logo

AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARI GEOGRAFIYASI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4665.1064453125 KB
MAVZU:  
AHOLIGA XIZMAT 
KO‘RSATISH 
SOHALARI 
GEOGRAFIYASI  •
Mamlakatimizda davlat budjeti xarajatlarining qariyb 60 
foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. U 
asosan moddiy ne'mat ishlab chiqarmaydigan sohalarni 
qamrab oladi.
•
Shuningdek, unga aloqa хizmati ham kiradi. Mazkur 
soha хizmat ko‘rsatish sohasi ham deb yuritiladi. 
Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishda хizmat 
ko‘rsatish sohasi tobora katta rol o‘ynamoqda. Хizmat 
ko‘rsatish sohalari tarkibi nihoyatda xilma-xil va 
murakkab. Garchi iqtisodiyotning barcha sohalari 
aholining moddiy-ma’naviy ehtiyojini qondirsada, 
ammo bunda xizmat ko‘rsatish sohalarining o‘rni 
beqiyosdir. Uning bosh vazifasi aholiga maishiy xizmat 
ko‘rsatishni ko‘paytirish hamda ularning turi va sifatini 
yaxshilashdir  •
Iqtisodiyotning istalgan sohasiga qarang, unda 
faoliyat yuritayotgan malakali kadrlarni xizmat 
ko‘rsatish sohasi (ta’lim)da tayyorlanganligiga 
guvoh bo‘lasiz. Shuningdek, mehnatkashlarning 
dam olishi, davolanishi xizmat ko‘rsatish 
muassasalarida kechadi. Shu soha sharofati bilan 
kadrlar kasalligi, ya'ni ish kunlarining yo‘qotilishi 
kamayadi. Bular o‘z navbatida ijtimoiy mehnat 
unumdorligini yuksalishiga olib keladi.
•
Xizmat ko‘rsatish sohasi insonning madaniy-
ma’rifiy ruhiyatini rivojlantirish bilan ulkan 
ijtimoiy ahamiyatga ega. •
Xizmat ko‘rsatish muassasalarini joylashtirishda 
bir qator omillar rol o‘ynaydi. Birinchidan, xizmat 
ko‘rsatish sohalari korxona va muassasalari aholi, 
asosan, qayerda gavjum bo‘lsa, o‘sha joyda barpo 
qilinadi. Biroq har qanday aholi punktida barcha 
xizmat ko‘rsatish muassasalari bo‘lavermaydi. 
Chunki bu soha xizmatiga muayyan miqdorda 
talabgor bo‘lishi shart. Chunonchi, aholisi oz, kichik 
qishloqlarda yirik ixtisos- lashtirilgan savdo 
korxonalari yetarli samara bermaydi.  •
Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish muassasalarini 
joylashtirishda xizmatga talabning davriyligi ham 
jiddiy ta’sir etadi. Ba’zi xizmat turlariga ehtiyoj 
kunlikdir. Bularga uy-joy kommunal xizmati, 
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, 
savdo xizmati kiradi. O‘rtacha muddat (bir oyda bir 
necha bor) foydalaniladigan xizmat turlari ham 
borki, ularga sartaroshxona, go‘zallik uyi, kimyoviy 
tozalash, kinoteatr va boshqalar kiradi. Boshqa 
xizmat turlari borki, ulardan yil davomida bir marta 
va hatto undan ham kam foydalaniladi. Jumladan, 
uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar xarid qilish 
yoki ularni ta’mirlash, sayyohlik xizmati, muzeyga 
borish kabilar. •
Kundalik xizmat ko‘rsatish korxonasi uy yoki ish 
joyi yaqinida bo‘lishi kerak. Uzoq muddat oralig‘ida 
murojaat qilinadigan xizmat uchun sifat va 
xizmatning xilma-xilligi muhimdir. Avtomobil, 
televizor xarid qilish yoki mutaxassis shifokor istab, 
maxsus shu sohaga ixtisoslashgan ancha olisdagi 
muassasaga ham murojaat qilinadi.
•
Axborotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakat 
iqtisodiyotini boshqarishda aloqa xizmati muhim 
o‘rin tutadi. •
Aloqa xizmati  ikki xil bo‘ladi. Pochta aloqasi turli pochta 
jo‘natmalari (xat, banderol, posilka va hokazolar)ni qabul qilish, 
jo‘natish va yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Pochta aloqasiga 
o‘xshash xizmat yurtimizda bundan 2,5 ming yil avval ham 
bo‘lgan. U davrlarda choparlar podsho farmonlarini noiblarga 
va qal’alardagi xabarlarni mamlakat poytaxtiga yetkazib turgan. 
Ikkinchisi elektron aloqa bo‘lib, u telefon, telegraf, radio, 
televideniye, elektron pochta kabilarni o‘z ichiga oladi. Telegraf 
aloqasi yurtimizda XIX asrning 80-yillarida temiryo‘l qurilishi 
bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Dastlabki telegraf stansiyasi 
bundan I asr avval Toshkentda ishga tushgan. Respublikamizda 
mobil aloqa xizmati tez rivojlanmoqda. Endilikda undan 
foydalanuvchilar soni 19 milliondan oshdi.  •
1985-yilda ishga tushirilgan Toshkent 
teleminorasi Buyuk minoralar xalqaro 
federatsiyasi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, 
balandligi bo‘yicha dunyoning yetakchi 
o‘nta teleminorasi qatorida turadi. 
Mamlakat aholisi davlat va tijorat 
teleradiodasturlari va raqamli televideniye 
bilan ta'minlangan. Hozirda o‘ndan ortiq 
telekanallar faoliyat ko‘rsatmoqda.  •
Хizmat ko‘rsatish sohalari ichida  matbaachilik  ham 
muhim rol o‘ynaydi. Siz o‘qiyotgan darslik, kitob, jurnal, 
gazеta va boshqalar matbaachilik korxonasi bo‘lgan 
nashriyot va bosmaхonalarda tayyorlanadi.
•
Dastlabki bosmaxona XV asr o‘rtalarida Gcrmaniyada 
tashkil qilingan bo‘lsa, bizda birinchi bosmaxona XIX asr 
oxirlarida ishga tushgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 
120 dan ortiq bosmaxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
•
Mustaqillikdan so‘ng bosmaxonalar tubdan qayta 
jihozlandi. Endilikda ularda matn va rasmlar zamonaviy 
kompyuterlarda terilmoqda va chop etilmoqda.  •
Ta’lim.  Iqtisodiyotning barqaror va jadal yuksalishida 
inson omili hal qiluvchi ekanli- gini bilasiz. Ammo 
bunda mutaxassislarning ma'lumot darajasi, ma'naviyati 
yana ham muhimdir. Mamlakatda 10 mingga yaqin 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ko‘plab akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqda. So‘nggi 
yillarda mamlakatimizda oliy ma’lumotli 
mutaxassislarga ehtiyoj kattaligidan kelib chiqib, yangi 
oliy ta’lim muassasalari, ularning filiallari hamda 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli institut va 
universitetlari bilan qo‘shma ta’lim muassasalari 
ochilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda savodxonlik 
darajasi 99,3 foiz bo‘lib, bu dunyodagi eng yuqori 
ko‘rsatkichlardan birini tashkil etadi.  •
Aholining ovqatlanishini yaxshilash, un va 
tuzni zarur mikroelementlar bilan to‘yintirish, 
onalar va bolalarni vitaminga boy dori-
darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha amalga 
oshirilgan chora-tadbirlar tufayli bugungi 
kunda bolalarimizning 92 foizi rivojlanish 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti standartlariga mos keladi. E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT

MAVZU: AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARI GEOGRAFIYASI

• Mamlakatimizda davlat budjeti xarajatlarining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. U asosan moddiy ne'mat ishlab chiqarmaydigan sohalarni qamrab oladi. • Shuningdek, unga aloqa хizmati ham kiradi. Mazkur soha хizmat ko‘rsatish sohasi ham deb yuritiladi. Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishda хizmat ko‘rsatish sohasi tobora katta rol o‘ynamoqda. Хizmat ko‘rsatish sohalari tarkibi nihoyatda xilma-xil va murakkab. Garchi iqtisodiyotning barcha sohalari aholining moddiy-ma’naviy ehtiyojini qondirsada, ammo bunda xizmat ko‘rsatish sohalarining o‘rni beqiyosdir. Uning bosh vazifasi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni ko‘paytirish hamda ularning turi va sifatini yaxshilashdir

• Iqtisodiyotning istalgan sohasiga qarang, unda faoliyat yuritayotgan malakali kadrlarni xizmat ko‘rsatish sohasi (ta’lim)da tayyorlanganligiga guvoh bo‘lasiz. Shuningdek, mehnatkashlarning dam olishi, davolanishi xizmat ko‘rsatish muassasalarida kechadi. Shu soha sharofati bilan kadrlar kasalligi, ya'ni ish kunlarining yo‘qotilishi kamayadi. Bular o‘z navbatida ijtimoiy mehnat unumdorligini yuksalishiga olib keladi. • Xizmat ko‘rsatish sohasi insonning madaniy- ma’rifiy ruhiyatini rivojlantirish bilan ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega.

• Xizmat ko‘rsatish muassasalarini joylashtirishda bir qator omillar rol o‘ynaydi. Birinchidan, xizmat ko‘rsatish sohalari korxona va muassasalari aholi, asosan, qayerda gavjum bo‘lsa, o‘sha joyda barpo qilinadi. Biroq har qanday aholi punktida barcha xizmat ko‘rsatish muassasalari bo‘lavermaydi. Chunki bu soha xizmatiga muayyan miqdorda talabgor bo‘lishi shart. Chunonchi, aholisi oz, kichik qishloqlarda yirik ixtisos- lashtirilgan savdo korxonalari yetarli samara bermaydi.