logo

XORAZM VILOYATI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

9152.7255859375 KB
X ORA ZM VI LOYATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм  1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini 
aniqlab, aholisining o‘rtacha zichligini toping.
Tumanlari va ularning markazlari
1. Bog‘ot – Bog‘ot
2. Gurlan – Gurlan
3. Xonqa  – Xonqa
4. Hazorasp – Hazorasp 
5. Xiva – Xiva
6. Qo‘shko‘pir  – Qo‘shko‘pir  
7. Shovot – Shovot
8. Urganch – Qorovul
9. Yangiariq – Yangibozor
10. Yangibozor – Yangibozor
11. Tuproqqal’a – Pitnak    Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik 
qismini egallaydi (128-rasm). Xorazm viloyatining yer 
yuzasi tekis bo‘lib, daryo yotqiziqlaridan iborat.     Viloyatning xo‘jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati 
katta. Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy 
kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi .
Shovot kanali    Viloyatda tuproq, suv   va iqlim imkoniyatlaridan   tash -
qari, shifobaxsh sho‘r ko‘llar, binokorlikda ishlatiladigan 
xomshyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud .   Aholisi.
  Viloyat aholisi soni 
jihatidan mamlakat 
viloyatlari orasida oxirgi 
o‘rinlarda turadi. 
Xorazmliklar yozda 
havoning qurib, isib 
ketishini hisobga olib, 
uylarni qalin paxsa 
devordan keng va 
baland (4–5 m) qilib 
quradi.     Qalin paxsa devor uy ichidagi harorat va namlikning bir 
me’yorda saqlanishini ta’minlaydi. Yerosti suvi yer 
yuzasiga yaqinligidan yerto‘lalar, turli maqsadga 
mo‘ljallangan o‘ralar bo‘lmaydi.   Xo‘jaligi.
Viloyat iqtisodiyoti, 
asosan, agrosanoat 
majmuyidan iborat. 
Xiva, Shovot, 
Yangiariq tumanlarida 
paxtaning salmog‘i, 
ayniqsa, katta. Gurlan 
tumanida esa 
sholipoyalar katta 
maydonni egallaydi.     Obikor yerlarda paxta bilan birga don, beda, 
makkajo‘xori, kartoshka va   poliz   ekinlari   
yetishtiriladi. Iqtisodiyot n ing boshqa tarmoqlari bilan 
paxtachilikning qo‘shib olib borilishi suvdan va ishchi 
kuchlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi.    Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari:  paxtachilik, 
polizchilik, sholichilik, go‘sh-sut chorvachiligi, pillachilik.   Sanoatning asosiy tarmoqlari:  elektroenergetika, 
mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat, 
un-yorma   Viloyatning barcha tumanlarida poliz ekinlari ekiladi.   Asrlar bo‘yi 
davom etib kelayotgan xalq seleksiyasi tufayli Xorazmda 
ertapishar hamda kechpishar qovunlarning ajoyib navlari 
vujudga kelgan.   Qadimda ularni maxsus idishlarga solinib, tuyalarda, 
hatto Bag‘dod va Hindistonga (o‘sha vaqtda uch oylik 
yo‘l) jo‘natilgan.    Xiva, Yangiariq, Gurlan, 
Hazorasp tumanlarida 
bog‘lar  birmuncha  
ko‘p.   Kelgusida bog‘ va 
tokzorlar maydonini 
kengaytirish ko‘zda 
tutiladi .      Qishloq xo‘jaligining ikkinchi muhim tarmog‘i chorvachilikdir. 
Yozgi yaylovlar va suv tanqisligidan chorvachilikda cho‘lga 
moslashgan qorako‘l qo‘ylarning salmog‘i katta. Bu qo‘ylar, 
asosan, terisi va juni, shuningdek, go‘shti uchun boqiladi. 
Viloyatda yaylovlar kamligidan ayrim xo‘jaliklar o‘z qo‘ylarini 
Qoraqalpog‘iston yaylovlarida boqadi.   Sanoat .
Viloyatda yengil va oziq-ovqat sanoatining yuzdan ortiq 
korxonalari mavjud   (129-rasm). Sanoat paxta, pilla, 
meva, sabzavot hamda chorva mahsulotlarini qayta 
ishlashdan iborat.     Shuningdek, tikuvchilik, poyabzal, gilamdo‘zlik, qurilish 
materiallari, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.    Bu korxonalar shahar hamda tuman markazlarida 
joylashgan.   Turizm.
Xorazm 
viloyatining turizm 
salohiyatini 
rivojlantirish, 
turistlar oqimini 
yanada 
ko‘paytirishga 
katta e’tibor 
qaratilmoqda.    Xususan, Urganch shahridagi Shovot kanali bo‘yida 
«Shovot» kichik turizm zonasini hamda Xiva shahrida 
«G‘ovuk ko‘l» kichik turizm zonasini tashkil etish .   hamda ularda zamonaviy mehmonxona komplekslari, 
madaniy- sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va 
turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni 
qurish rejalashtirilmoqda. .   Shaharlari. 
Shaharlari:  1. Urganch 2. Xiva 3. Pitnak    Urganch   viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy 
markazidir. Shaharda oziq- ovqat sanoati ahamiyatiga 
ko‘ra yengil sanoatdan keyingi o‘rinda turadi.    Shahar elektr 
energiyani Taxiatosh IES 
va Tuyamo‘yin GESdan 
oladi.   Shaharning 
shimoliy qismida, 
asosan, turar joy 
binolari, ilmiy va 
madaniy-ma’rifiy 
muassasa l ar, janubiy 
qismida esa ishlab 
chiqarish korxonalari 
joylashgan.     Shaharda Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti va Toshkent tibbiyot 
akademiyasining filiallari bor.   Xiva   viloyatdagi qadimiy, milliy me’morchilik 
yodgorliklariga boy shahardir (130-rasm).    Xiva badiiy hunarmandchilikning muhim markazidir. Bu yerda 
yog‘och va toshlarga naqsh solish, zargarlik, naqqoshlik, 
kashtachilik, miskarlik va kulolchilikdagi ajoyib mahorat 
avloddan avlodga o‘tib kelmoqda .     Xiva mashhur o‘zbek matematigi, astronomi va 
geografi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning 
vatanidir.   Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2019 /  www.eduportal.uz

X ORA ZM VI LOYATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini aniqlab, aholisining o‘rtacha zichligini toping. Tumanlari va ularning markazlari 1. Bog‘ot – Bog‘ot 2. Gurlan – Gurlan 3. Xonqa – Xonqa 4. Hazorasp – Hazorasp 5. Xiva – Xiva 6. Qo‘shko‘pir – Qo‘shko‘pir 7. Shovot – Shovot 8. Urganch – Qorovul 9. Yangiariq – Yangibozor 10. Yangibozor – Yangibozor 11. Tuproqqal’a – Pitnak

Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik qismini egallaydi (128-rasm). Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo‘lib, daryo yotqiziqlaridan iborat.

Viloyatning xo‘jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi . Shovot kanali

Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tash - qari, shifobaxsh sho‘r ko‘llar, binokorlikda ishlatiladigan xomshyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud .