TRANSPORT GEOGRAFIYASI
![TRANSPORT
GEOGRAFIYASI](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_1.png)
![Transport yo‘lovchilarni va yuklarni tashish bilan
mamlakat bo‘ylab ham, jahon bo‘ylab ham geografik
mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi.
U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning
yuksalishida muhim rol o‘ynaydi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_2.png)
![Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan
bo‘lganini tarix darslaridan yaxshi bilasiz. Bunda o‘sha
vaqtda Yevropa bilan Osiyoni bog‘lab turuvchi – Buyuk
Ipak yo‘li aynan bizning mamlakat hududidan o‘tganligi
alohida o‘rin tutadi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_3.png)
![O‘zbekiston quruqlik (temiryo‘l, avtomobil transporti),
suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va
elektron (elektr uzatish liniyalari) transporti ga ega.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_4.png)
![Yuk va yo‘lovchi tashishda muayyan manzilga
borgunicha transportning ikki, uch va hatto, to‘rt turidan
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, uzoq qishloqdan
shahar, viloyat markaziga bormoqchi bo‘lsak,](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_5.png)
![temiryo‘l vokzali yoki aeroportgacha avtomobilda va,
nihoyat, poyezd yoki samolyotda ko‘zlangan manzilga
yetamiz.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_6.png)
![O‘zbekistonda hozirgi zamon transportining (suv
transportidan bo‘lak) barcha turlaridan keng ko‘lamda
foydalanilmoqda (70-rasm).](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_7.png)
![Barcha transport turlari xizmat ko‘rsatish jarayonining
o‘zaro aloqadorligi asosida transport majmuasini tashkil
etadi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_8.png)
![Har bir transport turiga mos yuk ortish-tushirish
maydoni, harakat yo‘nalishi, vokzal, aerodrom, bekat
hamda aloqa vositalari bo‘ladi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_9.png)
![Temiryo‘l, avtomobil yo‘li qurishga ko‘plab mablag‘ va
vaqt kerak bo‘ladi. Quvur transportiga esa minglab
tonna quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti
yo‘nalishi (trassa)ni oz mablag‘ evaziga yo‘lga
qo‘yiladi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_10.png)
![Transport turlari ishchi kuchini band qilishi bo‘yicha
ham keskin farqlanadi. Yuk quvur, suv, temiryo‘l
transportlarida tashilganida sarf-xarajati avtomobil
yoki havo transportida tashilgan yuk sarf-xarajatidan
ancha kam bo‘ladi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_11.png)
![Neft yoki yog‘och ortilgan ko‘plab vagonlarni bitta
lokomotiv tortib borayotganini kuzatgandirsiz? O‘sha
lokomotivni 2–3 kishigina boshqaradi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_12.png)
![Holbuki, 125 tonna yuk ko‘taradigan eng katta
avtomobilni ham shuncha kishi boshqaradi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_13.png)
![Katta hajmli 100 minglab tonna yuklarni suv transporti
(tanker)da tashilganda esa yo‘l xarajati yana ham arzon
tushadi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_14.png)
![Suv transporti boshqa transportlardan sekin harakat-
lansa-da, olis masofani to‘xtovsiz bosib o‘tadi.Shu
sababli tezligi katta, ammo stansiyalarda to‘xtab-to‘xtab
harakatlanadigan poyezd bilan raqobatlasha oladi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_15.png)
![Yukni temiryo‘l va suv transportida bevosita egasiga
yetkazish imkoniyati ancha cheklangan. Avtomobilda
esa istalgan joyga yetkazib bersa bo‘ladi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_16.png)
![Transportning ishi uning yuk tashish hajmiga qarab
belgilanadi. Yuk tashish hajmi ma’lum vaqtda ma’lum
masofaga tashilgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda
ifodalanadi (71-rasm).](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_17.png)
![Transport turlari qanday yuk tashishiga, harakat
tezligiga, shuningdek, qancha yuk ko‘tara olishiga ko‘ra
guruhlanadi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_18.png)
![Transport sanoat bilan qishloq xo‘jaligining ishlab
chiqarish aloqalarini, turli hududlar o‘rtasidagi mahsulot
almashinishini hamda tashqi savdoni ta’minlaydi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_19.png)
![Yangi hududlarni o‘zlashtirishda daf ’atan transport
yo‘llari o‘tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari hayotini
transportsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transportning
mudofaa ahamiyati ham juda katta.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_20.png)
![Transport iqtisodiyotning ana shunday zaruriy omili
bo‘lish barobarida unga talay miqdorda elektr, yoqilg‘i,
metall, yog‘och sarflanadi.](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_21.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq”
nashriyoti – Toshkent – 2014,2019 /
www.eduportal.uz](/data/documents/87d0edfa-2ebf-4daa-b696-4908446ba2e1/page_22.png)
TRANSPORT GEOGRAFIYASI
Transport yo‘lovchilarni va yuklarni tashish bilan mamlakat bo‘ylab ham, jahon bo‘ylab ham geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning yuksalishida muhim rol o‘ynaydi.
Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan bo‘lganini tarix darslaridan yaxshi bilasiz. Bunda o‘sha vaqtda Yevropa bilan Osiyoni bog‘lab turuvchi – Buyuk Ipak yo‘li aynan bizning mamlakat hududidan o‘tganligi alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston quruqlik (temiryo‘l, avtomobil transporti), suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va elektron (elektr uzatish liniyalari) transporti ga ega.
Yuk va yo‘lovchi tashishda muayyan manzilga borgunicha transportning ikki, uch va hatto, to‘rt turidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, uzoq qishloqdan shahar, viloyat markaziga bormoqchi bo‘lsak,