SMM platformasi bilan tanishish (Fakebook, YouTube, Instagram, Telegram)
MAVZU: SMM platformasi bilan tanishish (Fakebook, YouTube, Instagram, Telegram) Reja: 1. SMM platformasi bilan tanishish 2. Facebook va YouTube haqida ma’lumot 3. Instagram va telegram haqida ma’lumot 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar
SMM (SOCIAL MEDIA MARKETING — IJTIMOIY MEDIA MARKETING) HAQIDA Internet tarmog‘ining rivojlanishi hamda uning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallashi bugungi kunda jahon miqyosida keng ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Dunyo aholisining aksariyat qismi, shu jumladan, yoshlar o‘z media mahsulotlari hamda biznes loyihalarini ijtimoiy media marketing orqali reklama qilib, daromad manbaiga ega bo‘lishmoqda. Ijtimoiy media marketing ( SMM — social media marketing) — mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga oshirish. Ijtimoiy media ko‘plab interfaol foydalanuvchilarga ega internet platforma bo‘lib, u internet tarmog‘i ishtirokchilari tomonidan to‘ldirib boriladi. Bunday platformalar umumiy qiziqishi bir xil bo‘lgan foydalanuvchilarning bitta guruh ichida o‘zaro muloqot qilishiga imkon yaratadi. Ijtimoiy mediaga hamkorlikdagi blog, ijtimoiy tarmoq va boshqalar kiradi. Ijtimoiy media — ko‘plab faol foydalanuvchilarga ega internet platforma. SMM (ijtimoiy media marketing) — marketing faoliyatining ijtimoiy mediada amalga oshirilishi. Brend — bir mahsulotning boshqa mahsulotlardan farqlanib turuvchi dizaynga ega belgisi.
Maqsadli auditoriya — mahsulotingizni sotib olish yoki xizmatingizdan foydalanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar. Kontent — maqsadli loyiha uchun yaratilgan sahifa, videorolik yoki tasvir. Platforma — o‘zining imkoniyati va funksiyalari orqali boshqa tizimlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi “o‘zak dastur”. Ijtimoiy media marketingning asosiy vazifalari: — mahsulot brendini yaratish va uni tanitish; — brendni mashhur qilish va unga bo‘lgan qiziqishni oshirish; — kompaniyalar saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish; — yangi mijozlarni jalb qilish va mahsulot sotishni ko‘paytirish; — doimiy mijozlar sonini oshirish; — mijozlar ko‘magi va ochiqlik hisobiga kompaniya imijini oshirish; — taniqli kompaniyalarning brendini tan olish; — o‘z-o‘zini reklama qilish (PR); — mijoz va foydalanuvchilarda mahsulot hamda xizmat yuzasidan paydo bo‘lgan savollarga tezkorlik bilan javob berish . FACEBOOK TARMOG‘I SMMda asosiy e’tibor ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot tarqatuvchi qiziqarli kontent yaratilishiga qaratiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ishlovchi SMM mutaxassislarining ijtimoiy marketingni rivojlantirishdagi asosiy vazifalaridan biri — ijtimoiy media platformalar bilan ishlash. O‘zbekistonda SMM mutaxassislari brendni, asosan, Facebook, Telegram, Instagram, Youtube kabi ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilish, reklama berish ishlari bilan shug‘ullanishadi. Facebook dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lib, uning yordamida yaqinlar bilan xabarlashish, mustaqil ta’lim olish hamda biznes loyihalarni yuritish mumkin. Facebook — 2004-yilda Garvard universiteti talabasi Mark Suckerberg hamda Eduardo Saverin, Dustin Moskovitz, Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq YOUTUBE SAYTI YouTube katta hajmdagi video fayllar jamlangan sayt hisoblanadi. Tizimdan professional videolavhalardan tortib, havaskorlar videolarini hamda videoblogerlar materiallarini topish mumkin. YouTube sayti yordamida kanal ochib, u orqali biznes loyihalarni yuritish mumkin. YouTube sayti Steve Chen,
Chad Hurley, Jawed Karim tomonidan amalga oshirilgan loyiha bo‘lib, 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan. YouTube , foydalanish oson va qulay bo‘lganligi sababli, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2006-yilda YouTube tarmog‘ini Google kompaniyasi sotib olgan. YouTubeda ro‘yxatdan o‘tmagan holda ham videoroliklar bilan tanishish va ularni ko‘rish mumkin. YouTube dagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va maxsus dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin. Telegram tarmog’i Telegram tezkorlik va xavfsizlikka asoslangan xabar almashish dasturi bo‘lib, u orqali matn, tasvir, video, audio va boshqa turdagi fayllar (doc, zip, mp3 va h. k.)ni jo‘natish mumkin. Telegram loyihasi 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. Telegram sinxron tarzda bir necha qurilmada ishlay oladi, ya’ni telefon, kompyuter va planshet qurilmalaridan birida yozilgan xabar ayni vaqtda boshqalarining yozuv maydonida o‘z aksini topadi. Telegram tarmog‘i yordamida chat, maxfiy chat, guruhli chatlarda xabarlashish, kanal, jamoat kanali, xususiy kanal va botlar ochib, biznes loyihalarni yuritish mumkin. Chat — ikki tomon o‘rtasidagi yozishmalar. Maxfiy chat — ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot paytida xabarlar maxsus, takomillashtirilgan xavfsizlik protokoli bilan shifrlangan holda faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Guruhli chat — muloqot davomida uch yoki undan ortiq foydalanuvchilar o‘rtasidagi yozishmalar. Kanal — cheklanmagan miqdordagi abonentlarga xabar yuborish mumkin bo‘lgan chat. Uning o‘ziga xos xususiyati — kanal a’zolari xabarlarga izoh berolmaydi. Kanal yangiliklar tasmasi va tematik blogga o‘xshaydi. Jamoat kanali — qidiruv orqali hamda a’zo bo‘lmagan holda ham foydalanish mumkin bo‘lgan ochiq kanal. Bitta foydalanuvchi akkaunti orqali faqat 10 ta jamoat kanali yaratishi mumkin. Botlar — foydalanuvchi xabarlariga zudlik bilan avtomatik ravishda javob beradigan ilovalar. Ularning yordamida statistikalarni ko‘rish, so‘rovnomalarga javob olish va boshqalarni amalga oshirish mumkin. Dastlab telegram ilovasi telefon, kompyuter yoki planshet qurilmalaridan biriga o‘rnatib olinadi va keyin ishga tushiriladi. Instagram — foto va videolarni tasvirga olish yoki boshqa platformalar orqali yuklash imkoniyatiga ega ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, unda foto va
videolarni raqamli filtrlash (sifatini yaxshilash) imkoniyati ham mavjud. Instagram Kevin Systrom va Mayk Krieger tomonidan yaratilgan bo‘lib, bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan. Facebook kabi Instagramda profil ochgan foydalanuvchi o‘zining yangiliklar tasmasiga ega bo‘ladi. Instagram orqali qo‘yilgan rasm va video foydalanuvchi profilida namoyon bo‘ladi va do‘stlaringiz o‘z tasmasida Siz qoldirgan xabarlarni ko‘rib, ularga izoh qoldirishlari mumkin. Shuningdek, Instagram tarmog‘ida shaxsiy xabarlarni ham almashish mumkin. Instagram tarmog‘idan iOS va Android mobil qurilmalarida bepul foydalanish mumkin. Buning uchun AppStore (iOS uchun) va GooglePlay (Android uchun)dan ilovani yuklab olish lozim. Instagram tarmog‘ini mobil qurilmalardan tashqari internet orqali kompyuterlarda instagram.com rasmiy manzili orqali ham ishlatish mumkin