YAshash muhitlari va ekologik omillar
YAshash muhitlari va ekologik omillar Reja: 1. Muhit va ekologik omillar 2. YOrug‘lik , harorat, suv va boshqa ekologik omillar 3. CHeklovchi omillar. Ekologik nisha tushunchasi
Tayanch iboralar: Organizm, muhit, yashash muhiti, adaptatsiya, ekologik omillar, abiotik omillar, biotik omillar, antropogen omillar, evri- va steno- qo‘shimchalari, yorug‘lik, harorat, namlik, poykiloterm, gomoyoterm. Odatda tabiiy va sun’iy muxitlar ajratiladi. Tabiiiy muxitni suv, kuyosh, shamol, xavo, er, o‘simlik va xayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muxit inson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muxitlar bir-biri bilan chambarchas bo g‘ li q . Ularning bog’likligini ekologik muxit tushunchasi ifodalaydi.Tirik organizmlar, oziklanishi va yashashi uchun ishonchli ximoyalangan yashash muxitini kidiradi. CHigirtka, kapalak va shu kabi boshka xasharotlar ozik ovkatini va yashashi uchun inlarini kurishda o`simliklardan foydalanadi. Xashoratlardir o`z navbatida ko`p kushlarning ozukasi xisoblanadi. Nobud bo`lgan o`simlik va xayvonlar tuprok uchun manba xisoblanadi. Biotik omillar - tirik organizmlarning o‘zaro ta’sir etishining barcha ko‘rinishlari (masalan, o‘simliklarning xasharotlari yordamida changlanishi, rakobat, bir organizm tomonidan ikkinchisini iste’mol kilish, parazitlik) va ularning tashki muxitga ta’siridan iborat. Biotik o‘zaro aloka munosabatlar murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Biotik omillar atrof muxitning asoslisidir. Juda k o‘ p o‘ simliklar va xayvonlarning o‘ sishi va yashashi uchun iklim omillari katta axamiyatga ega. Tirik organizmlarning xayotiga va geografik tarkalishiga ta’sir etuvchi (ijobiy yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar juda xilma-xil, ular tabiati va tirik organizmlarga ta’sir etishiga ko‘ra shartli ravishda 3 ta asosiy guruxlarga ajratiladi: Abiotik omillar - jonsiz tabiatning omillari xisoblanib, birinchi navbatda, iklim omillari, ya’ni yorug’lik, xarorat, namlik va maxalliy omillar kiradi. Abiotik omillar- jonsiz degan ma ’ nolarni bildiradi. Abiotik omillar xar bir tirik organizmnind yashashi uchun sharoit yaratadi. Masalan: suv abiotik omilning eng asosiy omil ko`rsatgichlaridan biri. Abiotik omillardan b o‘ lgan xavo, e rni o‘ rab turgan q obi g‘ idir. Iklim omillaridan,
xamma tirik organizmlar yashash xayotida yoru g‘ lik muximdir. Kuyosh nuri natijasida amalga oshiriladigan fotosintez, barcha tirik organizmlar uchun ozuka zanjirida energiya manbaidir. E r sharidagi organizmlarning tarkalishi, ko`payishi va boshka xayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri xarorat xisoblanadi. Xarorat 0 S dan past 50 S dan yukori b o‘lgan da barcha xayot jarayonlari t o‘x taydi yoki keskin darajada sekinlashib koladi. Masalan: So v u q h avo (Anta r ktida), issik xarorat (arab saxrolari) xukmron b o‘ lgan joylarda tirik organizmlar o‘sha muhitga moslashib yashaydi. Maxalliy omillarga relef, tuprok xususiyatlari, sho‘rlanish, o q im, shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshkalar kiradi. Antropogen omillar - xozirgi vaktda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri xisoblanadi. *Peter Rillero, Dinah Zike . Ecology, 2005 (36-40 betlar) YAshash muhiti deb tabiatning bir —biriga ta’sir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi. YAshash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig‘indisidan iborat bo‘lib, bularsiz organizmlar yashay olmaydi. Muhit elementlarining turlar moslashish reaksiyasini chaqiruvchi faktorlari ekologik omillar deyiladi. Organizmlar murakkab va o‘zgaruvchan dunyoda yashab, ular o‘z hayotini asta — sekin shunga moslashtirib boradi. Evolyusion taraqqiyot davomida organizmlar to‘rtta asosiy hayot muhitini o‘zlashtirgan. Ulardan birinchisi — suv muhiti. Hayot suvda paydo bo‘lgan va tarqala boshlagan. Keyinchalik tirik organizmlar er-havo muhitini egallagan. Tuproq alohida hayot muhiti hisoblanadi. Ha yotning o‘ziga xos t o‘ rtinchi mu hi ti bu tirik organizm tanasidir. Organizmlarning mu h itga moslashuvi adaptatsiya deyiladi (lotincha "adaptatsio" — moslashuv). Moslashuv tiriklikning asosiy x ususiyatlaridan biri bo‘lib, mavjudotlarning yashab q olishi va ko‘payishini ta’minlaydi.
SHaroitga moslashuv h ujayradan t o rtib h ar xil ekologik sistema faoliyatigacha bo‘lgan darajada vujudga keladi. Ekologik omillarning quyidagi guruhlari ajratiladi: 1. A biotik omillar. a) iqlim omillari- yoru g‘ lik, harorat, namlik ; b) edafik omillar- tuproq ning mexani k va kimyoviy tarkibi, uning fizik xususiyatlari ; v) orografik omillar —relef sharoitlari 2. Biotik omillar-organizmlarning o‘zaro ta’sirlari Har bir mavjudotga boshqa tirik organizmlarning ta’siri bor, o‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Biotik omillar quyidagilarga bo‘linadi: fitogen — jamoadagi o‘simliklarning bir—biriga ta’siri. Bunga o‘simliklarning bevosita mexanik, simbiozlik, parazitlik, epifitlik ta’siri kiradi. Bulardan tashqari, o‘simliklarning bilvosita ta’siri (yashash muhitini o‘zgartirish yo‘li bilan) ham amalga oshib turadi, masalan: daraxtlarning o‘tlarga soya tushirishi va boshqalar Zoogen — hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa mexanik ta’sirlar, changlatish, meva va urug‘larning tarqatilishi, muhitga ta’sir etishi kabi ta’sirlar. Mikrobogen va mikogen — mikroorganizmlar va zamburug‘larning ta’siri. 3. Antropogen omillar — inson faoliyati ta’siridir. Bunday omillar salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi, o‘z navbatida ekosistemalardagi bog‘lanishlarning inqirozga uchrashiga olib keladi. Bunga o‘rmonlarning ko‘plab kesilishi, cho‘llarning o‘zlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol bo‘ladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan zaharlanishi, ba’zi hollarda antropogen omillar ta’sirida butun biotsenozlar yo‘qolib ketishi ham mumkin. Organizmga har bir omil ta’sir etishining quyi va yuqori chegaralari bo‘ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb
ataladi. Har qanday ekologik omil ta’sirining optimum, minimum va maksimum ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi ( 6 -rasm) . Mu h it omillarining tirik organizmlarga ta’siri ( CHernova, 1995 ) Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan tur nomiga « evri » old qo‘shimchasini, tor doirada moslashganlariga esa « steno » old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi. Organizmlarning temperaturaga moslashuvi evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigalin, stenogalin, bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruhlari ajratiladi. Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga turlicha ta’sir etadi. Sovu qq onli hayvonlar uchun havo temperaturasi ning 40—45°S bo‘lishi modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya’ni harakatchanligi susayadi. Bunday hayvonlar tinim h olatiga o‘ tadi. Organizmlarning normal hayoti uchun ma’lum bir darajadagi sharoit talab etiladi. Agar barcha shart — sharoitlar q ulay bo‘lib, ulardan biri etarli mi q dorda b o‘ lmasa, cheklovchi omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi va yashay olmasligini belgilaydi.