logo

1917-1924 yillarda Qoraqalpoqiston

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

521.5107421875 KB
1917-1924 yillarda 
Qoraqalpoqiston                            1917-yil fevralda chorizm-ning ag’darilishi qoraqalpoq xalqining hayotiga ham kuch-li ta'sir 
ko’rsatdi. Qoraqal-poqlar bu paytda asosan Turkiston general-guberna-torligiga qarashli 
Amudaryo bo’limi — okrugi (markazi Petro-Aleksandrovsk—hozirgi To'rtko'1 shahri) va Xiva 
xonligining ayrim bekliklarida istiqomat qilishgan. Mart oyida To’rtko’lda soldat deputatlari 
soveti tashkil qilindi. 1917-yil oktabrdan to 1918-yil boshlariga qadar Amudaryo bo’limi 
komissari vazifasini gidrotexnik V.Palishev egallab turdi. Bu davrda hokimiyat tizimida keskin 
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Amudaryo bo’limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar aholisi To'rtko'1 
ma'murlaridan hech qanday harbiy va moddiy ko’mak olmasdan o'z-o'zini mudofaa qilish 
otryadlarini tashkil etdi, ularga nufuzli urug’ boshliqlari hisoblangan Xon Maxsum — Ubaydulla 
Bohautdinov (1887-1956), Bola biy va boshqalar yetakchilik qilishdi. Qoraqalpoq xalqi urug’ 
yo’lboshchilari tevaragiga qiyinchilik bilan bo’lsa ham birlasha boshladi,  chunki   ocharchilik , 
qurg’oqchilik, tartibsizlik va qaroqchilik hujumlari xavf solayotgan edi. 1918-yil aprelda 
Amudaryo bo’limi Turkiston respublikasi tarkibiga kiritilganligi e'lon qilindi. 1918-yil-ning 
ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo’limida vaziyat keskin o’zgardi. Bu eng avvalo 
bolsheviklar faoliyati va qizil gvardiyachilar otryadlarining xatti-harakatlari bilan bog’liqdir. 
Bolsheviklar Amudaryo bo’limiga Chorjo’y va Toshkentdan qizil gvardiyachilar otryadlarini 
jo’natishdi. To'rtko'1 shahri bolsheviklar hokimiyatining tayanchi, uning harbiy bazasiga 
aylantirildi. Ular Amudaryo bo’limi hududida turib, Xiva xon-ligiga qarshi harbiy harakatlarga 
puxta tayyorlandilar.              Bolsheviklar qizil gvardiyachi otryadlarga tayanib, 24 ta 
hunarmandchilik  va   baliq   korxonalari , paxta tozalash zavodlari, 
bog’lar, dorixonalar, kasalxonalar va badavlat kishilarning uylari va 
yerlarini musodara qildi. Yangi hokimiyat komissarlari mahalliy 
kengashlarga saylov o’tkazdilar, biroq saylovda savdogarlar, 
ruhoniylar , mulkdorlar ishtirok qilishiga yo'1 qo’yilmadi. Bolshe-
viklarning sinfiy prinsip asosida mahalliy kengashlarga o’tkazgan 
saylovlari milliy va mahalliy xususiyatni e'ti-borga olmadi, 
qoraqalpoq jamoalari urug’chilik asosida tuzilganligiga amal 
qilinmadi. Saylovlar jarayonida po-raxo’rlik va zo’ravonlik avj oldi. 
Yangi hokimiyat asrlar davomida shakllangan an'anaviy sharqona 
hayotni, qoraqalpoq xalqi turmushida faol rol o’ynab kelayotgan 
biylik boshqaruv usulini barbod qilishga kirishdi.              Bolshevik komissarlar ulamolar, shuningdek,  mad- rasalar , masjidlar 
va eski maktablarni xalqning tafakkuri uchun kurashda o’zining 
asosiy raqobatchilari deb hisoblab, Amudaryo bo’limidagi diniy 
arboblarga «salib yurishi»ni o’tkazdi. Qizil askarlar o’rtasida 
ichkilikboz-lik, o’g’rilik, poraxo’rlik, talonchilik, ayollarni zo’rlash avj 
oldi. Aholining aksariyat qismi yangi hokimiyatning bunday 
siyosatidan norozi bo’lib, unga qarshi kurashga chog’landi. Mahalliy 
aholining bu kurashini Ural kazak-lari (ular 1874-yili Amudaryo 
bo’limiga ko’chirilgan edi) ham qo’llab-quvatlashdi.
1919-yil iyun oyining oxirida Chimboy uchastkasining Zair 
posyolkasiga maxsus komis-siya jo’natildi. Ularga berilgan 
farmoyishda «3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasidagi burjua 
unsurlarini qurol-sizlantirish» kerakligi ko’rsatilgan edi. Biroq, 3-Zair 
kazaklar harbiy bo’linmasi maxsus komissiyaga bo’ysun-masdan, 
Chimboyga ketib qoldi.              Chim boy da sov et  hok imi-y at iga qarshi isy on.  Bolsheviklarning Amudaryo soveti 
29-iyulda  maxsus   qarorqabul   qilib , Chimboyga RSFSRning Xiva xonligidagi 
favqulodda vakili A.Xristoforov boshchiligidagi maxsus komissiyani yubordi. 
Komissiya raisiga favqulodda huquqlar berilgan edi. Biroq komissiyaning urallik 
kazak-lar atamani MFilchyev bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyat 
keltirmadi. Shunda komissiya Chimboy ijroiya qo’mitasini tarqatib yuborib, uning 
o’rniga Chimboy uchastkasi inqilobiy qo’mitasi (peBKOM)ni tuzdi. Bu holat 
Chimboyda sovet hokimiyatiga qarshi isyon ko’tarilishiga olib keldi. 10-avgust kuni 
favqulodda komis-siya To’rtko’ldan harbiy yordam so’radi. Chimboyga bu yerdan 
qizil askar otryadlari jo’natilgan bo’lsa ham, ular qamalga tushib qoldi. 14- 
avgustda maxsus komissiya a'zo-lari qamoqqa olindi. Tez orada qo’zg’olonchilar 
Nukus qal'asini ishg’ol qildilar. 17-avgustga kelib Chimboy uchastkasi va Mo’ynoq 
tumani hududi butunlay bolshe-viklardan ozod qilindi. Shu tariqa, Amudaryo 
bo’limining shimoliy qismida bolsheviklarsiz xalq hokimiyati o’rnatil-di. Xalq 
hokimiyatining boshlig’i qilib urallik kazak  Mixail Filchy ev   saylandi. Uning 
tarkibiga qoraqalpoq biylaridan Xon Maxsum (U. Bohautdinov),  Ibrohim   Odilov , 
Bola biy, Seytnazar Pirnazarov, Inoyat Niyozov va boshqalar kirishdi. Ular faoliyati 
qoraqalpoqlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi.              Bolsheviklarga qarshi harakat tobora keng ko’lam kasb etib bordi. 
Sovet rejimi Amudaryo bo’limiga o’zi-ning yangi harbiy qismlarini 
jo’natdi. 11-noyabrda N.Shaydakov boshchiligidagi qizil askarlar 
Nukus qal'asini bosib olishdi. Oradan ko’p o’tmay Xiva xonligi 
tugatildi. 1920-yil 18-fevralda Turkkomissiya vakili CSkalov bilan 
muxolifatdagi kuchlar yo’lboshchisi o’rtasida sulh bitimi imzolandi. 
Unga ko’ra, Chimboy uchastkasida muvaqqat inqilobiy qo’mita 
tuzildi. Kazaklarning urf-odatlari va turmush xususiyatlaridan kelib 
chiqib, ularning o’z-o’zini boshqaruviga ruxsat etildi. 
Qo’zg’olonchilarga amnistiya berildi. Mazkur bitim-ning asosiy 
qoidalari 20-mayda Zakaspiy fronti qo’shinlari Amudaryo gruppasi 
qo’mondonligi bilan qora-qalpoqlar va kazaklar o’rtasida tuzilgan 
sulh shartnomasi bilan tasdiqlandi.              Amudary o v iloy at ida iqt isodiy  o’zgarishlar.  Biroq oradan ko’p 
o’tmay bolshevik komissarlar o’zva'dalarini unutdilar. 1921-yil 
fevralda Chimboy uchastkasida isyonning sobiq ishtirokchilaridan 24 
kishi hibsga olindi. Xon Maxsum va boshqalar Sibirga surgun qilindi. 
Yirik yer egalari va savdogarlar — 75 kishidan 10.000 Rossiya 
chervon rubli miqdorida tovon puli undirib olindi.
Amudaryo bo’limida bolsheviklar amalga oshirgan to’ntarish va 
sovet rejimi mahalliy aholiga katta zarar va azob-uqubatlar keltirdi. 
Agar to’ntarishga qadar bu yerda 232700 kishi yashagan bo’lsa, 
1920-yilga kelib ulardan atigi 113440  kishi   qolgan   edi , xolos. 
Chorvador aholi-ning ko’pchilik qismi ocharchilik natijasida ham 
nobud bo’ldi.Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlardan tashqari 
O’zbeklar va qozoqlar ham yashashgan. Bo’limning janu-bi-sharqiy 
hududida asosan O’zbeklar istiqomat qilgan.              Ma'muriy jihatdan Amu-daryo bo’limi ko’p pog’onali boshqaruv tizimiga ega 
bo'l-gan: u maorif va sud ishlari bo’yicha Samarqand vilo-yatiga, harbiy 
xo’jalik va sovet qurilishi bo’yicha Sirdaryo viloyatiga, ayrim favqulodda 
holatlarda bevosi-ta Turkiston respublikasi MIK va XKSga bo’ysunar edi. 
Bolsheviklar hokimiyati tomonidan Amudaryo bo’limini boshqarish shu 
tariqa murakkablashtirilgan edi.
1920-yil oktabr oyida Turkiston MIK Amudaryo bo’limining 1917-yildagi 
hududi doirasida unga viloyat maqomini berdi. Sho’raxon va Chimboy 
uchastkalari shu nomli uyezdlarga aylantirildi. Viloyat markazi sifati-da 
To’rtko'1 shahri e'lon qilindi. Amudaryo viloyatining inqilobiy qo’mitasini 
Turkiston MIK tayinladi.
Bolsheviklar hukmronligi Amudaryo viloyatining iqtisodiyotiga salbiy ta'sir 
ko’rsatdi. Harbiy kommunizm davrida ekin ekiladigan umumiy maydon 1917-
yildagi 57950 desyatinadan 1920-yilda 47000 desyatinaga, oli-nadigan yalpi 
paxta hosili 1917-yildagi 433000 puddan 1920-yilda zo’rg’a 88000 pudga 
yetdi. g’alla ekinlari deyarli 3  baravar   kamayib , chorva mollar soni 500000 
boshdan 201000 boshga tushib qoldi.              Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosatning joriy etilishi dastlabki yillarda 
bir qadar ijobiy siljishlarga olib keldi. Viloyatdagi chorva mollar soni 1921-
yildagi 201000 boshdan 1922-yilda 233000 boshga yetdi. Bu paytda 200 ta 
mayda xususiy savdo korxonalari faoliyat ko’rsatardi. Ariqlarning 
kengaytirilishi va uzaytirilishi, yangi dambalar qurilishi va eskilarining 
mustahkamla-nishi qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan maydonlarni ancha 
ko’paytirish imkonini berdi. Biroq yetishtirilgan mahsulotlarning aksariyat 
qismi Rossiyaga tashib ketilar-di. 1921—1924-yillarda viloyatdan jami 339521 
pud baliq Markazga olib ketildi.
Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosat va yer islohotining o’tkazilishi 
iqtisodiy ahamiyatdan ham ko’ra ko’proq siyosiy ahamiyatga ega bo’ldi. Yer-
suv islohoti natijasida qishloq aholisining oz qismiga yer berildi, xolos. 
Oradan ko’p o’tmay yangi iqtisodiy siyosat tugatildi va dehqonlar qo’lidagi 
yerlar davlat tomonidan tortib olindi.
1917—1924-yillarda Qoraqalpog’iston hayotiga bol-sheviklar tomonidan 
tiqishtirilgan mustabid sovet rejimi va uning siyosati qoraqalpoq xalqining 
asriy orzu-umid-lariga javob bermadi              Foydalanilgan adabiyotlar
1.Chimboyda sovet hokimiyatiga qarshi isyon
2. Amudaryo viloyatida iqtisodiy o’zgarishlar              E’tiboringiz uchun raxmat

1917-1924 yillarda Qoraqalpoqiston

1917-yil fevralda chorizm-ning ag’darilishi qoraqalpoq xalqining hayotiga ham kuch-li ta'sir ko’rsatdi. Qoraqal-poqlar bu paytda asosan Turkiston general-guberna-torligiga qarashli Amudaryo bo’limi — okrugi (markazi Petro-Aleksandrovsk—hozirgi To'rtko'1 shahri) va Xiva xonligining ayrim bekliklarida istiqomat qilishgan. Mart oyida To’rtko’lda soldat deputatlari soveti tashkil qilindi. 1917-yil oktabrdan to 1918-yil boshlariga qadar Amudaryo bo’limi komissari vazifasini gidrotexnik V.Palishev egallab turdi. Bu davrda hokimiyat tizimida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Amudaryo bo’limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar aholisi To'rtko'1 ma'murlaridan hech qanday harbiy va moddiy ko’mak olmasdan o'z-o'zini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga nufuzli urug’ boshliqlari hisoblangan Xon Maxsum — Ubaydulla Bohautdinov (1887-1956), Bola biy va boshqalar yetakchilik qilishdi. Qoraqalpoq xalqi urug’ yo’lboshchilari tevaragiga qiyinchilik bilan bo’lsa ham birlasha boshladi,  chunki ocharchilik , qurg’oqchilik, tartibsizlik va qaroqchilik hujumlari xavf solayotgan edi. 1918-yil aprelda Amudaryo bo’limi Turkiston respublikasi tarkibiga kiritilganligi e'lon qilindi. 1918-yil-ning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo’limida vaziyat keskin o’zgardi. Bu eng avvalo bolsheviklar faoliyati va qizil gvardiyachilar otryadlarining xatti-harakatlari bilan bog’liqdir. Bolsheviklar Amudaryo bo’limiga Chorjo’y va Toshkentdan qizil gvardiyachilar otryadlarini jo’natishdi. To'rtko'1 shahri bolsheviklar hokimiyatining tayanchi, uning harbiy bazasiga aylantirildi. Ular Amudaryo bo’limi hududida turib, Xiva xon-ligiga qarshi harbiy harakatlarga puxta tayyorlandilar.

Bolsheviklar qizil gvardiyachi otryadlarga tayanib, 24 ta hunarmandchilik  va baliq korxonalari , paxta tozalash zavodlari, bog’lar, dorixonalar, kasalxonalar va badavlat kishilarning uylari va yerlarini musodara qildi. Yangi hokimiyat komissarlari mahalliy kengashlarga saylov o’tkazdilar, biroq saylovda savdogarlar,  ruhoniylar , mulkdorlar ishtirok qilishiga yo'1 qo’yilmadi. Bolshe- viklarning sinfiy prinsip asosida mahalliy kengashlarga o’tkazgan saylovlari milliy va mahalliy xususiyatni e'ti-borga olmadi, qoraqalpoq jamoalari urug’chilik asosida tuzilganligiga amal qilinmadi. Saylovlar jarayonida po-raxo’rlik va zo’ravonlik avj oldi. Yangi hokimiyat asrlar davomida shakllangan an'anaviy sharqona hayotni, qoraqalpoq xalqi turmushida faol rol o’ynab kelayotgan biylik boshqaruv usulini barbod qilishga kirishdi.

Bolshevik komissarlar ulamolar, shuningdek,  mad- rasalar , masjidlar va eski maktablarni xalqning tafakkuri uchun kurashda o’zining asosiy raqobatchilari deb hisoblab, Amudaryo bo’limidagi diniy arboblarga «salib yurishi»ni o’tkazdi. Qizil askarlar o’rtasida ichkilikboz-lik, o’g’rilik, poraxo’rlik, talonchilik, ayollarni zo’rlash avj oldi. Aholining aksariyat qismi yangi hokimiyatning bunday siyosatidan norozi bo’lib, unga qarshi kurashga chog’landi. Mahalliy aholining bu kurashini Ural kazak-lari (ular 1874-yili Amudaryo bo’limiga ko’chirilgan edi) ham qo’llab-quvatlashdi. 1919-yil iyun oyining oxirida Chimboy uchastkasining Zair posyolkasiga maxsus komis-siya jo’natildi. Ularga berilgan farmoyishda «3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasidagi burjua unsurlarini qurol-sizlantirish» kerakligi ko’rsatilgan edi. Biroq, 3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasi maxsus komissiyaga bo’ysun-masdan, Chimboyga ketib qoldi.