Qadimgi xorazm siviliztsiyasi
QADIMGI XORAZM SIVILIZTSIYASI “ Xorazm noyob madaniyat , nafis san’at,yuksak ma’rifat, turmushning dono falsafasi va insonparvarlik bilan yo’g’rilgan adabiyot va she’riyat maskani , dunyoviy ilm o’choqlaridan biri” . I.A.Karimov
Qadimgi yozma va arxelogik manbalarni o’rganish natijasi shuni ko’rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-fan sohasida o’z davri uchun ilg’or bo’lgan yutuqlarga erishganlar va hayotga tadbiq qila olganlar. Ma’lum bo’lishicha, qadimgi ajdodlarimiz hali qat’iy yozuv tizimini yaratmasdan turib, o’z astronomik kuzatishlarini tosh va suyaklarga yozishdan tashqari, samoviy jismlarni kuzatish uchun maxsus inshootlar ham qurganlar. Ajdodlarimiz astronomiya va matematikadan yaxshi xabardor bo’lib, burchak o’lchovi uskunalarini yaratganlar va ulardan foydalanganlar. Osmon jismlarini o’rganish, tabiat hodisalarini kuzatishga ixtisoslashgan falakiyot fani ko’hna Xorazmda taraqqiy qilib, shu davrda qurilgan inshootlar bizni kunlarimizgacha etib kelgan. Ana shu inshootlardan biri ko’hna Xorazmning madaniy yodgorligi Qo’yqirilgan qal’asidir, er.av IV asrda bunyod etilgan bu qal’a To’rtko’ldan 22 km shimoli sharqda joylashgan bo’lib, minorali istehkom devori xarobalaridan iborat. Qal’a faqat ibodatxona sifatida emas, balki astronomik kuzatishlar olib borish uchun ham mo’ljallab qurilgani taxmin qilinadi. Jumladan, 6-7 metrli devorlar orasidan ko’kka qarata qiya qurilgan derazalar, binoning birinchi qavatidan turib osmon gumbazining faqat ma’lum yo’nalishidagi yoritkichlarini kuzatish imkonini berishi aniqlandi. Bu qal’a tsilindr shaklidagi burjga o’xshash bino bo’lib, saqlanib qolgan baland joyi tevarak atrofdagi tekislikdan 8 metr baland, dm 42 metr keladigan bu bino tashqaridan to’qqiz burjli aylanma devor (uning tashqi halkasi 86,5 metrga teng) bilan o’rab olingan.
Xorazmshunos olim S.P.Tolstovning ta’kidlashicha, o’lkaning eramizdan oldingi IV-III ming yilliklardan to eramizning IV asrgacha o’tgan 4500 yillik tarixi qadimgi Xorazm taraqqiyotini ko’rsatuvchi davri hisoblanadi. Bu davr Xorazm madaniyati tarixida alohida ahamiyatga egadir. Xorazmda yashagan xalqlarning eng qadimgi davrga oid yozma va og’zaki adabiyot na’munalari, tarix kitoblari, Beruniy asarlari orqali etib kelgan. Ayniqsa, antik dunyo tarixchilardan Gerodot, Ktesiy, Esxil, Evripid, Aristotel, Strabon, Yoqut al–Hamaviy kabi mualliflarning asarlarida, ko’hna Xorazmda yashagan xalqlarning afsona, rivoyat va hikoyatlari keltirilgan.
“ Qadimgi Xorazm O’rta Osiyoning Misridir”- Insoniyat sivilizatsiyasining ko’hna makonlarini o’rgananuvchi arx е ologlar ulkan yutuqlarga ko’hna Xorazm zaminidagi makonlar, qabriston, qal'a va qo’rqonlarni izlab topish va o’rganish jarayonida erishdilar. Xorazm tarixi, madaniyati va san'atini b е takrorligiga yana bir marta amin bo’ldilar". S.P.Tolstov Xorazm – Markaziy Osiyoning Turon pastt е kisligida, Amudaryo d е ltasida joylashgan qadimiy tarixiy o’lkadir. “Xorazm” so’zi dastlab “Av е sto”da uchraydi, “Av е sto” Sharq yozma adabiyotimizni eng qadimgi manbasi sifatida alohida axamiyat kasb etadi. “Av е sto”da qadimgi Turon o’lkasi va Eronning o’ziga xos tarixiy g е ografiyasi bayon etiladi. “Av е sto” Sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarning ijtimoiy tuzumi, diniy qarashlari xamda jamiyatda ro’y b е rayotgan tabaqalanish haqida qimmatli ma'lumotlar b е radi. O’sha davrlarda jamiyat turli tabaqalarga bo’linib, boylar va kambag’allar sinflari paydo bo’la boshlagan. “Av е sto” ruxoniylar, jang aravalarida yuruvchi harbiylar, d е hqon- chorvadorlar, hunarmandlar, qullar mavjudligi haqida xabar b е radi. Jamiyatning sinflarga bo’linishi natijasida dastlabki davlatchilik ham vujudga k е ladi. “Av е sto”da bayon qilingan voq е alar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya'ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” d е b atalgan davlatda ro’y b е radi. Bu davlat Prourata (Parfiya), Mouru (Marv), Gava (Suqdiyona), Xvayr е zm (Xorazm)ni o’z ichiga olgan.
“ Xorazm” so’zi dastlab “Avesto”da uchraydi. “Avesto”ning “Mitra yasht” deb ataluvchi 5-bo’lim, 14-qismida Sug’d nomi bilan birga Xorazm ham eslanadi. “O’zining oltin vujudi bilan, go’zal tog’ cho’qqilari qamrab olgan, so’ng oriylar tamoman egallab oladigan Mitraga hamdu sonolar o’qiymiz. Oriylar yurtida xukmdorlarning atrof-tevarakda ajoyib erlari bor. U erlarda oziq-ovqatga mo’l-ko’l ulkan tog’lar mavjud. Chorva mollari uchun suvga serob chashmalar muhayyo, sersuv kanallar, bag’ri keng daryolar Mouru va Xarnayovu-Gou, Sug’d va Kayrizau tomon shitob bilan oqadi”. Xorazm so’zining lug’aviy ma’nosi ko’pgina olimlar diqqat e’tiborini o’ziga tortgan. Nemis sharqshunosi E. Zaxauning fikricha, “Kayrizo” so’zi ikki qismdan iborat bo’lib, “zem”– er, “kayri”– oziq-ovqat ma’nosini bildiradi, ya’ni kayrizam – “oziq-ovqat mamlakati”, “ozuqaga boy yurt” deganidir.