SMM platformalar bilan tanishish. Youtube, google platformalari
Mavzu: SMM platformalar bilan tanishish. Youtube, google platformalari. Kirish. Asosiy qism. Reja: I. Smm marketin haqida to’liq tushuncha. 1. SMM mutaxassis nimalar qiladi? 2.Web brauzerlardan foydalanish va web saxifa tushunchasi 3.YouTube, LLC . 4. Google Chrome hamon dunyodagi eng mashhur internet-brauzer II. Mavzuga oid test III. Xulosa. IV. Foydalangan Adabiyot
Kirish Ijtimoiy media marketing - Twitter , Facebook va YouTube kabi ijtimoiy media saytlari orqali marketing jarayonidir. Vebning ijtimoiy jihatlarini qo'llagan holda, ijtimoiy media marketing an'anaviy marketing orqali emas, balki ko'proq moslashtirilgan va dinamik darajada o'zaro aloqa o'rnatishi va o'zaro ta'sir qilishi mumkin. Ijtimoiy media marketing strategiyasi kompaniya blogi, Twitter hisobiga ega bo'lish yoki "Digg This" va "Dushanba this" teglarini maqolalar oxiriga qo'shish kabi oddiy bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, YouTube orqali Bloglar, Twitter, ijtimoiy tarmoqlar va Virusli videolarni qamrab oladigan to'liq kampaniyaga ega bo'lish kabi murakkabroq bo'lishi mumkin.
SMM nima : SMM marketing haqida to’liq tushuncha. S ocial M edia M arketing [SMM] – bu ingliz tilidan ijtimoiy media marketing bo’lib, Internet marketingning bir turi deb hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi – ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni mahsulot va xizmatlaringizga jalb etish. O’ylaymanki, ijtimoiy media qanchalik katta ekanligini muhokama qilishimiz shart emas. Ushbu tarmoq Internetning o’zidan ham tezroq rivojlandi. Siz ham bir kuni ertalab uyg’onganda Telegram yoki Instagram sahifalarini varaqlamaganingizni tasavvur qila olasizmi? SMM nima evaziga rivojlandi? Bugungi kunda dunyo aholisining 58,11% ijtimoiy tarmoqlardan faydalanadi: SMM nima deb so’ralganda – bu o’z brendingizni tanitish, sotuv hajmini ko’paytirish va veb-sayt trafikini oshirish maqsadlari ham tushuniladi. SMM haqida ma’lumot berayotganda sizning tarmoqdagi profilingizda kontent yaratish, obunachilaringiz bilan muloqot qilish va ularni jalb etish va ijtimoiy media (Instagram, Telegramda) reklama berishlarlarni o’z ichiga oladi. SMM marketing nima uchun rivojlanib borayotganining asosiy sababi bu foydalanuvchilar soni kundan kunfa o’sib borayotgani. Marketing Sherpa statistik ma’lumotlariga ko’ra, 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan odamlarning 95%-iga mahsulot brendini kuzatish va u bilan aloqa qilishda SMM media usuli eng qulayi deb hisoblashdi. SMM mutaxassis lavozimiga katta talab borligining sababi ham shu: deyarli har bir kompaniya SMM xizmatini ishlatadi. Hattoki ko’pgina brendlar uchun bu online savdoda yagona reklama usuli ham. SMM marketing nimaga yo’naltirilgan? Hozirgi kunda O’zbekistonda ham SMM rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar 2019 yilga nisbatan 49% oshdi:
Shuning uchun ham SMM xizmati hammaga mos keladi: katta kompaniyalar, Internet-do’konlar , xizmatlar va ommaviy axborot vositalar uchun. SMM ishining asosiy maqsadi (har qanday reklama kabi) – biznesga ko’proq pul olib kelishdir. Uning uchun har xil usullar qo’llanadi: Facebook, Telegram va Instagram tarmoqlaridan xaridor topishadi. Buning uchun brendni to’g’ridan-to’g’ri mahsulotlarini reklama qiladilar (SMM targeting), kontent marketingidan foydalanadilar yoki sheriklar bilan bog’lanadilar. Sodiq mijozlarni etishtirish uchun brend atrofida hamjamiyatni yarating. Potentsial xaridorlarning e’tiborini jalb qilish va ijtimoiy tarmoqdagi obunachilaringizni ko’paytirish uchun foydali maqolalar va videolarni baham ko’ring. SMM haqida yana bir narsani ta’kidlash joizki, uning tarkibiy qismlaridan biri bu ijtimoiy tarmoqlarni optimallashtirish (SMO- S ocial M edia O ptimization). SEO
xizmati kabi, SMO ham veb-saytga yangi va noyob tashrif buyuruvchilarni jalb qilish strategiyasidir. 1. SMM mutaxassis nimalar qiladi? SMM mutaxassis – kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini rivojlantirish bilan shug’ullanadi. Uning ish tartibiga quyidagi vazifalar kiradi: Taqdim etish uchun postlarni tanlaydi, bir hafta / oy / yil uchun kontent rejasini tuzadi. Kontent yaratish jarayonini boshqaradi: reklama matnlarini yozish , videokontent tayyorlash, testlar tuzish. Ba’zan o’zi bajarishi ham mumkin. Obunachilarning savollariga kompaniya nomidan javob beradi, postlar ostidagi sharhlarini (kommentlar) tekshirib turadi. Turli xil ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni pullik targ’ibotini o’rnatadi (SMM targeting) Ijtimoiy tarmoqlarning samaradorligini kuzatib boradi: abonentlar bazasi qanday o’sib bormoqda, kompaniyaga yangi mijozlar keladimi, ular buyurtma berishadimi, qancha pul olib kelishadi.