YER SHARI TABIAT ZONALARI.
Y ER SHARI TABIAT ZONALARI. Reja: 1.Zonallikning davriy qonuni va zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi 2.Tabiat zonalarining qisqacha tavsifi 3.Landshaftlarining balandlik tabaqalanishi.
1.Zonallikning davriy qonuni va zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi (modeli) XX asrning o‘rtalarida A.A. Grigorev va M.L.Budiko zonallik ta’limotini yanada rivojlantrib geografik zonallikning davriy qonunini ishlab chiqishdi. Ular tomonidan issiqlik va namlik-ning nisbatiga qarab bir xil tabiat zonalarini turli iqlim mintaqalarida qonuniy qaytarilishini aniqlashdi, Masalan, o‘rmon zonalari ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo’tadil mintaqada uchraydi. Xuddi shunday qaytarilishlarni boshqa tabiat zonalarida uchratish mumkin. Masalan, cho‘1, chala cho‘1 va dashtlar ham turli mintaqalarda qaytariladi. Tabiat zonalarini turli mintaqalarda takrorlanishi issiqlik va namlik nis-batini takrorlanishi bilan bog‘liq. Bunday nisbat issiqlik, yog‘in, bug‘lanish, tuproq namligi va boshqalarni nisbatini ifodalovchi koyeffitsiyentlarda aniq ifodalanadi. M.I.Budiko geografik zonallikning davriy qonunini asoslash maqsadida qurg‘oqchilik-ning radioatsion indeksi tushunchasini kiritadi. Mazkur indeks radioatsion byudjetni yoqqan atmosfera yog‘inlarini bug‘latishga sarflangan issiqlik miqdoriga nisbatidan iborat. Geografik zonallikni to‘la tushunib olish uchun hamma joyi bir xil bo‘lgan gipotetik materikda zonalarni joylanishini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Gipotetik materikning hajmi yer yuzasidagi quruqlik maydoning yarmiga, shakli esa quruqlikning kengliklar buylab joylashishiga to‘g‘ri kelsin deb faraz qilinadi. Bundan tashqari gipotetik materikda tog‘lar ham yo‘q deb faraz qilinadi. Gipotetik materikning qiyofasi shimoliy yarim sharda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo bilan Shimoliy Afrika, janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyaga o‘xshab ketadi. Gipotetik materikda tabiat zonalarini joylanishi geografik zonalarni Yer yuzasida tarqalishi aniq qiyofasini beradi.
2.Tabiat zonalarining qisqacha tavsifi Har bir iqlim mintaqasida namlikni va issiqlikni notekis taqsimlanishi natijasida qator tabiat zonalari vujudga keladi. Quyida tabiat zonalarining tavsifi qisqacha bayoni beriladi. Ekvatorial mintaqa tabiat zonalari. Mazkur mintaqa ekvatorning har ikki tomonidagi tor hududni o‘z ichiga oladi. Shimoliy yarimsharda 5—8° va janubiy yarimsharda 4—11° kenglikkacha davom etadi. Mazkur mintaqada harorat doimo yuqori (+24+28°), yog‘inlar serob (1500-3000 mm), bioximik va geomorfologik jarayonlar faol bo‘ladi. Ekvatorial mintaqada okean suvlari harorati ham yuqori, sho‘rligi kam va chuqurdagi suvlarning kuchli ko‘tarilma oqimlari mavjud. Mazkur iqlim mintaqasi doirasida ikkita tabiat zonasi ajratiladi: a) nam ekvatorial o‘rmonlar va b) bargini to‘kadigan doimiy yashil o‘rmonlar — nam ekvatorial o‘rmonlarda iqlim doimiy nam va issiq, o‘rtacha oylik harorat +25° dan pastga tushmaydi. Yog‘in miqdori bug‘lanuvchanlikdan ko‘p, shuning uchun gidrografik tarmog‘i sersuv va zich, botiqlarda ko‘llar ko‘p, grunt suvlari chuchuk va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Nurash jarayoni juda tez sodir bo‘ladi. Natijada qalin nurash qobig‘i hosil bo‘ladi. Namlikning mo‘lligi tufayli organik moddalarning parchalanishi tez kechadi, shuning uchun tuproqlarda gumus miqdori kam qizil tuproqlar hosil bo‘lgan. Daraxtlar baland, turi ko‘p, doimiy yashil. Daraxtlar qalin bo‘lganligi uchun o‘rmon tagi ko‘lanka bilan qoplangan, shuning uchun o‘t va butalar kam rivojlangan, daraxtlarga chirmashib o‘sadigan lianalar va daraxtlarda yashaydigan epifit o‘simliklar yaxshi rivojlangan. Hayvonot olami ham xilma-xil. Hayvonlarning ko‘pi daraxtlarda yashaydi. Mazkur zona Janubiy Amerikada, Afrikada, Janubi-Sharqiy Osiyoda va Okeaniya orollarida tarqalgan: — bargini to‘kadigan doimiy yashil o‘rmonlar zonasi. Tabiiy sharoiti
doimiy yashil nam o‘rmonlar zonasi bilan bir xil ammo floristik nuqtayi nazardan turlicha. Qisqa yomg‘irsiz davrda nam-garchilik kamayadi, ba’zi daraxtlar bargini to‘kadi, ba’zilari barg chiqaradi. Natijada o‘rmon doimiy yashil bo‘lib turaveradi. Daraxtlar bargi bir yildan o‘n besh yilgacha yashaydi (mo’tadil mintaqada qarag‘ayning barglari ikki yil, elniki o‘n ikki yil yashaydi). Agar mo’tadil mintaqada daraxtlar bargini qishda qurib qolmaslik uchun to‘ksa (chunki daraxt tomirlari qishda namni torta olmaydi), tropik o‘rmonlarda esa daraxtlar kremniy kislotasining ortiqchasidan xolos bo‘lish uchun to‘kadi. Kremniy kislotasi tuproqdan o‘tib, barglarda to‘planadi va ularni qotib qolishiga sabab bo‘ladi. Subekvatorial mintaqa tabiat zonalari. Ekvatoming ikki tomonida shimoliy va janubiy yarim sharlarda joylashgan. Yoz semam, issiq, qish quruq va yog‘insiz. Mazkur mintaqada ikkita tabiat zonasi shakllangan: a) subekvatorial musson aralash o‘rmonlar zonasi; b) savanna va siyrak o‘rmonlar zonasi. 1. Subekvatorial musson aralash o‘rmonlar zonasi. Janubiy va Markaziy Amerikada, Janubiy Osiyoda va Shimoli — sharqiy Avstraliyada tarqalgan. Ikkita fasl mavjud. Sernam va issiq yoz, qisqa yog‘insiz quruq qish ajratiladi (2,5—4,5 oy). Qizil laterit tuproqlari tarqalgan. Aralash bargini to‘kadigan doimiy yashil o‘rmonlar va quruq qish faslida tamoman bargini to‘kadigan o‘rmonlardan iborat. 2. Savanna va siyrak o‘rmonlar zonasi Janubiy Amerikada, Afrikada, Janubiy Osiyoda va Shimoliy Avstraliyada tarqalgan. O‘rtacha oylik harorat +15°+32°. Ekvator yonidagi sernam yoz tropik yonidagi quruq fasl bilan almashinib turadi. Sernam fasl 8—9 oy davom etadigan joylarda baland o‘tloqli savannalar, 6 oy davom etadigan joylarda tipik savannalar va quruq fasl uzoq davom etadiganjoylarda cho‘llashgan savannalar tarqalgan. Savannalar bu tropik kengliklardagi o‘simliklar turi boiib, unda ’tloqlar bilan
birga siyrak daraxtlar ham o‘sadi. Asosan boshoqli o‘tlar keng tarqalgan. Daraxtlari pakana, zontiksimon, ko‘p daraxtlar tanasida suv saqlaydi (baobab, butulkasimon daraxt). Tropik mintaqaning tabiat zonalari. Shimoliy va janubiy yarim sharlarning 20—30° kengliklari oralig‘ida joylashgan. Yuqori harorat (o‘rtacha oylik harorat +10°), passat shamollari hukmronligi, yog‘in miqdorining kamligi (<200mm) bilan aj-ralib turadi. Mazkur mintaqada quyidagi tabiat zonalari shakllangan: nam tropik o‘rmonlar, tropik siyrak o‘rmonlar, quruq o‘rmonlar va savannalar zonasi, tropik chala cho‘llar va cho‘llar zonasi. — nam tropik o‘rmonlar uchun quyidagi xususiyatlar xos: doimiy issiq iqlim, o‘rtacha, oylik harorat +18° C ga pasayishi mumkin. Yong‘insiz quruq fasl ham ajratiladi, ammo u davr qisqa vaqt davom etadi, shunga qaramasdan mazkur davrda bug‘lanish yog‘in miqdoridan ko‘p. Tropik o‘rmonlar tog‘laming semam yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Grunt suvlari chuchuk va Yer yuzasiga yaqin joylashgan. Suv ayirg‘ichlarida tarqalgan o‘rmonlardagi daraxtlar quruq yog‘insiz davrda bargini to‘kadi. Bunday o‘rmonlar musson o‘rmonlari deb ataladi. Quruq davrning qisqaligi tufayli daryo vodiylari bo‘ylab doimiy yashil o‘rmonlar rivojlangan (Hindiston yarim orolining g‘arbiy qismi, Afrikaning Gviana qirg‘oqlari, Braziliyaning sharqiy qirg‘oqlari, Markaziy Amerika va Madagaskar orolining sharqiy qismi). Yog‘in miqdoriga qarab va quruq yog‘insiz faslning davom etishiga qarab tropik nam o‘rmonlar, bargini to‘kadigan quruq tropik o‘rmonlar, doimiy yashil tropik o‘rmonlar (kserofit dag‘al bargli daraxtlardan iborat) ajratiladi. Hayvonot dunyosi ekvatorial o‘rmonlar hayvonlaridan farq qilmaydi. Qizil tuproqlar tarqalgan; - tropik siyrak va quruq o‘rmonlar va savannalar zonasi janubiy (Gran- Chako) va Markaziy Amerikaning sharqiy qismlarida, Afrikada (Kalahari) va