siri har bir davlatning sodir
bo’layotgan   global   o’zgarishlarga   javob   beradigan   o’zining   ma’muriy   tizimini
isloh   etishini   talab   etadi.   Bu   o’zgarishlar   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   davlat
chiqimining   kamayishiga,   davlat   funksiyalarining   bajarilishiga   olib   keladi.
Shuningdek,   davlat   xizmatlari   sifatining   oshishiga,   to’laqonli   fuqarolik   jamiyati
bunyod etilishi va, albatta, aholi asosiy ko’pchiligida davlat hokimiyati organlariga
bo’lgan   ishonchini   mustahkamlanishiga   olib   keladi   .   Shu   o’rinda,   Prezident
Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi   to’g’risida”gi   farmonida
davlat   va   jamiyat   qurilishini   takomillashtirishga   yo’naltirilgan   demokratik
islohotlar   va   mamlakatni   modernizasiya   qilishda   parlamentning   rolini   yanada
kuchaytirishga,   davlat   boshqaruvi   tizimini   takomillashtirish   masalalariga   ustuvor
ahamiyat   qaratilgani   ayniqsa   e’tibor   molik.   Mamlakatning   yangi   istiqboldagi rivojlanish   yo’nalishini   belgilab   bergan   bu   tarixiy   xujjat   albatta,   ko’p   yillar
davomida konstruktiv-dasturiamal sifatida xizmat qiladi.
Yuqorida   keltirilgan   fikrlarni   mulohoza   qilib   shunday   xulosaga   kelish
mumkinki,demokratiya   talablari,   inson   mafaatlari   nuqtai   nazaridan   jamiyatning
hukumat   oldiga   qo’yadigan   talablari   ancha   yuqori.   Albatta,   jamiyat   davlat
hokimiyati tarmoqlari faoliyatidagi boshqaruvni har jihatdan samarali deb bilishni
istaydi.   Shuningdek,   ijtimoiy  muammolarni   samarali   xal   etish   va  jamiyatni   izchil
rivojlantirishni   ta’minlashga   imkon   beradigan   obyektiv   va   subyektiv   omillarni
o’rganishga asoslangan,  intuitiv boshqarishni  keng joriy qilish zaruriyati borligini
eslatadi.
3.   Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
Yurtimizda   ijtimoiy   rivojlanish   bo’yicha   o’ziga   xos   tizim   shakllandi.   Bu
borada   2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasida   belgilangan   vazifalarni
amalga   oshirilayotgani,   “Obod   qishloq”,   “Obod   mahalla”,   “Yoshlar   –
kelajagimiz”,   “Besh   ijobiy   tashabbus”   kabi   dasturlar   aholini   yangicha   fikrlash   va
ishlashga safarbar etishda muhim rol o’ynamoqda. Sog’liqni saqlash, madaniyat va
sport,   ilm-fan,   ayniqsa,   ta’lim-tarbiya   sohalarida   bo’layotgan   ulkan
o’zgarishlarning barchamiz guvohi bo’lib turibmiz.
Shu   o’rinda   Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   mamlakatimizda   umumta’lim
maktablarida   11   yillik   tizim   tiklanganini,   maktab   ta’limini   rivojlantirish   masalasi
buyuk   umummilliy   maqsadga,   umumxalq   harakatiga   aylanayotganini   alohida
ta’kidlash   joiz.   Ayniqsa,   bugungi   kunda   mamlakatimizda   oliy   ta’lim   sohasi   ham
jadal   rivojlanmoqda.   So’nggi   uch   yilda   35ta   yangi   oliy   o’quv   yurti   tashkil
qilingani,   ularning   umumiy   soni   112   taga   yetgani,   e’tiborlisi,   bularning   13   tasi
nufuzli   xorijiy   universitetlarning   filiallari   ekani   sohada   amalga   oshirilayotgan
islohotlarning yorqin isbotidir.
 Yangi o’quv yilining ilk – “Mustaqillik” darslarida istiqlol yillarida, ayniqsa,
keyingi   uch   yilda   amalga   oshirilgan   islohotlar,   Harakatlar   strategiyasida
belgilangan   “Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari”   degan   ustuvor   g’oya, Prezidentimiz   nutqi   mazmun-mohiyati   xususida   o’quvchi-yoshlarga   keng
tushunchalar berildi. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   25   yanvardagi   “Umumiy
o’rta,  o’rta  maxsus  va   kasb-hunar   ta’limi   tizimini   tubdan   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to’g’risida”gi   farmoniga   muvofiq   2018/2019   o’quv   yilidan   boshlab
majburiy umumiy o’rta ta’lim  uzluksiz 11 yillik ta’lim  negizida  amalga oshirildi.
11   yillik   ta’limning   joriy   etilishi   munosabati   bilan   tezkor   davr   talabidan   kelib
chiqqan   holda   olimlar,   amaliyotchi   o’qituvchilar   hamda   keng   jamoatchilikning
fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani bo’yicha o’quv rejalari
qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda
kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni o’rgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari”
fani   ham   o’qitiladi.   O’quv   dasturlari   asosida   10-sinf   o’quvchilariga   umumta’lim
fanlaridan   18   nomdagi   darsliklar   7   tilda,   jami   9   million   53   mingdan   ortiq   tirajda
chop etilib, joylarga yetkazildi. 
      Vazirlar   Mahkamasining   2017   yil   24   oktyabrdagi   “Umumiy   o’rta   ta’lim
muassasalarining   10-11-sinflari   o’quvchilariga   kasbiy   ta’lim   berishga
ixtisoslashgan   o’quv-ishlab   chiqarish   majmualarini   tashkil   etish   chora-tadbirlari
to’g’risida”gi   qarori   10-11-sinf   o’quvchilarining   ta’lim   olishi   bilan   birga,   ularga
kasb-hunar   o’rgatish,   yoshlarning   qiziqish   va   qobiliyatini   nazarda   tutgan   holda
kelajakda   ularni   ta’limni   davom   ettirishi   yoki   egallagan   kasbi   bo’yicha   mehnat
faoliyati bilan shug’ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi. Kasb-
hunar   kollejlarida   o’quv-ishlab   chiqarish   majmualari   tashkil   etildi.   Kasblar
ro’yxatini   tayyorlashda   hududlarning   sharoiti   hamda   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish   dasturlari   inobatga   olinib,   mutasaddilar   va   ish   beruvchi   tashkilotlar
mutaxassislari   bilan   birgalikda,   real   vaziyatni   xolis   baholagan   holda   ish   olib
borildi. Ya’ni 11-sinf o’quvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari
bo’yicha o’z ishini topa olishiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bo’lgan kichik tibbiy hamshira,
oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi,
dasturchi,   tarmoq   boshqaruvchisi,   veb-sayt   dizayneri,   kompyuter   grafikasi mutaxassisi   va   shu   kabi   boshqa   kasblarning   o’rgatilishi   jamiyatga,   ham   davlatga
bir   xil   naf   keltiradi.   E’tiborlisi,   joylarda   tashkil   etilgan   o’quv-ishlab   chiqarish
majmualarida   kasblar   murakkabligiga   qarab   1   yoki   2   yil   davomida   o’rgatiladi   va
mehnat bozoridagi ehtiyojga ko’ra kasblarning turi o’zgarib turadi.
10-11-sinf  o’quvchilariga haftasiga  bir  kun 6 soatdan  2 yil  davomida kasbiy
ta’lim o’qitiladi. Bitiruvchilarga o’rta ma’lumot to’g’risida attestat bilan birga kasb
malakasi   bo’yicha   davlat   namunasidagi   diplom   beriladi.   Shu   bilan   birga,
o’quvchilarda   kasblarga   bo’lgan   qiziqishni   oshirish,   kasblar   to’g’risidagi
ma’lumotlarni   uzluksiz   yetkazish   maqsadida   ular   umumta’lim   maktablarining   1-
sinfidan boshlab kasbga yo’naltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yo’naltirish
alohida fan sifatida o’qitiladi.
Ilgari   9-sinfni   tamomlayotgan   o’quvchilarda   qaysi   kollejda   o’qishni   davom
ettirish   borasidagi   savol   ko’ndalang   turardi.   Ba’zilari   majburlikdan   u,   yoki   bu
kollejlarga   “adashib”   borib   qolardi.   Oxir   oqibat   ularning   bilim   olishida,   ham
tarbiyasida   salbiy   holatlar   paydo   bo’la   boshlardi.   Bu   esa,   o’z   navbatida,   voyaga
yetmaganlar   orasida   turli   huquqbuzarliklar,   jinoyatlar   ortishiga   sabab   bo’ldi.
Pedagog   sifatida   shuni   ishonch   bilan   aytamanki,   o’quvchilar   11   yillik   ta’lim
sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli,   kasb-hunarli   bo’lib
ulg’ayishi,   ma’naviyati,   odob-axloqi,   bo’sh   vaqti   ustidan   mahalla-ko’y   va
jamoatchilik nazoratining o’rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda   “ Professional
ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirishga   doir   qo’shimcha   chora-tadbirlar
to’g’risida”gi   Farmoni   qabul   qilingani   ta’lim   tizimidagi   islohotlarning   mantiqiy
davomi bo’ldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi,
desam mubolag’a bo’lmaydi.
Farmonga   muvofiq,   2020/2021   o’quv   yilidan   boshlab   O’zbekistonda
Ta’limning   xalqaro   standart   tasniflagichi   darajalari   bilan   uyg’unlashgan   yangi
boshlang’ich,   o’rta   va   o’rta   maxsus   professional   ta’lim   tizimi   hamda
tabaqalashtirilgan   ta’lim   dasturlari   joriy   etiladigan   ta’lim   muassasalari   tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari
ro’yxatlari tasdiqlandi.
Bundan   tashqari,   Farmonga   ko’ra ,   jami   388   ta   kasb-hunar   kollejlari   binolari
tegishli ro’yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.
Boshlang’ich,   o’rta   va   o’rta   maxsus   professional   ta’lim   tizimida   tegishli
ta’lim   dasturlari   joriy   etilgan   kasb-hunar   maktablari,   kollejlar   va   texnikumlardan
iborat professional ta’lim muassasalari tarmog’i tashkil etiladi.  Bunda:
A) kasb-hunar maktablarida:
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi;
Ta’lim   olayotgan   o’quvchilar   Davlat   byudjeti   hisobidan   bazaviy   hisoblash
miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan
ta’minlanadi.
B) kollejlarda:
Kamida   umumiy   o’rta   ma’lumotga   ega   bo’lgan   shaxslarga   kasblar   va
mutaxassisliklarning   murakkabligidan   kelib   chiqqan   holda   2   yilgacha   muddatda
kunduzgi,   kechki   va   sirtqi   ta’lim   shakllarida   davlat   buyurtmasi   hamda   to’lov-
kontrakt asosida ta’lim beriladi.
V) texnikumlarda:
Umumiy   o’rta   ma’lumotga   ega   bo’lgan   shaxslarga   kasblar   va
mutaxassisliklarning   murakkabligidan   kelib   chiqqan   holda   2   yildan   kam
bo’lmagan   muddatda   kunduzgi,   kechki   va   sirtqi   ta’lim   shakllarida   davlat
buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;
Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim
yo’nalishlari   bo’yicha   kirish   imtihonlarisiz   yakka   tartibdagi   suhbat   orqali   oliy
ta’lim muassasalarida 2-kursdan o’qishini davom ettirish huquqiga ega bo’ladi.
Xulosa o’rnida aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi  yosh
avlodning   puxta   va   sifatli   bilim   olishiga   davlatimiz   tomonidan   ko’rsatilayotgan
katta e’tiborning amaldagi ifodasidir. Zero, hyech bir davlatda O’zbekistondagidek
bepul ta’lim tizimi mavjud emas. Bu islohotlarning tag-zamirida MUSTAQILLIK
bergan cheksiz imkoniyatlardir. 4.  Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga
taqdim   etgan   Murojaatnomasida,   Mamlakatimiz   siyosiy   hayotida   muhim
ahamiyatga   ega   bo’lgan   saylov   qonunchiligi   bir   qator   qonun   va   qonunosti
hujjatlaridan   iborat   bo’lsada,   afsuski,   hanuzgacha   yaxlit   bir   hujjat   shakliga
keltirilmaganligini   ta’kidlab,   xalqaro   norma   va   standartlarga   javob   beradigan
O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish
vazifasini   qo’ygan   edilar.Ushbu   vazifaning   ijrosi     2019   yilning   25-   iyunida   18
bob,103   moddadan   iborat   Saylov   kodeksi   qabul   qilinishida   hamda   2019   yil   22-
dekabrdagi   saylovlarda   va   2020   yil   5-yanvarda   o’tkazilgan   takroriy   ovoz   berish
jarayonlarida   ta’minlandi.Ushbu   muxim   siyosiy   tadbirni   o’tkazish   uchun
O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   saylov   komissiyasi   tomonidan   10253   ta
uchastka   hamda   xorijdagi   fuqarolarimiz   ovoz   berishi   uchun   55   ta   uchastkalar
tuzildi.O’zbekistonning   yangi   tarixida   birinchi   marta   MSK   tomonidan   180
mingdan   ortiq   a’zolar   saylov   qonunchiligidagi   yangiliklar   bo’yicha
o’qitildi.Shuningdek   MSK   ning   2019   yil   11-oktyabrdagi   qarori   bilan   o’tkazilgan
20-oktyabrdan-20 noyabrgacha saylov qonunchiligi targ’ibot oyligi doirasida davra
suxbatlari,debatlar   va   ommaviy   axborotlarda   chiqishlar   orqali   keng   xalqimiz
“YaNGI   O’ZBEKISTON   –   YaNGI   SAYLOVLAR”   shiori   ostidagi   saylov
qonunchiligi   bo’yicha   yangiliklar   xabardor   qilindi.Saylovlarning   shaffof
o’tkazilishini   xamda   xalqaro   standartlarga   mosligini   10   dan   ortiq   xalqaro
tashkilotlardan   800   dan   ortiq   xalqaro   kuzatuvchilar   kuzatdilar.   Shuningdek  
Qonunchilik   palatasi   deputatligiga,   mahalliy   Kengashlar   deputatligiga
nomzodlar   ko’rsatgan   siyosiy   partiyalardan,   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish
organlaridan   mahalliy   kuzatuvchilar   hamda   ommaviy   axborot   vakillari,blogerlar
ham   faol   kuzatdilar.Ular   joylarda   saylov   jarayonlarini   kodeks   talablari   doirasida
o’tkazilishini   ta’minladilar.Bundan   tashqari   respublikamizda   60   ta   saylov
uchastkasidagi   saylov   jarayoni     to’g’ridan   to’g’ri   jaxon   ommasiga   transilyasiya
qilindi.Bu jarayon jaxonda O’zbekistondagi saylovlar demokratik prinsiplarga mos
holda o’tganligini ko’rsatdi.Prezidentimizning 2018 yil 4-oktyabrda qabul qilingan “Saylov   jarayoniga   zamonaviy   axborot-kommunikasiya   texnologiyalarini   joriy
etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini
boshqarishda   axborot   tizimi   va   Saylovchilarning   yagona   elektron   ro’yxatini   joriy
qilishning xuquqiy asoslarini yaratishda muhim omil bo’ldi.
Saylovchilarning   yagona   elektron   ro’yxati   (SYaER)   tegishli   davlat   organlari
tomonidan   taqdim   qilingan   ma’lumotlar   asosida   shakllantirildi   va   yangilandi,
ushbu   ro’yxat   joylardagi   saylov   komissiyalari   tomonidan   aniqlashtirildi.  Aholini
uyma-uy yurish natijasida saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning yagona
elektron   ro’yxatiga   saylovchining   JSIR   yoki   uning   pasport   ma’lumotlari
yordamida   saylovchini   izlab   topdi   va   familiyasi,   ismi,   otasining   ismi,   tug’ilgan
sanasi   va   yashash   manziliga,   uning   ovoz   berish   huquqiga   o’zgartirish
kiritdi.Shuning   uchun   yuqorida     aytilganidek   xorijda   yashayotgan   fuqarolarimiz
xorijdagi   55ta   uchastkalarda   ovoz   berdilar.Xorijdagi   fuqarolarimiz   O’zbekistonda
ovoz bergani yo’q.  
Saylov kodeksidagi yangiliklar:
 Qonunchilik   palatasida   Ekoharakat   vakillari   uchun   kvota   ajratish   instituti
tugatildi;
 Nomzodlarni  xalq deputatlari  tuman (shahar)  Kengashlariga  fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan ko’rsatish tartibi bekor qilindi;
 Saylovchilarning   yagona   elektron   ro’yxatini   yuritish   tartibi   qonunan
tartibga solinadi;
 Siyosiy   partiyalar   tomonidan   imzo   yig’ishda   saylovchilar   tomonidan   bir
qancha partiyalarni yoqlab imzo qo’yish imkoniyati berildi;
 Saylov   uchastkalarida   uchastka   saylov   komissiyasining   ovozlarni   sanash
to’g’risidagi   bayonnomasining   zudlik   bilan   jamoatchilik   muhokamasi   uchun   48
soatdan kam bo’lmagan vaqtga ilib qo’yish tartibi o’rnatildi;
 Uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish jarayoni tugagandan keyin
amalga   oshiradigan   aniq   harakatlari   nazarda   tutilmoqda   (ovozlarni   sanash,
bayonnomalarni tuzish, okrug saylov komissiyalari bilan o’zaro aloqalari va x.k);  Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko’pi bitta tashkilotdan
tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo’yildi;
 Xalq   deputatlari   tuman   (shahar)   Kengashlarida   muhokama   etiladigan   va
tavsiya   etiladigan   uchastka   saylov   komissiyalari   a’zolari   nomzodlari   bo’yicha
jamoat birlashmalari va tashkilotlarining takliflari olinishi tartibi o’rnatildi;
 Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo’l
qo’yiladigan eng ko’p chetga chiqishi o’n foizdan oshmasligi tartibi o’rnatildi;
 fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlariga   saylovlarda   kuzatuvchi
sifatida ishtirok etish huquqi berildi;
 Qonunchilik   palatasiga,   mahalliy   Kengashlarga   saylov   bir   vaqtda
o’tkazilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o’tkazuvchi okrug
saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuzish tartibi o’rnatildi;
 Saylovlarda ovoz berish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha etib belgilandi;
 Saylovchilar   Markaziy   saylov   komissiyasining   rasmiy  
veb-saytida   saylovchilarning   ro’yxati   to’g’risidagi   o’zi   uchun   kerakli
ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo’ladi   va boshqalar.
    O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar
strategiyasi,   “Insonlarning   dardu   tashvishlarini   o’ylab   yashash   –   odamiylikning
eng   oliy   mezonidir”,   “Xalq   davlat   idoralariga   emas,   davlat   idoralari   xalqimizga
xizmat qilishi kerak”, “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat
ruhini   qaror   toptirish   –   demokratik   huquqiy   davlat   qurishning   garovidir”,
“Xalqimiz   o’z   hayotida   ijobiy   o’zgarishlarni   ertaga   emas,   uzoq   kelajakda   emas,
aynan   bugun   ko’rishi   kerak”,   “Xalq   boy   bo’lsa,   davlat   ham   boy   va   qudratli
bo’ladi”   kabi   hikmatlarda   “Yuksalish”   g’oyasi   tayanch   paradigmalarining
mazmun-mohiyati o’z ifodasini topgan. Ular jamiyatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va
ongidan chuqur joy oldi, butun mamlakatimiz, barcha soha va tarmoqlarda amalga
oshirilayotgan   islohotlarni   harakatlantiruvchi   kuchga,   ta’bir   joiz   bo’lsa,   g’oyaviy
o’zagi va ma’naviy tayanchiga aylandi. Bunday tarixiy o’zgarishlar silsilasida xalq
bilan   muloqot   qilish,   murojaatlar   bilan   ishlash   bo’yicha   tamomila   yangi   tizimga asos   solingani   va   buning   xalqaro   miqyosda   noyob   tuzilma   sifatida   keng   e’tirof
etilayotgani esa ushbu jarayonning samarali amalga oshayotganidan dalolat beradi.
5.  Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni 
amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
Elektron hukumat tushunchasi
Keng   ma’noda,   elektron   hukumatning   vazifalari   va   xizmatlar   ko’rsatishi
hamda   faoliyatini   rivojlantirish   uchun   AKTni   qo’llash   sifatida   belgilanishi
mumkin.
O’ziga   xos   ravishda,   elektron   hukumatni   ―davlat   oganlari   ko’rsataѐOtgan
hizmatlarning   shaffofligi,   samaradorligi   va   sifatini   oshirish   maqsadida   raqamli
texnologiyalardan   foydalanish   deb   tushunish   mumkin.   Shuningdek,   elektron
hukumat   AKTni   ko’llagan   holda   davlat   organlarining   yanada   samarali   faoliyat
ko’rsatishi   hamda   fuqarolar   va   tadbirkorlik   subyektlariga   sifatli   xizmatlar
ko’rsatishidir
Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2.   Hukumat   faoliyatini   qo’llab-quvvatlash   (axborot   bilan   ta’minlash,
xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
3.   Fuqarolar   bilan   hukumat   munosabatlarini   rivojlantirish   (yangi   aloqa
kanallarini   yaratish,   si	
ѐOsiy  	ѐOki   ma’muriy   jara	ѐOnlariga   fuqarolarni   targ’ibot   va
tashviqotlar orqali jalb qilish)
4.   Belgilangan   strategiyalarga   mos   ravishda   ishtirokchilarni   jara	
ѐOnlarda
qatnashish qiymatini belgilash.
Elektron hukumat ta’riflari:Birlashgan Millatlar Tashkiloti-Elektron hukumat
fuqarolarga   davlat   organlari   tomonidan   axborot   va   xizmatlarini   etkazib   berish
uchun Internet foydalanish deb ta’riflangan
Jahon   banki   -   Elektron   hukumat   davlat   organlari   axborot   texnologiyalaridan
foydalanib   fuqarolar,   tadbirkorlik   subyektlari   va   boshqa   davlat   organlari
o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarni   yaxshilashni   nazarda   tutadi.   Ushbu
texnologiyalar   turli   maqsadlarga   xizmat   qilishi   mumkin:   fuqarolarga   davlat xizmatlarini   yaxshiroq   etkazib   berish,   biznes   va   ishlab   chiqarish   bilan   o’zaro
muloqotni   takomillashtirish,   kerakli   ma’lumotlarni   olish   orqali   fuqaro   huquq   va
imkoniyatlarini   kengaytirish,  ѐOki   yanada   samarali   davlat   boshqaruvini   amalga
oshirish
Iqtisodiy   hamkorlik   va   taraqqi	
ѐOt   tashkiloti   -   Elektron   hukumat   termini
xukumat tomonidan AKTdan foydalanib, bir qator amaliy funksiyalarini to’laqonli
bajarishi nazarda tutadi
•Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif etilgan tarmoq
salohiyati   tuzilmalari   va   hukumatning   ishlash   jara ѐ	
O nini   transformasiyasi
tushuniladi
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
-davlat   organlari   faoliyatining   samaradorligini,   tezkorligini   va   shaffofligini
ta’minlash,   ularning   mas’uliyatini   va   ijro   intizomini   kuchaytirish,   aholi   va
tadbirkorlik   subyektlari   bilan   axborot   almashishni   ta’minlashning   qo’shimcha
mexanizmlarini yaratish
-Elektron   hukumatning   asosiy   vazifalari   quyidagilardan   iborat:   ariza
beruvchilar   uchun   mamlakatning   butun   hududida   davlat   organlari   bilan   o’zaro
munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo’yicha imkoniyatlar
yaratish
-o’z   zimmasiga   yuklatilgan   vazifalar   doirasida   davlat   organlarining
ma’lumotlar   bazalarini,   Yagona   interaktiv   davlat   xizmatlari   portalini   va   Elektron
davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish
-aholi   va   tadbirkorlik   subyektlari   bilan   o’zaro   munosabatlarni   amalga
oshirishda   elektron   hujjat   aylanishi,   davlat   organlarining   o’zaro   hamkorligi   va
ularning   ma’lumotlar   bazalari   o’rtasida   axborot   almashinuvi   mexanizmlarini
shakllantirish   hisobiga   davlat   boshqaruvi   tizimida   «bir   darcha»   prinsipini   joriy
etish
-tadbirkorlik   subyektlarini   elektron   hujjat   aylanishidan   foydalanishga,   shu
jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, lisenziyalar, ruxsatnomalar,   sertifikatlar   berish   jaraѐOnlarida,   shuningdek   davlat   organlaridan
axborot olish jara	
ѐOnlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o’tkazish
-tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog’i
orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini,
shuningdek   kommunal   xizmatlarni   hisobga   olishning,   nazorat   qilishning   va   ular
uchun haq to’lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish
-naqd   bo’lmagan   elektron   to’lovlar,   davlat   xaridlarini   amalga   oshirish,
masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi  faoliyatning boshqa
elektron shakllarini rivojlantirish
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
elektron   davlat   xizmatlaridan   ariza   beruvchilarning   teng   ravishda
foydalanishi; «bir darcha» prinsipi bo’yicha elektron davlat xizmatlari ko’rsatish;
davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish; elektron hukumatning yagona
identifikatorlaridan foydalanish;
elektron   davlat   xizmatlari   ko’rsatish   tartibini   muntazam   takomillashtirib
borish;
axborot xavfsizligini ta’minlash.
Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari
Elektron   hukumat   tizimining   mamlakatda   muvaffaqiyatli   amalga
oshirilganligini   quyidagi   4   ta   maqsadlarning   bajarilganligi   asosida   baho   berish
mumkin:
Onlayn hukumat xizmati
Qog’ozsiz hukumat
Bilimga asoslangan hukumat
 Shaffof hukumat
Ushbu   to’rtta   maqsadlarga   erishish   uchun   elektron   hukumat   tizimi
hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bo’lishi lozim
Hukumat boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar
mavjud: (1) innovasion fuqaro xizmatlari (G2C); 
(2) innovasion biznes xizmatlari (G2B);
(3) innovasion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E).
Elektron   hukumatining   bir   necha   qirralari   mavjud   va   foydalanuvchilar   va
ularning o’zaro munosabatlari asosida quyidagicha xarakterlanadi
Davlat   fuqarolarga   (G2C)-   fuqarolar   turli   ma’lumotlar,   xizmatlar   va   boshqa
imkoniyatlar bilan ta’minlanadilar
Davlat   biznesga   (G2B)-   hukumat   va   biznes   o’rtasidagi   munosabatlar   va
o’zaro bir qator aloqalarni ta’minlaydi
Davlat   davlatga   (G2G)-   davlat   ichida  ѐOki   davlat   idoralari   o’rtasidagi   turli
axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlash
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari
Elektron   hukumatning   muvaffaqiyat   omillari   beshta   asosiy   guruhlarga
bo’linadi: 
•Kelajakni ko’rish qobiliyati, strategiya va aniq maqsadlar
•Qonun va yo’riqnomalar
•Tashkilotlararo kelishuv
•BPR - Biznes jara	
ѐOnlarni maqbullashtirish
•Axborot texnologiyalari
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me’ ѐ	
1 riy-huquqiy asoslari
Mamlakatimizda   milliy   axborot   tizimini   shakllantirish,   iqtisodi	
ѐOt   va   jamiyat
faoliyatining   barcha   sohalarida   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   hamda
telekommunikasiya   vositalaridan   foydalanish   ko’lamini   kengaytirish,   elektron
xukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda
Soha rivojini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari:
-“Aloqa to’g’risida” /1992 yil 13 yanvar/;
-“Axborotlashtirish to’g’risida” /2003 yil 11 dekabr/;
-“Elektron raqamli imzo to’g’risida” /2003 yil 11 dekabr/;
-“Elektron hujjat almashinuvi to’g’risida” /2004 yil 29 aprel /;
-“Elektron tijorat to’g’risida” /2004 yil 29 aprel /; -“Telekommunikasiyalar to’g’risida” /2011 yil 31 dekabr/
Elektron   xukumat   ishtirokchilarining   munosabatlarini   tartibga   soluvchi
qonunchilik,   davlat   xizmatlarini   sifatli   ko’rsatilishiga   xizmat   qiluvchi
markazlashgan   ma’lumot   bazalarini   to’liq   shakllantirish,   davlat   organlarining   o’z
ishida   zamonaviy   axborot-kommunikasiya   texnologiyalarini   yetarli   darajada   joriy
qilish,   aholi   va   tadbirkorlarga   davlat   xizmatlarini   ko’rsatishda   "bir   darcha
tamoyilidan   to’liq   foydalanishdagi   muammolarni   bartaraf   etish   uchun   "Elektron
xukumat to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Адабиётлар: 
1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. - Toshkent: Ma'naviyat, 2017 yil.
2.   Jo'rayev   N.   Tamaddunga   taklif   (Prezident   Sh.M.Mirziyoyevning   jadal
rivojlanish strategiyasi haqidagi mulohazalar). Toshkent. "O'zbekiston". 2018. B. 6
3.   Sh.Mirziyoev.   Biz   birgalikda   erkin   va   obod,   demokratik   jamiyat   quramiz.   Biz
milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettiramiz va uni yangi bosqichga
ko'taramiz.-T.: "O'zbekiston" NMIU, 2017.153 b.
4.   O'zbekistonda   siyosiy   islohotlar   jarayoni.   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi. Akademiya ”.Toshkent, 2011. B. 20
5. Jo'raev N. Tamaddunga taklif (Prezident Sh.M.Mirziyoyevning jadal rivojlanish
strategiyasi haqidagi mulohazalar).  Toshkent. “O'zbekiston” .2018. B. 26.
6.   Mustaqil   O'zbekiston   tarixi.   Mas'ul   muharrir   A.   Sobirov.   -   Toshkent:
Akademiya, 2013 yil.
7.   O'zbekistonning   eng   yangi   tarixi:   O'quv   qo'llanma   /   Ed.   d.i.n.,   prof.   M.A.
Raximov. - T.: «Adabiyot uchqunlari», 2018. - 512.

Yangilangan O'zbekiston: milliy qayta qurishdan milliy taraqqiyotgacha Reja: 1. O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi 2. Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi 3. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish 4. Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar 5. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to’rtinchi jildi o’zbek va rus tillarida “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Ushbu kitob to’rt bo’limdan iborat bo’lib, uning birinchi bo’limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko’tarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqyealar munosabati bilan so’zlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan. “El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib o’tamiz” deb nomlangan ikkinchi bo’limdan esa koronavirusga qarshi kurashga bag’ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan. Kitobning “Do’stona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi bo’limini xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar tashkil etadi. Kitobning to’rtinchi – “Tabrik va qutlovlar” bo’limiga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo’llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan. Bugun xalqimiz, Vatanimiz intilayotgan milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga xos asosiy xususiyatlar, maqsad va vazifalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi va boshqa muhim ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy hujjatlarda aniq belgilab berildi. Ularda jahondagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi taraqqiyot yo’llari chuqur tahlil etilgan. O’zbekistonda ayni shu asosda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani haqidagi Konstitusiyaviy tamoyil asosida xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

Mamlakatni innovasion rivojlantirish, odamlarda faol fuqaroliq pozisiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirish, mustaqil dunyoqarash va fikrlash ko’nikmasini shakllantirish, jamiyatda adolat ustuvorligini ta’minlash, xuquqiy-demokratik davlat asoslarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish bo’yicha muhim vazifalar amalga oshirildi. Jamiyat hayotining barcha bo’g’inlarida xalq bilan muloqotning turli shakl va vositalari, jumladan, Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonalar, Bosh vazir qabulxonasi, mas’ul va mutasaddi rahbarlarning xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi hisobotlari, sayyor qabullar, ijtimoiy muammolarni, odamlarning yashash sharoitlarini bevosita joylarga chiqib o’rganish kabi usullar keng qo’llanayotgani milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash orqali milliy g’oya tamoyillarini takomillashtirishga, pirovard natijada aholi manfaatlari va farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, bozor munosabatlariga to’liq o’tish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik erkinligiga yanada keng yo’l ochish, barcha sohalarda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini faol qo’llashga alohida e’tibor berilmoqda. Yer osti va yer usti boyliklaridan, inson resurslaridan to’la foydalanish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. O’zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichida fuqarolar qalbi va ongidagi yangi sifat o’zgarishlari hayot darajasining yuqsalishi bilan uyg’un holda kechmoqda. O’zbekiston fuqarolarining xuquq va manfaatlarini ular dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin, davlat tomonidan ishonchli himoya qilish reallikka aylanib borayotgani, bu borada barcha zarur mexanizmlar ishga solinayotgani jamiyat a’zolarining o’z xalqi va Vatanidan faxrlanish tuyg’usini, davlatning adolat va qonuniy huquqlar kafolati sifatidagi salohiyatiga bo’lgan ishonchini oshirmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar xalqning kelajakka ishonchini mustahkamlash, uni bunyodkorlik ishlariga safarbar qilish, jamiyatda uchrayotgan illatlar, xususan, loqaydlik, boqimandalik va korrupsiya kabi holatlarga qarshi faol kurashishga da’vat etmoqda.

“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”. “Inson manfaatlari xamma narsadan ulug’”, “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi”. “Xalq bizdan rozi bo’lsa, ishimizda unum va baraka bo’ladi”, “Adolat–qonun ustuvorligida”, “Ma’naviyat bo’lmagan joyda xech qachon adolat bo’lmaydi!”, “Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash–odamiylikning eng oliy mezonidir” singari tamoyillar hayotga joriy qilinmoqda. Bu esa milliy g’oyaning xalq irodasi sifatidagi maqomini oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bugun O’zbekistonda amalga oshirilayotgan, jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotgan demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongida ertangi kunga mustahqam ishonch uyg’otmoqda. 2.Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi .Insoniyat tarixida asrlar mobaynida davlat hokimiyatining odamlar manfaati, jamiyat ravnaqi yo’lida xizmat qilishiga harakat qilindi. Biroq, legitimlik yo’li bilan dastlabki hokimiyat bo’linishi kabi siyosiy-huquqiy, zamonaviy-nazariy qarashlar amaliyotga kirib kelmaguncha faoliyat maqsadi insoniyat baxt-saodatiga qaratilgan hokimiyat tizimi kuzatilmadi. Hokimiyatni tartibga soluvchi ushbu nazariya davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida amalga oshirilgan islohotlarning eng barqarori bo’lib, unda hokimiyatlar bo’linishi tamoyilini hayotga izchil tadbiq etish, ular o’rtasida o’zaro va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish kabi dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi. Hokimiyatlar bo’linishi klassik tamoyilining mazmun - mohiyatini «bir-birini tiyib turish va muvozanatda ushlash» mexanizmining mavjudligi bilan birga, uning real ishlashi tashkil etadi. O’zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishda hokimiyatni taqsimlanishi tamoyilining konstitusiyaviy asosda qo’lanilishi bizda demokratik tuzumning o’rnatilganligidan dalolat beradi. Shu jihati bilan konsepsiya davlatning boshqaruvdagi barcha amaliy harakatlari va doirasini belgilaydi hamda mamlakatning siyosiy hayotida barqarorlik, hokimiyat organlari o’rtasida muvozanat mexanizmini yaratadi.

Istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng miqyosli islohotlar evaziga tajriba to’plandi, tizim yangilandi: totalitar rejimga barham berilib, davlatchilik usul va uslubida rasional yondoshuvlar shakllandi. Demokratik tamoyillarga keng yo’l ochildi. Shu nuqtai nazardan qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, “Buyuk kelajagimizni oliyjanob va mard xalqimiz bilan birga quramiz...”. Darhaqiqat, bugungi sharoitlar butunlay yangi davr davlatchiligiga asos solindi deyishimiz mumkin. Albatta, hozirgi jadal taraqqiyot jarayonining tayanchi yurtimiz O’zbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari vakolatlarining qonuniy me’yorlarini optimallashtirish, o’z xizmat vazifalarini bajarish chog’ida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilishga yo’l ochadi. Bularning bari O’zbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davrni boshlaganini bildiradi. Gap, davlat rahbarining saylov oldi dasturi asosida ishlab chiqilgan va bugun hayotga tadbiq etilgan Harakatlar strategiyasining mohiyati borasida borar ekan, shuni alohida ta’kidlaymiz, Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo’lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda O’zbekistonning erkin va farovon davlat bo’lishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo’lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat. Haqiqatdan ham, fuqarolarning zamonaviy tafakkuri davlat borasida o’z tushunchasi, boshqaruv xaqida shaxsiy fikri, uning rivojlanishiga alohida yondoshuvi borligi, ijtimoiy-siyosiy jarayonga munosabati kardinal o’zgarganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda ijtimoiy xayotning barcha jabhalarini isloh qilish jarayonlari, fuqarolar ongida fundamental o’zgarishlar, jamiyatni tashkil qilishning demokratik shakllari - inson va jamiyat, fuqaro va davlat o’rtasidagi munosabatlarni soddalashtirilgan tartibi sharoitida ro’y bermoqda. Ijtimoiy adolat tamoyili nuqtai nazaridan islohotlarning shu zayilda borishi xalqni, demokratik ko’pchilikni davlatni xalqchil boshqarish jarayonlaridagi faol ishitirokini ta’minlaydi. Bundan davlat hokimiyati organlarining joriy vazifasi – xalqqa xizmat qilish bilan belgilangan. Bu borada Prezident Sh. Mirziyoyev shunday degan edi: “Bundan keyin vazirlik va idoralar, xo’jalik birlashmalari rahbarlari va