Ekologik omillar. Abiotik omillar
Ekologik omillar . Abiotik omillar
REJA: • 1 Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi • 2 Ekologik omillar tasnifi • 3 Abiotik omillar • 4 Biotik omillar • 5 Ekologik chidamlilik va valentlik • 6 Minimum qonuniyatlari • 7 Tolerantlik qonuni
• Tayanch iboralar: abiogenli, valentlik, geterotroflar, destruktsiya, konservatsiya, sut emizuvchilar, radikal tadbirlar, steno, termitlar, tolerantlik, evri, epipe
Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi. Omillar atamasi bilan muhit, atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini sharoit va elementlarining vaqt va makonda dinamik xilma-xilligi tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini, jarayonga ta‘sir etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon yoki hodisaning mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi. Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki sharoiti) bo’lib, tirik organizmlarning hech bo’lmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar moslashishiga harakat qiladi.