YER SHARI IQLIM MINTAQALARI VA TIPLARI
YER SHARI IQLIM MINTAQALARI VA TIPLARI Reja: 1.Iqlimning yer hsarida namoyon bolishi 2.Yer shari iqlim mintaqalari. 3.Balandlik iqlim mintaqalari
1.Iqlimning yer sharida namoyon bo`lishi. Iyul va yanvar izotermalari kartalarini qarab chiqqanimizda Erda issiklik taqsimlanishining umumiy xususiyatlarini etarli darajada to‘liq tushunib olamiz, bu izotermalar eng issiq oy bilan eng sovuq oyning issiklik sharoitini ko‘rsatib beradi. Quyidagi xulosalarga kelamiz: 1)Har ikkala yarim sharda qishda ham, yozda ham temperatura ekvatordan qutblarga tomon borgan sari pasaya boradi (chunki Quyosh radiatsiyasi shu tomonga qarab kamaya boradi); 2)janubiy yarim sharda izotermalar yo‘nalishi shimoliy yarim shardagichalik egri-bugri emas, chunki shimoliy yarim shardagiga qaraganda janubiy yarim sharda juda katta territoriyalarni okeanlar egallab yotadi; 3)bir xil geografik kengliklardagi materiklar shu kengliklarda joylashgan okeanga nisbatan yozda issiqroq, qishda esa sovuqpoq bo‘ladi. Bunga sabab shuki, suvning issiqlik sig‘imi katta, quruqlikning issiqlik sig‘imi esa kichik, shunga ko‘ra suv quruqlikka qaraganda sekin isib, sekin soviydi; 4)Atlantika okeani bilan Tinch okeanning shimoliy qismlarida, janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerikaning, Afrikaning va Avstraliyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida izotermalar ozmi-ko‘pmi shimolga burilgan. Janubdai shimolga boruvchi dengiz oqimlari— shimoliy yarim sharda iliq oqimlar, janu biy yarim sharda esa sovuq oqimlar o‘sha joylarda izotermalarning shimolga burilishiga sabab bo‘lgandir. Janubga tomon oqib keladigan sovuq oqimlar ta’siri natijasida Pireneya yarim oroli yaqinida va SHimoliy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab izotermalar janubga buriladi; 5)quruqlikdagiga nisbatan okean yuzasining hamma joyida havo temperaturasi kam o‘zgaradi; 6)qish temperaturasi bilan yoz temperaturasi eng kam farq qiladigan joy tropik mintaqlar; tropik mintaqadan har ikkala qutbga tomon borgan sari bu farq ortib boradi;
7)har ikkala yarim sharda ham yozda eng issiq temperatura ekvatorda emas, balki tropiklarda (cho‘llar oblastida) bo‘ladi, chunki bu vaqtda Quyosh tropikda va tropik yaqinida qoq tepada (zenitda) turadi. Er sharida iyul oyining eng yuqori temperaturasi (56,7°) Ajal Vodiysida (Kaliforniya), yanvar oyining eng past temperaturasi (—68°) Verxoyanskda qayd qilinganq. Er sharida issiqlikning taqsimlanishiga geografik kenglik, quruqlik bilan dengizning joylashishi, dengiz va havo oqimlarining ta’sir etishi ko‘rinib turibdi. YAna joyning relefi va dengiz sathidan balandligi kabi bir-biri bilan bog‘langan faktorlarni ham hisobga olish kerak, chunki balandga ko‘tarilgan sari temperatura pasayadi, relef harakteri esa iliq va sovuq havo massalarining harakatini osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Yil fasllarining almashib turishi to‘g‘risida yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning o‘ziyoq Er sharidagi issiqlik mintaqalarini umumiy tarzda aniqlashga imkon beradi. Ikkala tropik orasidagi mintaqada Quyosh nurlari tush paytida hamma vaqt katta burchak bilan tushadi, Quyosh bir yilda ikki marta zenitda turadi, tun bilan kun o‘rtasidagi farq katta emas, yiliga keladigan issiqlik miqdori ko‘p va yil bo‘yi ancha bir me’yorda kelib turadi. Bu—issiq mintaqa. Qutblar bilan qutb doiralari orasidagi oblastlarda kun bilan tun sutkadan uzoq bo‘lishi mumkin. Uzoq davom etadigan qish kechalari nihoyatda sovuq bo‘ladi (chunki issikliq butunlay kelmaydi), uzoq davom etadigan yoz kunlarida esa Quyosh gorizontdan u qadar baland ko‘tarilmaganligidan, radiatsiyani qor va muz qaytarganligidan hamda qor bilan muzni eritish uchun issiqlik sarf bo‘lganligidan havo ko‘p ilimaydi. Bu — sovuq mintaqa. Tropiklar bilan qutb doiralari orasida o‘rtacha (mo‘‘tadil) mintaqalar bor. Bu mintaqalarda Quyosh yozda baland ko‘tarilib, qishda tast turadi, shuning uchun temperatura yil bo‘yi ancha keskin o‘zgarib turadi.
Erning turli geografik kengliklarda issiqlik olish xususiyatlarigagina asoslanib, Erni bunday issiqlik mintaqalariga bo‘lish mukammal emas, chunki bunda issiqlikni qayta taqsimlovchi boshqa faktorlar e’tiborga olinmaydi. SHunga ko‘ra, issiqlik mintaqalarining chegaralari qilib astronomik chiziqlarni (tropiklar va qutb doiralarini) emas, balki ma’lum izotermalarni olish, masalan, yillik temperaturalar amplitudalari (eng sovuq oy bilan eng issiq oyning o‘rtacha temperaturalari o‘rtasidagi farq) kichik bo‘lgan mintaqa uchun yillik izotermalarni, temperaturalari yil bo‘yi keskin o‘zgarib turadigan mintaqalar uchun eng issiq oyning izotermalarini olish ancha to‘g‘riroqdir. SHy prinsipni e’tiborga olib, Er sharini quyidagi ettita issiqlik mintaqasiga bo‘lish mumkin: 1)Har ikkala yarim sharda ham +200 li yillik izoterma bilan chegaralanadigan iliq yoki issiq mintaqa; bu izoterma 30 shimoliy va 30- janubiy parallellar yaqinidan o‘tadi. 2-3)ikkita o‘rtacha mintaqa; bu mintaqalar har ikkala yarim sharda yillik izoterma bilan eng issiq oyning +100 li izotermasi orasida joylashgan (shimoliy yarim sharda eng issiq oy—iyul, janubiy yarim sharda eng issiq oy — yanvar); 4—5) ikkita sovuq mintaqa; bu mintaqalar har ikkala yarim sharda ham eng issiq oyning +10° va 0° li izotermalari orasidadir; 6—7) ikkita doimiy sovuq oblast, bu oblastlarda eng issiq oyning temperaturasi 0 dan past bo‘ladi. SHimoliy yarim sharda bunday oblastga Grenlandiyaning ichki qismi (qutb atroflari ham kirsa kerak); janubiy yarim sharda esa 60-paralleldan janubdagi hamma joylar kiradi. 2.Yer shari iqlim mintaqalari. Yer yuzasida haroratning notekis taqsimlanishi natijasida iqlim mintaqalari vujudga keladi. Yer yuzasida asosiy va oraliq iqlim mintaqalari hosil boiadi. Asosiy iqlim mintaqalarida yil
bo‘yi bir xil havo massalari hukmron bo‘ladi. Oraliq iqlim mintaqalarida havo massalari fasllar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Geografik qobiqda 13 ta iqlim mintaqasi ajratiladi: ekvatorial, ikkita subekvatorial, ikkita tropik, ikkita subtropik, ikkita mo‘tadil, subarktika va subantarktika, arktika va antarktika. Yekvatoril iqlim mintaqasi. Ekvatordan har ikki tomondagi 5-10° kengliklarni o‘z ichiga oladi. Mazkur mintaqada yil davomida doimo harorat va namlik yuqori bo‘ladi. Havo harorati 24°Cdan 28°Cga o‘zgaradi.Yiliga 1000-2000mm yog‘in yog‘adi. Ko‘pincha havo issiq hamda rutubatli bo‘lib, tez-tez momaqaldiroq turib, jala quyadi (Amazonka havzasining g‘arbiy qismi, Kongo havzasi, Malayya to‘plam orollari). Mazkur iqlim quyidagi omillar ta’sirida tarkib topadi: a) yil bo‘yi issiqlik balansi yuqori. Bu yerda Quyosh radioatsiyasining 60% dan 75% gacha bo‘lgan qismi, ya’ni yiliga 80-120 kkal/sm 2 issiqlik sarf bo‘ladi; b) atmosferaning 10-12 kmli qalin qismida havo massalarining issiqlik konveksiyasi uzluksiz davom etadi. Issiqlikning 75% i bug‘lanishga sarflanganligi tufayli harorat uncha baland bo‘lmaydi. Kechasi havo sovib, bug‘hosil bo‘lishiga ketgan yashirin issiqlik ajralib chiqishi tufayli sutkalik harorat farqi katta emas. Tuproqning juda sernamligi, o‘simliklarning qalinligi, daryolarning juda ko‘pligi ham haroratning bir me’yorda turishiga yordam beradi. Havoning mutlaq namligi 30 g/sm 3 gacha, nisbiy namlik 70- 90% ga boradi. Bulutlik ancha katta, to‘p-to‘p va to‘p-to‘p momaqaldiroqli bulutlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Daryo tarmoqlari zich, sersuv. Okean va materik iqlimi bir xil. Subekvatoril iqlim mintaqasi. Havo massalari mavsumga qarab o‘zgaradi. Yozda ekvatorial havo massalari, qishda tropik havo massalari kirib keladi. Yozda ekvatorial havo massalari kirib kelgani uchun mo‘l yomg‘ir yog‘adi. Qishda esa tropik havo massalari kirib keladi, shuning