Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari
Mavzu:Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja: I.Kirish. II.Asosiy qism. 1.Zamonaviy axborot tushunchasi. 2.Axborotni uzatish usullari. 3.Zamonaviy axborotni saqlash vositalari. Xulosa
Kirish Ixtiyoriy jarayonni to‘liq o‘rganishda, u to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to‘liq qayta ishlash amalda mumkin emas. Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mum- kinligini ko‘rsatdi. Bunda asosiy o‘rinni texnik vositalar – kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari, kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko‘rsatib o‘tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi. Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga – usullar, tashqi omillarga – vositalar kiradi. Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog‘oz, bo‘r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o‘quvchi, o‘qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o‘tish jarayoni, test o‘tkazish jarayoni, savol javob o‘tkazish jarayoni, dars o‘tish usul va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik material va hokazolar. Demak, axborot texnologiyalari sanoat, savdo sotiq, boshqaruv, bank, ta’lim va sog‘liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo‘llanilar ekan. Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llani- ladi.Axborot texnologiyalari hisoblash texnika-sidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o‘z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir- birini to‘ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi
Asosiy qism : Ma’lumki, axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun axborot – yerning ozuqa bilan to‘yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narxi, muhandislar uchun – texnika va texnologiyalar; o‘quvchi uchun fanlardan olayotgan ma’lumotlaridir. Ya’ni, turli soha xodimlari o‘z sohalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko‘rib kelgan. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e’tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Vinner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunini ifodalash, deb qaraydi. Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta’rif berishga urinishlar ko‘p bo‘lgan. Lekin axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy
asoslangan ta’rif berish mumkin emas. Chunki axborot informatikaning asos tushunchasi bo‘lib, u juda ko‘p ma’noni o‘z ichiga oladi. Ba’zan axborot sifatida unga sinonim bo‘lgan ma’lumot yoki berilganlar so‘zlari ham tushuniladi. Axborot haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun hayotingizdagi bir misolni esga olaylik. Go‘daklik vaqtingizda «muzqaymoq» so‘zi sizga faqatgina «mazali shirinlik» ma’nosini anglatar edi. Uni boshqa shirinliklar ichidan nomi, ko‘rinishi, ta’mi yoki sovuqligidan ajratib olardingiz. Maktab yoshingizda «muzqaymoq» so‘zi «shakar, qaymoq, kakao yoki kofe kabi o‘zaro bog‘langan modda va tushunchalar hamda muzqaymoqni tayyorlash usullari bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan to‘ldi. Keyinchalik esa «muzqaymoq» haqidagi ma’lumot to‘liq emasligini, vaqti kelib bu so‘z yana boshqa ma’lumotlar bilan to‘lishini tushunish qiyin emas. Demak, inson yillar davomida hayotdan ma’lumotlar olar ekan, birini ikkinchisi bilan bog‘lab to‘ldirib boradi. Yuqoridagi misol va alloma Forobiy fikrlaridan kelib chiqib, axborotni qanday tushunish mumkin degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. «Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida informatsiya so‘zi axborot deb tushuniladi