logo

Narx belgilashni jarayon omillar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

815.625 KB
Narx belgilashni 
jarayon omillar •
Tovarlar qiymati va 
ularning nafliligi 
o'zlarining 
namoyon bo'lishini 
narxda topadi. 
Amaliy hayotda 
qiymat tovar ishlab 
chiqaruvchilarni, 
naflilik esa 
iste'molchilarni 
ra²batlantiruvchi, 
ularni harakatga 
keltiruvchi kuch 
sifatida amal qiladi. •
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, lekin 
doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi 
bo'lmaydigan ikki xususiyatga, ya'ni ma'lum bir 
naflilikka (iste'mol qiymatiga) va qiymatga ega 
ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan 
iborat ekanligi o'quvchiga oldingi mavzulardan 
ma'lumdir.
•
U erda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni 
emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy 
zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish uchun 
zarur bo'lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini 
aytib o'tgan edik. Baholar mazmunini aniqlashda 
tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning birligini, 
bunda iste'mol qiymat (naflilik) qiymatni o'zida olib 
yuruvchi moddiy asos ekanligini to'g'ri hisobga 
olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va 
oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga 
turlicha ta'rif berilmoqda.
•
Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki 
past bo'lishiga), uning o'zgarishiga turli xil omillar 
ta'sir qiladiki, bu ham masalani to'²ri tushunishni bir oz 
chigallashtiradi. •
Olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi 
deyishadi. Ularning har biri o'zlaricha turli isbotlar topib, o'z 
o`ylarini isbotlashga harakat qiladilar.
•
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo'lib, 
ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to'la tan 
olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa 
umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, 
bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki 
qiymatning aynan o'zi deb qarash noto'²ridir. Chunki unga 
mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta'sir qilib, natijada 
narx qiymatdan past yoki yuqori bo'lishi mumkin.
•
Jumladan, o'zgarib turuvchi talab va taklif ta'siri ostida biror 
tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu 
tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat — narx 
nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta'sir ko'rsatadi. Bu erda 
shuni ta'kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib 
olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur 
tovarning iste'mol xususiyatlari o'zining ehtiyoji va didiga 
qanchalik mos kelishini, ya'ni uning nafliligini ham hisobga 
oladi . •
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan 
bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun 
nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini 
ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, "ijtimoiy 
iste'mol qiymat" tushunchasining o'zi biror tovar 
(xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-
qiymatga egaligini ko'rsatadi. Shu 
mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, 
narx o'zida faqatgina naflilik yoki sarflarning 
birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda 
mavjudligini va ularning ma'lum miqdorini 
pul ko'rinishida ifoda etadi. 
•
Tovardagi ikki xususiyati birdaniga tan 
olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotti sodir 
bo'lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida 
sotuvchining manfaati, nafliligi (iste'mol qiymati) 
tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. 
Tovar egasi o'z tovari uchun ketgan sarflarni 
qoplab, ma'lum darajada, iloji boricha ko'proq 
foyda olishni ta'minlashi mumkin bo'lgan 
darajada qiymatni pul shaklida o'zgartirishga 
intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan 
pulining har bir birligiga ko'proq naflikka 
(iste'mol qiymatiga) ega bo'lishga harakat 
qiladi. Ularning manfaatlari to'²ri kelgan 
nuqtada, darajada narx o'rnatilib, tovar pul 
almashuvi, oldi-sotdi sodir bo'ladi. Q iymati
Ijtimoiy zaruriy 
sarflar
(меҳнат ва 
моддий)
Нафлилиги 
(истеъмол 
қиймати) Ijtimoiy 
qiymati
Tovar
Ижтимоий 
нафлилиги Ijtimoiy 
qiymatning 
puldagi ifodasi
Narxi
Ижтимоий 
нафлиликнинг 
пулдаги 
ифодаси
Tovar ishlab 
chiqarishdagi 
ijtimoiy zaruriy 
sarflar (qiymat)
Талаб ва таклиф 
нисбатлариTurli xil to'g'ri 
soliqlar  Narx Tovar yoki 
xizmatning 
nafliligi
Raqobat 
kurashlariDavlat iqtisodiy 
siyosati
Харидорларнин
г диди

Narx belgilashni jarayon omillar

• Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o'zlarining namoyon bo'lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni ra²batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

• Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, lekin doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo'lmaydigan ikki xususiyatga, ya'ni ma'lum bir naflilikka (iste'mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o'quvchiga oldingi mavzulardan ma'lumdir. • U erda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o'tgan edik. Baholar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning birligini, bunda iste'mol qiymat (naflilik) qiymatni o'zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to'g'ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta'rif berilmoqda. • Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki past bo'lishiga), uning o'zgarishiga turli xil omillar ta'sir qiladiki, bu ham masalani to'²ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.

• Olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o'zlaricha turli isbotlar topib, o'z o`ylarini isbotlashga harakat qiladilar. • Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo'lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to'la tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o'zi deb qarash noto'²ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta'sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo'lishi mumkin. • Jumladan, o'zgarib turuvchi talab va taklif ta'siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat — narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta'sir ko'rsatadi. Bu erda shuni ta'kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste'mol xususiyatlari o'zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya'ni uning nafliligini ham hisobga oladi .

• Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, "ijtimoiy iste'mol qiymat" tushunchasining o'zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr- qiymatga egaligini ko'rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o'zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma'lum miqdorini pul ko'rinishida ifoda etadi. • Tovardagi ikki xususiyati birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotti sodir bo'lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste'mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o'z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma'lum darajada, iloji boricha ko'proq foyda olishni ta'minlashi mumkin bo'lgan darajada qiymatni pul shaklida o'zgartirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga ko'proq naflikka (iste'mol qiymatiga) ega bo'lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to'²ri kelgan nuqtada, darajada narx o'rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo'ladi.