19 asrning 2-yarmi va 20 asr boshlarida talim va pedagogik fikrlar
Mavzu: 19 asrning 2-yarmi va 20 asr boshlarida talim va pedagogik fikrlar
Reja: 1. 19 asrning 2-yarmi va 20 asr boshlarida talim va pedagogik fikrlar 2. Turkistonda Rus tuzem maktablari 3.Turkistonda talim manfati va talim tarbiya
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. O’zbekiston tarixi sahifalaridan o’ziga munosib o’rin olgan ma’rifatchilik harakati tasodifiy ravishda yuzaga kelgan emas. Uning paydo bo’lishini taqazo etgan, ob’ektiv zaruriyatga aylantirgan bir qancha sabablar, ehtiyojlar bo’lgan. Ma’rifatchilik, jadidchilik harakati qadimiy Turonu Turkistonning XIX asrning ikkinchi yarmilaridan boshlab chor Rossiyasi tomonidan zo’ravonlik yo’li bilan bosib olinib, mustamlaka, qilinishiga qarshi norozilik belgisi sifatida hamda xalqimizning ozodlik, mustaqillik yo’lida olib borayotgan kurashlarini qo’llab- quvvatlash, ularga g’oyaviy rahnamolik qilish maqsadida yuzaga keldi.
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Turkistonning chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi o’lkamiz tarixidagi eng qora, eng qonli sahifadir. Mustamlakachilik oqibatida xalqlarimiz o’zining erki va ozodligidan mahrum bo’ldi. Iqtisodiy, siyosiy, harbiy tazyiqlar, oshkora zo’ravonlik siyosati, milliy kamsitishlar o’lkamiz tarixidagi eng qora, eng qonli sahifadir. Mustamlakachilik oqibatida xalqlarimiz o’zining erki va ozodligidan mahrum bo’ldi. Iqtisodiy, siyosiy, harbiy tazyiqlar, oshkora zo’ravonlik siyosati, milliy kamsitishlar o’lkamiz mustamlaka qilib olinishining dastlabki kezlaridanoq boshlangan edi. Xalqimiz, millatimizning ko’rmagan jabr-jafosi, chekmagan azob-uqubati, g’amanduhi qolmadi. Mustamlakachilik zulmi siyosiy, harbiy tazyiqlar, chorizm amaldorlari zo’ravonligi bilan qo’shilib ketdi. Abdurauf Fitrat Turkiston chor hukumatining tom ma’nodagi mustamlakasiga aylanib qolganidan afsuslanib va g’azabga kelib, “ ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo’limiz bog’landi, tilimiz kesildi, og’zimiz qoplandi, erimiz bosilda, molimiz talandi, sharafimiz yumurildi, nomusimiz g’asb qilindi, huquqimizga tajovuz bo’ldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi.. Ko’rdim , kezdim, eshitdim, o’qidim.
R us T uzem maktablarining tashkil etilishi