logo

Mol-mulk, yer solig’i va yagona yer solig’i

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

100.1552734375 KB
Mol-mulk , y er soli g’ i va yagona yer solig’i  
Reja:
1. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
2 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
3. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i .  Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
Soliq to’lovchilar
Yuridik   shaxslarning   mol-mulkiga   solinadigan   soliqning   soliq   to’lovchilari   (bundan
buyon ushbu bobda soliq to’lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1)   O’zbekiston   Respublikasi   hududida   Soliq   Kodeksning   411-moddasiga
muvofiq   soliq   solish   obyekti   hisoblanuvchi   mol-mulkka   ega   bo’lgan   O’zbekiston
Respublikasi yuridik shaxslari;
2)   O’zbekiston   Respublikasi   hududida   ko’chmas   mulkka   ega   bo’lgan
O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar. 
Agar   ko’chmas   mulk   mulkdorining   joylashgan   yerini   aniqlashning   imkoni   bo’lmasa,
ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to’lovchi hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs ko’chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan bo’lsa, u ham soliq
to’lovchi deb e’tirof etiladi. 
Soliq solish obyekti
Ko’chmas   mulk   yuridik   shaxslarning   mol-mulkiga   solinadigan   soliq   (bundan   buyon
ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ko’chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:
1)   ko’chmas   mulkka   bo’lgan   huquqlarni   davlat   ro’yxatidan   o’tkazuvchi   organlarda
ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan binolar va inshootlar;
2)   qurilishi   tugallanmagan   obyektlar.   Qurilishi   tugallanmagan   obyektlarga   qurilish
obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan
obyektlar,   agar   qurilishning   normativ   muddati   belgilanmagan   bo’lsa,   ushbu   obyektning
qurilishiga   vakolatli   bo’lgan   organning   ruxsatnomasi   olingan   oydan   e’tiboran   yigirma   to’rt   oy
ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
3)   temir yo’llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur
obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar;
4)   qurilish   tashkilotlari   yoki   imoratlarni   quruvchilar   balansida   keyinchalik   sotish   uchun
ko’rsatilgan   turar   joy   ko’chmas   mulk   obyektlari,   ko’chmas   mulk   obyekti   foydalanishga
topshirilgandan keyin olti oy o’tgach.
Quyidagi ko’chmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1)   notijorat   tashkilotlari   tomonidan   notijorat   faoliyatini   amalga   oshirish   doirasida
foydalaniladigan obyektlar;
2)   turar   joy-kommunal   xo’jaligining   va   belgilangan   maqsadi   bo’yicha   foydalaniladigan
boshqa   umumfuqaroviy   ahamiyatga   molik   shahar   xo’jaligi   obyektlari.   Turar   joy-kommunal   va boshqa  umumfuqaroviy  ahamiyatga  molik  shahar xo’jaliklari  obyektlari  jumlasiga  shaharlar   va
shaharchalarni   sanitariya   tozalash,   obodonlashtirish   va   ko’kalamzorlashtirish   obyektlari,   tashqi
yoritish,   kommunal-maishiy   ehtiyojlar   uchun   va   aholiga   vodoprovod   (suv   olish   va   tozalash
inshootlari   bilan),   kanalizasiya   (tozalash   inshootlari   bilan),   gaz,   qozonxonalar   va   issiqlik
taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek turar joy-kommunal xo’jaligi
obyektlariga  texnik jihatdan  xizmat  ko’rsatish va ularni ta’mirlash  uchun mo’ljallangan  binolar
kiradi;
3)   umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari;
4)   sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
5)   soliq   to’lovchining   balansida   bo’lgan   hamda   tadbirkorlik   faoliyatida
foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar;
6)   tabiatni   muhofaza   qilish   va   sanitariya-tozalash   maqsadlari,   yong’in  xavfsizligi   uchun
foydalaniladigan obyektlar. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari
va yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va
atrof-muhitni   muhofaza   qilish   yoki   yong’in   xavfsizligi   organining   ma’lumotnomasi   asosida
amalga oshiriladi;
7)   yer uchastkalari.
Soliq bazasi
Quyidagilar soliq bazasidir:
1)   Soliq   Kodeks   411-moddasi   ikkinchi   qismining   1   va   3-bandlarida   nazarda   tutilgan
obyektlar bo’yicha – o’rtacha yillik qoldiq qiymati.
Ko’chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang’ich (tiklanish) qiymati
bilan   soliq   to’lovchining   hisob   siyosatida   belgilangan   usullardan   foydalanilgan   holda   hisoblab
chiqilgan amortizasiya miqdori o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 
Bunda   to’liq   amortizasiya   qilingan   bino   bo’yicha   uning   uch   yilda   kamida   bir   marta
aniqlanadigan qayta baholangan (bozor) qiymati soliq bazasidir;
2)   Soliq   Kodeks   411-moddasi   ikkinchi   qismining   2-bandida   nazarda   tutilgan   obyektlar
bo’yicha   –   tugallanmagan qurilishning o’rtacha yillik qiymati;
3)   Soliq   Kodeks   411-moddasi   ikkinchi   qismining   4-bandida   belgilangan   obyektlar
bo’yicha   –   mazkur obyektlarning o’rtacha yillik qiymati (realizasiya qilinmagan qismi bo’yicha).
O’zbekiston  Respublikasi norezidentlarining  ko’chmas  mulk obyektlariga  nisbatan soliq
bazasi ushbu mol-mulkning o’rtacha yillik qiymatidir.
Soliq bazasini aniqlash tartibi
Soliq   solish   obyektlarining   o’rtacha   yillik   qoldiq   qiymati   (o’rtacha   yillik   qiymat)   soliq
davridagi   har   bir   oyning   oxirgi   kunidagi   holatga   ko’ra   soliq   solish   obyektlarining   qoldiq qiymatlarini (o’rtacha yillik qiymatlarini) qo’shishdan olingan summaning o’n ikkidan bir qismi
sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. 
O’zbekiston   Respublikasi   norezidentlarining   ko’chmas   mulk   obyektlari   bo’yicha   soliq
bazasi   mazkur   obyektlarga   bo’lgan   mulk   huquqini   tasdiqlovchi   hujjatlarda   ko’rsatilgan   qiymat
asosida aniqlanadi. 
Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo’yicha alohida aniqlanadi.
Soliq   to’lovchi   tomonidan   soliqni   to’lash   nazarda   tutilmagan   faoliyat   turlari   amalga
oshirilgan   taqdirda,   soliq   bazasi   soliq   solinadigan   va   soliq   solinmaydigan   mol-mulk   hisobini
alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni bo’lmasa,
soliq   bazasi   soliq   to’lanishi   nazarda   tutilgan   faoliyatdan   olinadigan   sof   tushumning   jami   sof
tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi.
Soliq imtiyozlari
Soliq   hisoblab   chiqarilayotganda   soliq   bazasi   quyidagilarning   o’rtacha   yillik   qoldiq
qiymatiga (o’rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
1)   madaniyat   va   san’at,   ta’lim,   sog’liqni   saqlash,   jismoniy   tarbiya   va   sport,   ijtimoiy
ta’minot obyektlarining;
2)   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   yetishtirish   va   saqlash   uchun,   shuningdek   ipak   qurti
yetishtirish   uchun   foydalaniladigan   qishloq   xo’jaligi   korxonalari   balansida   bo’lgan   mol-
mulkning.
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi: 
1)   yagona   ishtirokchilari   nogironligi   bo’lgan   shaxslarning   jamoat   birlashmalari   bo’lgan
va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo’lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan
hamda   nogironligi   bo’lgan   shaxslarning   mehnatiga   haq   to’lash   fondi   mehnatga   haq   to’lash
umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar;
2)   qayta   tiklanuvchi   energiya   manbalari   qurilmalarini   (nominal   quvvati   0,1   MVt   va
undan ortiq bo’lgan) o’rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab
chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o’n yil muddatga. 
Soliq stavkalari
Soliq   stavkasi,   agar   ushbu   moddada   boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan   bo’lsa,   2   foiz
miqdorida belgilanadi.
Agar   ushbu   moddaning   uchinchi   qismida   boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan   bo’lsa,
qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida
belgilanadi. 
Bo’sh   turgan   binolar,   foydalanilmayotgan   ishlab   chiqarish   maydonlari,   yashash   uchun
mo’ljallanmagan   inshootlar,   shuningdek   tugallanmagan   qurilish   obyektlariga   nisbatan   qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo’li bilan ta’sir choralari qo’llanilishi mumkin
hamda Soliq Kodeksning 414-moddasida ko’rsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi.
Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilanadi:
1)   umumiy   foydalanishdagi   temir   yo’llar,   magistral   quvurlar,   aloqa   va   elektr   uzatish
liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar;
2)   konservasiya   qilinishi   to’g’risida   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
qarori qabul qilingan ko’chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari.
Soliq davri
Kalendar yil soliq davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi
Soliq   to’lovchilar   soliqni   Soliq   Kodeksning   412-moddasiga   muvofiq   aniqlangan   soliq
bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Soliq hisoboti soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, yillik
moliyaviy   hisobot   topshiriladigan   muddatda   taqdim   etiladi,   O’zbekiston   Respublikasi
norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan esa soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15
fevraliga qadar bo’lgan muddatda taqdim etiladi. 
Agar   ko’chmas   mulk,   Soliq   Kodeks   411-moddasining   ikkinchi   qismi   3-bandida
ko’rsatilgan   obyektlardan   tashqari,   soliq   to’lovchining   soliq   bo’yicha   hisobga   olish   joyida
joylashmagan bo’lsa, soliq hisoboti ko’chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim
etiladi.
Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar (bundan O’zbekiston Respublikasida faoliyatni
doimiy   muassasalar   orqali   amalga   oshirmaydigan   O’zbekiston   Respublikasi   norezidentlari
bo’lgan yuridik shaxslar mustasno) soliq bo’yicha bo’nak to’lovlarni to’laydi.
Bo’nak   to’lovlar   miqdorini   hisoblab   chiqarish   uchun   soliq   to’lovchilar   joriy   soliq
davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan
e’tiboran   o’ttiz   kundan   kechiktirmay   soliq   organlariga   mo’ljallanayotgan   soliq   bazasidan
(tegishli  yil uchun mol-mulkning  o’rtacha yillik  qoldiq qiymatidan  (o’rtacha yillik  qiymatidan)
va   tegishli   soliq   stavkasidan   kelib   chiqqan   holda   hisoblangan   joriy   soliq   davri   uchun   soliq
summasi   to’g’risidagi   ma’lumotnomani   taqdim   etadi.   Soliq   bo’yicha   majburiyatlari   soliq   davri
mobaynida  yuzaga  kelgan  soliq  to’lovchilar  soliq  summasi  to’g’risidagi  ma’lumotnomani  soliq
majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
Ushbu   moddaning   to’rtinchi   qismiga   muvofiq   hisoblab   chiqarilgan   bo’nak   to’lovlar
quyidagicha to’lanadi:
aylanma dan   soliq   to’lovchilar   tomonidan   –   yillik   soliq   summasining   to’rtdan   bir   qismi
miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay; aylanma dan   soliq   to’lovchilar   hisoblanmaydigan   soliq   to’lovchilar   tomonidan   –   yillik
soliq summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Soliq davri mobaynida mo’ljallanayotgan soliq bazasi o’zgargan taqdirda soliq to’lovchi
soliq   summasi   to’g’risida   aniqlashtirilgan   ma’lumotnoma   taqdim   etishga   haqli.   Bunda   soliq
davrining qolgan qismi uchun bo’nak to’lovlarga soliqning o’zgarish summasiga teng ulushlarda
tuzatish kiritiladi.
Soliq   davri   uchun   to’lanishi   lozim   bo’lgan   soliq   summasi,   bo’nak   to’lovlar   hisobga
olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay byudjetga o’tkaziladi.
Soliq   davrida   soliq   bo’yicha   bo’nak   to’lovlar   summasi   soliq   hisobotida   ko’rsatilgan
byudjetga   to’lanishi   lozim   bo’lgan   soliq   summasiga   nisbatan   10   foizdan   ortiq   kamaytirilgan
taqdirda,   soliq   organi   bo’nak   to’lovlarni   soliqning   haqiqiy   summasidan   kelib   chiqib,   penya
hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan
O’zbekiston   Respublikasining   norezidentlari   tomonidan   soliq   har   yili   bir   marta   soliq   hisoboti
davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay to’lanadi. 
  Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i
Soliq to’lovchilar
Mulkida   Soliq   Kodeksning   419-moddasiga   muvofiq   soliq   solish   obyekti   deb   tan
olinadigan   mol-mulki   bo’lgan   jismoniy   shaxslar,   shu   jumladan   chet   el   fuqarolari,   agar
O’zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomalarida   boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan
bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo’jaliklari
jismoniy  shaxslardan  olinadigan  mol-mulk  solig’ining   soliq  to’lovchilari   (bundan  buyon ushbu
bobda soliq to’lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Agar   mol-mulk   mulkdorining   joylashgan   yerini   aniqlash   imkoni   bo’lmasa,   shuningdek
ko’chmas   mulk   mulkdori   vafot   etgan   taqdirda,   bu   mulk   qaysi   shaxsning   egaligida   va   (yoki)
foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs soliq to’lovchi  deb e’tirof etiladi .
Soliq solish obyekti
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk j ismoniy   shaxslardan
olinadigan   mol-mulk   solig’ining   (bundan   buyon   ushbu   bobda   soliq   deb   yuritiladi)   soliq   solish
obyekti hisoblanadi.
1)   uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
2)   tadbirkorlik   faoliyati   va   (yoki)   daromad   olish   uchun   mo’ljallangan   yashash   uchun
mo’ljallanmagan ko’chmas mulk obyektlari; 3)   qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo’ljallanmagan obyektlar.
Qurilishi   tugallanmagan   yashash   uchun   mo’ljallanmagan   obyektlarga   ushbu   obyektni
qurishga doir loyiha-smeta  hujjatlarida  belgilangan  normativ  muddatda qurilishi  tugallanmagan
obyektlar,   agar   qurilishning   normativ   muddati   belgilanmagan   bo’lsa,   ushbu   obyektning
qurilishiga   vakolatli   bo’lgan   organning   ruxsatnomasi   olingan   oydan   e’tiboran   yigirma   to’rt   oy
ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
4)   boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.
Soliq bazasi
Ko’chmas   mulkka   bo’lgan   huquqlarni   davlat   ro’yxatidan   o’tkazuvchi   organ   tomonidan
belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi. 
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million so’mdan kam bo’lishi
mumkin emas.
Jismoniy   shaxslarning   mol-mulkini   baholash   bo’yicha   vakolatli   organ   tomonidan
aniqlangan   soliq   solish   obyektining   bahosi   mavjud   bo’lmagan   taqdirda,   mol-mulkning   shartli
qiymati   Toshkent   va   Nukus   shaharlarida,   shuningdek   viloyat   markazlarida   –   ushbu   moddaning
ikkinchi   qismida   ko’rsatilgan   summaning   besh   baravari   miqdorida,   boshqa   shaharlarda   va
qishloq joylarda esa   –   ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.
Bitta   jismoniy   shaxs   bir   nechta   soliq   solish   obyekti   bo’yicha   soliq   to’lovchi   bo’lgan
taqdirda, soliq bazasi har bir obyekt bo’yicha alohida hisoblab chiqiladi.
Soliq imtiyozlari
Quyidagilarning mulkida bo’lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
1)   «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga
sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. 
Mazkur   imtiyoz   tegishincha   «O’zbekiston   Qahramoni»   unvoni   berilganligi   to’g’risidagi
guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki
mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2)   urush   nogironlari   va   qatnashchilari,   shuningdek   doirasi   qonun   hujjatlari   bilan
belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Mazkur   imtiyoz   urush   nogironining   (qatnashchisining)   tegishli   guvohnomasi   yoki
mudofaa   ishlari   bo’yicha   bo’limning   yoxud   boshqa   vakolatli   organning   ma’lumotnomasi
asosida,   boshqa   nogironlarga   (qatnashchilarga)   esa   nogironning   (qatnashchining)   imtiyozlarga
bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi; 
3)   sobiq   SSSRni,   O’zbekiston   Respublikasining   konstitusiyaviy   tuzumini   himoya   qilish
yoki   harbiy   xizmatning   yoxud   ichki   ishlar   organlaridagi   xizmatning   boshqa   majburiyatlarini
bajarish chog’ida yaralanganligi,  kontuziya  bo’lganligi  yoki mayib bo’lganligi  oqibatida  yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki
ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). 
Ushbu imtiyoz «Halok bo’lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» yoki «Ichki
ishlar organlari halok bo’lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» shtampi qo’yilgan
yoxud   pensiya   guvohnomasini   bergan   muassasa   rahbarining   imzosi   va   ushbu   muassasa   muhri
bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. 
Agar   mazkur   shaxslar   pensioner   bo’lmasa,   soliq   imtiyozi   ularga   sobiq   SSSR   Mudofaa
vazirligi,   Davlat   xavfsizlik   qo’mitasi   yoki   Ichki   ishlar   vazirligining,   shuningdek   O’zbekiston
Respublikasi   Mudofaa   vazirligi,   Davlat   xavfsizlik   xizmati,   Ichki   ishlar   vazirligi,   Favqulodda
vaziyatlar   vazirligi,   O’zbekiston   Respublikasi   Milliy   gvardiyasi,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Davlat   xavfsizlik   xizmati,   O’zbekiston   Respublikasi   Davlat   bojxona   qo’mitasi   va
harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralarning tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy
xizmatchining   yoki   ichki   ishlar   organlari   xodimining   halok   bo’lganligi   to’g’risidagi
ma’lumotnoma asosida beriladi. 
Sobiq   SSSRni,   O’zbekiston   Respublikasining   konstitusiyaviy   tuzumini   himoya   qilish
yoki   harbiy   xizmatning   yoxud   ichki   ishlar   organlaridagi   xizmatning   boshqa   majburiyatlarini
bajarish   chog’ida   yoki   frontda   bo’lish   bilan   bog’liq   kasallik   tufayli   halok   bo’lgan   harbiy
xizmatchilarning   yoxud   ichki   ishlar   organlari   xodimlarining   beva   xotinlariga   (beva   erlariga)
soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o’tmagan taqdirda beriladi; 
4)   energiya   resurslarining   amaldagi   tarmoqlaridan   to’liq   uzib   qo’yilgan   turar   joylarda
qayta   tiklanadigan   energiya   manbalaridan   foydalanuvchi   shaxslar   qayta   tiklanadigan   energiya
manbalari o’rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. 
Mazkur   imtiyoz   energiya   resurslarining   amaldagi   tarmoqlaridan   to’liq   uzib   qo’yilgan
holda   qayta   tiklanadigan   energiya   manbalaridan   foydalanish   to’g’risida   energiya   ta’minoti
tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida taqdim etiladi. 
Quyidagi   jismoniy   shaxslarning   mulkida   bo’lgan   mol-mulk   oltmish   kvadrat   metr
doirasida soliq solishdan ozod qilinadi: 
1)   o’n   nafar   va   undan   ortiq   bolalari   bor   ota-onalaridan   birining.   Mazkur   imtiyoz
fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organining   bolalar   borligini   tasdiqlovchi   ma’lumotnomasi
asosida beriladi;
2)   pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi; 
3)   I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi
yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; Ushbu   moddada   ko’rsatib   o’tilgan   soliq   imtiyozlariga   ega   bo’lgan   shaxslar   soliq
imtiyozini   olishga   bo’lgan   huquqini   tasdiqlovchi   hujjatlarni   soliq   solish   obyekti   joylashgan
yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi. 
Ushbu   moddada   belgilangan   soliq   imtiyozlari   mulkdorning   tanloviga   ko’ra   faqat   bitta
yashash   uchun   mo’ljallangan   ko’chmas   mulk   obyektiga   tatbiq   etiladi,   bundan   ushbu   modda
birinchi qismining 4-bandida ko’rsatilgan shaxslar mustasno.
Soliq stavkalari. Soliq davri
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
№ Soliq solish obyektlari Soliq
stavkalari,
foizlarda
1. Uy-joylar  va   kvartiralar,  dala  hovli   imoratlari  (umumiy  maydoni   200
kv.m   dan   ortiq   bo’lganlari   bundan   mustasno),   boshqa   imoratlar,
binolar va inshootlar 0,2
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:
200 kv.m dan va 500 kv.m ga qadar bo’lgan 0,25
500 kv.m dan ortiq bo’lgan 0,35
3. Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan
ortiq bo’lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari 0,25
4. Tadbirkorlik   faoliyati   uchun   yoxud   yuridik   shaxsga   yoki   yakka
tartibdagi   tadbirkorga   ijaraga   berishda   foydalaniladigan   soliq   solish
obyektlari,   shuningdek   tadbirkorlik   faoliyati   va   (yoki)   daromad   olish
uchun  mo’ljallangan  yashash  uchun   mo’ljallanmagan   ko’chmas  mulk
obyektlari 2
Ko’chmas   mulkka   bo’lgan   huquqlarni   davlat   ro’yxatidan   o’tkazishni   amalga   oshiruvchi
organlar   tomonidan   ro’yxatga   olinmagan   yangi   qurilgan   uy-joylarga   nisbatan   soliq   stavkasi
ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organlar
tomonidan   taqdim   etilgan   axborot   asosida   mulkning   shartli   qiymatiga   nisbatan   ikki   baravar
miqdorida qo’llaniladi.
Hududlarning   va   faoliyat   amalga   oshiriladigan   joylarning   xususiyatlarini   hisobga   olgan
holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent
shahar   Kengashlari   o’rnatilgan   soliq   stavkalariga   0,7   dan   1,3   gacha   bo’lgan   oraliqdagi
kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlar belgilashga haqli. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat  qilish bilan bir vaqtda
tovarlar ishlab  chiqarish (xizmatlar  ko’rsatish) uchun foydalangan  taqdirda, soliq ushbu modda
birinchi qismining 1–3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari bo’yicha to’lanadi.
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo’ljallanmagan obyektlarga
nisbatan   soliq   stavkasi,   agar   ushbu   moddaning   oltinchi   qismida   boshqacha   qoida   nazarda
tutilmagan bo’lsa, 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Bo’sh   turgan   binolar,   foydalanilmayotgan   ishlab   chiqarish   maydonlari,   yashash   uchun
mo’ljallanmagan   inshootlar,   shuningdek   qurilishi   tugallanmagan   obyektlarga   nisbatan   qonun
hujjatlarida   oshirilgan   soliq   stavkalarini   belgilash   yo’li   bilan   yuridik   shaxslar   uchun   nazarda
tutilgan  ta’sir choralari qo’llanilishi mumkin.
Kalendar yil soliq davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi
Soliqni   hisoblab   chiqarish   soliq   to’lovchining   yashash   joyidan   qat’i   nazar,   soliq   solish
obyekti   joylashgan   yerdagi   soliq   organlari   tomonidan   ko’chmas   mulkka   bo’lgan   huquqlarni
davlat   ro’yxatidan   o’tkazishni   amalga   oshiruvchi   organning   ma’lumotlari   asosida   amalga
oshiriladi.
Soliq summasi mol-mulkning 1 yanvardagi holatiga ko’ra bo’lgan kadastr qiymatidan va
belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki bo’lgan imoratlar, binolar va inshootlar
uchun   soliq   har   bir   mulkdor   tomonidan   ularning   ushbu   imoratlar,   binolar   va   inshootlardagi
ulushiga mutanosib ravishda to’lanadi.
Mol-mulkka   bo’lgan   mulk   huquqi   kalendar   yil   mobaynida   bir   mulkdordan   boshqasiga
o’tgan   taqdirda,   soliq   avvalgi   mulkdor   tomonidan   shu   yilning   1   yanvaridan   e’tiboran   u   mol-
mulkka bo’lgan mulk huquqini yo’qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan
esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi. 
Yangi imoratlar,  binolar va inshootlar bo’yicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan
e’tiboran to’lanadi.
Meros bo’yicha o’tgan mol-mulk uchun soliq merosxo’rda mulk huquqi vujudga kelgan
oydan e’tiboran to’lanadi.
Soliq solish obyekti yo’q qilingan, vayron bo’lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni
undirish   mol-mulk   yo’q   qilingan,   vayron   bo’lgan   yoki   buzib   tashlangan   oydan   e’tiboran
tugatiladi.   Soliq   summasini   qayta   hisob-kitob   qilish   mahalliy   davlat   hokimiyati   organi   yoki
fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organi   tomonidan   berilgan   yo’q   qilinganlik,   vayron
bo’lganlik   yoki   buzib   tashlanganlik   faktini   tasdiqlovchi   hujjatlar   mavjud   bo’lgan   taqdirda,
amalga oshiriladi. Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga  bo’lgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda,
soliqni  qayta  hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga
oshiriladi. 
Soliqni   to’lash   to’g’risidagi   to’lov   xabarnomasi   soliq   organlari   tomonidan   soliq
to’lovchilarga imzo qo’ydirilgan holda yoki to’lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani
tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 martdan kechiktirmay topshiriladi. 
Soliq   davri   uchun   soliqni   to’lash   teng   ulushlarda   15   aprelga   va   15   oktyabrga   qadar
amalga oshiriladi. 
 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
Yer   uchastkalaridan   foydalanganlik   uchun   byudjetga   to’lovlar   yer   solig’i   yoki   yer   uchun
ijara to’lovi tarzda amalga oshiriladi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi,   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Vazirlar
Kengashi,   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   tomonidan   ijaraga   berilgan   yer   uchastkalari
uchun   to’lanadigan   ijara   to’lovi   yer   solig’iga   tenglashtiriladi.   Yer   uchastkalarini   ijaraga   olgan
yuridik   shaxslarga   yuridik   shaxslardan   olinadigan   yer   solig’ini   to’lovchilar   uchun   belgilangan
soliq   stavkalari,   soliq   imtiyozlari,   soliqni   hisoblab   chiqarish,   soliq   hisobotini   taqdim   etish   va
soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi.
Yuridik   shaxslar   mulk   huquqi,   egalik   qilish,   foydalanish   yoki   ijara   huquqlari   asosida
foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig’i to’laydi.
Soliq to’lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega
bo’lgan   yuridik   shaxslar,   shu   jumladan   O’zbekiston   Respublikasining   norezidentlari   yuridik
shaxslardan   olinadigan   yer   solig’ini  to’lovchilar   (bundan  buyon ushbu bobda  soliq  to’lovchilar
deb yuritiladi)  deb e’tirof etiladi.
Ko’chmas   mulk   ijaraga   berilgan   taqdirda,   ijaraga   beruvchi   soliq   to’lovchi   deb   e’tirof
etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan
(olingan) ko’chmas mulk obyektlari bo’yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to’lovchi deb
e’tirof etiladi.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik
shaxs   yer   uchastkasining   foydalanilayotgan   maydonidagi   o’z   ulushi   uchun   soliq   to’lovchi   deb
e’tirof etiladi.
Soliq solish obyekti Mulk   huquqi,   egalik   qilish,   foydalanish   yoki   ijara   huquqlari   asosida   yuridik   shaxslarda
bo’lgan   yer   uchastkalari   yuridik   shaxslardan   olinadigan   yer   solig’ining   (bundan   buyon   ushbu
bobda soliq deb yuritiladi)  soliq solish obyektidir.
Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:
1)   notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;
2)   aholi  punktlarining,  bog’dorchilik,  uzumchilik  yoki  polizchilik   shirkatlarining  umumiy
foydalanishdagi   yerlari   (maydonlar,   ko’chalar,   tor   ko’chalar,   yo’llar,   shaxobcha   yo’llar,
sug’orish   tarmoqlari,   kollektorlar,   sohil   bo’yi   yerlari   va   boshqa   shu   kabi   umumiy
foydalanishdagi yerlar);
3)   umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari egallagan yerlar;
4)   aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan
yerlar   (daraxtzorlar,   istirohat   bog’lari,   sayilgohlar,   xiyobonlar,   dam   olish   uylari,   bolalar
sog’lomlashtirish   oromgohlari,   aholining   ommaviy   dam   olishi   va   turizmini   tashkil   etish   uchun
belgilangan joylar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
5)   davlat   qo’riqxonalarining,   kompleks   (landshaft)   buyurtma   qo’riqxonalarining,   tabiat
bog’larining,   davlat   tabiat   yodgorliklarining,   buyurtma   qo’riqxonalarning   (bundan   ovchilik
xo’jaliklarida   tashkil   etiladigan   buyurtma   qo’riqxonalar   mustasno),   tabiiy   pitomniklarning,
davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog’larning yerlari; 
6)   sog’lomlashtirish   ahamiyatiga   molik   yerlar   –   tegishli   muassasalar   va   tashkilotlarga
doimiy   foydalanishga   berilgan,   profilaktika   hamda   davolash   ishlarini   tashkil   etish   uchun   qulay
tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo’lgan yer uchastkalari;
7)   rekreasiya   ahamiyatiga   molik   yerlar   –   aholining   ommaviy   dam   olishi   va   turizmini
tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari;
8)   tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar   –   tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy
foydalanishga   berilgan   moddiy   madaniy   meros   obyektlari,   xotira   bog’lari   egallagan   yer
uchastkalari;
9)   gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
10)   yuridik shaxs  balansida  bo’lgan va fuqaro muhofazasi  hamda  safarbarlik  ahamiyatiga
molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
11)   kommunal-maishiy  ahamiyatga   molik  yerlar   (dafn  etish  joylari,  maishiy   chiqindilarni
yig’ish,   qaytadan   ortish   va   saralash   joylari,   shuningdek   chiqindilarni   zararsizlantirish   hamda
utilizasiya qilish joylari);
12)   ko’p   kvartirali   uylar   egallagan   yerlar,   bundan   yashash   uchun   mo’ljallanmagan
ko’chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari mustasno;
13)   suv fondi; 14)   zaxiralar.
Agar  ushbu moddaning   ikkinchi   qismida  ko’rsatilgan   yer uchastkalari   xo’jalik  faoliyatini
yuritish   uchun   foydalanilsa,   ular   ushbu   bobda   belgilangan   tartibda   soliq   solish   obyekti
hisoblanadi.
Soliq bazasi
Quyidagilar soliq bazasidir:
qishloq   xo’jaligiga   mo’ljallanmagan   yerlar   bo’yicha   –   Soliq   Kodeksning   428-moddasi
ikkinchi  qismiga muvofiq soliq solinmaydigan  yer uchastkalari  maydonlari  chegirib  tashlangan
holda, qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni
qishloq   xo’jaligiga   mo’ljallangan   yerlar   bo’yicha   –   Soliq   Kodeksning   428-moddasi
ikkinchi   qismiga   muvofiq   soliq   solinmaydigan   yer   uchastkalari   chegirib   tashlangan   holda,   yer
uchastkalarining  qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan normativ  qiymati, meva-sabzavotchilik
qishloq xo’jaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa
– yer uchastkasining umumiy maydoni.
Yer   uchastkalariga   bo’lgan   mulk   huquqi,   egalik   qilish,   foydalanish   yoki   ijara   huquqi   yil
mobaynida   soliq   to’lovchiga   o’tgan   bo’lsa,   soliq   bazasi   yer   uchastkalariga   tegishli   huquq
vujudga   kelganidan   keyingi   oydan   e’tiboran   hisoblab   chiqariladi.   Yer   uchastkasining   maydoni
kamaytirilgan   taqdirda,   soliq   bazasi   yer   uchastkasi   maydoni   kamaytirilgan   oydan   e’tiboran
kamaytiriladi.
Yuridik   shaxslarda   soliq   imtiyoziga   bo’lgan   huquq   vujudga   kelgan   taqdirda,   soliq   bazasi
ushbu   huquq   vujudga   kelgan   oydan   e’tiboran   kamaytiriladi.   Soliq   imtiyoziga   bo’lgan   huquq
bekor   qilingan   taqdirda,   soliq   bazasi   ushbu   huquq   tugatilganidan   keyingi   oydan   e’tiboran
hisoblab chiqariladi (ko’paytiriladi).
Soliq to’lovchi soliq to’lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq
bazasi   soliq   solinadigan   va   soliq   solinmaydigan   yer   uchastkasi   bo’yicha   alohida-alohida   hisob
yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo’lmaganda, soliq bazasi
soliqni   to’lash   nazarda   tutilgan   faoliyatdan   olinadigan   sof   tushumning   umumiy   sof   tushum
hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq imtiyozlari
Qayta   tiklanadigan   manbalardan   energiya   ishlab   chiqaruvchilar   qayta   tiklanadigan
energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko’proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari
bo’yicha ular ishga tushirilgan paytdan e’tiboran o’n yil muddatga soliqdan ozod etiladi.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
madaniyat,   ta’lim,   sog’liqni   saqlash   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   obyektlari
egallagan yerlar; sport   va   jismoniy   tarbiya-sog’lomlashtirish   majmualari,   onalar   va   bolalarning   dam   olish
hamda sog’lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o’quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
shahar elektr  transporti yo’llari va metropoliten liniyalari,  shu jumladan jamoat transporti
bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar ;
aholi   punktlarining   suv   ta’minoti   va   kanalizasiya   inshootlari   (magistral   suv   quvurlari,
vodoprovod tarmoqlari, kanalizasiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv
olish  va tozalash   inshootlari,   vodoprovod va  kanalizasiya  tarmoqlaridagi  kuzatish   quduqlari  va
dyukerlari,   suv   bosimi   hosil   qiladigan   minoralar   hamda   shunga   o’xshash   inshootlar   egallagan
yerlar);
magistral   issiqlik   trassalari,   shu   jumladan   nasos   (ko’paytiruvchi,   kamaytiruvchi,
aralashtiruvchi,   drenaj)   stansiyalari,   issiq   suv   ta’minotining   issiqlikni   hisobga   olish   va   nazorat
qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyasiya nasoslari hamda shunga o’xshash inshootlar egallagan
yerlar;
ihota   o’rmon   daraxtzorlari   egallagan   yerlar.   Ihota   o’rmon   daraxtzorlari   jumlasiga
quyidagilar   kiradi:   o’rmonlarning   daryolar,   ko’llar,   suv   omborlari   va   boshqa   suv   obyektlari
sohillari   bo’ylab   o’tgan   taqiqlangan   mintaqalari;   o’rmonlarning   ovlanadigan   qimmatli   baliqlar
uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan
o’rmonlar;   o’rmonlarning   temir   yo’llar   va   avtomobil   yo’llari   yoqalab   o’tgan   ihota   mintaqalari;
cho’l   va   chala   cho’l   zonalaridagi   o’rmonlar;   shahar   o’rmonlari   va   o’rmon-bog’lari;   shaharlar,
boshqa   aholi   punktlari   va   sanoat   markazlarining   ko’kalamzorlashtirilgan   zonalari   atrofidagi
o’rmonlar;   suv   ta’minoti   manbalarini   sanitariya   jihatidan   muhofaza   qilish   zonalaridagi
o’rmonlar;   kurort   tabiiy   hududlarni   sanitariya   jihatidan   muhofaza   qilish   tegrasidagi   o’rmonlar;
alohida qimmatga ega bo’lgan o’rmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan o’rmonlar;
tomchilatib   sug’orish   qo’llaniladigan   yerlar   –   tomchilatib   sug’orish   tizimi   joriy   etilgan
oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga;
qishloq   xo’jaligi   maqsadlari   uchun   yangi   o’zlashtirilayotgan   yerlar   −   vakolatli   organ
tomonidan   tasdiqlangan   loyihaga   muvofiq,   ularni   o’zlashtirish   ishlari   bajariladigan   davrda   va
ular o’zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
meliorasiya   ishlari   amalga   oshirilayotgan   mavjud   sug’oriladigan   yerlar   −   vakolatli   organ
tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
yangi barpo etilayotgan bog’lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator
oralaridan   qishloq   xo’jaligi   ekinlarini   ekish   uchun   foydalanilishidan   qat’i   nazar,   uch   yil
muddatga.   Kuzda   o’tqazilgan   yangi   ko’chatlar   uchun   beriladigan   soliq   imtiyozi   muddatini
hisoblab   chiqarish   keyingi   yilning   1   yanvaridan   e’tiboran   boshlanadi,   bahorda   o’tqazilgan
ko’chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi; ilmiy   tashkilotlarning,   qishloq   xo’jaligi   va   o’rmon   xo’jaligi   sohasidagi   ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari   hamda   o’quv   yurtlariga   qarashli   tajriba,   eksperimental   va   o’quv-tajriba
xo’jaliklarining bevosita ilmiy hamda o’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo’jaligi
ahamiyatiga   molik   bo’lgan   yerlar   va   o’rmon   fondining   yerlari.   Ushbu   bandga   muvofiq   ilmiy
tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi o’tkazilishi uchun hamda mavzulari
tasdiqlangan   boshqa   ilmiy   va   o’quv   maqsadlari   uchun   foydalaniladigan   ekinlar   hamda
daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to’lashdan ozod qilinadi.
Ushbu   moddada   belgilangan   soliq   imtiyozlari   belgilangan   maqsadda   bevosita
foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soliq stavkalari
Qishloq   xo’jaligi   uchun   mo’ljallanmagan   yerlar   bo’yicha   soliq   stavkalari   1   gektar   uchun
mutlaq   miqdorda   belgilanadi.   Soliq   stavkalarining   aniq   miqdori   O’zbekiston   Respublikasining
Davlat byudjeti to’g’risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Qishloq   xo’jaligi   uchun   mo’ljallangan   yerlar   bo’yicha   soliq   stavkalari   qishloq   xo’jaligi
ekinzorlarining   normativ   qiymatiga   nisbatan   0,95   foiz   miqdorda,   meva-sabzavotchilik   qishloq
xo’jaligi   korxonalari   uchun   meva-sabzavotchilik   mahsulotlari   egallagan   yerlar   uchun   esa   –   1
gektar uchun mutlaq miqdorda  belgilanadi.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,1   koeffisiyent qo’llaniladi:
yagona   ishtirokchilari   nogironlarning   jamoat   birlashmalari   bo’lgan   va   xodimlar   umumiy
sonining   kamida   50   foizini   nogironlar   tashkil   etadigan   hamda   nogironlarning   mehnatiga   haq
to’lash fondi mehnatga haq to’lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik
shaxslar egallagan yerlar;
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
umumdavlat   aloqa   liniyalari   (havo   va   kabelli   aloqa   liniyalari,   tirgakli   liniyalar   va
radiofikasiyalar,   yer   osti   kabelli   liniyalari,   ularni   bildiruvchi   signalli   va   harakatsiz   belgilar,
radiorele   aloqa   liniyalari,   kabelli   telefon   kanalizasiyalari,   yer   ustidagi   va   yer   ostidagi   xizmat
ko’rsatilmaydigan   kuchaytirgich   punktlari,   taqsimlagich   shkaflar,   yerga   ulash   konturi   qutilari
hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yo’llar, shu jumladan tuproq ko’tarmasi, sun’iy inshootlar,
liniya-yo’l   binolari,   temir   yo’l   aloqasi   hamda   elektr   ta’minoti   qurilmalari,   inshootlar   va   yo’l
qurilmalaridan   iborat   temir   yo’l   stansiyalari   hamda   saralash   joylari,   shuningdek   belgilangan
tartibda   temir   yo’l   transporti   korxonalari,   muassasalari  
va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan
yerlar; magistral   neft   va   gaz   quvurlari,   shu   jumladan   kompressor,   nasos   stansiyalari,   yong’inga
qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa
ulash   uzellari   bilan,   quvurlarni   tozalash   qurilmalari   hamda   shunga   o’xshash   inshootlar   band
etgan yerlar;
samolyotlarning   uchish-qo’nish   maydonlari,   yerda   boshqarish   yo’lkalari   va   to’xtash
joylari, fuqaro aviasiyasi aeroportlarining radionavigasiya va elektr yoritish uskunalari egallagan
yerlar;
O’zbekiston   Respublikasining   rivojlantirish   Davlat   dasturlariga   kiritilgan   obyektlar
qurilishi uchun ajratilgan yerlar − qurilishning normativ muddati davrida;
konservasiyaga   qo’yilishi   to’g’risida   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar − ularning konservasiyasi davrida.
Ushbu   moddaning   uchinchi   qismi   yuridik   shaxslarga   belgilangan   tartibda   ajratilgan   yer
uchastkalariga tatbiq etiladi.
Yer   uchastkasi   mulkdorining,   yer   egasining,   yerdan   foydalanuvchining   yoki   ijarachining
aybi   bilan   qishloq   xo’jaligi   yerlarining   sifati   yomonlashgan   (bonitet   bali   pasaygan)   taqdirda,
soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo’lgan bonitent
balidan kelib chiqkan holda to’lanadi.
Qishloq   xo’jaligi   yerlarining   sifati   yaxshilangan   taqdirda   (bonitet   bali   oshganda),   soliq
yuridik   shaxslar   tomonidan   tuproq   bonitirovkasi   o’tkazilgan   yildan   keyingi   yilning   boshidan
yangi   bonitet   balidan   kelib   chiqqan   holda,   qishloq   xo’jaligi   yerlarining   normativ   qiymati
bo’yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to’lanadi. 
Shaharlar   va   shaharchalarning   ma’muriy   chegaralarida   joylashgan   qishloq   xo’jaligiga
mo’ljallangan yerlar uchun soliq qishloq xo’jaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining
ikki baravari miqdorida to’lanadi.
Qurilishi   tugallanmagan   obyektlar   egallagan   yer   uchastkalari   uchun,   agar   qonun
hujjatlarida   boshqacha   tartib   nazarda   tutilmagan   bo’lsa,   soliq   ikki   baravar   soliq   stavkalari
bo’yicha to’lanadi.
Bo’sh   turgan   binolar,   foydalanilmayotgan   ishlab   chiqarish   maydonlari,   yashash   uchun
mo’ljallanmagan   inshootlar,   shuningdek   qurilishi   tugallanmagan   obyektlarga   nisbatan   qonun
hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo’li bilan ta’sir choralari qo’llanilishi mumkin
hamda   Soliq   Kodeksning   428-moddasida   ko’rsatilgan   soliq   imtiyozlari   ularga   nisbatan   tatbiq
etilmaydi.
Tugallanmagan   qurilish   obyektlari   jumlasiga   ushbu   qurilish   obyektiga   doir   loyiha-smeta
hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning
normativ   muddati   belgilanmagan   bo’lsa,   ushbu   obyektlarning   qurilishiga   vakolatli   bo’lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to’rt oy ichida qurilishi tugallanmagan
obyektlar kiradi.
Yer   maydonlaridan   hujjatlarsiz   yoxud   yer   uchastkasiga   bo’lgan   huquqni   tasdiqlovchi
hujjatlarda   ko’rsatilganidan   kattaroq   hajmda   foydalanilganda   soliq   stavkasi   belgilangan   soliq
stavkalarining to’rt baravari miqdorida belgilanadi.
1-jadval
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
STAVKALARI
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig’i
stavkalari
T/
r Shahar, viloyat Yuridik shaxslardan
undiriladigan yer solig’i
stavkalari, 1 ga uchun, so’mda
1. Angren 23 977 101
Andijon 28 741 121
3. Asaka 17 223 806
4. Bekobod 17 192 365
5. Beruniy 18 291 499
6. Buxoro 23 244 127
7. Guliston 18 113 745
8. Denov 18 176 438
9. Jizzax 23 244 127
10
. Zarafshon 16 459 361
11
. Kattaqo’rg’on 17 223 806
1 Kogon 16 459 361
13
. Kosonsoy 17 223 806
14
. Marg’ilon 16 459 361
15
. Navoiy 23 244 127
16 Namangan 28 741 121 .
17
. Nukus 22 783 377
18
. Nurafshon 14 326 971
19
. Oqtosh 17 223 806
20
. Olmaliq 23 977 101
21
. Ohangaron 17 192 365
2 Pitnak 16 459 361
23
. Samarqand 28 741 121
24
. Sirdaryo 15 820 533
25
. Taxiatosh 18 291 499
26
. Termiz 20 459 076
27
. Toshkent:
1 hudud 181 022 147
2 hudud 144 817 718
3 hudud 108 613 288
4 hudud 72 408 859
5 hudud 36 204 430
28
. To’rtko’l 15 820 533
29
. Urganch 23 244 127
30
. Urgut 17 223 806
31 Uchquduq 16 459 361 .
3 Uchqo’rg’on 17 223 806
33
. Farg’ona 23 244 127
34
. Xiva 16 459 361
35
. Xonobod 17 223 806
36
. Xo’jayli 19 212 855
37
. Chimboy 16 459 361
38
. Chirchiq 23 977 101
39
. Chortoq 17 223 806
40
. Chust 17 223 806
41
. Shahrisabz 16 459 361
4 Shahrixon 17 223 806
43
. Shirin 15 820 533
44
. Yangiyer 15 820 533
45
. Yangiyo’l 17 192 365
46
. Yangiobod 17 192 365
47
. G’ijduvon 16 459 361
48
. Qarshi 23 244 127
49 Qorasuv 17 223 806 .
50
. Quva 16 459 361
51
. Quvasoy 16 459 361
5 Qo’qon 23 244 127
53
. Qo’ng’irot 16 459 361
54
. Haqqulobod 17 223 806
Boshqa kichik shaharlar
1. Qoraqalpog’iston
Respublikasi:
shimoliy hudud 12 962 337
markaziy hudud 14 396 369
janubiy hudud 15 998 633
Andijon viloyati 17 223 806
3. Buxoro viloyati 16 459 361
4. Jizzax viloyati 16 459 361
5. Qashqadaryo viloyati 16 459 361
6. Navoiy viloyati 16 459 361
7. Namangan viloyati 17 223 806
8. Samarqand viloyati 17 223 806
9. Surxondaryo viloyati 18 176 438
10
. Sirdaryo viloyati 15 820 533
11
. Toshkent viloyati 17 192 365
1 Farg’ona viloyati 16 459 361
13
. Xorazm viloyati 16 459 361
Tuman markazlari hisoblangan posyolkalar va qishloq aholi punktlari
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi:
shimoliy hudud 10 915 296
markaziy hudud 12 124 537
janubiy hudud 13 475 331
Andijon viloyati 14 700 314
3. Buxoro viloyati 13 936 047
4. Jizzax viloyati 13 936 047
5. Qashqadaryo viloyati 13 936 047
6. Navoiy viloyati 13 936 047
7. Namangan viloyati 14 700 314
8. Samarqand viloyati 14 700 314
9. Surxondaryo viloyati 15 653 149
10
. Sirdaryo viloyati 13 297 308
11
. Toshkent viloyati 14 668 965
1 Farg’ona viloyati 13 936 047
13
. Xorazm viloyati 13 936 047
2-jadval
Qishloq joylarida joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik
shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalari
T/
r Respublika, viloyat 1 ga uchun yer solig’i stavkalari, so’mda:
yuridik shaxslarga ajratilgan
yerlar uchun, zonalar bo’yicha konlar va karyerlar
band qilgan yerlar
uchun, zonalar
bo’yicha
sug’oriladigan
Lalmiko
r   yaylov sug’oriladig
an Lalmiko
r   yaylovaholi
punktlari
da aholi
punktlarid
an
tashqarida
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi:
shimoliy hudud 8 176 434 7 591 397 370 655 2 144 278 72 759
markaziy hudud 9 082 271 8 440 061 458 695 2 385 234 114 553
janubiy hudud 10 091
373 9 380 246 504 663 2 637 127 137 599
Andijon viloyati 10 320
788 9 598 416 516 207 2 947 294 149 254
3. Buxoro viloyati 9 976 618 9 369 072 504 642 2 637 418 137 649
4. Jizzax viloyati 9 288 551 8 783 966 470 306 1 926 539 91 748
5. Qashqadaryo viloyati 9 288 551 8 783 966 470 306 1 857 649 91 748
6. Navoiy viloyati 9 632 677 9 116 490 481 548 2 293 504 114 566
7. Namangan viloyati 9 472 022 9 059 204 458 695 2 798 141 137 649
8. Samarqand viloyati 10 894
006 9 999 657 550 456 3 486 134 171 906
9. Surxondaryo viloyati 11 926
180 10 779 485 596 372 4 518 106 229 388
10
. Sirdaryo viloyati 9 288 551 8 852 932 470 306 1 949 369 103 326
11
. Toshkent viloyati 10 894
006 9 976 618 550 456 3 451 876 171 906
1 Farg’ona viloyati 9 976 618 9 334 447 504 642 2 591 547 125 979
13
. Xorazm viloyati 10 091
373 9 380 309 504 642 2 648 887 137 649
3-jadval
Qishloq joylarida joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun aholidan
undiriladigan yer solig’i stavkalari
 
T/
r Respublika, viloyat 0,01 ga yer uchun yer solig’i stavkasi, so’mda:
dehqon xo’jaligini yuritish uchun ajratilgan
yerlar jamoa
bog’dorchili
gi va
polizchiligi
bilansug’oriladigan lalmi yerlar
aholi
punktlarida aholi
punktlarida n
tashqarida
shug’ullanish
uchun
ajratilgan
1. Qoraqalpog’iston
Respublikasi  
shimoliy hudud 4 792,1 2 402,4 479,3 2 534,3
markaziy hudud 7 674,1 3 839,2 777,2 -
janubiy hudud 8 525,2 4 261,6 855,6 3 135,2
Andijon viloyati 9 009,9 4 501,4 893,6 3 492,1
3. Buxoro viloyati 8 513,5 4 254,4 789,5 3 119,7
4. Jizzax viloyati 7 979,2 3 990,8 573,4 2 242,0
5. Qashqadaryo viloyati 7 979,2 3 990,8 565,9 2 196,5
6. Navoiy viloyati 8 282,3 4 139,3 683,8 2 717,2
7. Namangan viloyati 8 625,9 4 314,1 855,6 3 309,8
8. Samarqand viloyati 9 098,3 4 550,0 1 054,6 4 114,9
9. Surxondaryo viloyati 9 809,5 4 906,6 1 378,5 5 358,0
10
. Sirdaryo viloyati 8 045,2 4 023,6 595,2 2 300,7
11
. Toshkent viloyati 9 076,5 4 538,9 1 047,4 4 088,3
1 Farg’ona viloyati 8 487,7 4 244,3 782,0 3 064,3
13
. Xorazm viloyati 8 525,2 4 261,6 806,6 3 135,2
9-ilovaga  izoh
1.   2   va   3-jadvallarda   keltirilgan   stavkalarga   yer   uchastkasining   joylashgan   joyidan   kelib
chiqib   koeffisiyentlar   qo’llanadi:   Toshkent   shahridan   20   km   radius   masofada   —   1,30,
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   poytaxti   va   viloyat   markazlaridan   15   km   radius   masofada   —
1,20, tumanlar markazidan 10 km radius masofada — 1,15 va boshqa shaharlardan 5 km radius
masofada — 1,10.
Yer   uchastkalarigacha   bo’lgan   masofa   shahar   va   tuman   markazlarining   ma’muriy
chegarasidan boshlab avtomobil yo’llari bo’ylab aniqlanadi. Yer uchastkasi ikki shaharga yaqin
joylashgan   hollarda,   shaharning   yuqoriroq   funksional   maqsadiga   mos   keluvchi   koeffisiyent
qabul qilinadi.   Dehqon   xo’jaliklaridan   undiriladigan   yer   solig’i   hisoblanganda   3-jadvalda   keltirilgan
stavkalarga   yerning   hosildorligi   bilan   bog’liq   ravishda   koeffisiyentlar   qo’llaniladi:   tuproq
boniteti   40   ballgacha   bo’lganda   —   0,75,   41   dan   70   ballgacha   —   1,0   va   70   balldan   yuqori
bo’lganda — 1,25.
1   va   2-bandlarda   ko’rsatilgan   koeffisiyentlar   tegishli   soliq   organlari   tomonidan   taqdim
etiladigan   yer   uchastkalaridan   foydalanish   huquqini   ro’yxatga   oluvchi   davlat   organlarining
ma’lumotlariga asosan qo’llaniladi.
3.   Shaharlar   va   posyolkalarning   ma’muriy   chegaralarida   joylashgan   konlar   va   karyerlar
bilan   band   yerlar   uchun   soliq   1-jadvalda   keltirilgan   mos   hududlar   uchun   stavkalarga   0,1
koeffisiyent qo’llagan holda to’lanadi.
4. Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik  faoliyati  bilan shug’ullanish uchun taqdim etilgan  yer
uchastkalari uchun soliq yuridik shaxslar uchun tasdiqlangan stavkalar bo’yicha to’lanadi.
5.   Jamoa   va   yakka   garajlar   bilan   band   yer   uchastkalari   uchun   jismoniy   shaxslardan   yer
solig’i   yakka   uy-joylar   qurilishi   uchun   ajratilgan   yer   uchun   tasdiqlangan   stavkalar   bo’yicha
undiriladi.
6.   Jismoniy   shaxslardan   olinadigan   yer   solig’ini   hisoblashda   1-jadvalda   ko’rsatilgan
bazaviy   stavkalar   belgilangan   normalar   doirasidagi   yerlarga,   belgilangan   normalardan   ortiq
bo’lgan yer uchastkalari uchun esa bazaviy stavkalarga — 1,5 oshirish koeffisiyenti qo’llaniladi.
Jismoniy   shaxslardan   olinadigan   yer   solig’ini   hisoblash   uchun   yer   uchastkalarining
quyidagi normativlar qo’llaniladi:
Toshkent shahri, Nukus shahri, va viloyatga bo’ysunadigan shaharlar — 0,06 gektar;
boshqa aholi punktlari (dehqon xo’jaliklari bundan mustasno) — 0,1 gektar.
7.   Ko’p   qavatli   turar-joy   binolaridagi   turar-joy   bo’lmagan   xonalar   uchun   yuridik   va
jismoniy   shaxslardan   olinadigan   yer   solig’i   turar-joy   bo’lmagan   binolarning   maydoni   qavatlar
soniga qarab hisoblanadi.
8.   Qurilishi   tugallanmagan   obyektlar   joylashgan   yer   uchastkalari   uchun,   agar   qonunda
boshqacha   tartib   nazarda   tutilmagan   bo’lsa   yuridik   shaxslardan   olinadigan   yer   solig’i   ikki
barobari miqdorida to’lanadi.
O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O’RQ-589-son  Qonuniga 
10-ILOVA
Meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar)
bilan band qilingan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq xo’jaligi korxonalaridan
undiriladigan yer solig’i
STAVKALARI 1-jadval
Meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan
band qilingan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq xo’jaligi korxonalaridan
undiriladigan yer solig’ining bazaviy stavkalari
T/r Respublika, viloyat 1-toifali 1 ga yer uchun soliqning bazaviy
stavkalari, so’mda
sug’oriladigan yerlarda sug’orilmaydigan
yerlarda
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi 40 251,8 8 625,0
Andijon viloyati 61 089,8 8 953,4
3. Buxoro viloyati 52 953,4 8 688,5
4. Jizzax viloyati 44 612,6 8 688,5
5. Qashqadaryo viloyati 45 600,7 9 124,6
6. Navoiy viloyati 42 918,0 8 688,5
7. Namangan viloyati 62 947,3 9 124,6
8. Samarqand viloyati 64 360,4 9 745,6
9. Surxondaryo viloyati 68 652,2 8 625,0
10. Sirdaryo viloyati 38 355,7 9 292,9
11. Toshkent viloyati 64 484,6 11 371,2
1 Farg’ona viloyati 56 767,7 8 953,4
13. Xorazm viloyati 48 915,5 8 625,0
2-jadval
Meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan
band qilingan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq xo’jaligi korxonalaridan
undiriladigan yer solig’ining bazaviy stavkalariga tuzatish koeffisiyentlari
Yerning toifalari Ball-bonitet Koeffisiyentlar
I 0 — 10 (bazaviy stavka)
II 11 — 20 1,50
III 21 — 30 2,25
IV 31 — 40 3,29
V 41 — 50 4,67
VI 51 — 60 6,78
VII 61 — 70 9,00 VIII 71 — 80 11,68
IX 81 — 90 14,36
X 91 — 100 17,50
Baholanmagan yerlar 4,67
Izoh:
Sug’oriladigan   qishloq   xo’jaligi   yerlari   uchun   undiriladigan   yer   solig’i   stavkasi
sug’oriladigan   va   sug’orilmaydigan   qishloq   xo’jaligi   yerlari   uchun   yer   solig’ining   bazaviy
stavkasi   va   yer   uchastkasining   sifat   xarakteristikasi   (ball-boniteti)ni   hisobga   oladigan   tuzatish
koeffisiyentlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Soliq davri
Kalendar yil soliq davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq   har   bir   soliq   davrining   1   yanvariga   bo’lgan   holatga   ko’ra   hisoblab   chiqariladi   va
soliq   hisoboti   yer   uchastkasi   joylashgan   yerdagi   soliq   organiga   quyidagi   muddatlarga   taqdim
etiladi:
qishloq  xo’jaligiga   mo’ljallanmagan  yerlar   bo’yicha  −  joriy  soliq  davrining   10 yanvariga
qadar;
qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar bo’yicha – joriy soliq davrining 1 mayiga qadar.
Soliq   to’lovchilar   soliqni   Soliq   Kodeksning   427-moddasiga   muvofiq   aniqlangan   soliq
bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Soliq   bazasi   (hisoblab   chiqarilgan   soliq   summasi)   soliq   davri   mobaynida   o’zgarish
bo’lganda   yuridik   shaxslar   bir   oylik   muddat   ichida   soliq   organiga   aniqlashtirilgan   soliq
hisobotini taqdim etishi shart.
Soliq   davri   mobaynida   qishloq   xo’jaligi   ekinzorlarining   umumiy   maydonida   va   tarkibida
o’zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo’jaligi  uchun mo’ljallangan  yerlari  bo’yicha
aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1 dekabriga qadar taqdim etadi.
Soliq   Kodeks   426-moddasining   ikkinchi   qismida   ko’rsatilgan   obyektlar   joylashgan   yer
uchastkalariga   ega   bo’lgan   yuridik   shaxslar   joriy   soliq   davrining   10   yanvariga   qadar   mazkur
obyektlarning joylashgan yeri bo’yicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan,
yuridik   shaxsda   mavjud   bo’lgan   yer   uchastkalari   to’g’risida   O’zbekiston   Respublikasi   Davlat
soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Soliqni to’lash tartibi
Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallanmagan yerlar uchun  soliqni to’lash quyidagicha amalga
oshiriladi: aylanma dan   soliq   to’lovchilar   uchun   −   yillik   soliq   summasining   to’rtdan   bir   qismi
miqdorida, har chorak birinchi oyining 10-kunigacha;
aylanma dan soliq to’lovchi bo’lmagan soliq to’lovchilar uchun − yillik soliq summasining
o’n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-kunigacha.
Soliq   davri   davomida   soliq   to’lashning   belgilangan   muddatidan   keyin   majburiyatlar
yuzaga   kelganda,   ushbu   summani   to’lash   majburiyatlar   yuzaga   kelgan   sanadan   e’tiboran   o’ttiz
kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Qishloq   xo’jaligiga   mo’ljallangan   yerlar   uchun     soliqni   to’lash   quyidagicha   amalga
oshiriladi:
hisobot yilining 1 sentyabriga qadar   – yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi.
13.4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i
Soliq to’lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega
bo’lgan jismoniy shaxslar ,  shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon
xo’jaliklari   jismoniy   shaxslardan   olinadigan   yer   solig’ini   soliq   to’lovchilari   (bundan   buyon
ushbu bobda soliq to’lovchi deb yuritiladi)  deb e’tirof etiladi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi,   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Vazirlar
Kengashi,   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   tomonidan   ijaraga   berilgan   yer   uchastkalari
uchun   to’lanadigan   ijara   to’lovi   yer   solig’iga   tenglashtiriladi.   Yer   uchastkalarini   ijaraga   olgan
jismoniy   shaxslarga   nisbatan   jismoniy   shaxslardan   olinadigan     yer   solig’ini   to’lovchilar   uchun
belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi tatbiq
etiladi.
Uy-joy,   yashash   uchun   mo’ljallanmagan   imoratlar   va   inshootlar   meros   bo’yicha   o’tishi
bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun
yer   solig’i   meros   qoldiruvchining   soliq   majburiyatlarini   inobatga   olgan   holda   merosxo’rlardan
undiriladi.
Soliq solish obyekti
Quyidagi yer uchastkalari j ismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ining (bundan buyon
ushbu bobda soliq deb yuritiladi) s oliq solish obyektidir:
1)   dehqon   xo’jaligini   yuritish   uchun   meros   qilib   qoldiriladigan   umrbod   egalik   qilishga
berilgan yer uchastkalari;
2)   yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga
berilgan yer uchastkalari; 3)   jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek
yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
4)   xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar; 
5)   meros   bo’yicha,  hadya  qilinishi   yoki  sotib  olinishi   natijasida  uy-joy  va  imoratlar  bilan
birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari;
6)   qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
7)   tadbirkorlik   faoliyatini   yuritish   uchun   foydalanishga   yoki   ijaraga   berilgan   yer
uchastkalari.
Ko’p   kvartirali   uylar   egallagan   yer   uchastkalari   soliq   solish   obyekti   bo’lmaydi,   bundan
ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko’rsatilganlar va ko’p kvartirali uylarda joylashgan
yashash uchun mo’ljallanmagan ko’chmas mulk obyektlari mustasno.
Soliq bazasi
Ko’chmas   mulkka   bo’lgan   huquqlarni   davlat   ro’yxatidan   o’tkazishni   amalga   oshiruvchi
organning ma’lumotlari bo’yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.
Jamoa   bog’dorchiligi,   uzumchiligi   va   polizchiligini   yuritish   uchun   fuqarolarga   berilgan,
shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari bo’yicha soliq bazasi ushbu yer
uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo’yicha soliq bazasi o’z xodimlariga yer
uchastkalarini   bergan   korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlarning   ma’lumotlari   bo’yicha
aniqlanadi.
Soliq imtiyozlari
Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1)   «O’zbekiston   Qahramoni»,   Sovet   Ittifoqi   Qahramoni,   Mehnat   Qahramoni   unvonlariga
sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz
«O’zbekiston   Qahramoni»   unvoni   berilganligi   to’g’risidagi   guvohnoma,   Sovet   Ittifoqi
Qahramoni   va   Mehnat   Qahramoni   daftarchalari,   orden   daftarchasi   yoki   mudofaa   ishlari
bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2)   urush   nogironlari   va   qatnashchilari,   shuningdek   doirasi   qonun   hujjatlari   bilan
belgilanadigan   ularga   tenglashtirilgan   shaxslar.   Mazkur   imtiyoz   urush   nogironining
(qatnashchisining)   tegishli   guvohnomasi   yoki   mudofaa   ishlari   bo’limining   yoxud   boshqa
vakolatli   organning   ma’lumotnomasi   asosida,   boshqa   nogironlarga   (qatnashchilarga)   esa
nogironning   (qatnashchining)   imtiyozlarga   bo’lgan   huquqi   to’g’risidagi   guvohnoma   asosida
beriladi;
3)   I va II guruh nogironligi  bo’lgan  shaxslar. Mazkur imtiyoz  pensiya guvohnomasi  yoki
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 4)   yolg’iz pensionerlar. Yolg’iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi
bilan   birga   alohida   uyda   yashovchi   pensionerlar   yolg’iz   pensionerlar   deb   tushuniladi.   Mazkur
imtiyoz   pensiya   guvohnomasi   yoki   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   huzuridagi
byudjetdan   tashqari   Pensiya   jamg’armasi   tuman   (shahar)   bo’limining   ma’lumotnomasi,
shuningdek fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5)   boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan
hamda oilada o’n olti yoshga to’lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo’lgan oilalar soliq solish
maqsadida   boquvchisini   yo’qotgan   ko’p   bolali   oilalardir.   Mazkur   imtiyoz   O’zbekiston
Respublikasi   Moliya   vazirligi   huzuridagi   Byudjetdan   tashqari   pensiya   jamg’armasi   tuman
(shahar) bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6)   Chernobil   AESdagi   avariya   oqibatlarini   tugatishda   ishtirok   etganlik   uchun   imtiyozlar
oladigan   fuqarolar   (shu   jumladan   vaqtincha   yuborilgan   yoki   xizmat   safariga   yuborilgan)
fuqarolar. Mazkur imtiyoz  tibbiy-mehnat  ekspert  komissiyasining ma’lumotnomasi,  nogironligi
bo’lgan   shaxsning   maxsus   guvohnomasi,   Chernobil   AESdagi   avariya   oqibatlarini   tugatish
ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar
berish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
7)   energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan turar joylarda qayta
tiklanadigan   energiya   manbalaridan   foydalanuvchi   shaxslar   –   qayta   tiklanadigan   energiya
manbalari o’rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Mazkur imtiyoz energiya resurslarining
amaldagi   tarmoqlaridan   to’liq   uzib   qo’yilgan   holda   qayta   tiklanadigan   energiya   manbalaridan
foydalanish   to’g’risida   energiya   ta’minoti   tashkilotlari   tomonidan   berilgan   ma’lumotnoma
asosida beriladi.
Ushbu   moddaning   birinchi   qismida   belgilangan   soliq   imtiyozlari,   bundan   5-bandda
ko’rsatilgani   mustasno,   yakka   tartibdagi   uy-joy   qurilishi,   dehqon   xo’jaligini   yuritish   uchun
berilgan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi
organda ro’yxatdan o’tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq
to’lovchining   tanlovi   bo’yicha   faqat   bitta   yer   uchastkasiga   berilishi   mumkin,   bundan   ushbu
modda birinchi qismining 7-bandida ko’rsatilgan shaxslar mustasno.
Ushbu   moddada   ko’rsatilgan   soliq   imtiyozlariga   ega   bo’lgan   shaxslar   soliq   imtiyozlarini
olish   huquqini   tasdiqlovchi   hujjatlarini   yer   uchastkasi   joylashgan   yerdagi   soliq   organlariga
mustaqil ravishda taqdim etadi.
Soliq stavkalari
Soliq   stavkalari   1   kv.m   uchun   mutlaq   miqdorlarda   belgilanadi.   Soliq   stavkalarining   aniq
miqdori O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risidagi Qonuni bilan belgilanadi. Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joyning xususiyatlarini hisobga olgan holda
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlari   belgilangan   soliq   stavkalariga   0,7   dan   1,3   gacha   bo’lgan   kamaytiruvchi   va
oshiruvchi koeffisiyentlar belgilash huquqiga ega.
Tadbirkorlik   faoliyatida   foydalaniladigan   yer   uchastkalari   uchun   yoxud   uylar,   dala   hovli
imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka
tartibdagi   tadbirkorga   ijaraga   berilganda,   shuningdek   jismoniy   shaxslarning   mulkida   bo’lgan,
yashash   uchun   mo’ljallanmagan   ko’chmas   mulk   obyektlari   egallagan   yer   uchastkalari   uchun
soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilangan
soliq   stavkalari   bo’yicha   undiriladi   hamda   Soliq   Kodeksning   436-moddasida   ko’rsatilgan
imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bo’sh   turgan   binolar,   foydalanilmayotgan   ishlab   chiqarish   maydonlari,   yashash   uchun
mo’ljallanmagan   inshootlar,   shuningdek   normativ  muddatida   qurilishi   tugallanmagan  obyektlar
joylashgan yer uchastkalariga nisbatan   qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash
yo’li bilan  yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan  ta’sir choralari qo’llanilishi mumkin.
Jismoniy   shaxs   yoki   oilaviy   korxona   yer   uchastkasidan   unda   joylashgan   uyda   istiqomat
qilish   bilan   bir   vaqtda   tovarlar   ishlab   chiqarish   (xizmatlar   ko’rsatish)   uchun   foydalangan
taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo’yicha to’lanadi.
Yakka   tartibda   uy-joy   qurish   va   turar   joyni   obodonlashtirish   uchun   berilgan   yer
uchastkalarining   tomorqa   qismiga   qishloq   xo’jaligi   ekinlarini   ekish   yoki   uni   obodonlashtirish
amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to’lanadi.
Yer   uchastkalaridan   hujjatlarsiz   yoxud   yer   uchastkasiga   bo’lgan   huquqni   tasdiqlovchi
hujjatlarda   ko’rsatilganidan   kattaroq   hajmda   foydalanilganda,   soliq   stavkasi   belgilangan   soliq
stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.
1-jadval
Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
STAVKALARI
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalaridan foydalanganlik
uchun yer solig’i stavkalari
T/
r Shahar, viloyat Yakka tartibda uy-joy
qurishga beriladigan
yerlar uchun
fuqarolardan
undiriladigan yer solig’ining bazaviy
stavkalari, 1 kv.m uchun,
so’mda
1. Angren 219,3
Andijon 258,8
3. Asaka 153,6
4. Bekobod 153,6
5. Beruniy 166,8
6. Buxoro 213,0
7. Guliston 166,8
8. Denov 166,8
9. Jizzax 213,0
10
. Zarafshon 146,4
11
. Kattaqo’rg’on 153,6
1 Kogon 146,4
13
. Kosonsoy 153,6
14
. Marg’ilon 146,4
15
. Navoiy 213,0
16
. Namangan 258,8
17
. Nukus 213,0
18
. Nurafshon 128,0
19
. Oqtosh 153,6
20
. Olmaliq 219,3
21 Ohangaron 153,6 .
2 Pitnak 146,4
23
. Samarqand 258,8
24
. Sirdaryo 146,4
25
. Taxiatosh 172,6
26
. Termiz 192,7
27
. Toshkent:
1 hudud 1 037,9
2 hudud 881,0
3 hudud 724,0
4 hudud 567,2
5 hudud 410,3
28
. To’rtko’l 144,7
29
. Urganch 213,0
30
. Urgut 153,6
31
. Uchquduq 146,4
3 Uchqo’rg’on 153,6
33
. Farg’ona 213,0
34
. Xiva 146,4
35
. Xonobod 153,6
36
. Xo’jayli 166,8 37
. Chimboy 153,6
38
. Chirchiq 219,3
39
. Chortoq 153,6
40
. Chust 153,6
41
. Shahrisabz 153,3
4 Shahrixon 153,6
43
. Shirin 146,4
44
. Yangiyer 146,4
45
. Yangiyo’l 153,6
46
. Yangiobod 153,6
47
. G’ijduvon 146,4
48
. Qarshi 213,0
49
. Qorasuv 153,6
50
. Quva 146,4
51
. Quvasoy 146,4
5 Qo’qon 213,0
53
. Qo’ng’irot 153,6
54
. Haqqulobod 153,6 Boshqa kichik shaharlar
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi:
shimoliy hudud 119,9
markaziy hudud 138,5
janubiy hudud 140,1
Andijon viloyati 153,6
3. Buxoro viloyati 146,4
4. Jizzax viloyati 146,4
5. Qashqadaryo viloyati 153,3
6. Navoiy viloyati 146,4
7. Namangan viloyati 153,6
8. Samarqand viloyati 153,6
9. Surxondaryo viloyati 166,8
10
. Sirdaryo viloyati 146,4
11
. Toshkent viloyati 153,6
1 Farg’ona viloyati 146,4
13
. Xorazm viloyati 146,4
Tuman markazlari hisoblangan posyolkalar va qishloq aholi
punktlari
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi:
shimoliy hudud 99,2
markaziy hudud 116,4
janubiy hudud 119,1
Andijon viloyati 133,4
3. Buxoro viloyati 125,7
4. Jizzax viloyati 125,7
5. Qashqadaryo viloyati 125,7
6. Navoiy viloyati 125,7
7. Namangan viloyati 133,4
8. Samarqand viloyati 133,4 9. Surxondaryo viloyati 143,6
10
. Sirdaryo viloyati 122,2
11
. Toshkent viloyati 133,4
1 Farg’ona viloyati 125,7
13
. Xorazm viloyati 125,7
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq to’lovchining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi
joylashgan   yerdagi   soliq   organlari   tomonidan   ko’chmas   mulkka   bo’lgan   huquqlarni   davlat
ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Soliq   organlari   har   yili   1   martdan   kechiktirmay   soliq   summasi   va   uni   to’lash   muddatlari
ko’rsatilgan  to’lov   xabarnomasini   jismoniy  shaxslarga  imzo  qo’ydirib   yoki to’lov   xabarnomasi
olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o’zgarganda va imtiyozlarga bo’lgan huquq yuzaga
kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur o’zgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni qayta
hisob-kitob qilishi hamda soliq to’lovchiga soliq summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan
yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishi kerak.
Soliq to’lash tartibi
Yil   davomida   ajratilgan   yer   uchastkalari   uchun   soliq   yer   uchastkasi   ajratilgan   oydan
keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadi.
Yer   uchastkasi   maydoni   kamaytirilgan   taqdirda,   soliqni   to’lash   yer   uchastkasi
kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).
Soliq bo’yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo’lgan  huquq yuzaga
kelgan   oydan   e’tiboran   to’lanmaydi.   Soliq   bo’yicha   imtiyozlarga   bo’lgan   huquq   tugatilgan
taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to’lana boshlaydi.
Soliq   davri   uchun   soliqni   to’lash   jismoniy   shaxslar   tomonidan   15   aprel   va   15   oktyabrga
qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Suv   resurslaridan   foydalanganlik   uchun   soliq ning mohiyati va ahamiyati, soliq
to’lovchilar, soliqqa tortish obyekti va bazasi,  soliq   bazasini   aniqlash   tartibi .
Soliq   to’lovchilar Suv   resurslaridan   foydalanganlik   uchun   soliq   to’lovchilar   O’zbekiston   Respublikasi
hududida   suvdan   birlamchi   foydalanishni   yoki   suvni   iste’mol   qilishni   amalga   oshiruvchi
quyidagi   shaxslardan   iborat :
O’zbekiston   Respublikasining   yuridik   shaxslari ;
faoliyatini   O’zbekiston   Respublikasida   doimiy   muassasalari   orqali   amalga   oshirayotgan
O’zbekiston   Respublikasining   norezidentlari   bo’lgan   yuridik   shaxslar ;
suvdan   tadbirkorlik   faoliyati   uchun   foydalanuvchi   yakka   tartibdagi   tadbirkorlar ;
dehqon   xo’jaliklari .
Aholi   punktlarining   suv   ta’minoti   uchun   suv   yetkazib   berishni   amalga   oshiruvchi   yuridik
shaxslar   faqat   o’z   ehtiyojlari   uchun   foydalanadigan   suv   uchun   soliqni   to’lovchilar   deb   e’tirof
etiladi .
Soliq   solish   obyekti
Yer   usti   va   yer   osti   manbalaridan   olib   foydalaniladigan   suv   resurslari   suv   resurslaridan
foydalanganlik   uchun   soliq   ( bundan   buyon   ushbu   bo’limda   soliq   deb   yuritiladi )   solish
obyektidir .
Quyidagilar   soliq   solish   obyekti   bo’lmaydi :
1) notijorat   tashkilotlar   tomonidan   notijorat   faoliyatni   amalga   oshirish   doirasida
foydalaniladigan   suv   resurslari ;
2) sog’liqni   saqlash   muassasalari   tomonidan   davolash   maqsadida   foydalaniladigan   yer
osti   mineral   suvlari ,   bundan   savdo   tarmog’ida   realizasiya   qilish   uchun   foydalanilgan   suv   hajmi
mustasno ;
3) atrof - muhitga   zararli   ta’sir   ko’rsatishining   oldini   olish   maqsadida   chiqarib   olingan
yer   osti   suvlari ,   bundan   ishlab   chiqarish   va   texnik   ehtiyojlar   uchun   foydalanilgan   suv   hajmi
mustasno ;
4) shaxtadan   suvlarni   qochirish   uchun ,  foydali   qazilmalarni   qazib   olish   paytida   chiqarib
olingan   va   qatlamdagi   bosimni   saqlab   turish   uchun   yer   qa’riga   qayta   quyiladigan   yer   osti   suvlari ,
bundan   ishlab   chiqarish   va   texnik   ehtiyojlar   uchun   foydalanilgan   suv   hajmi   mustasno ;
5) gidroelektrostansiyalar   gidravlik   turbinalarining   harakati   uchun   foydalaniladigan   suv
resurslari ;
6) issiqlik   elektr   stansiyalari   va   issiqlik   elektr   markazlari   tomonidan   qayta   quyiladigan
suv   resurslari ;
7) qishloq   xo’jaligiga   mo’ljallangan   sho’rlangan   yerlarni   yuvish   uchun
foydalaniladigan ,   suvdan   foydalanish   va   suv   iste’moli   sohasidagi   vakolatli   organ   tomonidan
tasdiqlangan   sho’rlarni   yuvish   normalari   doirasidagi   suv   resurslari .
Soliq   bazasi Foydalanilgan   suvning   hajmi   soliq   bazasidir .
Soliq   bazasini   aniqlash   tartibi  
Suv   resurslarining   yer   usti   va   yer   osti   manbalaridan   olingan   suv   hajmi   suvdan
foydalanishning   buxgalteriya  ( dastlabki )  hisobi   hujjatlarida   aks   ettirilgan   suv   o’lchagich   asboblar
ko’rsatkichlari   asosida   aniqlanadi .
Suvdan   o’lchagich   asboblarsiz   foydalanilgan   taqdirda ,  uning   hajmi   suv   obyektlaridan   suv
olish   limitlaridan ,  suvni   iste’mol   qilishning   texnologik   va   sanitariya   normalaridan ,  ekinlar   hamda
yashil   daraxtzorlarni   sug’orish   normalaridan   yoki   ma’lumotlarning   to’g’riligini   ta’minlovchi
boshqa   usullardan   kelib   chiqqan   holda   aniqlanadi .
Soliq   to’lovchilar   yer   usti   va   yer   osti   manbalaridan   olib   foydalanilgan   suv   resurslari
hajmlarining   alohida   hisobini   yuritadi .   Suv   resurslarining   yer   usti   va   yer   osti   manbalaridan   suv
keladigan   vodoprovod   tarmog’idagi   suvdan   foydalanilganda ,  soliq   bazasi   manbaning   har   bir   turi
bo’yicha   alohida   aniqlanadi .   Suv   yetkazib   berishni   amalga   oshiruvchi   yuridik   shaxslar
vodoprovod   tarmog’iga   suv   resurslarining   yer   usti   va   yer   osti   manbalaridan   kelib   tushadigan   suv
hajmlarining   nisbati   to’g’risidagi   ma’lumotlarni   soliq   organlariga   joriy   soliq   davrining  
15   yanvariga   qadar   taqdim   etishi   kerak .   Soliq   organlari   uch   kun   ichida   ushbu   ma’lumotlarni
soliq   to’lovchilar   e’tiboriga   yetkazishi   lozim .
Issiq   suv   hamda   bug’   hosil   qilinishi   bo’yicha   soliq   bazasi   soliq   to’lovchi   tomonidan
ishlab   chiqarish   va   texnik   ehtiyojlar   uchun   o’zi   foydalangan   suv   resurslari   hajmidan   kelib
chiqqan   holda   aniqlanadi .
Binolarning   bir   qismi ,   alohida   inshootlar   ijaraga   berilganda   soliq   bazasi   suv   yetkazib
berishni   amalga   oshiruvchi   yuridik   shaxs   bilan   shartnoma   tuzgan   ijaraga   beruvchi   tomonidan
aniqlanadi .
Binolarning   bir   qismini ,   alohida   inshootlarni   ijaraga   olgan   va   suv   yetkazib   berishni
amalga   oshiruvchi   soliq   to’lovchilar   bilan   shartnoma   tuzgan   yuridik   shaxslar   soliq   bazasini
mustaqil   ravishda   aniqlaydi .
Soliq   to’lovchilar   yuridik   shaxslar   bilan   suv   yetkazib   berilishi   yuzasidan   solishtirib
ko’rish   jarayonida   olingan   suvning   hajmini   aniqlashtirishda   suv   hajmining   farqini   solishtirish
amalga   oshirilgan   davrdagi   hisob - kitoblarda   aks   ettiradi .
Yuridik   shaxslarning   hududida   ta’mirlash - qurilish   ishlarini   va   boshqa   ishlarni   bajaruvchi
soliq   to’lovchilar   ushbu   ishlarni   bajarish   jarayonida   foydalaniladigan   suv   uchun   soliq   to’lamaydi .
Ta’mirlash - qurilish     ishlarini   va   boshqa   ishlarni   bajarayotganda   foydalaniladigan   suv   hajmi
uchun   bu   ishlar   qaysi   yuridik   shaxslar   uchun   bajarilayotgan   bo’lsa ,   o’sha   yuridik   shaxslar   soliq
to’laydi .   Qurilish   ishlari   yangi   qurilish   maydonchasida   bajarilgan   taqdirda ,   qurilishda
foydalaniladigan   suv   hajmi   uchun   qurilish   tashkiloti   soliq   to’laydi . Yuridik   shaxslar   qishloq   xo’jaligi   uchun   mo’ljallangan   yerlarga   taalluqli   qism   bo’yicha
soliq   bazasini   soliq   davrida   bir   gektar   sug’oriladigan   yerlarni   sug’orish   uchun   sarflanadigan
suvning   butun   xo’jalik   bo’yicha   o’rtacha   hajmidan   kelib   chiqqan   holda   aniqlaydi .
Dehqon   xo’jaliklari   uchun   soliq   bazasi   soliq   organlari   tomonidan   ushbu   moddaning
to’qqizinchi   qismida   nazarda   tutilgan   tartibga   muvofiq   aniqlanadi .
Soliq   to’lovchi   soliq   to’lash   nazarda   tutilmagan   faoliyat   turlarini   amalga   oshirgan
taqdirda ,  soliq   bazasi   soliq   solinadigan   va   soliq   solinmaydigan   suv   resurslari   hajmining   hisobini
alohida   yuritish   asosida   aniqlanadi .  Alohida     hisob   yuritish   imkoniyati   bo’lmagan   taqdirda ,  soliq
bazasi   qaysi   faoliyat   bo’yicha   soliq   to’lash   sof   tushumning   umumiy   hajmida   nazarda   tutilgan
bo’lsa ,   o’sha   faoliyatdan   olinadigan   sof   tushumning   solishtirma   hajmidan   kelib   chiqqan   holda
aniqlanadi .
Alkogolli   mahsulot   va   alkogolsiz   ichimliklarni   ishlab   chiqarish   va   boshqa   maqsadlar
uchun   foydalanilgan   suvning   hajmi   ishlab   chiqaruvchi   yuridik   shaxslar   uchun   soliq   bazasi
hisoblanadi .   Alkogolli   mahsulot   va   alkogolsiz   ichimliklar   ishlab   chiqarish   uchun
foydalaniladigan   suv   hajmi   deganda   iste’mol   idishidagi   tayyor   mahsulotga   to’g’ri   keladigan
suvning   hajmi   tushuniladi .
  Suv   resurslaridan   foydalanganlik   uchun   soliq stavkalari, soliqni hisoblash, hisob-
kitoblarni topshirish va soliqni to’lash muddatlari.
Soliq   stavkalari
Belgilangan   limitlar   doirasida   yer   usti   va   yer   osti   manbalaridan   olinadigan   suv   resurslari
uchun   soliq   stavkalari   bir   kub   metr   uchun   mutlaq   miqdorda   belgilanadi .   Soliq   stavkalarining
miqdori   O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   byudjeti   to’g’risidagi   Qonuni   bilan   belgilanadi .
O’zbekiston   Respublikasining  2019  yil  9  dekabrdagi   O’RQ -589- son   Qonuniga  
11- ILOVA
Suv   resurslaridan   foydalanganlik   uchun   soliq
STAVKALARI
T / r To’lovchilar 1  kub   metr   uchun   stavka  ( so’mda )
Yer   usti   suv
resurslari
manbalari Yer   osti   suv
resurslari
manbalari
1. Iqtisodiyotning   barcha   tarmoqlaridagi  
korxonalar  (2 — 6- bandlarda   nazarda  
tutilganlar   bundan   mustasno ),  dehqon   140 170 xo’jaliklari  ( yuridik   va   jismoniy   shaxslar ), 
shuningdek   tadbirkorlik   faoliyatini   amalga  
oshirish   jarayonida   suv   resurslaridan  
foydalanadigan   jismoniy   shaxslar
Sanoat   korxonalari  (3 — 6- bandlarda   nazarda  
tutilganlar   bundan   mustasno ) 410 490
3. Avtotransport   vositalarini   yuvishga  
ixtisoslashgan   korxonalar 1 380 1 730
4. Elektr   stansiyalari 35 60
5. Kommunal   xizmat   ko’rsatish   korxonalari 70 90
6. Pivo   va   vinodan   tashqari   alkogol   mahsulot   va  
alkogolsiz   ichimliklar   ishlab   chiqaruvchi  
korxonalar :
pivo   va   vinodan   tashqari   alkogol   mahsulotlar  
va   alkogolsiz   ichimliklarni   ishlab   chiqarish  
uchun   foydalaniladigan   suv   hajmi   bo’yicha 21 900 21 900
boshqa   maqsadlarda 410 490
Suvdan   foydalanish   uchun   belgilangan   limitlardan   ortiqcha   suv   olinganda ,   bunday
ortiqcha   qism   bo’yicha   soliq   stavkalari   belgilangan   soliq   stavkalarining   besh   baravari   miqdorida
belgilanadi .
Suv   resurslaridan   ruxsat   beruvchi   hujjatlarsiz   foydalanilganda ,   shuningdek   avtotransport
vositalarini   yuvishni   amalga   oshiruvchi   korxonalar   tomonidan   yer   usti   manbalaridan   olingan
suvdan   foydalanilganda   soliq   stavkasi   belgilangan   soliq   stavkalarining   besh   baravari   miqdorida
belgilanadi .
Soliq   davri
Kalendar   yil   soliq   davri   hisoblanadi .
Soliqni   hisoblab   chiqarish   va   soliq   hisobotini   taqdim   etish   tartibi
Soliq   summasi   soliq   bazasidan   va   belgilangan   soliq   stavkalaridan   kelib   chiqqan   holda
hisoblab   chiqariladi .
Dehqon   xo’jaliklari   uchun   soliq   summasi   soliq   bazasidan   va   belgilangan   soliq
stavkalaridan   kelib   chiqqan   holda   soliq   organlari   tomonidan   aniqlanadi .
Soliq   hisoboti     suvdan   foydalanish   yoki   suvni   iste’mol   qilish   joyidagi   soliq   organlariga
quyidagilar   tomonidan   yilda   bir   marta   taqdim   etiladi : O’zbekiston   Respublikasi   yuridik   shaxslari   tomonidan ,   bundan   qishloq   xo’jaligi
korxonalari   mustasno  –  yillik   moliyaviy   hisobot   taqdim   etiladigan   muddatda ;
qishloq   xo’jaligi   korxonalari   tomonidan  –  joriy   soliq   davrining  15   dekabrigacha ;
O’zbekiston   Respublikasida   faoliyatini   doimiy   muassasalar   orqali   amalga   oshirayotgan
O’zbekiston   Respublikasining   norezidentlari   bo’lgan   yuridik   shaxslar ,   shuningdek   yakka
tartibdagi   tadbirkorlar   tomonidan  –  soliq   davridan   keyingi   yilning  20  yanvarigacha .
Soliq   organlari   soliq   to’lash   to’g’risidagi   to’lov   xabarnomasini   dehqon   xo’jaliklariga
soliq   davridan   keyingi   yilning  1   fevralidan   kechiktirmay   topshiradi .
Soliq   to’lash   tartibi
Soliq   davri   mobaynida   soliq   to’lovchilar   soliq   bo’yicha   bo’nak   to’lovlarni   to’laydi ,
bundan   qishloq   xo’jaligi   korxonalari ,  O’zbekiston   Respublikasida   faoliyatini   doimiy   muassasalar
orqali   amalga   oshirayotgan   O’zbekiston   Respublikasining   norezidentlari   bo’lgan   yuridik
shaxslar ,  shuningdek   dehqon   xo’jaliklari   mustasno .
Bo’nak   to’lovlar   miqdorini   hisoblab   chiqarish   uchun   soliq   to’lovchilar   joriy   soliq
davrining   20   yanvarigacha ,   yangi   tashkil   etilganlari   esa   davlat   ro’yxatidan   o’tkazilgan   kundan
e’tiboran   o’ttiz   kundan   kechiktirmay ,   suvdan   foydalanish   yoki   suvni   iste’mol   qilish   joyidagi
soliq   organlariga   mo’ljallanayotgan   soliq   bazasidan   ( foydalaniladigan   suv   hajmidan )   va
belgilangan   soliq   stavkalaridan   kelib   chiqqan   holda   hisoblangan   joriy   soliq   davri   uchun   soliq
summasi   to’g’risidagi   ma’lumotnomani   taqdim   etadi .   Soliq   bo’yicha   majburiyatlari   soliq   davri
ichida   yuzaga   kelgan   soliq   to’lovchilar   soliq   summasi   to’g’risidagi   ma’lumotnomani   soliq
majburiyati   yuzaga   kelgan   sanadan   e’tiboran   o’ttiz   kundan   kechiktirmay   taqdim   etadi .
Ushbu   moddaning   ikkinchi   qismiga   muvofiq   hisoblab   chiqarilgan   bo’nak   to’lovlar :
soliq   davrida   soliq   summasi   bazaviy   hisoblash   miqdorining   ikki   yuz   baravaridan
ko’proqni   tashkil   etadigan   yuridik   shaxslar   tomonidan   ( bundan   aylanma dan   olinadigan   soliqni
to’lovchilar   mustasno )   –   har   oyning   20   sanasidan   kechiktirmay   yillik   soliq   summasining   o’n
ikkidan   bir   qismi   miqdorida ;
soliq   davrida   soliq   summasi   bazaviy   hisoblash   miqdorining   ikki   yuz   baravaridan
kamroqni   tashkil   etadigan ,   aylanma dan   olinadigan   soliqni   to’lovchilar   bo’lmagan   yuridik
shaxslar ,  shuningdek   aylanma dan   olinadigan   soliqni   to’lovchilar   va   yakka   tartibdagi   tadbirkorlar
tomonidan   –   har   chorak   uchinchi   oyining   20   sanasidan   kechiktirmay   yillik   soliq   summasining
to’rtdan   bir   qismi   miqdorida   to’lanadi .
Soliq   davri   davomida   mo’ljallanayotgan   soliq   bazasi   o’zgarganda ,   soliq   to’lovchi   soliq
summasi   to’g’risida   aniqlashtirilgan   ma’lumotnoma   taqdim   etishga   haqli .  Bunda   soliq   davrining
qolgan   qismi   uchun   bo’nak   to’lovlarga   soliqning   o’zgargan   summasiga   teng   ulushlarda   tuzatish
kiritiladi . Soliq   davri   uchun   bo’nak   to’lovlar   hisobga   olingan   holda   soliqni   to’lash   soliq   to’lovchilar
tomonidan ,   bundan   dehqon   xo’jaliklari   mustasno ,   suvdan   foydalanish   yoki   suv   iste’moli   joyida ,
soliq   hisoboti   taqdim   etiladigan   muddatdan   kechiktirmay   amalga   oshiriladi .
Soliq   davri   uchun   bo’nak   to’lovlar   summasi   soliq   hisobotida   ko’rsatilgan     byudjetga
to’lanishi   lozim   bo’lgan   soliq   summasiga   nisbatan   10   foizdan   ortiq   miqdorga   kamaytirilgan
taqdirda ,   soliq   organi   bo’nak   to’lovlarni   soliqning   haqiqiy   summasidan   kelib   chiqib ,   penya
hisoblagan   holda   qaytadan   hisob - kitob   qiladi .
Dehqon   xo’jaliklari   tomonidan   soliqni   to’lash   yilda   bir   marta ,   soliq   davridan   keyingi
yilning  1  mayigacha   amalga   oshiriladi . Adabiyotlar:
1.   А. Kаrimov vа boshqаlаr. «Buхgаlteriya hisobi».  T.: «Sh а rq» NM А K, 2004 yil. 591 bet. 
2. O. Bobojonov «Moliyaviy hisob». – T.: «Sh а rq» NM А K, 2000 yil. 476 bet. 
3.  А .  А bdull а ev «Moliyaviy hisob».– T.: «F а n v а  te х n а logiya», 2005 yil. 286 bet. 4. I. Ochilov 
«Moliyaviy hisob». – T.: «Iqtisod v а  moliya», 2006 yil. 396 bet.
5. M а hsulot (ish,  х izm а tl а r) ni ishl а b chiq а rish v а  sotish  ха r а j а tl а ri t а rkibi h а md а  moliyaviy 
n а tij а l а rini sh а kll а nish t а rtibi to’g’risid а gi Nizomini t а sdiql а sh to’g’risid а gi O’zbekiston 
respublik а si V а zirl а r M а hk а m а sining 1999 yil 5 fevr а ld а gi 54-sonli Q а rori. 
6. Bu х g а lteriya hisobining milliy st а nd а rtl а ri. №0-23. T.: - 1998- 2002 yil.
7. O’zbekiston Respublik а si Konstitutsiyasi. T.: «O’zbekiston», 2002 yil. 71 
8. O’zbekiston Respublik а si «Bu х g а lteriya hisobi to’g’risid а » gi Qonuni. 1996 yil 30  а prel. 
9. O’zbekiston Respublik а si Prezidentining “Qishloq  х o’j а ligid а  islohotl а rni 
chuqurl а shtirishning eng muhim yo’n а lishl а ri to’g’risid а ”gi F а rmoni. – T. “ Ха lq so’zi” g а zet а si. 
2003 yil, 25 m а rt;

Mol-mulk , y er soli g’ i va yagona yer solig’i Reja: 1. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 3. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i

. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Soliq to’lovchilar Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq to’lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to’lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi: 1) O’zbekiston Respublikasi hududida Soliq Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari; 2) O’zbekiston Respublikasi hududida ko’chmas mulkka ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar. Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni bo’lmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to’lovchi hisoblanadi. Agar yuridik shaxs ko’chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan bo’lsa, u ham soliq to’lovchi deb e’tirof etiladi. Soliq solish obyekti Ko’chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi. Ko’chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlarda ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan binolar va inshootlar; 2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo’lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo’lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to’rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi; 3) temir yo’llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar; 4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko’rsatilgan turar joy ko’chmas mulk obyektlari, ko’chmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o’tgach. Quyidagi ko’chmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan obyektlar; 2) turar joy-kommunal xo’jaligining va belgilangan maqsadi bo’yicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo’jaligi obyektlari. Turar joy-kommunal va

boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo’jaliklari obyektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya tozalash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish obyektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizasiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar va issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek turar joy-kommunal xo’jaligi obyektlariga texnik jihatdan xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash uchun mo’ljallangan binolar kiradi; 3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari; 4) sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari; 5) soliq to’lovchining balansida bo’lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar; 6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yong’in xavfsizligi organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi; 7) yer uchastkalari. Soliq bazasi Quyidagilar soliq bazasidir: 1) Soliq Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar bo’yicha – o’rtacha yillik qoldiq qiymati. Ko’chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang’ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to’lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizasiya miqdori o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bunda to’liq amortizasiya qilingan bino bo’yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan (bozor) qiymati soliq bazasidir; 2) Soliq Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar bo’yicha – tugallanmagan qurilishning o’rtacha yillik qiymati; 3) Soliq Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan obyektlar bo’yicha – mazkur obyektlarning o’rtacha yillik qiymati (realizasiya qilinmagan qismi bo’yicha). O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko’chmas mulk obyektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o’rtacha yillik qiymatidir. Soliq bazasini aniqlash tartibi Soliq solish obyektlarining o’rtacha yillik qoldiq qiymati (o’rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko’ra soliq solish obyektlarining qoldiq

qiymatlarini (o’rtacha yillik qiymatlarini) qo’shishdan olingan summaning o’n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko’chmas mulk obyektlari bo’yicha soliq bazasi mazkur obyektlarga bo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi. Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo’yicha alohida aniqlanadi. Soliq to’lovchi tomonidan soliqni to’lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni bo’lmasa, soliq bazasi soliq to’lanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi. Soliq imtiyozlari Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o’rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o’rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi: 1) madaniyat va san’at, ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot obyektlarining; 2) qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo’jaligi korxonalari balansida bo’lgan mol- mulkning. Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi: 1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo’lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo’lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo’lgan shaxslarning mehnatiga haq to’lash fondi mehnatga haq to’lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar; 2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo’lgan) o’rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o’n yil muddatga. Soliq stavkalari Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 2 foiz miqdorida belgilanadi. Agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanadi. Bo’sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo’ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan qonun

hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo’li bilan ta’sir choralari qo’llanilishi mumkin hamda Soliq Kodeksning 414-moddasida ko’rsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi. Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilanadi: 1) umumiy foydalanishdagi temir yo’llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar; 2) konservasiya qilinishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko’chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari. Soliq davri Kalendar yil soliq davridir. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi Soliq to’lovchilar soliqni Soliq Kodeksning 412-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. Soliq hisoboti soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan esa soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevraliga qadar bo’lgan muddatda taqdim etiladi. Agar ko’chmas mulk, Soliq Kodeks 411-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida ko’rsatilgan obyektlardan tashqari, soliq to’lovchining soliq bo’yicha hisobga olish joyida joylashmagan bo’lsa, soliq hisoboti ko’chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi. Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar (bundan O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar mustasno) soliq bo’yicha bo’nak to’lovlarni to’laydi. Bo’nak to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchilar joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay soliq organlariga mo’ljallanayotgan soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o’rtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo’yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq to’lovchilar soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi. Ushbu moddaning to’rtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan bo’nak to’lovlar quyidagicha to’lanadi: aylanma dan soliq to’lovchilar tomonidan – yillik soliq summasining to’rtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay;