logo

Abu Nasr Farobiy faoliyatining o'rganilishi

Загружено в:

19.11.2024

Скачано:

0

Размер:

1143.5869140625 KB
Mavzu: Abu Nasr Farobiy faoliyatining 
o'rganilishi   Reja:

1 Abu Nasr Farobiy faoliyatining 
o'rganilishi

2 Abu Nasr Farobiy hayoti va faoliyati

3 Abu Nasr Farobiy asarlarini 
o'rganilishi     O‘z davrining yirik qomusiy olimlaridan biri bo‘lgan Forobiy ilmiy 
merosi bir necha yillardan buyon dunyo olimlari tomonidan 
o‘rganilib kelinmoqda. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, 
Forobiy ilmiy merosining o‘rgalishini alohhida tadqiqot ob’ekti 
sifatida o‘rganish ham mumkin. Forobiyning ilmiy merosini o‘rganish 
XX asrning birinchi yarmidan boshlangan. Birqancha yevropalik, rus, 
Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari olimlari Forobiyning hayoti va 
ijodini tadqiq qildilar. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka 
erishgandan so‘ng yurtimiz olimlarining Forobiy ilmiy merosini 
tadqiq etishi juda samarali bo‘ldi.
Forobiy ilmiy merosi bugungi kunga qadar keng geogrfik ko‘lamda 
o‘rganilib kelinmoqda. Biz Forobiy faoliyati bilan bog‘liq 
tadqiqotlarni quyidagi guruhlarga bo‘lib tahlil etamiz. Xususan, Abu 
Nasr Forobiy ilmiy-falsafiy qarashlarining qator jihatlarini o‘rta 
asrlardayoq yirik Sharq mutafakkirlari, jumladan, Ibn Sino, Ibn 
Tufayl, Zahiriddin Bayhaqiy, Ibn Rushd, Abu Usaybia, Jamoliddin al-
Qiftiy kabi olimlar o‘rganganlar.      Sharq Uyg onish davrining ʼ
buyuk mutafakkiri  А bu Nasr 
Forobiy asarlarida oqilona 
davlat tuzimi, insoniyat 
jamiyati haqidagi nodir va 
dono fikrlarga duch kelamiz. 
IX-X asrlarda yashab, ijod 
etgan “ А rastu falsafasi”, 
“Fozil odamlar shahri”, 
“Ilmlarning kelib chiqishi 
to g risida” asarlaridan 	
ʼ ʼ
namunalar kiritilgan. Kitob 
faylasuflarga, tarixchilarga, 
adiblarga va shu soha bilan 
qiziquvchi o quvchilarga 	
ʼ
mo ljallangan.	
ʼ   Must aqillik  y illarida  quyidagi ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. 
2011 yilda N.Qobilovning Abu Nasr Forobiy nomli ishi yaratildi. 
1995 yilda A.Nazarovning “ Forobiy va Ibn Sino musiqiy ramantika 
xususida mumtoz iyqo nazaryasi ” Toshkentda Sharqshunoslik 
institutida qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107 risolani, 
jumladan, Forobiyning 16 arabcha risolasini o‘z ichiga olgan 
“Hakimlar risolalari to‘plami” (“Majmuat rasoil al-hukamo”, 
Qo‘lyozmalar fondi, 2385-in.) bor. Bu noyob qo‘lyozma Forobiy 
asarlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 1995 yilda 
A.F.Nazarov. Mumtoz iyqo’ nazariyasi (Forobiy va Ibn Sinoning 
musiqiy ritmika ta’limoti). 1997 yilda B.M.Ne’matov Forobiy va 
ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot haqidagi ta’limotlar rivojidagi vorislik. 
2000 yilda K.J.Nosirov IX-X asrlarda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining 
ahloqiy tarbiya haqidagi g‘oyalari (Al-Buxoriy va al-Forobiy asarlari 
misolida).   Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan 
Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olimi Forobiy o‘rta 
asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O‘rta Sharq 
mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji 
uning nomi bilan bog‘liq. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha 
sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa 
qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng 
tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, 
«Al-Muallim as-soniy» — «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), 
«Sharq Arastusi» deb yuritilgan. Forobiy allomaning taxallusi 
bo‘lib uning to‘liq ismi to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn 
Muhammad ibn O‘zlug‘ Tarxondir. Forobiy turkiy qabilalardan 
bo‘lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirg‘og‘idagi Forob – 
O‘tror degan joyda tug‘ilgan. U tug’ilgan hudud Somoniylar 
tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi 
hisoblangan.   Forobiy o‘z asarlarida bilish nazariyasini dialektik nuqtai nazardan 
talqin qilgan. Uning falsafasida «nazariy aql», «amaliy aql», «voqeiy 
aql», «faol aql» kabi bilish jarayonining bosqichlari o‘zaro bir-birini 
taqozo etgan holda yuksaklikka erishib boradi. Forobiy ta’limotiga 
ko‘ra, insondagi aql borliqning turli-tuman ko‘rinishlari in’ikosidir. 
Inson o‘zidagi aql yordamida avval yerda sodir bo‘layotgan voqea-
hodisalar, o‘zgarishlarning sabablarini, so‘ngra esa osmon 
jismlarining siru-asrorini biladi. Uningcha, inson o‘zi va olam 
to‘g‘risida to‘plagan bilimlari, ya’ni aql vositasida yaratgan ma’naviy 
boyliklari hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki «dunyoviylik»ni 
tashkil etadi. Inson aqli olam sirlarini bilishda eng yuksak cho‘qqiga 
ko‘tarilganda «kayhoniy aql», «kayhoniy ruh» bilan qo‘shiladi, ya’ni 
ilohiylik kasb etadi. Forobiy ta’limotida aql konsepsiyasi yetakchi 
o‘rinni egallasa-da, uning fikricha, haqiqatga muhokama va aql 
orqali boriladi, ammo bu maqsadga erishish uchun faqat aqlning 
o‘zi kifoya emas, buning uchun inson o‘zining ichki olamini poklab 
borish kerak.    Ushbu kitob o‘rta asrning yirik 
mutafakkiri, mashhur alloma Abu 
Nasr Forobiyning falsafiy merosini 
o‘rganishga   bag‘ishlangan. Unda 
faylasufning borliq, bilish haqidagi 
qarashlari, uning mantiqiy, ijtimoiy-
siyosiy va axloqiy g‘oyalari tahlil 
qilingan va uning keyingi davrda 
yashab ijod etgan Sharq 
mutafakkirlariga ta’siri ko‘rsatib 
berilgan, shuningdek, risolada 
olimning asarlaridan parchalar 
keltirilgan.   Kitob Sharq xalqlarining 
ma’naviy merosi bilan qiziquvchi keng 
o‘quvchilar ommasi uchun 
mo‘ljallangan ."   Forobiy asarlarida «aql» tushunchasining falsafiy jihatdan tahlil 
qilinishi o‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikrida aql masalasi qanday 
ma’noda tushunilganini tasniflashga asos bo‘ladi. Forobiy «aql» 
tushunchasining olti xil ma’noda, bir-biriga bog’liq bo‘lgan turli 
mazmunda qo‘llanilishini ham ko‘rsatib o‘tgan. Forobiyning 
boshqa zamondoshlaridan ustunligi shundaki, u aql to‘g’risidagi 
turli mazmundagi qarashlarni o‘zaro zid qo‘ymaydi. Balki ular bir-
birini o‘zaro to‘ldiruvchi hamda boyitib boruvchi sifatida ko‘radi. 
Buni Forobiyning «Aql so‘zi ma’nolari haqida risola»sida yaqqol 
ko‘rish mumkin. Forobiy «Fusus-ul hikam» asarida haqiqatga yo‘l 
muhokama va aql orqali boradi, ammo ungacha, bu maqsadga 
erishish uchun faqat aqlning o‘zi kifoya emas, buning uchun ichki 
olamni poklab borish kerak, deydi. Shu munosabat bilan Forobiy 
intuitsiya, uning narsa va hodisalarni bilishdagi ahamiyati 
haqidagi nazariyani yaratadi.   Kitob al-Musiqa al-Kabir ( Arabic:   بات	�ك    
 	
ريبكل	��ا	�ىقيسومل	��ا , uzbekcha : Musiqaning 
buyuk kitobi) — oltin davri islom 
faylasufi al-Forobiy (872-950/951)ning 
arab tilidagi musiqa haqidagi risolasi. 
Asar musiqaning maqamat kabi turli 
jihatlarini belgilaydi va Pifagorning 
garmonik nisbatlar nazariyasi ta'sirida 
ekanligiga ishoniladi. Kitob ibroniy 
tiliga Yusuf ben Yahudo ibn Aknin 
tomonidan tarjima qilingan.   Xulosa
Abu Nasr Farobiy tug'risida yuqorida keltirgan 
malumotlarga qaraydigan bulsak Farobiy o’z davrining 
yetuk olimlaridan biri bulgan. Farobiyning musiqaga, 
axloq odob va tarix fanlariga asoslangan asarlari butun 
dunyo olimlari tomonidan keng urganilganligi va 
Farobiyga atab kuplab asarlarni yozganliglarini kurishimiz 
mumkin. Farobiyning eng mashxur asarlaridan biri “fozil 
odamlar shaxri” odob axloqga atalgan asar xisoblangan.

Mavzu: Abu Nasr Farobiy faoliyatining o'rganilishi

Reja:  1 Abu Nasr Farobiy faoliyatining o'rganilishi  2 Abu Nasr Farobiy hayoti va faoliyati  3 Abu Nasr Farobiy asarlarini o'rganilishi

O‘z davrining yirik qomusiy olimlaridan biri bo‘lgan Forobiy ilmiy merosi bir necha yillardan buyon dunyo olimlari tomonidan o‘rganilib kelinmoqda. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, Forobiy ilmiy merosining o‘rgalishini alohhida tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganish ham mumkin. Forobiyning ilmiy merosini o‘rganish XX asrning birinchi yarmidan boshlangan. Birqancha yevropalik, rus, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari olimlari Forobiyning hayoti va ijodini tadqiq qildilar. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yurtimiz olimlarining Forobiy ilmiy merosini tadqiq etishi juda samarali bo‘ldi. Forobiy ilmiy merosi bugungi kunga qadar keng geogrfik ko‘lamda o‘rganilib kelinmoqda. Biz Forobiy faoliyati bilan bog‘liq tadqiqotlarni quyidagi guruhlarga bo‘lib tahlil etamiz. Xususan, Abu Nasr Forobiy ilmiy-falsafiy qarashlarining qator jihatlarini o‘rta asrlardayoq yirik Sharq mutafakkirlari, jumladan, Ibn Sino, Ibn Tufayl, Zahiriddin Bayhaqiy, Ibn Rushd, Abu Usaybia, Jamoliddin al- Qiftiy kabi olimlar o‘rganganlar.

Sharq Uyg onish davrining ʼ buyuk mutafakkiri А bu Nasr Forobiy asarlarida oqilona davlat tuzimi, insoniyat jamiyati haqidagi nodir va dono fikrlarga duch kelamiz. IX-X asrlarda yashab, ijod etgan “ А rastu falsafasi”, “Fozil odamlar shahri”, “Ilmlarning kelib chiqishi to g risida” asarlaridan ʼ ʼ namunalar kiritilgan. Kitob faylasuflarga, tarixchilarga, adiblarga va shu soha bilan qiziquvchi o quvchilarga ʼ mo ljallangan. ʼ