logo

YOQILG’I. YOQILG’I YONISH JARAYONI, KARBYURATOR VA DIZEL DVIGATELLARI UCHUN YOQILG’ILAR.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

438.0341796875 KB
YOQILG’I. YOQILG’I YONISH JARAYONI, KARBYURATOR VA DIZEL
DVIGATELLARI UCHUN YOQILG’ILAR. 
Reja :
1. Yoqilg’i va uning xossalari.
2. Yoqilg’i yonish jarayoni.
3. Karbyurator va dizel dvigatellari uchun yoqilg’ilar.  1 .   Yoqilgi   va   uning   xossalari.   Asosiy   tarkibiy   qismi   ugleroddan   iborat
yonuvchi   moddaga   yoqilg’i   deyiladi.   Kimyoviy   reaksiyaning   jadal   borishi
natijasida yoqilg’i o’zidan issiqlik chiqaradi. Yoqilg’iga quyidagi talablar quyiladi:
yonish vaqtida ko’p miqdorda issiqlik chiqarish; yonish mahsulotida tabiatga zarar
yetkazadigan moddalar miqdorining nam bo’lishi; tez va to’la yonishi; qazib olish
arzon   bo’lishi   va   qayta   ishlash   hamda   transportda   bir   joydan   ikkinchi   joyga
ko’chirishning   oson   bo’lishi.   Yoqilg’i   qazib   olinishi   yoki   tayyorlanishiga   ko’ra
tabiiy   va   sun’iy   bo’ladi.   Tabiatda   ishlatishga   tayyor   xolda   mavjud   bo’lgan
yoqilg’ilar   tabiiy   yoqilg’ilar   deyiladi.   Qazib   olinadigan   toshko’mir,   yonuvchi
slanetslar, torf, neft, gaz, o’tin, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi chiqindilari tabiiy
yoqilg’i   hisoblanadi.   Tabiatdagi   yoqilg’ilarni   yoki   umuman   moddalarni   qayta
ishlash na tijasida olinadigan yoqilg’ilar sun’iy yoqilg’ilar deyi ladi. Bo’larga koks,
kukun holatigacha maydalangan qattiq yoqilg’i, briketlar, yog’och ko’miri, benzin,
kero sin, solyar moyi, gazoyl, motor moyi, mazut, domna va koks batareyasi gazlari
va tabiiy gazni qayta ishlashda olinadigan gazlar kiradi.
Yoqilg’i qattiq, suyuq va gaz holatida bo’ladi. Qattiq yoqilg’iga toshko’mir,
torf, yonuvchi slanyetslar, koks, yog’och ko’miri va sh. k. kiradi. Suyuq yoqilg’iga
neft va neft mahsulotlari (benzin, kerosin, solyar va motor moylari, gazoyl, mazut,
qozon   qurilmasi)   yoqilg’ilarini   kiritish   mumkin.   Gaz   yoqilg’isiga   —   koks   va
domna,   generator,   neftni   qayta   ishlash   zavodlari   gazlari,   propan,   atsetilen,
toshko’mir qazib olishda olinadigan gazlar va sh. k. misol bo’la oladi.
Yoqilg’i   tarkibi   organik   va   mineral   moddalardan   iborat   bo’ladi.   Organik
moddalarga uglerod (S), vodo rod (N2), kislorod (S), azot (N2)  va oltingugurt  (S)
kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg’ida
turlicha   bo’ladi.   Masalan,   neft   va   uning   mahsulotlari   tarkibi   asosay   ug lerod   va
vodoroddan tashkil topgan.
Yoqilg’ining   agregat   holatidan   qat’i   nazar,   uning   tarkibidagi   uglerod   va
vodorod   asosiy   bo’lib,   suyuq   yoqilg’ida   ularning   miqdori   85—87%,   qattiq
yoqilg’ida   esa   50—90%   ni   tashkil   etadi.   Kislorod   elementining   miqdori   qattiq
yoqilg’ida 6,5% gacha, suyuq yoqilg’ida esa 25% gacha yetadi. Gazdagi vodorod va uglerodning umumiy miqdori 0,3 dan 95% gacha. S va
N
2  birikma holida, ya’ni metan (CN
4 ) gazi ko’rinishida ko’proq uchraydi.
Yoqilg’ining   tabiatda   hosil   bo’lish   davrida   uning   tarkibiy   qismidagi
kimyoviy   elementlar   miqdori   ham   o’zgarib   boradi.   Ayrim   kimyoviy   elementlar
miqdori kamaysa, ayrimlariniki ortadi. Xususan, yoqilg’i yonishining ortib borishi
uning tarkibidagi uglerod miqdorining ko’payishiga olib keladi. Masalan, antratsit
tarkibida 93% uglerod bo’lsa, yog’ochda 40% ni tashkil etadi.
Yoqilg’ining   tarkibiy   qismi   foiz   (%)   larda   ifodalanadi,   ya’ni   uning   ish,
quruq, yonuvchi, organik qismlarini tashkil qilgan kimyoviy elementlar yig’indisi
har bir holat uchun 100% deb qabo’l qilinadi: yoqilg’ining ish qismiС	
i
+	H	i+	O	i+	N	i+	S	i+	A	i+	W	i=	100	%
(12.1)
quruq massa qismi	
С	
q
+	H	q+	O	q+	N	q+	S	q+	A	q=	100	%
(12.2)
yonuvchi massa qismi 	
С	yo	+	H	yo	+	O	yo	+	N	yo	+	S	yo	=	100	%
(12.3)
organik qismi	
С	
o
+	H	o+	O	o+	N	o0	=	100	%
(12.4)
Yoqilg’i tarkibida uglerod qancha ko’p bo’lsa, kislo rod shuncha kam bo’ladi
va aksincha. Kislorod miqdorining yoqilg’i tarkibida ortishi uning issiqlik berishini
pasaytiradi.Yoqilg’i   tarkibidagi   kimyoviy   elementlarning   reaksiyaga   kirishi
(yonishi) da har xil miqdordagi issiqlik ajraladi.
Turli   xil   yoqilg’ining   kimyoviy   tarkibi   turlicha   bo’lishi   mumkin   (12.1   va
12.2- jadvallar).
12.1-jadval 
Qattiq va suyuq yoqilg’ining tarkibiy qismi
Yoqilg’i turi  Yoqilg’i tarkibidagi yonuvchi elementlar, % С	yo	H	yo	O	yo	SyoYog’och  50 6 43 0
Torf  53-62 5,2-6,2 32-37 0,1-0,3
Qo’ng’ir ko’mir 62-72 4,4-6,2 18-27 0,5-6,0
Toshko’mir 75-90 4,5-5,5 4-15 0,6-6,0
Antrasit  90-96 1,0-2,0 1-2 0,5-7,0
Neft  83-86 11-13 1-3 0,2-4,0
12.2-jadval
Yonuvchi gazning tarkibiy qismi
Gaz turi Quruq gaz hajmidagi modda miqdorilari, %
Tabiiy (Buxoro) 94,9 - - 3,8 - 0,4 - 0,9
Koks gazi (tozalangan)  22,5 57,5 6,8 1,9 0,8  2,3 0,4  7,8
Domna gazi  0,3  2,7  28  - - 10,2 0,3  58,5
Suyultirilgan gaz 4 qolgani boshqa gazlar; propan 79%, etan 6% ,
vodorod, izobutan 11%.
Kam   miqdorda   vodorod   gazi   suvni   elektroliz   qilish   usuli   bilan   olinadi   va
ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida qo’llaniladi. Tabiiy va sun’iy gaz yoqilg’i sifatida
sanoatning  turli   tarmoqlarida,  avtomobilda,  aviatsiyada   oxirgi, o’n  yil   mobaynida
keng qo’llanilmoqda.
Yoqilg’ining   agregat   holatidan   qat’i   nazar,   hamma   yoqilg’i   bir   xil   issiqlik
miqdorini   ajratmaydi,   Shuning   uchun   uning   tarkibi   yonuvchi   vaballast   (kul   va
namlik)dan iborat bo’ladi. Yoqilg’i   to’la   yonganda   ajralib   chiqadigan   issiqlik   miqdori   turlicha
bo’lganligidan, ularni bir-biridan farqlash maqsadida, yoqilg’ining yonish issiqligi
tushunchasi   kiritilgan.   Ish   yoqilg’isining   birlik   massasi   to’la   yonganda   ajralgan
issiqlik miqdori yonish. issiqligi deyiladi. Yonish issiqligining o’lchovi kJ/kg yoki
kJ/m 3
.   Yoqilg’ining   yonishida   ajraladigan   issiqlik   miqdori   yuqori  (qyu
i	)   va   quyi	
(qq
i)
 bo’ladi.
Ish   yoqilg’isining   birlik   massasi   to’liq   yonganda,   uning   tarkibidagi
namlikning   bug’lanishiga   sarf   bo’lgan   issiqlik   miqdori   hisobga   olinmaydigan
yonish   jarayonida,   ajralib   chiqqan   issiqlik   miqdori   yuqori  	
(qyu
i	)   issiqlik   ajralish
deyiladi.   Yoqilg’ining   bir lik   massasi   yonganda   uning   tarkibidagi   namlik   hamda
vodorodning   kislorod   bilan   reaksiyaga   kirishishi   jarayonida   hosil   bo’lgan   namlik
hisobga   olingan   holatda   ajralgan   issiqlik,   miqdori   suyi   issiqlik   ajralish   deyiladi.
Shuning   uchun   bu   isrof   e’tiborga   olinganda   hisoblar   turri   bo’ladi.   Masalan,   1   kg
vodorod   kis lorod,   bilan   reaksiyaga   kirishishi   jarayonida   9   kg   suv   hosil   bo’ladi.
Tabiiyki, har qanday yonilg’i tarkibida va yonishni ta’minlash uchun kiritiladigan
atmosfera   havosida   vodorod   mavjud.   Hosil   bo’lgan   bir   kg   suvni   bug’lantirish
uchun   24·10 2  
kJ   issiqlik   miqdori   sarflash   kerak,   1   kg   bug’   suyuqlikka   aylanish
jarayonida atrofga 2,5 MJ (t = 20°C) issiqlik chiqaradi.
Demak,  	
(qyu
i	)   bilan	(qq
i) orasidagi   bog’lanishni   quyidagicha   ifodalash
mumkin:	
(q	yu
i	)=	(qq
i)+	25	(9	H	i+	W	)
(12.5)
Qattiq   yoqilg’ilarning   yonish   issiqligi   10÷28MJ/kg   oralig’ida   bo’lib,   uning
tarkibidagi namlik va kul miqdorining, ya’ni ballast qismining ortishi bilan  	
(qi.a
i	)
(ish   yoqilg’isining   issiqlik   ajratishi)   kamayib   boradi.   Suyuq   yoqilg’ilarda	
qi.a
i	=	39	MJ	/kg
gacha bo’lsa, gazlarda uning  qiymati 4÷88,5 MJ/m 3
  ni tashkil
etadi.  Qattiq   va   suyuq   yoqilg’ilarning   issiqlik   ajratishini   D.   I.   Mendeleyevning
emperik   formulasi   asosida   etarli   aniqlikda   J/kg   o’lchovida   nazariy   hisoblab
topiladi:(qq
i)=	338	C	i+	1025	H	i−	108	,5(O	i−	S	i)−	25	W	i
(12.6)	
25	W	i+	225	H	i+	25	W	i=	338	C	i+	1250	H	i−	108	,5(O	i−	Si)
(12.7)
Gaz yoqilg’isi uchun 	
(J/m3)	
qq
i=	108	H	2+126	CO	+234	H	2S+358	CH	4+638	C2H	8+	
+1187	C4H	10+1461	C5H	12+591	C2H	4+860	C3H	6+1135	C	4H	8+	
+1403	C	6H	6
(12.8)
Shartli yoqilg’i  sifatida issiqlik ajratishi 	
qq
i=	29	,35 MJ/kg (7·10 3
 kkal/kg)
ga   teng   bo’lgan   yoqilg’i   qabul   qilingan.   Shartli   yoqilg’i   asosida   boshqa
yoqilg’ilardan   iqtisodiy   jihatdan   foydalanish   maqsadga   muvofiqligi   va   ular   sarfi
aniqlanadi.
12.4.-jadval 
Yoqilg’ilarning 	
qq
i  issiqlik ajratishi
Yoqilg’i	
qq
i
·10 -4
,kJ/kg Yoqilg’i	qq
i
· 10 -4
,kJ/kg
Yog’och  1,05-1,47 Neft  4,30-4,60
Torf  0,84-1,05 Mazut  4,0-4,55
Qo’ng’ir ko’mir 0,63-1,09 Kerosin  4,40-4,60
Toshko’mir 2,1-3,0 Benzin  4,40-4,70
Antrasit  2,70-3,10 Tabiiy gaz  2,70-3,80
Yonuvchi slanetslar  0,73-1,50 Neftning hamroh
gazlari  4,20-7,10
Pista ko’mir 3,0-3,40 Koks gazi  1,50-2,10 Yarim koks 2,50-3,10 Domna gazi  0,36-0,41
Koks  2,80-3,10 Generator gazi  0,41-0,71
Suv gazi  1,05-1,17
2.   Yoqilg’ining   yonish   jarayoni   kechadigan   qurilma   o’txona   deyiladi.
Yonish jarayonining borishini ta’minlaydigan va boshqaradigan uskunalar majmui
o’txona qurilmasi deyiladi. Konstruksiyasiga ko’ra o’txonada qattiq, suyuq va gaz
yoqilg’ilari   yoqiladi.   Qattiq   yoqilg’i   tabiatda   qanday   paydo   bo’lgan   bo’lsa,
shundayligicha,   bo’laklab   kukun   xoliga   keltirib   yoqilishi   mumkin.   O‘txona
qurilmalarini   loyihalashda   eng   avval   yoqilg’ining   tejab   yoqilishiga,   yonish
mahsulotidagi   tutun   va   oksidlovchi   havo   oqimi   yo’llarining   to’g’ri   tashkil
qilinishiga   hamda   o’txonani   ishga   tushirish,   ishlatish   ishlarining
mexanizatsiyalashganligiga va avtomatlashtirilishiga asosiy e’tibor qaratiladi.
O’txonalar qatlamli, kamerali (mash’alali, uyurmali) turlarga bo’linadi.
Qattiq   yoqilg’ini,   yoqish.   Yonilg’ini   qatlamli   yoqish   o’txonasining   asosini
panjarali   cho’g’don   tashkil   etadi.   Panjarali   cho’g’don   ustiga   ma’lum   qalinlikda
qattiq yoqilg’i tekis joylashtiriladi va panjara ostidan at mosfera havosi oqimi tabiiy
ravishda   yoki   majburiy   yoqilg’i   oralab   o’tib   turadi.   Oksidlovchi   gaz   (atmosfe ra
havosi)   qattiq   yoqilg’i   bilan   ta’sirlashib   yonishni   ta’minlaydi   va   hosil   bo’lgan
alanga   hisobiga   issiqlik   energiyasi   hamda   yonish   mahsulotlari   xosil   bo’ladi.
Yonish   mahsuloti   bilan   yoqilg’i   zarralari   atmosferaga   uchib   chiqib   ketmasligi   va
to’liq yonishi  hamda  ko’proq issiqlik  ajralishi  uchun o’txonada  hosil  bo’lgan  gaz
oqimining   kutarilish   kuchi   yoqilg’i   bo’lakchasining   og’irlik   kuchidan   kichik
bo’lishi   kerak.   Yoqilg’i   bo’lakchalarining   o’lchami   20—30   mm   dan   kichik
bo’lmasligi lozim (12.1-rasm, a).
Panjarali   chog’don   yoqilg’ini   tutib   turibgina   qolmasdan,   yoqilg’iga   havoni
o’tkazish, kul va shlakni kulxona tomonga uzluksiz o’tkazib turish vazifasini ham
bajaradi.   Cho’g’dondagi   hamma   teshik   va   tirqishlarning   ko’ndalang   kesimlari yig’indisi   panjaraning   jonli   kesimi   deyiladi.   Panjarali   cho’g’dan   o’lchamlari
yoqilg’i turi va uning bo’laklarining katta-kichikligiga mos ra vishda tanlanadi.
Cho’g’don, asosan cho’yan kuyib ishlanadi va yuzasi katta bo’lganda, u bir
necha bo’lakdan tashkil topadi.
12.1-rasm. Yoqilg’ini yonish usullari: a) qatlamli; b) mash’alali; v) uyurmali;
g) qaynovchi qatlamli.
Mash’alali   yonish.   O’txonaning   FIK   ni   orttirish   va   yoqilg’ining   tulik^
yonishini   ta’minlashda   sattik.   yokil-fh   maxsus   tegirmonlarda   kukun   x,olatiga
keltiri-lib;   xavo   okimi   bilan   birgalikda   o’txonaga   uzatiladi.   Bun-day   yonish
mash’alali yonish deyiladi (12.1-rasm, b).
Mash’alali   yoqishning   asosiy   afzalligi   yoqilg’i   isrofsiz   yonadi   va   katta
miqdorda   issiqlik   ajralib   chiqadi.   Gaz-havo   oqimidagi   zarralarning   suyuqlik
darajasi   kichik   bo’lganligidan   mash’alali   yoqish   jadalligining   chegaralanganligi
hamda   oqim   o’zgarishi   yonishga   tez   ta’sir   e'tishi   bu   usulda   yoqishning   asosiy
kamchiligi hisoblanadi.
Uyurmali   yoqish.   O’txona   bo’shlig’ida   kuchli,   uyurmali   oqim   hosil   qilish
usuli   bilan   yoqilg’i   yoqilganda   yoqilg’i   zarralari   uzoq   vaqt   o’txonada   bo’ladi   va
to’liq yonadi (12.1-rasm v). Havo oqimi yoqilg’i zarralarini uyurma trayektoriyasi
bo’ylab olib o’tadi va jadal yonishni ta’minlaydi. Yoqilg’i zarralarining o’lchami 3
—5   mm   ni   tashkil   etsa   ham   o’txonada   ular   ancha   muddat   davomida   uchib
yurganligidan   to’liq   yonadi   va   katta   miqdordagi   issiqlikni   ajratadi.   Kul   va   shlak
o’txona oxiridan uchib va oqib chiqadi. Changsimon holatga keltirilgan qattiq yoqilg’ilarni bu usullarda yoqishning
o’ziga xos afzalliklari bor:
a)   past   navli   ko’mirni,   ko’mir   qazib   olishda   va   uni   boyitishdagi   qoldiq
chiqindilari katta quvvatli qozon qurilmalari o’txonalarida yoqish mumkin;
b)   ortiqcha   havo   koeffitsiyenti   a
h =1,2-1,25   qilib   olinganda   chala   yonishda
vujudga   keladigan   isroflar   juda   kam   va   o’txona   samaradorligi   iqtisodiy   jihatdan
yuqori bo’ladi;
v)   yonish   jarayonini   to’la   mexanizatsiyalashtirish   va   avtomatlashtirish
mumkin;
3.   Ichki   yonuv   dvigatellarida   (IYOD)   yoqilg’i   sifatida   neftni   qayta   ishlash
yo’li   bilan   olinadigan   benzin,   kerosin,   solyar   moyi   hamda   qayta   ishlangan   tabiiy
gaz,   hozircha   laboratoriya   sharoitlarida   olinayotgan   va   tadqiqot   qurilmalarida
qo’llaniladigan vodorod gazidan foydalaniladi.
Karbyuratorli ichki yonuv dvigatellarida, asosiy ben zin, ligroin va gaz; dizel
ichki   yonuv   dvigatellarida   gazoyl   va   solyar   moyi;   reaktiv   dvigatellarda   kerosin-
gazoyl fraksiyalari ishlatiladi. Benzin (frans bnezine — xo’shbo’y modda) uglerod
va   vodorod   birikmalaridan   iborat   bo’lib   30—205°C   qaynaydi.   Uning   zichligi
ρ   = 700-800 kg/m3. Neftdan olinadigan A-66, A-72, A-76, AN-91, AI-92, AI-93,
AI-98 karkali  benzinlar  karbyuratorli  dvigatellarda qo’llaniladi. Aviatsiyada  sifati
yuqoriroq bo’lgan B400/130, B-95/130, B-31/115 markali yoqilg’i ishlatiladi.
Benzining   detonatsiyaga   moyilligi   uning   muhim   sifat   ko’rsatkichlaridan
hisoblanadi. Detonatsiya deb dvigatel silindrida yoqilg’ining portlash tarzida juda
ham tez yonishiga aytiladi.
Agar   normal   sharoitda   ish   aralashmasi   25   —   30   m/sek   tezlik   bilan   yonsa,
detonatsiyada u 2000 — 2500 m/sek da yonadi.
Siqish   darajasining   oshishi   dvigatel   quvvati   va   tejamliligiga   yaxshi   ta’sir
qilsa ham (buni keyinchalik termin f.i k. ( η ) tenglamasini chiqarishda ko’rsatamiz),
uning   kattaligi   yoqilg’i   tarkibiga   kiruvchi   uglevodorodlarning   xossalari   bilan
aniqlanuvchi yoqilg’ning detonatsiyaga moyilligi bilan cheklanadi. Yoqilg’ining   detonatsiya   xususiyatining   ko’rsatkichi   oktan   sonidir:   oktan
soni   qancha   ko’p   bo’lsa,   yoqilg’ining   detonatsiyaga   qarshiligi   shuncha   yuqori
bo’ladi.   Bir   xil   standart   sharoitda   tekshirilayotgan   yoqilg’ining   oktan   sonini
aniqlash   uchun   geptan   aralashmasi   (geptan—kuchli   detonatsiyalanuvchi
komponent—uning   oktan   soni   0   ga   teng   qilib   olinadi)   bilan   izooktan
(detonatsiyaga   kamroq   moyil   uning   oktan   soni   100   hisoblanadi)   aralashmasining
detonatsiyaga   moyilligini   solishtiriladi.   Ko’rsatilgan   aralashmada   (gektan-
izooktan)   izo-oktan   hajmining   detonatsiya   xususiyati   bo’yicha   tekshirilayotgan
yoqilg’iga   teng   bo’lgan   protsent   miqdori   oktan   soni   hisoblanadi.   Benzinning
detonatsiyaga   qarshilik   ko’rsatish   xususiyatini   oshirish   uchun   ularga   kam
miqdorda   (0,2   -0,3%)   maxsus   antidektonatorlar   qo’shiladi.   Ularning   ichida   eng
ko’p   tarqalgani   etil   suyuqligi   [Pb   (C
2 H
5 )
4 ]   Bunday   benzinlar   etillangan   deb
yuritiladi.   Etil   suyuqligi   juda   kuchli   zarar   hisoblangani   uchun   ularni   ishlatishda
juda ham ehtiyot bo’lish kerak. Oddiy benzinni etillangandan ajratish uchun ularni
havo rangga yoki to’q-sariq, rangga bo’yaladi.
Avtomobil   dvigatellarida   ko’pincha   oktan   soni   65   —   70   ga   teng   bo’lgan
benzin ishlashladi, aviatsiyada esa undan ko’proq sonli ben zin ishlatiladi.
Gazoyl   (gaz   va   ingl.   on   —   moy)   dizel   dvigateli   yoqilg’isi   200—400°C   da
qaynaydi. Gazoyl qayta ishlansa yana ham yaxshiroq yoqilg’i olinishi mumkin.
Solyar   moyi.   Neftni   qayta   ishlash   jarayonida,   uni   haydash,   fraksiyalarga
ajratishda  olinadigan  dizel  dvigatellarining  yoqilg’isi.   Qaynash   temperaturasi   240
—400°C, qovushqoqligi 5—9 sst, 50°C da qotish tem peraturasi — 20°C, ochi
havoda alangalanish tempera turasi 125°C dan yuqori.
Kerosin   (yunon.   Keros   —   mum)   —   suyuq   uglevodorodlar   aralashmasi
bo’lib,   reaktiv   va   dizel   dvigatella rining   yoqilg’isi   xisoblanadi.   Kerosin   neftni
to’g’ri   haydash   yoki   neft   mahsulotlarini   krekinglash   yo’li   bi lan   olinadigan   tiniq
yoki   sarg’ish-zangori   tusdagi   suyuqlik   bo’lib,   tez   alangalanadi.   Qaynash
temperaturasi 180—320°C, zichligi  ρ = 775—850 kg/m 3
.
Ligroin   (og’ir   benzin)   -neft   yoki   neft-gazni   ishlashda   hosil   bo’ladigan
kondensat   fraksiyasi   bo’lib,   120-240°C   da   ajratib   olinadi   va   dizel   dvigateli yoqilg’isi sifatida ishlatiladi. Ligroin rangsiz, tiniq yoki sarg’ish suyuqlik, zichligi
ρ = 785—795 kg/m 3
.
Dizel   yoqilg’isi   (gazoyl)   ko’pincha   yuqori   siqish   darajasiga   ega   bo’lgan
ichki   aralashmali   tez   harakatli   dvigatellarda   ishlatiladi.   Bu   holdagi   yoqilg’ilarga
quyiladigan   talab   karbyu rator   bilan   ishlatiladigan   yoqilg’ilarga   qaraganda
birmuncha   farq   qiladi.   Ichki   aralashma   hosil   qiluvchi   dvigatellarda   yoqilg’ining
bug’lanishi  silindrning o’zida sodir bo’ladi, chunki silindrda havo 800 — 900° K
temperaturagacha siqiladi. Shunnng uchun yoqilg’ining bug’lanishi juda ham jadal
ravishda   boradi.   Biroq   tez   yurar   dizellarda   aralashma   hosil   qilish   va   yonish
protsessiga   ketadigan   vaqt   juda   oz,   bu   esa   maxsus   og’ir   fraksiyali   yoqilg’idan
foydalanilganda uning to’la yonishini yomonlashtiradi.
Bu   gruppa   yoqilg’ilarning   to’la   yonishiga   va   qurum   hosil   qilishga
moyilligini   xarakterlash   uchun   maxsus   asbobda   havosiz   yonayotgan   yoqilg’idan
hosil   bo’ladigan   koks   miqdorini   (og’irligiga   nisbatan   protsent   hisobida)
ko’rsatuvchi koks soni deb ataluvchi son xizmat qiladi. Dizel yoqilg’ilarida bu son
0,1—0,3 ga teng bo’lib, mazutda esa 0,5% gacha yetadi.
Bunday   yoqilg’ilar   tarkibida   og’ir   uglevodorodlarning   bo’lishi   ularning
qovushoqligini   va   sovish   temperaturasini   oshiradi.   Dvi gatel   silindriga   yoqilg’i
beruvchi   yoqilg’i   apparaturasining   to’xtovsiz   ishlashi   uchun   qovushoqligi   kam
yoqilg’i   zarur   bo’ladi.   Shuning   uchun   qovushoqlik   dizel   yoqilg’isining   muhim
xarakteristikasidan   biri   xisoblanadi   va   u   20°C   da   1,25—1,70°C   chegaralarida
bo’ladi.   Siqish   darajasi   yuqori   bo’lgan   dvigatellarda   detonatsiya   bilan   yonish
bo’lishi mumkin emas, chunki silindrda havo siqiladi. Biroq yoqilg’ining ba’zi bir
sortlari   ishlatilganda   va   ayniqsa   uni   oldinroq   sochilganda   detonatsiyaga   o’xshash
hodisa yuz beradi. Dvigatelnnng ishlashi og’irlashib ba’zi detallari ishdan chiqadi.
Dvigatelni   bunday   yoqilg’ida   ishga   tushirish   odatda   qiyinroq   bo’ladi.   Shuning
bilan   birga   detonatsiyani   og’irlashtiruvchi   faktorlar   ishning   og’irlashishiga   aks
ta’sir   etadi.   Masalan,   siqish   darajasini   oshirish   detonatsiyani   ko’paytiradi,   ammo
bunda   ishning   og’irlashishi   kamayadi.   Dizel   yoqilg’ilarini   ishga   tushish
xususiyatlarini,   ishning   og’irlashishini   o’z-o’zidan   alangalanishiga   moyilligini baholash   uchun   ko’rsatkich   setan   soni   xizmat   qiladi.   Setan   soni   qancha   yuqori
bo’lsa,   bu   hodisalar   shuncha   yaxshi   bo’ladi.   Setani   sonini   aniqlash   uchun
tekshirilayotgan   yoqilg’ini   o’z-o’zidan   alangalanishi   bo’yicha   setan   bilan   C
16 H
34
(o’z-o’zidan   alangalanish   bo’yicha   eng   yaxshi   xarakteristikaga   ega;   uning   setan
soni   100   hisoblanadi)   alfametilnaftalin-C
11 H
10   (eng   qiyin   alangalanuvchi
komponent;   uning   setan   soni   0   olinadi)   aralashmasi   bilan   solishtiriladi.
Alfametilnaftalin   aralashmasida   setan   hajmining   o’z-o’zidan   alangalanishi
bo’yicha tekshirilayotgan yoqilg’iga teng protsent miqdori setan soni deb ataladi
Yuqorida ko’rsatilgan muxim xarakteristikalardan tashqari hamma xil suyuq
yoqilg’ilarning   sifatini   qator   boshqa   ko’rsatkichlari   aniqlaydi:   yoqilg’ida   suv,
kislota   va   ishqorlarning   yo’qligi,   mumkin   qadar   past   sovish   harorati,   saqlaganda
birdek qolishi, qurumni  ko’paytiruvchi smola moddalari  va boshqalar  bo’lmasligi
kerak.
Keyingi   paytlarda   dvigatellarda   yoqilg’i   sifatida   gazlar   ko’proq
ishlatilmoqda.
Gazsimon   yoqilg’ilarni   ikki   asosiy   gruppaga   bo’lish   mumkin:   tabiiy   va
sun’iy.
Gazlardan   foydalanish   uchun   tayyorlash   usuli   bo’yicha   ularni   saqilgan   va
suyultirilgan gazlarga bo’lish mumkin.
Suyultirlgan   gazlar,   odatda   200   ata   bosim   ostida   ballonlarda   saqlanadi.   Bu
gruppa gazlarga tabiiy, shuningdek, sanoat gazlari koks, yonadigan gaz va ba’zi bir
kreking-gazlar kiradi.
Suyultirilgan   gazlar   nisbatan   past   bosimda   (15—17   kG/sm 2
)   suyuq   holatda
ballonlarda   saqlanadi.   Suyultirilgan   gazlarga   dast-avval   benzin   ishlab   chiqarish
paytida   olinadigan   gazlar   va   sin tez   gaz   kiradi.   Chunonchi,   avtotransportda
qo’llanadigan   gazlar   xar   xil   proporsiyadagi   propan,   butan,   butilen,   propilen,   etan
va etilen aralashmasidan iborat.
Motor   yoqilg’isi   hisoblangan   siqilgan   gazlarni   xarakterlovchi   asosiy
ko’rsatkichlar quyidagilar: issiqlik berishi, detonatsiyaga bardoshligi, alangalanish
chegarasi, alangalanish temperaturasi, namligi, tozaligi, zararliligi. Hamma   gazlar   benzinga   qaraganda   ancha   yuqori   detanatsiya   chidamligiga
ega. Gazlarning oktan soni 90 va undan yuqori bo’lishi mumkin. Shu sababli ularni
siqish darajasi yuqori bo’lgan dviga tellarda qo’llash mumkin.
Turli   xil   yoqilg’ilarning   tarkibiy   qismi   va   ularning   issiqlik   chiqarish
xususiyatlari turlicha (12.4-jadval).
12.4 – jadval
Ayrim yoqilg’ilarning tarkibi va ularnnng issiqlik chiqarish xususiyatlariY
oqilg’i nom
i
Og’irligi bo’yicha tarkibi Solishtirma
og’irligi,	
H	/m3 Issiqlik
chiqarish
xususiyati,
kal/kg 15 0
C va 1
atm
havoning
nazariy
sarfi, m 3
/kg	H	,%	H,%	O	,N,%	S,%
Benzin  85,0 15,0 - - 0,70 10200 12,5
Kerosin 85,5 14,0 0,5 - 0,82 10300 12,5
Benzod 91,0 7,5 1,0 0,5 0,88 9600 11,1
Solyar 
moyi  85,5 12,2 1,5 0,8 0,82 10000 11,8
Spirt  52,0 13,0 35,0 - 0,80 6000 7,6
Surkov   moylar .   Ichki   yonuv   dvigatellari   detallarning   sirpanuvchi   sirtlari
orasidagi   ishqalanishini   kamaytirish   uchun   turli - tuman   moylash   materiallari
ishlatiladi :  Avtol ,  TAD -17,  Litol -24,  Filol -1,  Texnik   vazelin   VTV -1  va   h .  k . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. K.SH. Latipov   «Gidravlika, gidromashinalar,   gidroyuritmalar» // T. «O‘qituvchi»
1992.
2. A.Y u .Umarov «Gidravlika» //  T. «O‘zbekiston» 2002.                                           
3. Isyanov   R.G.,   va   boshqalar     «Gidravlika   va   gidravlik   mashinalar»   //   T.   TDPU
2004.
4. K.SH. Latipov  «Gidravlika  va  gidromashinalar» // T. :  «O‘qituvchi» 19 86 .
5. J.Nurmatov.   N.A.Halilov.   O‘.Q.Tolipov.   « Issiqlik   texnikasi »   //   T. :   «O‘qituvchi»
19 98 .
6. T.S.Xudoyberdiyev.  « Issiqlik texnikasi asoslari » // T. :   2010 .  
7. R.A.Zohidov.  « Issiqlik texnikasi » //  O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati.   2010 .
8. R.V.Daminova,   V.K.Muhamedsaidov.   « Issiqlik   texnikasi »   fanidan   didaktik
materiallar  // T. :   TDPU.   2012 .
9. Б . Р . Андерс .   «Контрольно-измерительные   прибоl»   //М.:   Высшая   школа.
1998 .

YOQILG’I. YOQILG’I YONISH JARAYONI, KARBYURATOR VA DIZEL DVIGATELLARI UCHUN YOQILG’ILAR. Reja : 1. Yoqilg’i va uning xossalari. 2. Yoqilg’i yonish jarayoni. 3. Karbyurator va dizel dvigatellari uchun yoqilg’ilar.

1 . Yoqilgi va uning xossalari. Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat yonuvchi moddaga yoqilg’i deyiladi. Kimyoviy reaksiyaning jadal borishi natijasida yoqilg’i o’zidan issiqlik chiqaradi. Yoqilg’iga quyidagi talablar quyiladi: yonish vaqtida ko’p miqdorda issiqlik chiqarish; yonish mahsulotida tabiatga zarar yetkazadigan moddalar miqdorining nam bo’lishi; tez va to’la yonishi; qazib olish arzon bo’lishi va qayta ishlash hamda transportda bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishning oson bo’lishi. Yoqilg’i qazib olinishi yoki tayyorlanishiga ko’ra tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiatda ishlatishga tayyor xolda mavjud bo’lgan yoqilg’ilar tabiiy yoqilg’ilar deyiladi. Qazib olinadigan toshko’mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, gaz, o’tin, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi chiqindilari tabiiy yoqilg’i hisoblanadi. Tabiatdagi yoqilg’ilarni yoki umuman moddalarni qayta ishlash na tijasida olinadigan yoqilg’ilar sun’iy yoqilg’ilar deyi ladi. Bo’larga koks, kukun holatigacha maydalangan qattiq yoqilg’i, briketlar, yog’och ko’miri, benzin, kero sin, solyar moyi, gazoyl, motor moyi, mazut, domna va koks batareyasi gazlari va tabiiy gazni qayta ishlashda olinadigan gazlar kiradi. Yoqilg’i qattiq, suyuq va gaz holatida bo’ladi. Qattiq yoqilg’iga toshko’mir, torf, yonuvchi slanyetslar, koks, yog’och ko’miri va sh. k. kiradi. Suyuq yoqilg’iga neft va neft mahsulotlari (benzin, kerosin, solyar va motor moylari, gazoyl, mazut, qozon qurilmasi) yoqilg’ilarini kiritish mumkin. Gaz yoqilg’isiga — koks va domna, generator, neftni qayta ishlash zavodlari gazlari, propan, atsetilen, toshko’mir qazib olishda olinadigan gazlar va sh. k. misol bo’la oladi. Yoqilg’i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo’ladi. Organik moddalarga uglerod (S), vodo rod (N2), kislorod (S), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg’ida turlicha bo’ladi. Masalan, neft va uning mahsulotlari tarkibi asosay ug lerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg’ining agregat holatidan qat’i nazar, uning tarkibidagi uglerod va vodorod asosiy bo’lib, suyuq yoqilg’ida ularning miqdori 85—87%, qattiq yoqilg’ida esa 50—90% ni tashkil etadi. Kislorod elementining miqdori qattiq yoqilg’ida 6,5% gacha, suyuq yoqilg’ida esa 25% gacha yetadi.

Gazdagi vodorod va uglerodning umumiy miqdori 0,3 dan 95% gacha. S va N 2 birikma holida, ya’ni metan (CN 4 ) gazi ko’rinishida ko’proq uchraydi. Yoqilg’ining tabiatda hosil bo’lish davrida uning tarkibiy qismidagi kimyoviy elementlar miqdori ham o’zgarib boradi. Ayrim kimyoviy elementlar miqdori kamaysa, ayrimlariniki ortadi. Xususan, yoqilg’i yonishining ortib borishi uning tarkibidagi uglerod miqdorining ko’payishiga olib keladi. Masalan, antratsit tarkibida 93% uglerod bo’lsa, yog’ochda 40% ni tashkil etadi. Yoqilg’ining tarkibiy qismi foiz (%) larda ifodalanadi, ya’ni uning ish, quruq, yonuvchi, organik qismlarini tashkil qilgan kimyoviy elementlar yig’indisi har bir holat uchun 100% deb qabo’l qilinadi: yoqilg’ining ish qismiС i + H i+ O i+ N i+ S i+ A i+ W i= 100 % (12.1) quruq massa qismi С q + H q+ O q+ N q+ S q+ A q= 100 % (12.2) yonuvchi massa qismi С yo + H yo + O yo + N yo + S yo = 100 % (12.3) organik qismi С o + H o+ O o+ N o0 = 100 % (12.4) Yoqilg’i tarkibida uglerod qancha ko’p bo’lsa, kislo rod shuncha kam bo’ladi va aksincha. Kislorod miqdorining yoqilg’i tarkibida ortishi uning issiqlik berishini pasaytiradi.Yoqilg’i tarkibidagi kimyoviy elementlarning reaksiyaga kirishi (yonishi) da har xil miqdordagi issiqlik ajraladi. Turli xil yoqilg’ining kimyoviy tarkibi turlicha bo’lishi mumkin (12.1 va 12.2- jadvallar). 12.1-jadval Qattiq va suyuq yoqilg’ining tarkibiy qismi Yoqilg’i turi Yoqilg’i tarkibidagi yonuvchi elementlar, %

С yo H yo O yo SyoYog’och 50 6 43 0 Torf 53-62 5,2-6,2 32-37 0,1-0,3 Qo’ng’ir ko’mir 62-72 4,4-6,2 18-27 0,5-6,0 Toshko’mir 75-90 4,5-5,5 4-15 0,6-6,0 Antrasit 90-96 1,0-2,0 1-2 0,5-7,0 Neft 83-86 11-13 1-3 0,2-4,0 12.2-jadval Yonuvchi gazning tarkibiy qismi Gaz turi Quruq gaz hajmidagi modda miqdorilari, % Tabiiy (Buxoro) 94,9 - - 3,8 - 0,4 - 0,9 Koks gazi (tozalangan) 22,5 57,5 6,8 1,9 0,8 2,3 0,4 7,8 Domna gazi 0,3 2,7 28 - - 10,2 0,3 58,5 Suyultirilgan gaz 4 qolgani boshqa gazlar; propan 79%, etan 6% , vodorod, izobutan 11%. Kam miqdorda vodorod gazi suvni elektroliz qilish usuli bilan olinadi va ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida qo’llaniladi. Tabiiy va sun’iy gaz yoqilg’i sifatida sanoatning turli tarmoqlarida, avtomobilda, aviatsiyada oxirgi, o’n yil mobaynida keng qo’llanilmoqda. Yoqilg’ining agregat holatidan qat’i nazar, hamma yoqilg’i bir xil issiqlik miqdorini ajratmaydi, Shuning uchun uning tarkibi yonuvchi vaballast (kul va namlik)dan iborat bo’ladi.

Yoqilg’i to’la yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori turlicha bo’lganligidan, ularni bir-biridan farqlash maqsadida, yoqilg’ining yonish issiqligi tushunchasi kiritilgan. Ish yoqilg’isining birlik massasi to’la yonganda ajralgan issiqlik miqdori yonish. issiqligi deyiladi. Yonish issiqligining o’lchovi kJ/kg yoki kJ/m 3 . Yoqilg’ining yonishida ajraladigan issiqlik miqdori yuqori (qyu i ) va quyi (qq i) bo’ladi. Ish yoqilg’isining birlik massasi to’liq yonganda, uning tarkibidagi namlikning bug’lanishiga sarf bo’lgan issiqlik miqdori hisobga olinmaydigan yonish jarayonida, ajralib chiqqan issiqlik miqdori yuqori (qyu i ) issiqlik ajralish deyiladi. Yoqilg’ining bir lik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi jarayonida hosil bo’lgan namlik hisobga olingan holatda ajralgan issiqlik, miqdori suyi issiqlik ajralish deyiladi. Shuning uchun bu isrof e’tiborga olinganda hisoblar turri bo’ladi. Masalan, 1 kg vodorod kis lorod, bilan reaksiyaga kirishishi jarayonida 9 kg suv hosil bo’ladi. Tabiiyki, har qanday yonilg’i tarkibida va yonishni ta’minlash uchun kiritiladigan atmosfera havosida vodorod mavjud. Hosil bo’lgan bir kg suvni bug’lantirish uchun 24·10 2 kJ issiqlik miqdori sarflash kerak, 1 kg bug’ suyuqlikka aylanish jarayonida atrofga 2,5 MJ (t = 20°C) issiqlik chiqaradi. Demak, (qyu i ) bilan (qq i) orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin: (q yu i )= (qq i)+ 25 (9 H i+ W ) (12.5) Qattiq yoqilg’ilarning yonish issiqligi 10÷28MJ/kg oralig’ida bo’lib, uning tarkibidagi namlik va kul miqdorining, ya’ni ballast qismining ortishi bilan (qi.a i ) (ish yoqilg’isining issiqlik ajratishi) kamayib boradi. Suyuq yoqilg’ilarda qi.a i = 39 MJ /kg gacha bo’lsa, gazlarda uning qiymati 4÷88,5 MJ/m 3 ni tashkil etadi.