logo

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34042.734375 KB
Mavzu: Xorazm 
viloyati va 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Xorazm viloyati

Xorazm viloyati  mamlakatimiz hududini juda kichik qismin egallaydi. 

Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo‘lib, daryo yotqiziqlaridan iborat. 

Viloyatning xo‘jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta.
•
Polvon,  Yermish,  Shovot   
va  Qilichniyozboy   
kanallari Amudaryo  suvini 
butun viloyatga tarqatadi . 
•
Viloyatda  tuproq,  suv  va 
iqlim  imkoniyatlaridan 
tashqari,  shifobaxsh  sho‘r 
ko‘llar,  binokorlikda 
ishlatiladigan  xomashyo 
(qum,  tosh,  qamish)  ham 
mavjud.
Maydoni – 6,1 ming km 2

Aholisi –  1 893,1   ming 
kishi (01.01.2021)

Tumanlari soni – 10 ta  •
Viloyat  aholisi   soni  jihatidan 
mamlakat  viloyatlari  orasida 
oxirgi o‘rinlarda turadi. 
•
Xorazmliklar  yozda  havoning 
qurib,  isib  ketishini  hisobga  olib, 
uylarni  qalin  paxsa  devordan 
keng  va    baland  (4–5    m)  qilib 
quradi.  
•
Qalin  paxsa  devor  uy  ichidagi 
harorat  va  namlikning  bir 
me’yorda  saqlanishini 
ta’minlaydi. 
•
Yerosti  suvi  yer  yuzasiga 
yaqinligidan  yer  to‘lalar,  turli 
maqsadga  mo‘ljallangan  o‘ralar 
bo‘lmaydi.  •
Viloyat iqtisodiyoti , asosan, agrosanoat majmuyidan iborat. 
•
Xiva, Shovot, Yangiariq tumanlarida paxtaning salmog‘i katta. 
•
Gurlan tumanida esa sholipoyalar katta maydonni egallaydi.
•
Obikor  yerlarda  paxta  bilan  birga  don,  beda,  makkajo‘xori,  kartoshka 
va  poliz  ekinlari  yetishtiriladi. 
•
Iqtisodiyotning    boshqa   
tarmoqlari  bilan   
paxtachilikning    qo‘shib    olib 
  borilishi   suvdan  va  ishchi 
kuchlaridan  oqilona 
foydalanishga  imkon  beradi. 
•
Viloyatning  barcha 
tumanlarida  poliz  ekinlari 
ekiladi.   i9 presentation to Joe 
Smith5 Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: 
•
paxtachilik; 
•
polizchilik;
•
sholichilik;
•
go‘sht-sut chorvachiligi;
•
pillachilik.                 1 2
43
5
7 6Asrlar bo‘yi  davom etib 
kelayotgan xalq seleksiyasi 
tufayli Xorazmda ertapishar 
hamda kechpishar 
qovunlarning ajoyib navlari 
vujudga kelgan. Qadimda ularni  maxsus 
idishlarga solinib, tuyalarda, 
hatto Bag‘dod va Hindistonga 
(o‘sha vaqtda uch oylik yo‘l) 
jo‘natilgan.
Xiva, Yangiariq, Gurlan, 
Hazorasp tumanlarida 
bog‘lar birmuncha ko‘p. Kelgusida bog‘ 
va tokzorlar maydonini  
kengaytirish ko‘zda 
tutiladi.
Bu qo‘ylar, asosan, terisi  va juni, go‘shti uchun boqiladi. 
Viloyatda yaylovlar kamligidan ayrim xo‘jaliklar o‘z qo‘ylarini 
Qoraqalpog‘iston yaylovlarida boqadi.Qishloq xo‘jaligining ikkinchi  
muhim tarmog‘i chorvachilikdir.  Yozgi  yaylovlar va suv 
tanqisligidan chorvachilikda 
cho‘lga moslashgan qorako‘l 
qo‘ylarning salmog‘i katta.                 Viloyatda yengil va oziq-
ovqat sanoatining yuzdan 
ortiq korxonalari  mavjud. Sanoat paxta, pilla, meva, 
sabzavot hamda chorva  
mahsulotlarini  qayta     
ishlashdan  iborat.
Shuningdek, tikuvchilik, 
poyabzal, gilamdo‘zlik, 
qurilish materiallari , 
oziq-ovqat sanoati 
korxonalari bor.  Bu korxonalar shahar 
hamda tuman 
markazlarida joylashgan. Sanoatning asosiy tarmoqlari:
•
elektroenergetika; 
•
mashinasozlik;
•
qurilish materiallari;
•
yengil sanoat;
•
oziq-ovqat sanoati;
•
un-yorma sanoati.        Xorazm  viloyatining  turizm 
salohiyatini  rivojlantirish, 
turistlar  oqimini   yanada 
ko‘paytirishga  katta  e’tibor 
qaratilmoqda.
  Urganch  shahridagi   Shovot  kanali  bo‘yida 
“Shovot”  kichik  turizm  zonasini  hamda  Xiva 
shahrida “G‘ovuk  ko‘l” kichik turizm zonasini 
tashkil  etish  hamda  ularda  zamonaviy 
mehmonxona  komplekslari,  madaniy-
sog‘lomlashtirish,  savdo-ko‘ngilochar  va 
turizm  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  boshqa 
obyektlarni qurish rejalashtirilmoqda. Urganch  –   viloyatning  ma’muriy, 
iqtisodiy  va  madaniy  markazidir. 
Shaharda  oziq-ovqat  sanoati  
ahamiyatiga  ko‘ra  yengil 
sanoatdan keyingi o‘rinda  turadi. 
Shahar elektr energiyani Taxiatosh 
IES  va  Tuyamo‘yin  GESdan  oladi . 
Shaharning  shimoliy  qismida, 
asosan, turar  joy binolari, ilmiy va 
madaniy-ma’rifiy  muassasalar, 
janubiy  qismida  esa  ishlab 
chiqarish korxonalari joylashgan. Xiva –  viloyatdagi  qadimiy, milliy 
 me’morchilik yodgorliklariga boy 
shahardir.  Xiva  badiiy   
hunarmandchilikning  muhim   
markazidir.
Bu  yerda  yog‘och  va  toshlarga  naqsh 
solish,  zargarlik,  naqqoshlik, 
kashtachilik, miskarlik va kulolchilikdagi  
ajoyib  mahorat  avloddan  avlodga  o‘tib 
kelmoqda.  Xiva  mashhur  o‘zbek 
matematigi,  astronomi  va  geografi 
Muhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiyning 
vatanidir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi   mamlakatimizning 
shimoli-g‘arbida joylashgan. 

Temiryo‘l,  avtomobil  va  havo  transportining  yo‘lga 
qo‘yilishi  respublika  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarining 
uzluksiz yuksalishiga zamin hozirladi.

Maydoni – 166,6 ming km 2

Aholisi – 1 923,8 ming 
kishi (01.01.2021)

Tumanlari soni – 15 ta 
Qoraqalpog‘iston  muxtor   
viloyat  sifatida  1925-yilda   
tashkil  topgan,  1932-yilda   
muxtor  respublikaga   
aylantirilgan,  1936-yilda   
O‘zbekiston  tarkibiga   
kirgan. 
Hududning  yana  bir   
o‘ziga  х osligi   janubdan 
issiq  va  quruq  “afg‘on 
shamoli”  esib,  ekinlarga 
jiddiy zarar y е tkazishidir.   Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,9 mln dan ortiq 
kishi  yashaydi. 
Aholining 1/3 qismini  o‘zbeklar, deyarli yana shuncha 
qismini qoraqalpoqlar, qolganlarini qozoqlar va boshqa  
millatlar tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston  Respublikasi   xo‘jaligining  asosi  agrosanoat  majmuyidan  iborat.  Bu 
yerda obikor dehqonchilik mehnat va mablag‘ni ko‘proq talab etadi. Jumladan, Amudaryo 
mansabida  sug‘orish  kanali  qazilishi  suv  bosib  ketishidan  saqlovchi  dambalar  va 
botqoqliklarni qurituvchi zovurlar qazishga majbur etgan.    Qishloq xo‘jaligining asosiy 
tarmoqlari: 
•
sholichilik;
•
paxtachilik; 
•
polizchilik;
•
qo‘ychilik. •
O‘tgan yillarda irrigatsiya tarmoqlari  qayta qurildi hamda kengaytirildi. 
•
Qizketgan, Paxta-arna kabi yangi kanallar qurildi.  
•
Amudaryoning  har  ikkala  qirg‘og‘i  bo‘ylab  cho‘zilib  ketgan  toshqinga  qarshi 
dambalar barpo etildi. 
•
Ulkan gidrotexnika inshooti – Taxiatosh gidrouzeli 1973-yilda ishga tushirildi. Qoraqalpog‘iston  ekin  maydonining  katta  qismida  paxta  va  g‘alla  yetishtiriladi .  Amudaryo 
mansabida  beda  va  sholi  yetishtirish  qulay.  Qoraqalpog‘iston  O‘zbekistondagina  emas,  balki 
O‘rta  Osiyoda  urug‘lik  beda  yetishtiradigan  eng  yirik  mintaqadir.  Beda  urug‘ining 
Qoraqalpog‘iston navi eng sifatli hisoblanadi. G‘alla ekinlaridan sholi, oq jo‘xori va makkajo‘xori 
ko‘p  ekiladi.  Sholikorlik  katta  o‘rin  tutadi.  O‘zbekistondagi  sholi  maydonlarining  katta  qismi 
Qoraqalpog‘istondadir.  Chorvach i l i k  Qoraqalpog ‘is ton 
Respubl i kas i  xo‘jal i g i n i ng muh i m 
tarmog‘ i d i r.  Keng  yaylovlar  va 
Amudaryo  mansab i dag i   o‘tloqlar 
chorvach ili kn i ng  qad i mdan  yem-
xashak  bazas i   bo‘ li b  kelgan. 
Mollarn i   boq i sh  uchun  beda, 
makkajo‘xor i   va  oq  jo‘xor i dan 
tashqar i ,  paxta  tozalash,  yog‘,  sut-
moy  sanoat i   korxonalar i  
ch i q in d i lar i dan  ham  foydalan i lad i . 
Cho‘l  yaylovlar i da  y i l  bo‘y i   qorako‘l 
qo‘ylar i   boq i lad i .  Cho‘ldag i 
xo‘jal i klarda  q i sman  tuya  ham 
boq i lad i .  Qoramollar  ob i kor  
dehqonch i l i k  m i ntaqalar i da  – 
Amudaryo  mansab i da  sut,  go‘sht 
uchun boq i lad i.  Qoraqalpog‘istonda  parranda, 
ayniqsa,  suv  parrandalarini  
ko‘paytirish  uchun  keng 
imkoniyat  bor.  To‘rtko‘l 
tumanida  xo‘jaliklararo 
parrandachilik  fermasi  barpo 
etildi.  Pillachilik  To‘rtko‘l  va 
Amudaryo  tumanlarida 
rivojlangan.  Bu  ikki  tuman 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidagi  jami 
pillaning  asosiy  qismini 
beradi. 
Qoraqalpog‘iston  sanoatining  rivojlanishida 
Chorjo‘y–Qo‘ng‘irot  temiryo‘lining  ishga 
tushirilishi  muhim rol o‘ynadi. 

Sanoatning  energetika,  metallsozlik,  kimyo, 
binokorlik  kabi  yangi  tarmoqlari  vujudga  kela 
boshladi. 

Qo‘ng‘irotda  yiliga  160  ming  tonna  kalsiyli 
soda, 150 ming  tonna kaustik  soda, 20  ming 
tonna  oziq-ovqat  sodasi  va  400  ming  tonna 
osh  tuzi  ishlab    chiqaradigan  ulkan  zavod 
ishga tushirildi. Oziq-ovqat  sanoati   jadal  rivojlanmoqda. 
Qoraqalpog‘istonda  umum  foydalaniladigan  va 
ayrim korxonalarga tegishli elektr stansiyalar bor. 
Taxiatosh IES shular ichida eng yirigidir. Korxona 
va  aholi  punktlari  gazlashtirildi.  Taxtako‘pir 
tumanida  suvni chuchuklashtirish qurilmasi ishga 
tushirildi. Sanoatning asosiy tarmoqlari:
•
elektroenergetika; 
•
kimyo va gaz-kimyo;
•
qurilish materiallari;
•
yengil sanoat;
•
oziq-ovqat;
•
un-yorma. Binokorlik  materiallari   sanoati  g‘isht,  ohak,  qamish,  plita  ishlab  chiqaradi. 
Ular,  asosan,    Xo‘jayli,  Nukus,  Taxiatosh  shaharlaridadir. 
Qoraqalpog‘istondagi  sement  xomashyosi  binokorlik  materiallari  ishlab 
chiqarishni barqaror rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Metallsozlik  qishloq  xo‘jaligi , 
sanoat  va  transport 
ehtiyojlariga  xizmat  qiladi. 
Taxiatoshdagi    mexanika 
zavodida  suzib    yuradigan 
nasoslar  tuzatiladi.  Buxoro 
gazi  va  undan  chiqqan  neft, 
kaliyli,  magniyli  tuz  konlari, 
ohak  va  fosforit  konlari 
negizida  kimyo  sanoati 
rivojlanmoqda.       •
Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  12 
ta shahar bor. 
•
Nukus  –   Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining  poytaxti ,  sanoat  va 
madaniyat markazi hisoblanadi. 
•
Shahar  1932-yilda  kichik  ovul  o‘rnida 
barpo bo‘ldi. 
•
Geografik  o‘rnining  qulayligi   tufayli                 
1939-yilda  respublikaning  poytaxti 
To‘rtko‘ldan Nukusga ko‘chdi.  
•
Amudaryoda  qurilgan    gidrotexnik    to‘g‘on 
orqali  Nukusga  temiryo‘l  va  avtomobil  yo‘li 
o‘tkazildi. 
•
Shaharda  poligrafiya  kombinati,  motor 
tuzatish,  g‘isht  zavodlari,  yengil  sanoat  va 
oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. •
Taxiatosh  –   shu  nomdagi   IES   
qurilishi    munosabati  bilan  1952-
yilda qad ko‘tardi. 
•
U  energetiklar,  gidrotexniklar, 
muhandislar  va  suvchilar 
shahridir.
•
Taxiatosh  yaqinida  Amudaryoga   
qurilgan  yirik    gidrotexnik  to‘g‘on 
shahar xo‘jaligini  yanada yuksaltirdi. 
•
Kelajakda  Taxiatosh,  asosan, 
binokorlik  materiallari  ishlab 
chiqaruvchi  markaz  sifatida  yanada 
rivojlanadi,  unda  yangi  korxonalar 
quriladi. •
Mo‘ynoq  –  Orol  dengizi   sohilidagi 
sobiq port shahar. 
•
Orol  suv  sathining  keskin  pasayib 
ketishi  oqibatida  shahar  dengizdan 
uzoqda qolib ketdi. 
•
Natijada  shahar  xo‘jaligi  butkul 
o‘zgardi.
•
Beruniy  –   Amudaryoning  o‘ng   
qirg‘og‘ida  joylashgan  muhim   
sanoat markazidir. 
•
Shahar  avtomobil  yo‘li   orqali  Nukus 
bilan bog‘langan. 
•
Paxta  tozalash  va  yog‘  zavodlari 
shaharning  asosiy  korxonalari 
hisoblanadi. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. Darslikdagi “ Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi ” mavzusini o‘qing.
2. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob yozing.

Mavzu: Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xorazm viloyati  Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik qismin egallaydi.  Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo‘lib, daryo yotqiziqlaridan iborat.  Viloyatning xo‘jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. • Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi . • Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tashqari, shifobaxsh sho‘r ko‘llar, binokorlikda ishlatiladigan xomashyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud. Maydoni – 6,1 ming km 2  Aholisi – 1 893,1 ming kishi (01.01.2021)  Tumanlari soni – 10 ta

• Viloyat aholisi soni jihatidan mamlakat viloyatlari orasida oxirgi o‘rinlarda turadi. • Xorazmliklar yozda havoning qurib, isib ketishini hisobga olib, uylarni qalin paxsa devordan keng va baland (4–5 m) qilib quradi. • Qalin paxsa devor uy ichidagi harorat va namlikning bir me’yorda saqlanishini ta’minlaydi. • Yerosti suvi yer yuzasiga yaqinligidan yer to‘lalar, turli maqsadga mo‘ljallangan o‘ralar bo‘lmaydi.

• Viloyat iqtisodiyoti , asosan, agrosanoat majmuyidan iborat. • Xiva, Shovot, Yangiariq tumanlarida paxtaning salmog‘i katta. • Gurlan tumanida esa sholipoyalar katta maydonni egallaydi. • Obikor yerlarda paxta bilan birga don, beda, makkajo‘xori, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. • Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan paxtachilikning qo‘shib olib borilishi suvdan va ishchi kuchlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi. • Viloyatning barcha tumanlarida poliz ekinlari ekiladi.

i9 presentation to Joe Smith5 Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: • paxtachilik; • polizchilik; • sholichilik; • go‘sht-sut chorvachiligi; • pillachilik.