1917-1985 YILLARDA QORAQALPOG‘ISTON
K , G ’ A N I Y E VM AVZU: 1917-1985 YILLARDA QORAQALPOG‘ISTON
RE JA: • 1. 19 17 -19 24 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli • 2. 1925-1945 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli • 3 . 1946-1989 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy- iqtisodiy hayoti • 4 . Qoraqalpog‘istonning sovet hokimiyati yillaridagi madaniy h ayoti
1917-yil fevralda chorizmning ag`darilishi qoraqalpoq xalqining hayotiga ham kuchli ta'sir ko`rsatdi. Qoraqalpoqlar bu paytda asosan Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Amudaryo bo`limi - okrugi (markazi Petro-Aleksandrovsk-hozirgi To'rtko'1 shahri) va Xiva xonligining ayrim bekliklarida istiqomat qilishgan. Mart oyida To`rtko`lda soldat deputatlari soveti tashkil qilindi. 1917-yil oktabrdan to 1918-yil boshlariga qadar Amudaryo bo`limi komissari vazifasini gidrotexnik V.Palishev egallab turdi. Bu davrda hokitniyat tizimida keskin o`zgarishlar sodir bo`ldi. Amudaryo bo`limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar aholisi To'rtko'1 ma'murlaridan hech qanday harbiy va moddiy ko`mak olmasdan o`z-o`zini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga nufuzli urug` boshliqlari hisoblangan Xon Maxsum - Ubaydulla Bohautdinov (1887-1956), Bola biy va boshqalar yetakchilik qilishdi. Qoraqalpoq xalqi urug` yo`lboshchilari tevaragiga qiyinchilik bilan bo`lsa ham birlasha boshladi, chunki ocharchilik, qurg`oqchilik, tartibsizlik va qaroqchilik hujumlari xavf solayotgan edi. 1918-yil aprelda Amudaryo bo`limi Turkiston respublikasi tarkibiga kiritilganligi e'lon qilindi. 1918-yilning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo`limida vaziyat keskin o`zgardi. Bu eng awalo bolsheviklar faoliyati va qizil gvardiyachilar otryadlarining xattiharakatlari bilan bog`liqdir. Bolsheviklar Amudaryo bo`limiga Chorjo`y va Toshkentdan qizil gvardiyachilar otryadlarini jo`natishdi. To'rtko'1 shahri bolsheviklar hokimiyatining tayanchi, uning harbiy bazasiga aylantirildi. Ular Amudaryo bo`limi hududida turib, Xiva xonligiga qarshi harbiy harakatlarga puxta tayyorlandilar.
Bolsheviklar qizil gvardiyachi otryadlarga tayanib, 24 ta hunarmandchilik va baliq korxonalari, paxta tozalash zavodlari, bog`lar, dorixonalar, kasalxonalar va badavlat kishilarning uylari va yerlarini musodara qildi. Yangi hokimiyat komissarlari mahalliy kengashlarga saylov o`tkazdilar, biroq saylovda savdogarlar, ruhoniylar, mulkdorlar ishtirok qilishiga yo'l qo`yilmadi. Bolsheviklarning sinfiy prinsip asosida mahalliy kengashlarga o`tkazgan saylovlari milliy va mahalliy xususiyatni e'tiborga olmadi, qoraqalpoq jamoalari urug`chilik asosida tuzilganligiga amal qilinmadi. Saylovlar jarayonida poraxo`rlik va zo`ravonlik avj oldi. Yangi hokimiyat asrlar davomida shakllangan an'anaviy sharqona hayotni, qoraqalpoq xalqi turmushida faol rol o`ynab kelayotgan biylik boshqaruv usulini barbod qilishga kirishdi. 1917-yil fevralda chorizmning ag`darilishi qoraqalpoq xalqining hayotiga ham kuchli ta'sir ko`rsatdi. Qoraqalpoqlar bu paytda asosan Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Amudaryo bo`limi - okrugi (markazi Petro-Aleksandrovsk- hozirgi To'rtko'1 shahri) va Xiva xonligining ayrim bekliklarida istiqomat qilishgan. Mart oyida To`rtko`lda soldat deputatlari soveti tashkil qilindi. 1917-yil oktabrdan to 1918-yil boshlariga qadar Amudaryo bo`limi komissari vazifasini gidrotexnik V.Palishev egallab turdi. Bu davrda hokitniyat tizimida keskin o`zgarishlar sodir bo`ldi. Amudaryo bo`limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar aholisi To'rtko'1 ma'murlaridan hech qanday harbiy va moddiy ko`mak olmasdan o`z-o`zini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga nufuzli urug` boshliqlari hisoblangan Xon Maxsum - Ubaydulla Bohautdinov (1887- 1956), Bola biy va boshqalar yetakchilik qilishdi. Qoraqalpoq xalqi urug` yo`lboshchilari tevaragiga qiyinchilik bilan bo`lsa ham birlasha boshladi, chunki ocharchilik, qurg`oqchilik, tartibsizlik va qaroqchilik hujumlari xavf solayotgan edi. 1918-yil aprelda Amudaryo bo`limi Turkiston respublikasi tarkibiga kiritilganligi e'lon qilindi. 1918-yilning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo`limida vaziyat keskin o`zgardi. Bu eng awalo bolsheviklar faoliyati va qizil gvardiyachilar otryadlarining xattiharakatlari bilan bog`liqdir. Bolsheviklar Amudaryo bo`limiga Chorjo`y va Toshkentdan qizil gvardiyachilar otryadlarini jo`natishdi. To'rtko'1 shahri bolsheviklar hokimiyatining tayanchi, uning harbiy bazasiga aylantirildi. Ular Amudaryo bo`limi hududida turib, Xiva xonligiga qarshi harbiy harakatlarga puxta tayyorlandilar. Bolsheviklar qizil gvardiyachi otryadlarga tayanib, 24 ta hunarmandchilik va baliq korxonalari, paxta tozalash zavodlari, bog`lar, dorixonalar, kasalxonalar va badavlat kishilarning uylari va yerlarini musodara qildi. Yangi hokimiyat komissarlari mahalliy kengashlarga saylov o`tkazdilar, biroq saylovda savdogarlar, ruhoniylar, mulkdorlar ishtirok qilishiga yo'l qo`yilmadi. Bolsheviklarning sinfiy prinsip asosida mahalliy kengashlarga o`tkazgan saylovlari milliy va mahalliy xususiyatni e'tiborga olmadi, qoraqalpoq jamoalari urug`chilik asosida tuzilganligiga amal qilinmadi. Saylovlar jarayonida poraxo`rlik va zo`ravonlik avj oldi. Yangi hokimiyat asrlar davomida shakllangan an'anaviy sharqona hayotni, qoraqalpoq xalqi turmushida faol rol o`ynab kelayotgan biylik boshqaruv usulini barbod qilishga kirishdi. Aholining aksariyat qismi yangi hokimiyatning bunday siyosatidan norozi bo`lib, unga qarshi kurashga chog`landi. Mahalliy aholining bu kurashini Ural kazaklari (ular 1874-yili Amudaryo bo`limiga ko`chirilgan edi) ham qo`llab- quwatlashdi.
Bolsheviklarning Amudaryo soveti 29-iyulda maxsus qarorqabulqilib, Chimboyga RSFSRning Xivaxonligidagi favqulodda vakili A.Xristoforov boshchiligidagi maxsus komissiyani yubordi. Komissiya raisiga favqulodda huquqlar berilgan edi. Biroq komissiyaning urallik kazaklar atamani MFilchyev bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyat keltirmadi. Shunda komissiya Chimboy ijroiya qo`mitasini tarqatib yuborib, uning o`rniga Chimboy uchastkasi inqilobiy qo`mitasi (peBKOM)ni tuzdi. Bu holat Chimboyda sovet hokimiyatiga qarshi isyon ko`tarilishiga olib keldi. 10-avgust kuni favqulodda komissiya To`rtko`ldan harbiy yordam so`radi. Chimboyga bu yerdan qizil askar otryadlari jo`natilgan bo`lsa ham, ular qamalga tushib qoldi. 14- avgustda maxsus komissiya a'zolari qamoqqa olindi. Tez orada qo`zg`olonchilar Nukus qal'asini ishg`ol qildilar. 17-avgustga kelib Chimboy uchastkasi va Mo`ynoq tumani hududi butunlay bolsheviklardan ozod qilindi. Shu tariqa, Amudaryo bo`limining shimoliy qismida bolsheviklarsiz xalq hokimiyati o`rnatildi. Xalq hokimiyatining boshlig`i qilib urallik kazak Mixail Filchyevsaylandi. Uning tarkibiga qoraqalpoqbiylaridan Xon Maxsum (U. Bohautdinov), Ibrohim Odilov, Bola biy, Seytnazar Pirnazarov, Inoyat Niyozov va boshqalar kirishdi. Ular faoliyati qoraqalpoqlar tomonidan qo`llab quwatlandi. Sovet rejimi Amudaryo bo`limiga o`zining yangi harbiy qismlarini jo`natdi. 11-noyabrda N.Shaydakov boshchiligidagi qizil askarlar Nukus qa лъ asini bosib olishdi. Oradan ko`p o`tmay Xiva xonligi tugatildi. 1920-yil 18-fevralda Turkkomissiya vakili G.Skalov bilan muxolifatdagi kuchlar yo`lboshchisi o`rtasida sulh bitimi tmzolandi. Unga ko`ra, Chimboy uchastkasida muvaqqat inqilobiy qo`mita tuzildi. Kazaklarning urf-odatlari va turmush xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning o`z-o`zini boshqaruviga ruxsat etildi. Qo`zg`olonchilarga amnistiya berildi. Mazkur bitimning asosiy qoidalari 20-mayda Zakaspiy fronti qo`shinlari Amudaryo gruppasi qo`mondonligi bilan qoraqalpoqlar va kazaklar o`rtasida tuzilgan sulh shartnomasi bilan tasdiqlandi. Biroq oradan ko`p o`tmay bolshevik komissarlar o`z va'dalarini unutdilar. 1921-yil fevralda Chimboy uchastkasida isyonning sobiq ishtirokchilaridan 24 kishi hibsga olindi. Xon Maxsum va boshqalar Sibirga surgun qilindi. Yirik yer egalari va savdogarlar -75 kishidan 10.000 Rossiya chervon rubli miqdorida tovon puli undirib olindi. Amudaryo bo`limida bolsheviklar amalga oshirgan to`ntarish va sovet rejimi mahalliy aholiga katta zarar va azob-uqubatlar keltirdi.