YouTube Google platformalari
YouTube Google platformalari Mundarija KIRISH I.BOB. YouTube platformasi haqida II.BOB.ASOSIY QISM 2.1. YouTube katta hajmdagi vedio fayllar to ’plangan sayt 2.2.YouTubening vedio sayt zaratuvchilari.......................................................................... 2.3.Google platformasi haqida ma ’lumot …………………………………………………. III.BOB.…………………………………………………………………………… 3.1. Mavzuga oid testlar………………………………………………………………......... IV.BOB.XULOSA………………………………………………………………… V.BOB.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….......
Kirish YouTube, LLC — videomateriallar hostingini taqdim etuvchi vebsayt . YouTubedan foydalanish qulay va ko rish osonligi tufayli juda ham mashhur va ʻ kirib ko ruvchilari soni ko pligi bo yicha jahonda uchinchi o rinda turadigan ʻ ʻ ʻ ʻ saytdir. Saytda video ko ruvchilar soni kuniga 2 ʻ milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan. 2018-yilning dekabrida O zbekistonda YouTube bloklandi. ʻ Google kompaniyasi 2021-yil yozidan youTube da reklama orqali pul topadigan ʼ AQSHdan tashqaridagi videoblogerlardan daromad solig i ushlab qolishni ʻ boshlashi mumkin. Soliq bloger tomonidan e lon qilingan videoning Qo shma ʼ ʻ Shtatlarda qayd etilgan ko rishlar sonidan tushadigan daromadga solinadi. Agar ʻ bloger zarur ma lumotlarni vaqtida taqdim etsa, soliq stavkasi mamlakatda amal ʼ qiluvchi qonunga binoan daromadning noldan 30 foizigachani tashkil etadi. Google ning AQSHda bo lmagan blogerlar uchun solinadigan solig i 2021-yil ʼ ʻ ʻ iyundan boshlab kuchga kirgan.Hozirda Youtubening YPP (youtube sheriklik dasturi) O zbekistonda ishlamaydi. ʻ YouTube – katta hajmdagi video fayllar to'plangan sayt. Bu saytga ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar video fayllarni joylashlari mumkin. Istalgan foydalanuvchi esa bu videolarni ko'rishi mumkin. Demak sayt haqidagi aqlga sig'mas faktlar bilan tanishing. YouTube domeni 2005 yil 14 fevralda ( Valentin kunida) ro'yxatdan o'tgan. Bu degani bayram qilish uchun yana bir sabab bor. Bu loyiha a'zolari Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim lar hisoblanishadi. YouTube saytini yaratishdan oldin bu insonlar Paypal da ish yuritishgan. Dastlab YouTube sayti video tanishuvni amalga oshirish uchun yaratilgan edi. Sevishganlar real vaqtda bir birlarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishar edi, keyinchalik bu sayt video xosting bo'ldi. Ro'yhatdan o'tgan YouTube foydalanuvchilarining 70% AQSh fuqarolaridir, 50% foydalanuvchilarining yoshi 20 yoshdan kichik. Bunisiga nima deysiz? YouTube ga joylashtirilgan videolarning barchasini ko'rish uchun 1000 yildan ko'p vaqt kerak bo'lar ekan. Saytning musiqa kategoriyasi eng taniqli kategoriya hisoblanadi. Barcha videolarning 20% shu kategoriyaga tegishli ekan.
Amerikaliklar saytga eng ko'p video fayllarni joylashtiradiganlar ekan, ulardan so'ng Buyuk Britaniya joy olgan. Eng ko'p videolarni tomosha qiladigan davlat ham AQSh ekan, 2 chi o'rinda Yaponiya davlati. YouTube ga dastlabki videoni sayt yaratuvchilaridan biri Djaved Karim kiritgan. Video “ Men hayvonat bog'idaman " deb nomlangan edi. Bu video 18 sekundlik ekan. Bir kunda 2 milliardan ko'p insonlar bu saytda video tomosha qilishar ekan. Google kompaniyasi YouTube ni 2006 yilda sotib olgan. Sayt narxi 1.65 milliard dollarni tashkil qilgan. 2010 yil noyabr statistikasini oladigan bo'lsak, 1 minutda YouTube ga 35 soatlik video joylashtirilar ekan, bir kunda esa bu ko'rsatkich 50400 soatni tashkil qilar ekan. YouTube da bu video fayl o'chirilgan degan xabar chiqsa, video fizik jihatdan o'chmagan bo'lar ekan, bu videoni maxsus dasturlar orqali ko'rish mumkin bo'lar ekan(misol uchun Deleted YouTube Video Viewer ). Har yili 1 aprel-hazil kuniga sayt biror qiziq ishlarni amalga oshiradi. Misol uchun 2009 yilda saytdagi barcha videolar teskari ko'rsatadigan qilib qo'yilgan, 2010 yilda esa videolar o'rnini matn lar egallagan edi, xo'sh bu yil nima bo'lar ekan. Agar bu saytni biror kinokompaniya deb olsak, bu kompaniya haftasiga 60 ming kino chiqara olar ekan. Sayt to'liq Python dasturlash tilida yozilgan. 14 noyabrya 2007 yilda saytning rus tilidagi versiyasi ishga tushdi, bu versiyaga dastlabki joylashtirilgan video fayl Pyotr Nalichning “Gitar" nomli klipidir. Sayt foydalanuvchilari .mpeg, .avi formatidagi video fayllarni joylashtirishlari mumkin. Sayt esa bu videolarni FlashVideo (.mp4) ga o'zgartirib beradi. MoldytoasterMedia nomli YouTube foydalanuvchisi 2011 yil 14 dekabrda eng uzun videoni saytga joylagan(596 soat 31 minut va 21 sekund). Birozdan so'ng uning videosi o'chirilgan. 2008 yil Pokiston , 2009 yil Xitoy davlatlari bu saytni o'z fuqarolari uchun bloklab qo'yishgan. Hozirgi kunda sayt 30 ga yaqin tillarga tarjima qilingan. " Universal Tube and Rollform Equipment " nomli firmaning sayti utube.com edi va bu sayt ham YouTube sayti kabi o'qilar edi. Shu sababli
firma YouTube ni sudga beradi, lekin bundan naf chiqmaydi. Keyinchalik firma sayti utubeonline.com ga o'zgartirildi. Amerikaning Google kompaniyasi videohosting xizmatini ko‘rsatuvchi YouTube saytini zo‘ravonliklarni targ‘ib qiluvchi videokontent va izohlardan tozalash uchun 10 ming kishini yollashga qaror qildi. Kompaniya o‘zining video platformasidagi "muammoli lavhalar"ni yo‘qotish bo‘yicha minglab kishilar xizmatidan foydalanmoqda. Bundan tashqari reklama berishda ham jiddiy cheklovlar joriy qilinadi va aqlli texnologiyalardan yanada samaraliroq foydalanishni joriy qiladi. 2018 yilga kelib Google kompaniyasi "foydalanish qoidalarini buzadigan lavhalarga qarshi kurashuvchi" 10 ming ishchiga ega bo‘ladi, degan YouTube ijrochi direktori Susan Wojcicki. Biroq u ayni vaqtda necha kishi shu ish bilan shug‘ullanayotganiga oydinlik kiritmagan. "Ayrimlar bizning oshkoraligimizni noto‘g‘ri tushunib talqin qilmoqda. Shundan foydalangan holda ziyon yetkazishga urinmoqda", degan Wojcicki. Uning qo‘shimcha qilishicha, YouTube sayti jamoasi o‘tgan 6 oy mobaynida 2 mln.ga yaqin videoni zo‘ravonlik va ekstremistik mazmuni bo‘yicha ko‘rib chiqqan. "Biz, shuningdek? yangi izoh berish asboblarini ham ishga tushirgan va ba'zi hollarda to‘liq o‘chirish orqali izohlardagi agressiv fikrlarga ham e'tibor qaratmoqdamiz", - degan ijrochi direktor. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, kompaniya o‘z rejalarini amalga oshirishda faqat inson yordamidan foydalanish niyatida emas. Lavhalarni o‘rganuvchi algoritmlar ham iyun oyidan beri 150 mingdan ortiq videolavhani YouTube saytidan o‘chirib tashlagan. "Bunday natijaga erishish uchun 180 ming kishi 40 hafta mobaynida ishlashi talab etilar edi", - degan Wojcicki. Google LLC Alphabet kompaniyasiga tegishli transmilliy korporatsiyadir . Amazon , Apple , Meta va Microsoft kompaniyalari bilan birgalikda „Katta Beshlik“ axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi bo yicha birinchi o rinda ʻ ʻ bormoqda (u 70 % qidiruv so rovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga ʻ 50 million qidiruv so rovlarini ro yxatdan o tkazadi va ayni vaqtda 8 ʻ ʻ ʻ milliarddan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google qidiruv tizimi 101 tadan ortiq tillarda so rovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq ʻ kompyuterlardan iborat (2004-yil avgust oyi ma lumotlariga asosan). ʼ
Google kompaniyasiga asos solinganiga 19 yil bo‘ldi. Texnologiyalar olamida bu anchagina keksa yosh hisoblanadi. Shu munosabat bilan Recode.net portali jahonning eng asosiy qidiruv tizimiga doir 19 ta qiziqarli ma'lumotni to‘pladi . 1. Larri Peyj va Sergey Brin 1998 yilda Google firmasiga asos solishdi. Kompaniya o‘sha yili 4 sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ammo 2006 yildan e'tiboran 27 sentabrda tashkil etilgan kunini nishonlaydi. 2. Ilk dudl Larri Peyj va Sergey Brin tomonidan 1998 yilgi Burning Man festivalida yaratilgan. Bu ularning server ishlamay qolsa, ish joyida emasliklarini anglatuvchi 3. Bugungi kunda Google kompaniyasida 72 mingdan ortiq kishi ishlaydi. 4. Google raqamli va mobil reklama bozorida yetakchilik qiladi. Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, 2017 yili mobil reklamadan tushadigan daromad 50 mlrd dollardan ortadi. Bu Google kompaniyasining raqamli reklamadan ko‘radigan daromadining 67 foizidir. 5. Google klaviaturada harflarning ko‘p bosilib ketilishidan hosil bo‘ladigan domenlarga ega: Gooogle.com, Gogle.com, Googlr.com va boshqalarga ega. Google korporatsiyasiga shuningdek, 466453.com ham tegishlidir. Bu raqamlar telefon klaviaturasida g o o g l e harflaridir. 6. Statistikaga ko‘ra, 2016 yil oktabrda Google’ning jahon qidiruv tizimidagi ulushi 90,3 foizga yetgan. 2017 yil iyulda bu raqam 86,8 foizga tushdi. 7. Google tarkibida hamon oq tanli va osiyoliklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Recode ma'lumotlariga ko‘ra, Google’ning oq tanli xodimlari soni bu yil 59 foizdan 56 foizga tushgan. Osiyolik ishchilar soni 32 foizdan 35 foizga oshgan. 8. Google soni «gugol» so‘zidan olingan bo‘lib, 100 nolli raqamni anglatadi. 9. Avvalroq, Google mahalliy yangiliklarni avtomatlashtirish loyihasini moliyalashtirishi xabar qilingan edi. 10. Google.com 1998 yili 2 dekabrda mana shunday ko‘rinishda edi.