logo

ABU NASR FAROBIY ILMIY MEROSI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

754.734375 KB
MAVZU:  ABU NASR FAROBIY ILMIY MEROSI                 RE JA;
1. ABU NASR FAROBIY HAYOTI.
2. ABU NASR FAROBIY ASARLARI.
3. ABU NASR FAROBIY SHARQ UYG’ONISH DAVRIDAGI 
FAOLIYATI.
4.ABU NASR FAROBIYNING QARSHLARI.
5. ABU NASR FAROBIYNING ILGARI SURGAN FIKRLARI.  
Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn 
Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 
950,  Damashq ) —  Oʻrta   Osiyoning  mutafakkiri va qomusiy 
olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar 
bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining 
ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa 
qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, 
Aristoteldan  keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor 
boʻldi. Farobiy  Sirdaryo  sohilidagi Farob ( Oʻtror ) degan joyda 
turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud 
topadi. Oʻsha davrda  Movarounnahrda  somoniylar sulolasi 
hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich 
bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, 
Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada 
chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl-
yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va 
boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq 
mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu 
yerda koʻzga koʻringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi, yunon 
falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan 
uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Masalan, Abu 
Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va 
falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va 
mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, 
Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan 
Olim 941-yildan Damashkda muhtojlikda kun 
kechira boshlaydi. Shunga qaramay, ilm bilan 
shugʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar 
sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U 
Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid 
(hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va 
hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi 
sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni oʻz 
saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga 
bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul 
koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning 
Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda 
oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. Forobiy 949
— 950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda 
yashaydi va shu yerda umrining oxirgi 
kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi „Bob 
assagʻir“ qabristoniga dafn etilgan. 
Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Farobiy 160 dan ortiq asar 
yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. 
Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning buyuk 
olim ekanligidan dalolat beradi.

Farobiyning asosiy asarlari: „Falsafani oʻrganishdan oldin nimani 
bilish kerakligi toʻgʻrisida“, „Falsafiy savollar va ularga javoblar“, 
„Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi“, „Taliqot“ 
(sharhlar), „Inson aʼzolari haqida risola“, „Boʻshliq haqida 
maqola“, „Donolik asoslari“, „Falsafaning maʼnosi va kelib 
chiqishi“, „Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi“, „Mantiq 
toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima“, „Mantiq ilmiga kirish“, 
„Ilmlarning kelib chiqishi haqida“, „Musiqa haqida katta kitob“, 
„Baxtsaodatga erishuv haqida“, „Masalalar mohiyati“, „Buyuk 
kishilarning naqllari“, „Ihso alulum“, „Hikmat maʼnolari“, „Aql 
toʻgʻrisida“, „Ilmlar va sanʼatlar fazilati“, „Qonunlar haqida kitob“, 
„Substansiya haqida soʻz“, „Falak harakatining doimiyligi 
haqida“, „Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz“, „Ritorika haqida kitob“, 
„Hajm va miqdor haqida soʻz“, „Musiqa haqida soʻz“, „Fizika 
usullari haqida kitob“, „Fazilatli xulqlar“, „Fozil shahar aholisining 
fikrlari“, „Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida“, "Aristotel 
„Metafizika“ kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa Forobiy 
asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada 
„Falsafiy risolalar“, „Mantiqiy risolalar“, „Matematik risolalar“, 
„Ijtimoiyaxloqiy risolalar“, „Tadqiqotlar va tarjimalar“ nomlari 
ostida rus tilida nashr etilgan. 
Olim mantiq ilmiga bagʻishlangan bir necha risolalarning muallifidir. 
„Mantiq ilmiga kirish“, „Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima“, 
„Sheʼriyat sanʼati qonunlari haqida risola“, „Kataguriyas“ kitobi yoki 
„Kategoriyalar“, „Eysagoge“ kitobi yoki „Kirish“ va boshqa shular jumlasiga 
kiradi. Forobiy mantiq ilmining mohiyati va vazifasi haqida „Mantiq 
toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima“ asarida shunday deydi: „Bu shunday bir 
sanʼatki, u har doim odam notiklikda adashib qoladigan boʻlsa, toʻgʻri 
fikrlashga olib keluvchi va aql yordamida biror bir xulosa qilinadigan 
boʻlsa, xatolarning oldini oluvchi narsalarni oʻz ichiga oladi. Uning aklga 
nisbatan munosabati grammatika sanʼatining tilga nisbatan munosabati 
kabidir. Grammatika odamlar nutqini toʻgʻrilagani kabi, u shuning uchun 
ham vujudga kelgan, mantiq ilmi ham xato kelib chiqishi mumkin boʻlgan 
joyda tafakkurni toʻgʻri yoʻldan olib borish uchun aklni toʻgʻrilab turadi“.

Farobiy mantiq ilmining shakllari: tushuncha, muhokama, xulosa, isbot va 
boshqalarni tahlil qiladi. U induksiya, deduksiya va sillogizm (qiyoslash) 
haqida batafsil maʼlumot beradi. Olim oʻzining „Mantiq ilmiga kirish“ 
asarida esa hech qanday dalilisbotsiz bilinadigan fikrlarni 4 ga taqsimlaydi: 
maqbulot (yaʼni maqbul boʻlgan fikrlar); mashhurot (yaʼni, mashhur 
boʻlgan); mahsulot (yaʼni sezish va idrok natijasida boʻlgan); boshlangʻich 
maʼqulot (yaʼni bilimtushunchalar). Forobiy ularning har birini mufassal 
tasvirlaydi. Olim mantiq ilmi va uning maqsad hamda vazifalari, voqelikni 
bilishdagi oʻrnini aniq koʻrsatib bera olgan. Forobiyning mantiq ilmi 
haqidagi qarashlari hozir ham ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq, ular oliy oʻquv 
yurtlarida qoʻllanma vazifasini oʻtamoqda. 
Farobiy ilk oʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, hunarmandchilik, irrigatsiya 
inshootlarining yuksalishi, yangi shaharlarning bunyod etilishi, 
madaniy va maʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan ajralib turadi. 
IX-X asrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa, Hindiston, 
Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyildi. Bu 
davr qarama-qarshilik va adovatlardan xoli emas edi. Farobiyning 
falsafiy qarashlarida oʻsha davrning yutuq va kamchiliklari, 
murakkab va ziddiyatli jihatlari oʻz ifodasini topdi.

Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon 
mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi gʻoyalar bilan 
boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar 
bitgan, uning naturfalsafiy gʻoyalarining targʻibotchisi va davomchisi 
sifatida tanilgan. Farobiy, shuningdek, Aflotun, Aleksandr 
Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham sharh 
yozganligi maʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, 
Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor 
boʻlgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar 
maktablarini yaxshi bilgan. Farobiy oʻrta asrda mukammal 
hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U „Ilmlarning kelib chiqishi 
haqida“, „Ilmlarning tasnifi haqida“ nomli risolalarida oʻsha davrda 
maʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon 
qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos boʻlgan tabiiy 
jarayonlarni oʻrganuvchi ilm sohalarini birinchi oʻringa qoʻydi. 
Farobiy ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm 
(grammatika, orfografiya, sheʼriyat, toʻgʻri yozuv va boshqalarni oʻz 
ichiga oladi); 2) mantiq (8 boʻlimdan iborat boʻlib, tushuncha, 
muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va boshqalarni 
oʻz ichiga oladi); 3) mat. (arifmetika, geom., astronomiya, mexanika, 
optika, sayyoralar, musiqa va ogʻirlik haqidagi ilmdan iborat); 4) 
tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar haqidagi ilm 
(siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi). 
Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda 
aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til 
va mantiqni oʻrganishga qaratilgan edi. Farobiyga ko`ra, ilmlarning tasnifidan 
maqsad haqiqatni oʻrganish va tasdiqlashdan, uni yolgʻondan farqlashdan iborat. 
Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq 
vaqt oʻrganish asosida toʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki 
oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va 
insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir.

Farobiyning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar oʻz vazifasiga koʻra bir-biridan 
farq qiladi. Masalan, matematika, tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson 
aqlzakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika, sheʼriyat va mantiq esa 
fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy 
tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar 
kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini oʻrgatadi. 
Xullas, Forobiyning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta asrda turli fanlarning 
rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun 
qoʻllanma vazifasini oʻtadi. 
Farobi y ni ng ont ol ogi k  qarashlari . Mutafakkir borliq muammosini 
„vujudi vojib“ va „vujudi mumkin“ taʼlimotidan kelib chiqqan holda 
tushuntiradi. Uningcha, „vujudi vojib“ barcha mavjud yoki paydo boʻlishi 
mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. 
Farobiy Xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo 
birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muhtoj emas. U 
yaratadi, lekin boshqa narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning 
zotiga qarama-qarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va boshqa 
jarayonlar xos emas. „Vujudi mumkin“ esa barcha yaratilgan, mavjud 
boʻlgan va yaratilajak narsa va ashyolarni angatadi. Farobiy tabiat, 
ashyo va jismlar turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat boʻyicha yuz 
beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. 
Butun mavjudotni sabab va oqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga 
boʻladi: Xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon jinslari, soʻng 
faol aql, jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). 
Xudo—vojibul vujud, yaʼni zaruriy mavjudlik boʻlsa, qolganlari — vujudi 
mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan sababiy 
bogʻlangan. Xudo, yaʼni „vujudi vojib“ birinchi boʻlib aqgsh faolni 
yaratadi. Aql esa har bir sayyoraga xos aqlni yaratadi. Eng soʻnggi 
samoviy aql natijasida Yerdagi aql-ruh va barcha moddiy jismlar, yaʼni 4 
unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot 
odami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. 
Organik olamga oʻsimlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. 
Jismlarga harakat xos boʻlib, ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. 
Shunday qilib, Farobiyning borliq haqidagi taʼlimoti keyingi davrlarda 
hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Farobiyning gnoseologik qarashlari, yaʼni bilish haqidagi taʼlimoti 
ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida oʻrinni egallaydi. Olimning bu 
boradagi fikrlari uning „Mantiq toʻgʻrisida risolaga muqaddima“, 
„Mantiqqa kirish“, „Akl toʻgʻrisida“, „Falsafaning maʼnosi va kelib 
chiqishi“ va boshqa asarlarida taxlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer 
yuzidagi oliy mavjudot ekanligini taʼkidlab, uning qobiliyati, 
tevarakatrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho 
beradi. 
Farobiy ilgari surgan fikrlar XVI-XX asrlarda ham musulmon 
mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. 
Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki 
Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli 
taʼsir koʻrsatdi.

Farobiyning ilmiy merosini oʻrganish XX asrning 1yarmida boshlangan. 
Yevropa olimlari Karra de Vo, R. Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. 
Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de 
Erlanjer, I. Goldsiyer, Forobiy Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va boshqa 
Forobiyning ilmiy merosini oʻrganishga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Rus 
olimlari A. Krimskiy, M. M. Filippov, T. I. Raynov, V. V. Bartold, Ye. E. 
Bertels, S. N. Grigoryan, O. V. Traxtenberg , A. V. Sagadeyev, A. M. Johid 
va boshqa Forobiy asarlarini tadqiq etish borasida koʻp ish qildilar. Yaqin 
va Oʻrta Sharq mamlakatlari olimlari Dexxudo Husayniy, alFaxuri, 
Usmon Amin, M. Maxdi, Sayd Nafisiy, I. Madkur, Rajabi Tabriziy, 
Mexrdod, A, Atesh, Oydin, Umar Farrux, Saidhusayn Nosir, Mahmud 
Abbos, Turker va boshqa Forobiyning hayoti va ijodi bilan qiziqdilar. 
Qozoq olimlari A. Moshanov, A. X. Qosimjonov, A. Kubasov, S. K. 
Satibekova va boshqa Forobiyning asarlarini rus tilida chop etib, 
ijtimoiyfalsafiy, mantiqiy va axloqiy qarashlarini tahlil qildilar. 
Forobiyning boy ilmiy merosini oʻrganishda, ayniqsa, oʻzbek olimlarining 
hissasi katta boʻldi. A. Saadiy, T. N. QoriNiyoziy, I. M. Moʻminov, V. Y. 
Zohidov, M. K. Oripov, R. Nosirov, H. Aliqulov, O. Fayzullayev, A. 
Kaziberdov, A. Irisov va boshqa allomaning hayoti, ijodi va falsafiy 
qarashlari haqida ilmiy tadqiqot olib bordilar. M. M. Xayrullayev sobiq 
Shoʻrolar davrida birinchi bulib I. M. Moʻminov rahbarligida 1966-yil 
Forobiyning falsafiy merosi hamda dunyoqarashiga bagʻishlangan drlik 
dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekistonda forobiyshunoslikka asos 
soldi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari 
oʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va 
mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy oʻquv yurtlari, 
maktab va kutubxonalar, koʻchalar uning nomi bilan ataladi. [1] E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

MAVZU: ABU NASR FAROBIY ILMIY MEROSI

RE JA; 1. ABU NASR FAROBIY HAYOTI. 2. ABU NASR FAROBIY ASARLARI. 3. ABU NASR FAROBIY SHARQ UYG’ONISH DAVRIDAGI FAOLIYATI. 4.ABU NASR FAROBIYNING QARSHLARI. 5. ABU NASR FAROBIYNING ILGARI SURGAN FIKRLARI.

Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950,  Damashq ) —  Oʻrta Osiyoning  mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“,  Aristoteldan  keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy  Sirdaryo  sohilidagi Farob ( Oʻtror ) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda  Movarounnahrda  somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl- yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan

 Olim 941-yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay, ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. Forobiy 949 — 950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi „Bob assagʻir“ qabristoniga dafn etilgan.

 Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Farobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi.  Farobiyning asosiy asarlari: „Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida“, „Falsafiy savollar va ularga javoblar“, „Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi“, „Taliqot“ (sharhlar), „Inson aʼzolari haqida risola“, „Boʻshliq haqida maqola“, „Donolik asoslari“, „Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi“, „Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi“, „Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima“, „Mantiq ilmiga kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi haqida“, „Musiqa haqida katta kitob“, „Baxtsaodatga erishuv haqida“, „Masalalar mohiyati“, „Buyuk kishilarning naqllari“, „Ihso alulum“, „Hikmat maʼnolari“, „Aql toʻgʻrisida“, „Ilmlar va sanʼatlar fazilati“, „Qonunlar haqida kitob“, „Substansiya haqida soʻz“, „Falak harakatining doimiyligi haqida“, „Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz“, „Ritorika haqida kitob“, „Hajm va miqdor haqida soʻz“, „Musiqa haqida soʻz“, „Fizika usullari haqida kitob“, „Fazilatli xulqlar“, „Fozil shahar aholisining fikrlari“, „Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida“, "Aristotel „Metafizika“ kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa Forobiy asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada „Falsafiy risolalar“, „Mantiqiy risolalar“, „Matematik risolalar“, „Ijtimoiyaxloqiy risolalar“, „Tadqiqotlar va tarjimalar“ nomlari ostida rus tilida nashr etilgan.