Qoraqalpog‘iston Respublikasi
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimizning shimoli g‘arbida joylashgan. Temiryo‘l, avtomobil va havo transportining yo‘lga qo‘yilishi respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarining uzluksiz yuksalishiga zamin hozirladi.
• Qoraqalpog‘iston muxtor viloyat sifatida 1925-yilda tashkil topgan, 1932- yilda muxtor respublikaga aylantirilgan, 1936-yilda O‘zbekiston tarkibiga kirgan. Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibiga kirishi qoraqalpoq va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi qadimiy do‘stlikni, hudud, til va madaniyatdagi mushtaraklikni yanada mustahkamladi.
Aholisi • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,8 mln dan ortiq kishi yashaydi. Aholining 1/3 qismini o‘zbeklar, deyarli yana shuncha qismini qoraqalpoqlar, qolganlarini qozoqlar va boshqa millatlar tashkil etadi. Oliy o‘quv yurtlarida minglab mutaxassislar tayyorlanmoqda. Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining filiali va bir qancha ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Qoraqalpog‘istonda olimlarning katta guruhi yetishib chiqdi. Ular fan va milliy iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘orishning yangi usullarini ishlab chiqmoqda.