logo

Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy ilmiy merosining o’rganilishi

Загружено в:

19.11.2024

Скачано:

0

Размер:

728.5927734375 KB
Mavzu: Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy 
ilmiy merosining o’rganilishi
Reja:
1.Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy hayot  faoliyati.
2. Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy asarlari tahlili.
3.Hazrat imom deya ulug’lanishi.
4.Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy merosini o’rganilishi                 Abu Bakr Qaffol Ash- Shoshiy (904-976). 904-yilda Shoshda 
tug’ilgan. Tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad 
Sam’oniy o‘zining “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) asarida shunday 
yozadi: “al-Qaffol – qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan.                  
Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiyning islom olamidagi obro‘- 
e’tibori va mavqei, ilmiy salohiyati haqida o‘rta asr arab 
mualliflari o‘z asarlarida alohida ta’kidlab o‘tishgan. 
Jumladan, Ibn Xallikon o‘zining “Vafoyot al-a’yon” 
kitobida: “Abu Bakr al-Qaffol ash Shoshiy o‘z zamonasining 
imomi bo‘lgan. 

U fiqh, hadis, usul, tilshunoslik fanlari va she’r bitish 
bo‘yicha Movarounnahrdagi shofi’iy mazhabiga mansub 
olimlar orasida tengi yo‘q edi. U Xuroson, Iroq, Hijoz, 
Shom va Sug‘ur (Shimoliy Suriya) safarida bo‘lgan, uning 
dong‘i bu o‘lkalarda ham keng tarqalgan”, deb qayd etgan                 Abu Bakr Qaffol ash-Shoshiy ilmiy merosida 
“Ja-vomi’ alkalim” (Hikmatli iboralar 
to‘plami) asari etakchi o‘rinni egallaydi.

“ Javomi’ al-kalim” kitobi Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali 
ibn Ismoil Qaffol Shoshiy qalamiga mansub bo‘lib, unda 
Imom alBuxoriy sharhi majmualaridagi Rasululloh (s.a.v) 
kalimalaridan to‘plangan. Ushbu asar qo‘lyozmasining foto 
nusxasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi qutubxonasida 
saqlanadi. Marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 
hazratlari 1970 yili Damashq shahridagi “Zohiriya” 
kugubxonasida saqlanadigan “Javomi’ alkalim” asarining 
qo‘lszmasi (32 sahifadan iborat) fotonusxasini olib kelgan.                 
Qaffol ash-Shoshiy “Javomi’ al-kalim” asarining 
xususiyatini qo‘lyozmada quyidagicha ta’riflaydi: “Bu 
kitobimda Rasululloh (s.a.v.) hadislari ichida 
eshitganlarimdan mingta so‘z (kalima) to‘pladim.

  Ular tuzilishi murakkablikdan xoli, ma’nolari chigallikdan 
yiroq, payg‘ambar hyadoyati bilan qo‘llab-quvvatlangan va 
tarbiyalangakligi sababli fasihlarning fasohatidan va 
balog‘at ahlining balog‘atidan uschundir. Men ularni 
o‘zlashtirish va eslab qolishini osonlashtirish maqsadida 
biri ikkinchisining ketidan keladigan, isnodlari olib 
tashlangan, so‘zlarning yaqinligiga ko‘ra boblarga 
bo‘lingan holda keltirdim”.                 
«Javomi’ al-kalim» asarida Qaffol ash-Shoshiy hadislarni 
quyidagi holatda keltirgan: 

Amallar niyatlarga bog‘liqdir.

  Maslahatgo‘y omonatdordir. 

Karam sohibi bo‘lish taqvodir. 

Qur’on dardlarga davodir. 

Duo ibodatdir. 

Avval salom, keyin kalom. 
  Yaxshi savol ilmning yarmidir.
  Jamoat bilan bo‘lish rahmatdir
  Firqalanish ayni azobdir.                 
Qaffol Shoshiy hayoti davomida musulmon dunyosi bo‘ylab 
safar qilgan, eng mashhur olimlarga shogird tushib, 
ulardan ilm o‘rgangan. Mashhur ulamolar bilan 
suhbatlashgan Qaffol Shoshiy diniy ilmlardan tashqari 
dunyoviy bilimlarni ham chuqur o‘rgangan. Shuning uchun 
ham, xalq uni Hazrati Imom - Hastimom deb ulug‘lagan                 
Marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 
hazratlari “Imom al-Qaffol o‘lkamizda diniy bilimlarning, 
arab tilining tarqalishida, musulmon qonunshunosligining 
asosiy qonun-qoidalarini ko‘rsata bilish muhim o‘rin 
tutadi”, - deb e’tirof etganlar.

  Tafsir, hadis, fiqh va adabiyotga doir ko‘plab manbalarda 
Imom Kaffol Shoshiyning asarlaridan iqtiboslar keltirilgan.                  
Bu ilmiy e’tiroflar esa uning islom ilmlari bobida yyetuk 
alloma ekanligini ko‘rsatadi. Toshkentning xalq orasida 
“Hastimom” (Hazrati Imom) deb ataladigan, istiqlol tufayli 
obod maskanga aylangan tabarruk go‘shasi ul zotga 
nisbatan chuqur ehtirom namunasidir.                 
Qaffol ash Shoshiy hayotini o’rganishda A.Mo’minov 
xizmati kattadir. 

2007 yil Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e’lon 
qilinishi munosabati bilan “Hazrati Imom “ jome masjidi 
qayta tiklandi. Masjid yonida 2 ta minora qad rostladi, 
balandligi 53 metrlik.                                  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.Yurtimiz allomalari.

2. Jumayeva N.A. Sharq allomalarining ilmiy merosi.

3. Nomozov.B. Sharq allomalarining ilmiy merosi.                 E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Mavzu: Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy ilmiy merosining o’rganilishi Reja: 1.Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy hayot faoliyati. 2. Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy asarlari tahlili. 3.Hazrat imom deya ulug’lanishi. 4.Abu Bakr Qaffol ash Shoshiy merosini o’rganilishi

Abu Bakr Qaffol Ash- Shoshiy (904-976). 904-yilda Shoshda tug’ilgan. Tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy o‘zining “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) asarida shunday yozadi: “al-Qaffol – qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan.

 Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiyning islom olamidagi obro‘- e’tibori va mavqei, ilmiy salohiyati haqida o‘rta asr arab mualliflari o‘z asarlarida alohida ta’kidlab o‘tishgan. Jumladan, Ibn Xallikon o‘zining “Vafoyot al-a’yon” kitobida: “Abu Bakr al-Qaffol ash Shoshiy o‘z zamonasining imomi bo‘lgan.  U fiqh, hadis, usul, tilshunoslik fanlari va she’r bitish bo‘yicha Movarounnahrdagi shofi’iy mazhabiga mansub olimlar orasida tengi yo‘q edi. U Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Sug‘ur (Shimoliy Suriya) safarida bo‘lgan, uning dong‘i bu o‘lkalarda ham keng tarqalgan”, deb qayd etgan

Abu Bakr Qaffol ash-Shoshiy ilmiy merosida “Ja-vomi’ alkalim” (Hikmatli iboralar to‘plami) asari etakchi o‘rinni egallaydi.  “ Javomi’ al-kalim” kitobi Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy qalamiga mansub bo‘lib, unda Imom alBuxoriy sharhi majmualaridagi Rasululloh (s.a.v) kalimalaridan to‘plangan. Ushbu asar qo‘lyozmasining foto nusxasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi qutubxonasida saqlanadi. Marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari 1970 yili Damashq shahridagi “Zohiriya” kugubxonasida saqlanadigan “Javomi’ alkalim” asarining qo‘lszmasi (32 sahifadan iborat) fotonusxasini olib kelgan.

 Qaffol ash-Shoshiy “Javomi’ al-kalim” asarining xususiyatini qo‘lyozmada quyidagicha ta’riflaydi: “Bu kitobimda Rasululloh (s.a.v.) hadislari ichida eshitganlarimdan mingta so‘z (kalima) to‘pladim.  Ular tuzilishi murakkablikdan xoli, ma’nolari chigallikdan yiroq, payg‘ambar hyadoyati bilan qo‘llab-quvvatlangan va tarbiyalangakligi sababli fasihlarning fasohatidan va balog‘at ahlining balog‘atidan uschundir. Men ularni o‘zlashtirish va eslab qolishini osonlashtirish maqsadida biri ikkinchisining ketidan keladigan, isnodlari olib tashlangan, so‘zlarning yaqinligiga ko‘ra boblarga bo‘lingan holda keltirdim”.